Masanori
08-28-2006, 10:37 AM
Iymonim bo`lsaydi...
Ihlos istadim, ham chin iymon,
Unutganda meni borliq, zamon,
Dunyo hayolimdan chiqqan on,
Allohim yod etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Kun o`rnin egallaganda zulmat,
To`lin oy nuri to`kkanda savlat,
Uyquni aylab tark, qilsam ibodat,
G`azovot etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Panoh tilab, to`kilsa edi ko`z yoshlarim,
Robbim ishqida ketsa edi bardoshlarim,
Ahli din, ko`paysa edi safdoshlarim,
Qalbim shod etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Qo`zg`aganda dard - nafsi shayton,
Ilmi tavhid, ilmi islom bo`lib qalqon,
Iblis la`in niyatin aylab armon,
Zulmni barbod etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Namozim, och-nahor ro`za-ramazonim,
Menga yo`ldosh arkoni din - qur`onim,
G`aflatdan saqlagan erta tong azonim,
Ohiratim obod etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Ihlos istadim, ham chin iymon,
Unutganda meni borliq, zamon,
Dunyo hayolimdan chiqqan on,
Allohim yod etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Kun o`rnin egallaganda zulmat,
To`lin oy nuri to`kkanda savlat,
Uyquni aylab tark, qilsam ibodat,
G`azovot etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Panoh tilab, to`kilsa edi ko`z yoshlarim,
Robbim ishqida ketsa edi bardoshlarim,
Ahli din, ko`paysa edi safdoshlarim,
Qalbim shod etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Qo`zg`aganda dard - nafsi shayton,
Ilmi tavhid, ilmi islom bo`lib qalqon,
Iblis la`in niyatin aylab armon,
Zulmni barbod etuvchi iymonim bo`lsaydi.
Namozim, och-nahor ro`za-ramazonim,
Menga yo`ldosh arkoni din - qur`onim,
G`aflatdan saqlagan erta tong azonim,
Ohiratim obod etuvchi iymonim bo`lsaydi.