PDA

View Full Version : "Лукойл" пошел на дно Аральского моря


Prince
08-30-2006, 07:27 PM
http://img.lenta.ru/news/2006/08/30/oil1/picture.jpg


Консорциум инвесторов подписал соглашение о разделе продукции (СРП) по проведению геологоразведочных работ с последующей разработкой месторождений нефти и газа в узбекской части Аральского моря. Об этом сообщает Reuters.

Консорциум инвесторов в составе российского "Лукойла", китайской CNPC, малазийской Petronas и южнокорейской KNOC, в апреле 2007 года начнет сейсморазведку на западе Узбекистана. Соглашение подписано на 35 лет. При реализации продукции не менее 50 процентов выручки получит правительство Узбекистана, остальное разделят участники консорциума.

На первом этапе проекта будут проведены разведка и бурение на 100 миллионов долларов. Второй этап, предусматривающий бурение поисковых скважин, Узбекнефтегаз оценивал примерно в 200 миллионов долларов.

Осенью 2005 года "Узбекнефтегаз" и четверо иностранных партнеров заключили предварительное соглашение о совместной разведке и разработке месторождений Аральского моря. По предварительным оценкам, ресурсы района оцениваются более чем в триллион кубометров газа. Стороны намеревались заключить СРП еще весной 2006 года, однако тогда им так и не удалось прийти к единому мнению.

Узбекистан является одним из крупнейших производителей природного газа в Центральной Азии. В 2005 году страна добыла 59,7 миллиарда кубометров газа и 5,5 миллиона тонн и газового конденсата. На экспорт идет около 9 миллиардов кубометров газа.

Link (http://www.lenta.ru/news/2006/08/30/oil1/)

What you think do we have oil there?
Sizning fikringizcha Orol ostida Neft Bormi!? Uzbekistonga uning foydassi tegisshi mumkinmi?

Vector
08-30-2006, 07:45 PM
What you think do we have oil there?
Sizning fikringizcha Orol ostida Neft Bormi!? Uzbekistonga uning foydassi tegisshi mumkinmi?

Neft bosa yahshiydi, qurugan choldan kora neft chiqqani yahshi...

Prince
08-30-2006, 07:51 PM
Vectra oka ,
Neft bo`lsa osha regionlar xam ancha rivojlanarmidi dimande.... man bitta geolog bn gaplashgan edim 2003 yillarda , u kishi olim edi osha kishi manga etgan edi osha paytlarda "Orolda juda katta neft zahirasi bor" deb , man u kishini gaplariga axamiyat bermagan edim , hozir esa oylanib qoldim.......
P.S Lukoyl bekordan bekorga 100 million pulni otga tashamidi , boshqa companiyalar xam , "bir balosi bosa kerede" :)
Tagin kim bilsin disiz... ,

Amiri Turkiston
08-30-2006, 10:46 PM
zori mori Qoraqalpoq halqi ham ro'shnolik ko'rib qolsa shu ishlarni orqasidan

Delf
08-30-2006, 11:24 PM
O'zbekistonda paxta bor, oltin bor, gaz bor, Mendeleev tablitcasini deyarli hamma elementlari bor. Ushbu boiliklar O'zbekistonda topilgani bilan xalqqa nima tegyapti?


Agar Orolda neft topilsa ham, ushbu neftdan tushgan pul hukumat ustidagilarni cho'ntagiga tushadi va halqni qattiqroq nazorat qilishga ishlatiladi.

IMHO,

Delf.

Masanori
08-30-2006, 11:31 PM
agar qoraqalpoqdan neft chiqsa, "Qoraqalpoq ozodlik harakati" vujudga kelishi ham mumkin! :)

Amiri Turkiston
08-31-2006, 12:08 AM
hotyabi 100/200 odam ish bilan band buladi ....qora qozon qaynashiga yordam buladi

mayli hamma pul davlatga yoki ta'sischilarga ketsin ...nu hotyabi qora ishchilarni oyligin normalniy qilib qo'ysa bu ham yahshi

usha boyvichchalar katta pullarini kelib Qo'raqalpoqda ishlatishsa bu ham yahshi ...

