PDA

View Full Version : Forum.Uz Kutubxonasi - Online !!! (adabiyot.arbuz.com) !!!


Asadbek
08-24-2006, 02:26 AM
08.01.2007 - Forum.Uz Kutubxonasi (http://adabiyot.arbuz.com) e'lon qilindi.


=======================


Hurmatli va aziz Forumdoshlar,

anchadan beri Forum.Uz qoshida adabiyot markazi ochib, unda Forumdoshlarimiz ijodidan ham namunalarni to'plashni niyat qilib kelardim.
Nihoyat shu ishga qo'l urdim, "Forum.Uz Kutubxonasi" deb nomlanuvchi yangi projekt Adabiyot.Arbuz.Com (http://adabiyot.arbuz.com) websahifasidan joy oladi, sahifaning poydevori ham tayyor bo'ldi hisob.

Quyida Kutubxonaning ko'rinishidan qirqib olingan rasmni ko'rishingiz mumkin:

http://img223.imageshack.us/img223/3964/screenantikekichiklv4.jpg

Kutubxona asosan o'zimning websahifamdagi Adabiyot sahifasi (http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/adabiyot.htm)da to'plangan she'rlardan iborat bo'ladi va O'zbek she'riyati (mumtoz, jadid davri, zamonaviy), Hikoyalar va Forumdoshlar ijodi kabi ruknlardan tashkil topadi.
Ma'lumotlar qanchalik ko'p bo'lsa, adabiyot shinavandalariga shunchalik yaxshi bo'ladi.


Sizlarga murojaatim esa quyidagicha:

- She'r yoki hikoya ijod qiladigan Forumdoshlar, ijodlaringiz namunasini yig'ib, menga jo'natsalaringiz.
Menda hozircha Shokirbek va Adiba ikkalasining ijod namunalari mavjud. Desperado (Gangster)ning she'rlarini ham yig'ib olaman.
Maftuna, Munisa, Dil, JaruleUZB, 6972, DIDO, Logoscience, AbdulAziz, Ulug'bek va boshqalar, sizlardan albatta ijobiy javoblarni kutib qolaman.

- Boshqalarning ham ijod namunalaridan to'plashda menga yordam berishingiz mumkin. :)

- Bir gap bilan aytganda, o'z Kutubxonamizni o'zimiz kengaytiraylik!


Hozircha shu...


Ehtirom ila

Asadbek

Masanori
08-24-2006, 03:16 AM
ofarin! ohirgi paytla juda ajoyib ishlarni boshlab yubordiz!

Asadbek
08-24-2006, 03:19 AM
ofarin! ohirgi paytla juda ajoyib ishlarni boshlab yubordiz!
Yaqin orada yurtga ketaman, shunga, niyat qilib yurgan asosiy projektlarni vaqt va undanam muhimi, imkoniyat borligida amalga oshirib ketay deyapman... :)


Kim bu savob ishda amaliy yordam bersa, juda yaxshi bo'lardi...

Asadbek
01-08-2007, 11:18 AM
O'tgan yilning avgust oyida boshlagan Proyektim qolib ketgandi. Yangi yil bayrami arafasida ozgina bo'sh vaqtdan foydalanib, Online-Kutubxonani bitkazish uchun harakat qildim. Va nihoyat, Forum.Uz Kutubxonasi (http://adabiyot.arbuz.com) tayyor bo'ldi hisob. Shu tufayli, ancha-muncha mehnat singgan bu Proyektni e'tiborlaringizga havola etishni ma'qul topdim.

Marhamat, Kutubxonamiz (http://adabiyot.arbuz.com)ni ziyorat qilib, tanqid yoki taklifga ega fikrlaringizni bildirishlaringiz mumkin!

Kutubxonani doimiy ravishda ma'lumotlar bilan boyitib borishga harakat qilamiz.
Har xil materiallar bilan yordam beruvchilar bo'lsa, marhamat, biz bajonudil hamkorlik qilamiz.

