View Full Version : Ushalmagan orzu
Samarkand
08-11-2006, 08:44 AM
Qosh qoraygan. Ko'z ilg'amas yorug'likda guzarning odatdagi manzarasi namoyon bo'lib turibdi. Sarxushlikdan terlab ketgan badanini yozning salqin shamoliga tutayotgan Jahongir alkash-chalkash qadamlar tashlab, ko'chaning u yog'idan bu yog'iga ag'nab kelayapti. Uning aft-angoriga qaragan odamning rahmi keladi. Ko'ylagining oldi ochiq, kirligidan qop-qora jundor gavdasiga monand tusga kirib ketgan, badanidan aroq hidi anqib turibdi. Rangi uchib ketgan ko'ylagi esa duv-duv terdan tarashadek qotib qolgan. Uch-to'rt joyiga yamoq tushgan shimining oldi ochilib qolgan, kirligidan avval qanaqangi rangda ekanligini ham bilib bo'lmaydi. YUrganida ichidan tuproq otiladigan oyoq kiyimi xuddi asfal?t yo'lda bosib o'tib ketilgan qurbaqani eslatadi, ichida esa pastki qismi chirib ketgan paypoQining uchi ko'rinib turibdi. Uning jingalak sochlari laylakning iniga o'xshab to'zib ketgan, chala olingan soqoliga ustara tekkaniga ham ikki xaftadan oshgan. Sarxushligida xursandligi namoyon bo'ladigan yuzida jovdirayotgan ikki xomush ko'zi ma?nosiz boqib turibdi.
* * *
Jahongir baland qilib solingan hashamatli uylar oldidan o'tib, suvoqlari ko'chib ketgan, past tomli, yog'ochdan yasalgan darvozasi chirib hosil bo'lgan teshiklardan ko'rimsizgina hovlining manzarasi elas-elas ko'rinib turadigan uy qarshisida to'htadi. Bu uning uyi. U darvozasi oldidan ayvonning bir tabaqasi singan eshigi yoniga borguncha ikki marta yumalab oldi.
-Gulsara, ey xotin! Men keldim!
Ko'rimsizgina uyning kichikroq xonasida oldiga bir uyum kiyim-kechaklarni to'plab, terlab pishganicha kir yuvayotgan Gulsara unga e'tibor ham bermadi. Negaki, bu har kungi, odatiy hol edi. Gulsaraning ko'zlarida chaqnab turgan alamli nafrat o'rnini hayotga ko'nikib ketgan kishining ko'z qarashlariyu dardi bedavo hislar qoplab olgandek edi.
-Yana ichib keldingizmi? Odam bo'lmas ekansiz-da o'zi, hayf sizday erkakka oila, xotin, farzand deganlari!
-Yana boshladingmi, erkak kishi ichadi-da! Ichsam seni pulingga ichayapmanmi?! Nega buncha dod solasan?!
-Sizda insof, diyonat, g'urur degan narsalardan zig'ircha ham yo'q ekan. Kechagina oyog'ingizda turolmaydigan mast bo'lib kelganingizdan so'ng "Endi ichsam it bo'lay", degan siz emasmi? Hali bir kun ham o'tgani yo'q. Bir oynaga qarang, sizga qaragan daydi itning ham rahmi keladi!
-E-ey! Ko'pam o'zingdan ketaverma, hali men senga it bo'lib qoldimmi? Og'zingga qarab gapir!
-Ey, qo'ying-e, koshki sizga gapirishdan foyda bo'lsa. Olti yildan buyon shu ahvol, har kuni mast, har kuni itdek yumalab kelasiz.
-Ha, nima, jo'ralar bilan ulfatchilik qildik-da! Shunga shunchami? Menga qara, o'zing nima qilayapsan? Bizda buncha kiyim yo'q edi-ku?
-Siz qachon o'zingizga oxirgi marta birorta kiyim sotib olganingizni eslaysizmi? Men bilan o'g'lingizga-ku, aytmasa ham bo'laveradi.
-Kimning kiyimini yuvayapsan deyapman?!
-Kimni bo'lardi, qo'shnilarni-da!
-Nima, sen ularni cho'risimisan?!
-Men sizga, mana shu fayz-baraka uchgan xonadonda cho'riman, kanizakman! Qo'shnilar uchun bir badbaxtga tekkan baxtiqaro xotinman. Shularning boriga shukr, hech bo'lmaganda kiyim-kechaklarini yuvishga berib, kunlik egulik nonimizga yarasha pul beradi. Siz oxirgi marta qachon ro'zg'orga bir kilo kartoshka-piyoz yoki bir burda non olib kelganingizni eslaysizmi? Ro'zg'orga u bu narsa ko'tarib kelish yodingizdan chiqib ketgan bo'lsa ham kerak.
-Esingdan chiqdimi? Tunov kuni bir qop kartoshka bilan piyoz olib kelgandim-ku, darrov tugadimi?
-Tunov kuni? O'tgan yili deng! Siz uchun vaqt ham to'xtab qolgan. O'sha paytda haligi sizlarni mardikorlikka yollagan boyvachcha sizni, sizga o'xshagan ulfat do'stlaringizni holatini tushunib, o'sha bir qop deb atagan o'n besh kilocha keladigan kartoshka-piyozni berib yubormaganda, o'shaning pulini ham ichib yuborardingiz.
-Ey, menga qara, ko'p boshimni qotirma! Ichsam sendan so'rab ichmayman, xo'pmi? Bas qil, ortiqcha gaplarga toqatim yo'q. ?ornim och, ovqat-povqating bormi?
-Yo'q!
-Nega endi yo'q bo'ladi?
-Nega endi bor bo'ladi?!
-Tunov kuni ovqat qilib o'tirganding-ku?
-Tunov kuni bechora otam bozorlik qilib, berib ketgandi. Uyda na yog' bor, na boshqa narsa. Go'shtni-ku gapirmasa ham bo'ladi. Bechora Bekzodjon ham "Oyi, osh egim kelayapti", deb yuragimni ezadi. Agar mahallada to'y-po'y bo'lib qolmasa, har zamonda uyga mehmonga borib qolmasak osh nimaligini unutib qo'yadi, bola bechora. Hech bo'lmasa o'g'lingizga rahmingiz kelsin!
-Qanaqa xotinsan, ering ishdan kelganda bir kosa ovqat tayyorlab qo'yishga ham yaramasang?!
-Sizda yuz degan narsani o'zi yo'q ekan. Odam degani ham shunaqa pastkash bo'ladimi?!
-Pastkash?! Hali sen meni haqorat qiladigan bo'ldingmi? Hozir ko'rsataman senga, pastkash kimligini!
Jahongir gandiraklab xotinining yoniga bordi-da, uni do'pposlay ketdi. Qo'lini tog'oradagi mag'zavadan ko'tarolmay qolgan Gulsaraning boshiga musht tushganda u baqirib yubordi, haligi pachoq tuflisi bilan homilador xotinining biqiniga tepganda "hiq" dedi-yu, nafas ololmay qotib qoldi. Gulsara vujudi bo'ylab taralgan og'riq biroz tarqagach, o'zini qo'lga oldi-da, shahd bilan o'rnidan turib, erini itarib yubordi. Zo'rg'a oyog'ida turgan mast-alast er, xotinini urayotganida tutgan sherday qomati bilan xona burchagiga uchib ketdi. U yiqilganda tirik insonga o'xshab emas, xuddi bir jonsiz o'lik tanaga o'xshab yiqildi. Jahongir ko'zini ochganda erda cho'zilib yotar, ikki oyog'i esa ikki tomonda jonsiz xodaga o'xshab yastanib yotardi. U xotinining bu qilig'idan g'azablangan kishi bo'lib, sapchib o'rnidan turmoqchi edi, negadir, buning uddasidan chiqa olmadi. Gulsara esa yurakni qiynoqqa soluvchi ovoz bilan uvvos solib ho'ngrardi.
-Jahongir aka, nima bo'ldi sizga? Qanday yigit edingiz-a? E xudo, bu nima ko'rgulik?! Tuppa-tuzuk yurgan, po g'onoma-po g'ona mansabga ko'tarilayotgan navqiron yigit birdan shunaqangi ahvolga tushib qolsa-ya? Bu ko'rguliklarning oxiri bormi, Jahongir aka?! ?aerdan ham shu la?nati ichkilikka berildingiz? Ishdan quvib soldilar, chidadim, ikki yil ishsiz, topganingizni ichib yurdingiz, chidadim, uch yildan beri mardikorlik qilib, itday ishlaysiz-da kech tushishi bilan rosa ichasiz, bunga ham chidab kelayapman. Sizda uylarni ta'mirlash, ro'zg'orni butlash, qo'ni-qo'shniga qo'shilish, qarindoshlar bilan bordi-keldi qilish, odamday dam olish degan narsalar bo'lmasa! Men-ku mayli-ya, gulday umrim shundoq ham xazon bo'ldi. Hech bo'lmasa endi besh bahorni ko'rgan murQak farzandingizni o'ylang. Axir, men sizdan boshqa narsalar talab qilayotganim yo'q-ku!
-O'chir!
-Na ko'cha bolalari bilan quvnab o'ynasa, na qorni to'yib ovqat esa, na boshqa bolalarga o'xshab mehmonga borsa. Sizni it yotish, mirza turishingizni, meni ertadan kechgacha xo'rligim kelib "Qimir-Qimir" qilishimni ko'rib, qanaqa odam bo'lib ulg'ayadi u?
-O'chir, dedim senga!
