PDA

View Full Version : Abdulla Qahhor: Anor


Frida
10-06-2006, 12:06 PM
Hurmatli forumdoshlar,
"Anor" hikoyasini o'qiganmisiz? Agar bunday baxtga musharraf bo'lmagan bo'lsangiz, marhamat quyidagi "attachment" qilingan nusxani o'qing va iloji bo'lsa o'z fikrlaringizni bildiring.

Meni qiziqtirgan savol - Sizningcha Turobjon anorni qayerdan oldi? Marhamat, sizning fikrlaringiz....

Frida
10-06-2006, 12:08 PM
davomi.....
message is too short :(

Frida
10-06-2006, 12:13 PM
davomi...
javoblaringiz uchun rahmat!

lost
10-06-2006, 12:31 PM
Hurmatli forumdoshlar,
"Anor" hikoyasini o'qiganmisiz? Agar bunday baxtga musharraf bo'lmagan bo'lsangiz, marhamat quyidagi "attachment" qilingan nusxani o'qing va iloji bo'lsa o'z fikrlaringizni bildiring.

Jaaa baxtmasu, lekin yoshlikda o'qingandim. Yaxshi asar. Odammi uylantiradi.
Yaxshi ishga qo'l uribsiz, Farida :) Kattakon rahmat.
Meni qiziqtirgan savol - Sizningcha Turobjon anorni qayerdan oldi? Marhamat, sizning fikrlaringiz....
Savolizga javob: Mullajon qozining bog'idan, o'g'irlab.


Sizga savol: iboralarni tagiga o'zingiz chizdingizmi?

Frida
10-06-2006, 12:42 PM
Jaaa baxtmasu, lekin yoshlikda o'qingandim. Yaxshi asar. Odammi uylantiradi.
Yaxshi ishga qo'l uribsiz, Farida :) Kattakon rahmat.

Savolizga javob: Mullajon qozining bog'idan, o'g'irlab.


Sizga savol: iboralarni tagiga o'zingiz chizdingizmi?

Sizga ham rahmat! Har doim biror asar o'qiganimdan keyin davomini o'zimcha hayolimdan o'tkazaman. O'qituvchimiz ham bizga shunday deb aytgan edilar, Mullajon qozinikidan deb. Yana kimdan qanaqa fikr chiqar ekan, degan edimda :) Biror kimni o'ldirgan deb o'ylaysizmi? :lol: Ha, endi, hayolda. Fantaziya :D

Ha, iborlarni tagiga men chizgan edim. O'chirish esdan chiqibdi. Odatda o'qigan kitoblarimda yoqtirgan narsalarim bo'lsa, tagiga chizib qo'yaman. Ba'zida yomon odat --- half.com da keyin sotmoqchi bo'lsam darsliklarimni, arzonroqqa ketadi. :D

inDecision
10-06-2006, 04:15 PM
bu 5 yoki 6 sinf adabiyot kitobi bulsa kere...esliman lekin haqiqatdan ham ruslarda-Chexov, ozbeklarda -Qaxxor

saturn
10-07-2006, 01:20 AM
...O'qituvchimiz ham bizga shunday deb aytgan edilar, Mullajon qozinikidan deb. Yana kimdan qanaqa fikr chiqar ekan, degan edimda :) Biror kimni o'ldirgan deb o'ylaysizmi? :lol: Ha, endi, hayolda. Fantaziya :D ...

mani ham hayolan birinchi bo'lib biror kimsani o'ldirgan degan ko'chaga kirib chiqdim... lekin, manimcha ham, bu shunchaki fantaziy...
usha Mullajon qozining bog'idan olgan bo'lsa kerak.. :rolleyes:

AbdulAziz
10-07-2006, 03:57 AM
Assalomu alaykum!
Men ham ysohligimda o'qigandim bu hikoyani. Judayam ta'sir qilgandi.
Rasmdan o'qib qiynalganlar uchun word variatini (kirillda) ham qo'ydim.

ushbu hikoyani HTMLda o'quvchilar uchun link. (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=795&Itemid=41)

Rahmat sizga Frida!
Yana boshqa hikoyalarni ham kutib qolamiz.
PS. "Bemor" chala qolib ketibdi. Bu hikoya ham juda zo'r. Agar "Dahshat"ni skaner qilib bersangiz undanam dahshat bo'lardi.

