PDA

View Full Version : Uzbek Radio!


Fantonim
11-21-2000, 02:33 PM
Does anybody know if there are Uzbek radio stations on the web in mp3-streaming format!?

Cute
11-21-2000, 02:55 PM
Bunga qo'shimcha qilib. Gazetalarchi ularning adreslari bormi internetta? (o'zbek gazetalari) Yo'q bo'sa kerak. Manimcha jurnalistikada o'qiyotganlarni borgandan keyin birinchi qiladigan ishi shu bo'lishi kerak, gazetalarni internetga kirg'izish kerak ( maqolalarni sifatidan qat'iy nazar) Sog' bo'lila

Zamin
11-21-2000, 05:00 PM
I'am the one is studing journalism in United States. Bitta narsaga bu erda urgu berib otmoqchiman. GAzetalarni internetga koygan bilan avvalam bor bir nima uzgarish keyin, mne bu erda maqolalarni saviyasi va mazmuni hakida gapirmoqdaman. Hozirgi kunda assosan tijorat,kungil oldi kabi habarlar gazetalarda keng orin olgan. Inrenetda ham shunday narsalar aksariyani tashkil etadi. Muhtaram Cute, agar siz aynan gazetalarni internetda chikishini hohlasangiz, albatta bu narsa keyingi ikki yil ichida amalga oshadi,lekin makolalarni mazmuniga kelsak bu narsa kachon bolishi manga korongu. Hamma narsa Uzbekistondago censuraga boqlidir.Bu hakida kop gapirilgan, lekin censura kuchaygan bolsa kuchaygan, lekin erkinlik bergani yok.
USAda hozirgi kunda"Umid" jamgarmasi orkali aynan jurnalistika boyicha tah'sil olaetgan 6 talaba bor. Mani fikrimcha aynan shu talabalarning aksariyati amerika va uzbek jurnalistikasi kanchalik fark ekanligi yahsi tushunsa kerak. Biz bu erda bir jurnalistikani organib u erga borib, ahvolni korib kayday haeelarga boramiz??? Muammo gazetalrni webpagega koyishda emas,balki matboutni erkinlashtirish. Bizda matbout hali ham daromad keltirmaydi,yil sari uqubchilar soni kamaymoqda. Kim okiydi webpageda makolalarni agar u erda eski habarlari, pahta dalalaridan keltirilgan daraklar bolsa, kim u erga reklama beradi? umuman kim foyda koradi?
Bu juda ham dolzarb mabzu chunki matbootni kuchi kanchali taysirchanligini hammamiz bilamiz, shuning uchin avvalam bor bor kuchni Uzbekistonda ozod matbuotni ornatishim kerakdir. Oylaymanki bu mavzu kimnidir dikkatini tortadi, ayniqsa USA va UK okietgan jurnalistlarni shu mavzuga oz fikrlaringiz bilan urtoqlashishingizni sorayman.
Omad, Zamin

Zamin
11-21-2000, 05:01 PM
Uzr, juda kop hato kilib uvoribman.:))))

Cute
11-21-2000, 05:44 PM
Maqolalarni saviyasini bilaman qanaqaligini. Lekin qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar ular O'zbekiston haqida info beradi, yomon bo'sayam bo'lishi kerak pagelari. Manimcha ja unaqa qiyin ish emas, mani hayron qoldirgan narsa nimaga haliyam qilishmagan.
Rahmat

Zamin
11-21-2000, 05:53 PM
Mablagga borib takaladi, gazetalarimiz hammasi kasshoq Agar foyda bolmasa hech kim oz enidan kilmaydi bu ishni.
Zamin.

Futbolchi
11-21-2000, 06:05 PM
Salom hammaga,

Man eng tepadagi savolga javob yozaman,

Ozbek radiosini bilmadimu, lekin UZTv ni asosan katta halk bayrami kunlari tomosha kilssa boladi webda, masalan Mustakillik bayrami, Navroz kunlar, asosiy bayram tomoshalari torgridan togri olib korsatiladi, lekin boshka paytlarda bilmadim, yok bolsa kerak hozircha,

Futbolchi ;)

Zamin
11-21-2000, 06:14 PM
Futbolchi,halq bayramlari yahshi,lekin bular hammasi entertainment, gap serious issues hakida ketmoqda.
Zamin

Agent-007
11-21-2000, 06:21 PM
Zamin,

Men masalaning iktisodiy tomoni hakida gapirmokchi edim.

