View Full Version : Yoshligimdagi hikoya va voqealar
Malika
09-08-2006, 01:17 PM
Assalomu Aleykum WB aziz forumdoshlar!
Yoshligimdagi qo'shiq va ashulalar, she'rlar degan thread ochildi, bu thread uni davomi bo'la qolsin
Menimcha eng shirin davr hisoblangan yoshlik davrida hammamizda ham qiziqarli voqealar bo'lgan, shularni bayon etasizlar, marhamat!
kulgili, ayanchli, qanaqa bo'lishini uncha farqi yug'u, lekin faqat yaxshisini eslab yozishga nima yetsin?
Agar ayanchlilari bo'lgan bo'lsa unuting:D
Demak o'zimdan boshlayman:
5 yoshligimdagi ko'cha bolalari bilan burunga loviya tiqish o'yinini o'ynaganmiz, maniki kirgan-u, hech chiqmagan:D
Hmma qizlarni qatorasiga terib quyib, boshini yuvganman, faqat suv bilan, ertasiga hammasini onasi boshimga kelishgan, qizimni sochini nima qilding deb...........:D
hozircha shu
yana qiziqlarini eslaychi...
Amiri Turkiston
09-08-2006, 11:20 PM
man yoshligimda magazindan pecheni o'g'rilar edim
uyimizda pecheni tiqilib yotgan bulsa ham bollar bilan o'g'rilashga nima etsin der edim usha paytlarr :-)
bechora qoravul hech etolmas edida :-)
har doim quvlar edi ...lekin biza lip lip etib qochardik :-)
hudoni o'zi kechirsin
Shokirbek
09-09-2006, 02:31 AM
Menimcha anchagina ilgari ochilgan Olisga sayohat (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=20278) mavzusi xuddi shu mavzuga o'xshab ketadi, ma'qul ko'rsalaring uni ham bu yerga ko'chirib, ikkovini qo'shib yuborish kerak (keyin mening postimni olib tashlasanglar ham bo'ladi).
Meni sochlarim juda jingalak bo'lganligi uchun bolaligimda taroq ushlash qayerda deysiz, shunaqa jingalaklashib ketardiki, oxirida qo'limni solishga joy qolmasdi, keyin opamlar meni yig'latib sochlarimni tarardilar. Keyin voy boshingga qushlar ina quribdiyu, voy bolayam ochibdi desa men rosa qo'rqib,xavotirga tushib, oynaga qarab yugurardim.
Shunaqa,endi bir pas oynaga qaramasam hech bo'may ketadi.
Amiri Turkiston
09-10-2006, 12:40 PM
yoshligimda mahallada ketka o'ynashno yahshi ko'rar edim
bir kun, yarim mahallani ketkasini yutib oluvdim
ertasi kuni man bilan hech kim o'ynamay qo'ydi ..ha nima buldi desam ..san g'irromchisan ..san o'zing uyda rosa trenirovka qilib chiqib, sikretlarini bilib olgansan...endi busa hammamizani aldab yutvolgansan deb toza miyyamni qoqishgan edi
lobar
09-10-2006, 01:14 PM

Turboni ketkasiga ochko balanroqmidi aa :lol:
barakalla
09-10-2006, 01:23 PM
Mahallada bolalar bilan o'ynab yuribmiz. Yoshimiz 5-6lar atrofida. Bir payt ukam Afzalni (Olloh rahmat qilsin) ari chaqib oldi. Yig'lashga tushdi. Man, vohimaga tushib uyga chopdim, kattalarni olib kelaman deb. Hovlimizga kira solib "chaqib oldi" so'z esimdan chiqib - "Afzalni ari SUZVOLDI!!!!" deb baqirishga tushganman...
Malika
09-11-2006, 05:50 AM
juda kichkinaligimda juda yig'loqi qiz bo'lganman:D
keyin har safar yig'laganimda yostiqni quchoqlab yig'laganman, shunga laqabimni "ikki metr yostiq qo'yishgan".
Yana, ikkinchi sinf o'qiganimda, akalarim rosa azob berishardi, hazillashib, manga og'ir botardi, tushunmasdimda hali, o'shanda bir marta rosa azob berishgandan keyin, juda xo'rligim kelganda, ushandayam xat yozishga usta ekanman shekilli, "O'lim xati" yozganman, o'zimmi o'ldiraman deb:D , u xatni akalarim dadamga, onamga ko'rsatishib rosa ustimdan kulishdi, hali-hali ba'zan "o'lim xati" deb gap otishadi, xijolat bo'lib ketaman shunda, uyalganimdan uyga kirib ketsam, orqamdan "ikki metr yostiqqami" deb yana kulishadi:D
Gareeb
09-11-2006, 07:22 AM
Yoshligimda oyog'imni velosiped g'ildiragi o'rab ketib ancha paytgacha yurolmay qoganman, emaklab yurardim.:)
To'gamlarnikiga borganimda, qo'shnisini eshagini minganimda eshak to'qimi bo'shalib ketgan ,qiyshayib osilib qolganmanda, eshak yurib ketib yuzimni tol to'nkasiga urganman.
