PDA

View Full Version : Yetim asrab olish haqida...


just_in
10-02-2006, 02:32 PM
Assamu alaykum aziz forumdoshlar!

"Kim yetimning boshini silasa, faqat Alloh uchun silasa, qo'li silab o'tgan har bir soch uchun unga hasanot bordir.Kim o'zining oldidagi yetimga yaxshhilik qilsa, u bilan men jannatda mana shunday bo'lamiz", deb Nabiy sallalahu alayhi wassalam ikki qo'llarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.

Va yana shunga o'xshash ko'plab hadislarni bilamiz, to'g'rimi? Oramizda mana shunday insolar bo'lsa ham kerak, Alloh rozi bo'lsin!

Lekin men bugun aynan SIZ dan so'ramoqchi edim hurmatli o'quvchi, sizning munosabatingiz qanday? Yatimni uyiga olib keldi degani hammasi bajarildi deganimi? Yetim haqqi haqida nimalar bilasiz? (Biz bilan ham o'rtoqlashing). Birodar siz ham bir yetimnig boshini silashga qodirmisiz?
Qizlar sizning fikringiz ham o'ta qadrli? O'zga bit inson farzandiga onalik qila olarmidingiz? Erkak kishi ko'chaning odami nima qilganda ham!

Javoblaringiz uchun RAHMAT!
Wa assalamu alaykum!

Cimkent
10-03-2006, 04:20 AM
juda yaxshi mavzu.

men asraganim yo'q. buni gapimning boshidanoq ma'lum qilay dedim.
hozirgi sharoitda ota-onasi bo'la turib, ajrashmay turib farzandlarning qarovsiz isqirt tarbiyasiz bo'lib yetimdan yomonroq ahvolga tushgan bir paytda harbir ota-onaning o'z farzandini odam qilib tarbiyalab tirik yetim qip qo'ymaslik ham yetim asrab olganday savob bo'lsa kerak.

Alesser
10-03-2006, 06:49 AM
yetimni asramoq, yordam bermoq va boshini silamoq albatta Alloh nazarida Mo'min uchun eng ulug amallardan biri... meni bobom (Hudo uzi rahmat qilsin), kuchadan bir yetim bolani olib kelgandilar... buvim ham boshqalar ham juda yahshi munosabatda bulishgandi, u bolani yuvintirib, kiyintirib tarbialagan hozir u bola oilalik bola chaqalik bulib, juda ham yahshi inson bulgan... yetimmi boshini silashga Hudoga beadad shukur qurbim yatadi, lek "ung quling bergan narsani chap quling bilmasin" deydiku shunga rioya qilib quya qolaman, shunki baribir qilgan amalim faqat men bilan Yaratganning urtasida...
yetimmi haqqini ado etish uchun albatta asrab olish shartmas, qurbi yetsa zakotini berib boshqa vaqtlar yordam qilib, yoki hech bulmasa shirin suz bilan kunglini kutarsa ham Alloh albatta ajrini beradi... Albatta har kimmi rizqini beruvchi Alloh, agar inson yetimlarga ikrom qilsa, yordam qilsa faqat sababchi bulib savobini olishi mumkin, shuning uchun Hudodan surash kerak shu yetim va beva-bechoralarni rizqini berishingda meni sababchi qilib quygin deb, shunki u yetimmi haqqi u inson esa hech ham rizq berguvchi bula olmaydi, faqat sababchi bula oladi, rizq berguvchi esa shubhasiz Allohdir...
shu azgina qushimcha qilib beva-bechora va qushnichilik haqqiniyam qushib utib ketsam, hozirgi vaqtda ayniqsa Uzbda hamma har xil hayot kechirmoqda, bazi xonadonda tukin sochinlik bulsa, qushnisinikida esa qashshoqlik, bularni yaqqol kurish mumkin... Paygamarbarimiz s.a.v. aytgan ekanlar "agar Musulmon odam qushnisining 1ta nonga zor bula turib, uzi tuq qorin bilan uhlasa, usha yegan taomi u uchun harom"deb... Usha davrlarda Sahobai ikromlarda shunday holatlar bulganki, bir Sahobanikiga bir taom kelsa, shu taomga qushnim mendan kura muhtojroq deb qushinikiga chiqaradi, u qushni esa yana boshqa qushnisi menda kura muhtoj deb unga chiqaradi, shunday qilib usha taom 12ta uyni aylanib yana birinchi chiqargan Sahobani uyiga yetib keladi... Hozirgi vaqtga kelib odam hafa bup ketadi, qushnisiga yoki biror yetimga silai rahm qilish urniga, aksincha ushalarni haqqini yulvoladiganlar ham juda kupayib ketgan... ushlarni haqqini yeb, yana manaman deb hayot kechirayotganlar ham bor afsuski... bir hikoya esimga keb-ketdi, shu bir boy odam bor ekan, u kishini 1tagini ugli bor ekan... u boy har doim shu kichik uglini kungliga qarab, nima desa olib berib avaylab katta qilar ekan. shu ugli bir kuni kuchadan yiglab kirib qobti, dadasi senga nima buldi deb surasa, ugli yon qushni urtogini dadasi kabob qilgani va usha kabobdan yegisi kelsa uzini bollariga berib unga bermaganini aytibdi... boyni jahli chiqib, qushnikiga chiqibdi va kabobni isi kelibdi, keyin usha boy qushnisiga "ha bu kabob qilibsiz, shu uglimni kabobizga kungli ketibdi shu 1tagina kabobni shu yosh boladan qizgandizmi deb hafa bulsa, qushnisi yiglavoribdi va aytibdiki "qushni holimiz nochor bir necha kunda beri tuz-totganimiz yuq edi, shu bollarim ochligidan sillasi quridi, ohiri noilojiklakdan nima qilishimmi bilmadim, yulda ketoyatsam bir harom ulgan mol yotgan ekan, shu molni gushidan bir parchasini kesib olib kelib shuni bollarimga kabob qilib berayotgan edim... sizi uglizga bermaganimmi boisi shu, agar bersam harom u uchun harom luqma bulib qolardi" degan ekan... haligi boy ham yiglab, qushnimi ahvoli shu ekani men nima qilib yuribman deb darrov uyiga kirib boyliklaridan qushinisiga olib chiqqan ekan... ishqilib nima bugandayam va kim bulishimizdan qattiy nazar, hech qachon shu yetim-yesir va beva-bechoralarni, quni qushnini haqqini unitib quymaylik.. uzur postimmam ja chuzilib ketdi:)....

