PDA

View Full Version : To'ylar muborak, R.Azimov!:)


zanjir
08-18-2006, 10:36 PM
Assalomu alaikum aka!
shu yoshga kirib hali hech qaysi dostimni toyiga borishni siznnikichalik orzu qilmagan edim aka.
Allohni farzini ato etayotgan ekansiz o'zi marhamatini sizdan ayamasin aka!
Inshallah chiroili chiroili farzandlarni otasi bolin, kenneyim bilan qosha qarin!
bilasizmi nima? toyizga agar bora olganimda quyidagi tilaklarni mikrafonni diktordan tortvolib baralla aytgan bolar edim:) :
"Assalomu alaikum hurmatli uzoqni uzoq demasdan yaqinni yaqin demasdan kelgan mehmonlar! Assalomu alaikum beliga qamichdan belbog' qilib hormay tolmay hizmat qilayotgan mezbonlar!
mana bugun eng yaqin sirdosh yelkadosh darddosh akamni bolajak kenneyim bilan toy bazmi oqshomligiga yiqilibmiz...akajon, kenneyi sizlarga eng avvalom bor baht va kegin sog'lik yana tinch totuv hayotni shirindan shakar farzandlaringiz bilan billa yashashingizni tilayman!
kelgusi yilda esa o'gil toyingizda hizmat qiberiy ozim" degan bolardim aka!
yuqoridagi tilaklarimni forum.uz orqali yetkaza olganimdan moderatorlari tashkil qilgan birodarlarimizga minnatdorchilik bildiraman!
aka toyizga borolmadim nasib qilsa albatta ozim ogil toyingizda hizmat qiberaman yigitlik sozim(kachegarlik qiloliman holos:))
bahtli bolin tahtli bolin farzandlaringiz ozingizga ohshagan mard va oqil bolishsin tilaklarim chin dilimdan aka!
PS: albatta tel qilib tabriklayman bugun:) ortoq R.Azimov!

Malika
08-18-2006, 11:01 PM
Muborak bo'lsin!
Chin qalbimdan tabriklayman!
Baxtli bo'ling!

Amiri Turkiston
08-18-2006, 11:11 PM
Azimop akasi to'ylar muborak bulsin endi!!!

Sizam endi O'zbekistonimizning bahtli oilalarida biri bulib yurar ekansizda endi :-)

kelin kuyob shousiga chiqish esdan chiqmsin...chunki halq o'z qahramonlarini bilishni hohlaydi

Masanori
08-19-2006, 02:22 AM
tabriklarim! bahtli bulinglar!

kingdom
08-19-2006, 02:23 AM
Iya aka Azimov ha bizaga aytmasdan aytganingizda uzim borib xizmat qilardim ha mayli Zanjir aytganidek endi ugil tuyingizda xudo xoxlasa xizmat qilamiz,yanga bilan baxtli bulinglar all the best;)

Asadbek
08-19-2006, 02:35 AM
R.Azimov,
bilaman, bu kunlarda sizda Forumga kirish u yoqda tursin, hatto Internet-Cafelarga qiyo boqish ishtiyoqi-da yo'q! Shundoq bo'lgani ham ma'qul :)

Siz bu kunni 27 yil kutdingiz, endi butun umr shu to'yning natijalaridan rohatlanib, baxtli-taxtli oilalardan birining boshlig'i bo'lib yuring! Dunyodagi eng ezgu niyatlarimni bugun Sizga va Kelinimizga yo'llab qolaman. To'ylar muborak! :)


Shu o'rinda bir latifa yodimga tushdi, ruxsatlaringiz bilan so'zlab bersam :)