O'shanda ancha paytgacha yuzim qashqa bo'lib ko'chaga chiqolmay yurgandim, mahallamizdagi kattab bollar "kim urdi" deb masxara qilardi.
Ehh baribir bolalik boshqachada...
Mahmud
09-11-2006, 08:21 AM
5 yoshlarga kirganman...
Ko'z faslini oxirlarida sunnat tuyimiz bo'lgandi.Buvim (Olloh rahmat qilsin) bizga chopon(tun) tikib bergandilar.Yoshi kattalarga tikib berilgan tunlarni chetiga chiroyli zarlar ham qo'shib tikilgan edi.Boshqa kichkinalar indamasdan choponni kiyib ketishgan.Men esa "Nega meni choponimni zari yo'q" deb aytganman.Buvimga "Menikini ham chiroyli qilib berasiz" deb turib olganman...
Haligacha shu voqeani eslashib kulishadi :)
Samimiy
09-11-2006, 09:39 AM
Bolaligimda ukam boshimni tesha bilan urib yorgan!!! :)) Ataylab emas, albatta. Dahshat qon oqqan lekin, haliyam esimda. Qonning ta'mi achchiq buladi, bilasizlarmi, temirdan. Olmada ham shunday tam buladi.
Lekin undan keyin mazza bulgan, 8-10 kun kasalxonada yotganimda qiroldek yashaganman. Ayniqsa bitta tank sovga qilishgan, pulti bor edi. Orqaga, oldinga, ung chapga yurardi. Yostiqlarning ustidan ham yurib ketaverardi. Maza qilib uynaganman :) Lekin kallamda teshaning izi haliyam turibdi :)
Hozir shu ukamdan xat keldi, meni tushida kuribdi. Lekin juda yomon tush ekan, biron nima buldimi deb xavotirlanib yozibdi. Ehh, sogindim ukajonimni!! :( :( :(
lobar
09-11-2006, 11:08 AM
Banisaga yotganizni o'qib, bir voqea esimga tushib ketdi.
Hovlida 3oka-uka yashardik. Katta amakim ayvoni bilan bizni ayvonni o'rtasida devor o'rniga deraza bo'lardi. Kichim amakimni shaddod qizi(Nilopam) katta amakimni qizi(Komolapam) bilan arazlashib qolishgan kunlardan biri Nilopam biznikiga kirdilar, uyda faqat men boriydim.
-Lobar, anetta(amakimni uyida) Komol ukasini uhlatvotti, davay halaqit beramiz,-deb mani qo'limga kichikkina o'yinchoqcha berdilarde, derazani taqillat didila. Man kichkina qizchaman, o'yinqaroqlik bilan taqillatdim.
Sekingina qarasam, Komolapam derazaga taqalgan divanda ukalarini uhlatayotgandilar. "Jimlaring" dedila, Nilopam esa "yana taqillat" didila. Taqillatdim, yana Komolapam baqirdila "Jimlaring o'!" ukalari yig'lashni boshladi, men esa Nilopamni amri bilan taqillataverdim.
Ahiyri Komolapamni jahli chiqib turdide, derazaga qarab jon-jahdi bilan tepdi. Nilopam orqaga qochdi, men esa ag'rayib turaverdim. Oyna parchalarining betimga tukilganini hali-hali unutmiyman.
Banisaga yotdim, ko'zimga shisha siniqlari kirgan edi. 2 kundan keyin tugilgan kunim keldi, 4 yoshga to'lgan edim :-)
Ko'zim tepasida o'sha oyna siniqlaridan qoldan chandiqcha haliyam bor.
lobar
09-11-2006, 11:25 AM
Uzingiz ham, amakilaringizning qizlari ham yomon shux bulgan ekansizlar :)
3 oka-ukani bolalari, obshiy 13ta bola bor edik, agar eng katta amakimni hamma bolalari (7ta), ammamni bolllari(3ta) kelsa bormi, uyimiz achavatni o'zi bolardi :laugh:
Amiri Turkiston
09-11-2006, 11:50 AM
bir marta: mahallada tosh bo'ron o'ynaganmiz ...2 sinfga borar edim ushanda
17 kishi balnicaga yotkanmiz :-) :-) pochti hammani boshi yorilgan edi :-)
butun mahallani mafiyasi bulib ...butun bolnicani oyoqqa ko'targanmiz ...
bolnicadan ketkan kunimiz u erda bayram bulgan ...ketkanimizni nishonlashgan
DaeAnd
09-12-2006, 05:15 AM

LOL...
