PDA

View Full Version : Eng chiroyli sheva?


Pages : 1 [2]

SmIlIk
11-17-2007, 12:29 PM
Mashi joyiga "thanks" bervordim.
O'sib yurgan joyingizni shevasi chiroyli bo'ladide. :) Mani buvi-buvalarim, oppoq-buvim (bu "great great mother" dagani Toshkenchasiga) hammaligi Toshkent shevasida gapirishgan. Bizni uyimizda hech kim "chala-chulpa" o'zbekcha gapirmagan. Gapirsa yoki rus tilida, yoki o'zbek tilida to'liq gapirishgan. Otamni tomonlari Labzak tomondan bo'lgani uchun --izza, -izza qilib gapirishadi. "Sizzikiga kelamizza, keyingi sapar albatta yotib ketamizza" :lol: amma buvimlarning "nutqlaridan". Hech kim kuchanvolib: "O', lox, qatga ketvossan" balo-battar qilib gapirmaydi.... shevani ham shevasi bor. Toshkentliklarni hammasi ham quruq, yoki kuchanib gapiradiganlardan emas.

Toshkent shevasini yomonlaganingizdan, ko'z oldingizga "O'tkan kunlar" asaridagi Otabek va uning oilasi kelsin :) shundagina uning ham o'ziga yarasha shirasi borligini tushunib yetasiz.

Man Toshkent shevasini qayerda yomonlabman? :) Asl toshkent shevasini bilish uchun men sizni "Ot'gan Kunlar" emas, bizning uyga bir kunga mehmonga chaqiraman.

Sheva har doim o'zgarib kelgan. Bundan keyin ham o'zgaradi. Masalan bizni ho'jayin adamlarni gapirishlarini eshitib "Manimcha sizni dadeyiz Vodiylik bo'lganlar" deb bir necha marta aytganlar. Aksincha, adam g'irt Toshkent beklarini farzandlari. Shuning uchun ham Toshkent shevasi aslan qanday ekanligini biz juda yaxshi bilamiz. Bizda ham "kevottimi, ketvottimi" deb gapirilmaydi. "Keladiganmi" "ketadiganmi" deyishadi ;) Adamlar xech kimga "san" deb gapirmaydilar. Chaqaloqni ham sizlab gapiradilar.


Kuchanib gapiradigan deng :lol: Siz juda qattiq hafa bo'larkansiz. Toshkentlikman deb dod solasizku, ikkinchi Toshkentlik sizga tanishaylik deb PM yozsa, Qora daftarni bahona qilib qoldiz. Hafa bo'lgandan ko'ra pryamoy tanslyaciyaga chiqing.

Qizaloq
11-17-2007, 12:39 PM
Anjanlilarni tili shirin bo`ladi.
Samarqandliklarni shevasi huddi kitobda yozilgandek bo`ladi.
Horazmchaga tushinish qiyin.
Qo`qon ayniqsa Bog`dodni shevasi ham chiroylik sheva
qashqadaryo shevasi ham kitobiy tilga yaqin .

W.I.Z.A.R.D
11-17-2007, 12:50 PM
Navoiy viloyatining janubiy qismi hamda Samarqandning Pahtachi tumanida
qachon so`zining o`rniga hiy deyishadi.
Buni 2000 yil Pahtachi tumanida pahta yig`im terimida qatnashganimda anglagan edim. :)

Masalan ikki do`st suhbatlashayapti:

-Katta akam uylanayapti !
-hiy ?

uzbekcfa2
11-17-2007, 12:52 PM
hiy mush :lool:

eng zuri - achavotti shevasi!:D

Пушкарева
11-17-2007, 12:53 PM
Da net je Asadbek, nega hapa bolaman. Agarda shu informaciyani oq'zaki gapirib berganimda - hech muammo bomas edi, chunki gapirganda, tovush toq'ri chiq'adi. Yozishni (uzbecha/kirilcha) chatoq. Ushnaga shunaqa.