-Tunov kuni qo'shni bolalar mahallaga muzqaymoq olib kelib sotadigan kishidan bittadan muzqaymoq sotib olibdi. Bekzodjon ham yonimga chopib kelib, pul so'radi. Yonimda bir tiyin ham pulim yo'q edi. Rosa o'ksinib yig'ladi, qo'shilib men ham yig'ladim. Keyin tashqariga chiqib ketuvdi. Borib sotuvchi amakiga "?arzga berib turing, amaki, dadam ishdan qaytsalar pulini olib beraman", debdi. Sotuvchi esa "Otang ertadan-kechgacha ichib yuradimi yo senga muzqaymoq olib berish uchun pul beradimi? Ol bolam, senga bepul, ulg'ayib, yaxshi odam bo'lsang, ko'p pul topsang, o'shanda berarsan", deb bitta muzqaymoq beribdi.
-Bo'ldi qil!
Jahongir o'z-o'ziga bir nimalar deb to'ng'illab so'kinayotgan, Gulsara xo'rligidan o'zini yig'idan tiyolmayotgan bir vaqtda, bir parcha qotgan nonni suvga botirib eb, uxlab qolgan o'g'li Bekzodjon shovqin-surondan uyg'onib, ularning janjallari avjiga chiqqan bir paytda kirib keldi.
-Ura, dadam kelibdi! Dada sizdan bitta iltimosim bor. Sanjarning dadasi chiroyli koptok olib beribdi. Menga ham shunaqa koptok olib bering, rosa havasim kelayapti.
-Yo'qol ko'zimdan, zumrasha! Sen etmay turuvding!
Jahongir shunday dedi-yu, Bekzodjonning hali murg'ak bola ekanligi bilan ham hisoblashmay zarb bilan tepib yubordi. Kutilmagan zarbadan yumalab ketgan bolakay eshikdan tashqariga uchib ketdi. Buni ko'rgan ona o'zini tutolmay eriga yopisha ketdi. Gulsara yuziga, biqiniyu ko'kragiga tushayotgan kuchli zarblardan titrayotgan bo'lsa ham Jahongirning ichkilikdan buzilib ketgan yuzini timdalayotgan bir vaqtda Bekzodjon allaqachon o'rnidan turib, ko'chaga yugurib ketgandi. U bolalarcha xo'rligi kelib yig'lar, orqa-oldiga qaramay to'g'ri kelgan tomonga yugurardi. SHu payt falokat yuz berib, qo'qqisdan ko'chani kesib o'tayotgan bolani mashina urib yubordi. Bekzodjon tepilgan to'pday uchib, yo'l chetidagi simyog'ochga gursillab urildi.....
(davomi bor)
Samarkand
08-11-2006, 08:54 AM
....Haydovchi yigit falokat yuz bergan vaqtning o'zidayoq uni mashinaga ortib, shifoxonaga olib ketdi. Keyin hali ham hech narsadan xabarsiz bir-birlarini haqoratlashdan to'xtamay janjallashayotgan ota-onasini topib, ularni ham o'sha joyga olib bordi. Ularni navbatchi shifokor kutib oldi.
-O'g'limni ahvoli qalay, do'xtir?
-To'g'risini aytsam, juda ham og'ir. Yaxshiyam, haydovchi yigit darrov bu erga keltiribdi, bo'lmasa yordam ko'rsata olmasdik. Xullas, bo'lgan ish bo'ldi, endi baqir-chaqirdan foyda yo'q. O'g'lingiz kuchli urilishdan katta jarohat olgan. Bu ham etmaganday simyog'ochga urilganda ikki oyog'ining sonidan pastki qismi majaqlanib ketgan. Operaciya qilib, oyoqchalarini kesib tashlashimizga to'g'ri keladi. Agar operaciya muvaffaqiyatli o'tsa, ehtimol, yashab ketar. Aks holda taqdirga tan berishdan boshqa ilojingiz yo'q!
-Yo xudo!
-Bolajonim!..
-Haydovchi yigit tushungan yigit ekan, shekilli, operaciyaga zarur bo'lgan hamma dori-darmonlarni olib keldi. Faqat sizlarning roziligingiz kerak. Tezroq bo'ling-lar, har bir daqiqa g'animat.
Oradan uch kun o'tdi. Shifoxonaning reanimaciya bo'limi. Alohida maxsus xonada besh yasharlik bola, Bekzodjon o'zini bilmay yotibdi. Hali ko'zini ochganicha yo'q. Ota-onasi Jahongir bilan Gulsara-ku, shu uch kun ichida adoyi tamom bo'ldi. Ular shifoxonaning ichki yo'lagida boshlarini xam qilib o'tirganlarida oldilariga shifokor keldi.
-Bekzodjon o'ziga keldi.
-Ko'zini ochdimi?
-Ha, lekin oyoqlarini yo'qligini ko'rib...
-Uni ko'rsak bo'ladimi?
-Bo'ladi, men xuddi shu narsani aytgani keluvdim, kirishingiz mumkin. Faqat bir iltimos, ko'p gapirib urintirib qo'ymang va zinhor yig'lamang. Shundoq ham joni omonat bo'lib turibdi, balki so'nggi daqiqalarini yashayotgandir. Qolgani yaratganga ayon. Bardam bo'linglar!
Ular ichkariga kirishgandagi ko'z qarashlaru, o'z-o'zidan nafratlanib, ich-etini kemirishlarni tasavvur qilishning o'zi og'ir. Murg'akkina farzandini shu holatga tushirib qo'ygan ota-onaning holatini tasvirlashga eng o'tkir qalam ham ojizlik qilsa kerak. Jahongir o'ng tomondan, ko'zlaridan shoshqator yosh oqayotgan Gulsara esa o'ng tomondan o'tib, Bekzodjonning doka bilan o'ralgan boshi uzra turganicha qotib qolishdi. Shu payt Bekzodjon ham yoniga yaqinlari kelganini sezgandek ninadek nozik kiprikchalarini zo'rg'a joyidan qo'zg'atib, ko'z qirini omonatgina ochdi. U asta-sekin madorsiz qo'lchalarini ko'tarib, avval onasining, keyin otasini ko'zidan to'xtovsiz oqayotgan yoshlarini artdi-da, ularni xotirjam qilish uchun bo'lsa kerak bolalarcha jilmayib qo'ydi.
-Oyijon, yig'lamang. Endi men sizlarni qiynamayman, quloqsiz bola ham bo'lmayman.
-Bolam!!
-Dadajon, siz ham yig'lamang. Endi menga koptok kerak emas...
ULUG'BEK URUNOV.
Samarkand
08-11-2006, 10:26 AM
BO'RONA (Fantastik hikoya) Ulkan tog' yon barida, so'lim tabiat quchog'ida joylashgan qishloqdagi odamlar o'rtasida, qadim-qadim zamonlardan beri bir g'aroyib afsona aytilib kelinadi. Unda bayon qilinishicha, quldorlik davrida yashagan ayollarning turmush darajasi juda ham xarob bo'lib, o'larga quldek munosabatda bo'lishar, ayovsiz tahqirlasharkan. Lekin o'sha zamonlarda tahqirlangan bechora ayollar va ularning murg'ak bolalarini himoya qiladigan xudosi bo'lib, uni Bo'rona, ya'ni Bo'ri ona deb atashar ekanlar. Uning tanasi ona bo'riniki, ruhi esa tahqirlangan ayolniki emish. Bo'rona baland tog' cho'qqisida yashar, odamlar ko'ziga bo'risimon qiyofada ko'rinarkan. Shuning uchun bo'lsa kerak, biror kimsa hanuzgacha qishloq ayollarining ko'nglini og'ritsa "Iloyo, Bo'ronaning qaxriga uchra!" - deb qarg'ashadi. Tog' toshlaridan Bo'rona timsolida yasalgan haykal, qishloqning eng aziz joyi sanalmish buloq boshida turganligi ham bejiz emas. Avvallari bu yerga odamlar sig'inishgan, ayniqsa qariyalar buyuk ehtirom bilan qarashgan.
Ming afsuski, qishloq axolisi bir kun kelib, Bo'rona haqidagi afsona haqiqatga aylanishini sira xayollariga keltirishmagan edi.
Afsonaning haqiqatga aylanishi Tong. Serviqor cho'qqilar uzra tushayotgan quyoshning ilk zarrin nurlari tun og'ushida uxlagan qishloqni yorita boshladi. Osmon o'par tog'lar yon bag'rida ufurayotgan nafis shamol qishloqqa yana bir kunni hadya etdi. Erta tongda uyg'onadigan xo'rozlar qichqirig'i, jonsarak qushlarning chuvirlashlari-yu, esayotgan shabada shiviri, otayotgan tongga yanada ko'rk bag'ishlardi.
Derazasidan ilk yorug'lik tushishi bilanoq uyg'onishga odatlangan Jamila, asta-sekin hovliga chiqdi. U uchinchi farzandiga homilador. Onasining og'ir oyoqligini tushungan o'n ikki yoshli qizi, allaqachon hovlini supirib, sigir sog'ish uchun molxona tarafga ketayotgan edi. Jamila yuz-qo'lini yuvib, supadagi kursiga o'tirdi. Hozirgina suv sepilgan hovlini tog' yon bag'ridan esayotgan shamol yalab o'tardi. U qariyib to'qqiz oydan beri yuragining ostida tirik jonni ko'tarib yurgan nozik badaniga orom topayotgandek, tongning toza havosidan to'yib-to'yib nafas olardi. Jamilani erta-indin dunyo yuzini ko'rajak murg'ak farzandi, onasining yurak- bag'ridan tezroq qaynoq quchog'iga chiqish uchun shoshilayotgandek qimirlayotganini sezdi. U hayotini farzandlariga bag'ishlagan ona, lekin turmush o'rtog'iga ko'ngli yo'q ayol edi. Negaki, uni Qosimbekka majburlab uzatishgandi. Jamila shuncha yillardan beri faqat farzandlarining baxti uchun yashab kelmoqda...