lost
10-03-2006, 07:12 AM
Yetim asrab olish haqida...

Kelajakda etim asrash niyatim yo'q emas. Ilojisi bo'lsa chaqaloqligidan asrab olgan bo'lardim, insh.

Fifi
10-06-2006, 03:12 AM
Assalomu alaykum wr wb,

Eskilardan qolgan bir maqol bor: "Yetim bola boqdim, og'zi-burnim qondan to'ldi, yetim qo'zi boqdim, og'zi-burnim moydan to'ldi",-degan.


Qiziq, shu maqolda ham jon bormikan?!

lost
10-06-2006, 03:21 AM
Assalomu alaykum wr wb,

Eskilardan qolgan bir maqol bor: "Yetim bola boqdim, og'zi-burnim qondan to'ldi, yetim qo'zi boqdim, og'zi-burnim moydan to'ldi",-degan.


Qiziq, shu maqolda ham jon bormikan?!

W.A.
johillikni chegarasi yo'q :)

Fifi
10-06-2006, 03:32 AM
Afsuski, Siz haqsiz. Absolyut bo'lish Yaratganga mos va xos ekan.

just_in
10-06-2006, 03:57 AM
Assalomu alaykum wr wb,

Eskilardan qolgan bir maqol bor: "Yetim bola boqdim, og'zi-burnim qondan to'ldi, yetim qo'zi boqdim, og'zi-burnim moydan to'ldi",-degan.


Qiziq, shu maqolda ham jon bormikan?!

Bir o'ylab ko'ringde, qars ikki qo'ldan chiqadi yoki nima eksang shuni o'rasan kabi maqollar ham borku, demakki bola bir nihol kabi, uni qanday o'stirib-parvarishlasak, u ham huddi shunga qarab hosil qiladi.MEning fikri ojizimcha, agar bolaga Alloh yo'lida yaxshi tarbiya berib, iymon-e'tiqodli qilib o'stirsak, mehr-e'tibor ko'rsata bilsak, shundagina ijobiy natijalarga erishamiz InsaAllah, lekin har qanday ishning zaminida SABR yotadi, bunga dalil qilib :
Al Asr surasining tafsiri
.......
103.1 . Asrga qasamki,
103.2 . (har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir!
103.3 . Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq
(yo'li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan
zotlargina (bundan mustasnodirlar).

Alloh hammamizni sabrli qilsin!

Wa assalamu alaykum!

Alouddin
10-10-2006, 12:51 AM
Fifi,

men ham shu maqolni eslab turgan edim shu kunlarda. Lkn har narsa Yaratgandan bo'ladiku (yaxshi taqdir ham, yomoni ham O'zidan, deb iymon keltirganmizku), to'g'rimi? Shuning uchun u yetim bolami, tamom, undan paqat rasvo odam chiqadi, deyish, tabii, ki johillik - lost to'g'ri aytdi.

