MUHLIS
10-20-2006, 06:18 AM
Ozgina qog'oz qoralagan edim, sizlarning e'tiboringizga havola qilyapman....
Sog’inchlarim malikasi.
Eshitdim alamdan bo’libsan sen hasta,
Hazonlik bog’larni kezar emishsan,
Baxtiyor kunlaring, yoshliging asta,
Sarg’aygan barglardan so’rar emishsan… (qo'shiqdan parcha)
Yoz ham tugab kuz kelgani bilindi, derazadan endi issiqdan lohas bo’lgan tanaga rohat bahsh etadigan shabada emas, biroz etni junchiktiradigan elvizak esmoqda. Turib derazani berkitdim. Sevimli musiqamni qo’yib yana o’zim istamagan holda hayol va hotiralar daryosiga g’arq bo’la boshladim…Negadir oxirgi vaqtlarda bolaligimni, o’smirlik yillarimni tez-tez xotirlaydigan bo’lib qoldim. Balki vaqtimning bo’shligidan, balki ko’nglim biroz yengil tortganidandir…, bilmadim. Nima bo’lganida ham umr to’xtab qolgani yo’q, men ham hayot ummonida suzishda davom etmoqdaman.
Gulsora. Qancha dard, qancha shirin armonlar, va qancha iztiroblar mujassam men uchun bu otda. Seni ilk kez uchratgan kunimni huddi kechagidek hotirlayman. O’n – o’n bir yoshlarda edim. Yozning ilk kunlaridan biri edi, daladan o’t o’rib, pamidor ekilgan keng dala yoqalab tutlarning soyasidan yurib qishloqqa qaytayotgan edim. Qanchalik og’ir bo’lmasin odatda men o’tni bir yelkamga olgach uyga borguncha yerga qo’ymas edim, chunki uni qayta yelkaga olish va yo’lga tushish yana ham qiyin tuyulardi. Lekin tengqurlarimning o’tga ketayotganini ko’rgach yelkamdagi o’tni yerga tashladim va uning ustiga o’tirib ularni kuta boshladim. Avval ilg’amagan ekanman, ularning orasida firuza va yashil rangning qo’rishmasiga o’xshagan noyob bir rangli, kattta-katta oq gullari bor, ammo biroz eskirgan ko’ylak kiygan bir qiz ham bor edi. Yaqinlashib kelaverdilaring, sen yoningdagi Hayrulla bilan nimalarnidir tortishib, bahslashib kelarding. Men hali sen bizning mahallaga yaqinda ko’chib kelganing, aslida dadamning sinfdosh do’stining qizi va Hayrullaning qarindoshi ekaningni bilmasdim. Ajabo, bunday qaddi raso va go’zal qizni men ko’rmagan edim hali. Yoshligimdan ko’p kitob o’qir edim, seni dam u dam bu ertak yoki roman qahramonlari sifatida ko’ra boshladim va beihtiyor o’zimni ham oshiq yigitlar rolida his eta boshladim. Kelishlaring biram sekinlashib ketdiki, har bir harakatingni va ishoratlaringni shoshmasdan kuzatish imkoniyatiga ega bo’ldim: shabadada to’zg’igan qo’ngir sochlaringni quyoshga tushgan tolalari oltin kabi tovlanar edi va nafis qoshlar ostidan zumrad kabi nim yashil nurlanayotgan ko’zlaringni to’sardi, sen uni qo’llaring bilan tuzatib, harir qirmizi ro’moling ostiga berkitar eding….Bug’doyrang, tiniq, va g’ayrat yog’ilib turgan yuzlaring meni tamoman rom etdi o’shanda. Agar peshonamdan oqqan ter ko’zlarimni achishtirmaganida men qayerda ekanimni va menga nima bo’layotganini bilmay turaverar edim. Men o’shanda sening otang toparmon-tutarmon magazinchi ekanini, sening ko’yingda yurgan oshiqlaring son-sanoqsiz bo’lajagini, va ular orasida, sevgim qanchalik samimiy bo’lmasin, men kabi g’arib va soddda bolaga umuman imkoniyat bo’lmasligini, qanchalik qaysarlik qilib ortingdan kezmayin, oshiqlaringni ayovsiz do’pposlamayin, ukangni yo’lga olib uyinga hatlar kirgizmayin….baribir…, baribir harakatlarimdan naf chiqmasligini bilmas edim. O’sha vaziyatda, seni birinchi marta ko’rgan vaqtda men yuragimga ham totli, ham azobli va bir umrlik bitmas bir armon gardi qo’nayotganini hali bilmas edim. U tuyg’u yuragimga shunchalik yoqimli va totli tarzda quyilib kelardiki, agar o’shanda menga kimsa “ey, bola, o’zingni qo’lga ol, bu sen o’ylaganchalik shirin narsa emas, bu tuyg’u seni hali ko’p qiynaydi,” deganida, men ishonmagan va ranjigan bo’lardim.
Hullas senga oshiq bo’ldim, har kun, har daqiqa sen haqda o’ylay boshladim, maktabda bir sinf pastda o’qir eding, darsga kirmasdan sening sinfing yonida o’ralashganim o’ralashgan edi…Eshikdan mo’ralab seni uzun kipriklaringni pirpiratib yozishlaringni tomosha qilardim. Dardim shu qadar ulg’ayib ketdiki dangal va ochiq fe’limga qaramasdan seni ko’rsam tilimga gapga kelmaydigan, yoningda hayajonlanib o’zimni qo’yarga joy topa olmaydigan bo’lib qoldim. Butun kun orqangdan soyadek yursam da, qulay fursat kelganida “g’ing” deya olmasdan turib qoladigan bo’lib qoldim. Butun alamimni sportdan olar edim, tinmasdan shug’ullanardim, go’yo sen menga “agar mashxur sportchi bo’lsang, hammani ura oladigan bo’lsang seni deyman,” deb va’da bergandek huddi...
