PDA

View Full Version : ONAjonlarimiz uchun!


NuR_BeK
10-18-2006, 03:17 PM
Salom hurmatli forumdoshlar,
bugun hamma mavzuda forumda bo'limlar ochdik, ochayapmiz, kelinglar dunoydagi eng qimmatli, eng mo'tabar zot, mehri daryo, dunyoda tengi yo'q ONAjonlarimizga atab she'rlarni mana shu bo'limda joylasak, nima deysizlar? Birinchi she'r juda ham qayg'uli boshlangani uchun uzrlarimni qabul qilgaysiz. oldindan hammaga Rahmat.

ONAJON
Onajon ruhingizda sog’inchlar kezmadimu,
Qabringizga bosh qo’ysam chechaklar sezmadimu,
Onajon jismingizni kesaklar ezmadimu,
Onajonim giryonim, g’arib ko’ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Samolarda sor lochin ayt, nelarni izlaydi,
Ruhi ravon zabonim faqat sizni so’zlaydi.
Yuragimda bir qushcha onajon deb bo’zlaydi,
Onajonim giryonim, g’arib ko’ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Siz baxsh etgan mehrni endi kimdan yig’ay man,
Siz sig’magan dunyoga endi qanday sig’ay man,
Davosi yo’q bu dardga endi qanday chiday man,
Onajonim giryonim, g’arib ko’ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

G’arib dunyo, g’o’r dunyo, peshonasi sho’r dunyo,
Sitamlaring bu jonga ozor bo’ldi, ko’p dunyo.
Onam yurgan yo’llarni gulga ko’mib yur, dunyo
Onajonim giryonim, g’arib ko’ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Sarson qushim jon ko’nglim, buncha bo’lding qon ko’nglim,
Izingizdan zar to’kib, topolmay armon ko’nglim.
Sizni bir bor ko’rishga aylagum qurbon ko’nglim,
Onajonim giryonim, g’arib ko’ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.

Fasli fano o’todir hayot otliq yelkanda,
Qabringizga bosh qo’ysam, tafti yonar yelkamda.
Qalb qo’ringiz, umringiz o’g’il-qizim erkamda,
Onajonim giryonim, g’arib ko’ngli vayronim,
Volidai sultonim mehribon onajonim.


Muallif: Doston

svitok
10-19-2006, 05:11 AM
îíàæîíëàðãà êàí÷à êèëñàê îç...

îíàæîíèì áóòóí áîðèìñèç äóí¸äà
êóçèì î÷èá êóðãàí êîðî÷èãèìèç îíàì,
ñèçñèç äóí¸ì êîðîíãó îíàì,
ñèç áîðñèç ìåí õàìèøà áàõòëèìàí îíàì...

Asadbek
10-19-2006, 05:33 AM
Mavzular:


Shirin_Qiz: ONA haqida MONOLOG (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=27362)
Asadbek: Ona haqida she'r (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=8187)
Desperado: Onam (Muhammad Yusuf) (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=13311)

NuR_BeK
10-19-2006, 05:02 PM
QALDIRG'OCHLAR KELDIMI?
QALDIRG’OCHLAR KELDIMI?
Sarin yellar yana yeldimi,
Uzun yo'llar dilni tildimi,
Sog'inchimni bahor bildimi,
Ona, qaldirg’ochlar keldimi?

Tonda shudring to’kilgan izdan
Daraklab ko’r qizg’aldoq-qizdan
Tushlarimga gul taq yalpizdan
Ona, qaldirg’ochlar keldimi?

Barmoqlari qirmiz hinoli,
Qarashlari sirli, imoli
Oy-omonmi qizlar himoli
Ona qaldirg’ochlar keldimi?

Adirlarda maysa uyg’onmish,
Tushlarimga kirasan xomush,
Zabonimda bir nido yonmish
Ona, qaldirg’ochlar keldimi?

Umr-armon to’ldirilgan may,
Yuragimda yig’layotir nay,
Ko’z yoshingni yomg’irlarda chay
Ona, qaldirg’ochlar keldimi?

Huzuringga bir kuni uchib
Boradirman xavotir quchib
Deyman bo’m-bo’sh xonani ochib:
Ona… qaldirg’ochlar keldimi? …
Ona… qaldirg’ochlar keldimi? …
Ona… qaldirg’ochlar… keldimi? …

Pythagor
10-19-2006, 05:12 PM
Manosi yahshiku, lekin boshida sansirab keyin sizsirashga utib ketibsiz. :-)

asta astada martin, hechkim onasidan artis bup tug'ilmaganku...

svitok
10-20-2006, 03:01 AM
Manosi yahshiku, lekin boshida sansirab keyin sizsirashga utib ketibsiz. :-)

ok uzur tugirlimiz!

Shirin_Qiz
12-14-2006, 03:05 AM
Onajonim .

Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz siz Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay,o‘zingiz ayting,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?
Rasul javob qildilar: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarimiz ham...

inter
12-14-2006, 02:25 PM
onam mening borimsiz yoruq olamda,
yolgiz mehribonimsiz yoruq olamda.
aziz qiblagohimsiz,munis,guborsiz,
mening iftihorimsiz yoruq olamda.

sizsiz kerak emas yorqin kelajak,
sizsiz hayot tuhtar,tuhtar bu yurak.
siz bor ekan yuqdir qalbda hafalik,
sizni hursand qilish eng katta tilak.