Biz ham sizlardan qolishmaganmiz lekin. Qish vaqti, qor gupillatib yoqqandi. Sinfdosh qizlar tanaffus paytida hammamiz to'planib olib qorshapak yasaganmizda, hojatxonadan qaytayotgan 2 ta Sardor sinfdoshimizni rosa urgandik poylaaab turib. :)) Keyingi tanaffusda bizni qorbo'ron qilishgandi nomardlar:evil: . Ashinda bechora Info rosa yegandida :cool: Alam o'tib ketganidan biz qizlar hamma o'g'il bolalarning sumkalariga qor solib chiqqandik daftar kitoblari ivib ketguday qilib. Ehhhhh yoshlik beboshlik.:P
Alesser
09-12-2006, 07:03 AM
yoshlik mazzada baribir, shu yoshlikda, tugrirogi bolalikda sochimni doim lisiy mamajon qilib kaliga qirdirib yurardim... kichkina amakim boshim doim yaltirab turgani uchun quyoshbek deb hazillashardi, doim yug bup qosam quyosh kurinmeydimi yoki paydo bup qosam quyosh erta chiqib ketibdimi deb quyardi... bir kuni bir yomon shuhlik qilib quyib yoz vaqtlar uydagi gilos darahtni ustiga chiqib oldim, ancha vaqt yuq bup ketibman, rosa izlashibdi indamay berkinib utirovribman... keyin usha kichkina amakim kelib gilosga qarab turib bu quyosh rosa chiqibdimi odamni qizdirib tashayaptiya deb qosa buladimi... meni kurib qoldi deb, yana qochaman deb usha gilosdan yerga zarb bilan yiqilganman... menga hech narsa qilmagan, uydagilaram gunohimni kechirvorishgan ushanda:)...
qor haqida ham gap ketibdi, bizda qor yoqdi tamomidi maktabga ertalab borvolib qizlarni poylardik, uziyam bechoralar kupchiligi qurqib maktabga kelmardi ushanda, kelgani esa rosa qor tagida qolardi... bir marta 1sinifdoshim dadasini ham aytib kelgan, rosa baloga qolgaman uzimmi dadamdan... yoshlikda rosa shuh buganakanman...
Mas'ud
09-12-2006, 07:44 AM
Yoshligimda Hamid Olimjonning "Vodiylarni yayov kezganda..." deb boshlanuvchi she'rini juda yahshi ko'rar edim...Shu she'rning to'liq matnini anchadan beri izlayman...Iltimos kimda bo'lsa, Link berib yuboringlar...Oldindan tashakkur...
hurmat ila...
lobar
09-12-2006, 10:13 AM
Ro'za kunlari ham bizda juda boshqacha o'tardi. Rahmatli buvijonim hammaani bir uyga uzzuungina qilib qo'yilgan hontaxta atrofiga yeg'ardilar va kelinlariga galma-galdan osh pishirtirardilar. Butun 30 kun ro'zada 30 xil osh yeb saharlik qilardik. Jonimizga tegib ketmaganiga haliyam hayron qolaman.
Oshdan so'ng katta-katta 3ta kosalarga buvijonim oldindan tayyorlab qo'ygan, sut va ozgina qaymoqqa qorishtirilgan talqondan 3 o'g'illariga berardilar, oilang bilan ye deb. O'zlariga tayorlaydigan talqonda qaymoq ko'proq qo'shilgani uchun hamma buvijonimni talqonlarini yeyishga ishqiboz edi, Mehribon buvijonim esa o'shaniyam ko'proq menga ilinardilar..
eh, bolaligim.., biram shirin davrim, biram shirin hotiralarim bilan liq to'lakii:)
Alesser
09-12-2006, 10:24 AM

meni buvimnikida ham huddi shu holat edi, hali ham shu holat... Rozada shu saharlikka faqat har kuni oshda, huddi siz aytganday har xilidan... uzim oshni sevganim uchun, menga farqisi yuq 3oy har kuni osh bulsayam ketuvradi:D...
SAMARKANDI!
