PDA

View Full Version : Lotin yozuviga asoslangan yangi O`zbek alifbosi va imlosi .

ALkotA
08-13-2006, 12:42 PM
http://www.samdu.uz/files/web/napr/filologiya/lotinyozuvi/index.htm

“Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosi va imlosi“ kursidan tayyorlangan bu o’quv qo’llanma oliy o’quv yurti bitiruvchi kurs talabalari uchun mo’ljallangan.

NozChik
08-13-2006, 12:49 PM
Yashang Domilo :D

Oyaji
08-13-2006, 01:02 PM
Link uchun katta raxmat.

Lekin engi lotin alifbosi togrisida fikrimni aytib otsam: Yomon koraman. :D

Kirilisadan qutilish yomonmas. Lotin asosida bolganiyam yaxshi. Lekin yaxshiroq tuzsa bolardi alifboni.

"ch" / "sh" / "o'" larni nima keragi bor, bitta tovushni 2ta simvol bilan yozish.

Togri inglizcha klaviaturada yozishga qulay, lekin kozni oqishi qiyin. Ja bomaganda turklarni alifbosini olish kerak edi.

Madalio'g'li
08-13-2006, 02:27 PM
Togri inglizcha klaviaturada yozishga qulay, lekin kozni oqishi qiyin. Ja bomaganda turklarni alifbosini olish kerak edi.

Turklarning emas, lotinlarga oid Turklarning ishlatgani alifbo :D Menga Islom alifbosi yoqadi. :) Lek lotinni bilish ham zarur.

Yashang, qo'shilaman! Turk lotin yozuviga bir necha ilova bilan hozirgi alifbodan yaxshiroq bo'lar edi. X - Q - é - nazal N kabi.

Bu ham mavzuga qo'shimcha (http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=485262&postcount=5)

Han
08-15-2006, 07:20 AM
http://www.samdu.uz/files/web/napr/filologiya/lotinyozuvi/index.htm

“Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosi va imlosi“ kursidan tayyorlangan bu o’quv qo’llanma oliy o’quv yurti bitiruvchi kurs talabalari uchun mo’ljallangan.

rahmat...

yashil fon o'qishga xalaqit beryapti... ko'zim og'rib ketdi... uning ustiga o' harfini "oyu" deb berishgani, bu shriftlar o'zgarib ketishidanmi yoki yangi taklifmi?

Shokirbek
08-15-2006, 07:54 AM
http://www.samdu.uz/files/web/napr/filologiya/lotinyozuvi/index.htm

“Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosi va imlosi“ kursidan tayyorlangan bu o’quv qo’llanma oliy o’quv yurti bitiruvchi kurs talabalari uchun mo’ljallangan.

Silarga bilamdimu, menga umuman yoqmadi. Bitta ў harfini yozish uchun uch harf (oyu)ni ishlatishibdi. :(

Han
08-16-2006, 07:15 AM
Silarga bilamdimu, menga umuman yoqmadi. Bitta ў harfini yozish uchun uch harf (oyu)ni ishlatishibdi. :(

to'g'ri agar O' ni bitta harf bilan belgilashsa turk alifbosiga o'xshatishga urinish bor, demak panturkist deb qoralanardi... :)

yurtboshini ikki harfli (duduq) alifbesini davom ettirishganda bu oyuzbeklar!!! :)

Yashasin OYUZBEKISTON!!! Mustaqilligimizga OYUN besh yil!!! :)

Shokirbek
08-16-2006, 09:01 AM
Rostdan ham juda qiziqda. "Ko'ylagi ham o'ziga o'xshash go'zal ko'rindi" degan iborani "Koyuylagi ham oyuziga oyuxshash goyuzal koyurindi" deyishsaya, tovba!

Nilufarxon
08-16-2006, 01:06 PM
Masalan men adashib Is'hoqovaning o'rniga Ishoqova deb yuborsam nima bo'ladi?:D

migrant
08-16-2006, 01:10 PM
Yashanglar zur bulibdi

Shuncha info bor ekan,

Xuddi Abadiyot darslarini qaytadan utgandek buldim

Asadbek
08-16-2006, 01:14 PM
Masalan men adashib Is'hoqovaning o'rniga Ishoqova deb yuborsam nima bo'ladi?:D
Hech narsa bo'lmaydi.
O'zbek tilida uchraydigan Ism-Familiyalarni biladigan odam bu nomni o'qishda xato qilmaydi.
Bunaqa narsalar har bir tilda uchraydi.