Nigorabegim
02-19-2007, 03:05 AM
Assalomu alaykum Frida!
Manimcha Abdulla Qahorning "Anor" hikoyasini o'qigan odam chuqur o'yga toladi.
Birinchidan, boylarimiz shunchalik ziqna bo'lgan ekanmi, agar kambag'al odam bir-ikki dona anor so'rasa bermaydigan?! To'g'ri bugungi kunning boyi qo'shnisiga hech narsani ravo ko'rmasligi mumkin, biroq u paytlardagi odamlarning dunyoqarashlarini olib qaraydigan bo'lsak, odamlar eshiklariga ham qulf osishmagan deyishadi-ku?!
Ikkinchidan, Turobjon nahotki o'g'irlab kelgan anorni xotiniga ravo ko'rsa?! Harom luqma tug'ilajak g'odakka ta'sir qilmaydimi?!
Bu o'rinda bir rivoyat bor edi:
"Bir savdogar o'g'lini halol luqma yedirib voyaga yetkazadi. Biroq bola 7 yoshga to'lganida bir meshkobchining meshini teshib suvini oqizib yuboradi. Meshkobchi otaning oldiga keladi Ota jarimani to'lagach hayron bo'ladi-ki,-"Man farzandimni halol pul topib boqayotgan bo'lsam, bu ishning boisi nedir ?"-deb. Voqeaning mohiyatiga yetolmay rafiqasiga murojaat qiladi. Rafiqasi -"Farzandimiz vujudimda ekanligida anor yegim kelib mablag' topolmay anorchining anorini igna ila teshib sharbatini totgandim"-deya javob qaytaradi".
Ko'rinib turibdiki, millatimizning qon-qoniga halol va harom, oriyat degan narsalar singib ketgan bo'lsa, Turobjonning bu ishi yozuvchining to'qimasi emasmikan?

infolife
02-19-2007, 04:00 AM
Abdulla Qahhor eng zo'r hikoyalarni yozgan deb bilaman.
odamni juda o'ylantirib ezvoradigan hikoyalar, sodda va ravon tilda, insonga juda tasir qiluvchi usulda yozilgan qisqa ammo bir otirishda oqib chiqib 3-4 kun oylanib yuradigan hikoyalar
Anor og'irlangan, bog'dan, afsuski....bechara ayoli nima qilsin.

Ayniqsa O'g'ri va Dahshat hikoyalari zor.agar bolsa shulaniyam qoyvorin Frida honim.avvaldan rahmat!

Doctor
02-19-2007, 04:27 AM
Hurmatli forumdoshlar,
"Anor" hikoyasini o'qiganmisiz? Agar bunday baxtga musharraf bo'lmagan bo'lsangiz, marhamat quyidagi "attachment" qilingan nusxani o'qing va iloji bo'lsa o'z fikrlaringizni bildiring.

Meni qiziqtirgan savol - Sizningcha Turobjon anorni qayerdan oldi? Marhamat, sizning fikrlaringiz....

Увайсийни хам Чистони буларди анор тугрисида
"Улна гулгунпуш девон
На эшига на туйнугу бор
Анда минглаб кизлар айлабди макон
Юзларига парда тортиглук, турарлар багри кон"
манимча шунака эди адашган бусам узр



Хикояни бошидаги
"Уйлар тула нон, оч-нахорим болам,
Ариклар тула сув, Ташнаи зорим болам"
деган мисраларни укибок одамми кугли эзилади, утмишдан дейилиб, хозирги кунда хам тугри келади, утмиш кайтяпти

Nigorabegim
02-19-2007, 04:55 AM
O'tmishsiz kelajak yo'q. Voqealar takrorlanishi mumkin...
Man Qahhorni har doim sevib o'qiganman. Bekorga Abdulla Qahhorni so'z zargari deyishmagan yoki 60 yillik yubileyida"Men partiyaning soldati emas, ongli fuqarosiman"- degan so'zlari uchun tazyiqqa olishmagan.
Haq so'zni, haqiqatni aytgani uchun shunday qilishgan, albatta.
Yoki hikoyalarining boshlanishidagi "Osmon uzoq, yer qattiq"(Bemor), "Otning o'limi-itning bayrami" (O'g'ri) maqollarini epigraf qilib olishi uning nechog'lik so'zlarni chertib-chertib olishini ko'rsatadi.
Hattoki bir yozuvchi amaldorni tanqid qilganida-"Tuzukroq asar yoz desang vaqtim yo'q-Davlat ishlari bor, ishingda mana bularni qilmabsan desa-yangi asar yozayotgandim- deydi. Bundaylar tuya desang-qush, qush-desang tuyaman, deydi. Tuyaqushdan nima farqi bor?"-deb keskin tanqid qilgan ekanlar. Tanqid esa bilganingizdek, hammaga ham yoqavermaydi.