View Full Version : Sizga qaysi biri tushunarliroq?
MUHLIS
09-05-2006, 03:18 AM
Mana sizga tish yuvish pastasi qutisidagi yozuvlarning Ozarbayjoncha va Qazaqchasini keltiryapman. O'qing va bizga ayting qaysi biri sizningcha tushunarliroq va ularning orasida o'xshashlik jihatlari qaysilar?
Az:
Blend a med Completebutun ag’iz boshlug’unun qorunmasina xidmet edir:
Dis’lerinizin sag’lam olmadig’ini go’steren 7 elamet movcuddur: karies, dish das’I, bacteria neticesinde erp bag’lama, dis eti xesteliyi, tund lekeler, dish etinin chekilmesine sebeb karies, pis qoxu. Blend a med Complete ike dishlerin temizlenmesi ag’iz boshlug’unun veziyyetini artiq 7 gunden sonar yaxshilashdirmag’a bashlayachaqdir.
Bizim orqanizmimiz geche erzinde berpa olur. Blend a med Complete unikal terkib ve vitaminlerle zengin aktiv birlesmedir. Yatmazdan evvel Blend a med Completeile dishlerin temizlenmesi dishlerin minerallarla zenginleshmesine, dishlerin ve dish etlerinin geche boyuncha qorunmasini temin edecekdir.
Dishlerinizi dish hekiminizin meslehetine uygun temizleûn. 7 yasi tamam olmayan ushaqlara: bo’yuklerin nezereti altinda noxud o’lchusunde dish mechuni istifade edin.
Kaz:
Blend a med Complete tun bukil auzûng’ûzdûn saulig’yn jaqsartug’a kemektesedi:
Sizdûng’ tising’izding’ auûratûnûn kersetåtin 7 belgi: tis jepisi, bakterialdûq daq, qûzûl iekterding’ aurularû, tis tasû, qara daq, jalang’ashtang’an tis tubirlerining’ jepisi, eski tûnûstau boluû mumkin. Tisti Blend a med Complete pastasûmen tazartqanda Sizding’ auzûng’ûz 7 kunnen keyin-aq sauûg’a bastaydû.
Bizding’ organizmimiz tun ishinde qalpûna keledi. Blend a med Complete pastasûnûng’ quramûnda belsendi ingredientter men vitaminderding’ biregey qosûndûsû bar. Tisti uyûqtau aldûnda Blend a med Complete pastasûmen tazartu tisting’ mineraldarmen qanûg’uûna jene tis pen qûzûl iekter saulûg’ûnûng’ tun ishinde saqtaluûna kemektesedi.
Tising’izdi o’z stomatologûng’ûzdûng’ usûnûmdarûna seykes tazartûng’ûz. 7 jastan kishi balalar tisin burshaqtûn kelemindey pastamen, ulkenderdin baqûlayûmen, tazalauû kerek.
Uzb:
Blend a med Complete tish pastasi butun og’iz bo’shlig’i sog’lomligini yaxshilashga yordam beradi:
Tishlar nosog’lomligining quûdagi 7 belgisi mavjud: tish kariesi, tosh toshi, tish karashi, milk muammolari, tosh dog’lari, ochiq tish ildizlari kariesi, noxush nafas. Blend a med Complete pastasi bilan tishlarni tozalash natijasida oradan 7 kun o’tgach og’iz bo’shlig’ingiz sog’lomligi yaxshilana boshlaydi.
Bizning tanamiz tun davomida tiklanadi. Faol ingredientlar va vitaminlar noyob birikmasiga ega bo’lgan Blend a med Complete tish pastasi tishingiz va milklaringizni tun davomida oziqlanishida va tiklanishida yordam beradi.
Tishlaringizni stomatolog tavsiyalariga amal qilgan holda tozalang. 7 yoshgacha bo’lgan bolalar tishlarini ota-onamar nazoratida va no’xat kattaligidagi pasta bilan yuvishlari lozim.
elDoraDo
09-05-2006, 03:21 AM
Albatta azerbaycanchasi
Asadbek
09-05-2006, 04:32 AM
Ozarbayjonchasi :)
MUHLIS, siz ham o'z ishining puxtasini biladigan odamsiz-da,
Ozarbayjoncha tushunishga oson deb ;) :)
MUHLIS
09-05-2006, 05:24 AM
Ozarbayjonchasi :)
MUHLIS, siz ham o'z ishining puxtasini biladigan odamsiz-da,
Ozarbayjoncha tushunishga oson deb ;) :)
Men turkiy tillarni kengroq bilishimiz va tanishiniz uchun xarakat qilyapman. Gapning ochig'i, menimcha ikkalasining ham o'xshash joylari ko'p. Qazaqchada haddan ziyod "û" ishlatilgani uchun so'zlarni tanish birinchi ko'zga qiyin, ammo aksariyati begona so'zlar emas. :)
agar bu tillar alifbe masalasida o'zaro uyg'un harakterlarni tanlashsa, hozirgi tushunish muammosining deyarli 50 foizi hal qilinardi...
