PDA

View Full Version : Har Sohadan Bir Shingil, yoxud: ''Begona'' Ijod Namunalari!

Ulug'bek
10-24-2006, 11:13 AM
Bu threadda, birinchi joylashtirilgan threadlariga ''begona'' bo'lgan, nasriy va nazmiy ijod namunalari to'planadi.

Bu threadni ochishdan asosiy maqsad- ''Nazm Glushani'' va ''Nasr Xazinasi'' threadlariga joylashtirilgan va talabga javob bermagan ijod namunalarini joylashtirishdir. Lekin, shu bilan birgalikda bu yerda, boshqa threadlarga mos tushmagan postlar ham to'planishi mumkin.

Aziz LB foydalanuvchilari!

Bu yerga shuningdek, qayerga joylashtirishni bilmaganingiz, shu bilan birgalikda mustaqil thread ochishgada jur'at etmaganingiz ijod namunalarini ham joylashtirishingiz mumkin.

Ulug'bek
10-24-2006, 11:15 AM
Samarqandga qachon boramiz?

Yo’lga boqib toldi ko’z qirim,
Suyagimni ezdi izg’irin,
Xush gap bilan dilni yoz qiling
Samarqandga qachon boramiz?

Unda ungan har bir giyohi,
Handalakbo’y qizlar nigohi
Tushlarimga kiradi gohi –
Samarqandga qachon boramiz?

Gulxan bo’ldi lablarimda so’z,
Dardlarimga yig’lar bunda kuz,
O’z ko’ksiga xanjar urgan do’st
Samarqandga qachon boramiz?

Yog’du edim, tongim qoraydi,
Men keng edim, olam toraydi,
Ko’ksimda bir qushcha so’raydi:
Samarqandga qachon boramiz?

Bu dunyoning asli biri kam,
Bir burji baxt, bir burjida g’am,
Ayt, ne uchun ko’zlaringda nam
Samarqandga qachon boramiz?

Andijon deb yig’ladi Bobur,
O’z yurtiga sig’madi Nosir,
Qodiriyning ko’zlari sohir
Samarqandga qachon boramiz?

O’z elingda hursan, sabosan,
Garchi shoxsan, zo’rsan, dahosan,
Yurting bo’lsin, garchi gadosan –
Samarqandga qachon boramiz?

Muallif: DOSTON

------
Moderatordan:

Bu post, aslida NuR_BeK tomonidan ''Nazm Gulshani''ga joylashtirilgan va so'ngra thread talablariga javob bermagani uchun o'chirilgandi.

Ulug'bek
10-24-2006, 11:18 AM
BIR QIZ O’TDIMI?

Ko’klam isi ufurib o’tdi,
Dilda chechak qulf urib o’tdi,
Qonimda dard gupurib o’tdi –
Shu yo’llardan bir qiz o’tdimi?

Aylanayin kurtaklaridan,
Joy olayin ertaklaridan,
So’roqlayin chechaklaridan
Shu yo’llardan bir qiz o’tdimi?

Men fasllar izmidagi sayd
Yig’la osmon, yig’lab olmoq payt,
Qulog’imga astagina ayt,
Shu yo’llardan bir qiz o’tdimi?

Yo’llarimda gulladi og’och,
Sog’inch, menga darvozangni och,
Ko’rgan bo’lsang so’yla, qaldirg’och,
Shu yo’llardan bir qiz o’tdimi?

Ishqimizdan tondi birovlar,
Yuragimda yondi qirovlar,
Daraklaydi unsiz so’rovlar
Shu yo’llardan bir qiz o’tdimi…

Muallif: DOSTON

Moderatordan:

Bu post, aslida NuR_BeK tomonidan ''Nazm Gulshani''ga joylashtirilgan va so'ngra thread talablariga javob bermagani uchun o'chirilgandi.

NuR_BeK
10-24-2006, 11:41 PM
PULI YO’Q ODAM

Bunda hamma nenidir sotar,
Pul bilan o’lchanar har dam, har qadam,
Zoru hayronlikda kunlaring o’tar,
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Hamma olsam deydi, deydi bermasam,
Seni tushunmaydi mard ham nomard ham.
Chayqovchiga tegar qo’lni sermasam-
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Bolalar pul deydi, pul deydi xotin,
Mulla ham pul deydi, pul deydi otin.
Puldan yaratganmi bu inson zotin-
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Boshingda sochingdan tanishlaring ko’p,
Barining qo’lida ota meros cho’p.
Dunyoning neligin angladingmi, xo’p –
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Odamlar boylik deb yurt kezar sarson,
Goho, bir kechada bo’lurlar yakson.
Senda qanoat ko’p, senga ko’p oson –
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

O’zing och bo’lsang-da, elga nafing ko’p,
Birovdan qarzing yo’q, katta gaping ko’p.
Hech yolg’iz emassan qara, safing ko’p –
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Sensiz o’tmas sira to’y ham, motam ham,
Asli, sendan chiqqan mashhur Hotam ham.
Xuddi sendek edi sho’rlik otam ham –
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Xo’ja Nasriddinda boylik bo’lganmi?
Yo, Aldar tog’amda oylik bo’lganmi?
Mashrab bobong uylik, joylik bo’lganmi,
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Yoshlikdan chapani, yov urar eding,
Fil desam tushlikka qovurar eding.
Boy bo’lsang baribir sovurar eding –
Holing ne kechmoqda puli yo’q odam?