Jamila tug'ilajak farzandining kelajagini o'ylab, shirin xayollarga cho'mgan bir paytda ichkaridan Qosimbekning dag'dag'ali ovozi eshitildi.
-H'ovlida qoqqan qoziqday nima qilib turibsan? Tezroq choyingni tayyorlasang-chi! Bozorga borishim kerak, axir!
-Dadasi, bugun hech qayoqqa bormay qo'ya qoling, o'zimni bezovta his qilayapman. Yana...-deb, eriga iltimos qilgan bo'ldi. Biroq Qosimbek xotinining so'zlarini e'tiborga olmadi, aksincha yanada qo'polroq do'q urdi. Jamila aytgan gapiga pushaymon bo'lib, oshxonaga endi bir ikki qadam bosgan ham edi-ki, birdan vujudiga tanish og'riq kirganini sezdi. U belini ushlaganicha bukchayib, erini yoniga chaqirdi. Qosimbek "dard" boshlanganini darrov sezib, uni ichkari xonaga yotqizdi-da, o'zi doya kamirning uyiga uchdi. Quyosh cho'qqi ustiga minganida Jamilaning ko'zi yoridi...
Ming bir orzu-havas bilan dunyoga keltirgan chaqalog'i unga kutilmagan kulfatlar olib keldi. Doya kampir hali tug'ruq azobidan o'ziga kelolmay to'lg'anayotgan Jamilaga chaqalog'ini ko'rsatganda, u qo'rquvdan chinqirib yubordi. Negaki, chaqaloqning oyoqlari bitta edi, boshi esa ikkita. Lekin, bundan bir necha yil oldin ham xuddi shunday Qaroyibotga duch kelgan doya kampir o'zini yo'qotib qo'ymagandi. Tug'ish odatdagidan qiyinroq kechdi. Tug'ish azobi va chaqaloq qiyofasini ko'rgandan so'ng paydo bo'lgan qo'rquvni ko'tarolmagan Jamila hushidan ketdi. Dunyoning ishlari qiziq, chaqaloqning ikkala boshi ham ikki qora ko'zdek bir-biriga o'xshash edi.
Oradan uch kun o'tdi. Qishloqning kayvani kampirlari Jamilani Qaroyib chaqalog'i bilan qirq kunlik chillaga solib ketishdi. Voqea bir zumda qishloqqa ovoza bo'ldi. Bundan Qosimbekning tinchi buzildi. U bu voqeadan o'ziga kelolmay, ich-ichidan lovullab yonardi. Nahotki, xotinidan shunday bola tug'ilgan bo'lsa..? Aqlbovar qilmas hodisaning mohiyatini tushunib yetolmay, kuni bo'yi bo'zaxo'rlik qilgan Qosimbekning xayolini shubhali fikrlar chulg'ay boshladi. Ulfatlarining ilmoqli gaplarini eshitmaganda, balki uyiga ko'zi qonga to'lib kelmagan bo'larmidi..?
-Seni avloding buzuq, toza qonimni ham harom qilding. Bu bola meniki emas! Qaerdan orttirgan bo'lsang, o'sha yoqqa bor!
-Qosimjon aka, rahmingiz kelsin. Xudoim taoloni ishi bu! Menda gunoh yo'q... o'lgunimcha sizni deganman, axir. Go'dagimiz soppa-sog' bo'lsa... Tavba deng, Qosimjon aka, tavba! Meni gunohga botirmang, farzandingizni tan oling...
-Yo'q! Mahallada nima degan odam bo'ldim endi. Hech zamonda chaqaloq xam ikki boshli bo'ladimi? Sen xudoning qahriga uchragan shayton ayolsan. Ayt, qaerda ko'rgansan, bunaqa chaqaloqni? Ayt, haromi!..
-Doya ona aytdi. Bundan bir necha yil oldin qo'shni qishloqda ham shunaqa chaqaloq tug'ilib, chillasining ichida nobut bo'lgan ekan.
-O'a, xuddi shunday bo'ladi xam. Chaqalog'ingga qo'shilib o'zing xam o'lasan. Sen xudoni qaxriga uchragan nobakor ayolsan. Yo'qol ko'zimdan! Taloq senga! Bugundan boshlab senday ojizam yo'q...
Jahldan o'zini tutolmagan Qosimbek shunday dedi-yu, ichkariga otdi. G'azabdan qaltirayotgan qo'llari bilan chaqaloqni beshik bilan tashqariga uloqtirib yuborganini sezmay qoldi. Eriga qarshilik qilmoqchi bo'lgan Jamila, musht zarbdan beshik bilan birga quladi. Xovlidagi baqir-chaqirlarga otasining qaxridan qo'rqib ketgan bolalarning yig'isi qo'shildi. Jamila bir amallab loyga belanib yotgan go'dagini erdan oldi-da, Qosimbekka xudoning zorini qilib, yalindi. Lekin foydasi yo'q. Qaytanga Qazab otidan tusholmagan eri uni do'pposlab, xovlidan quvib chiqardi. Jamila alamlarini ichiga yutib, boshi oqqan tomonga ketishdan boshqa iloj topmadi............
(davomi bor)
Samarkand
08-11-2006, 10:29 AM
......
Tun. H'omiladorlik madorini so'rib olgan Jamila, qo'lida uch kunlik chaqalog'i bilan bo'tazor, qirlar oshib, osmon bilan tenglashayotgan cho'qqilar tomon odimlardi. Negaki, uning na qarindosh , na ota-onasi bor edi. Qishloqda esa uni birov uyiga qo'yishi gumon. U suv uchun buloq bo'yiga chiqqanida ayollardan tog'da bir jodugar kampir yashashini eshitgandi. Aytishlariga qaraganda, u hamma narsani bilar ekan. Jamila chaqalog'i nega ikki boshli tug'ilganini so'rash uchunmi yoki boshpana qidiribmi, o'sha tomonga yo'l oldi. Uning yuzlari burishib ketgan, alvastinamo bir kampir kutib olib, kulbasiga taklif qildi.
-Nimaga kelganingni bilaman, qizim. Boshingga tushgan kulfatni ham. Sen bolangni ikkala ko'kraging bilan bir vaqtda emizgin. Alohida-alohida yaramaydi. Ular bir tan, bir jon.
Shu tobda Jamila uchun ro'parasida bir qo'lida suv, ikkinchisida oyna olib, o'z-o'ziga nimalar deb pichirlayotgan, ko'pchilik ming bir qo'rquv bilan tilga oladigan jodugar kampirdan bo'lak mehribon odam yo'qdek edi. U ko'zidagi duv-duv yoshlarini artib, go'dagini emizishni boshladi. Kampir oynaga qarab, afsuslangandek, boshini chayqadi. U Jamilaning savollarini kutib o'tirmasdan uning taqdiridan bashorat qila boshladi.
-Eh-xe...Gap bu yoqda ekan! Ering ko'knor chekarkan, bolam. Endi undan farzand bo'lmaydi. Sen bechorani ayblamay tezroq farzandini tan olsa yaxshi bo'lardi... Farzandlar bizni davomchimiz. o'lganimizdan so'ng biz ularning vujudida yashaymiz, xuddi bizning qonimizda ajdodlarimiz yashab kelayotganidek. Tashqarida bir ona bo'riga ko'zing tushdimi? Bechora bir haftadan beri kasal bolasining qoshida. Bolasi nobud bo'lsa, o'zini ham nobud qiladi, chog'i. Bo'rilar yakka tuqqan bolasini hech qachon tashlab ketmaydi. Anchadan beri davolayapman. Bechora bo'rivachchani qishloqning ovchi itlari talab ketibdi.
-Onajon, nahotki, erim shu bo'richalik bo'lolmasa. Nahotki, o'z farzandidan tonsa?
-Eh, bolaginam. H'ayotda nimalar bo'lmaydi, deysan. Ollohim barcha jonzotga buyuk ne'mat - farzand ato etgan. Lekin biz insonlar ba'zida o'z farzandlarimizdan ham tonamiz.
Jodugar kampirning so'zlaridan so'ng Jamilaning butun vujudini eri Qosimbekka nisbatan nafrat chulg'ab oldi. Ayniqsa, u nashavand bo'la turib, nuqson bilan tug'ilgan chaqalog'i uchun xotinini ayblab, taloq qo'yganiga chidolmadi. Uning ko'zidan yosh emas, go'yo alam yo'g'irilgan la'nat yoshlari oqayotgandek tuyulardi.
-Onajon, nega xudoyim biz ayollarni buncha dardu alam bilan yaratgan? Gohida ayol bo'lib, dunyoga kelganimga afsuslanib ketaman. Men hayotda qanchalik qiynalganimni bilasizmi, onajon...
-Sen, qizim, mana bu dorini ol, eringga ber. Jahlidan ham tushadi, ko'knor ham chekmay qo'yadi. Taqdiringga tan bermay ilojing qancha?..
Jamila chaqalog'ini ko'targanicha kampir bilan xayrlashdi. Endi uch-to'rt qadam bosgan ham ediki, oyog'i toyib, jarga quladi. Qo'lidan uchib ketgan go'dagi xarsang toshga urilganda "Qiq" degan ovozini eshitdi, xolos. O'zi esa o'tkir qirrali toshga urildi, kuchli og'riq... Keyin... Keyin nima bo'lganini bilmaydi. Bir mahal kimdir Jamilaga "tur, bolangni ol!" - degandek bo'ldi. Jamila o'zida qandaydir kuch topib, o'rnidan qo'zg'aldi. U oyog'i ostida o'zining qonga bo'yalgan jasadini ko'rib, qo'rqib ketdi. Nariroqda esa chaqalog'ining jonsiz tanasi. Jamila yordam so'rash uchun jodugar kampir kulbasi tomon bir qadam tashlagan ham ediki, bir zumda uning kulbasida bo'lib qoldi. Jodugar kampir uning na o'zini ko'rdi, na ovozini eshitdi. Jamila birdan o'zini haligi jon berayotgan ona bo'ri tanasiga kirganini his qildi. Joni uzilay deb qolgan bo'riga qayta jon kirib, o'rnidan turdi. Jodugar ona bo'ri nimanidir ko'rsatmoqchi ekanligini darrov tushunib, darhol ketidan boraverdi. Qoya toshlar orasida yotgan ikki jonsiz tanani ko'rgan kampir qo'rquvdan seskanib ketdi. Negaki, Jamilaning ruhi ona bo'ri tanasiga kirib, dahshatli maxluqqa aylanganini tushunib yetgandi.