09-12-2006, 11:04 AM
Salam
Esimda yoq nechi yosh edim lekin nima bolganini juda yahshi esleman. tashqi hovlida kotakon bochka bolardi ichida suv har doim iliq bolib maza bolardi chomilishga. ustki qismining bir chetida teshigi bolardi yosh bola sigadigon, chomilgani esa kota ochiq eri ham bor edi. bir kuni eng yaqin dostim bilan usha bochkada oynab man suvga chomilib tushib usha teshikdan chiqaman san qarab tur manga degandim. teshika kirdim bitta qollimni chiqardim kegin tepa qismim bir balo bolib chiqdi va usha erda tiqilib qoldim. soat 10 lar edi chekilli ertalab. dostim rosa harakat qildi chiqarishga lekin battar tiqilib qoldim 2-3 soatlar otdi. uni ham mani ham ota onalarimiz ishdalar edi, lekin dostim yordamga ketdi. uni kutib otirdim rossa issiq edi yarmim bochkani ichida suvda yarmim tepada issiqda rosa pishgan. akam manimcha soat 6 larda kelib man chiqargan. ungacha mani dostim yordam topolmasdan, manga non bilan marojniy opkelib qornimi toydirib turgan. Esimda rosa yig'laganman ham, dostim ushanda yiglama deb rosa yupatgan, eslasam kulgim keladi:))
bunaqa voqiyalar kop bolgan:)
Shokirbek
09-13-2006, 06:15 AM
12-14 yoshlar chamasi tengdoshlar bilan dalaga har birimiz bittadan eshakni minib o't o'rgani ketar edik..
Dala yo'li uzoq bo'lgani uchun tuproqli, atrofini tut daraxtlari o'ragan yo'lda chang to'zitib "kim o'zar"ga poyga qo'yib ketar edik..
Esimda... Bir kuni sheriklarimizdan biri men bilan yonma-yon ketayotgan edi eshagini choptirib :) .. Orqadan yana bir sherigimiz o'zining kulrang hangisida bizdan o'tib ketdi.. 10 metrcha oldinda borar ekan, yonimda ketayotgan sherigim eshakni niqtab, xala beradigan xalacho'pini miltiq qilib uni nishonga olib, "ptchuvv" deb "o'q" uzdi.. Og'zidan chiqqan "o'q" ovozini eshtishimni bilaman, haligi oldinda ketayotgan bola eshagi ustidan qanday uchib ketganini bilmay qoldik... Poygayam to'xtadi, bizam to'xtadik, bir amallab u bolani yerdan turg'izib oldik, xayriyat, qattiq lat yemagan ekan, yo'limizda davom etib o'tga ketdik ...
Ehh.. Tuproq yo'l tugab, atrofi qamishzor, ajriqzor bo'lgan kattagina kanalga yetar edik... Kanal bo'ylab yana qariyb 1-2 km yurib o'tli joylardan uzun-uzun o'tlardan o'rib, belidan arqon bilan mahkam bo'g'lab kanalga tashlar edik.. Yo'l bo'yimizga yetib kelganda o'tlarni chiqarib olib, har birimiz katta quchoqda ikki quchoq o't bog'lamini bir-biriga orasida joy qoldirib bog'lab xurjun kabi eshakning ikki tomoniga tashlab qo'yar edik. Yuk og'ir bo'lgani uchun ikki-uch kishilashib eshakka yuklar edik.. Keyin kun botar mahali sekin-sekin uyga qaytib kelar edik..
Bundan tashqari o't o'rishda kanal jiyagida ko'plab chiqib turadigan baqalarni, goho uchrab turadigan ilonlarni, onda-sonda o'roqning qamishdan, o'tdan toyib ketib barmoqlarimizga zarba bilan urilib sharillab qon otilib ketishlarini ham gap asnosida aytib o'tishim lozim.. O'sha uzoq damlarning totli xotiralariga belgi sifatida barmoqlarimda bir nechta o'roq izlari qolganki, ushbu so'zlarni yozar ekanman, o'sha barmoqlarimga qarab-qarab qo'yayapman..
infolife
09-13-2006, 06:48 AM
LOL...
Biz ham sizlardan qolishmaganmiz lekin. Qish vaqti, qor gupillatib yoqqandi. Sinfdosh qizlar tanaffus paytida hammamiz to'planib olib qorshapak yasaganmizda, hojatxonadan qaytayotgan 2 ta Sardor sinfdoshimizni rosa urgandik poylaaab turib. :)) Keyingi tanaffusda bizni qorbo'ron qilishgandi nomardlar:evil: . Ashinda bechora Info rosa yegandida :cool: Alam o'tib ketganidan biz qizlar hamma o'g'il bolalarning sumkalariga qor solib chiqqandik daftar kitoblari ivib ketguday qilib. Ehhhhh yoshlik beboshlik.:P
bomisiz utto?saparlariz qaribdida a:P
Shu oqib mazza qilib kulibman, kozimdan yosham chiqib ketdi.