Maktabda uzbek tili darsida har doim X va H orasidagi farqqa hech bormasdim. Hot' ubey. MIng marta tushuntirishgan, lekin haligacha bilmiman, nima farqi bor pronounciation-ida va qanaqa qilib odamla usha specific-ni notice qilishadi va toqri yoki "kryuchok"li X yoki u siz yozishadi.

Hapa bomis, ruscha oqiganman. Harakat qivomman ispravitsya qilishga. :)


Menga lekin shu Nezabudka singlimizni shevasi ham yoqadi :)

Hech G' tovushini to'g'ri yozmaydi. Doimo Q deydi.

Endi qarang, bu lekin kulgili holatga olib borishi ham mumkin:
Deylik, Ruslan Chagayev bilan Valuev boks tushdi va Chagayev g'olib chiqdi. Bu o'yinni Nezabudka ko'rgan-u, ammo dugonasi ko'rolmagan. Dugonasi so'rayapti:
- Nezabudka, boxni ko'rdingmi, kim yutdi?
- Ha ko'rdim. Chagayev qolib [qolip] bo'ldi.
- Vuyyy, Valuyev Chagayevni qolip qip tashadimi?
- Yo'q, Chagayev yutdi divomman.


:D :) ;)

Nezabudka, hazilimga tag'in jahliz chiqmasin :)

Shokirbek
11-17-2007, 02:19 PM
Hamma shevaning ham o'ziga xos ijobiy yerlari bo'ladi...

Toshkentcha shevani birinchi eshitganimda "lar" qo'shimchasi o'rniga "lik" qo'shimchasini qo'shib ishlatishganini ko'rib hech tushuna olmagan edim.

"adamla o'zligi (o'zlari) etvottilayu..."
"ulani hammaligi (hammalari) mambo'tta, anaqade.. mmmmm.. topdim! sobraniye bo'votti, o'shanga kelishgan hammaligi.."

:) :)


Shevalarning jozibasi baribir boshqacha... Muomalada shevada gapirilgani ham tuzuk.. Adabiychani yozish-chizishlarda ishlatib..

Gareeb
11-17-2007, 02:39 PM
Shevahevalar qiziqda.Bitta tumanda bo'laturib bizdan 10 km uzoqdagi qo'shni qishloqning shevasi biznikidan sezilarli farq qiladi.
Masalan biz : Tog'ora,tog'o,opo ,o'zi,o'ynak ,cho'y deymiz.Qo'shni qishloqdagilar esa: Tag'ara,tag'a,uuzi ,aynak,chey deydi.

To'gam o'sha qishloqda yashaydi.Bir kun borib kennoyimdan tog'amni so'rasam : Tag'ang' boog'ina dolag'a ketuvdi, aabittan keyin qaytsa kerak ,deydi.:)

coolio
11-17-2007, 04:05 PM
Farg'ona shevasi deganda asosan Qo'qon -Marg'ilon shevasi nazarda tutilayotgan bo'lsa kerak.Nega desangiz Farg'ona shahriga borganimda uzbekcha gapiradiganlarni deyarli uchratmaganman, hammasi ruscha gapiradi.Shunchalik ham o'rislashgan shahar bo'ladimi degandim o'shanda.Harqalay Iskobil asos solgan shaharda.:)
Gareeb,
Unday bo'lsa, Farg'onaga hali beri bo'lmabsiz,bu dunyoga kelmabsiz. Haqiqiy Farg'ona shevasi, hech qanday qo'shimchasiz gapiriladi.Masalan, Marg'ilonlilar "lar" qo'shimchasi bilan gapirishadi. Qo'qonlik akalarimiz bo'lsa somsani judayam ko'p yeb yuborishgan shekili, o'zbek tilini ham chaynab yuborishadi.