Eshmat oilasida yolg'iz farzand ekan. Shunga yarasha, juda erkatoy, bezori, sho'x bo'lib o'sibdi.
Maktabni bitirib, Institutga o'qishga kirib, uni tugatib chiqsa ham shu bezoriligu sho'xliklari qolmabdi. Bir yil armiyaga borib kelsa ham, doimgidek hech kimni gapiga kirmaydigan, bezori, sho'xliklarini tashlamabdi.
Ota-onasi o'zaro maslahatlashib, "Kel, shuni uylantirib qo'yaylik. Zora xotini uni odam qilsa, zora oilali bo'lib aqli joyiga kirsa", deb, Eshmatni oldilariga chaqirishibdi. Uni uylanishga ko'ndirishib, mahalladan bir yaxshi qizni olib berishibdi.
To'y o'tgandan keyin, ota-ona supada choy ichib o'tirib, qarashsa, soat 9 bo'lsa ham Eshmat chiqmasimish... Bir mahal keriliiib, chiqib kelibdi. Ota-onasini yonidan o'tayotib, ularga ko'zlarini qiyshaytirib qarab, otasiga:
- Haaaa, Otaaaaa!
deb, o'tib ketibdi. Ota-onasi bir-biriga qarab, bunga nima balo bo'ldi, es-hushi joyiga kiradi desak, aksi bo'lib chiqyaptimi, deyishibdi. Ikkinchi kun ham shu hol takrorlanibdi. Eshmat yuz-qo'lini yuvgani ota-onasi yonidan o'taturib:
- Haaaa, Otaaaaa!
dermish. Ota-onasi kelinni chaqirib, bunga nima balo bo'ldi, desa, kelin bilmasam deb javob qilibdi. Otasi onasiga qarab, agar ertaga ham shunaqa qilsa, bir so'rayman, nima jin urdi uni o'zi, debdi.
uchinchi kuni Eshmat kerilib o'tayotib, otasiga avvalgidek jilmaygancha:
- Haaaa, Otaaaaa!
debdi. Shunda otasi unga:
- Ha o'g'lim, bu yoqqa qaraginchi! Senga nima bo'ldi, uch kundan beri menga irshayib, Haa Otaa, deb o'tsan. Nima bo'lgan senga?
desa, Eshmat otasiga qarab:
- Haaaa, Otaaaaa! 25 yildan beri maza qilib yurganakansiz, bildirmasakansizda-a! Haaaa, Otaaaaa!
deb, irshaygancha yuz-qo'lini yuvgani o'tib ketibdi.

:) :)

Ota-Onalarimizning egzu va saxovatli ishlarini davom ettiradigan farzandlar keti uzilmasin, to'ylarga to'ylar ulanaversin! :)
Yana bir bor to'ylar muborak, R.Azimov!
Otangizga jilmayib qarashdan charchamang! ;)

Nilufarxon
08-19-2006, 02:38 AM
Men ham sizni to'yingiz bilan tabriklayman.

O'g'il farzandlarinigz orasida, menga o'xshagan qizchalari ham bo'lishiga tilakdoshman. :lol:

Umringizni oilaviy hotirjamlikda, to'kin-sochinchilikda o'tkazinglar.

Ollohdan baxt so'rab qolaman.:D

Shokirbek
08-19-2006, 02:44 AM
Payg'ambarimiz (s.a.v) kelin-kuyovga shunday deb duo qilardilar: "Olloh taolo sizga barcha tomondan baraka yog'dirsin, ikkovlaringni doim yaxshilikda jamlasin".

To'yingiz muborak bo'lsin, qo'shganiz bilan qo'sha qaring, bir etak solih farzandlar ato etsin.

Asadbek aytganidek, jilmayib qarashdan charchamang. :cool:

XXL
08-19-2006, 02:45 AM
Iyeee R.Azimov aka, shunaqasda endi

bizzi buydoqlar qatorni ohri tark etishga qaror qipsizda



Toylar Muborak bolsin.


qo'shganiz bilan qo'sha qarilar

Bahtli saodatli unumli hayot kechirilar.

Hayotilar asaldek shirin, chinordek uzun, toshdek mahqam bolsin.

Allah (SWT) hamisha o'zi qo'llab quvvatlasin.



Tabrikleyman.




endi bu yogi, Shohu -to'shak CHIMILDIQ bolar ekanda a

haaatttaayt, Maladets:D



Hurmat ila
XXL

Dil
08-19-2006, 03:07 AM
Baht tilayman! Bundan buyogiga metin iroda, kuch , sabr va hamyoningizga baraka tilab qolaman:)

Martingale
08-19-2006, 06:44 AM
:D iye? bu nima degan gap? Tuyga taklifnoma qani Ofis Marketdan? :lool:

Tuylar muborak R. Azimov!

hamma yahshi tilaklarga qushilgan holda,;)

p.s. ochig'i postlarizda nevarasi..yu'ge farzandlari bor odam deb uylardim. hali yosh bola ekansizda:D

p.p.s. Asadbek aka, anekdotga kulaverib ichagim uzildi lekin ;)

endi biz "Ha, Azimoppp!!!" deb yurarkanmizda. :laugh:

Lady_G
08-19-2006, 07:01 AM
Sizniyam N. bonuniyam chin qalbimizdan tabriklaymiz! Qo'sha qaringla, mandan oldin aytib o'tilgan hamma tilaklarga qo'shilamiz! Hudo hohlasa endi osh sizlardan ;) .

http://www.dace.co.uk/calligraph/happy%20marriage.jpg

Sh.& G.

