PDA

View Full Version : Yunus Emro (sharh kerak)


Donbegi
10-19-2006, 02:04 PM
Quyida Yunus Emro qalamiga mansub satrlar berilgan.

Marhamat:

Meni menda dema, menda emasmen.
Bir men bordir menda, mening ichimda.

Siz forumdoshlarga murojaatim: mazkur satrlarni qanday qilib sharhlash mumkin (iloji bo'lsa, yaxshi sharhlashga usta bo'lganlar sharhlasin).

Rahmat.

Free
10-30-2006, 03:05 AM
donbegi buni yashamay sharhlash juda qiyin hatto imkonsiz.dil va til bordir insonda.usta bo'lganlar sharhlasin depsiz usta deganiiz ana shu misrani yashaganlar mi yoki faqat grammatika bilganlar mi ? agar til bilganlar bulsa to'gri sharh olish qiyin agar yashaganlarni istasangiz ular forumda aylanishmaydi.zotan tarjumasi ham to'g'ri bo'mapti turkchada "bir ben vardir bende benden içeru"...bu bir bilgi emas "hol" masalasi tasavvufta "hol" bor.holda yashangan ko'rilgan va his etilgan narsalarni til bilan tushuntirish mumkin emas.

Nafees
10-31-2006, 12:53 PM
tez aytishmi u topishmoqmi :lol:

W.I.Z.A.R.D
10-31-2006, 01:00 PM
Quyida Yunus Emro qalamiga mansub satrlar berilgan.

Marhamat:

Meni menda dema, menda emasmen.
Bir men bordir menda, mening ichimda.

Siz forumdoshlarga murojaatim: mazkur satrlarni qanday qilib sharhlash mumkin (iloji bo'lsa, yaxshi sharhlashga usta bo'lganlar sharhlasin).

Rahmat.

Назаримда тилим фаркли дилимдан деган маънода:)

Asadbek
10-31-2006, 04:36 PM
Quyida Yunus Emro qalamiga mansub satrlar berilgan.

Marhamat:

Meni menda dema, menda emasmen.
Bir men bordir menda, mening ichimda.

Siz forumdoshlarga murojaatim: mazkur satrlarni qanday qilib sharhlash mumkin (iloji bo'lsa, yaxshi sharhlashga usta bo'lganlar sharhlasin).

Rahmat.Sharhlashga usta emasman-u, ammo fikrimni bildirmoqchiman.

Shoir bu misralar bilan "Sen meni yaxshi bilaman, deb o'ylama! Mening ichki dunyoim sen meni yuzaki bilganingdan ko'ra boshqaroq, ichki dunyomni bilmaysan" demoqchi, shekilli.

Balki, Free aytganidek, tasavvuf ilmidan xabardorlar sharhlagani ma'qulroqdir...

Desperado
11-01-2006, 02:50 AM
Quyida Yunus Emro qalamiga mansub satrlar berilgan.

Marhamat:

Meni menda dema, menda emasmen.
Bir men bordir menda, mening ichimda.

Siz forumdoshlarga murojaatim: mazkur satrlarni qanday qilib sharhlash mumkin (iloji bo'lsa, yaxshi sharhlashga usta bo'lganlar sharhlasin).

Rahmat.


мен хам шархлашдан узокман, лекин ўз фикримни айтмокчиман.
бир мен бордир менда, менинг ичимда - бунинг тарихи Аллох Одамни яратгани хакидаги вокеага такалади. чунки, Одам яратилгандан кейин Аллох унга пуфлаб жон ато этади. шу тарика Аллох нурининг бир зарраси, тажаллийси Одамга ўтади. менинг ичимда мавжуд бўлган Ягона МЕН - бу Аллохнинг нурининг зарраси демоқчи булса керак.
Шундан келиб чикадиган бўлсак, инсон аслида хеч ким эмас, яъни - мени менда дема - чунки - менда эмасман, аксинда менинг мавжудлигим Аллоҳхнинг мавжудлигидан ўзга нарса эмас, демокчи. Мен аслида йўкман. менинг борлигим Аллохнинг борлиги, унинг зарраси тажаллийси туфайлидир, демокчи булса керак. Валлоху аълам.

Free
11-01-2006, 02:54 AM
tez aytishmi u topishmoqmi :lol:
tez aytish emasu lekin topishmoq bo'lishi mumkin.ammo bu topishmoqni topganlarga katta sovg'alar borga o'hshaydi

HZleyli
11-01-2006, 03:20 AM
Severim ben Seni candan içeri,
Yolum vardır bu erkândan içeri.

Şeriat, tarikat yoldur varana,
Hakikat meyvası ondan içeri.

Dinin terk edenin küfürdür işi,
Ol ne küfürdür, imandan içeri.

Beni bende demen, bende değilim,
Bir Ben vardır bende, benden içeri.

Beni benden Alan'a ermez elim,
Kim kadem basa Sultan'dan içeri.

Tecelliden nasip erdi kimine,
Kiminin maksudu bundan içeri.

Miskin Yunus gözü tuş oldu Sana,
Kapıda bir kuldur, Sultan'dan içeri.


--------------------------------------------------------------------------------

Free
11-01-2006, 03:41 AM
İlim ilim bilmektir
ilim kendin bilmektir
sen kendini bilmezsin
ya nice okumaktir.

bu misralar yuqoridagi misralarni ochiqlaydi.
Sokrat maktab eshigi oldiga "O'zingni bil" deb yozib qo'ygan ekan.Va "Kendini bilmeyen Rabbini bilmez" so'zi ham bor...Va "amonat".Allah amonatni tog'larga va boshqa mahluqlarga taklif qiladi hech biri qabul qilishga jasorat qila olmagan.Lekin inson qabul qilgan.Hech o'ylagan misiz bu "amonat" nima deb ?

Han
11-01-2006, 07:18 AM
*inson "men" deganda NIMAni yoki KIMni nazarda tutadi?
*nima uchun Falonchi kim deyilganda "men" deb ko'ksimizni ko'rsatamiz?
*nima boshqa organlarimiz men emasmi?


Men o'zi kimman?

- butun yomonligu yovuzlikni orzuga aylantirgan nafsmanmi?
- yoki "Qolu balo" debon Farishtalar olamidan yer yuziga suzilib, badan qafasiga tiqilgan Ruhmanmi?
- Yoxud dastlab yaratilganida Shayton ichiga kirib "Ichi bo'sh ekan, buni harbalo qilsa bo'ladi" deb tariflagan, umrimning asosiy qismini uning issiq sovug'iyu atir upasi, parvarishiyu istirohati uchun qayg'urib o'tkazadigan Badanmanmi?

Meni menda dema, menda emasmen.
Bir men bordir menda, mening ichimda....

Har kasning bor bir kasi,
Men bekasning yo'q kimsasi
Men bekasning Sen bo'l kasi
Ey kimsasizlar kimsasi...

douglas
11-01-2006, 05:26 PM
cok guzel tessekürler

Donbegi
11-02-2006, 04:40 PM
Hammaga rahmat.
Faqat qanday qilib THANK qilishni tushunmadim. :rolleyes:

Desperadoning sharhi manga juda yoqdi.