Gapni opqochmadim oz-moz o’radim,
Senday qo’li ochiq saxiy ko’rmadim.
Yaratgandan senga sog’liq so’radim –
Boshing toshdan bo’lsin puli yo’q odam.

Muallif: Hamroqul ASQAR.

MUHLIS
11-02-2006, 05:00 AM
Go’zal qizga.

Kalta go’ylak kiyibsiz go’zalman deb,
Labga bo’yoq suribsiz go’zalman deb,
Sochni ostidan kesibsiz go’zalman deb,
Ochiq-sochiq yuribsiz go’zalman deb…

Asli yaratilgansiz nafisu zebo magar,
Unigla iymonga o’q otmang, go’zalman deb!
Bo’ling fanda ilg’or, madaniyatda bayrog’dor,
Lekin uyatni bir pulga sotmang, go’zalman deb!

Ne yigitlar imkon izlar qo'lingiz so'rmakka,
Siz-chi? Or qilasiz kibrla, go’zalman deb.
Ota betoqat, ona zordir iqbolingiz ko’rmakka,
Parvo qilmaysiz hech, hali yoshman, go’zalman deb!

Go’zallik ham omonat, o’tar-ketar, sezmaysiz ey qiz,
Umr-sinov, qolmang tag’in pushaymonda, go’zalman deb.
Intiho bordir shaksiz, abadiy qolmaysiz bunda hargiz,
Mulzam qolmang deyman Oliy Imtihonda, go’zalman deb!

Muallif: MUHLIS

-------------
Moderatordan:
Nazm Gulshani hakamlarining fikrlariga muvofiq, tashqi ko'rinish kamchiliklari sababli, bu yerga ko'chirildi.

-Resident-
12-26-2006, 11:03 PM
Twas the day after Christmas, and all through the house,
Every creature was hurtin' even the mouse.
The toys were all broken, their batteries dead;
Santa passed out, with some ice on his head.

Wrapping and ribbons just covered the floor,
While upstairs the family continued to snore.

And I in my T-shirt, new Reeboks and jeans,
I went into the kitchen and started to clean.

When out on the lawn there arose such a clatter,
I sprang from the sink to see what was the matter.

Away to the window I flew like a flash,
Tore open the curtains, and threw up the sash.

When what to my wondering eyes should appear,
But a little white truck, with an oversized mirror.

The driver was smiling, so lively and grand;
The patch on his jacket said "U.S.POSTMAN."
With a handful of bills, he grinned like a fox.
Then quickly he stuffed them into our mailbox.

Bill after bill, after bill, they still came.
Whistling and shouting he called them by name:
"Now Dillard's, now Broadway's, now Penny's and Sears
Here's Robinson's, Levitz's and Target's and Mervyn's.
To the tip or your limit, every store, every mall,
Now chargeaway-chargeaway-chargeaway all!"

He whooped and he whistled as he finished his work.
He filled up the box, and then turned with a jerk.
He sprang to his truck and he drove down the road,
Driving much faster with just half a load.

Then I heard him exclaim with great holiday cheer,
"ENJOY WHAT YOU BOUGHT.......

YOU'LL BE PAYING ALL YEAR!"

Bugun radioda eshitib qolgan edim:D

inter
01-29-2007, 10:07 AM
katta hato qildim men,
forum.uz boylanib:lol:
juda ham ke4 bildim men,
off topperga aylanib:lol:

ha4 ham keta olmasman,
uzoqqa forum.uzdan :lol:
kunglim tuldirolmasman,
off topsiz utgan kundan:lol:

jasonnur
02-05-2007, 03:09 AM
Oppoq qor sochingdan sochilganida
Yurak asir tushdi va'dalaringga
Qalbimda ishq guli ochilganida
Negadir duch keldi zadalaringga
Arazlab qoshingni chimirganingda
Sezmabman qilig'ing yolg'onligini
Labimdan titrab bol simirganingda
Bilmabman dudog'ing arzonligini
Muhabbat-Xudo deb sig'inganimda
"Xudoyim" yuz burdi,Xudolar kuldi
Bugun dahriy bo'lib sog'inganimda
"Xudosiz" ko'nglimga hajrlar tuldi
Netaman bu yerda,taqdir kulmasa
Ko'ngilda bir istak--qishloqqa qaytish
Xat keldi sendan...Rahmat...Hech bulmasa
Yodingdan chiqmabdi tuyingga aytish

Garchi "katta shoir" akalarimiznikidek yurak torlarini chertadigan bulmasa ham , unchalik she'rga uxshamasa ham... Asadbek aka,Shokirbek akalardan maslahatlarini darig' tutmasliklarini surayman [/COLOR]

-------------
Moderatordan:
Nazm Gulshani shartlariga javob bermagani sababli, bu yerga ko'chirildi.

NifTy-Nix
03-06-2007, 10:44 AM
Bu dunyoda har insonning yori bo'lsin.
Yor bo'lganda do'stu vafodori bo'lsin.
Har kun ishdan kelganida salom berib,
Tabassumla kutvogali bori bo'lsin.

davomi bor... (balkim)

-------------
Moderatordan:
Nazm Gulshani shartlariga javob bermagani sababli, bu yerga ko'chirildi.

bella_terra
03-07-2007, 06:29 PM
Chinor.