DIDO
08-19-2006, 07:04 AM
EHH, SHU TO‘y menga nasib qilmadida, qancha urindim boraman deb. Mayli baxtli bo`lishsin, endi bir oila bo‘lishganida uchrashamiz.

Sevinch
08-19-2006, 07:26 AM
EHH, SHU TO‘y menga nasib qilmadida, qancha urindim boraman deb. Mayli baxtli bo`lishsin, endi bir oila bo‘lishganida uchrashamiz.
Bitta sizgamas mengayam nasib qilmadi,men ham urinib tuyga kiyaman deb kuylaklar olib essizgina... e Mayli bahtli bo'lishsin,bolali chaqali bulib qiy chuv qilib yotishsin hovlilarini.Kelasi yil beshik tuylariga boraylik.:)

Angeleyes
08-19-2006, 08:27 AM
R.Azimov,To'ylar muborak! :rose: Hamma tilagan tabriklarga qo'shilaman, va yanayam baxtlik tilayman. :proost:
Uzimiz to'yingizga borolmagan bulsak ham, bilaman, oyim men va ukalarim nomidan to'yingizga qatnashganlar.
Kelin bilan baxtli hayot yashab, ikkalangiz qo'sha-qaringlar!!!

boburshoh
08-19-2006, 09:12 AM
R. Azimov, Baxtli bo'ling!

Madalio'g'li
08-19-2006, 11:48 AM
Alloh muborak qilsin.
Alloh xayrli umr, xayrli avlod nosib qilsin inshalloh.
Tabriklayman.

Hurmat ila...

NYyankNY
08-19-2006, 12:47 PM
Azimov chin dildan tabriklayman dustim (^_*)

Alesser
08-19-2006, 01:25 PM
Qushaqarib baxtli bulinglar:)

Mo'jiza
08-20-2006, 01:18 AM
Chin qalbimdan tabriklayman.

Qurayotgan oilangiz mustahkam, baxtli va oqil farzandlarga to'la bo'lsin.

Qo'sha qaringlar.

NozChik
08-20-2006, 06:29 AM
Rustam aka Sizga dunyodagi eng katta baht nasib qilgan bulsin:) .
Guzal Yangammulomizi "Kellin binni" qilishga albatta boramiz qaetib keganizdan keyin HH :cool:.

http://images.cards.mail.ru/svad2mari6.jpg

StU
08-20-2006, 06:58 AM
men ham sizni chin dildan tabriklayman!
Sizlarga baht va omad tilayman.

http://cards.krasota.uz/katalog/24/34.gif

Belgiumbek
08-20-2006, 08:57 AM
To'ylar Muborak
To'ylarga yarasshgan bo'ylar muborak
Nafaqat men, Balki menkabi barcha baht tilashsa kera! Qo'shganiyiz bilan qo'sha qariyla! To'y tilagida yurgan barchani to'yga yetqizsin!
Qandilingiz Ham Muborak bulsin!

Royal
08-21-2006, 07:43 AM
Korganingiz TOY bolsin,
Yeganingiz QOY bolsin,
Sevganingiz YOR bolsin.

saturn
08-21-2006, 09:22 AM
Ahdlashibsizlar - ahdli bo'linglar,
Qo'sha qarib baxtli bo'linglar...

Tabriklayman!

elDoraDo
08-21-2006, 10:30 PM
To'ylar muborak bolsin. Honadoningiz baraka, rizq, quvonch va bahtga tola bolsin.
Tabriklayman,

aKa
08-21-2006, 11:44 PM
Yuqorida yozilgan va keyin yoziladigan barcha tilaklarga qo'shilaman.
Baxtli bo'lib, qo'sha qarib uvali juvali bo'lib yuringlar. Ko'rganlar sizlarni faqat havas bilan eslab yurishsin. :D

Ulug'bek
08-22-2006, 12:36 AM
Olloh taolo ikkingizni barakaga burkasin va doimo birgaligingiz yaxshilikda bo'lsin!

