View Full Version : Русча глаголлар
Lady_G
09-23-2006, 01:37 PM
Узбек тилида руссчадан олинга глаголлар борми, ишлатиладими?
Walker
09-23-2006, 04:33 PM
Birinchudan: Glagol uzbekchada - f'el buladi.
Ikkinchidan: Uzbek tilida russchadan olingan f'ellar yoq emas, nafaqat f'el balki siz tomondan "glagol" degan so'zlarni uzbek tiliga kiritish va "integraciya" qilish :). Ajab emas siz ishlatgan "glagol" degan so'z uzbek tilidan "f'el" degan so'zni chiqarib tashlasa. Shunday ekan ko'proq uzbekcha so'z ishlating :). I ne nado tut razglagol'stvovat' ! :)
O'tirib otirib shu mavzu boshizga keldimi, ammo russ tilidan kelgan "otlar" (imena sushhestvitel'nie) juda ham ko'p.
Wolfman
09-23-2006, 04:44 PM
Rus tilidan olingan fe'llar o'zbek tilida deyarli ishlatilmaydi (internatsional so'z bo'lib kelishi mumkin).
lekin olifta bo'laman desangiz, hohlagan glagolizzi upotreblyat' qilishingiz mumkin. :D
Wolf
Узбек тилида руссчадан олинга глаголлар борми, ишлатиладими?
Earth.uz
09-24-2006, 01:15 AM
uzbekchada sifatlar, otlar arabcha yo bo'lmasam forscha bo'lishi mumkin, ammo fe'llar(verbs) deyarli hammasi Turkiy. chunki fe'l bu grammatikani osnovasi. fe'llar turkiy bulmasa,uzbekcha turkiy tillar oilasiga kirmasdi.
RockerDen
09-24-2006, 01:19 AM
osnova - asos, shunaqa emasmi?
Walker - "integartziya" - bu rus so'zi emas, lotin esa so'zdir.
Mas'ud
09-24-2006, 11:36 AM
Узбек тилида руссчадан олинга глаголлар борми, ишлатиладими?
Assalamu alaykum...Kechirasiz, Lady_G, bunday mavzuni boshlashga boshlabsiz-ku, lekin o'zbek tilimizga bo'lgan hurmatni umuman unutibsiz shekilli?...Gaplarim o'gir botsa, ming bora uzr-ku, lekin tilimizda bunaqa tarzda gap tuzilmaydi...Imkoniyatingiz bo'lsa o'zbek tilini yahshilab o'rganing-da, keyin Til bo'limida biror mavzu ochishni o'ylab ko'rsangiz, maqsadga muvofiq bo'lar edi...
Hurmat ila...
Frida
09-24-2006, 12:26 PM
Fe'l-ish harakatni bildiruvchi so'z turkumi bo'lib, boshqa tillardagi kabi otlardan ham kelib chiqadi masalan: tarjima -- tarjima qilmoq. Bunday fe'llar ingliz tilida compound , ya'ni murakkab fe'llar deb ataladi. Murakkab fe'llar otdan yoki 2ta fe'lning birlashishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan: yeb ko'rmoq, o'tib ketmoq va hokazo. Endi boshqa tillardan kelgan ba'zi tushunchalar o'zbek tilida "fe'l" sifatida ishlatilishi mumkin, lekin ular odatda bir mustaqil fe'l emas, yuqorida yozganimdek "compound verb" sifatida ishlatiladi. Hozir hayolimga kelmayapti lekin ma'nosi rus tili orqali o'tgan so'zlarni o'zbek tilida, "qilmoq" yoki fe'l qo'shimchalarini qo'shgan holda ishlatish mumkin. Neytralizirovat' -- neytrallashtirmoq. Konservirovat' - konserva qilmoq :)
Inflyatsiyaga uchramoq, va boshqalar. Bular mustaqil fe'l emas, lekin gapda ish harakatni bildiradi. IMHO, albatta.
Lady_G
09-24-2006, 10:04 PM
[quote=Walker;506720]Birinchudan: Glagol uzbekchada - f'el buladi.Билмасам :) . (энди биламан - глагол=фъел)
Ikkinchidan: Uzbek tilida russchadan olingan f'ellar yoq emas, nafaqat f'el balki siz tomondan "glagol" degan so'zlarni uzbek tiliga kiritish va "integraciya" qilish :). Ajab emas siz ishlatgan "glagol" degan so'z uzbek tilidan "f'el" degan so'zni chiqarib tashlasa. Shunday ekan ko'proq uzbekcha so'z ishlating :). I ne nado tut razglagol'stvovat' ! :)Мани айникса рус тилидан олинган фъеллар кизиктиради. Канака ишлатилади ва хк.?