Kunlarning birida keksa chinorni o'zi tug'ilgan,unib o'sgan tuprog'idan sug'irib olidilaru unga endi qolgan umringni o'zga bir makonda,begona bir zaminda otkazasan dedilar.Butun umri bir hillikda o'tgan,vatani havosi nafaslariga singib ketgan keksa chinor ona tuprog'idan sug'irilib olinar ekan tomirlari bilan bir siqim tuproqni o'zi bilan olis ellarga olib ketdi.Bu muqaddas tuproqni ko'zlariga to'tiyo qildi.Vaqtlar o'tdi,zamonlar o'tdi.Vatanning bir siqim tuprog'i begona el tuprog'i bilan qo'shilib ketdi,davr o'tishi bilan bir butun tuproq bo'lib ketdi.
Faqat bu tuproqning hidi chinorning hotiralarida qoldi,vatan tuprog'i faqat chinorning armonlarida qoldi.

Nigorabegim
03-19-2007, 05:06 AM
Bahorim, yana keldingmi<
Nafisliging, gullaring ila.
Nasimlaring bilan eldingmi,
Qora qishni qo'rqitay deya?!
Umidsiz qalblarga umid bag'ishlab,
Kul bosgan yurakni o't ila yoqding.
Hayot go'zalligin bizga ko'rsatib,
Taqdir eshigini yana bir qoqding...
Bahorim, naqadar mas'umsan va pok,
Yuvding dil g'uborin yomg'irlar bilan.
Sen kelding bo'lmayman endi hech g'amnok,
Axir ketkizding-ku o'zing g'uborni.

UdachnicK
03-28-2007, 09:41 PM
*ПОДРАЖАНИЯ КОРАНУ *

I

Клянусь четой и нечетой,

Клянусь мечом и правой битвой,

Клянуся утренней звездой,

Клянусь вечернею молитвой: **

Нет, не покинул я тебя.

Кого же в сень успокоенья

Я ввел, главу его любя,

И скрыл от зоркого гоненья?

Не я ль в день жажды напоил

Тебя пустынными водами?

Не я ль язык твой одарил

Могучей властью над умами?

Мужайся ж, презирай обман,

Стезею правды бодро следуй,

Люби сирот, и мой Коран

Дрожащей твари проповедуй.

Ii

О, жены чистые пророка,

От всех вы жен отличены:

Страшна для вас и тень порока.

Под сладкой сенью тишины

Живите скромно: вам пристало

Безбрачной девы покрывало.

Храните верные сердца

Для нег законных и стыдливых,

Да взор лукавый нечестивых

Не узрит вашего лица!

А вы, о гости Магомета,

Стекаясь к вечери его,

Брегитесь суетами света

Смутить пророка моего.

В паренье дум благочестивых,

Не любит он велеречивых

И слов нескромных и пустых:

Почтите пир его смиреньем,

И целомудренным склоненьем

Его невольниц молодых. ***

Iii

Смутясь, нахмурился пророк,

Слепца послышав приближенье: ****

Бежит, да не дерзнет порок

Ему являть недоуменье.

С небесной книги список дан

Тебе, пророк, не для строптивых;

Спокойно возвещай Коран,

Не понуждая нечестивых!

Почто ж кичится человек?

За то ль, что наг на свет явился,

Что дышит он недолгий век,

Что слаб умрет, как слаб родился?

За то ль, что бог и умертвит

И воскресит его — по воле?

Что с неба дни его хранит

И в радостях и в горькой доле?

За то ль, что дал ему плоды,

И хлеб, и финик, и оливу,

Благословив его труды,

И вертоград, и холм, и ниву?

Но дважды ангел вострубит;

На землю гром небесный грянет:

И брат от брата побежит,

И сын от матери отпрянет.

И все пред бога притекут,

Обезображенные страхом;

И нечестивые падут,

Покрыты пламенем и прахом.

Iv

С тобою древле, о всесильный,

Могучий состязаться мнил,

Безумной гордостью обильный;

Но ты, господь, его смирил.

Ты рек: я миру жизнь дарую,

Я смертью землю наказую,

На всё подъята длань моя.

Я также, рек он, жизнь дарую,

И также смертью наказую:

С тобою, боже, равен я.

Но смолкла похвальба порока

От слова гнева твоего:

Подъемлю солнце я с востока;

С заката подыми его!

V

Земля недвижна — неба своды,

Творец, поддержаны тобой,

Да не падут на сушь и воды

И не подавят нас собой. *****

Зажег ты солнце во вселенной,

Да светит небу и земле,

Как лен, елеем напоенный,

В лампадном светит хрустале.

Творцу молитесь; он могучий:

Он правит ветром; в знойный день

На небо насылает тучи;

Дает земле древесну сень.

Он милосерд: он Магомету

Открыл сияющий Коран,

Да притечем и мы ко свету,

И да падет с очей туман.

Vi

Не даром вы приснились мне

В бою с обритыми главами,

С окровавленными мечами,

Во рвах, на башне, на стене.

Внемлите радостному кличу,

О дети пламенных пустынь!

Ведите в плен младых рабынь,

Делите бранную добычу!