Misol uchun zoniy odamlar yo'q emas - ular zoniy bo'lgani uchungina do'zahga tushmaydiku, to'g'rimi? shu ishni qilganlar - yana Xudoni o'zi yaxshiro biladi - shu qismatga duchor bo'ladi. Bolada ayb yo'qku.

Aytmoqchi bo'lganim, "yetim bola og'zi-burning qon qilar" degan gapning umuman joni yo'q, deb o'ylayman. Chunki bu maqol hamma yetimlarni bir varakayiga, inglichcha aytganda - painting all w/ one brush - qilib qo'yyapti.

i tak verdikt: bu maqol o'zbek tili lexiconidan olib tashlansin :)

Doctor
10-10-2006, 01:47 AM
рахмат яхши мавзу, узбек халки эскитдан болажон халк булган, айникса улуг ватан уруши даврида канча канча болаларни бокиб олишган, лекин бизни бундай болажонлигимизни куролмаганлар хам кам эмас, мен россия газетасидаги маколага кузим тушиб колганда, балки форумда бу тема кутарилгандир бу макола фергана.руда чикканди, машхур Тошкентбоевлар оиласи болаларни уруш пайтида трудовой эксплуатация килиш учун бокиб олишган деб езганди роса жахлим чикканди, хозирги кунларга келиб биз узимизнинг болажонлик хусусиятимизни аста секин йукотяпмиз, мени бобом собик иттифоки даврида болалар уйида умуман узбек миллатига мансуб болаларни курмаганман, булиши мумкин проста ота онаси оламдан утиб агар кариндой уруги булмаса тушиб колгандир но уларни хам куни кушнилари бокиб олишга харакат килишган, но хозирги кунда мехрибонлик уйларида узбек миллатига мансуб болалар хам купайиб кетяпти бу ачинарли, бу миллат ажратиш эмас просто узбек халкида бундай иллат умуман аклга сикмайдиган нарса эди, хозирги кундаги ушбу мехрибонлик уйларини холатини куринг болаларга рахминг келади уларда нима айб, бу масканларни директорлари болаларни хаккини ейишичи, мен тошкентда метро горкий атрофида ушатдаги болалар уйини болалари дайдиб юрганини роа куп курганман, роса хулиган болалар, улар овкат сураб юришарди, мен 1 тасини тухтатиб сухбатлашганимда улар очлигини мехрибонлик уйида етарлича овкатланмаетганини айтганди, уша болалар угирликлар килишади, махаллада яшайдиганлар улардан роса туйишган, бир хиллар уларни тутволиб дуппослашган хам курганмиз унака холатларни, ботта ким хак айтиш кийин но факт. Хозирда бола асраволганлар жуда кам агар эсларингда булса бир спектакл буларди битта етимхонада усган бола тугрисида, у ушанда узини тарихини гапириб беради у болалар уйига бирорта одам келиб болани узига фарзанд килиб опкетаркан деса хаммадан эрта туриб шеърларимни такрорлаб, чиройли булиб чикардим но ота оналар мени битта кулогим катта булгани учун олмасди деб йиглаб рол уйналганди, ундан яна сени фамилинг отчестванг борку у каттан олинган дейишганда фамилиям Давлатов отам мени давлат деганди, уша спектаклни куриб роса йиглагинг келади.

Asalik
10-10-2006, 01:58 AM
Yetim asrab olish juda ma'suliyatli ish, manimcha. Ota onalar bazan o'z farzandlariga nisbatan adolatli munosabatda bo'la olmaydilaru, yetimga qanday munosbat qiladilar? Lekin besh qo'l baravar emas deganlariday...
Chaqalog'ini asrab olish biroz osonroq bo'lsa kerak, har holda kichikligidan tarbiya qilish mumkin (yetimligini bildirmaslik ham mumkin). Agar yetim bola aqli boshini tanigan bo'lsa, unda masala biroz qiyinlashadi. Bu odamdan chegarasiz sabr va adolatni talab qiladi. Yetimni asrab olish shunisi bilan ham savobli bo'lsa kerak...

Fifi
10-10-2006, 02:02 AM
Fifi,

men ham shu maqolni eslab turgan edim shu kunlarda. Lkn har narsa Yaratgandan bo'ladiku (yaxshi taqdir ham, yomoni ham O'zidan, deb iymon keltirganmizku), to'g'rimi? Shuning uchun u yetim bolami, tamom, undan paqat rasvo odam chiqadi, deyish, tabii, ki johillik - lost to'g'ri aytdi.

Misol uchun zoniy odamlar yo'q emas - ular zoniy bo'lgani uchungina do'zahga tushmaydiku, to'g'rimi? shu ishni qilganlar - yana Xudoni o'zi yaxshiro biladi - shu qismatga duchor bo'ladi. Bolada ayb yo'qku.

