PDA

View Full Version : Iymonga chorlov


Shokirbek
08-17-2006, 09:24 AM
Sokin tun…
Betinim porlab samoda..
Yulduzlar nuqradek jilva qiladi..
Hammayoq osuda..
Yengil shabboda,
Atrofdan gul hidi olib keladi…

Biroq bu sukunat…
Tengsiz jamolni..
Xayollar to'lqini chilparchin qilar..
Kim ham to'sa olar..
Kelgan xayolni..?
O'zi shoh…Xohlagan vaqtida kelar…

-Hayot o'zi nima?..
Yaralding butun…
Ozmidir yo kopmi – yasharsan bunda..
Aytginchi..
Dunyoga kelding ne uchun?!
Qaysi maqsad uchun yaralmish banda??

Bilib qo'y!
Yaratgan Egang-chun har vaqt…
Sajdaga bosh egib turmas esang zor..
Qilgan ezguliging..
Bir pulga qimmat…
Zero, IYMON bo'lmay, ezgulik bekor..

Shunday ekan..
Do'stlar, hazir bo'laylik..
Doim intilaylik iymon yo'liga..
Yaxshi amallarda hozir bo'laylik,
Birga g'ov solaylik shayton yo'liga!

Shokirbek.
17.08.2006.

Abu Hurayra
08-17-2006, 05:33 PM
Sokin tun…
Betinim porlab samoda..
Yulduzlar nuqradek jilva qiladi..
Hammayoq osuda..
Yengil shabboda,
Atrofdan gul hidi olib keladi…

Biroq bu sukunat…
Tengsiz jamolni..
Xayollar to'lqini chilparchin qilar..
Kim ham to'sa olar..
Kelgan xayolni..?
O'zi shoh…Xohlagan vaqtida kelar…

-Hayot o'zi nima?..
Yaralding butun…
Ozmidir yo kopmi – yasharsan bunda..
Aytginchi..
Dunyoga kelding ne uchun?!
Qaysi maqsad uchun yaralmish banda??

Bilib qo'y!
Yaratgan Egang-chun har vaqt…
Sajdaga bosh egib turmas esang zor..
Qilgan ezguliging..
Bir pulga qimmat…
Zero, IYMON bo'lmay, ezgulik bekor..

Shunday ekan..
Do'stlar, hazir bo'laylik..
Doim intilaylik iymon yo'liga..
Yaxshi amallarda hozir bo'laylik,
Birga g'ov solaylik shayton yo'liga!Shokirbek.
17.08.2006. juda sermazmun chiqibdi,

Shokirbek, Ulug'bek, Asadbek, Abdul Aziz va boshqa Brodarlar mani imzomda turgan she'erni (3-4 kun bo'ldi ijod qilganimga :)) iloji bo'lsa to'g'irlab-taxrirlab beringlar, ba'zi joylari adabiyot qoidalariga uyg'un emasdek tuyilayapti :rolleyes:...

Haqni aytsang urarlar,Xushomatni suyarlar
Mayli seni ursinlar, Sen Haqni so'zla!
Mayli Shahid qilsinlar, Sen Haqdan qaytma!
Zero botil foniydir va O'lim haqdir,
Jannat haq, Do'zax haq! Qiyomat haqdir!
Ilm ol brodarim, dinda xolis bo'l
Amal qil brodarim, yolg'on so'z aytma!
Kibr-Riyo libosin kiymagin zinxor!
Unda barcha amaling bo'ladi bekor!
Iymon-Taqwo libosin kiymoq odat qil!
Nahiy Munkar -Amru-Ma'ruf qilgin sen doim!
Agar desang sen-Qabul, bo'lsin duoyim!

eslatma: Qo'shimcha qatorlar qo'shishingiz ham mumkin, bamalol...