Вы победили: слава вам,

А малодушным посмеянье!

Они на бранное призванье

Не шли, не веря дивным снам.

Прельстясь добычей боевою,

Теперь в раскаянье своем

Рекут: возьмите нас с собою;

Но вы скажите: не возьмем.

Блаженны падшие в сраженье:

Теперь они вошли в эдем

И потонули в наслажденьи,

Не отравляемом ничем.

Vii

Восстань, боязливый:

В пещере твоей

Святая лампада

До утра горит.

Сердечной молитвой,

Пророк, удали

Печальные мысли,

Лукавые сны!

До утра молитву

Смиренно твори;

Небесную книгу

До утра читай!

Viii

Торгуя совестью пред бледной нищетою,

Не сыпь своих даров расчетливой рукою:

Щедрота полная угодна небесам.

В день грозного суда, подобно ниве тучной,

О сеятель благополучный!

Сторицею воздаст она твоим трудам.

Но если, пожалев трудов земных стяжанья,

Вручая нищему скупое подаянье,

Сжимаешь ты свою завистливую длань, —

Знай: все твои дары, подобно горсти пыльной,

Что с камня моет дождь обильный,

Исчезнут — господом отверженная дань.

Ix

И путник усталый на бога роптал:

Он жаждой томился и тени алкал.

В пустыне блуждая три дня и три ночи,

И зноем и пылью тягчимые очи

С тоской безнадежной водил он вокруг,

И кладез под пальмою видит он вдруг.

И к пальме пустынной он бег устремил,

И жадно холодной струей освежил

Горевшие тяжко язык и зеницы,

И лег, и заснул он близ верной ослицы —

И многие годы над ним протекли

По воле владыки небес и земли.

Настал пробужденья для путника час;

Встает он и слышит неведомый глас:

«Давно ли в пустыне заснул ты глубоко?»

И он отвечает: уж солнце высоко

На утреннем небе сияло вчера;

С утра я глубоко проспал до утра.

Но голос: «О путник, ты долее спал;

Взгляни: лег ты молод, а старцем восстал;

Уж пальма истлела, а кладез холодный

Иссяк и засохнул в пустыне безводной,

Давно занесенный песками степей;

И кости белеют ослицы твоей».

И горем объятый мгновенный старик,

Рыдая, дрожащей главою поник...

И чудо в пустыне тогда совершилось:

Минувшее в новой красе оживилось;

Вновь зыблется пальма тенистой главой;

Вновь кладез наполнен прохладой и мглой.

И ветхие кости ослицы встают,

И телом оделись, и рев издают;

И чувствует путник и силу, и радость;

В крови заиграла воскресшая младость;

Святые восторги наполнили грудь:

И с богом он дале пускается в путь

А.С. ПУШКИН
link (http://feb-web.ru/feb/pushkin/texts/push17/vol02/y21-352-.htm) - poem
link (http://www.ilkhom.com/russian/repertoire/rept/article/37) - theatre

Iqbol
03-31-2007, 11:55 PM
токи тирик эканмиз булмайлик бирга
бизни ураб турсин азобли согинч...

svitok

glamour
05-27-2007, 09:56 AM
Oy kabi oq yuzingiz,
Boldek shirin tilingiz,
Go'zallikda tengi yo'q
Sohibjamol husningiz

AlbanDra
05-27-2007, 11:57 PM
TUNGI SOG'INCH

Mudrar yarim kecha uyquda,
Bulut suzar va oyni yopar.
Oyni yopar, lekin behuda
Yana bir on o'tmasdan yonar.

Kecha olar uyqusida dam,
Kecha uzra posibon - chiroy.
Seni ko'rgim keldi juda ham
Ajib qo'shiq aytgan chog'i oy.

muallif:Rauf Parfi

Frida
07-06-2007, 08:31 AM
katta hato qildim men,

forum.uz boylanib

juda ham ke4 bildim men,

off topperga aylanib

ha4 ham keta olmasman,

uzoqqa forum.uzdan

kunglim tuldirolmasman,

off topsiz utgan kundan

Men nechun sevaman forum.arbuzni,
Postlarin o’qiyman telbadek go’yo,
Nechun yangi post deya barcha threadlarni
Kirib tekshiraman, tinmasdan aslo?

Aslida, Netda tanho nima bor?
Postlar bo’lmaydimi o'zga “site”da yo?
Yoki moderlarmi sevgimga sabab? :shock::lol:
Axir moderli - ku qarang hammayo.

Boy
07-30-2007, 09:50 AM
Eskilaridan, forumda ayrimlari alla qachon bor menimcha.
Sog’inch
Salom bilan boshlasam satrim,
Kunglim so’zi, dilim, tilhatim.
Olamlarni boglagan ummon,
Uchkin vatan quchog’i tomon.

Etib borgin o’zbegim sari,
Dil xatimning nurli daftari,
Topgin shahrim aziz Samarqand
Gulli bo’ston, tillarda doston.

Qishlog’imni topgin ey ummon
Bulmagin sen yo’llarda sarson
Topgin aziz qadirdonlarim
Sen etkazgin qalbim torlarin

Quchoq ochib kirgin xovlimga
Nazar tashla ko’rkam bog’imga
To’yib to’yib hidla men uchun
Bunday xidni Topmaysan! Nechun?