qancha qancha odam bundan manfa'at ko'radi

Prince
08-31-2006, 12:13 AM
Neft chiqsa Amri_Turkiston dodam etganlariday ,
Oddiy xalqqa 1 somlik bolsa xam foydasi tegadi , sababi oddiy korxona ochiladi undan keyin ishchilar ishga olinadi , 1-2 ta Katta katta hojayinlar dacha , rancholar qurishi boshlashadi Orol boyida, usha erlarda xam 2-3 ta hizmatchilar ishlasa xam qora qozonni qaynatsa boladi!
2) Pul tepadigilarni chontagiga ketsa xam , qolimizdan xech nima kemidi (hozircha) shundan ekan , mayli shunday bulsa xam bosin , quru Orol yotgandan kora , 15 yildan beri yotibdi kimga nima foyda? undan kora Ishlatish kere!!!

Black
08-31-2006, 01:00 AM
Og'aynim Gas bilan aloqador respublika tashkilotida ishlaydi. Uning aytishicha, Orolda neft yo'q (bo'lsa ham juda oz, qazib olishga arzimaydi-albatta bu dastlabki hisob kitoblar holos), lekin GAZ katta miqdorda bor deyishayapti. Agar Prince keltirgan maqolani ham o'qib ko'rsangiz gap bu yerda gaz haqida ketayapti, neft haqida emas.
Lekin bu asosiy masala emas, neftmi gazmi, nima bo'lganda ham, hukumatning bu qilayotgan ishi hato. Hatoligi shundaki, SRPda (soglashenie o Razdele Produktsii edi adashmasam) O'zbekiston uchun zararli (juda bo'lmaganda foydasi yo'q) shartlar keltirilgan, ya'ni qazib olingan gaz Lukoilga suv tekinga sotib yuboriladi. Jahon bozorida gazni ming kubometri 200 dollar atrofida bo'lgan holda, Lukoil uni atigi 60 dollarda "sotib" oladi. Bu yerda faqat yuqorida o'tirgan ayrim shahslarni manfaatigina yotadi holos.
"Nima qipti, baribir Orol tagida bekordan bekorga yotibdiku shuncha gaz, hech bo'lmaganda 100-200 ta ishchiga foydasi bo'ladi" deb fikrlovchilar hato qiladi. Yotsa yotaversin, nima qipti yotsa, nima chirib ketadimi? Yoki yerga singib ketadimi? Million yildan beri yotibdiku hech nima bo'lmasdan. Davlat biror narsani oldiga maqsad qilib qo'ysa minimal natijani emas, maksimal natijani ko'zlab harakat qilishi kerak. "O'zbekitonga 1 so'm bo'lsa ham foydasi tegsa bo'lgani" deb yuritiladigan siyosat davlatni honavayron qiladi. Bunaqada hech qachon rivojlana olmaymiz. Hamma bizni talab, og'zimizdagi nonimizni olib ketadi.
Agar Uzbekneftgaz o'zi hozir qazib olishga imkoniyati yo'q bo'lsa (fikrimcha imkoniyati bor, chunki Uzbekneftigazni gaz va neft qazib olishda tajribasi katta, birinchi marta qilinayotgani yo'q bu ish), imkoniyat topilguncha kutish kerak. Nima O'zb.da gas qolmabdimi? Man umumangazni Evropaga sotishga qarshiman, faqat Rossiya kompaniyalarni boqib o'tiribdi Uzb-n (Lukoilm Gazprom). Uzb.dan 60 dollarga sotib olishadiyu, Evropaga bozot bahosida sotishadi (180-200). Orada qiladigan harajati unchalik katta emas. SSSR vaqtida qurilgan trubalar (ayrim yangilarini hisobga olmasa), buhgalteriya hisob kitobida o'z narhini o'tab bo'lgan, kompaniyaga hech qancha pulga tushmaydi (IMHO). Faqat qo'shni mamlakatlarga (Tojikiston, Qirg'iziston, Afg'oniston) sotish kerak. Chunki yon qo'shni, jon qo'shni. Ular bilan aloqani yahshilash kerak, ularga gaz kerak, bizlarga suv.
Qisqasi bo'mapti bu gaplar. O'zbekistonni Rossiyaga sotib bo'lishdi, MTC, Beline, Lukoil va hkz. bo'p ketdi hammayo'q. Ishqilib yana Rossiya imperiyasiga "o'z ihtiyorimiz" bilan "qo'shilmasak" bo'lgani. Hudo saqlasin.