-Yo xudoyim, nahotki, Bo'rona qayta tirilgan bo'lsa...
Ajal yetaklab kelgan!
Oradan bir necha kun o'tdi. Jahl chiqqanda aql ketarkan. Qosimbek qilgan ishidan pushaymon, bo'lib Jamilani baribir qaytib keladi deb umid qilgandi. Negaki, uni boshqa boradigan joyi, qarindosh-urug'lari yo'q. Qosimbek xotinidan xabar bo'lavermagach, uni so'rab surishtirishga kirishdi. Ming afsuslar bo'lsinki, hech kim, hech narsa bilmasdi. Onasini sog'inib yig'layotgan bolalarini, shu paytgacha saramjon -sarishta bo'lgan ro'zg'ori huvullab qolganini ko'rib, o'kindi. Ammo xotini qaytib kelmasligiga to'liq ishonch hosil qilsa, boshqasiga uylanishni ham ko'nglidan o'tkazib qo'ygandi.
Qosimbek, kechasi qo'y haydagan cho'pon tunda bir ayol yig'lab, toqqa chiqib ketayotganini ko'rganini aytganda, havotirga tusha boshladi. Nahotki, Jamila tog'da adashib qolgan bo'lsa?.. Balki yirtqichlar eb ketgandir?..
Qosimbek ikki kundan keyin tog' toshlari bilan ko'milgan qabrni topdi. Qabr yonidan jodugar kampir kulbasi shundoqqina ko'rinib turardi. U atrofni ko'zdan kechirdi, lekin chaqaloqning qabri yo'q edi...
-Kim ko'mdi ekan? H'oynahoy, anavi jodugar kampirning ishi bo'lsa kerak. Unday bo'lsa chaqaloqning qabri qaerda? Mozor qilgan, shekilli. Yahshi bo'pti, gunohi o'zi bilan ketdi, bechoraning...
U xayolidan shu kechinmalarni o'tkazayotgan bir vaqtda orqasida kimdir turganini sezib, seskanib ketdi. Birdan qayrilib qarasa, ro'parasida qo'lida uzun hassa ushlagan, qop-qora juldur kiyimdagi jodugar kampir turibdi. Qosimbek odamlar soyasidan qo'rqadigan jodugarni ko'rib, o'zini yo'qotib qo'ydi. Tili aylanmay, unga tikilganicha, qotib turaverdi.
-H'a, kelibsanda... Seni bu erga ajal etaklab kelgan! Xotiningni, senday nashavand iflosdan tug'ilgan begunoh farzandingni qabrini ko'rib, quvondingmi?
-Bu nima deganingiz? Ularga nima qildi? Anavi qabr, ularnikimi..?
-Buni o'zing ham yaxshi bilasan, o'zingni go'llikka solmay qo'ya qol. Xammasidan xabardorman!
-Menda gunoh yo'q! Men xech narsa...
-Xaqiqatdan ham gumroh banda ekansan! Gunohsiz ekanligini bila turib, xotiningni uch kunlik go'dak bilan quvib xaydaganing, nahotki esingdan chiqqan bo'lsa?! Taloq qo'yganing-chi? Chaqaloqni bunday tug'ilishiga sen nashavand sababchisan-ku! Bechora Jamilani shuncha qiynaganing kammidi? Sendan do'zax xam hazar qilsa kerak!
-H'addingdan oshma, jodugar kampir! Xudomisan, hukm chiqarasan!? Meni gunohim yo'q, nima qilsa o'zi qildi...u Qosimbek o'zini tutib olib, dadil gapira boshladi. o'zini "oppoq" qilib ko'rsatmoqchi bo'lgan so'zlarini eshitib, qaxr-g'azabga to'lgan jodugar, Qosimbekni shunaqanki qarg'adiki, go'yo butun tevarak larzaga kelganday bo'ldi.
-Iloyo Bo'ronani qaxriga uchra!!!
Qosimbekning vujudiga titroq kirib, badaniga muzdek suv quyuldi. U qo'rquvdan qaltirayotgan oyoqlarini erdan uzolmasdi. Oyoqlari go'yo mixlab qo'yilganday, o'ziga bo'ysunmasdi. Jodugar kampir bir pasda g'oyib bo'ldi. Lekin uning ovozi Qosimbekning quloqlari ostida qayta-qayta jaranglardi. Uzoq-uzoqlardan bo'rini uvillagan ovozi eshitilib, qoya-toshlar uzra vahimali aks sado yangradi. Shu vaqt Qosimbekning ko'z o'ngini tuman qoplab, behosdan yiqilib tushib, harsang toshning kuchli zarbidan xushini yo'qotdi.
Qosimbek yarim tunda o'ziga keldi. Kechasi yer bag'rini yoritguchi oy xam tun qo'yniga cho'kkan. Esayotgan achchiq shamol uni yorilgan boshidagi qonli sochlarini to'zg'itdi. Shilinib ketgan terisi xuddi tuz sepilgandek achishardi. U atrofga alangladi. Shu payt Qosimbek yiqilgan joyida emas, qandaydir Qor og'zida ekanligini payqadi. Zulmat cho'kkan Qor og'zida ikki qip-qizil nuqta unga daxshatli tikilib turardi. Bu Bo'ronaning qaxr-g'azab o'tida lovillab yonayotgan ko'zilari. U o'ljasini o'z makoniga sudrab keltirgandi. Qosimbek, qarshisida tashlanishga shay turgan, bo'ridan ancha yirik bo'lgan bo'risimon maxluqni ko'rib, qo'rquvdan bir o'lib bir tirildi. Uning yodiga jodugar kampirni so'zlari tushdi. Qo'rquv ustidan bosgan vahima, uni esankiratib qo'ydi. Qosimbek shu tobda Bo'rona haqidagi afsona rost ekanligiga iymon keltirgan, ishonmasdan iloji ham yo'q, negaki bugun uning o'zi o'ljaga aylangandi. Bo'ronaning ko'zlari negadir xotini Jamilaning ko'zlariga o'xshar va nimadir demoqchi bo'layotganday tikilib turardi. Bir payt maxluq ortga qayrilib, Qorga kirib ketdi. Fursatdan foydalanmoqchi bo'lib, qochishga shaylangan Qosimbek, oyoqlari ostiga bir nima kelib tushgandan so'ng, joyida taqqa to'xtashga majbur bo'ldi. Maxluq uni yo'lini to'sib, shunaqangi Qinshidiki, u turgan joyida haykaldek qotib qolgandi. Keyin Qosimbek asta-sekin engashib, xaligi narsani qo'liga oldi. Ne ko'z bilan ko'rsin, bu ikki boshli chaqalog'ining anqib ketgan jasadi o'ralgan yo'rgak edi. Qosimbekning ko'zlari xonasidan chiqayozib, qanday qilib yo'rgakni uloqtirganini sezmay qoldi. Buni ko'rgan Bo'rona biqiniga o'tkir tig' kirganday o'kirib yubordi-da, unga tashlandi. Qosimbek old-ortiga qaramay so'qmoq bo'ylab qochdi. Biroq muyilishga etganda Bo'ronaning changili ostida qolib, baquvvat panjalar zarbidan toshlar ustiga quladi. Keyin esa tasavvurga siqmas og'riqlar, oqayotgan issiqqina qon hidi... Kekirdagiga o'tkir tig'li tishlar botganda, ko'z o'ngida qolgan so'ngi manzara, maxluq ko'zlarining qonli nigohi edi...
(davomi bor)
Samarkand
08-11-2006, 10:31 AM
Tong. Saxarda o'yg'ongan qishloq ayollari, suv olib kelish uchun buloq bo'yiga chiqishdi. Buloq bo'yidagi Bo'ronaning tosh xaykali uzra cho'zilib yotgan, tanib bo'lmas darajadagi Qosimbekning jasadini ko'rib, chinqirib yuborishdi. Buloqdan esa suv o'rniga, qip-qizil qon oqmoqda edi...
Qishloqda vahima, to'polon... Vaxshiylarcha g'ajilgan Qosimbekning jasadini tomosha qilish uchun qishloq ahli, buloq bo'yiga yig'ildi. Hamma hayron. Qosimbekni kim bu ahvolga soldi ekan? Kimdir -yirtqichlar domida qolib ketgan- desa, yana kimdir -bu yovvoyi mushuklarni ishi bo'lsa kerak- deydi. Lekin nega buloq bo'yiga, aynan Bo'ronaning haykali ostiga?! Bunda qanday sir bor? Qishloq ovchilari Qosimbekning g'ajib tashlangan jasadini ko'rib, bunga oddiy bo'ri yoki biror yovvoyi hayvon qodir emasligini aytishganda, barcha taajjubdan yoqa ushladi. Nahotki, Bo'rona xaqidagi afsona xaqiqatga aylangan bo'lsa...