Chunki unda otam mexri bor
Onajonim o’tkir zehni bor
Jigarlarim ko’rkam sexri bor
To’yib to’yib hidla men uchun.

Etkazgin sen Sog’inch so’zlarim
Qalbimdagi sevgi bo’zlarim
Qora, nurli , bo’ta ko’zlarim
Yoruq, oppoq yorqin yuzlarim

Aytib bergin ularga mendan
G’urzr bilan so’zlagin ummon
Aytgin Yutuq, quvonchlarimni
Kelajakga ishonchlarimni

Aytib bergin ko’krak ko’tarib
Hamma jojda yuzim yoriqdir
Rahmat aytgim ota onamga
Barchasi tarbiyamga bogliqdir

Aytgin mening niyatlarimni
Qaytaman men birkun o’yimga
Tayor bo’lib katta to’yimga
Aytgin, oshlar beray yurtimga.

Quchoq ochib bag’ringa olgin
Ummon mening jigarlarimni
Olgin salom soginch hatlarin
Yetkaz menga iltimos barin
Boy-2004

Boy
07-30-2007, 09:53 AM
Kit taqdiri

Olam, olam, ey olam
Tingla sen mening nolam
Yuragimni o’t oldi
Qalbim tosh bo’lib qoldi.

Qiynar meni haqiqat
Achiq ekan u bittad
Sabrim etmas ne qilay
Tug’ilmasdan men ulay.

Ulg’ayishni xoxlagan
Ishonchla bel bog’lagan
Bir tulpor yigit edim
Yuragsiz hor Kit edim

Suzib suzib daryoda
Uchkim keldi havoda
O’ylamasdan sakradim
Erkinlikni angladim

Oqibatchi oqibat
Bo’ldi quruq haq G’iybat
Kit bo’ldi qush, qush homush
Unitilmas bir so’r tush

Qanotlari yo’q kitga
Osmonda nima bordi
Uchib uchib ohiri
Hup toza holdan toydi.

Asli masal mazmuni
Yechim kurchi sen uni
Aytay senga bir uchin
Terma yong’oqning puchin.

Harkimning dunyosi bor
U erda ham yog’ar qor.
Bahori bor gishi bor
Azoblarning tishi bor

Shunda kelar hulosa
Tulganda zahar kosa
Shukur qilgin boriga
Chertma nidom toriga

Uz joyungni bilsan sen
Aytganimni qilsang sen
Bulamysan kit ham kush ham
Kurmaysan bunday tush ham.
Boy-2004

Boy
07-30-2007, 10:00 AM
Qaytmas Bolalik.

Qishninig bag’ri sovuq ekan,
Qullarimni yahlatdi ho’p.
Sog’inch dardi ogir ekan,
Yuragimdan otildi to’p.

Kabutarlar ko’rinmaydu,
Hatlarimni beray desam.
Oymomo tez to`loinmaydi,
Kunlarimni Sanay desam.

Yulduzhonni eshitaman,
Qayta-qayta aylantirib.
U kuylaydi onajon deb,
Kuzlarimni yoshlantirib.

Ovunaman rasimlarla
Gaplashib hup uzim bilan.
O’qiyabman chet elda men
Obru, yoriq yuzim bilan.

Xayot dustlar qiyin ekan,
Bolalikda g’am tashvish yo’q.
O’ylamasdim hech nimani
Ustim butu, qornim ham to’q.

Qani endi bola bo’lsam,
Dikir dikir o’ynab kulsam.
Ota onam bag’rida men,
Quyosh kabi porlab tursam.

Endi qani usha kunlar?
Afsus o’tdi qaytmas tunlar.
Boshni kutar ey sheryurak,
Kelajakga boqmoq kerak.
Boy-2004

Boy
07-30-2007, 10:03 AM
Chet eldagi hayo
Ona bag´ri keng inson
Sensan using mehribon
Ota tog´dek pahlavon
Farsandlarla hup shodon

Derazadan boqaman
Tog´ chuqisin qidirib
O’yga qaytgan chog´imda
Ishlarimni bitirib.

Tog’ chuqisi ko’rinmas
O’ylarning panasida
O’g’lingiz utiradi
Bir uzi honasida.

Mana yana kech kirdi,
Yana usha skunat
Qog’ozlarga botgan o’y
Bamisli sochaloq to’y

Kitoblarni quchog’lab
O’tiraman bir pas jim
Ovqat pishirish kerak
Sen qilmasang qilar kim!

Bismillo deb boshlayman
Sabzilarni puslashni
Osh qilganda har safar
Ayajonim eslashni.

Osh ham tayaor oldimda
Mazzasi ham zo’r bo’ldi.
Tavaqchaning tubi ham
Yalamoqdan to’r bo’ldi.

Semirganman 3 kilo
Yarashmaydi menga xo’p
Lunjim shishib osilib
Ko’rinaman misli to’p

To’g’risini aytganda
Yalqovligim hali bor
Tan olaman uyalib
Idish-tovoq horu- zor

Qorinni to’qligidan
Yuvish ham esga kelmas
Ahir, o’zimdan boshqa
Buni hechkim heh, bilmas.

