Webmaster
08-23-2006, 04:59 AM
O‘QITUVCHI QANDAY DAM OLYAPTI?
http://www.hurriyat.uz//images/oqituvchi.jpg Yashirishning hojati yo‘q, haqiqatan ham, o‘qituvchi boshqalarday dam ololmaydi, sog‘ligini tiklashi uchun katta imkoniyatlarga ega emas. U to‘qqiz oy davomida deyarli har kuni dars beradi, daftar tekshiradi, darsiga tayyorlanadi, shogirdlaridan imtihon oladi. Shunday qilib, umrining bir parchasi — bir o‘quv yili o‘tib ketganini sezmay ham qoladi.
Yurtimizda yoz pallasi. Bunday kunlarda hammamizning tog‘larga chiqqimiz, quyoshning zarrin nurlarida toblanib, dilga xush yoquvchi iliq suvlarda cho‘milgimiz keladi. Shu sabab aksar odamlar mehnat ta’tilini yoz kunlariga mo‘ljallab yuradi.
O‘qituvchilarning ishi o‘ng‘ay: ular har yili mashaqqatli o‘quv yilining tugallab, ikki oylik ta’tilga chiqishadi. Lekin ana shu ta’tilga chiqqunga qadar muallim ba’zi bir vazifalarni bajarishi darkor. Keling, shu haqda ozgina mulohaza yuritaylik.
Ko‘pchilik o‘qituvchilikni eng oson kasblardan biri deb bilishadi. Buxoroda o‘qituvchilarni, asosan, “muallim” deyishadi, “muallimjon” deb murojaat qilishadi. Tezroq talaffuz qilganda, bu so‘z quloqqa xuddi “ma’lum” degandek eshitiladi. “O‘qituvchilik yaxshi-da, peshingacha ma’lum, peshindan keyin noma’lum” — deb hazillashadi bir buxorolik tanishim so‘z o‘yini qilib.
Lekin o‘qituvchining mehnatini bunday baholash mutlaqo noto‘g‘ri. Muallim ba’zilar kun bo‘yi qila olmaydigan ishni peshingacha bajaradi. Birovlar ertalabdan kechgacha ishda bo‘lib, sarflagan quvvatini u yarim kunda, bir necha soat darsida sarflab qo‘yadi. Ammo shunga yarasha dam olarmikan?
Yashirishning hojati yo‘q, haqiqatan ham, o‘qituvchi boshqalarday dam ololmaydi, sog‘ligini tiklashi uchun katta imkoniyatlarga ega emas. U to‘qqiz oy davomida deyarli har kuni dars beradi, daftar tekshiradi, darsiga tayyorlanadi, shogirdlaridan imtihon oladi. Shunday qilib, umrining bir parchasi — bir o‘quv yili o‘tib ketganini sezmay ham qoladi.
O‘quv yili tugashga tugadiku-ya, lekin oldinda yana bir og‘ir vazifa turibdi-da. Bu — sinfni qayta ta’mirlash masalasi. Hammamizga ma’lumki, o‘qituvchilarimizning asosiy qismi xotin-qizlardan iborat. Endi tasavvur qiling, u ayol boshi bilan qaerdandir usta topadi, narxini kelishadi, o‘quvchilardan pul yig‘ib oladi. Ustiga-ustak, hamma o‘quvchining oilaviy sharoiti ham birdek emas. Kimningdir imkoni bor, kimnikidir bundayroq...
Xullas, ta’mirlash boshlandi, ham deylik. Lekin u necha kun davom etsa, muallim ham yonma-yon turib, kamu ko‘stiga qarashadi.
Ko‘ryapmizki, u mazmunli dam olishi kerak bo‘lgan ta’tilining kamida bir oyini ana shu tashvishlar bilan o‘tkazib yuboradi. Shundan keyingina u sinf xonasini qulflab, uyida xotirjam o‘tirishi mumkin.