Netayki, shu sportni deb seni har kuni ko’rish baxtidan judo bo’ldim. Men poytaxtdagi sport maktabiga qabl etildim va o’rta maktabni o’sha yerda davom etdiradigan bo’ldim. O’smirlik yoshimdayoq aziz qishlog’imdan, mehribon ota-onam, qavmu-qondoshdan yashashga mahkum bo’ldim. Ketmasimdan bir-ikki oy oldin maktabda yurak yutib senga ikki hovuch jiyda bergan edim….sen birinchi (va oxirgi) marta mening qo’limdan mayin jilmayib narsa olganding o’shanda. Agar men bilsaydim sen ikki hovuch jiydani olishiningni….men senga avval bergan ( va sen olmagan) axmoqona atirlar va gullarning o’rniga senga albatta jiyda bergan bo’lardim…Balki o’qishga ketmaganimda taqdirimiz boshqacha bo’larmidi….kim biladi.
Men seni sevardim Gulsora, hozir ham seni qattiq hurmat qilaman, hozir ham sen bilan dardlashsam deyman….ammo yo’limiz boshqa ekanda…va eng og’riqli jihat shuki, sen menga qiyo ham boqmagansan. Shunday deymanu, ko’nglimning ich-ichidan turli o’ylar chiqib kelaveradi, menimcha sen mendan-da bo’ysunmas bo’lgansan, mendan-da mag’rur bo’lgansan va xech qachon menga ochiq bir so’z demagansan o’z tuyg’ularing haqida. Agar meni sinfdosh qizlar orqali zimdan kuzatmaganingda, agar go’zal bo’la turib, davlatmand oiladan bo’la turib, o’qimaganligingga qaramasdan yigirma to’rt-yigirma besh yoshinggacha hammaga rad javobini berib kelmaganingda, agar ota-onang mahalladosh bolaga berganida to’yni buzmaganingda….seni unutgan bo’larmidim, yuragimda shu gumonlarga qorishgan armonlar qolmagan bo’larmidi…..
Men hayotimdan norozi emasman, qismatimdan mamnunman, menga Xudo nasib aylagan mahbubam yonimda, bizning hayotimiz sevgiga to’la, shodlikka to’la. Umid qilamanki seniki ham shunday. Zavjamning ba’zi bir jihatlari menga seni eslatadi……balki o’shanda sening qiyofangda bo’lajak umr yo’ldoshimni ko’rgandirman, balki men yanglishganim uchun ham sen shunchalar qarshilik ko’rsatgandirsan…….bilmadim.
Musofirlikda hayot kechirish o’sha o’n besh yoshimda uydan uzoqqa ketganimdan peshonamga tamg’a kabi bosilganmi….o’shandan beri qishlog’imni, ota-onamni, qon-qardoshlarimni sog’inib, oyda-yilda bir ko’rib yashayman…ularni hamisha sog’inch bilan, o’ksik bir dard bilan yodga olaman va albatta beg’ubor bolaligimni va seni eslayman. Qishloqqa har borganda imkon topib dalalarni kezaman, mozorga boraman bobom, buvim qabrlarini ziyorat qilaman, haqlariga duo o’qiyman. Qaytishda eski qadrdon, to’zonli yo’llardan yurarkanman uzoq-uzoqdan bolaligimdagi suronlar eshitilgandek boladi…qizlarning kulgulari, kolxozchi xotinlarning qiy-chuvlari, traktor ovozlari, mol-qo’ylarning ma’rashi…..
Hozir ko’p narsalar o’zgargan, dalalar fermerniki, u yerga hech kim chiqmaydi ham, ko’p yo’llar buzilib ketgan, biz ismlarimizni o’yib yozgan, sevgimizni “oshkora qilgan” chinorlar kesilib ketgan, katta va suvlarga limmo-lim ariqlar torayib ketgan….men bu yerlarni ko’p sog’inib kelamanu, ammo axtargan narsasini topa olmagan odamdek hafsalam pir bo’ladi. Men sog’inib izlaganim bu o’sha davr, o’sha bolalik, ko’plari allaqachon marhum bo’lgan sodda va oqko’ngil odamlar va harir ro’mol o’ragan, bug’doyrang yuzli, sarvqomat qiz ekanligini chorasiz tarzda tan olaman….Ular endi yo’q, ular mening tasavvurimda qolgan holos. O’sha yoz kunida qalbimga tushganicha chiqib ketmaydi bu tuyg’u. Ortiq chiqishini ham istamayman, chunki u menga hasratimni yengillashtiruvchi xotiralarni tuhfa etadi.
Ba’zan juda ham bilgim keladi sen haqingda, ammo bilolmayman, qayerdan ham bilardim? Birortasidan so’raymanmi “Falonchi qalay ekan, ishqilib yaxshimikan, men uni sevardim, shuning uchun bilishim kerak, u baxtli hayot kechiryaptimi…” deymanmi? Deyolmayman albatta! Lekin ishonamanki, sen go’zal turmish kechirmoqdasan, xayotingdan minnatdorsan, va sen ham mendek ba’zan bolaligingni hotirlaysan, va o’sha xotiralar orasida men noshudni ham balki eslarsan va mayin jilmayarsan, balki da yengil ho’rsinarsan….Ko’zlarimdan chiqqan yosh tomchilari dudog’imga kelib tushdi, bunchalar ham sho’r ekan bular?.....
Hamisha sog’ va omon bo’l bolaligim, hotiralarim, armonlarim, va sog’inchlarim malikasi! Sening borligingni bilmakning o’zi menga kifoya.