PDA

View Full Version : term research paper, yordam...

Alesser
09-26-2006, 07:54 AM
Assalomu alaykum aziz adabiyot shunoslar, yordam kerak bup qoldi:D... yangi reseacrh paper assignment olgandim mavzusi Freedom theme in poems (Sher'rlardagi Ozodlik madhi)... Men shu mavzuga uzimizning Sovet davrida qatagon qurboni bulgan biror bir yozuvchi/shoirning ijodini tahlil qilib, shu ozodlik haqida yozgan she'rini English tiliga tarjima qilib uniyam tahlil qilib berishim kerak... Uzimcha Usmon Nosir ijodini uylab turibman, Uzbda maktabda uqiganlarim esimdan deyarlik chiqib ketgan... Iltimos, biror information yoki web link yoki Ozodlik haqida yozgan she'ri bulsa shu erga quyib yuborselar kamina juda hursand bulardi:)... Usmon Nosir bulishi shartmas, masalan Cholpon yoki Abdulla Qodiriylar ham bulaveradi faqat batafsilroq information kerak buladi menga...
oldindan kattakon rahmat:).....

DIDO
09-26-2006, 09:27 AM

Cho'lponning Binafsha she'rini maslahat bergan bo'lardim, lekin ayni damda buni linkini bera olmayman. topishga harakat qilaman.

P.S.Juda ham yaxshi mavzu tanlabsiz.

UzbekGirlie
09-26-2006, 09:40 AM
VATAN MANSIZ, MAN VATANSIZ

Sarob suv nigohida mung jovdirar,
Ko'zlari yolg'nga to'lgan boladay.
Sog'inch tashnasini ko'z yosh qondirar,
Labim tilim-tilim, taroq loladay,
Sahroda sargardon kezaman sansiz
Vatan mansiz, man Vatansiz.

Maysa yaprog'ida shabnam yasarig',
Berahim ofutob xanjar sanchadi.
Erkimni istadim chumoli yanglig',
Yolg'izlik oyog'i ko'ksim yanchadi.
Ruhim ozod faqat-vujudsiz, tansiz,
Vatan mansiz, man Vatansiz.

Qayrag'och joniga tortilsa arra,
Qay taraf shoxlari, qay taraf kunda.
Xirmon chosh, donman bir orzukash zarra,
Tegirmon toshi yo'q bu dahri dunda.
Xayol gujum asli, asli tikansiz,
Vatan mansiz, man Vatansiz.

Yurtim ko'hna qal'a boyo'g'lisi shoh,
Haromxo'r quzg'unning omadi olchin.
O'zbekning o'zligi bo'g'zimdagi oh,
Elfurush qahramon, Eryigit "sotqin!".
Tokay begonaman, darbadar, shansiz,
Vatan mansiz, man Vatansiz.

Azob bosh ko'tardi margidir ayroq,
Bu dunyo banavbat, ayriliq navbat.
Yurak pardasidan ko'tarib bayroq,
Ozod Turkistonga kelaman albat.
Yo'ldan qaytsam magar, ko'ming kafansiz,
Vatan mansiz, man Vatansiz.

Baku, 1993 yil.

I really like this poem by Jahangir Mamatov.... I mean he is not a soviet era poet per se, but check it out... When i read this it made my cry.....

Shokirbek
09-26-2006, 09:55 AM
Mana bu (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=9876) joyda Cho'lponning anchagina she'rlarini uchratasiz. Mavzuni zo'r tanlabsiz lekin, tahlil qilgandan keyin o'zbekchalashtirib bu yerga qo'ying, bu haqda qiziqarli, foydali bahs boshlansa ajab emas.

Alesser
09-26-2006, 10:04 AM
DIDO, katta rahmat, mavzu uzimga ham juda maqul keldi, adbiyot va tarix eng sevimli fanlarim... Cholponning Binafsha she'rini topishga harkat qilaman:)...
UzbekGirlie, that's the one great poem and I also really liked it, now I've try to translate to English and make it as emotional and great as it is... thanks soo much...
Shokirbek aka, Ramazon Muborak!!! link uchun kattakon rahmat, ogirimi ancha yengil qildiz, ajoyib she'rlar bor ekan:)... Hudo hohlasa tahlil qilib bulgach iloji bulsa albatta Uzbekcha tahlilini shu erga quyaman... Alloh rozi bulsin!!!

UzbekGirlie
09-26-2006, 10:05 AM
DIDO, katta rahmat, mavzu uzimga ham juda maqul keldi, adbiyot va tarix eng sevimli fanlarim... Cholponning Binafsha she'rini topishga harkat qilaman:)...
UzbekGirlie, that's the one great poem and I also really liked it, now I've try to translate to English and make it as emotional and great as it is... thanks soo much...
Shokirbek aka, Ramazon Muborak!!! link uchun kattakon rahmat, ogirimi ancha yengil qildiz, ajoyib she'rlar bor ekan:)... Alloh rozi bulsin!!!

Good luck... i am sure it is going to be a great term paper... Keep us posted...:D

Alesser
09-26-2006, 11:43 AM
Cho'lponning Binafsha she'rini maslahat bergan bo'lardim, lekin ayni damda buni linkini bera olmayman. topishga harakat qilaman.

Cho'lponning Binafsha she'rini topdim, Shokirbek akam bergan linkda u ham bor ekan... darhaqiqat ajoyib she'r ekan... yana bir bor rahmat:)...

Alesser
11-09-2006, 08:33 AM
Yahshilar bir savob ish qililar:D, shu Cholpon otani tehnologiya haqida yozgan she'ri kerak bup qoldi... yaqinda internetda bir siteda uqigandim, lek hozir u site ochilmayapti... bu she'r tehnologiyani salbiy tomonlari haqida, iltimos shu she'r yoki link bulsa quyvorilar...

oldindan rahmat:),

Shokirbek
12-02-2006, 11:11 PM
Alesser, agar yozgan bo'lsangiz, yozgan narsalaringizning namunalaridan qo'ysangiz, bu ishdagi izlanishlar mobaynida qilgan tahlillaringizni forumchilar bilan baham ko'rsangiz yaxshi bo'lar edi :) ..

Alesser
01-17-2007, 08:53 AM
hammangizga maslahat va yordam uchun katta-kattak rahmat:)... shunchaki "research term paper" natijasi a'lo darajada buldi, kutilgandan ham yahshi buldi... yana bir bor rahmat:)...

Ulug'bek
01-17-2007, 05:34 PM
hammangizga maslahat va yordam uchun katta-kattak rahmat:)... shunchaki "research term paper" natijasi a'lo darajada buldi, kutilgandan ham yahshi buldi... yana bir bor rahmat:)...

Bu yerga hech bo'lmasa abstract/xulosasini qo'yingda, qizg'onchiqlik qilmasdan ? :)

Alesser
01-18-2007, 08:37 AM
Bu yerga hech bo'lmasa abstract/xulosasini qo'yingda, qizg'onchiqlik qilmasdan ? :)

Hudo hohlasa albatta quyaman:), nasib qilsa shu tez orada xulosasini quyaman!