O'tirib otirib shu mavzu boshizga keldimi, ammo russ tilidan kelgan "otlar" (imena sushhestvitel'nie) juda ham ko'p.
Аха, килгани бошка ишим йук :) .
Assalamu alaykum...Kechirasiz, Lady_G, bunday mavzuni boshlashga boshlabsiz-ku, lekin o'zbek tilimizga bo'lgan hurmatni umuman unutibsiz shekilli?...Gaplarim o'gir botsa, ming bora uzr-ku, lekin tilimizda bunaqa tarzda gap tuzilmaydi...Imkoniyatingiz bo'lsa o'zbek tilini yahshilab o'rganing-da, keyin Til bo'limida biror mavzu ochishni o'ylab ko'rsangiz, maqsadga muvofiq bo'lar edi...
Hurmat ila...Акл ургатиш сизгамасдур! Кайси бордда канака мавзу очишимни айтишизку тем более! Агарда мавзуга тегишли фикрингиз (он-топик) булмаса ана шууунча бошка мавзулар тикилиб ётибти. Хуп хатойим бор экан шуни чиройли килиб айтиб тугирлаб куйсангиз буларди, купол "узбек тилимизга булган хурматни умуман унутибсиз" дегунча! Мани гапларим хам огир ботмасин!
"Имкониятингиз булса узбек тилини яхшилаб урганинг-да, кейин Тил булимида бирор мавзу очишни уйлаб курсангиз, максадга мувофиqк булар эди..."
бла бла бла хохласам рус тилидаям ёзишим мумкин эди!!
Хуллас
VatanparvaR
09-24-2006, 10:39 PM
Shu Lady_G ga o'zbek tilini unutib yubormagani uchun ham bitta thanks beray dedim :)
Earth.uz
09-25-2006, 09:48 AM
тўғри айтдингиз. Ўзбек тилига ҳурмат, бу Ўзбекистонга ҳурмат дегани.
Legend
09-26-2006, 02:43 AM
тўғри айтдингиз. Ўзбек тилига ҳурмат, бу Ўзбекистонга ҳурмат дегани.
Bo'tta gap fe'lla haqida ketvotti, kim nimani hurmat qilishi haqida emas, yuqorida berilgan savol chunarlidur.
Gareeb
09-26-2006, 05:56 AM
тўғри айтдингиз. Ўзбек тилига ҳурмат, бу Ўзбекистонга ҳурмат дегани.
Tilga etiborsiz
Elga etiborsiz.
A.Navoiy.
Frida
09-26-2006, 07:11 AM
Lady_G, sizga aql o'rgataman deb, adashtirib patriotlik hissoytlaringizni ham ro'kach qilib yuborishibdi-ku :D!
Glagol --- o'zbekchada fe'l ya'ni феъл bo'ladi. Yuqorida yozishgandek фъел emas. ;)
O'rtoqlar hazrat Navoiy til haqida nima deganini hamma biladi. Tajribangizdan kelin chiqib rus tilidan kirgan va fe'llashgan so'zlarni shu yerga qo'yavering.
Mas'ud
09-26-2006, 01:16 PM
[quote]
Аха, килгани бошка ишим йук :) .
Акл ургатиш сизгамасдур! Кайси бордда канака мавзу очишимни айтишизку тем более! Агарда мавзуга тегишли фикрингиз (он-топик) булмаса ана шууунча бошка мавзулар тикилиб ётибти. Хуп хатойим бор экан шуни чиройли килиб айтиб тугирлаб куйсангиз буларди, купол "узбек тилимизга булган хурматни умуман унутибсиз" дегунча! Мани гапларим хам огир ботмасин!
"Имкониятингиз булса узбек тилiини яхшилаб урганинг-да, кейин Тил булимида бирор мавзу очишни уйлаб курсангиз, максадга мувофиqк булар эди..."
бла бла бла хохласам рус тилидаям ёзишим мумкин эди!!
Хуллас
Assalamu alaykum!
Kishi aybing desa, dam urmag'ilkim, ul erur ko'zgu,
chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?