Menimcha REDAKSIYAlarning kashshokligi ularning real hayotdan habardor bulmaganliklarida bulsa kerak. Agar real hayotdan habardor bulsalar, uz mahsulotlarini kimga sotishni bilsalar, mening nazarimda Gazetachilik, va kolaversa informasiya biznesi foydali biznes bulishi mumkin. Mening fikrimcha kupchilik Redaksiyalar haligacha eski fikrlovchi shahslar kulida. Undan tashkari, mening fikrimcha, Uzbekistonda media sohasi tulaligicha liberallashtirilmagan. Albatta tsenzura mavjud bulsada, bu sohada pul kilish mumkin. Fakat buning uchun ma`lum bozor yaratish, va kishilar ehtiyojini kondira bilish lozim. Buning uchun esa yangicha fikrlovchi kishilar lozim.

Masalan, "Darakchi" ushbu ishni kilgan va yahshi natijalarga erishgan nashriyotlardan biri. Karang, ularning haftalik tiraji 150-175 ming atrofida. Nashriyot tafsiya kilgan narh 65 sum bulsa kerak. (anik esimda kolmagan.) Bozor narhi esa 100 sumdan ortik. Gazetani haftalik yuritish moliyasi uchun kupi bilan 7 million sum yetadi. Yillik savdosi (Sales or Revenue) esa 500 dan 750 million sum atrofida. Kizig`i shundagi buncha savdoni kuzga kuringan yirik korhonalar ham kilolmasliklari mumkin.

Boshka nashriyotlarga kelsak, ular yomon holatda. Nimaga? Chunki zamon talabiga javob berolmasliklarida bulsa kerak.

Hurmat ila,
Agent-007

Cute
11-21-2000, 06:21 PM
Zamin, o'ziz bilasiz, bizda mablag' masalasi gazetalar tomonidan hal qilinmaydi. Tepadan keladi, manimcha unaqa katta mablag' talab qilmaydi web-page ochish, yo hato qilayapmanmi? Undan keyin bizni gazetalar specific purposega hizmat qiladi. Shundayam internetta yo'q. Men search qilganimda uzbekiston deb yozsam, buhton bo'lsayam O'zbekiston haqida yakhshi info olishni hohlayman. Agar kirgan bo'sez ko'rasiz, hammasi salbiy ma'lumot. Fikrlani kutaman, rahmat

Cute
11-21-2000, 06:30 PM
Agentti gaplariga kelsak, matbuot Shog'ulomov degan insonni qo'lida. Bizada bilasila kimnidir qo'lida bo'lsa demak uzoq o'tiradi, hamma joylar uni tanishlarida bo'ladi, hech kim kira olmaydi. Muhtaram jurnalistlar sila qaytib borganingizdan keyin huddi shu sistemani ko'rasila. Eng oldin sizga mahalliychilik halaqit beradi, undan keyin tushunmaydigan odamlar, undan keyin ana shu "gegemon" shahslar - eng qiyini.
Darakchiga kelsak bir pulga qimmat gazeta. Bulvar oddiy, hamma joydan yig'ilgan habarlar, saf-sata (halqning saviyasini aks ettiradi lekin) bunaqa gazetaning bozori chaqqon. To'g'ri odamga sotishni tanlasangiz, butun o'zbek halqining gazethonlari shu kategoriyaga kiradi, hamma "darakchi". Bizda mish-mish qanaqa tarqalsa darakchiyam shunaqa tarqaladi.
Men aytayotgan gazetalar informatsiyon, jiddiy gazetalar. Darkchini internetta bo'lishini foydasi yo'q. Chunki bir kuni boshqa gazeta (chet el) darakchini sudga beradi, maqolalarni noqonuniy ko'chirayotgani uchun.
Sog' bo'lila

OPTIMIST
11-21-2000, 08:37 PM
Salom hammaga,

Zamin, man Halk bayramlari webda namoyish kilinishi aynan jiddiy ekanligini aytmoqchiman, bu kerak bolsa halkni dunyoga tanitishning bir yoli, DAVLATni reklama kilish desa ham boladi, togri, lekin afsuski bunday namoyishlar entertainmentlar bilan cheklanib kolmoqda, oylaymanki yakin kelajakda siz aytayotgan jiddiy mavzular ham yoritilib kolar, but it depends...