chunki men qozog'istondagi jadid davri she'r va rasmiy yozuvlarini ozgina titgandim... shok bo'ldim... rasmiy til chag'atoy ya'ni eski o'zbek tili edi... bu tilni hozirgi qozoq ziyolisi ham o'zbek bola ham tushunadi..
nimaga qozoq ziiyolisi ?
chunki ruslar bu yerda mahalliy shevani mustaqil til statusiga chiqarish uchun kam ter to'kishmagan...
hozirgi avlod ko'zini ochgandan buyon mahalliy shevani mustaqil til deb bilganidan o'zbekcha va qirg'iuzchani chet tili deb tushunadi...
o'zbekistonda ham xuddi shu ahvol...
qaysi sheva chiroyli mavzusini o'qib o'tirganimda ba'zi shevalardagi ko'pgina so'zlarni bir o'zbekdan ziyoda qozoq / qirg'iz/ turkmanlarning yaxshiroq tushunishiga guvoh bo'ldim...
eh attang bularni aytsang darrov panturkist deb ayblashadi... bilmadim bu narsalarni ko'rib hayratlanmaslik uchun manqurt yoki ko'r va kar bo'lish kerag-ov...
Unique
09-05-2006, 07:22 AM
Azeri si tushunarli...turk tiliga o'xshirkan
Kechagina bitta ozarbaijonli filmi ko'rdim - 70% tarjimasiz tushundim :cool:.
Menimcha - azerbaijan dili - o'zbek va turkcha aralshgan tillarga o'hshiydi.
Masalan - turklar Yo'q so'z o'rniga Heyir deyishadi, ozarbaijonliklar - Yox deyishadi.
Lekin ular o'zbek tilini eshitsa - shunaqa aniq tushunmiydi :?.
Shokirbek
09-05-2006, 09:20 AM
agar bu tillar alifbe masalasida o'zaro uyg'un harakterlarni tanlashsa, hozirgi tushunish muammosining deyarli 50 foizi hal qilinardi...
chunki men qozog'istondagi jadid davri she'r va rasmiy yozuvlarini ozgina titgandim... shok bo'ldim... rasmiy til chag'atoy ya'ni eski o'zbek tili edi... bu tilni hozirgi qozoq ziyolisi ham o'zbek bola ham tushunadi..
nimaga qozoq ziiyolisi ?
chunki ruslar bu yerda mahalliy shevani mustaqil til statusiga chiqarish uchun kam ter to'kishmagan...
hozirgi avlod ko'zini ochgandan buyon mahalliy shevani mustaqil til deb bilganidan o'zbekcha va qirg'iuzchani chet tili deb tushunadi...
o'zbekistonda ham xuddi shu ahvol...
qaysi sheva chiroyli mavzusini o'qib o'tirganimda ba'zi shevalardagi ko'pgina so'zlarni bir o'zbekdan ziyoda qozoq / qirg'iz/ turkmanlarning yaxshiroq tushunishiga guvoh bo'ldim...
eh attang bularni aytsang darrov panturkist deb ayblashadi... bilmadim bu narsalarni ko'rib hayratlanmaslik uchun manqurt yoki ko'r va kar bo'lish kerag-ov...
To'g'ri gap.
Uyimizda turk inqilobidan ilgari Usmonlilar xalifaligi davrida chiqqan tarixiy entsiklopediya bor edi (arab harfida). Turk tilida yozilganiga qaramay bemalol o'qib tushunsa bo'laveradi..
Yana bir gap.. Bundan 10 yilcha muqaddam Marvlik bir turkman bola bilan tanishdim. So'fi Ollohyor kitobi (sabotul ojizin)dan ancha-muncha baytlar yod bilar ekan. Unga men: "O'sha kishi bizning tomonda o'tgan, bu kitob o'zbekcha" deganimda besh-olti baytni turkman talaffuzida aytib: "biz shunday yod olganmiz, asli o'zbekchaligini bilmas ekanman" degan edi.. Bularning hammasi - o'sha harf birligining yaxshi xususiyatlaridan..
studentligimda bir yoz tatilga uyga kelgandim...
Qo'shnimiz bolsheviklar zamonida Ufa shahridan quloq qilib surilgan savdogarlar oilasidan bo'lgan tatar bir momo bo'lardi...