Prince
08-31-2006, 01:41 AM
Black - umuman olganda fikrizzi tushundim , lekin masalani "NO" tamoni bor , man hozir orol Kartasini yuklashga xarakat qilaman , bir qarengchi OROL DENGIZINI katta qismi biz tarafdami yoki bolmasa QOZOQlar tarafdami? Agar qozoqlar tarafda emas Teng bolganida xam , Dengiz bu Dengiz kim birinchi Dengizdan Gaz/Neftni tortvosa Marra oshaniki , keyin ertaga 1-2 yildan otgandan keyin Qozoqlar huddi shu ishni boshlasa bizanikilar uje aralasha olmaydi!!!! Sababi oddiy Qozoqlar etadi: "Biz uzimizni hududdan qazivommiz , sizlar xam uzizzi hududizdan qazuringlar" deydi , Vaholanki Ozbeklar Quvur qurib qazigunicha qozolar uje qachib olib sotvorgan boladi!!!! Shunday emasmi!?:rolleyes:
Yotsa yotmidi , chirib xam ketmidi , ertaga Gaz/Neftni egasi chiqib qolishi mumkin , biza tarafdan bolmasa qozoqlar Tarafdan
Mana bu erda OROL dengizi KARTASI (http://www.geography.hunter.cuny.edu/~tbw/wc.notes/15.climates.veg/climate/aral.sea.map.jpg)
http://www.geography.hunter.cuny.edu/~tbw/wc.notes/15.climates.veg/climate/aral.sea.map.jpg

P.S Bugungi kundagi huddi shu voqeani KASPIY dengizida xam KORISHIMIZ MUMKIN!!!!
P.S Gazzi vaqtida kovlashi boshlamasa undanam quru qolamiz!!!

Amiri Turkiston
08-31-2006, 01:52 AM
Prince to'ppa to'g'ri gapni gapirdiz

shundan ham quruq qolishimiz mumkin...

otni egarlab ishni boshlash kerak ...

Shokirbek
08-31-2006, 02:11 AM
O'sha O'zbekistonning chegarasini tortayotgan paytda shundoqqina Kaspiygayam yetkizib qo'yishganda ancha yaxshi bo'lardi ekan.. eeehh.. :(

MUHLIS
08-31-2006, 02:21 AM
O'sha O'zbekistonning chegarasini tortayotgan paytda shundoqqina Kaspiygayam yetkizib qo'yishganda ancha yaxshi bo'lardi ekan.. eeehh.. :(
Shu narsa haqida men ham ko'p bora o'ylaganman.......Nega endi bizning chegaralarimiz Kaspiygacha yetib bormagan ekan........Ahir u yerlarning aksariyati Xiva honligiga qarashli yerlar bo'lganku.....Agar bizning Kaspiy qirg'og'ida chegaramiz bo'lganida, u yerda bir port bo'larmidi, bizga Bokuga borib kelish osonroq va arzonroq bo'larmidi........

Asadbek
08-31-2006, 02:39 AM
O'sha O'zbekistonning chegarasini tortayotgan paytda shundoqqina Kaspiygayam yetkizib qo'yishganda ancha yaxshi bo'lardi ekan.. eeehh.. :(
Eeee aka, nimasini aytasiz...
CCCP huduiga kirgan millatlar ichida O'zbek millati son bo'yicha Ruslar va Ukrainlardan so'ng 3-o'rinni egallab kelamiz. Ammo, juda ko'p narsani oldirib kelganmiz, bu hali ham davom etyapti shekilli...

Yerlarimizni ham undan olib bunga, bundan olib unga berib tashlashgan...
Qozoqlar ko'p yutishgan...