Kutubxonada hozirda quyidagi Forumdoshlar ijodlaridan namunalar ham o'rin olgan:

* Shokirbek
* Asadbek
* Adiba
* Dil
* Dido
* Munisa
* Maftuna
* Desperado
* Jarule-UZB
* Logoscience
* Realist
* Kitten
* 6972
* Ulug'bek
* Infolife


Xushkayfiyatlik tilab,

kamina :)

VatanparvaR
01-08-2007, 08:15 PM
qani? qani mani she'rlarim :D

zo'r chiqibdi, gap yok, ana savobu mana savob :)

erkak#1
01-08-2007, 08:28 PM
Bizani she'rla qani? Diskriminatsiya!!! :lool:

general
01-10-2007, 05:55 AM
Juda boplabsizlar. Faqat hikoyalar, qissalar va romanlarda hech narsa yo'q ekan. Yaxshi bo'lardi saralangan asarlardan qo'ysangiz.

Pythagor
01-10-2007, 05:59 AM
yaxshi ishni boshlanibdi. ishlaga omad.

Gareeb
01-10-2007, 06:51 AM
Boshlagan xayrli ishingizga Alloh baraka bersin.Juda ulug' ish qilibsiz.:)

NuR_BeK
01-10-2007, 07:19 AM
Har birimiz mana shunday tarixda qoladigan savob ishlar qilaversak, ertamizdan mazmun bor...

Ulug' ishlar davom etaversin...

Bek aka, Sizdek yaratuvchan, yangilikka intiluvchan insonlar oramizda ko'payaversinlar, har kuni o'zbek san'at xazinasi boyiyversin!

Mas'ud
01-10-2007, 11:43 AM
Bek aka, Savobli ishingiz uchun tashakkur! Kelajakda Kattadan katta muvaffaqiyat, ishlaringizda omad yor bo'lsin!
Sizdek jonkuyar insonlar borligi sabab qanchadan-qancha adabiyot ixlosmandlari mehnatingizdan bahramand bo'lish imkoniyatiga ega bo'libdiar...Olloh Sizdan rozi bo'lsin!

Asadbek
01-10-2007, 04:00 PM
Fikr-mulohazalar uchun barchaga rahmat!

Juda boplabsizlar. Faqat hikoyalar, qissalar va romanlarda hech narsa yo'q ekan. Yaxshi bo'lardi saralangan asarlardan qo'ysangiz.Xudo hohlasa, kelayotgan dam olish kunlari Kutubxonani bir qancha nasriy ijod namunalari bilan boyitamiz.

Asadbek
01-16-2007, 08:21 AM
Kutubxonaga ba'zi yangiliklar kiritildi.

Jumladan, Samarqandlik shoir va yozuvchi Nurullo Oston (http://adabiyot.arbuz.com/nurullo-oston/hikoyalar.html)ning hajviy hikoyalarini (86 ta) hamda she'rlarini kutubxonaning ushbu insonga ajratilgan bo'limidan olib, o'qishingiz mumkin.

Asadbek
01-16-2007, 10:15 AM
Kutubxonaga

Shokirbek (http://adabiyot.arbuz.com/forumdosh/shokirbek.html) akaning tarjima asari hamda "Sayyidi olam haqida satrlar..." she'riy hikoyasi qo'shildi.

Iceman
02-03-2007, 05:11 PM
E, Aka, yashang! sizga Hudodan sabr toqat tilab qolaman!


boru shunaqa linklardan qidirib hozir mana (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1291&Itemid=35) buni ham topib qoldim, biroz kitoblarni o'qisa bo'larkan internetda!

ishlaringizga rivoj!