Lekin...
Bu yog‘iga o‘qituvchi o‘z yumushlarini o‘ylay boshlaydi. Axir, u ham uy bekasi. Uyda ham aynan unga qarab qolgan qancha yumush bor. Avvalo, qishning g‘amini yeb, turli mevalardan murabbolar tayyorlab, yopib olishi, pomidoru baqlajondan qaylalar hozirlab qo‘yishi kerak.
Ayollarning yoz issig‘ida bajarishi kerak bo‘lgan yana bir vazifasi — gilamlarni yuvish. Axir, ayol kishi ishni o‘zi saranjom qilmasa, kim qiladi.
Shu tariqa yozning ikkinchi oyi ham o‘tkazib yuboriladi. Dam olish haqida o‘ylashga vaqt qayoqda, deysiz?!
Hash-pash deguncha avgust oyi ham boshlanadi. U endi farzandlarini keyingi o‘quv yiliga tayyorlay boshlaydi.
Ularga kiyim-kechak, daftar-kitob va hokazolar olib beray, deb joni halak. Axir, o‘zi o‘qituvchi bo‘la turib...
Qarabsizki, sentyabr ham eshik qoqib qoldi. O‘z ustida ishlab, bilimlarini charxlashga vaqt qayoqda, deng. Shu bilan u yana to‘qqiz oylik ish jarayoniga sho‘ng‘ib ketadi.
Ana ta’til-u, mana ta’til! Muallim na dam oldi, na sog‘ligini tikladi.
Shu bois o‘qituvchilarimiz ko‘zlarida bir necha yillik charchoq, toliqish ko‘rsangiz, ajablanmang. Afsuski, bu ularning sog‘ligi, umumiy kayfiyati, fe’l-atvori, qolaversa, kasbiga qiziqishiga ta’sir qilmay qolmaydi.
Maktablarda ota-onalarning muallimlar ustidan shikoyat qilib kelishi holatlari ko‘p uchraydi. “Siz bolamga tajanglik, qiziqqonlik bilan muomala qilibsiz, u sizga nima yomonlik qildi?” — degan gaplar ham bo‘ladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, yillab dam olish nimaligini, madaniy hordiq chiqarish, asablariga dam berish qanday bo‘lishini bilmagan o‘qituvchi nafaqat o‘quvchilariga, balki, butun borlig‘iga, hayotiga nisbatan ana shunday munosabatda bo‘lib qoladi.
Kuzatgan bo‘lsangiz, o‘qituvchini qaerda uchratmang, uning qaysi sohada mehnat qilishini bilib olish qiyin emas. Chunki u doimo nimanidir o‘ylab, qaysidir o‘quvchisining muammolari haqida qayg‘urib yuradi. Shunda o‘ylab qolasan kishi, nahotki butun dunyoda o‘qituvchilar ana shunday hayot kechirishsa, nahotki, ular ham dam olishga vaqt topa olishmasa...
Yo‘q, menimcha bu — xato fikr. Bunday fidoyi o‘qituvchilar ko‘proq bizda mavjud, deb o‘ylayman. Lekin, afsuski, o‘qituvchilarimizning bunday fidoyiliklari bizga zarar keltiradi. Darslarimizning sifati, o‘quvchilarning fanga, ilmga bo‘lgan qiziqishi susayishiga olib keladi. Bizga o‘z qadrini, shuning asnosida yurt kelajagi bo‘lmish yosh avlodning kuchli bilim olishini ta’minlaydigan, shu yo‘lda fidoyilik qiladigan muallimlar kerak.
Shohruxbek OLIM,
talaba
Manba': http://www.hurriyat.uz/ijtimoiy_siyosiy_hayot/oqituvchi_qanday_dam_olyapti.mgr
==============
Yaxshi maqola ekan.. Juda yoqdi menga ... Baxam ko'rishni lozim topdim.... Fikrlaringiz bo'lsa marxamat.....