PDA

View Full Version : Uzbek-Motori!!!


Motor!!!
11-24-2000, 09:22 AM
Hi Bolalar!!! Qalaysilar?

Yaqinda eshitgan bulsaring Uzbekistonda Motor Zavodini qurish planlashtirilayapti ekan, man mana shu mavzuda sizni fikrlaringizni bilishni istardim.;)
Zavodni plani buyicha 500.000 yiliga ishlab chiqarilgan ekan, undan keyin katta bozorlardan Xitoy va Rossiya aytilgan.
Umuman bizda usha zavodni qurilishi yahshi ishmi (man uchun bu juda zur ish)?
Undan keyin mana shu motorlar qanaqa motorlar bular ekan, hozirgi kunda kupchilik Diesel-Motorni afzal kurishadi, narxi uchun albatta?
Mana shu urinda yana bir narsani aytmoqchi edim, Xitoyda motor zavod yuqmi, yoki Rossiyada, har holda ular bizdan kura katta potenzialga ega?
Hullas Discussion qilaylik, biron natijaga erishamizmi ekan?

OPTIMIST
11-24-2000, 10:01 AM
Salom, Pessimist,

San osha habarni kayerda okish mumkinligini aytgin avval,

rahmat katta,

OPTIMIST ;)

Pessimist
11-24-2000, 01:17 PM
Man shu haqida yaqinda uqigan edim ,endi topa olmayapman, balki bolalar ichida kimdir bordir usha adresni biladigan. U haqda oldin uqib 5-6 kundan keyin yozayapman, endi esa adres yuq,
Optimist, kup hafa bulmang, adresni topishga harakat qilaman;
Man faqat sizlardan ushbu mavzuga qanday qaraysilar degan edim;)
Hup omad, qichiq

Motor!!!
11-29-2000, 02:04 PM
Salom Bolalar mana adresini topdim, juda qiziqarli tema, mana shunga man man fikrlaringizni bilib qlmoqchiman. Agar uylagan ishlarimiz amalga oshsa biz nafaqat paxtamiiz bilan balki boshqa texnkaviy naralarmiz bilan dunyoga tanilishimiz mumkin ;)

[URL="http://www.ferghana.ru/news03/351.html"]http://www.ferghana.ru/news03/351.html</a>

Motor!!!
12-08-2000, 11:21 AM
Negadir bu habar ech kimni qiziqtirmasa kerak-a, lekin uzlaring biasanlar...
Yahshi temani ashlab boshqa temalarnibahslashgandan hech qanaqa foyda yuq
;) :)

Student
12-08-2000, 11:33 AM
Buni foida zarar tomonlari bor o'ziga yarasha:

Foidali tomonlari: yangi ish o'rnlari, ishlab chikarishni lokalizatia kilinishi, mashinaning ishlab chikarish harajatlarini kamaytirish, motorlar bilan boshka boshka DAEWOO zavodlarini ta'milash.

Risk, tavakkal tomonlari: karis moshinalari Evropa avtomobillari bilan rakobatlashish imkoniyatlari kichik, DAEWOOning bankrot bulishi, hamda kelajak havf ostidaligi, kelajak uchun yorkin imkoniyatlar yo'kligi.

Maning fikrimcha, karislar bilanmas, balkim Nemislar bilan bu sohada hamkorlik kilish kerak, VW misol uchun Ispaniya, Chexiyadagi filallarida chiroyli moshinlar chikarishayapti, ularning fundamenti bakvat, karislar busa bu sohada ko'p imkoniyatga ega emas.

NASAF!!!
12-08-2000, 01:08 PM
Juda zur fikr, qurishsinchi nima bular ekan, undan keyin kuramiz. Oroldan ham suvni olishayotganda buyog'i bulaversincha keyin nima bulishjini kuramiz degan ekan bittasi, huddi shunday bulayaptida Motorzavod bilan ham;)

someone
12-08-2000, 01:52 PM
A hotyat li nemtsi investirovat'?
Vot v chem problema, oni ved' ochen' raschetlivie, a sredneaziatskiy rinok eshe ne razvit i perspektivi somnitel'ni.

someone
12-08-2000, 02:08 PM
I potom koreytsi ved ponimayut chto kachestvo povisit' mozhno tol'lko through experience, i oni idut na luboy experience.

PS. Ya bil porazhen kogda uznal chto v Samsunge chto bi spasti kompaniyu ot bakrotstva vo vremya izvestnogo krizisa rabotniki bukval'no "skinulis'" kto chto mog (den'gi, zoloto i dragotsennosti) shto bi spas'ti kompaniyu ot gibeli.