Endi Agent-007ning bazi fikrlariga oz munosabatimni bildirsam,

"Menimcha REDAKSIYAlarning kashshokligi ularning real hayotdan habardor bulmaganliklarida
bulsa kerak. Agar real hayotdan habardor bulsalar, uz mahsulotlarini kimga sotishni
bilsalar, mening nazarimda Gazetachilik, va kolaversa informasiya biznesi foydali biznes
bulishi mumkin" -bu sizni fikriz,

- umuman kaysi bir gazeta oz harajatlarini koplaydi, shu savolga javob bera olasizmi?:( yoki, siz Ozbekistonda kaysi mustakil gazetani bilasiz deb sorasam orinli boladi. Hozir bizdagi katta kopchilik gazetalar biror davlat idorasining, jamiyatning yoki partiyaning, hokimiyatning va sport federasiyasining nashridir, bu degani: gazeta chikarishga va Jurnalistlarga beriladigan oylikka ketadigan harajatlarni osha muassis koplaydi, hech etibor berganmisiz, bizdagi , manimcha, yakkayu yagona MUSTAKIL gazeta bu HURRIYAT, lekin u ham ommaviy ahborot vositalarini demokratlashtirish markaziniki,

- endi informasiya biznesi hakida ozroq, manimcha siz aytayotgan informasiya biznesini rivojlanishi iqtisodning umumiy rivoji bilan chambarchas boglikdir,birinchidan, informatsiya biznesi rivojlanishi uchun avvalo unga talab bolishi kerak, biror narsaga tabiiy talab bolmasa undan hech kanday foyda kilib bolmaydi, ikkinchidan, iktisodda competition bolmas ekan, unga talabni tugdirish kiyin, balki umuman mumkin emas, agar bilsangiz Marketing sohasida ahborot maydoni degan tushuncha bor, aynan shu ahborot maydonga boglik boladi, kaysi gazeta kanday foyda kiladi, kimga kaysi informatsiyani sotadi, bizda hozir ahborot maydoni juda ham tor, chunki iktisodda competition yok, bozor yetarli rivojlanmagan, monopoliya kuchli, aynan shuning uchun ham siz aytayotgan informatsiya biznesi hozircha gazetalar uchun yot bolip turibdi:(.

- Siz Darakchi hakida aytibsiz, togri, Darakchi hozir nimaga talab katta ekanligini yahshi bilib olgan, va oz muhlislarini topib olgan:), jamiyatning kaydarajada rivojlangan bolmasin aynan shunday yengil yelpi informatsiyaga, yoki bulvarniy habarlarga, mish mishlarga talab katta boladi, aynan shu faktor tufayli Darakchi hozirda eng kop tirajdagi gazeta bolib kolgan. Oylab koring, agar hozirda Ozbekistonda Financial Timesga ohshagan gazeta chop kilinganda uni tiraji kancha bolardi - bu ancha bahsli masala lekin aminmanki uni tiraji boshka gazetalar bilan solishtirganda juda ham kam bolardi:(, chunki hozir bizda bunday gazetaga talab yok,

hulosa kilib shuni aytmoqchiman, Informatsiya biznesi bilan shugullanuvchi subyektlar: bular gazeta, TV, radio va etc, rivojlanishi iqtisodning umumiy rivojiga boglikdir:), iktisod kancha baland bolsa, insonlarda ong shuncha yuksaladi, turli hil informatsiyaga bolgan talab oshadi, ahborot maydonida competition vujudga keladi. Hzoircha bunday emas,

agar fikrlar bolsa marhamat,

OPTIMIST ;)

Zamin
11-21-2000, 09:29 PM
Bollar katta rahmat, kaerdagi bolmagan safsatabozlikdan shu mavzuni davom ettiraylik.
Zamin.

Alisher
11-22-2000, 01:14 AM
Seems like you can watch "Axborot" on Scola (http://www.scola.org) on Tuesdays and Thursdays at 21:30 CST.