MUHLIS
08-22-2006, 12:46 AM
Ko'pchilikning fikrlariga qo'shilgan holda sizga to'ylar muborak bo'lsin deyman. Baxtli bo'linglar!

Shahnoz
08-22-2006, 01:52 AM
Rafiqangiz dunyodagi eng sadoqatli rafiqa bo'lsin, bolalaringiz esa dunyodagi eng aqlli bola bo'lsin. Oilangiz bilan doim fahrlanib yuring. Bahtdan bersin :)

Samarkand
08-22-2006, 02:47 PM
To'ylar muborak!!!
Qo'sha qaringlar, uvali-juvali bo'linglar! :)

noodles
08-23-2006, 02:02 AM
My congrats! :)

Nigorabegim
08-23-2006, 11:23 PM
Assalomu alaykum!
Sizga ketmas baxt tilayman. Tilaklarim esa,
Ko'chalarda ko'tarib o'tganiz beshik bo'lsin,
Uyizdan chiqqan ovoz alla ham qo'shiq bo'lsin.
Qiz ko'rssssangiz Shirindek go'zal bo'lsin, ozoda,
O'g'il ko'rsez kamida Farhoddek oshiq bo'lsin!!!

R.Azimov
09-24-2006, 07:05 PM
:) Shu... ruzg'or tashvishlari bilan bo'lib internetga kirolmadim, 8- sentyabr kuni bir amallab forum.arbuz.com ga kirishga muvaffaq bo'ldim(toshkentdan). Atigi bir martagina THANKS tugmasini bosganimni eslayman. Qotdi qoldi. Hatto sizlarga minnatdorchilik izhor qilishga ham ulgurmadim(ko'ngil uchun bo'lsa ham).
Mana bugun mavridi ekan, sizlarga ham samimiy tilaklarimni bildiraman. Barchangizga baxt tilayman. Xudo ziyoda qilsin. Rahmat :)



Hurmat bilan
RA

Angeleyes
09-24-2006, 09:50 PM
С возвращением дорогой Р. Азимов!!!
Бахтли булиб купаишиб юринглар!!!

Royal
09-25-2006, 05:01 AM
:) Shu... ruzg'or tashvishlari bilan bo'lib internetga kirolmadim, 8- sentyabr kuni bir amallab forum.arbuz.com ga kirishga muvaffaq bo'ldim(toshkentdan). Atigi bir martagina THANKS tugmasini bosganimni eslayman. Qotdi qoldi. Hatto sizlarga minnatdorchilik izhor qilishga ham ulgurmadim(ko'ngil uchun bo'lsa ham).
Mana bugun mavridi ekan, sizlarga ham samimiy tilaklarimni bildiraman. Barchangizga baxt tilayman. Xudo ziyoda qilsin. Rahmat :)

Hurmat bilan
RA

Bolla uylanmalarine...tuppa tuzzu yurgan bolydi...uylandi TAMOM..

aman endi internetgayam hotinidan sorap kirvotti...yana har hil bahonla...

Olllaaaaa....

Yahshi bolaydi lekin....dabdala bop odamgarchilikdan chiqipti darrow..

Qarama
09-25-2006, 06:47 AM
tabriklayman baxtli bo'ling

Nevidimka
08-12-2007, 09:04 PM
titkilab titkilab shuni topib oldim........;):P


Nafees kelinchagimiz ham ancha active userlarimizdan bo'lib qoldi.Tuylaringa ham ana mana deganda yaqinda 1 Yil bo'lar ekan. Gadavshina.....:cool::P

Shuning uchun chiroylik turmushlaring,yanada gullasin.:P:P:P

Bu rasmda R.Azimop va kelinchagimiz Nafees hon Londonda kezib yorishibdi
!!!

http://www.driftwood-dreams.co.uk/Anniversary_gifts/More-paper-anniversary-gifts/First%20wedding%20anniversary%20gift.jpg

Bu gullar 2 bahtlik couplega

http://www.classyflowers.co.uk/images/adorable-pink-flowers.bmp

Nafees
08-13-2007, 02:24 AM
titkilab titkilab shuni topib oldim........;):P


Nafees kelinchagimiz ham ancha active userlarimizdan bo'lib qoldi.Tuylaringa ham ana mana deganda yaqinda 1 Yil bo'lar ekan. Gadavshina.....:cool::P

