Madalio'g'li
08-04-2006, 11:44 AM
YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB
(Uxuvvat Risolasi)
12933
Ushbu maktub ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism ahli iymonni uxuvvatga va muhabbatga da'vat etadi.
BIRINCHI QISM
12936
Albatta, mo'minlar og'a-inidirlar. Bas, sizlar ikki og'a-iningiz o'rtasini tuzatib qo'yinglar va Allohdan qo'rqinglar, shoyad rahm qilinsangizlar. Hujurot 10
12935
Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz (yomonlikni) go'zalroq (muomala) bilan daf qiling! (Shunda) birdan siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq (qalin) do'stdek bo'lib qolur. Fussilat 34
12934
(U taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham ehson qiladigan, g'azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar. Oli İmron 134
Mo'minlardagi nifoq va shiqoqqa, kin va adovatga sabab bo'lguvchi tarafkashlik va qaysarlik va hasad haqiqatu hikmat jihatidan ham, insoniyyati kubro bo'lmish Islomiyyat va hayoti shaxsiyya va hayoti ijtimoiyya va hayoti ma'naviyya nuqtai nazaridan ham chirkin va marduddir, zararli va zulmdir. Va hayoti bashariyya uchun zahardir. Shu haqiqatning g'oyat ko'p vujuhidan olti vajhni bayon etamiz.
BIRINCHI VAJH: Haqiqat nazarida zulmdir.
Ey mo'minga kin va adovat bilan qarovchi insofsiz odam! Tasavvur qilki, sen bir kemada yo bir xonadasan. Sen bilan birga to'qqiz nafar ma'sum va bir nafar jinoyatchi bor. Ul kemani garq etishga yo ul xonani yondirishga uringan odam na qadar zulm etayotganini bilasan. Va zolimligi haqida samovotga eshittiradigan darajada baqirasan. Vaholanki, hatto bittaginasi ma'sum, qolgan to'qqiztasi joniy bo'lsa ham, hech kanday bir adolatli qonun u kemani cho'ktirishga buyurmaydi.
Xuddi shuning kabi, bir xonai Rabboniyya va bir safinai ilohiyya bo'lmish bir mo'minning vujudida iymon va islomiyyat va qo'shnilik singari to'qqiz emas, balki yigirma ma'sum sifati bo'laturib, senga zarar yetkazguvchi va yoki sen yoqtirmaydigan bir joniy sifati tufayligina unga kin va adovat bog'lash ila sen ul xonai ma'naviyyai vujudning ma'nan garq bo'lishini yo yondirilishini, taxribini va cho'kishini orzu qilishing va shunga harakat etishing uningdek chirkin va gaddor bir zulmdir.
IKKINCHI VAJH: Hikmat nazarida ham zulmdir.
Zero, ma'lumdirki, adovat va muhabbat xuddi nur va zulmat kabi o'zaro ziddirlar. Ikkalovi ma'noyi haqiqiysida turganda hech birga jam' bo'la olmaydi.
Agar muhabbat o'z sabablarining afzalligiga ko'ra bir qalbda haqiqiy bo'lsa, u vaqt adovat majoziy bo'ladi; achinish suratiga inqilab etadi. Ha, mo'min qardoshini sevadi va sevishi lozim. Lekin dagalligi uchun achinadi, xolos. Tahakkum bilan emas, balki lutf bilan islohiga intiladi. Shu bois nassi hadisga binoan: "Mo'min mumin ila uch kundan ortiq arazlashib, qati mukolama etmasin".
Agar adovat sabablari golib kelib, bu adovat bir qalbda haqiqati bilan mavjud bo'lsa, unda muhabbat majoziy bo'ladi; sun'iy va yasama shaklga aylanadi.
Ey insofsiz odam! Mo'min qardoshingga kin va adovat naqadar zulm ekanini endi ko'rdingmi! Chunki, misol uchun, sen oddiykichik toshchalarni Ka'badan ham ahamiyyatli va Jabali Uhuddan ham katta desang, na qadar chirkin bir aqlsizlik bo'lganidek, Ka'ba hurmatiga teng iymon va Jabali Uhud azamatiga teng Islomiyyat kabi ko'p islomiy vasflar muhabbatni va ittifoqni taqozo etgani holda, mo'minga qarshi adovatga sabab bo'lguvchi ba'zi qusurlarni iymon va islomiyyatdan afzal tutish shu qadar insofsizlik va aqlsizlik va juda katga bir zulm bo'lishini, aqling bo'lsa, anglab yetarsan!..
Ha, tavxidi iymoniy albatga tavhidi qulubni istaydi. Va vahdati e'tiqod ham vahdati ijtimoiyyani taqoeo etadi. Ha, inkor etolmaysanki, birov bilan birga bir qismda xizmat qilishing tufayli ul odamga nisbatan do'stona bir robita anglaysan. Va bir qo'mondonning amri ostida birga bo'lishing tufayli birodarona bir aloqa talaqqiy etasan. Va bir mamlakatda birga bo'lishing ila uxuvvatkorona bir munosabat his etasan. Holbuki iymon bergan nur va shuur ila hamda senga ko'rsatgan va bildirgan Asmoi Ilohiyya adadicha vahdat aloqalari va ittifoq robitalari, uxuvvat munosabatlari bor.
Masalan, har ikkalovingizninp
• Xoliqingiz bir;
• Molikingiz bir;
• Ma'budingiz bir;
• Roziqingiz bir...
Bir, bir... mingga qadar bir, bir... Ham:
• Payg'ambaringiz bir;
• Diningiz bir;
• Qiblangiz bir..
Bir, bir... yuzga qadar bir, bir...
So'ngra:
• Qishlog'ingiz bir;
• Davlatingiz bir;
• Mamlakatingiz bir... O'nga qadar bir, bir...
Bu qadar "bir, bir"lar vahdat va tavhidni, vifoq va ittifoqni, muhabbat va uxuvvatni taqozo etgani va koinot va kurralarni bir-biriga boglaydigan ma'naviy zanjirlar bo'lgani holda shiqoq va nifoqqa, kin va adovatga sabab bo'lguvchi o'rgimchakuyadek ahamiyyatsiz va sabotsiz narsalarni deb mo'minlarga qarshi haqiqiy adovat etish va kin boglash ul robitai vahdatga qarshi qay daraja bir hurmatsizlik va ul asbabi muhabbatga qarshi bir kamsitish va ul munosabati uxuvvatga qarshi ne chogli bir zulm va nohaqlik bo'lishini, qalbing o'lmagan bo'lsa, aqling so'nmagan bo'lsa, anglab yetarsan...
(davomi bor)
Manba: http://www.saidnur.com/