O'sha paytlarda odamlarning uyida ko'z qorachig'iday saqlab qo'ygan eski yozuvdagi har turli kitoblarni to'plan yurardim... bir kuni haligi momo (biz u nga ba'zan aniy ham derdik) "Menda eski qozon bosma kitoblar bor" deb qoldilar... uylariga chiqib 10-15 tacha puxtalab o'rab tashlangan tugunchalardan kitoblarni chiqarib varaqlay boshladim...
Muqovasida 1903-Istanbul deb yozilgandi...
- Iye bu turkcha ku - dedim.. momo bo'lsa:
- Yooo'q, bu g'irt tatarcha, otamdan qolgan- deydi..
ozgina o'qib berdim... tabiy ki men Usmonli lahjasida o'qidim... Momo menga qarab turib:
- o'g'lim noto'g'ri o'qiyapsan, unaqamas, mana bunaqip o'qiydi- deb tatarcha maromda sharillatip o'qib ketdilar...
Ham ajablandim ham kulgim qistadi... keyin momoga yuring yonimizdagi machitga chiqaylik deb masjidga olib chiqdim da kitobni o'rtasidan duch kelgan sahifasini ochib, imomoga uzatdim...
imom ota ham yoshlari borib qolgan kishi edilar... buni qarangki u kishi ham sharillatib o'zbekcha maromga tortib ketdilar..
momo:
- ayy, sin de uqumasini bilmiysin - deb hafa bo'lib qoldilar...
imom ota:
- Momow, ha o'zi shunday deb yozip qo'yiptig'u- deb ensasi tirishdi...
kulaverib ichagim uzilay degandi... :)
o'shanda Arab alifbosining biz turklarni bir arqonda ushlab turuvchi qudratga ega ekanligiga amin bo'lgandim...
alifbe reformalari faqat bizni bo'ldi, parchaladi, birbirimizni tushunmaydigan qilib tashlab, hatto bugun birimizni birimizga ajnabiy qilib ko'rsatib qo'ydi...
Madalio'g'li
09-06-2006, 04:23 AM
Ha, misol Jadidlarning piri İsmail Gaspiralining Arab alifbosidagi gazeti Qozondan Misrga, Pamirdan Saroyovoga, Istanbuldan Buxoroga o'qinib anglashilur ekan...
Han birodarga qo'shilaman, alifbo katta mas'ala.Turkiylarning alifbolarida ham kamchiliklar oz emas. Turkiya lotin yozuvida ng,x,q vh. ; O'zbek lotin yozuvida ü,ı vh. nuqson. Ba'zilari Turkiy tovushlar bo'lmasa ham ming yildan ortiq tilimizda bo'lgan tovushlar... :rolleyes:
Menga esa ayniqsa unlilari bilan Uyg'ur alifbosi (http://www.uighurlanguage.com/logs/2005/01/alphabet_chart.php)yoqadi.Bir necha o'zgartish bilan yaxshiroq bo'la oladi... Bilhasso unlilarga qarang, hammasi asaldan shirin :)
Shokirbek
09-06-2006, 05:14 AM
Menga esa ayniqsa unlilari bilan Uyg'ur alifbosi (http://www.uighurlanguage.com/logs/2005/01/alphabet_chart.php)yoqadi.Bir necha o'zgartish bilan yaxshiroq bo'la oladi... Bilhasso unlilarga qarang, hammasi asaldan shirin :)
Menga esa uyg'ur alifbosi yoqmaydi, afsus.. Chunki unda so'zlarning asl (arab yoki fors tilidagi) o'zaklariga hujum qilinib "uyg'urlashtirilgan", holbuki Han va boshqalar ta'kidlagan "harflar birligi" inqilobdan ilgarigi uslubdagi holda bo'lsagina o'z samarasini beradi.. Chunki barcha turkiy millat talaffuzlari har xil bo'lsa-da, bir xil yozadigan bo'ladilar. Masalan, uyg'urchada "olim" so'zini عالم shaklida yozmay, balki ئالم (taxminimcha, balki undan-da buzib) yozganlar. Lekin asl shaklida yozsalar hamma o'z lahjasida talaffuz qilaveradi, harf birligi yuzaga keladi..
Harf birligi yuzaga kelsa juda katta ish bo'lardi, chunki boshqa birliklar ham shuning ketidan kelaveradi menimcha, shuning uchun ushbu jihatga qattiq hujum bo'lgan bo'lsa kerak.