Shu orada marhum Qosimbekning xotini Jamilani bedarak yo'qolganligi butun qishloqqa ovoza bo'ldi. Ularni bir o'g'li va bir qizini qo'shnisi H'anifa xola boqib olishga qaror qildi. Chunki u befarzand, tul xotin edi. shu orada cho'ponlar orasida bir gap tarqaldi. Aytishlaricha, tog'da bo'ridan ancha yirik bo'lgan, bo'risimon maxluq paydo bo'lganmish. Buni ovchilar ham ta'kidlashdi. H'anifa xolaning xovlisiga ikki-uch xaftada bir marta yangi bug'izlangan ohu yoki tog' echkisi tashlab ketiladigan bo'ldi. Birinchi safar qo'rqib, teginishmadi. Ammo keyin bunga ko'nikib ham ketishdi. Tirikchilik zo'rg'a o'tadigan qishloqda H'anifa xola ikki nafar asrandi bolani bir amallab tarbiya qila boshladi. Lekin bu muruvvatli kishi xaqida hech kimga lom-lum deyishmadi. Negaki bu ehsonni -ikkita yetimni boshini silagani uchun Ollohni muruvvati- deb o'ylardi, H'anifa xola. Shu tariqa kunlar ketidan kunlar o'tardi.
Yana qiz bo'lsa bormi?..
Oradan uch oy o'tdi. ?axraton qish. Qishloqda tong otmoqda. Qor uchqunlarini o'ynayotgan izg'rin, tog' yon bag'riga o'zgacha go'zallik baxshida etgan. Bahorda loy, yozda chang-to'zon, kuzda esa barg-hazonlardan to'ziydigan qishloq ko'chalari, oppoq qor bilan qoplangan. Mo'rilardan chiqayotgan quyuq tutunlar, qishloqliklar bir amallab kulbalarini isitib, jon saqlashayotganliklaridan dalolat berib turibdi. Kechasi bilan yoqqan qor uyumidan ostonasi to'silib qolgan eshik, "G'iq" etib ochildi. Boshiga qunduz terisidan tikilgan telpakni bostirib olgan Turdimurod boy, yorug'likdan qamashayotgan ko'zlarini ishqab, otxona tomon yo'l oldi. Otxona tomonga yaqinlashib kelayotgan mahsi-kovushning G'ichirlagan tovushini eshitgan saman ot ham, qaergadir borishini sezganday kishnadi. Turdimurod, hizmatkori xali saharda sovutib kelgan otini egarlab, chamasi o'n put keladiga bahaybat gavdasi bilan egarga o'tirdi-da, hovlidan chiqib ketdi. Qor uchqunlari savalayotgan yuzini, xudoga ich-ichidan nola qilib porlayotgan ko'zini telpak ostiga yashirib, doya kampir yashaydigan go'zar tomon otini burdi. U hayollar ummoniga g'arq bo'ldi... " Ish qilib bu safar o'g'il tug'ilsinda. Yana qiz bo'lsa bormi, sharmanda bo'laman. Mullani barcha aytganlarini bajardim. Endi aytganiday o'g'il tug'ilsa, bir emas, ikkita qo'y so'yib beraman. Mabodo sharmanda qilsa, bunisini ham haydab yuboraman".
Turdimurod boyning saharda dard tutib qolgan xotini Oynisa, to'rtinchisi. Bundan oldingisiga qiz tuqqani uchun taloq qo'ygandi. Birinchi xotinidan etti nafar, ikkinchisidan esa to'rt nafar qizi bor. o'g'il ko'rish istagi uni yana bir bor, hali bolog'atga etmagan o'zining qizlariga tengdosh bo'lgan qizga uylanishga majbur qilgandi. Uni nafaqat o'g'li yo'qligi, balki mahalla boyvachchalarining piching gaplari ham me'dasiga urib ketgandi.
" A'lamxon har ikki gapini birida -senga o'g'il ko'rish nasib qilmagan ko'rinadi, shekilli. Qizlaringni bittasini o'g'limga berginda, mulkingni kuyovingga vasiyat qilib qo'ya qol- deyishi, keyin gapini orqasidan miriqib kulishi jonimga tegdi. Nahotki menga o'g'il ko'rish nasib qilmaga bo'lsa? Men tengi boylar allaqachon elga osh berib, o'g'il ulantirdi".
Turdimurod boy shu o'ylar bilan doya kampirnikiga yetib kelganini ham sezmay qoldi. Doya kampir yordamchi ayol bilan aravaga o'tirib, bir zumda boy uyiga etib keldi. Turdimurod boy Oynisaning ko'zi yoriguncha ichida kalimalar qaytarganicha hovlida u yoqdan bu yoqqa yurdi. o'g'il bola tug'dirsa oltin zirak va'da qilingan doya kampir, hafsalasi pir bo'lib chiqdi. Chunki u qiz tuqqandi. Buni darrov payqagan boyning xam qo'ltig'idan tarvuzi tushdi.
-Gapirsang-chi, nega indamaysan?
-Sog'lom chaqaloq tug'ildi. Ammo Oynisa... Menda ayb yo'q, boy!
-He! Senlarni baringni...
G'azab otiga mingan boyning ko'ziga qon quyuldi. U xotin-halaj to'la uyga kirishga botinolmadi. So'ng darvoza oldidan so'kinib-so'kinib katta go'zar tomon Qoyib bo'ldi. U har doimgidek alamini maydan olishni afzal ko'rgandi.
Turdimurod boy choshgohdanoq mayxonada mayxo'rlik qilishni boshladi. U Qazabdan o'zi-o'ziga birnimalar deb so'kinib, to'ng'illardi. Bir payt Turdimurod boyning oldiga, xuddi ko'zidan uchib turganday A'lamxon kirib keldi. U voqeadan xabar topgach, uni ustidan piching otib, kulishni boshladi. Turdimurod boy dardini ichiga yutib, may ichardi, miq etmasdi. Kosadagi may A'lamxon uchun mazax, Turdimurod uchun Qazabga aylandi. Ular kech tushganda mayxonani tark etishdi....
................
Samarkand
08-11-2006, 10:34 AM
Boy uyiga kelganda, uning g'azab to'la ko'ziga ko'rinmaslik uchun xotinlari xam, qizlari bilan birin ketin tarqala boshladi. Alam yog'iga qovurilayotgan sarxush Turdimurod boy, yotog'iga kirgach, chaqaloqni emizayotgan Oynisani ko'rib, jahldan o'zini tutolmadi. A'lamxonning gaplarini eslab, battar g'azabi qo'zg'adi. U chaqaloqni ko'krakdan yulib, derazadan tashqariga uloqtirganini sezmay qoldi. -Yo'qol ko'zimdan. He, seni tuqqan onangni...
Go'dak, ustini muz qoplagan tosh supaga tushganda ovozini boricha chinqirib yubordi-da keyin ovozi o'chdi. Chaqalog'ini chinqirig'i yuragiga tig'day botgan Oynisa, oyoq yalang o'zini tashqariga urdi. U xushsiz go'dagini bag'riga bosganicha xudoni zorini qilib, yalinib yolvordi. Lekin foydasi bo'lmagach, zor-zor yig'lab, hovlini tark etdi. Oraga tushishga haddi sig'magan kundoshlari yuzidagi achinish alomatlari bilan uning ortidan qarab qolishdan boshqa iloj topisholmadi. Bechora Oynisa chamasi ikki soat izg'irinda yo'l yurib, otasini hovlisiga yetganda yerga quladi. Sovuqdan ko'karib ketgan qizini, qo'lida muzday qotib qolgan chaqaloqni ko'rgan ota-ona, dod-voy ko'tarishdi. Oynisaning oyoqlari shal, go'dak esa nobut bo'lgandi. Uni chamasi uch soatlarcha harorati tushmay, alahsirab yotdi. Oynisaning so'nggi so'zlari qarg'ish bo'ldi. -Iloyo Bo'ronani qaxriga uchra...
Sahar. Qishloqdan tun sukunati hali ko'chmagan. Jimjitlikni faqat izg'irinning uvillagan tovushi buzib turibdi. Kecha shaharga borib kelishni va'dalashgan A'lamxon, Turdimurod boyning darvozasini taqillatdi. Xizmatkor darvozani ochib, A'lamxonni ichkariga kirgizdi-da, Turdimurod boyni uyg'otish uchun yotog'iga kirdi. May hidi anqib ketgan xonada ko'rpaga o'ranib, xurrak tortayotgan boy zo'rg'a o'rnidan turdi. Erinibroq kiyinib, yuz-qo'lini yuvdi-da A'lamxon oldiga chiqdi.
-O'a, boyvachcha. Nega buncha kallai saharlab? Kun yorishmabdi ham-ku!
-Assalomu alaykum. Boy, Egam savdogarga soat 7 da shaharda bo'lamiz demabmidingiz. Shahargacha to'rt chaqirim yurish kerak, kech qolsak uyatli bo'lamiz.
-Bo'pti. Esonqul, otni egarla! Men tushga yaqin kelaman. O'a, aytganday, kecha Oynisa qaytib keldimi? Sarhush bo'lganingda ko'zingga ko'rinmay tursada...
-Yo'q, boy ota. Qaytmadi. Biz havotir oldik. Katta bekam ortidan yubormoqchi bo'ldilaru, lekin sizning jahlingizdan qo'rqdilar.
-Bo'pti. Latta-puttasini otasinikiga olib borib tashla! Kerak emas menga, bunaqa qiz tug'adigan xotin. Otasiga shunday deb qo'y! Talog'imni qaytib olmayman!
Turdimurod boy shunday dediyu, otga minib hovlidan chiqdi. Unga otliq A'lamxon ergashdi.
Esayotgan achchiq shamol otlar boshini egar, ikkala uyqusirayotgan otliqni ko'zini qamashtirardi. Kechasi qor shunaqangi qalin yoqqan ediki, otlar tizzasigacha qor kechib, shahar tomon odimlardi.