Yozuv chizuv ishlari
Kitoblaru, internet
Davom etsa shu tarzda
Hammasi bo’lar SEHR NETT

Yozdi hazil aralash
Sog’inch bilan Yozgoniy
Dilkushogan iltimos
Sher bilan sen javob ber.

boy-2004

Boy
07-30-2007, 10:04 AM
Samarqand

Samarqandim ona shaxrim,
To`lib ketgan mening bag`rim.
Seni mexring daryo suvi,
Farsanimga bulgin buvi.

Bagringda usib ulgaydim,
Qadringni oldin bilmaydim.
Kuchalaring kezsam endi,
Tuproging upib yiglaydim.

Bag`ring ochiq kurkam shaxrim,
Dushmaninga mening qaxrim.
Rivojinda bo`lsin daxlim,
Ona shaxrim Samarqandim.
Boy-2004

Boy
07-30-2007, 10:15 AM
Ona

Tunlar utar, kunlar utar
Dil g`amgin, kungil namgin.
Ona seni sog`nganman
Mehribonim onajonim

Ko`zlarindan ziyo tomar,
Tog` toshini eritib.
Onalarning onasisan,
Mehribonim onajonim

Bolajonim sog` bo`lsang bas,
Aytding nurli so`zlar bilan.
Kelgin qaytib birkun bolam,
Yorqin yoruq yuzlar bilan.

Xar so`zinda ma`no to`ladir,
Mehring daryo bardosh bo`lardir.
Sensan ona kuchim- quvatim,
Onajonim seni so`indim.

Orzularing ruyobga chiqsin,
Bir kun baxt xam bizlarga yuqsim,
Farzandlaring baxtidan doim
Quvnab yurgin aziz onajon.
Boy-2004

doğan
08-02-2007, 03:51 PM
Bir kцr ateşsin
Bakışların aklımı almakta
Gцzlerinden sьzьlenler iзime akmakta
Son sцzlerin kulaklarımda зınlamakta

Neoldu şimdi bцyle
Aklım her an sende
Bırakıp зekip gitsende
Sen varsın karanlık gecelerimde

Gьneşiydin kararmış ıssız gьnlerimin
Bir kьзьk tozuydun sensiz kalmış gozlerimin
Aydınlanmayan gecelerimi taзlandiran
Tadı kalmamış dilimi tuzlandıran

doğan

Qizaloq
08-03-2007, 06:40 AM
Assalamu alaykum wr wb!

Ushbu hazil she`rni Bank, Moliya, Soliq va Buhgalteriya sohasidagi insonlar tuhsunadi, chunki undagi terminlar aynan shu sohalarga tegishli .

Tushdagi orzu

Qarasam men to`g`rimga
Katta bino-imorat
Yonidagi favvora
Bino shinam va hilvat
Pshonasi yaltirab
“Bank” degan yozuv turar
Eshiklari shivirlab
Kiring deb zor hayqirar
Qadamim katta qilib
Borardim shadam-shahdam
Bino ichiga kirib
Yuragim quvnoq shu dam
Sarmoyasi yuz milliard
Shartnomalar son mingta
Omonatlar jamul jam
Kassasi to`la odam
Kreditlari uch turda
Qisqa, o`rta , uzoqli
Hillari ham turlicha
Kontokarent, lombardli
Hamyondagi naqd pulni
Omonatga jamladim
Bo`lib yahshi niyatda
“Matiz”ni men ko`zladim
Mana ko`p yil bo`libdi
Yashayman olib foiz
Garajda kutib turar
Meni qip-qizil “Matiz “
Eh , o`zbegim bankida
Deutch bank alishmasman
Jannatmakon bu yurtda
Yashayman men shoshmasdan
Ko`paymoqda sarmoya
Yana boraman bankka
Foizlarni jamlab tez
Olaman men “Mersedez”
Qulog`imga bir sado
“Qizim” deb yangrab qoldi.
Ko`zim ochib qarasam
Eh tushim ortda qoldi …..

nameuser
08-19-2007, 04:15 PM
Chiroyli sherlar...
Xuddi mani eslatti unga
sabr bilan yozilgan satr
uxshataman kech kelgan tunga
garmon qolib muhabbat ketti
darmon topib u ham farq etti
hammasiga hissiyot sabab
gunohlaring tushdi ustimga
turganingda sochlaring tarab
(perxot'mas ;)) )
qadr nima hurmat nima bilmadim.
shayton desa man bularni qilmadim
ko'rib sani bezovta ham bo'lmadim.
(iloji bormikan)
Yaratilgan behush husni aytarmi:
qilgan gunoh manga kelib qaytarmi
yuq, asalim Jannat sanga Duzzahni ber

prosta bir narsani ko'rish uchun post kerak ekan shunga yozdim
ammo shoirlik manga mas

Shirin_Qiz
09-14-2007, 06:01 PM
Allohdan Baxt ber dep so'raganlarni kordim.

Allohdan so'glik ber dep so'raganlani kordim.

Allohdan Farzand ber dep so'raganlarni kordim .

Allohdan uy-joy va taht ber dep so'raganlarni kordim.

Allohdan umir ber dep so'raganlarni kordim .