gimnaziyamizi shu orqa tarapida bir pastlik boriydi, oshona masalliqlarini saqlasharmidiyey, aniq esimda yoq. Shu qizlar hammasi har tarafga qochsa, men sodda bekinib olaman deb shu pastlikka tushvoppan. Hay tepadan turib rosa solishgan qor bilan. Yana bitta Mahliyo degan qizniyam tortib tushirvoganman alamimdan:-)bitta men kaltek yeymanmi deb
sinf rahbarimiz ashi kuni gruppada hamma qizlarni turgizib rosa qizartirgan, chunki katta tanapusda bollani sumkalariga sob chiqqan qorlarimiz erib, becharalani daptar kitoblari uyub uyub ketgan ekan:-)
haligi boqqa qochib ketganimizi ayting.:shock:
Har shanba darslarimiz erta tugardi. Qaytishda doim boqqa kirib oynab oynab uyga rosa kech borganmiz. Shu hol 3-4 marta takrorlangan. Har safar har hil yolg'onlar tayyar: sinpdoshimiz Maftuna kasaliydi korgani bordik, avtobus bomasdan piyoda keldik(biz sho'rlik juda uzoq joyda o'qirdik), gruppada obqoldi parta yuvgizdirdi opamiz. ota-onalar bir-biridan tekshirsa yolgonlar har hil bop chiqib qoldiyu
Sinf rahbarimiz boqqa qochib ketishimizni bilib qolib, aloqa daftarga yozib bergan. Ota-onanga korsatib qo'l qoydirib kel deb. Men ayamga korsatish qayoqda, qo'rqqanimdan kelinoyimga chiroyli qilib "Qizimiz bilan gaplashib oldik va yetarli choralar korildi" deb yozdirib qo'l qoydirvoldim. uyalmay netmay shunday qiganman
Shu DaeAndni ayasi ayamga aytib qoysa bo'lamibay-bay-bay, ashinda juda yomon bogan. yolgon gapirgaim uchun shunaqa sokish eshitganmanki woy 3 kun arazlab uyga kemey gimnaziyamizi yotoqhonasida qoganmanhttp://forum.arbuz.com/images/icons/icon9.gif
"tugma" voqeasini eslasam haliyam ichim zirillab, betim qizarib ketadi:uups:
Iqbol
09-13-2006, 07:46 AM
Ro'za kunlari ham bizda juda boshqacha o'tardi. Rahmatli buvijonim hammaani bir uyga uzzuungina qilib qo'yilgan hontaxta atrofiga yeg'ardilar va kelinlariga galma-galdan osh pishirtirardilar. Butun 30 kun ro'zada 30 xil osh yeb saharlik qilardik. Jonimizga tegib ketmaganiga haliyam hayron qolaman.
Oshdan so'ng katta-katta 3ta kosalarga buvijonim oldindan tayyorlab qo'ygan, sut va ozgina qaymoqqa qorishtirilgan talqondan 3 o'g'illariga berardilar, oilang bilan ye deb. O'zlariga tayorlaydigan talqonda qaymoq ko'proq qo'shilgani uchun hamma buvijonimni talqonlarini yeyishga ishqiboz edi, Mehribon buvijonim esa o'shaniyam ko'proq menga ilinardilar..
eh, bolaligim.., biram shirin davrim, biram shirin hotiralarim bilan liq to'lakii:)
O'zbekistonda hammada shu ekanda, saharlikka osh yeyiladi, hali osh hazm bo'lmasdan, oqshom bo'lishi bilan yana kamida ikki hil ovqat yeyiladi. Ro'za vaqtida oddiy vaqtdagiga qaranganda ko'proq ovqat yeyilsa kerak? Lekin, saharlikni yengil qilganga yetmas ekan...
Iqbol
09-13-2006, 07:47 AM
yoshligimda mahallada ketka o'ynashno yahshi ko'rar edim
bir kun, yarim mahallani ketkasini yutib oluvdim
ertasi kuni man bilan hech kim o'ynamay qo'ydi ..ha nima buldi desam ..san g'irromchisan ..san o'zing uyda rosa trenirovka qilib chiqib, sikretlarini bilib olgansan...endi busa hammamizani aldab yutvolgansan deb toza miyyamni qoqishgan edi
Amirjon, ketka qanaqa o'yin?
lobar
09-13-2006, 08:44 AM
Amirjon, ketka qanaqa o'yin?
:laugh::laugh::laugh: hali ketka o'yinini bilmaydiganlar ham bor ekanda
Men sizga etaman, 2ta jvachka qog'ozi surati sizga qaragan holda yerga qo'yiladi, biri sizni ketkangiz, biri raqibingizn.