Shu payt, ular ko'prik ustiga etganda, oldinda ketayotgan A'lamxonning oti bir nimadan seskanib ketdi. Jilovini bo'sh qo'yib, yarim uyqu xolatda ketayotgan A'lamxon, ko'prik osha pastga yiqildi. Ko'prikka yaqinlashib qolgan Turdimurod boyni ham oti yiqitib qochdi. Erga gursillab tushgan boy, ko'prik ortidan A'lamxonning baqirgan ovozini eshitib, sergak tortdi. U zo'rg'a o'rnidan turib o'sha tarafga yugurdi. Qarasa, daryoni muz qoplagan qirg'og'ida, bo'g'zidan issiqqina qonning bug'i purkalayotgan A'lamxon bo'g'ziga pichoq tortilgan buqadek tipirchilab, jon berayapti. Uning xirillagan ovozi og'zidan emas, g'ajib tashlangan kekirdagidan chiqayotgandi. Turdimurod boy endi bir-ikki qadam tashlagan edi, kuchli zarbdan qirg'oqqa quladi. U bir yumalab turmoqchi bo'ldi, lekin ustidan bosib turgan buquvvat panjalar bunga yo'l qo'ymadi. Turdimurod boy bo'g'ziga o'tkir qoziq tishlar botganda shunaqangi baqirdiki, go'yo daryo muzlari "chirs-chirs" yorilib ketgandek bo'ldi.
Quyosh er taftini biroz isitgandan so'ng, qishloqliklar Qimirlab qolishdi. Bu safar buloq bo'yicha bitta emas, ikkita jasad yotardi. Muzlab qolgan Turdimurod boyning jasadini ustiga kenja xotini Oynisaning ro'moli yopilgan...
Qishloqda yana vahima, yana duv-duv gap. Ayovsiz Qajilgan ikki murdani qishloq oqsoqollari kelib ko'rmagancha, hech kim teginishga botinolmadi. Tumonat odam... Peshin qishloq qabristoni yana uch banda va bir go'dakni o'zining sovuq bag'riga oldi. Vaqt o'tgan sari, o'sha Bo'rona haqidagi afsona haqiqatga aylanganligiga hamma iymon keltira boshladi.
Nahotki, endi Bo'ronani to'xtatib bo'lmasa? Yana nechta qurbon bor ekan? Nahotki uni to'xtatib bo'lmasa?..
...................
Samarkand
08-11-2006, 10:36 AM
Bug'ib o'ldirdi-da, daryoga...
Oradan ikki oy o'tdi. Yoqqan qor erda turmay qoldi. Dalalarda uyum-uyum qorlar ostidan ilk maysalar bo'y cho'zmoqda. Qahraton qishga bardosh bergan qishloq ko'klamga yuz tutmoqda.
Qosh qoraygan. Ubaydullo qor erib, loyga aralashib ketgan balchiq guzardan, tegirmon tomon yo'l oldi. U uzun bo'yli, qad-qomati kelishgan yigit. Otasining yolg'iz o'g'li, erkatoy boyvachcha. Ubaydullo kuni bilan "eshik qoqib kelgan"larga xizmat qilgan. Uning otasi qishloqning eng mashhur eshoni. Kimdir tovuq olib keladi, kimdir qo'chqor etaklab. Yana kimdir bir qop mayiz yoki donak. Birovlar ichiga nonga pul qo'shib o'ralgan tugun. O'ar kim topganini. Ubaydulloning vazifasi ularni kutib olish, olib kelgan narsalarini joylashtirib, kuzatib qo'yish.
Bugungi kun ham odatdagidek o'tdi. U erta tongda uyg'ongan otasini pinakka ketganini bilgach, ko'ngil xushlikka chiqqandi. Ubaydullo tegirmonni aylanib o'tib, paxsa devorni tepdi. Birozdan so'ng, boshiga paranji tashlagan Tursunoy ko'rindi. U paranji ostidan ohista jilmayib, daryo bo'yiga tushib ketdi. Ketidan o'zida yo'q xursand Ubaydullo ergashdi. Visol onlarini sog'ingan boyvachcha panaroq joyga yetganda, Tursunoyni bag'riga bosdi.
-Sog'intirding-ku jonim! Kecha nega chiqmading? Devorni tepaverib, oyog'im og'rib ketdi! -Dadam uyda edilar. Chiqolmadim. H'amroqul do'kondor qarzini so'rab kelib, rosa janjal ko'tardi. Dadamni kayfiyati buzilib, ishga ham bormadilar.
-O'zimizning kulbaga yur... Shu yoqda gaplashamiz. Sog'inib ketdim seni... -Yo'q! Bugun borolmayman. O'zimni yomon his qilayapman. Tushda boshim aylanib, qayt qildim. Ubaydullo aka, nima qilib qo'ydik o'zi? Ikki oydan beri kasalim kelmayapti. Ishqilib homilador bo'lib qolmagan bo'lay... -Bu nima deganing! Qanaqasiga homilador bo'lasan? Meni dadam o'ldiradi-ku!
-Bilmadim. Oyim, bugun kechqurun gaplashib olishim kerak, sen bilan! - dedilar. Agar sezib qolsalar bormi, hammasini aytib berishimga to'g'ri keladi!
-Bekor aytibsan! H'ech kimga lom-mim dema! O'zingga qiyin bo'ladi!
-Axir, va'da bergansiz-ku! Bu nima deganingiz!!! Meni tashlab ketmoqchimisiz? Bo'ronaning qahridan qo'rqing...
-Xo'p, xo'p! o'zingni bos, hammasi yaxshi bo'ladi.
Ubaydullo Tursunoyning jahli chiqqanini ko'rib, uni asta-sekin avrashga tushdi. Miyasiga kelgan shum fikrni amalga oshirish uchun gapni boshqa yoqqa burib, daryo yoqalab kulba tomon olib keldi. Ubaydulloning aldoq gaplariga o'zini ishontirishga harakat qilayotgan Tursunoy, ishqiy o'yinlarning sirli makoniga kelib qolganini sezmay qoldi. U Ubaydulloning qaynoq quchog'iga beixtiyor kirarkan, negadir hayotining so'nggi daqiqalaridan lazzat olayotgandek tuyuldi. Ubaydullo esa Tursunoyning nozik badaniga qo'l yugurtirar, yoyilgan sochlaridan silar, lablariyu dudoqlaridan bo'sa olgancha qaynoq vududi bilan qovushar, shu bilan birga go'yo uni o'limidan oldin xursand qilayotganini bildirayotdek, sovuq boqardi... Bir payt ehtirosli lazzatdan ko'zini ocholmay bir holda hansirab yotgan Tursunoyning ingichka bo'yniga Ubaydulloning temir panjaradek barmoqlari botdi.
Bir necha daqiqadan so'ng chala-chulpa kiyingan Ubaydullo Tursunoyning qip-yalang'och, bexush tanasini kulbadan sudrab chiqdi. U birov ko'rib qolmasin qabilida, u yoqdan bu yoqqa alanglardi. Ubaydullo Tursunoyning kiyimlarini qo'ltig'iga qistirganicha, uni daryo bo'yiga sudrab keldi. Uning loyga belangan badaniga kiyimini bir uchini bog'lab, ikkinchi uchiga kattakon tosh soldi. U bor kuchi bilan Tursunoyning hali sovub ulgurmagan jonsiz tanasini ko'tarib, tezoqar daryoga uloqtirdi. Daryo o'pqonidan hosil bo'lgan girdob uni bir zumda o'z qariga tortib ketdi.
Ubaydullo biroz daryo bo'yida turdi. Sukunat. Uning Tursunoyni bo'yniga sirtmoq solgan barmoqlari qaltirardi. U shu tobda o'zini Tursunoyga qo'shib uloqtirgandek sezdi. Keyin sovuqdan seskangan badanini ishqagancha kulba tomonga qaytdi, shoshinqiraganda qolib ketgan choponini olish uchun. Kulbaga yaqinlashgan sari uni vahima bosardi. Ubaydullo qotillik sodir etgan joyga kirishdan qo'rqdi, shekilli, biroz haykaldek qotgansa kulba yonida turdi. Avvaliga bir qaytmoqchi bo'ldi, ammo choponsiz uyga kirib borsa ham bo'lmasdi. Ubaydullo endi engashib kulbaga kirmoqchi edi, taqqa qotib qoldi. Negaki kulba ichida unga ikkita qip-qizil nuqta tikilib turardi.
Tongda baliqchilar sholipoyada bechora kosib qizi, Tursunoyning jasadini topishdi. Buloq bo'yidan esa Ubaydulloning loyga bulQangan jasadi. Shu kuni butun qishloqqa ajal kelgandek bo'ldi. Janozaga tumonat odam yig'ildi. Ikki gunohkor o'spiringa qo'shib, Ubaydulloni otasini ham ko'mishdi. U yakkayu yolg'iz o'g'lini ayovsiz bo'g'izlanib, qonga bo'yalgan jasadini ko'rib, joyida til tortmay jon taslim qilgandi. Qishloqda to'polon ko'tarildi. Kimdir Bo'ronani tutib o'ldirish kerak desa, yana kimdir qishloqdan ko'chib ketish kerak, derdi. Oqsoqollar kengashib, folbinlarga uchrashdilar. Ular - Bo'ronani qanday qilib yo'q qilishni faqat cho'qqida yashaydigan jodugar kampir biladi, deyishdilar. Biroq qishloq ahli jodugar kampirni oldiga borish u yoqda tursin, hatto kulbasiga yaqinlashishga qo'rqishardi. Shunday qilib, Ubaydullo Bo'ronaning to'rtinchi qurboni bo'ldi. Avval Qosimbek, keyin A'lamxon bilan Turdimurod boy. Kunlar o'tgan sayin qo'rquv, vahimalar unut bo'la boshladi.