ALkotA
08-20-2006, 11:22 AM
Silarga bilamdimu, menga umuman yoqmadi. Bitta ў harfini yozish uchun uch harf (oyu)ni ishlatishibdi. :(

to'g'ri agar O' ni bitta harf bilan belgilashsa turk alifbosiga o'xshatishga urinish bor, demak panturkist deb qoralanardi... :)

yurtboshini ikki harfli (duduq) alifbesini davom ettirishganda bu oyuzbeklar!!! :)

Yashasin OYUZBEKISTON!!! Mustaqilligimizga OYUN besh yil!!! :)

Menimcha bu xato qilib yozilgan . Yaqin kunlarda xato tuzatiladi ;)

Frida
08-20-2006, 07:05 PM
Alkota-- yashil rangi ko'zimni og'ritib yubordi, oxirigacha o'qiy olmadim. Bu web-site kim tomonidan ishlangan? (rasmiymi demoqchiman). Bu yerda olingan qoidalar nechanchi yildagi "Alifbo haqidagi qonun" asosida yozilgan? Menda 2003da chiqqani bor, shundan keyin yana yangiliklar kiritildimi?
Oldindan rahmat!

ALkotA
08-26-2006, 12:26 AM

Adashmasam oxirgi uzgarishlar 1995 yil 6 mayda kiritildi va undan sungisi yuq. Faqatgina Lotin yuzuvga utish mudatini 2010 yilgacha chuzdirildi.
Bu web uquv qullanmasi 2003 yilda Uquv va talim va`zirligi tomonidan tasdiqlanib tavsiya qilindi.
Web uquv qullanmasiga yaqin orada ba`zi imloviy va dizaynidagi bulgan xatolar yuzasida uzgartishlar kiritiladi.

sayram
09-14-2006, 08:23 PM
oron deganida O'zbeklarning boshqa Turki millatlardan o'zgacha farqlinadigan yangi Lotin Yozivini o'rganip tursak endi yana yangisi chiqiptimi?hay......

yoziv degan bir millatning tnugunini buguniga ,bugunini kelajakiga ulaydigan ko'vruk.u orqali biz o'tmushimizni bilalaymiz, kalgusi avlodlarga ular uqib tshunalaydigan qilip toriximizdan malumot birimiz.

yozuv degan xohliganicha pot pot (now and then)o'zgartip turadigan kiyim -kechakning fosuni emas. meningcha yozuv o'zgartishta uzunni (yiroqni)ko'zlap, sovuq qonlik bilan ish kurish kerak.

undoq bo'lmaganida bir millatning (davlatning) nashriyotchiliq va matbuot ishlariga ko'plagan avorachiliklarni olip keladi, yangi avlodlarga olip keladigan avorichiliq va to'sqinliqliri hammadan ko'p bulashi mumkin. bu mining shaxsan fikrim ,xalos.

Frida
09-15-2006, 09:35 AM

ha, biz ham bilamiz shundayligini, mullo. ja aql o'rgatishni yaxshi ko'rar ekansiz, bechora ozoda1982 ni ham rosa harakat qildingiz "o'zbeklarning dili boshqa" ekanligini tushuntiraman deb.
Lotin alifbosi -- bu bo'lgan fakt endi uni o'zgartirib bo'lmaydi, endi bundan buyoq tilchilarga xudo - quvvat, nashriyotchilakga - davlat bersin :) eskitdan nashr qilingan narsalarni endi yosh avlod uchun Lotinga o'tkazishga sabr ham bersin. Endi ha deb voy mundoq edi, voy ana unaqa edi degandan ko'ra, chorasini topish kerak. Bo'lmasa qarabsizki 5-10 yildan keyin o'zbek xalqi savodsizga aylanadi - qo'yadi. Bu vaqtga kelib endi yana kirilga qaytish ham havfli. Puli kuygan qozoq gapirmdori chaynabdi degan gap bor, shuncha pulni ketkazib o'zgartirdimi endi oxirigacha borish kerak.