SUN6500
12-09-2000, 12:50 PM
Menimcha Nemislarni qiziqtirish juda qiyin bo'ladi. Chunki ular Mercedez yuk machinalrini ishlab chiqarish zavodini qurishgan edi, afsus ish unamdi. Shundan so'ng ularning O'zbekiston mashinasozligiga qiziqishi so'ngandek bo'ldi. Volksvagen firmasiga kelsak, ular hozirlikda Rossiya bilan qo'shma korxona qurish jarayonida, shunday ekan, fikrimcha ular bilan ham ish unamaydi (ming afsus!). Nima bo'lsa ham O'zbekistonda motor ishlab chiqarish shirkati qurilishi shart deb o'ylayman. Hamma narsa borib tajribaga taqaladi. Agar O'zbeklar motor ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi ammalasa, ushbu tajriba butun sanoatda juda keng qo'llanilishi mumkin.

Student
12-09-2000, 01:55 PM
Nemislarni kiziktirishga harakat kilib ko'rish kerak, Rossiya GM Ford bilan ish kilmokchi bo'lgandi, lekin amalga oshmagan.
Mercedes zavodi foida bermaganiga sabab etarli marketing tadkikotini olib borilmaganligi bo'lsa kerak. Umuman hozirda Mercedez yuk moshinlari va avtobuslari katta raobatga uchramokda, Mercedes Mannheimdagi zavodida excursia kilganimizda shu hakda eshitgan edik.

Menimcha VWni O'zbekistonga jalb kilish imkoniyatlari yomon emas, VW asosan o'rta klassdagi moshinalar ishlab chiqarishi bu region va ko'shni davlatlar bozori uchun ancha perspektivlik.

Evropa yunalishi Uzbekistonda etarli o'rganilmagan; Germanyda Uzbekiston hakida juda kam bilishadi, region imkoniyatlari hakida bu erda jiddiy tadkikotlar kam;

Evropani Uzbekistonga kiziktirish zarur, moshinasozlik sohasida Uzb. hozirgacha zamonaviy(rossiyadagi eski avlod moshinlarimas) moshina ishlab chikarish tajribasiga egaligi ta'kidlanihi zarur, asosiy masala ko'prok Evropani Uzbekistonga kiziktirish (misol uchun textile sanoati, ma'lumki Italy bu sohada katta tajribaga ega, fakatgina Karislar bu sohada monopolist bo'lishlariga (karislar pora berib ish bitirishga mashhur:), umid kilish kerak bizda DAEWOO to'g'ri ishlagan deb) yo'l ko'yish kerak emas, moshinasozlik sanoatida ham shu).

Motor!!!
12-11-2000, 02:45 PM
Nemislarda Uzbekiston haqida yahshi bilmaydi deyilibdi. Ular Uzbekiston haqida kursatgan kursatuvlari nimadan dalolat beradi: Mana 1 yilning orasida 4-5 ta regionning uzidan kursatuvlar olib kursatishdi, albatta bu Buyuk Ipak Yuli sababli, lekin ularda haqiatni juda burttirib kursatishdi, undan keyin nemis uyoqda tursin uzbekning Uzbekistonga qaytgisi kelmay qoladi. Lekin man bilgan odamlarimga bu haqida boshqacha ekanligini va filmlar 5-6 yil oldin olinganbligini aytaman, albatta bu narsani mani uzim bilmayman lekin nima bulsa ham ularga qiziqtirishni uyg'otish maqsad...
Evropa, Germayniya hozir juda katta qiziqishi Xitoyda, hamma usha davlatga Investiziya qilishga harakat qilayapti, lekin ba'zi bir siyosiy tusiqlar ularga kup imkoniyatlar bermayapti. Biz hozir mana shu hsaroitdan foydalanishimiz kerak, chunki yaqin 10yillikda Xitoyda ham Demokratiyaga yul ochiladi, ushanda hamma chet el Investiziyalari ushayoqqa oqadi.
Bizda bor tusialrni ham oz bulsada susaytirish kerak, ushanda Investiziyalar kelishi mumkin. Bizda juda kup ishlarga Davlat aralashishi kerak, undan keyin 1 Proektni qilish uchun yillab ruhsatni kutish kerak, undan keyin ish boshlanadi...
Oldingi baxslarimizdagidek, davlat Iqtisodiyotda faqat garant, yani xavfsizlikni taminlab berish kerak. Undan keyin mana shunaqa ishlar bilan shug'ullanmoqchi bulgan kishilarga har tomonlama yordam berish kerak.
Bunaqa muammolar bizda tiqilib yotibdi, bu narsani har bir UMID talabasi uqayotgan mamlaktiga kelganida birdan bilib oladi. Har doim kuchada ketganda "Nimaga bizda shu narsa unaqa emas?" degan savollar bilan uylanadi...;)