Tokugawa
08-31-2006, 03:32 AM
Дыма без огня не бывает. 3 года назад я (непосредственно) услышал мнение человека по имени Шафраник (бывший министр топлива и энергетики РФ) - очень сильный и известный профессионал нефтяной индустрии. Так вот, он говорил о существующем нефтяном зарождении под Устюртским Платом, которое уже исследуется не один десяток лет.

Если есть среди нас геологи может кто-нибудь даст более-менее профессиональную точку зрения.

Black
08-31-2006, 04:58 AM
Black - umuman olganda fikrizzi tushundim , lekin masalani "NO" tamoni bor , man hozir orol Kartasini yuklashga xarakat qilaman , bir qarengchi OROL DENGIZINI katta qismi biz tarafdami yoki bolmasa QOZOQlar tarafdami? Agar qozoqlar tarafda emas Teng bolganida xam , Dengiz bu Dengiz kim birinchi Dengizdan Gaz/Neftni tortvosa Marra oshaniki , keyin ertaga 1-2 yildan otgandan keyin Qozoqlar huddi shu ishni boshlasa bizanikilar uje aralasha olmaydi!!!! Sababi oddiy Qozoqlar etadi: "Biz uzimizni hududdan qazivommiz , sizlar xam uzizzi hududizdan qazuringlar" deydi , Vaholanki Ozbeklar Quvur qurib qazigunicha qozolar uje qachib olib sotvorgan boladi!!!! Shunday emasmi!?:rolleyes:
Yotsa yotmidi , chirib xam ketmidi , ertaga Gaz/Neftni egasi chiqib qolishi mumkin , biza tarafdan bolmasa qozoqlar Tarafdan
Mana bu erda OROL dengizi

P.S Bugungi kundagi huddi shu voqeani KASPIY dengizida xam KORISHIMIZ MUMKIN!!!!
P.S Gazzi vaqtida kovlashi boshlamasa undanam quru qolamiz!!!

Gaplaringiz umuman olganda to'g'ri, lekin bitta "NO" si borda. O'zim geologiyani uncha yahshi bilmaymanu, lekin kuzatganlarim orqali aytishim mumkunki neft/gaz bu suv emas, uni dengizga o'hshab hohlagan joydan tortib olib bo'lmaydi. Esingizda bo'ldi 90 yillarni boshida Mingbuloq degan joydan neft chiqqandi, yuqori bosimli, keyin qilinganhato harakatlar natijasida bosim orqaga qaytib ketgandi. Agar siz aytgandek bo'lganda edi, sal nariroqda, 100 metrmi, 2 km mi nariroqdan yana qaytadan kavlab shu neftni chiqarib olsa bo'lardi. Lekin neft va gaz unday prinsip asosida qazib olinmaydi. Shu jumladan Orol tagida yotgan neft/gas ham. Meni o'ylashimcha, O'zbekiston hududida qazib olinishi mumkin bo'lgan gazni Qozog'iston hududidan tortib olishni iloji yo'q. Balki bo'lishi ham mumkindir, lekin ehtimoli kamroq. Agar haqiqatdan ham shunaqa bo'lsa, biz birinchi bo'lamizmi yoki ohirgimi, Qozoqlar chegarani narigi tarafidan kelib neft/gazni tortib olib ketaverishadi. Neft/gazni qayerda joylashganligini biz topamiz, ular esa tayyor razvedka bo'yicha tortib olishaveradi. Lekin mening fikrimcha unaqa emas.
Kaspiy masalasiga kelsak, hozirda Kaspiy atrofida bo'layotgan gaplar mening gapimni tasdiqlaydi. Agar haqiqatdan ham neft/gazni hohlagan joydan qazib olishni ilojisi bo'lganda edi, hozirgiday chegaralarni talashmasdan har kim o'ziga yaqin bo'lga dengiz qismidan kavlashni boshlab, neft/gazni tortvolishardi. Hozir Kaspiy bo'yi davlatlarining asosiy muammosi, shu davlatlar o'rtasida Kaspiyni qanday bo'lish kerakligi aniqlashdir. Har bir davlat iloji boricha o'ziga ko'proq joy tegishiga (va o'z navbatida neft/gaz chiqish ehtimolligini oshirishga) harakat qilmoqda.
Albatta men geolog emasman, balki fikrlarim unchalik to'g'ri emasdir. Lekin Qozoqlar tarafdan Orol bo'yida qazish/razvedka ishlari olib borilayotgani haqida hech qanday habarlarni yo'qligi ham yuqorida aytgan gaplarimga asos bo'la olsa kerak. Agar "kim birinchi kelsa o'sha oladi" prinsipi to'g'ri bo'lsa esa, qozoqlarning paytavasiga ham qurt tushib qolardi allaqachon.
Oraginizda geologiyadan ma'lumoti bo'lsa fikrlaringizni kutib qolamiz.