The MINUSCULE MAN
02-15-2007, 03:32 PM
Assalomu alaykum, KATTA RAHMAT silarga, hammalaringga, Asadbek aka, sizga alohida tashakkur, she'rlarni o'qib mazza qildim. Yahshi ishga qo'l uripsiz. Baraka toping. Infolifening "Esimda" she'rini o'qib, uyni, ota-onamni, do'stlarimni eslab shirin hotiralarga botdim. Yana bir bor katta rahmat sizlarga.

Doctor
02-15-2007, 09:19 PM
рахмат, шу шеълардан ташкари асарлар куйилса хам зур буларди, баъзи бир китобларни узбекистонга бориб сотиб олишга имкон йук, электрон варианти буса маза килиб укирдик

EZOP
03-21-2007, 05:09 PM
O'tgan yilning avgust oyida boshlagan Proyektim qolib ketgandi. Yangi yil bayrami arafasida ozgina bo'sh vaqtdan foydalanib, Online-Kutubxonani bitkazish uchun harakat qildim. Va nihoyat, Forum.Uz Kutubxonasi (http://adabiyot.arbuz.com) tayyor bo'ldi hisob. Shu tufayli, ancha-muncha mehnat singgan bu Proyektni e'tiborlaringizga havola etishni ma'qul topdim.

Marhamat, Kutubxonamiz (http://adabiyot.arbuz.com)ni ziyorat qilib, tanqid yoki taklifga ega fikrlaringizni bildirishlaringiz mumkin!

Kutubxonani doimiy ravishda ma'lumotlar bilan boyitib borishga harakat qilamiz. Har xil materiallar bilan yordam beruvchilar bo'lsa, marhamat, biz bajonudil hamkorlik qilamiz.

Kutubxonada hozirda quyidagi Forumdoshlar ijodlaridan namunalar ham o'rin olgan:

* Shokirbek* Asadbek* Adiba* Dil* Dido* Munisa* Maftuna* Desperado* Jarule-UZB* Logoscience* Realist* Kitten* 6972* Ulug'bek* Infolife


Xushkayfiyatlik tilab,

kamina :)
foydali linkhttp://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1494&Itemid=29

Delf
03-26-2007, 12:50 PM
Asadbek, kutubhonani MediaWikiga joylashtirsa bo'ladi. Yangi asarlar hamda shoir va shoiralar haqida informatsiya qoshish ancha osonlashadi va barcha ishtirokchilar ushbu ishda qatnasha olishadi.

Hurmat ila,
Delf.

Delf
03-29-2007, 08:15 AM
http://forum.arbuz.com/wiki/Kutubhona


Delf.

Asadbek
04-19-2007, 04:31 AM
Asadbek, kutubhonani MediaWikiga joylashtirsa bo'ladi. Yangi asarlar hamda shoir va shoiralar haqida informatsiya qoshish ancha osonlashadi va barcha ishtirokchilar ushbu ishda qatnasha olishadi.

Hurmat ila,
Delf.

Delf,

taklif juda yaxshi. Buni hohlagan biror Forumdosh amalga oshirishi mumkin, adabiyot.arbuz.com sahifasidan bemalol ko'chirib o'tkazishlari mumkin. Mening o'zimda bu ishga hozirda vaqt yo'qroq...

hurmat ila
kamina

Asadbek
04-19-2007, 04:35 AM
Bildirgi:

hurmatli Forumdoshlar, Adabiyot.Arbuz.Com - Forum.Uz Kutubxonasi (http://adabiyot.arbuz.com/)da Xurshid Davron sahifasida qo'pol xato ketibdi. U yerdagi she'rlar Xurshid Daronga emas, balki Islom Hamroga tegishlidir... Men o'tgan hafta Xurshid akaning o'zlaridan xat olgandim. Bo'lmasa, dasturlashda ketgan bu xatoni o'zim ham sezmagan ekanman... :(

Ushbu kamchilik shu kunlarda bartaraf etiladi.

cabbarcezari
06-26-2008, 02:45 AM
teşekkürler çalışmanız için.