JUST
11-22-2000, 01:29 AM
Salom hammaga

man eng birinchi ikkita savolga javob berishga harakat qilaman. boshqalarini oqimadim ham, hozir vaqtim kamroq, juda uzun uzun replylar bor ekan.

Uzbekistonga taalluqli web-pagelarning eng toliq ruyhati manimcha www.cer.uz dagi Uzbekistan: Links da bolsa kerak, man har doim shundan foydalanaman.

omon bolinglar

JUST;)

Agent-007
11-22-2000, 06:15 AM
Azizlar,

Hilma hil fikrlaringiz uchun rahmat. Darakchi tug`risida bildirgan fikrlaringizning deyarli hammasiga kushilaman. Tug`ri Darakchi bulvarni gazeta bulishi mumkin, lekin bir jihatdan unda iktisodiy asos bor. Menimcha uning bunday muvofikiyatga erishishi uchun sabab, aytganlaringdek, halkning yengil yelpi informasiyalarga talabidir. Ma`lumki, AKSh va boshka rivojlangan davlatlarda bunday informasiyaga deyarli mablag` tulanmasa kerak. Bevosita bu narsa internetning mavjudligiga bog`lik bulganligi uchun. Yani "access to information whenever they want" deganidek. Bizda esa afsus bunga hali ancha borga uhshaydi. Shuning uchun Darakchiga uhshaganlar gullayveradi.

Informasiyaning iktisodga kerakligiga kelsak. Informasiyon sohaning rivojlanishi eng asosiy faktor sifatida iktisodning rivojlanishiga bog`lik bulmasa kerak. Albatta bu bir faktor bulishi mumkin, yani asosan informasiyaning narhiga. Menimcha, oralaringda iktisodchilar bulsa, "Assymmetric information" hakida eshitgan bulsalar kerak. Kaysi yerda "Uncertainty" mavjud bulsa, usha yerda informasiyaga talab juda katta buladi. Bu uz navbatida ayni usha "assymmetric information" bilan bog`lik mavzu desak hato bulmaydi menimcha. Iktisodiy jihatdan karasak, odamlar (yani economic agents) kupincha "assymmetric information"ni nolga intilishiga harakat kilishadi. Bu uz navbatida "uncertainty"ni pasaytirishga olib kelsa kerak. Ma`lumki O`zbekiston utish (transition) davrida. Bu davrda uz uzidan ma`lum iktisodda katta "uncertainty" mavjud buladi. Mavjud bulgan "uncertainty"ni pasaytirish uchun esa uz uzidan ma`lum, informasiya kerak. Ayni usha informasiyani kanday narhga ega ekanligini, turli guruhlarning interesiga pand bermagan holda (bu tsenzura va turli hil illatlar mavjud bulgan jamiyatlarga taalukli bulsa kerak) odamlarga yetkaza olgan odam nima uchun foyda kilmasin? Yani yukorida aytganimdek, bizda hali ishni kuzini biladigan odamlar juda kam. Bu degani albatta, bizda kuchli jurnalistlar yuk deganimas.(it doesn't mean that we don't have the best journalist at all. It means we don't have the uptodate channels/ people (whoever they were)
that provide those information to the people.)