Madalio'g'li
09-07-2006, 01:10 AM

Tushunarli va men albat qo'shilaman, menimcha ham Uyg'urlarning arab yoki fors tillaridan kelgan so'zlarni uyg'unlashtirishi to'g'ri emas.Mana buni bilmayotir edim, rahmat sizga.Lekin Turkiy tillarga oid so'zlarda unlilar mas'alasi harf birligi tog'risida eng katta mas'ala. Menga yoqadigan tomoni mana bu edi, Uyg'urlar qo'shimcha belgilar bilan Turkiy tillarga hos unlilarni ko'rsatadigan... Bu esa ham harf birligini ham imloda birligi zarur qiladi.Qiyin, darhaqiqat kiyin... O'zbeklar o'lim, Turkiyaliklar ölüm(o'lum) deyapdi.Qay o'qinadi, qay yoziladi yoki kim o'qib, kim yozibdi?
Ha, eng maquli alifboning asli kabi ko'rinadi...(Usmonlilar ham arabiy harflar bilan o'lim yozadi...talaffuzlar esa doim xilma xil.) To'g'risiz bek aka, bu ham eng katta birlikka hizmat qiladi.
Ko'ngil birligi tamom kabi :) avval harf birligi, oxir imlo birligi 21-asrning imkonlari ila mumkin...
sayram
09-12-2006, 05:40 AM
Ko'ngil birligi tamom kabi :) avval harf birligi, oxir imlo birligi 21-asrning imkonlari ila mumkin...[/quote]
yoxshi tasavvur . agarda budun Turkiy tillarni tuluq tshunadigan tilshunos-olimlor ko'plap bo'lsa edi, u chog'da hammaga o'rtoq bolgan harflarni topip chiqip, Turkiy o'rtoq alphabit va Adabiy yoziqlarni maydonga keltarishka mumkin bular idi.
men Turkmancha , Uzbekcha (amaliyatta tildiki farq emas ,harftiki farq ko'plagan Uyghur va Uzbeklarni qoymuqturup bir-birini tshunishni taska chushuradu.)va Turkiyacha yozilganlarni asosan tshandim. amaliyatta har qoysi qovmlar o'xshash so'zlarni o'xshash bo'lmagan harflar bilan ipoda qilgani uchin bu yarda odamni oziqturadigan ko'p farqlarni keltarip chiqirishkan .
UzLand
09-17-2006, 10:07 AM
"Sizga qaysi biri tushunarliroq?" äåãàí ñàâîëãà áîøèäà áåðèëãàí ó÷òàñèäàí óçáåê òèëè òóøóíàðëèðîê, äåá æàâîá áåðàìàí:))))))
Óìóìàí îëãàíäà, êîçîêëàð áèëàí îçàðáàéæîíëèêëàð àëôàâèòëàðèíè áèð îç óçãàðòèðèøëàðè ëîçèì. ×óíêè óëàðäà ãàëàòè-ãàëàòè åçèëãàí, ìåí õàòòîêè êëàâèàòóðàìäà òîïà îëìàéäèãàí õàðôëàðè áîð. Øóíèíã ó÷óí õàì áèç áèëãàí ñóçëàð øàêëè óçãàðèá, áèç áèëìàéäèãàí ñóçëàðãà àéëàíèá êîëãàí.
Gobustan
09-30-2006, 07:34 PM
Men uchun esa (o'zim Azerbaijonlikman) O'zbekcha tushunarliq..Qozoqcha bir oz qiyin..
Gobustan
09-30-2006, 07:40 PM
Masalan - turklar Yo'q so'z o'rniga Heyir deyishadi, ozarbaijonliklar - Yox deyishadi.
Turklarda ham "yok" so'zi bor..lekin oz ishlatiladi...Azerbaijon tilida ham "yox" so'zi, ayni vaqtda "XEYR" so'zi ishlatiladi..
Lekin ular o'zbek tilini eshitsa - shunaqa aniq tushunmiydi :?.
Biz O'zbek tilini ham tushinamiz..lekin farqli shevalarda..masalan, Xorazm shevasida tushinish juda oson bo'ladi..Lekin Toshkent shevasi qiyinroq..
Lekin O'zbek tilini yozida ko'rganimizda yaxshi tushunamiz...Bir problem borki, u da O'zbek alifbosining farqli bo'lmasidir...Bizdaki "a" harfi bilan yozilgan so'zlar sizda "o" bilan yoziladi, lekin bizdaki kabi [a] sasi ila o'qiladi...
Azerbaijan tili Oguz tili...Shunaga tushunish oson..Oguz tillarni tushunish oson, chunki u tillarda qiyin aytilan saslar bolmas..
Gobustan
09-30-2006, 07:41 PM
Agar O'zbeklar gapirishganda sekin-sekin gapirsa, tushinamiz :)
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.