Alisher Navoiy
O'zbek tilida ruschadan kelgan fe'llar juda kam ishlatiladi. Bilishimcha, faqat so'zlashuvda ishlatiladigan bir so'z bor. U ham bo'lsa faqat vodiy taraflarda ishlatiladi. U so'z "meshayt bermoq" shaklida ishlatilib, ma'nosi "halaqit bermoq" fe'liga to'g'ri keladi. So'z esa tog'ridan-to'g'ri ruscha "Meshat' " fe'lidan olingan... Assalamu alaykum
Frida
09-26-2006, 03:11 PM

:lol: ha, g'irt og'zaki tilda-ku. "Zakaz somsa"ga o'xshagan bir narsade. Ha, yana "oddix qilamiz" degan gaplardan. Lekin hammasi og'zaki tilda, o'zini va tilini hurmat qiladigan odamlar, menimcha, o'zbek tilida yozishayotganida bu so'zlarni ishlatishmaydi.
Lekin ko'p so'zlarning turkiy yoki arabcha ma'nodagilari ishlatilyapti hozir, shuning uchun ruschada o'tgan va fe'llashganlarni topish qiyin. Bo'lsa ham ko'pincha ruschaga ham ingliz va boshqa yevropa tillaridan kirgan "globalizatsiyalashishimizni" majbur qilayotgan so'zlardir. :)
Omon bo'linglar!
Madalio'g'li
09-27-2006, 10:49 AM
"globalizatsiyalashishimizni" majbur qilayotgan so'zlardir. :)
"global" so'zi uchun bizning lug'atda "kurraviy" so'zi bor-ku. Aytganiz so'z uchun "kurraviylashishimizni" maqulroq bo'ladi, lek majbur emas. :D Bizni olamda jabr qilish bo'lmaydi.:cool:
Hurmat ila...
Lady_G
09-27-2006, 11:07 AM
Манга пример (масала?) келтирсангизлар жуда хурсанд булардим! Демак Фрида Шахло айтганларидек ишлатилганда русча суз ва килмок феъли кушиларкан а?
erkak#1
09-29-2006, 10:04 PM
Birinchudan: Glagol uzbekchada - f'el buladi.
Ikkinchidan: Uzbek tilida russchadan olingan f'ellar yoq emas, nafaqat f'el balki siz tomondan "glagol" degan so'zlarni uzbek tiliga kiritish va "integraciya" qilish :). Ajab emas siz ishlatgan "glagol" degan so'z uzbek tilidan "f'el" degan so'zni chiqarib tashlasa. Shunday ekan ko'proq uzbekcha so'z ishlating :). I ne nado tut razglagol'stvovat' ! :)
O'tirib otirib shu mavzu boshizga keldimi, ammo russ tilidan kelgan "otlar" (imena sushhestvitel'nie) juda ham ko'p.
Buni olifta bo'lish dimiydi! ;)
Buni jargon diydi, yoki o'zbekcha qilib etadigan bo'sez, ko'cha tili bo'ladi! :)
Lady_G mana misol:
Mazgi krutit' qimagin! :lool:
Ha, o'gayni, letat' qivossan? :lool:
Yoki ishkalda:
...
- Man gappi pryamoy chunmiman!
- Man pryamoy gapiraman, smeritsya qigin shu bilan!
- Pryamoysan?! Bir urib pryamoy kishka qib qo'yiymi hozi? :lool:
...
(hayotdan)
lobar
09-30-2006, 10:08 AM
E man russkiy chetkiy gapalshaman, nima somnevat'sa qivossanmi?
(buyam hayotdan ::)
Shokirbek
09-30-2006, 10:58 AM
Vashshe offtopit qib tashabsilarku. :twisted:
Mavzuga qaytsak, o'zbek tilida o'zi umuman boshqa chet tildan kelgan fe'llar (so'zlar (ot, sifat, olmoshlar) bundan mustasno) ishlatilishi adabiy tilda uchramaydi, ko'cha, jaydari tilda uchraydi. Binobarin, adabiy tilda so'zlashmoqchi bo'lganlar bunday fe'llarni gaplari orasiga qo'shmaganlari ma'qul.
Asadbek
09-30-2006, 11:16 AM
Узбек тилида руссчадан олинга глаголлар борми, Yo'q!
Shu vaqtgacha uchratmaganman...
ишлатиладими?Shokirbek aka aytib o'tganlaridek, ko'chadagi jargonni hisobga olmasa, ishlatilmaydi.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.