Akademik
09-02-2006, 10:50 PM
Bu mavzu juda qizib ketibdi ku!!
Albatta sizlarning fikrlaringiz juda qiziqarlik. Black ning fikrida jon bor. Neft bu suv emas. Biroq u ham harakatta turadi. Boshqa joyga siljishi ham kutiladi. Lekin umuman olganda qazib olish yahshi biroq bizga foydasi qancha. O'zi orol atrofidagi vaziyatlar juda yomon. Qurub ketyapti saqlashni yolini biror kim o'ylayaptimi bilmayman. Agar gaz/neft qidirish ishlari orol oldi hududlarini saqlashga yordam bersa juda yahshi o'zgarish bo'lardi.

Kaspiyga yaqin bolishni juda afzallik tomonlari bor edida. Agar Kozoqlardan er sotib olib chegarani kengaytirsa bo'larmikin?

Prince
09-02-2006, 11:59 PM
Chegarani kengaytirish imkoni bor , ammo Nursulton konmaydida!!!! :)

UzLand
09-03-2006, 07:50 AM
Neft bosa yahshiydi, qurugan choldan kora neft chiqqani yahshi...

Нимаси яхши? Барибир сиз фойдасини курмайсиз. Уздэуавто куришаетганда роса мактанишган, машиналар бизда арзон булади, халк учун деб. Натижада нима булди? Машиналарни чикармаетган кушни Киргизистонда уша Нексия чикараетган Узбекистондан арзон туради. Кимга кераги бор бунака заводни? Булмагани яхши эди. Хамма узига еккан машинани олиб келарди. Танлаш имконияти буларди. Хозир худди мактаб укувчиларидай - хамма бир хил "формада". Одамларнинг иш билан таъминлангани балки шу лойиханинг ягона фойдасидир оддий одамларга.

Vector
09-03-2006, 06:45 PM
Нимаси яхши? Барибир сиз фойдасини курмайсиз. Уздэуавто куришаетганда роса мактанишган, машиналар бизда арзон булади, халк учун деб. Натижада нима булди? Машиналарни чикармаетган кушни Киргизистонда уша Нексия чикараетган Узбекистондан арзон туради. Кимга кераги бор бунака заводни? Булмагани яхши эди. Хамма узига еккан машинани олиб келарди. Танлаш имконияти буларди. Хозир худди мактаб укувчиларидай - хамма бир хил "формада". Одамларнинг иш билан таъминлангани балки шу лойиханинг ягона фойдасидир оддий одамларга.

shu oddiy odamlaga foydasi borligini uzi 'kamida' yahshimasmi? Bu Daewoo'ni ketidan bilasmi nechta odam tirichiligini koradi? togri chetdan moshina opkesoyam yahshi bolardi, lekin hammasini advantage disad-lari bor...

endi agar neft chiqsa, umuman hech narsa bomagandan, quru cho'l bogandan kora neft qazib usha joylani ozlashtirsa yahshimasmi, oddiy odamla ishga kiradi, ishlashadi, uni ketidan boshqa infrastructure development boladi.
Oziz oylab korinde, bitta kotta project qurilsa, albatta uni ketidan boshqa dependent infrastructure, development boladi, uni ketidan uje kop odamla tirichiligini koradi. Usha area'ni economy'si develop bolishi boladi. Yodan kora bor bogani yahshi, maylin usha soqqani asosiysi 'kottalani' chomchegiga tushsa ham.
Anu gap borku, volkov boyatsya v les drova rubit' nehodit'...