Shuning uchun chiroylik turmushlaring,ya
nada gullasin.
Katta rahmat, Nevidimka opa, 6 kun ertaroq tabriklabsiz, birinchi bo'liy o'zim debsizde :)

sizga bir narsa aytsam, 19-chisloni har oy bayram qilamiz :) har oyning 19-sida, Azizim ertalab, bugun to'yimizga falon oy bo'pti, deb tantanali e'lon qiladi.
keyin izidan savol beradi(har doimgidek) "sanga shu vaqt qanday o'tdi?"
"oldin o'ziz eting" diman
nechta oy o'tgan bo'lsa, shuni kun deb aytadi, 6 oy bo'lsa 6 kun, 10 bo'lsa, 10 kun. keyin yana mandan so'ridi, man yilda aytaman :) 6 yil, 10 yil :)
gapga chechanligini bilasizku, uyam bo'sh kemidi, "o'zi qarib qoganindan biludim", deydi :)

Aslida bilmidiki, mani baxtdan boshim aylanib, ko'zim tinib, kun, oy, hatto yil hisobini ham yo'qotib qo'yganman.

kecha bu yil 2007mi, 2008mi o'zi deb so'rabman :uups:

lost
08-13-2007, 04:28 AM
Azimov aka, thanksni necha puldan sotib olyabsiz :lol: ;)


Nega o'tgan yili tabriklamabman desam, diplom ishini tugatish uchun porimga kirmaganim esimga tushdi...

kechdan ko'ra hech derdimi.:D
baxtli onlariz davom etsin, bundan ham ko'p xursandchilik ko'ringlar.
: )

VatanparvaR
08-13-2007, 04:46 AM
Qani asa indi, guyov bala vlan galinbala, silari tabrilikmiz indi asa. Sizlara yich shu go'zzi qattilari go'zi deymasin, bahtli vo'lingla, bizaram shu mahtaniiiip yuridovin vo'lali shunni oila vlan donishmiz dap, tabrikliman yena bir marta, sog' bulingla :)

La Vie
08-13-2007, 10:44 AM
Katta rahmat, Nevidimka opa, 6 kun ertaroq tabriklabsiz, birinchi bo'liy o'zim debsizde :)

sizga bir narsa aytsam, 19-chisloni har oy bayram qilamiz :) har oyning 19-sida, Azizim ertalab, bugun to'yimizga falon oy bo'pti, deb tantanali e'lon qiladi.
keyin izidan savol beradi(har doimgidek) "sanga shu vaqt qanday o'tdi?"
"oldin o'ziz eting" diman
nechta oy o'tgan bo'lsa, shuni kun deb aytadi, 6 oy bo'lsa 6 kun, 10 bo'lsa, 10 kun. keyin yana mandan so'ridi, man yilda aytaman :) 6 yil, 10 yil :)
gapga chechanligini bilasizku, uyam bo'sh kemidi, "o'zi qarib qoganindan biludim", deydi :)

Aslida bilmidiki, mani baxtdan boshim aylanib, ko'zim tinib, kun, oy, hatto yil hisobini ham yo'qotib qo'yganman.

kecha bu yil 2007mi, 2008mi o'zi deb so'rabman :uups:

Eh mana shunaqa postlarni o'qib juda sevinamanda!!!
Inson o'zi va qalbi pok bo'lsa shunga yarasha ajrlarga ham erishadi degan gaplarning tasdig'idek tuyuladi!

Ilohim doim shunaqa bahtdan boshingiz aylanib yursin.
Ikkingiz huddi uzukka ko'z qo'ygandek bir biringizga juda mossizlar.
Ko'rgan odam kelin-kuyov bo^lsa shundoq bo'lsin deb havas qiladi.

Allohimdan barcha etgu niyatlarni sizlarga tilab qolaman va inshaalloh yaqinda boshqa thread ochishni birinchi o'zimizga nasib etsin deb qolamiz!

Hullas ikki dunyo saodatini sizlarga tilayman! :)

Qizaloq
08-13-2007, 09:43 PM
Assalamu alaykum wr wb!

Better late then never.To`ylar muborak bo`lsin! Ollohim bahtli va tahtli honadon sohibi, shirindan-shakar babychalarni otasi bo`lib yurishingizni nasib aylasin!