Frida
11-17-2007, 08:29 PM
Kuchanib gapiradigan deng :lol: Siz juda qattiq hafa bo'larkansiz. Toshkentlikman deb dod solasizku, ikkinchi Toshkentlik sizga tanishaylik deb PM yozsa, Qora daftarni bahona qilib qoldiz. Hafa bo'lgandan ko'ra pryamoy tanslyaciyaga chiqing.

bir pastda vaysab tashisizde, Ismaylik xon. Yahoo messengerimni bilas-ku, nega online chiqmisiz? Kechasi soat 2-3da chiqing o'tirgan bo'laman. :lol:

Qora daftarni menga to'nkamang. Sizni "bek akangiz" KOTTA undov belgili mavzu ochib, hech kimga ishonmanglar, men ishongan odamlar ham josus ekan - dedilar (bu yog'i endi hammani fantaziyasiga bog'liq, mani fantaziyam rosa boy :D kichkinaligimda "letayushiy korablik"im bor edi :lool:, shundan kelib chiqavering). Bekingizdan o'pkalang. :D

Hazil, o'rto, chiqing bundo messengerga -- otamlashamiz. :P

SmIlIk
11-17-2007, 08:32 PM
bir pastda vaysab tashisizde, Ismaylik xon. Yahoo messengerimni bilas-ku, nega online chiqmisiz? Kechasi soat 2-3da chiqing o'tirgan bo'laman. :lol:

Qora daftarni menga to'nkamang. Sizni "bek akangiz" KOTTA undov belgili mavzu ochib, hech kimga ishonmanganlar, men ishongan odamlar ham josus ekan dedilar. Bekingizdan o'pkalang. :D

Hazil, o'rto, chiqing bundo messengerga -- otamlashamiz, disamde. :P

Ha, man vaysasam vaysabman. Kuragida gap turg'izadigan odamsizku, chidang endi ;) Insofiz yo'q ekan lekin! Yahoo'damanku hozi nimaga yo'qsiz?

Kechasi 2 gacha o'tirolmayman. Kechasi o'tirsam ertasi kuni Umar o'ziga o'zi qaraydi. Shunga hozir chiqing :)

Frida
11-17-2007, 09:10 PM
Ha, man vaysasam vaysabman. Kuragida gap turg'izadigan odamsizku, chidang endi ;) Insofiz yo'q ekan lekin! Yahoo'damanku hozi nimaga yo'qsiz?

Kechasi 2 gacha o'tirolmayman. Kechasi o'tirsam ertasi kuni Umar o'ziga o'zi qaraydi. Shunga hozir chiqing :)

Qani, endi kimda insof yo'q ekan? :lol: Yahooda gaplashib turib yozgan postlarini qarela. Mayli, yaxshi yotib turing. Nasib qisa, telefonda ham gaplashib qolarmiz! :)

SmIlIk
11-19-2007, 11:09 AM
Qani, endi kimda insof yo'q ekan? :lol: Yahooda gaplashib turib yozgan postlarini qarela. Mayli, yaxshi yotib turing. Nasib qisa, telefonda ham gaplashib qolarmiz! :)

Voy manbu Toshkentlikni qarela :lol: gaplashdikku, o'g'lim yig'lasayam siz bilan gap sotib o'tiraveraymi, semichkachi hotinlaga o'xshab? :D


Shokirbek aka, bir joyda adashdingiz. Toshkentda "Adamni o'zlari etvottila-ku", deyishadi :D Lekin, "O'zlari kelmadilarku, o'zligi kelishmadiku", shaklida qullanilishi mumkin.

dauphin
11-19-2007, 07:38 PM
Mana bu qiz qaysi shevada ashula aytsa o'sha sheva shiringa oxshayapti menga. :D

Mr`Honesty
11-19-2007, 07:44 PM
Zamanoviy Qizcha. Manimcha Yoqub Ahmedovni qizlari.

Say: Voti voti Toshkani shevasi forever devoti.