Ustiga shapaloq qilib urseyz ketkalar teskari bop qolsa, siz yutdiyz. Bittasi o'girilib qosa, yana bir marta urishga imkoniz bor :)
konfet qog'ozlari eng past ochko, Yaltiroq qimmat shokoladlarning qog'ozchasining ochkolari yuqori yuradi
kerak bop qolar ;)
lobar
09-13-2006, 09:42 AM
Shokirbek aka dala, eshak deganlariga meniyam esimga bir voqea tushib ketdi.
Yangiyo'lga dalamiz bo'lardi. Bir bahorda tog'amla ipak qurti boqishgandi. Bir kuni borganimizda tog'amla eshakka aravani yuklab qurtlarga tut bargi kesib kelishga ketayotgan ekanlar, menam qo'shilib oludim. Eshakka ilk marta chiqishim edi, juda qiziq bo'lgandi.
Barglarniyam aravaga yukladik, kelayotganimizda tog'amlar menga yo'lni ko'rsatib yuborib, o'zlari do'stlarini oldida qolib ketdilar. Menga maza, eshakni boshqaryapman, deb hursanman. Sal jimib qosa, savaliyman, savalash kerak ekan dib.
Vay keyin eshakligi tutib qolib menga bo'ysunmiy qolsadee.. Bir amallab uyni topib keldimu, uyimga qayilishda hich qayiltirolmasamdee, uyimizdan o'tib ketdiyam, to'htatolmayapman. Ish-ish, ish-ish diymanam to'htamiydi.
Yiglayapmanam, tohtamiydi. Arqonidan tortib ish-ish diyman, qani quloq solsa, sanam buyruq beradigan odammisan deb keeetvotti.
Baqirishga tushdim, voooy to'htaaa, Ey Hudooo, to'htasiiinn deb.
Qarasam to'g'rimizdan bir oliftasifat bola kevotganakan, buyam hich balo qilolmasligi aniq deb qarab turibman, ustimdan kulyatgandek tirjayib turganiga, to'htatoliysizmi, gapni eshitmaydigan eshak ekan bu disam, eshakni boshiga qo'lini sekin qo'yib "iiiiisshhhh" deb erkalaganiydi, taqqa to'htab qosa bo'ladimi.. Qarab qotib qomman.
Uyimizgacham oborib qo'yudi o'sha bola, bo'masam qishloqda adashib qolishim aniq edi :lol: Uyga kelib qarasam, bechara eshakni ururganimdan tanasini shilib ham yuborgan ekanman :(
Ikkinchi eshakka chiqmaydigan bo'lgandim oshandan keyin
infolife
09-13-2006, 09:44 AM
:laugh::laugh::laugh: hali ketka o'yinini bilmaydiganlar ham bor ekanda
Men sizga etaman, 2ta jvachka qog'ozi surati sizga qaragan holda yerga qo'yiladi, biri sizni ketkangiz, biri raqibingizn.
Ustiga shapaloq qilib urseyz ketkalar teskari bop qolsa, siz yutdiyz. Bittasi o'girilib qosa, yana bir marta urishga imkoniz bor :)
konfet qog'ozlari eng past ochko, Yaltiroq qimmat shokoladlarning qog'ozchasining ochkolari yuqori yuradi
kerak bop qolar ;)
hay bu oyin bizdayam boriydi
prosto Anjanda nomi ketkamas boshqachedi hoz esimda yo'q, nimedikin:rolleyes:
keyin chingachuk oyiniyam boridi, chin-ga-chuk deb uchinchisida qo'lizi yo qaychi, yo quduq, yo shapaloq qivolardiz. kopincha uy tozalashni opam bilan bolishyatib shunaqa usuldan foydalanardik. kim yutqizsa eshiklarniyam qo'shib tozaleydi:)
Alesser
09-13-2006, 09:50 AM

adashmasam "tempo" deyardik Anjanchasiga:lol:...
infolife
09-13-2006, 10:25 AM
adashmasam "tempo" deyardik Anjanchasiga:lol:...
vot tochno tempo
qo'lizi tuf tuflab, tekizroq yergaqoyib bir tushiras, ontarilsa siziki:lol:
menam pahtaga borganda eshak minganman. eshak minib tushgan rasmim bor, faqat hoz qarasam bechora eshakni boyi pastligidan oyoqlarim yerga tegib turibdi. Asherlik hotin-qizlar rosa o'rgatgan, buni belini o'rtasigamas, orqarog'iga minadi bomasa ayag'iz yerga tegib qoladi deb, hech eplomaganman lekin:(
Alesser
09-13-2006, 11:04 AM
vot tochno tempo
qo'lizi tuf tuflab, tekizroq yergaqoyib bir tushiras, ontarilsa siziki:lol:
"tempo" uyindan pro buganman, qulimam lapatkadek katta-katta buganu uchun tuflamayam bir urib ontarib yutib quyardim bollani... menga chap qulingda uynamaseng uynamimiz deb yalinishardi ushanda:lol:...