Hurmat ila,

Agent-007

O'zbek
11-23-2000, 08:04 AM
Hurmatli do'stlar,
Sizlarning fikrlaringizni jamlab "O'zbekistondagi ommaviy ahborot vositalari va ularning rivojidagi turli hil to'siqlar" degan mavzu bo'yicha kurs ishimi yoki dissertatsiyami yozsa bo'ladi. Yahshi tahlillar bor.
Endi men o'z fikrimni Optimist fikriga qo'shilgan holda davom ettirmoqchiman.
Bu sohaning rivojlanishi iqtisodga eng birinchu navbatda qaramdir. Men umumiy iqtisodiy ahvolni nazarda tutyapman. Hozirda hech kiminglarga sir emas, o'rtacha iqtisodiy ahvol odamlar orasida juda past. Ya'ni katta shaharlardagina odamlar mablag'larini "Basic needs"dan orttirib, boshqa maqsadlarda foydalana olishadi, masalan gazetalarga obuna bo'lish va h.k. Bizda qishloq aholisining 60% ekanligini va umumiy aholining qarib yarmi qishloq ho'jaligi bilan band ekanligini nazarda tutsak, o'rtacha iqtisodiy va ma'naviy ahvol qanday ekanligini tasavvur eta olamiz.
Odam qachon informatsiya ega bo'lishni istaydi, qachonki unda ishdan bo'sh vaqt bo'lsa yoki ishi informatsiya bilan bog'liq bo'lsa. Odamlarda mavjud bo'sh vaqt ko'p hollarda pul topish uchun sarflanadi, chunki 10-15 ming oylik bilan yashash mumkin emas. Demak, bizda oyliklar juda kam, basic needs uchun ham etmaydi, bu iqtisodiy ahvolimizning pastligidan darak beradi.
Endi cenzuraga kelsak. Bu ham ommaviy ahborot vositalari uchun, erkin fikr uchun katta to'siq bo'lishi mumkin. Lekin o'ta erkin fikrlar halqni vasvasaga solib qo'yadi, ya'ni davlat boshqa desa, gazeta boshqa desa ahvol boshqarilmaydigan darajaga tushib qoladi. Keyin bizga tish qayrab turgan chetda ko'p davlatlar va organizatsiyalar bor. Masalan ,Rossiya uchun O'zb.dagi vasvasa pure profit. Demoqchimanki, shu paytda halqning bir narsaga(davlatga, chunki hamma gazetlardagi so'z davlatniki) ishonib turgani ma'qul.
Lekin bir omil, corrupted government bodies degan tushunchalar bor, ular O'zb. uchun yot emas. Bularning cezuradan o'z maqsadlarida foydalanishi albatta yomon.

Hullas muhtaram jurnalistlar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, bu narsa har bir sohaning rivojlanmagani bilan bog'liq, agar kelajakda iqtisod, jinoyat huquqi, Korruptsiyaga qarshi kurash singarilar rivojlansa, menimcha, ommaviy ahborot vositalari ham aniq rivojlanadi, kadrlarimiz juda yahshi.

Salomat bo'linglar.

Samarqand
11-23-2000, 09:49 AM
Agar Boshqalarnikidan Dissertation chiqarsa
Men O'zbek maqolasini referat qiaman. (yoki kursovoy) :)
:)
:)
Hazil

O'zbek
11-23-2000, 10:12 AM
Samarqandga: TO'RTTA GAPIMDAN REFERAT YOKI KUROVOY CHIQSA DEMAK BULAR ZO'R GAPLAR EKANDA.
Bu uchun mualliflik huquqimni talab qilaman, ya'ni foydalanganingiz uchun soqqasini hisobimga o'tkazasiz, aks holda...
(hazil)


HAZIL DEGANIM HAZIL EDI.

OPTIMIST
11-23-2000, 05:36 PM
;)

Kamolkin
11-24-2000, 02:06 AM
I'd like to know how to use the Scola. Can somebody help me with that? Really wanna watch something ours.
Thanks.

Kamolkin
11-24-2000, 02:08 AM
By the way, here is my e-mail add.
lally00@juno.com

SUN6500
11-24-2000, 09:44 AM
Go to www.scola.org. Follow instructions. Uzbek TV is on Tues. and Thurs. at 10:30 EST in US. You need to register and login.