sayram
09-15-2006, 10:18 AM
[quote=Frida

sayram
09-15-2006, 10:19 AM

Shu tofikka etirozingiz bo'lsa o'sha yarda gapiring.
men uzimni "mo'llo" deganim yo'q, buni siz ayttingiz tunji martta. ammo u uzingizning ishi.
men "bularni bilmaydi"deb sizga "aqil"o'rgatkanim yo'q.bu fikirlarni yo'zganda siz uxlap tshumgami kirmagan. xudik bo'lmang. uzingizni past ko'rmang.

bu faqat bir arkin munozira munbari, shuning uchin bu yarda hamma odam o'z fikir mulohizasini quyish huquqi bor.

agar shaxsiyitimga etirozingiz bo'lsa menga oyrim maktub yozishingiz mumkin. bu bir odam bulishning aqalli yuli, buni bilarsiz?

Tangriberdi
09-15-2006, 11:22 AM
Link uchun katta raxmat.

Lekin engi lotin alifbosi togrisida fikrimni aytib otsam: Yomon koraman. :D

Kirilisadan qutilish yomonmas. Lotin asosida bolganiyam yaxshi. Lekin yaxshiroq tuzsa bolardi alifboni.

"ch" / "sh" / "o'" larni nima keragi bor, bitta tovushni 2ta simvol bilan yozish.

Togri inglizcha klaviaturada yozishga qulay, lekin kozni oqishi qiyin. Ja bomaganda turklarni alifbosini olish kerak edi.

O'z ishingizga oralashayapman amoo kechiringiz.
Kashki O'zbek yozuvi shundek bo'lsa edi:
Link üçün kättä räxmät
Lekin yengi latin älifbası togrisidä fikrimni äytib atsäm: Yaman körämän. :D
Kirilisädän qutılış yamanmäs. Latin äsasidä bolgäniyäm yaxşı. Lekin yaxşıraq tüzsä bolärdi älifbanı..

"ch"/"sh"/"o"lärni nimä kerägi bar, bittä tavuşnı 2 tä simvol bilän yazış.

Togrı ingilizchä klavyaturadä yazışgä qulay, lekin közni oqışı qıyın. Ca bomägändä Türklärni älifbasını alış keräk edi.

UzLand
09-15-2006, 02:53 PM
O'z ishingizga oralashayapman amoo kechiringiz. Kashki O'zbek yozuvi shundek bo'lsa edi:

Менимча, сиз ишлатган алифбо кирилга утишдан олдин ишлатилган лотин алифбоси асосида езилган шундайми? Унда хозирги "o" товуши "a" харфи билан, "a" товуши эса "ä" харфи оркали берилган.

UzLand
09-15-2006, 03:00 PM
Шу линк оркали берилган имлонинг узи хам нотугри езилганми, дейман.

Масалан, у ерда бундай дейилган...

4. Arab raqamlari yordamida tartib sonlar hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.

NAMUNA: Men 1957-yil 15-iyulda Narpay tumanidagi Ilonli qishlog`da tug`ilganman.

Ахир йил ва ойлар чизикчасиз езилиши керак деб, укитишмаганмидилар бизни?

Frida
09-15-2006, 07:07 PM

Men ham shunday deb yurar edim, lekin yangi alifboning orfografik qoidalariga ko'ra -chi "tartib son" qo'shimchasini bildirish uchun bundan buyon defis ishlatish kerak ekan. Yana boshqa qoidalari ham bor, masalan IS - HOQ so'zini lotinda ISHOQ ya'ni "sh" deb o'qimaslik uchun -s harfidan keyin apostrof qo'yish kerak ekan. Bunday o'zgarishlar juda ko'pga o'xshaydi, bundan buyon ba'zi so'zlarda umuman ayirish belgilari tashlab ketilar ekan. ma'salan mo'tabar so'zida, o' ning chizig'i va ayirish belgisi qo'yilishi o'rniga ayirish belgisi tashlab ketilar ekan. Ikkita apostrof bo'lmasligi uchun. :rolleyes: Durdom...

inDecision
09-15-2006, 07:17 PM
Ozi kimdan chiqqan fikr shu latin alifbosiga o'tish ? Shu masalda halq referendumi o'tkazilganmi?! U emas, bu emas alifboni o'zgartirish odiiy masalalardan emas....avlodni bir qismini savodsiz qoldirish havfi kuchli....