eshak haqida gap ketibdi, uzim umrimda hecham eshak yoki otam minmaganman... Hudo hohlasa Uzbga qaytsam ot sotvomoqchiman (shaharda minadigan joyam yuqda uzi)... bir kuni Bogi Shamoldagi adirlarga pick nick qilib bollar va qizlar chiquvdik, 9sinf Uqituvchiyam bor edi oramizda... shunda 1daydib yurgan eshakni kurib qoganman, quvlab borib ushavoganman... hech qanaqa egar-megar degan narsa yuq, bir nozanin qiz bulardi Munisa... eshakni 1minib bering deb turvogandi, men esa eshakni rosa terlab ketganini kurib, keling urnimga sizi mindiraman deb uzim minmasamam shu qizni mindiraman deb ustiga chiqarganman (u vaqtlar ancha huligan buganakanman)... bechora boshida unamagan yiqilib tushaman deb, keyin uzim ushavolaman hech narsa bumisiz deb va'dalardan keyin kundirganman... bir narsa qilib usha eshakka mindirib quyganimda, eshakka yugurvorgandi... u eshak rosa terlab ketgan uchun, bechora qizni bugani-bugan ushanda, yiqilib tushmaganu ushandan keyin qaytib eshakka yaqinlashmiman devorgandi:)...
Malika
09-15-2006, 01:39 AM
hammani ehagi to'xtamas ekan, maniki esa hech yurmasdi:D
Bog'chadaligimda bir kuni bog'chaga vafli olib bordim, bir bola bo'lardi xuligan, usha kelib mandan vafli so'radi, man yuq dedim, manga qarab "boshingdan qolsin" desa bo'ladimi, usha paytlarda bunaqa gapni umuman eshitmagan ekanman:D , voy, "menga yomon gap aytdi" deb borib bog'cha opamizga aytganman. Hozir eslasam, qanaqasiga shu oddiy gapga tushunmaganimga hayron qolaman.
Kichkina akammi tug'ilgan kunida hammamiz utirgandik, akamni qulida piyola issiq choyi bilan, tirsagi esa mani tirsagimmi ustida, shunda to'satdan man uzum olaman deb engashdim va tirsagimmiyam ko'tarib yubordim, akam shu paytda issiq choyni xo'playotgan ekan, shu bir piyola issiq choyni yutib yuborsa bo'ladimi, :D
Iqbol
09-15-2006, 10:46 AM
hay bu oyin bizdayam boriydi
prosto Anjanda nomi ketkamas boshqachedi hoz esimda yo'q, nimedikin:rolleyes:
keyin chingachuk oyiniyam boridi, chin-ga-chuk deb uchinchisida qo'lizi yo qaychi, yo quduq, yo shapaloq qivolardiz. kopincha uy tozalashni opam bilan bolishyatib shunaqa usuldan foydalanardik. kim yutqizsa eshiklarniyam qo'shib tozaleydi:)
Alesser aytgandaqa tempo diyishadi bizda.
Keyin lanka o'yini ham bo'lardi yoshligimizda. Lanka tepo'rip charchap ketardiy
Iqbol
09-15-2006, 11:16 AM
Birinchi yoki ikkinchi sinfdaligimizda, 1986 yillari, qayta qurish bahonasi bilan, mahallalarda diniy ilm berish boshlangan edi. Biz ham mahalladagi bollar bilan sal narirodagi mahallaga domlaga borar edik kechqurun, kitopni ko'ylakni ichiga tiqip. Yo'lda biz bilan bir sinfda o'qiydigan qizlarni uyini oldidan o'tardik.
Bir kuni ertalap maktabga kelsak, o'sha yo'lda turadigan qizlar, sinf rahbarimizga kelip: falonchilar eskicha domlani oldiga borishadi kechqurun dep, chaqip qo'yishipti. Biz kelsak ertasiga, sinf rahbarimiz bilan zavuch kelip, bizni savol so'roq qilishgan, eskicha domlaga borishmagin deyip maruza qilishgan, keyin hayotimda birinchi tushuntirish hatimni yozishga togri kelgan. Domlang kim degan yeriga, domlamni tanimayman, biz faqat domla dep chaqiramiz dep yozip qo'ygandim :)
Iqbol
09-15-2006, 11:31 AM
Yana bir martada, hamma bollar toplanip, haliyam birinchi sinfda, maktabbi orqasiga sigaret chekkani chiqqandik. shunda ham bizzi aktiviska qizlar qaydandir habar topib, sinf rahbarimizga aytip qoyishgan. nimaga qizlar shunaqa bolisharkin yoshligida?