Pessimest!!!
11-24-2000, 10:09 AM
Salom Bolalar, man ham mana shu mavzuda ba'zi fikrlarni aytmoqchi edim:
Bizda kup narsalar mana Mustaqilligimizga 10 yil bulayapti ham rivojlantirilmayapti. 1991 yil berilgan va'dalar oldinga quyilgan maqsadlar amalga oshirilishi juda sekinlashgan. Huddi shunday muammo Ommaviy Ahborotlarga ham tegishli. Bizda mana shu ishlarni zur qiladigan kadrlar etarli, undan tashqari hech kim olim bulib tug'ilmaydi- Man bu bilan aytmoqchimanki usha kadrlarga ish sharoitlari yaratilib berilsa ulardan kup narsalarni kutish mumkin. Man sharoitlar deganda ularga pul berib yoki jahon darajasidagi uskunalar olib berib keyin ushni talab qilishni emas balki ularga kuproq erkinlik berish, kengroq muhit yaratishni nazarda tutayapman. ;)
Har qanday fikrni qullab quvvatlanishi, aholiga uz fikriga ega bulishni taminlash, Iqtisod sohasida ham Ishbilarmonlarga erkinlik kuproq berish kerak. Davlatni bu yerda vazifasi hozirgi kunda shulardan iborat deb bilaman, undan tashqari Davlat kuproq Xavfsizlikni taminlash va uni sifatini oshirish, yani har kimdan shubhalanmasdan, har kimni 2-3 hafta tekshirib mazgisini qoqmasdan aniq maqsadga qaratilgan ishlarni nazarda tutayapman...:)
Bizda Gazetalarni Internetga quyish kerak deyilgan, lekin man umuman bunga shahsan qarshiman- hozirgi kunda albatta.
Sababi: 1.gazetani kim uqiydi, agar ular Internetga quyilsa?
Aholini 95% Internet haqida hech narsa bilishmaydi- bilishsa ham shunchaki kuchadan eshitganlari
2. Hozirgi kunda berilayotgan ahborotlarni sifati haqida uzingiz bilasiz, undan tashqari usha Internetga quyilganlari orasida privat gazetalarga ruhsat berilishi, yani Raqobatni taminlash-ushanda sifat yahshilanadi.
3. Usha Ahborot Vositalariga beriladigan davlat harajatlarini kamaytirishi va ularning urniga uz-uzini moliyalashtirishni taminlash, yani u ham erkinlik berish orqali.
Bizda sovet davridan qolib ketgan bir yomon odat, bu sifati bulmasa ham nomiga borligi, yani biz usha narsalarni statistikada sanab fahrlanamiz, chet ellga reklama... Keraksiz narsa, realistik fikrlash kerak, biz shunaqa qilganimiz bilan Chet elda bu narsalarni juda yahshi bilishadi...;)
Erkinlik berilsa hoh u sohada hoh bu sohada, ushanda rovojlanish tez buladi, yani hamma biron narsa bilan shug'ullanishga harakat qiladi, manimcha Amerikada ham shunaqa bulgan-aniq bilmayman, Amerikada uqiydiganlar bilishadi bu narsani...

Nima bulganda ham mana shunaqa problemalarni hozirgi yoshlar bilishsa, ertaga ushanga qarshi kurashadi ;)

_MAX_
11-28-2000, 04:32 PM
Try
http://www.voa.gov/stream/voa/sca/uzbe/uzbe1500a.ram
and
http://www.rferl.org/bd/RAschedules/uz-realaudio.html

C u.

Sardor
12-05-2000, 10:58 PM
Gentlemen, I have a proposal. Birga gazeta chiqarmaymiz mi?
Serious, analytical, ne prevzyatiy gazeta ili jurnal
Oz tomonimdan uznet.org degan domain`imni gazeta uchun berishga roziman for free.
Your opinion ?

man gapirmadim
12-06-2000, 03:21 AM
umuman matbuot haqida ko'p gapiramiz. fikrlarga qo'shilaman.
Cute, yoqoriroqda fikring manga yoqdi. O'zbekiston haqida yahshi informatsia joylashtirish kerak web.ga. O'zbekiston haqida yomon taasurot qoldiradigan habarlar to'lib yotibdi.sal mundoq balance qivorish kerakda.:):):)
"darakchi" haqida gapirsak,shahsan man umuman yo'qtirmayman. bilishimcha uni maktab bolalariyu, uyda o'tiradigan hotinlar o'qiydi. jamiyatga hech qanday foydasi yo'q.LEKIN, iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak yahshi,omadli gazeta. qandini ursin. BOnd-007, san aytgan raqamlar balki undan ko'proqdir....
man o'zbekistonda umuman gazeta o'qimiyman,masalan. radio sezamni yoq'sangiz(grande-midi yo?), yangiliklarda "halq so'zini" shundoq sharillatib o'qib tashlaydi.ana sizga "voice paper".:):):)nima qilasiz o'zingizni qiynab.aytmoqchimanki, hammasi bitta nuqtaga borib tutashadi bizani matbuotlar.hehe.qiziq.
Zamin,man sizni fikrlaringizni hurmat qilaman. Cute va boshqalarni ham shu qatorda.
sog' bo'linglar.
rahmat...........

