View Full Version : Muholifat
Salom hammaga,
Hozirgi paytta islom ekstremistik kuchlari ancha aktivlashgan paytda, chet el matbuotida har hil habarlar tarqalayapti. Ishonsayam ishonmasayam bo'ladigan. Lekin yakuniy effekt shuki, huddi aynan shu kuchlar O'zbek muholif kuchlari tashkil qiladigandek. Umuman ana shu kayfiyat ancha tarqalib ulgurdi. Davlatga qarshi turgan kuchning hammasi ham muholifat emas. Lekin oddiy halqda ana shu yo'lg'on ishonch keng tarqalmoqda. Bu narsa yana bir bor O'zbekistonda haqiqiy muholifatni kerakligini ko'rsatmoqda, sun'iy bo'lsayam (boshlang'ich muholifat), ana shu maqsadga erishish ancha ichki muammolarni hal qilib beradi deb o'ylanman
Fikrlashinglar
Umuman Uzbekistonda tashabbusning hammasi yuqoridan chiqib, keyin pastki organlardan "ma'qullanib", iloji boricha shu tashabbusni amalga oshirishga kirishadi. pastdan esa hech qanday tashabbus chiqmaydi.
tashabbus pastdan chiqib, yuqoriga etib borsa va keyin kerakli choralar korilsa ku yahshi bolardi. bizning halq yurtboshining orqasidan ergashadi,(bunday bolgani ham yahshi bir tarafdan:)) qiyinchiliklar bolsa ku, orqadan ozicha norozi boladi, lekin hech qachon oz fikrini bildirishga jurat etolmaydi, yoki "andisha" qilib indamaydi.
muholif partiyani suniy ravishda tashkil qilishning zarracha foydasi bolmasa kerak. shundoq ham 5-6ta suniy partiya va harakatlarimiz bor ku - natijasi esa yoq.:(
haqiqiy muholifat deb osha Muhammad Solihning harakatlarini aytsa boladi, lekin u rasmiy muholifat deb tan olinmagan. bu haqiqatdan ham muholifat, lekin halqning 95% yoki koproq qismi bu muholifatni qollamaydi. chunki ota radikal, va kelajagi porloq emasligi aniq.
qani edi radikal bolmagan, prezidentning tashabbusi bilan emas, xalqdan chiqqan haqiqiy partiyalar chiqsa, rasmiy ravishda tasdiqlansa. kamida ikkita haqiqiy partiya bolganda bir birining kamchiligini korib, musobaqa bilan, foydali qonunlar, va qonunlarning amalda ijro etilishiga ijobiy tasir korsatardi.
qachon chiqar ekan bunday "holis" muholif partiya? ...
JUST
O'ZBEK
11-15-2000, 06:49 AM
Muholifat kim uchun kerak? HDP uchunmi? Menimcha HDP ning ham davlat boshqarishdagi roli juda kam. Chunki bizda partiyalarning umuman olganda halqqa keragi bo'lmayapti.
E'tiborlaringizni bir yangi partiyaga qaratmoqchiman: Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi. Birinchi rosa shov shuv bo'lgandi, nomi ham zo'r.
Men o'yladimki, bu partiyaning kelajagi porloq, rahbariyatga muholifat bo'la oladi deb. Lekin olov qancha tez yonsa shuncha tez o'chadi deganlaridek, bu partiya ham boshqalari safidan o'rin oldi.
Hamma biladi, partiya halq irodasini ifoda etishi kerak, aniqrog'i a'zolarining irodasini. Partiya a'zolarining qancha ko'pligi uning shunchalik ko'p halq irodasi ifodachisi ekanligini bildiradi va bu bilan Parlamentda ko'p o'rinni egallaydi. Parlament esa qonun chiqaruvchi organ sifatida halq uchun munosib qonun va qarorlar chiqaradi.
Bizda esa parlament ishi ham, ijro etuvchi organ ishi ham bir odam tomonidan hal qilinadi. Hech kim president so'ziga qarshi parlamentda ovoz bera olmaydi. Bir hisobdan o'tish davrida bu to'gri bo'lishi ham mumkin, chunki aks holda ko'p narsa alg'ov-dalg'ov bo'lib ketishi mumkin edi Rossia Eltsin davriga o'hshab. Hozir Putin ko'proq President hokimiyatini mustahkamlayapti, shu narsaga barham berish uchun.
Bundan tashqari, halqning huquqiy va siyosiy ong saviyasi ham ko'p narsani belgilaydi. Biror bir kuchli harakat bo'lishi uchun nafaqat kuchli rahbar, balki kuchli, ongli, o'z harakatini tushunib turgan halq ham kerak. Bizdagi partiyalarda shu ikki narsa, yoki biri to'kis emas.
Endi, vaqt oliy hakam deydilar.
Qani ko'raylikchi, bu yog'i qanday bo'larkin.
futbolchi :)
11-15-2000, 12:51 PM
Salom bolla,
carry on,
hehehehehehehe :) ;)
korishguncha
Futbolchi
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.