Allohdan ozroq bolsaham Aqil ber dep soraganlarni kormadim :(

Albatta hazil :)

Shirin_Qiz
09-17-2007, 06:42 PM
:lool::lool: Sisadmin uchin

Yaqin o'tgan zamonda, allaqaysi tomonda,
Odam bilmas bu zamin yashar ekan sisadmin.
Eski kompi yonida o'ltirarkan erta kech,
Viruslar-u yuzerlar tich qo'ymaslar uni hech.
Xatto ba'zi vaqtlar ovqat yemas, ichmas choy,
Bosh qashlashga yo'q fursat tanlamaydi uyqu joy.

Shunday kunlar birida ko'z qizargan, qorin och
Bosh qashladi sisadmin:
Monitorda hayoli, bir qo'l sichqon qidirar,
Birida boshdan tolgan kichik burga pitirar.
Sisadminga burgani chaqqani qildi alam,
Jon qayg'usi ostida tilga kirdi burga ham

- Ey odamzod bolasi! Tingla burga nolasin!
O'ldirmagin oshnajon, bolam yetim qolmasin!
Quloq solgin bir nafas, ko'p sirlarni bilaman,
Qo'yib yubor sochingga, ho'p yahshilik qilaman:"

Bunda hoyron sisadmin, yelkasini uchirar
Spikerlar ovozin gox ko'tarib tushirar.
Esi og'ib sisadmin virtual deb o'ylaydi,
Monitorga anqayib o'z-o'ziga so'ylaydi:
- Ont ichaman, Windowda bunday xato bo'lmagan,
Hattoki Bill Geyts ham bunday burga ko'rmagan.
Kasperskiy viruslari ichida yo'q bundog'i,
Internetda ko'p ishlab aqldan ozdim chog'i...

O'ylanadi sisadmin, tinmay boshin qashlaydi
Kelolmay bir qarorga burga ko'nglin g'ashlaydi.
Ohir dedi, "Chidolmasman burgalar ko'z yoshiga,
Boshqa halal berma," - deb qo'yib qo'ydi boshiga:

Kun o'tqazib sisadmin kelar ishxonasiga,
Ko'rib eski kompini urar peshonasiga.
- Eh, axmoqman, o'zi men, omad kelsa bilmabman!
Hech bo'lmasa yangi komp talab qilib olmapman!
O'sha tilla burgani mendan jonga qarzi bor,
Qolaversa bunday joy, oshu-nonga qarzi bor.

Bosh qashlaydi sisadmin, izlar tilla burgani,
Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.
Bosh dabdala bo'lgan chog' tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo'nadi qoq burunning uchiga:
Deydi: "Ey olampanoh! Keching zarra qonimni,
Menga bergansiz panox, asragansiz jonimni.
Ne sabab bosh qashlaysiz? Menning dilim g'ashlaysiz?
Tilang tilagingizni! Ne savdolar boshlaysiz?!"

Admin deydi xo'rsinib: "Burga, tushun holimni,
O'zing menga yordam qil istasang kamolimni.
Kompyuter eskirgan, xuddi siniq arava,
Xotirasi yo'q hisob, ichi chigal kalava.
Vinchesterni ichiga in qurgan bad sektorlar
Viruslarni domiga tushib qo'lgan vektorlar.
Windowsni o'ylama, ishlar faqat MS-DOS,
Har bitta bayt hisobda. Ishonmaysan aytsam, do'st.
Hullas, menga Burgajon, bitta yordam berasan,
Menga atab super zo'r kompyuter terasan!
Yo'q deyishga shoshilma, sexrlisan, bilaman,
Yordam qilsang bir umr senga qulluq qilaman!"

Burga deydi: "Mayli siz aytganizcha bo'ladi
Tashvish qilmang, sovg'amdan xo'p ko'nglingiz to'ladi".
Shunday deb bir sakradi Burga burun ustida,
Birdan shovqin boshlandi Sisadminning ostida.
Kayfi o'char sisadmin, atrof tuman chang-to'zon,
Toza havo buzilgan, ko'z ochirmaydi bo'ron.
Bir oz o'tib sisadmin asta kelar o'ziga,
Bo'ron tingach, qarasa... Ishonmaydi ko'ziga:

Qarshisida yaltirab turar super terminal
To'rtta CPU! Cheksiz RAM! Xammasi original!
Og'zi ochiq sisadmin, hol qolmagan turgani
Yodga kelmas "Yo Rahmon", unutvorgan burgani.
Shundan buyon sisadmin ishlab sira tolmaydi
Qo'llar ikki sichqonda boshin qashlay olmaydi.
Kun o'tdimi yoki tun farq qilmaydi sisadmin,
Unut bo'lgan bu hayot, unut bo'lgan bu zamin.

Shunday kunlar birida kelib fikr boshiga
Urib qoldi sisadmin yag'ir peshonasiga:
- O'zi yaxshi bolamanu, aqlim oqsab qoladi
Ahir qaysi sisadmin mendek maosh oladi,
Erta-yu kech yuzerlar tegib ketar jonimga
Xar tomondan offtopchilar tashna qilar qonimga.
Bir tomonda eski modem, tezlik sira oshmaydi
Ahir bunday internetda kimda sabr toshmaydi?

Bosh qashlaydi sisadmin izlar tilla burgani
Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.
Bosh dabdala bo'lgan chog' tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo'nadi qoq burunning uchiga:
Deydi "Ne gap? Ey do'stim, nega boshing qashlaysan?
Nega holing parishon, mening dilim g'ashlaysan?!