UzLand
09-15-2006, 08:54 PM
Men ham shunday deb yurar edim, lekin yangi alifboning orfografik qoidalariga ko'ra -chi "tartib son" qo'shimchasini bildirish uchun bundan buyon defis ishlatish kerak ekan. Yana boshqa qoidalari ham bor, masalan IS - HOQ so'zini lotinda ISHOQ ya'ni "sh" deb o'qimaslik uchun -s harfidan keyin apostrof qo'yish kerak ekan. Bunday o'zgarishlar juda ko'pga o'xshaydi, bundan buyon ba'zi so'zlarda umuman ayirish belgilari tashlab ketilar ekan. ma'salan mo'tabar so'zida, o' ning chizig'i va ayirish belgisi qo'yilishi o'rniga ayirish belgisi tashlab ketilar ekan. Ikkita apostrof bo'lmasligi uchun. :rolleyes: Durdom...

Охирги сузингиз вазиятни яхши бахолайди - ДУРДОМ.

Алфавитни алмаштирибдилар, а нима кераги бор эди орфографияга тегиб? 2006 йил сузида дефисни ишлатмаса, одамлар бу йил эканини билмай колар эканмилар? Кирилнинг лотинга айланишида ракамларда нима айб?

Мен билмаган мана шу нарсалардан бохабар килганингиз учун рахмат.

PainKiller
09-15-2006, 09:28 PM
The more changes they are making in the uzbek latin ABC, the more confusing it's getting.
Kasha-Malasha. :rolleyes:

Frida
09-16-2006, 07:52 AM
Охирги сузингиз вазиятни яхши бахолайди - ДУРДОМ.

Алфавитни алмаштирибдилар, а нима кераги бор эди орфографияга тегиб? 2006 йил сузида дефисни ишлатмаса, одамлар бу йил эканини билмай колар эканмилар? Кирилнинг лотинга айланишида ракамларда нима айб?

Мен билмаган мана шу нарсалардан бохабар килганингиз учун рахмат.
O'zbek tili va filoligiyasining prof.lari 90 yillarning boshlarida Turkiyaga rosa amaliyot uchun borganlar. U vaqtdagi siyosat va propogandani mendan yaxshiroq bilsangiz kerak. Zamon gazetasining kungi sonida turk tili haqida narsalar bosib chiqarishar edi. Menimcha, shu Lotinni yozganlar turk tiliga moslashtirmoqchi bo'lishgan bo'lsa kerak orfografiyani. Chunki esingizda bo'lsa birinchi Lotin alifbosida harflar umuman turkcha edi, -ch va -sh ning o'rniga dumli -ch va -sh yozilar edi. Shu keyin alifboni almashtirib, orfografiayani ham almashtirib tashlashgan bo'lsa kerakda. Rostini aytganda qiziqde, nahotki shu bizning o'zbek tili prof.lari orasida bahs, munozara degan narsa bo'lmasa. Shu bo'ldi desa rais aka, qolganlar sizniki to'g'ri desa kerakda? Agar bizga o'xshagan, oddiy tilni ishlatuvchilardan ham so'rashganda edi, biz ham biroz "check and balance" qilib berar edikmi? :D

Madalio'g'li
09-16-2006, 12:10 PM
Менимча, сиз ишлатган алифбо кирилга утишдан олдин ишлатилган лотин алифбоси асосида езилган шундайми? Унда хозирги "o" товуши "a" харфи билан, "a" товуши эса "ä" харфи оркали берилган.

Bilishimcha O'zbeklar(yoki O'zbek ziyolilari, :rolleyes: bilmadim) 1924-40 yillarida lotin yozuviga asoslangan alifboni ishlatgan.Turkiya 1928-yilda lotinga o'tgan.Krilldan oldingi alifbo bilan lotin yozuviga asoslangan hozirgi O'zbek alifbosi va lotinga assoslangan boshqa Turkiy alifbolar ortasidagi ayrimlar negadir qiziqarli bo'lsa kerak. :cool:

Xullos yo sharqiy rim imperiasining yozuvi yo g'arbiy rimning...:shock: Sharqiy rimni otib toshlagan edik endi navbat g'arbiy rimda :) Fath surasi - Pars imperiyasining songi - Istanbulning fathi - Qizil Sovetni yiqilishi ...

UzLand
09-16-2006, 01:23 PM
"сценарий" сузи кандай езилади?