Alesser
09-15-2006, 11:50 AM
Birinchi yoki ikkinchi sinfdaligimizda, 1986 yillari, qayta qurish bahonasi bilan, mahallalarda diniy ilm berish boshlangan edi. Biz ham mahalladagi bollar bilan sal narirodagi mahallaga domlaga borar edik kechqurun, kitopni ko'ylakni ichiga tiqip. Yo'lda biz bilan bir sinfda o'qiydigan qizlarni uyini oldidan o'tardik.
Bir kuni ertalap maktabga kelsak, o'sha yo'lda turadigan qizlar, sinf rahbarimizga kelip: falonchilar eskicha domlani oldiga borishadi kechqurun dep, chaqip qo'yishipti. Biz kelsak ertasiga, sinf rahbarimiz bilan zavuch kelip, bizni savol so'roq qilishgan, eskicha domlaga borishmagin deyip maruza qilishgan, keyin hayotimda birinchi tushuntirish hatimni yozishga togri kelgan. Domlang kim degan yeriga, domlamni tanimayman, biz faqat domla dep chaqiramiz dep yozip qo'ygandim :)
men ham unaqa tushuntirish xatidan deyarlik 10tasini yozganman:), lek domlaga borganim uchun emas, u vaqtlar ancha tinchlashibroq qolgan edi... men har Juma kuni Jumaga boraman deb darsdan qochardim, maktabda eng alochi bulib olimpiada-polimpiadalarda urinlarni olib berganim uchun hech kim indamasdi, lek usha shipionlar darsdan qochishim sababini aytgach tushuntirish ahtlarini kitob yozganday yozganman:D...
Amiri Turkiston
09-15-2006, 12:26 PM
bir paytlar Chaqchmondagi bir domlalarning qo'lida o'qirdim ...
bir yahshi do'stim bor ...mani har doim to'g'ri yo'lga soladigan... ushan bilan yarim sinfni ko'ndirgan edik biz bilan Muallim Soni ni o'qishga
o'qidik ham ...boshqak kitoblarni ham o'qidik ...o'ta sho'h boladan...o'girroq bolaga aylandik.... qo'shnilar oq-do'ppimga havas qilishadigan bulishdi....
lekin allanimalar buldiyu ...masjidga borish havfli bulib qoldi ...birov unday birov bunday deydugan bulib qoldi ...shu shu uydagilarni maslahati bilan masjidni yig'ishtirib qo'ydim ...
Mani domlamdeb yahshi odam yo'q edi ...har doim vaqt topib bizani o'qitar edi....lekin yosh bolamizde...masjidda ko'p sho'hlik qilib qo'yardik...domla ham qarab siz ukam shu disez agar qiroatiz bulmaganda anu qoravulga shogirt qilib qo'yardim deb qo'rqitib qo'yardi
anu qorovul janvar ... bahaybat bir kishi edi ..yomonam qo'rqardim ushandan...ayniqsa qarashlaridan :-)
binafsha7
04-24-2007, 04:36 PM
bu voqeani sinfdoshlar har yig'ilishganimizda eslab kulishamiz:)
5 sinfmi edik, 2 yo 3- sentyabr:) , xullas, o'quv yilini boshi..2 yo 3-soatda sinf rahbarimizzi darsi.. xullas, kuratorimiz sinfga kirdi-da o'zi bilan bitta yangi o'quvchini boshlab kirdi , hama bilan salomlashib bo'gach, endi uni tanishtirmoqchi bo'p turudi, tanafusdan bitta boshqa Said digan sinfdoshimiz kech qaytib, sinfga xalloslab kirib qoldi :D . O'tirish yo turaverishini bilmay turudi hali yangi bola bilan billa, uni ko'rib boshqa sinfdoshimiz Abror: "hey Said, ke mana sanga joy tayyorlab turibban oldimdan" dib mahmadanalik qildi.:) Shu payt Saiddan oldin hali yangi bola indamay keb o'sha joyga o'tirib osa bo'ladimi?! :shock: :lol: Butun sinf qotdi!! Kiyin birdaniga gurillab kulgi ko'tarildi. Kuratorimizam o'zini tutolmadi...:P kiyin bilsak, yangi bolani otiyam Saidakan.:D
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.