Aytmoqchi bo'lganim, "yetim bola og'zi-burning qon qilar" degan gapning umuman joni yo'q, deb o'ylayman. Chunki bu maqol hamma yetimlarni bir varakayiga, inglichcha aytganda - painting all w/ one brush - qilib qo'yyapti.

i tak verdikt: bu maqol o'zbek tili lexiconidan olib tashlansin :)




Assalomu alaykum wr wb,

Alouddin,

Bu maqolni mavzuga dahli borligi uchun yozdim,ammo yozganim, shu maqol tarafdori ekanligimni anglatmaydi.

Ikkinchidan, sal xato tushungansizlar bu maqolni. Bu maqolda "yetim bola boqdim og'zi-burnim qondan to'ldi", degani, yetim bola yomon degani emas, bu maqol qiyinchilik, qahhatchilik davridan qolgan. Qiyin, azob bilan birini zo'rg'a yetqazib, birini yetqazolmagan, ammo shunga qaramay yetim asrab olganlar, bu mashaqqatdan nolib, bir umidsizlik tariqasida aytishgan.Shuncha azob yeb boqayapman, kunni zo'rg'a amallab o'tqazayapman,ammo shu boladan erta qaytadimi yo'qmi, bundan bir gap chiqadimi yo'qmi degan ishonchsizlik, umidsizlik bu maqolda ifodalanayapti.


Ammo, bu maqolni hozirgi paytda hech kim qo'llamasa ekrak. Har xolda eshitganim yo'q.

Menda otaliqqa olgan qizcham bor. Yoshi 4 da. Asal qizim.
Hangomasini qilsam, qotib qolasizlar.

Shom namozini o'qib bo'ldim. Yonimda turgan edi.
"Men nima qildim",- deb savol berdim.
Javob:
-Namoz o'qidingiz.
-Kim uchun?
-Xudo uchun.
-Xudo qani?
Xudo teppada.
-Xudo nima qiladi?
Xudo Sizga biz uchun ko'p shokolodlar yuboardi va Siz uni bizga berasiz deb javob qaytarganida, dumalab olib kulgan edim. Albatta, bu nodir javobdan xursand bo'lgan edim. Mehrim yanada oshib ketgan edi.

Alouddin
10-10-2006, 05:30 AM
Fifi, uzr, men hech ham "aloqasi yo'q gapni yozibsiz" demoqchi emasman:)

ikkinchidan, bu masalaga oydinlik kiritganiz uchun tashakkur :)

just_in
10-10-2006, 07:29 AM
Bir kishi Payg’ambar (s.a.v.)ning oldilariga kelib: “Menda yetim bor, qaysi vaqtda urishim mumkin? ”deb so’radi.Aytdilar: “Farzandingni urganingda”.Ya’ni uni tarbiyalash uchun ota o’z o’g’lini urganidek ursa, zarari yo’q ekan.

Faqih aytadilar: “Agar yetimni urmasdan, odob bermoqqa qodir bo’’lsa, u holda urmasligi lozim, chunki yetimni urish og’ir ishdir.”

Shu bilan birga Pyg’ambarimiz (s.a.v.) ning o’zlari ham yetim o’sganliklarini hisobga olsak, fikri ojozimcha yetimga yaaxshilik qilgan Payg’ambarimiz (s.a.v.) ga yaxshilik qilgan bilan barobar bo’lar ekan(qayerda o’qiganim esimda yo’q,xato bo’lsa Alloh kechirsin).

Lady_G
10-10-2006, 07:59 AM
Ман тогрисини айтсам хотиним тугмади деб ажрашиб бошка хотинга уйланганларни тшунмиман! Бола(чакалок) асраса боладику! Парочка хам бирга колади, болали хам болади.
Бола олиб асрашга карашим позитивный! Масалан Анджелина Джоллини огилчаси Меддокс бирам ширин :) .

http://www.krem.com/sharedcontent/northwest/eveningmagazine/stories/L_IMAGE.fac4e2432c.93.88.fa.80.49cfb34d.jpg

Inspiredmind
10-10-2006, 08:44 AM
Ман тогрисини айтсам хотиним тугмади деб ажрашиб бошка хотинга уйланганларни тшунмиман! Бола(чакалок) асраса боладику! Парочка хам бирга колади, болали хам болади.
Бола олиб асрашга карашим позитивный! Масалан Анджелина Джоллини огилчаси Меддокс бирам ширин :) .

http://www.krem.com/sharedcontent/northwest/eveningmagazine/stories/L_IMAGE.fac4e2432c.93.88.fa.80.49cfb34d.jpg

meddokxni sochlarini karanglar aa, Bradjon dadasi ham hayron smtimes, doppi kiysa kanaka bo'larkin meddox, .lol, :D