Tangriberdi
09-16-2006, 04:58 PM
Менимча, сиз ишлатган алифбо кирилга утишдан олдин ишлатилган лотин алифбоси асосида езилган шундайми? Унда хозирги "o" товуши "a" харфи билан, "a" товуши эса "ä" харфи оркали берилган.
Kirilga o'tishdan oldin ishlatilgan lotin alifbosini hech bilmayman. Men bu yozuvni 1992nchi yilda jamlashdirilgan Turkiy davlatlar quriltoida qarorlashdirilgan umumiy Turkiy alifbo asosida yozdim. Fikrim udir ki Turkiy davlatlar quriltoida qarorlashdirilgan umumiy alifbo bilan eski O'zbek lotin alifbosi biri birga judo O'xsosh ekan. Xarflarning o'xshoshligi ham bolgancha qiziqliq.

MUHLIS
09-18-2006, 12:06 AM
"сценарий" сузи кандай езилади?
Taqsir,
Yozishdan oldin talaffuziga ham e'tibor beraylikda. Qani aytingchi qaysi O'zbek с ц е н а р и й deb talaffuz qiladi bu so'zni? Ahir biz uni, hammamiz, сенарий deymizku! Albatta, rus tilini ona tilidan yaxshi biladiganlar bundan mustasno!

PS, men hamisha ц harfini lotin yozuvida "c" bilan ifodalashni taklif qilib kelganman, chunki lotin yozuvida mavjud bo'lgan aynan shu harfdan bizning alifbomizda negadur foydalanilmaydi.

ALkotA
09-18-2006, 05:32 AM

ammo " ц " hafi ila kelgan suzlar sanoqli baynalmilal suzlardir , yaniy sof adabiy tilimizda " ц " harfi qullanilmaydi.

Hurmat ila

UzLand
09-18-2006, 07:30 AM
Taqsir,
Yozishdan oldin talaffuziga ham e'tibor beraylikda. Qani aytingchi qaysi O'zbek с ц е н а р и й deb talaffuz qiladi bu so'zni? Ahir biz uni, hammamiz, сенарий deymizku! Albatta, rus tilini ona tilidan yaxshi biladiganlar bundan mustasno!

PS, men hamisha ц harfini lotin yozuvida "c" bilan ifodalashni taklif qilib kelganman, chunki lotin yozuvida mavjud bo'lgan aynan shu harfdan bizning alifbomizda negadur foydalanilmaydi.

Буку-я майли, лекин шу суз янги имло лугатига кура кандай килиб езилади? "СЦ" бирикмасини бирга укиш учун рус тилини зур билиш шарт эмас.

ALkotA
09-18-2006, 01:46 PM
"сценарий" сузи кандай езилади?

Albatta "сценарий" suzini kupgina film titrlarida hali ham " scenariy " holatida uchratish mumkin , lekin bu suzni " senariy " holatida qullanishimiz yangi o`zbek alifbosida maqullangan.

Hurmat ila

Mas'ud
09-19-2006, 12:23 PM
Albatta "сценарий" suzini kupgina film titrlarida hali ham " scenariy " holatida uchratish mumkin , lekin bu suzni " senariy " holatida qullanishimiz yangi o`zbek alifbosida maqullangan.

Hurmat ila

Assalamu alaykum...Yangi o'zbek alifbomizni qanday odamlar ma'qullagan bilmadim-ku, lekin deyarli hech qaysi alifboda yo'q ba'zi xatoliklarga yo'l qo'ygani aniq...Bunga misol qilib oy kunlarini yozishda chiziqcha(defis)ni ishlatish taklifi...("12-mart" kabi)...Zero bunday xatoliklarga yo'l qo'ygan "bilimdonlar", boshqa yana qanday qoidalarni ishlab chiqqanini xulosa qilish qiyin emas....

Olloh bilguvchroqdir

UzLand
09-19-2006, 01:01 PM
Albatta "сценарий" suzini kupgina film titrlarida hali ham " scenariy " holatida uchratish mumkin , lekin bu suzni " senariy " holatida qullanishimiz yangi o`zbek alifbosida maqullangan.

Hurmat ila

Янги алифбода "c" харфи йук.

ALkotA
09-19-2006, 02:15 PM
Янги алифбода "c" харфи йук.

Bu yangilig emas , lekin bu holatdagi hatolarni kuplab uchratsak buladi