Madalio'g'li
08-07-2006, 02:02 PM
O'shda ekstremistlikda gumon qilingan imom otib o'ldirildi
Alisher Soipov
Qirg'iziston
07/08/2006
http://www.voanews.com/uzbek/images/imam.jpg
Muhammad Rafiq Kamolov, Ferghana.ru (http://www.ferghana.ru/article.php?id=4527)
Qirg’iziston rasmiylari bergan ma’lumotlarga ko’ra, O’shda O’zbekiston maxsus xizmati bilan hamkorlikda o’tkazilgan maxsus aksilterror amaliyoti jarayonida, O’zbekiston Islomiy Harakati a’zosi ekani da’vo qilingan uch nafar jangari o’ldirilgan. Otib o’ldirilganlar orasida, Qorasuv shahri jome masjidi imomi Muhammad Rafiq Kamolov ham bor.
MXX jangarilar oq rangdagi “Daewoo-Nexia” avtomashinasida bo’lganini, tinch aholi o’rtasida qurbonlar bo’lishi oldini olish maqsadida jangarilar shahar tashqarisiga olib chiqilganini ma’lum qilgan.
Rasmiy axborotga ko’ra, jangarilar qo’lga olish jarayonida bo’ysunmagan va o’t ochgan. MXX askarlari javoban o’q uzib, jangarilarni o’ldirgan. Tintuv paytida mashinadan qurol-yarog’, O’zbekiston xaritasi, diniy adabiyot va qalbaki hujjatlar topilgan. MXX jangarilarning Qirg’iziston hududida terroristik amaliyotlar o’tkazishga tayyorlanayotganini da’vo qilgan.
MXX jangarilar minganini da’vo qilayotgan “Daewoo-Nexia” mashinasini qorasuvlik ulamo Muhammad Rafiq Kamolov boshqargan. Imomning o’g’li Rashod Kamolov otasining jangarilarga aloqasi bo’lmaganini aytdi.
Shu yilning 24 may kuni imom Qirg’iziston MXX tomonidan qo’lga olinib, bir kecha-kunduz davomida so’roq qilingach, masjidi qavmining talabi bilan qo’yib yuborilgan edi. MXX shu yilning 12 may kuni Qirg’iziston janubiga hujum uyushtirgan jangarilar bilan Muhammad Rafiq Kamolovning aloqasi bor ekanini da’vo qilgan, ammo imom bu da’voni rad etgan.
Muhammad Rafiq Kamolov Qirg’iziston janubida e’tuborli ulamolardan sanalgan. U imomlik qilgan Qorasuv shahri jome’ masjidi qavmi 20 ming kishi ekani aytiladi. Namozxonlarning ko’pligi sababi esa, imomning turli toifadagi musulmonlarga nisbatan mo’tadil munosabati bilan izohlanadi. Uning mo’tadil qarashlari huquq-tartibot idoralari xodimlariga imomni turli guruhlar, jumladan, faoliyati ta’qiqlangan “Hizb-ut-Tahrir” diniy partiyasiga mansublikda ayblashga asos bo’lgan.
Qorasuv masjidi qavmi imomning o’limidan larzaga kelgan. Namozxonlar Muhammad Rafiq Kamolovning o’limi sababini uning hukumat siyosatidan mustaqil diniy qarashlari bilan bog’laydilar.
Imom bugun asr namozidan keyin Qorasuv shahrida dafn etildi. Janoza paytida hukumatdan imomning o’limiga nisbatan jo’yali izoh bo’lmagan taqdirda, xalq keskin harakatlarga qo’l urishi ehtimoli borligi qayd qilindi.
VOA (http://www.voanews.com/uzbek/2006-08-07-voa2.cfm)
Qirg'izistonda taniqli ulamo o'limi
12978
"Bamaslahat ish ko'rilmasa, begunoh odamlar... ho'l va quruq birday yonadi..."
Qirg'izistonning O'sh shahrida mamlakat xavfsizlik xizmati tomonidan o'tkazilgan amaliyotda taniqli ulamo, Qorasuv shahri masjidi imomi Muhammadrafiq Kamolov doxil yana ikki kishi o'ldirilgan.
Kecha tunda O'sh shahrining chekka mavzesida Qirg'iziston xavfsizlik xodimlari " Neksiya" rusumidagi avtomobil izidan tushishadi va ulovni to'xtatishni talab qiladilar.
Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda Muhammadrafiq Kamolovning o'zi mashinani boshqarayotgan bo'lgan.
Xavfsizlik xizmatida go'yo mazkur mashinada O'zbekiston Islomiy harakati a'zolari bor degan ma'lumotlar mavjud bo'lgan.