............
Samarkand
08-11-2006, 10:39 AM
Tamom, Bo'rona! Bo'rona haqidagi hikoyalar onda-sonda quloqqa chalinib turadi. Qishloqliklar bu gaplarni ko'proq ovchilar, gohida cho'ponlardan eishitib qolishadi. Bir ikkita ovchi Bo'ronaga duch kelganda, u yiqilayotgan ayol timsolida ko'ringan emish. Yana bir cho'ponni gapiga qaraganda, bir bahaybat ona bo'ri, chaqaloq yo'rgagini ko'tarib u yoqdan, bu yoqqa yugurib yurarmish.
Jazirama yoz. Anzirat xola paypaslab-paypaslab hassasini topdida, hovliga chiqdi. U ro'parasiga yaqinlashib kelayotgan oyoq tovushlarini eshitdi.
-Ibrohim, senmisan?
-O'a! Nimaga tashqariga chiqdingiz?! Ko'zingiz ko'r bo'lsa ham o'zingizni tashqariga urasiz...
-Bolajonim, ziq bo'lib ketdimda, axir! Bechora buvingga rahming kelsin, jerkima...
-Jonga tegib ketdingizda buvi. Sizni o'zingizga bitta xizmatkor kerak.
Ibrohim shunday dediyu molxona tarafga o'tib ketdi. H'ojatga chiqqisi kelgan qariya ortga qaytishga majbur bo'ldi. U zax bosgan xonasiga kirib, uvadasi chiqib ketgan ko'rpachasiga o'tirdi. Anzirat buvi xayolga cho'mdi: "Eh dunyoning ishlari qiziq ekan. Men bechora hayotga kelib nima ko'rdim. Sag'r o'sdim, xolam qo'lida. Turmushga chiqib endi bir farzandli bo'lganimda, erimdan ajraldim. Terlamaga bardosh berolmay ketdi, boyaqish. Undan so'ng tortgan azoblarimchi? Eh-he...Hech kimga ravo ko'rmayman. Yalab-yulqab boqqan farzandimni ham xudoyim peshonamga ko'p ko'rdi. Umrimni so'nggi nafasi shu badjahl Ibrohimga qoladi deb hech ham o'ylamagandim. Nachora... Bergan bir kosa ovqati, ikki qultum suvi bilan bir parcha uvadasiga chidab kelayapman. Uni ustiga urib, jerkigani-chi. Berayotgan bir parcha noniga yuz marta minnat qiladi. Men uni katta qilganimcha, necha o'lib, necha tirildim. Yashiyamki, jigarim. Begona bo'lganda ko'chaga chiqarib tashlarmidi? Ey, Xudo! Tezroq jonimni olsangchi! Nega qarilik chog'imda buncha qiynaysan. Oyoq-qo'ling yo'q chog'ida, birovga mustar bo'lma ekan...
Anzirat xola hovliga jimjitlik cho'kkanini eshitib, sekin o'rnidan turdi. H'assasiga suyanib bir qadam bosgan ham edi, gursillab erga quladi...
Ibrohim uyiga kelsa, buvisi bexush. Xotini uni ko'rpachaga yotqizib, yuziga suv sepmoqda.
-Nima bo'ldi? O'libdimi?
-Yo'g'e, nafasingizni issiq qiling, bexush ko'rinadilar, yiqilibdi shekilli.
-Juda jonga tegdi, bu kampir. Xudo tezroq jonini olsa-yu, men qutulsam.
-Gapingizni shamol uchirsin, dadasi! Axir katta onangiz-ku! Umr tilasangiz-chi!
-Bo'ldi! Me'damga tegib ketdi. Sal o'ziga kelsin, o'zim bilaman...
Ibrohim yarim kechagacha uxlolmadi. To'lg'anib u yoqdan, bu yoqqa ag'ab yotdi. Bo'lmadi. Oxiri o'rnidan turib otni egarlab, aravani qo'shdi. Buvisini kulbasiga asta kirib mo'raladi. Anzirat buvi ingrab yotar, yonida o'chay-o'chay deb turgan sham lipillab tutardi. Ibrohim buvisini ustiga choyshab tashlab, ko'tarib oldida, aravaga ortdi.
Oydin kecha. Osmon uzra miltillab porlayotgan yulduzlar, chang ko'chada "Qichir-Qichir" qilib ketayotgan yog'och aravaga hamroh. Qishloqdagi sokinlikni xurayotgan itlar buzib turibdi, xolos.
Ibrohim aravani qamishzor tomonga burdi. U atrofni ko'zdan kechirdi. Hech kim yo'q. Atrof suv quygandek jim jit. OQriqdan ingrayotgan Anzirat buvi sal o'ziga keldi. Uni ajin bosgan yuziga soyning salqin havosi yugurdi. U atrofni paypasladi. Qo'liga bir parcha pichan ilindi. Aravaning Qichirlagan tovushidan yo'lda ketayotganini, arava ustida ekanligini fahmladi.
-Ibrohim?! Senmisan bolam...
Otning to'g'asidan mahkam ushlab, qamishzor ichiga kirib borayotgan Ibrohim javob bergisi kelmadi. Chunki, u band, to'g'rirog'i buvisini tashlab ketish uchun qulayroq joy axtarayotgandi. Anzirat buvi uning yo'talidan tanidi.
-Ibrohim?! Qayoqqa ketayapmiz?!
-Mehmonga!
-Shu tobda-ya? Qaerga mehmonga?!
-Narigi dunyoga! Jim yoting, birov eshitib qolmasin...
Anzirat buvining tanasiga muzdek qon quyuldi. Nahotki... Nahotki o'z jigargo'shasi, uni tiriklay ko'mishga olib borayotgan bo'lsa?! Undan ko'ra o'ldirib qo'ya qolgani afzal emasmi?!
Ibrohim aravani qamishzorning qoq o'rtasiga etganda to'xtatdi. Avvaliga Anzirat buvini opichlab tushurmoqchi bo'ldi. Lekin negadir unday qilmadi. Chunki muqarrar o'limga olib kelingan kampirni avaylashdan ne foyda! U o'ylamay-netmay aravaning ayilini echib yubordi. H'ali jarohat azoblaridan qutilolmagan Anzirat buvi gursillab erga ag'anadi.
-Voy bolam! Nima qilganing bu?!
-Buvi, jonga tegib ketdingiz. Sizni shu erda qoldirib ketaman. Mendan xafa bo'lmang. Qaytanga sizga yaxshi, tezroq narigi dunyoga ravona bo'lasiz.
-Meni tashlab ketish uchun olib keldingmi? Nahotki yirtqichlarga emish qilsang! Bunday qilma bolam, uvolimga qolma...
-Nima? To'qqiz yildan beri boqaman. Ko'zingiz ojiz. Qo'lingizdan na bir ish keladi, na bir yordam. Faqat qozonimga sheriksiz, xolos. Kim menga rahmat aytdi. Bo'ldi. Endi sizdaqa tekinxo'r kerakmas menga! Etar shuncha boqqanim...
-Bolam?!
-Yo'q. Men ketdim...
-Iloyo Bo'ronaning qahriga uchra!
Ibrohim keraksiz buyumdan qutilgandek ich-ichida xursand edi. Keyin aravani qoldirgan joyiga borsa, arava yo'q. Yon atrofda ham ko'rinmaydi. U qamishzorning narigi chetidan bo'rining uvillagan ovozini eshitib, yuragi "shuv" etib ketdi. Tamom. Bo'rona! Ibrohim qamishzor oralab chopdi. U shunaqangi tez yugurardiki, go'yo chopqir bo'ri ham eta olmaydiganday. Shu payt bexosdan oyog'i chalishib, yiqilib tushdi. Bo'ronaning navbatdagi qurboni shundoqqina uning oyoqlari ostida yotardi. Ibrohim yiqilgan joyidan turolmay qolib ketdi. U baqirish ham, qochishga urunish ham befoydaligini tushunib yetdi, hatto qilgan gunohlarini ham. Lekin endi kech edi. Ibrohimning bo'g'zidan issiqqina qon tizillab otilardi. "Meni kechiring buvijon!" - degan so'zlari esa ichida qolib ketdi.
Qishloqda yana bir tong otdi. Qamishzor ichida yovvoyi mushuklarning "omadli ovi" dan qolgan Anzirat buvidan qolgan latta-puttalar, burda-burda go'shtlar. Buloq bo'yida esa navbatdagi qurbon, bo'g'izlangan Ibrohim yotardi.
.....................
Samarkand
08-11-2006, 10:46 AM
Onalarni xo'rlash yaramaydi!..
Qishloq oqsoqollari yig'ilishdi. Kengash boshlandi. To'rda oppoq soqolli Omonboy bobo o'tirardi. Uning ko'zi to'la tashvish ekanligi, o'ychan chehrasidan shundoqqina ko'rinib turardi. Hamma kengash nima xususida ekanligini bilar, lekin hech kim miq etmasdi. o'tgan kuni bir guruh ovchilar ham, quruq qaytishdi. Bo'rona hech qaerda yo'q! Nahotki uni to'xtatib bo'lmasa... Qishloqda vahima, to'polon. Odamlar kechasi chiqishga qo'rqib qolishdi. Ba'zilar ko'chib ketishdi. Go'yo Bo'rona hammani bitta qo'ymay bo'g'izlab ketadigandek. Kengash bahs-munozaraga boy bo'ldi. Tortishuvlarning oxiri o'sha jodugar kampirga borib taqaldi. Ular - faqat jodugar kampirgina Bo'ronaning o'limini biladi, degan xulosaga kelishdi.
Omonboy bobo yoniga ikkita epchil ovchi yigitlardan olib, toqqa jo'nadi. Ular ming bir hadik bilan kampir kulbasiga yaqinlashdilar. Xuddi kutib turgandek ularni jodugar kampir qarshi oldi.