Admin deydi xo'rsinib: "Burga tushun holimni
O'zing menga yordam qil istasang kamolimni".

Shunday deya sisadmin dardin to'kib soladi
Burga esa tilagini inobatga oladi.
Burga sakrab joyidan ko'tarilar chang to'zon
Bo'lgan o'zgarishlarni bizga aytmoqqa oson.

Sisadminning bitta ham tarmog'ida yuzer yo'q,
Antivirus kerak emas viruslardan ko'ngli to'q.
Bill Geytsning o'zi unga dastur yozib beradi,
O'sha Linus Torvalds drayverlar teradi.
Hatto mashhur IBM unga qaram ishlaydi
Dam olganda virtual Alyaskada qishlaydi.
Bir yonda 3D qizlar puldan gullar dastalar
Yonida virtual Bax unga qo'shiq bastalar.
Xullas kalom ishlar besh, davron surar sisadmin
Xatto uning nomiga o'tkazildi bu Zamin.
Shunday... Qaxramonimiz, ishlamaydi, tolmaydi,
Qo'llar botgan oltinga, boshin qashlay olmaydi.

Bir kuni kayf holiga fikr kelib boshiga
Urib qoldi sisadmin yana peshonasiga.
Endi boshi qashlamas. Chaqiradi burgani
Ko'tarilgan burnida yana uni ko'rgani.

Burga kelar bag'ri hun, holi qurigan butun,
(toza joyda yashashdan ne foyda burga uchun?!)
Iltimosni unutgan, sisadmin do'q qiladi
Burnidagi burgani oyog'idan iladi:
-Endi burga, oshnajon, xamma ishni bilasan
Bugun bitta maslahatli vazifani qilasan.
Yalinmoqlik burgaga obro'yimga xos emas,
Yana bundan tashqari turqimiz ham mos emas.
Xatto chidab kelganmiz, yashasang ham boshimda,
Endi qo'lni qovushtirib turgin mening qoshimda.
"Vinchestering" eskirgan, hotirangga ishonch yo'q,
"Birdan o'lib qolsa" deb bo'lolmaydi ko'nglim to'q.
Xullas, Burga, oshnajon, sirni menga aytasan!
Shunda yana boshimga eson omon qaytasan.

Burga deydi: Ey gumroh, ko'ngling neni istaydi?
Rost. Orzuga ayb yo'q! Faqat kulgim qistaydi.
Mayli deydi, sen aytgan xar ish bo'lsin iloyim,
Faqat, shoxni gadodan qarz qilmasin Hudoyim.

Shunday deya sakradi Burga admin qo'lida
Faqat qoldi chang-to'zon uning ketgan yo'lida.
Tuman tushib olamga, ko'kni bulut qopladi,
Bo'ron bo'lib, yog'ib do'l, xammayoqni bopladi.
Ko'z ocholmas sisadmin ko'zga xas-cho'p tiqilgan
Quyun ilib oyog'in, bir chekkada yiqilgan.

Ko'kda chaqmoq tinadi... Bulut chetga qochadi...
Quyosh bilan sisadmin asta ko'zin ochadi...

Atrof jim-jit, sokinlik... Zulmatga botgan zamin...
Eski kompi yonida o'tiribdi osha admin...

Ayo do'stlar kulmangiz, Sisadminning holiga
Toki tushib qolmaylik biz uning axvoliga!

Albatta hazil :lool::lool::lool::lool::loveyes::loveyes:

Ulug'bek
09-20-2007, 07:14 AM

1. Biror threadda yozuv qoldirishdan oldin uning shartlarini yaxshilab o'qish lozim.

2. Birovning ijodini ko'chirganda manabni ko'rsatish kerak.

3. Tashqaridagi manba: http://www.uzforum.com/index.php?topic=2066.0;wap2

ikbaljohn
09-26-2007, 12:50 AM
Shoirlikka muhabbat sabab!

Keling do'stlar,shoir bo'lamiz,
So'zni marjondek ipga ilamiz.
Shoir ham odamdir,buni bilamiz,
Faqat shoirlikka muhabbat sabab!

Eng avvalo she'r uchun tanlangiz mavzu,
Qulog'ingizga aytay,mavzu-muhabbat-orzu!
Keyin qofiya toping,she'r ham tayyor srazu,
Faqat shoirlikka muhabbat sabab!

Mavzu bor,qofiya ham,tag'in ne kerak,
Albatta muhabbatga yo'g'rilgan yurak.
Mana she'r ham tayyor,qaddi naq terak.
Faqat shoirlikka muhabbat sabab!

Eng muhimi qoldi,shu eng qiyini,
Desalar-chi:yoqmadi,she'ring yo'q tayini!
Odamlar bir xilmas,kamdir mayini,
Faqat shoirlikka muhabbat sabab!

Hech ham xafa bo'lma,qaddingni ko'tar,
Shoirlik osonmas,asta-sekin bo'lar.
Xafaliging bildirma,mushtingga yo''tal!
Faqat shoirlikka muhabbat sabab!

Dardi yo'qlar she'r qadrin qayerdan bilsin,
Ishq darddir,lek shirin dard,misoli tilsim.
Tanqidchilarni oldin ishq dardi biiir tilsin,
Faqat shoirlikka muhabbat sabab!

PS: OooopsYaxshi chiqmagan bo'lsa uzr!