Rasmiylar o'ldirilganlarning O'zbekiston Islomiy harakati a'zolari deb da'vo qilishmoqda
Qirg'iziston kuch tizimlari mulozimlaridan biri Bi-bi-si bilan suhbatda taniqli ulamo Muhammadrafiq Kamolov ham Islomiy harakat bilan aloqador deya da'vo qilgan.
Marhumning yaqinlari esa bu kabi da'volarni rad etishmoqda.
Muhammadrafiq Kamolov mintaqada taniqli ulamo Sodiqjon Kamolovning birodari edi.
Muhammadrafiq Kamolov O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasidagi Qorasuv shahri masjidining imomi bo'lgan.
Mazkur masjid mintaqadagi eng yirik ibodatgohlardan biri sanaladi.
Marhumning yaqinlaridan bo'lmish Muhammad qori O'zbekiston qamoqxonasida vafot etgan bo'lsa, boshqa bir yaqin qarindoshi Abduvali qori bundan bir necha yil avval Moskvaga yo'l olgan payti bedarak yo'qolgandi.
Kamolov janoblari bir necha bor o'zining O'zbekiston Islomiy harakati va yo Hizbut Tahrir bilan aloqasi yo'qligini ta'kidlagan edi.
Ayni paytda, Muhammadrafiq qori imomlik qilayotgan masjidda Hizbut Tahrirning ko'plab a'zolari ham ibodat qilishgani aytiladi.
Mazkur guruh esa qo'shni O'zbekiston hukumati, xususan Islom Karimov rejimiga ochiqdan ochiq qarshi diniy tashkilot bo'lib, kuzatuvchilarga ko'ra, uning minglab a'zolari bugun O'zbekiston qamoqxonalariga tashlangan.
Xalqaro Inqiroz guruhining mintaqa masalalarida mutaxassisi Maykl Holga ko'ra, Qirg'iziston janubida ro'y bergan so'nggi voqea ancha xavotirlidir.
Maykl Hol: - Buning xavotirli tomoni shuki, Kamolov janoblari juda mashhur imom edi. Ikkinchidan, keyingi paytda islomiy ekstremistlar deb atalmish guruhlar va xavfsizlik kuchlari o'rtasida zo'ravonlik holatlar ortib bormoqda. Har qanday holatda ham bu kabi voqealar mintaqadagi vaziyatga ta'sirsiz qolmaydi degan fikrdaman.
Bi-bi-si : - Qirg'iziston xavfsizlik xizmatining mazkur amaliyoti hozir mana matbuotda aytilayotgani kabi qo'shma amaliyot bo'lishi mumkinmi?
Maykl Hol: - Bunga javob berish juda qiyin, ammo O'zbekiston xavfsizlik kuchlari vakillari Qirg'iziston janubida ancha faollashib borayotgani haqida xabarlarni tez tez eshitmoqdamiz. Shuningdek, O'zbekiston hukumati Qirg'izistonni terrorga qarshi urush atalmish muhorabasida hamkorlik qilishga doir kuchli bosim ostiga olgan. Qirg'iziston hukumati ham Andijon xunrezligi va qochqinlar masalasida qo'shni O'zbekiston bilan sovuqlashgan munosabatlarini yana qayta tiklash niyatida bo'lishi tabiiy. So'nggi amaliyot chog'ida O'zbekiston va Qirg'iziston kuchlari birgalikda ish ko'rishganmi yo yo'qmi, bunga javob berish mushkul, ammo har holatda ham ikki davlat xavfsizlik tizimlari so'nggi payt hamkorlikda ish olib borayotganlari tayin.
Bi-bi-si : Qirg'iziston mulozimlari uchun mamlakat janubida xavfsizlik vaziyati yomonlashmoqda degan xavotirlarga asos bormi?
Qirg'izistondagi o'tgan yilgi inqilobdan keyin mamlakat janubida va umuman Farg'ona vodiysida radikal qarashdagi islomiy guruhlar faollashib qolgani rost.Ammo mazkur faollashuv Qirg'izistonga to'g'ridan to'g'ri qanchalar xavf soladi, bu savolga bir tomonlama javob berish mumkin emas. Chunki radikal guruhlarning aksariyati Qirg'izistondan ko'ra, O'zbekistondagi vaziyatdan ko'proq tashvishdalar va ko'proq O'zbekistonga e'tibor qaratmoqdalar. Radikal kuchlarning nishoni Islom Karimovning rejimi degan bo'lardim, ammo agar Qirg'iziston mamlakatdagi musulmon guruhlarni siquvga olar ekan, unda rasmiy Bishkek ham radikal kuchlarning nishoniga aylanishi mumkin.
BBCuzbek (http://www.bbc.co.uk/uzbek/news/story/2006/08/060807_kyrgyz.shtml)
Imom o'ldirildi ammo... "Alloh yo'lida o'ldirilganlarga 'o'lik' demangiz!"... Alloh shafoatlariga noil qilsin.