-Keling, oqsoqol. Kelishingizni bilardim... Marhamat ichkariga!
-Bir iltimos bilan ostonangizga bosh urib keldik, momo...
-Xabarim bor, bilaman. Siz aytavering...
-Qishloqda o'tgan yildan beri bir nimalar sodir bo'layapti. Aytishlaricha, tog'da Bo'rona paydo bo'lganmish. Men-ku ko'zim bilan ko'rganim yo'q. Lekin, shu bir yil ichida beshta jasad topdik. O'ayratlanarlisi shundaki, nobud bo'lgan hamqishloqlarimizning barchasi bo'g'izlangan. Bundan tashqari, bitta joyga, Bo'ronaning tosh haykali ostiga tashlab ketiladi. Bir yil ichida sirli ravishda o'n ikki nafar jon nobut bo'ldi. Shulardan beshtasi bo'g'izlangan bo'lsa, biri sovuq qotib o'lgan. Biri suvga oqqan, yana qaysining yuragi yorilgan. Birlari esa bedarak yo'qolgan. Buning siri nimada ekanligiga hayronman. Qanday qilib bu balodan qutilsak ekan?..
Oqsoqolning hayajon aralash jonli gaplarini jodugar kampir kiprik qoqmay tingladi, garchi bularning baridan xabari bo'lsa ham.
-Otaxon, hamma gapingizga tushundim. Meni oldimga kelib juda to'g'ri ish qilibsiz. Bu yog'ini mendan eshiting...
Bo'rona, aslida ona bo'ri! Faqat uning tanasida tahqirlangan bechora ayolning ruhi joylashib olgan. Qachon ruh ona bo'ri tanasini tark etsa , siz bu ko'ngilsizliklardan qutulasiz. Qishloqda qaysiki ayol, unga jabr etkazgan kishini qarg'asa, u darrov buni sezadi va o'sha joyda bir zumda paydo bo'ladi. Shunda oddiy bo'rilardek hayot kechirib yuradigan ona bo'ri, birdan dahshatli maxluqqa, ya'ni Bo'ronaga aylanadi. U qasos olmaganicha tinchimaydi. Uning maqsadi faqat bir narsa... H'aykal ostiga tashlab ketilgan jasadlarni ko'rib vahimaga tushish kerak emas, balki fikr qilish kerak edi. Onalarni, ayollarni tahqirlashni bas qilib, bechoralarni odam o'rnida ko'rish lozim. Ular ham Ollohning boshqa barcha bandalari kabi inson-ku, axir! Nega sizlar buni oldini olishni o'rniga Bo'ronani o'ldirish payidasizlar? Nahotki, tushunmagan bo'lsangiz... Oqsoqol, Bo'ronaning ruhi, marhum Qosimbekning bedarak yo'qolgan xotini Jamilaniki. Uni o'zim ko'mganman. Qosimbek nashavand bo'la turib, nuqsonli tug'ilgan chaqalog'ida bechora xotinini aybladi. Ustiga-ustak, do'pposlab, uyidan quvib soldi. Mana oqibat. o'z qilmishining qurboni bo'ldi. Bo'rona bo'g'izlagan Qosimbekning jasadini ko'rgan qishloq ahli bundan kerakli xulosa chiqarishmadi. Masalan, o'sha gapdon ulfati bilan birga bo'g'izlab ketilgan Turdimurod boy. U qishloqning eng oldi boylaridan edi-a? Oynisa o'g'il tug'magani uchun qanaqasiga aybdor bo'lsin? Axir bu uning qo'lida emas-ku! Bu yaratgan Egamning ishi. Baribir uning buyurgani bo'ladi. Undan keyin qiz bo'lsa ham farzand-ku! Shu voqeadan keyin ham hech kim o'zgarmadi. Oqsoqol, bunisiga nima deysiz? Bir bechora qizning nomusini toptab, yuragi ostidagi ikki oylik homilasi bilan nobud qilish, insonlarga xos xislat emas... Nomard, qilg'ilikni qilib qo'yib, keyin uni yashirishga tushdi, bechora Tursunoyni suvga cho'ktirib yubordi. Ey, o'ldirishini bila turib, qotillik oldidan u bilan birga bo'lgani-chi, jirkanch vujudini Tursunoyning vujudiga bog'lagani-chi? Bundan ortiq tahqirlash bormi?! Nahotki, unga uylanish, baxtli qilib, bir etak farzandlarning otasi bo'lish shunchalik qiyin bo'lsa?.. Qing'ir ishning qiyig'i qirq yildan keyin ham chiqadi. Ubaydullo nafaqat o'zini, balki Tursunoy va qornidagi xomilasini, qolaversa bechora otasini boshiga ham etdi. Siz shu narsalar bilan qiziqmadingizmi? Qaytanga bechora Tursunoyning yalang'och jasadini topib, nomini yomonga chiqarib bulg'adilaringiz-ku! Bunday narsalarga Bo'rona u yoqda tursin, men jodugarning ham qahr-g'azabim qaynaydi. Mana yaqinda sodir bo'lgan voqea. Bechora Anzirat xolaga ichim achiydi. O'sha iflos nevarasi Ibrohimni katta qilgancha, qanchadan-qancha azob tortgandi, boyaqish. Ibrohim hali murg'akligidan onasi o'lib, Anzirat xolaning qo'lida qolgan edi. U kishi, u nonko'rni yemay edirdi, kiymay kiydirdi. O'z farzandidan ham yaxshiroq parvarish qildi. Oqibati-chi? Oqibati nima bo'ldi?! Ko'zi ojiz bo'lgan bechora Anzirat, yovvoyi hayvonlarga em bo'ldi. Bechorani yovvoyi mushuklar burda-burda qilib chaynashayotganda, qanday qilib chinqirganini bilasizmi? Bilmaysiz... oqsoqol, bilmaysiz! Bechora buvisi jon berayotib nimani o'ylaganini-chi, balki buni bilarsiz? Jahli chiqqanda aytib yuborgan qarg'ishini qaytib oldi, bechora onaizor. Tasavvur qiling-a? o'zi o'layotib, nonko'r nevarasini o'yladi. Lekin juda ham kech bo'lgandi. Bo'rona Ibrohimni Anzirat xolaning xolidan ming chandon dahshatli kuyga solib bo'lgan edi. Shundan keyin ham ayollarni tahqirlash to'xtaganicha yo'q. Mana hozir hammasini sezib o'tiribman. Ustaxona oldidagi do'kondor O'amroqulni taniysizmi?
-O'a, ha taniyman. Nima bo'pti?!
-Xotinini-chi?
-Taniyman... Ahmad baqqolning kenja qizida.
-O'sha do'kondor, ayni paytda xotinini xiyonatda ayblab qamich bilan savalyapti. O'ldirib qo'yadi shekilli. Lekin uning gunohi yo'q. O'amroqul xotinini rashk qilib qizg'anadi. Bechora ayolninng maftunkor xusni boshiga yetdi, O'zi esa qimorxona jononlarining maishatidan beri kelolmaydi. Bo'rona bechora ayol qarg'ishini sezdi va o'sha tarafga ketdi. Mana ko'rasiz, ertaga ertalab O'amroqul jasadini buloq bo'yidan topishadi, har doimgidek.
-Momo, bu ishlar oson emas axir. Qaysi birini oldini olay? Ayollarni tahqirlash biz bilan birga Odam Ato zamonidan beri kelmoqda. Bu narsa oldida men ojizman.
-Unday bo'lsa, Bo'ronaning keyingi qurbonlarini ham ko'mib yuravering. Uni to'xtatib bo'lmaydi!
Oraga sukunat cho'kdi. Jodugar kampirni ko'z oldida O'amroqul do'kondorning badanini tilka-pora qilayotgan Bo'rona namoyon bo'ldi. U o'ziga bir nimalar deb pichirlab qo'ydi va osmonga ohista nazar soldi. Omonboy oqsoqol esa bu yog'iga nima bo'lishini o'ylab vahimaga tusha boshladi.
-Momo, axir Bo'ronani to'xtatishning biror iloji bordir? Bu holda hamma ko'chib ketadi-ku!
-Bor! Albatta bor. Bo'ronaning, ya'ni Jamilaning chaqalog'i otasi Qosimbek tomonidan tan olinmagan. Siz yigitlar bilan hozir cho'qqiga chiqib, Qorni topasiz. U erda yo'rgakka o'ralgan chaqaloq suyaklari bo'lishi kerak. O'sha suyaklarni Qosimbekning qabri yoniga, otasining ismi bilan qo'shib aytib, keyin ko'masiz. Agar qabr chaloqqa joy bersa, Jamilaning ruhi tinchlanib, ona bo'ri tanasini tark etadi...
Oradan ikki kun o'tdi. Odamlar do'kondor O'amroqulni dafn etishdi. Omonboy bobo oqsoqollar bilan birga chaqaloqni xuddi jodugar kampir aytganday ko'mdi. Qishloq ahli bir kundan keyin, chaqaloq qabri uzra cho'zilib yotgan ona bo'ri jasadini topishdi. Demak, Bo'rona o'libdi.
Shu voqealardan so'ng Omonboy bobo to hayotining so'nggi daqiqalarigacha shu so'zni qayta-qayta takrorlardi: "Odamlar..! Ayollarni e'zozlang. Ular tabiat mo'jizasi, hayot bezagi. Dunyodagi barcha go'zalliklar ayollarda mujassam. Ulardan bir og'iz shirin so'zingizni ayamang, hamisha himoya qiling. Ayollar - biznig onalarimiz. Onalarni xo'rlash, tahqirlash yaramaydi. Aks holda Bo'rona yana qayta tiriladi..."
Ulug'bek Urunov
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.