Zamin
12-06-2000, 10:35 AM
Sardor are you serious? Mablag masalasi kanday hal kilinadi?

Zamin
12-06-2000, 10:35 AM
Sardor are you serious? Mablag masalasi kanday hal kilinadi?

O'zbek
12-07-2000, 10:41 AM
Sardor,
agar taklifingizga tog'ri tushungan bo'lsam, bu gazetada tahliliy maqolalar yozmoqchisiz. Lekin shu bilan birga O'zb. haqida yahshi taassurot uyg'otadigan maqolalar yozmoqchisiz. Tahliliy maqolalaringiz doimo yahshi taassurot uyg'otishiga ishonasizmi?
Keyin buning uchun qanday mablag' talab qilinishi mumkin?
Agar qandaydir plan bo'lsa, detailly tushuntirsangiz yahsi bo'lardi.

Cute
12-07-2000, 02:27 PM
Zo'r ideya. Qilish kerak.

Sardor
12-07-2000, 08:17 PM
Ok, idea quydagicha:
Na pervih porah predlagayu rabotat kak govoritsya na golom entuziyazme(kak Bill Gates pisal svoyu pervuyu programmu v garaje), i esli nasha gazeta pokajet sebya s horoshoy storoni, to uveren dalshe sponsori naydutsya.(lish bi gazeta bila kachestvennoy.)
V dalneyshem mojno budet takje pereyti na bumajnuyu versiyu gazeti, rasshirit coverage area, influence do masshtaba vsey Centralnoy Asiyi.

No menya volnuyet drugoe. Nujno li registrirovat eto internet izdanyie i gde nujno eto delat? Kakava veroyatnost chto eto izdanye zaregistriruyut v MinPechati Uzb? Chto dlya etogo nujno?

Dilmuki
12-08-2000, 04:13 AM
Lekin, o'zbek Internet gazetasi chiqsa zo'r bo'lar edi... Yaxshi fikr... yaratish kerak...
d-igamberdiev@home.com

O'zbek
12-08-2000, 05:19 AM
Sardor, agar dastlab siz taklif qilganingiz homepagedan foydalanilsachi?
Menimcha, buning uchun hech qanday mablag' ham , registrartsiya ham shart bo'lmasa kerak. Demoqchimanki,boshlanishida informal ketadi: bitta Web Designer chiroyli qilib buni design qilsa(albatta o'zimizzi oramizdan kimdir), siz jurnalistikada o'qiyapsizmi? yoki birorta jurnalist jo'natilgan maqolalarni tahlil qilsa, keyin uni gazetaga qo'ysa. Har kim o'zini qiziqishiga qarab maqola yozadi, analitikmi boshqami, keyin emailda jurnalistga yuboradi.
Bu albatta boshlanishi, aminmanki, hamma umidchilar buni qiziqib o'qishadi, va o'zlari ham qandaydir hissa qo'shadi.

PS. Men jurnalistikada o'qimayman

Zamin
12-08-2000, 09:12 AM
Uzbek kimsiz a? Mani tanisangiz kerak?

Sardor
12-08-2000, 12:50 PM
O`zbek, gapingiz juda toqri, let`s do that. But how will we begin?

P.S Men ham jurnalistikada oqimayman.

Cute
12-08-2000, 02:08 PM
Oldin shu ish bilan shug'ullanadigan insonni topaylik, manimcha domainni egasi Sardor yakhshi kandidat. Redaktor desak ham bo'ladi. Undan keyin sahifa tayyor bo'lsa maqola jo'nataveramiz. Qo'shimcha fikrlar berila, qanaqa qilib boshlash haqida.

JUST
12-08-2000, 03:11 PM
Yahshi fikr

faqat buni amalga oshirish kerak, agar boshlanilsa, manimcha maqola kopchilik yozsa kerak - umidchilarning (DB, MB, LB, SB va Funny cornerning ozi bir gazetaga ohshidi) hammada har hil fikrlar bor. buni MegaZ bilan hamkorlikda ham qilsa boladi - faqat Umid design teamga ohshagan Umid redaktsiyasi tuzilsa boldi. hardware va webdesignni bosa umidchi - kompyuter oqiydiganlar qisa boladi

qoshimcha fikrlar bosa bildirilar,

JUST

P.S. manam zhurnalistikadamasman.