View Full Version : Yangi Alifboni O'rganamiz
Donbegi
10-31-2006, 11:37 AM
Yangi O'zbek-Lotin alifbosini o'rganamiz. Uning qator yutuqlari bor. Lekin, ayrim shaxslarning yangi alifboni bilmasligi (odatda O'zbek tili qonun-qoidalarini bilmasliklari) salbiy holat albatta.
Yozuvimizdagi xatolarni kamaytirish maqsadida quyidagilarni bilib qo'yishni taklif etaman. Marhamat:
BIRINCHI DARS.
Eski O'zbek-Kirill alifbosidagi ö harfi yangi alifboda ts va s harflari orqali ifoda etiladi. Qabul qilingan qoidaga ko'ra,
1) agar ö harfi so'z boshida s shaklida beriladi.
öèðê - sirk, öåõ - sex, öèðêóëü - sirkul
2) agar ö harfi boshqa ikkita harf (so'z) o'rtasida kelsa va undan oldingi harf yoki ikki tomonidagi harf unli bo'lsa, ts shaklida beriladi.
èíôîðìàöèîí - informatsion, íàöèñò - natsist, áîöìàí - botsman
3) agar ö harfi so'z oxirida kelsa va undan oldingi harf unli bo'lsa, ts shaklida beriladi, agar undan oldingi harf unsiz bo'lsa s shaklida beriladi.
êâàðö - kvars
Íà÷àëüíèê öåõà - Sex Boshlig'i!
Delf.
Pythagor
11-01-2006, 11:59 PM
áîöìàí - botsmanmana shu noto'g'riga o'xshayapti, bosman bo'lmasmidi a?
Donbegi
11-02-2006, 07:55 AM
mana shu noto'g'riga o'xshayapti, bosman bo'lmasmidi a?
botsman <<== to'g'risi
Mahmud
11-02-2006, 08:29 AM
"ö" harfi o'rniga yagona harf kiritish lozim ekan.
Masalan: s' ko'rinishida (yoki boshqa qo'layrog'ini...)
Nafees
11-02-2006, 10:33 AM
"ö" harfi o'rniga yagona harf kiritish lozim ekan.
Masalan: s' ko'rinishida (yoki boshqa qo'layrog'ini...)
Mahmud tssss!!! Muhlis ko'rsa jahli chiqadi ;)http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=21641&page=2 :burning:
To'grisini aytsa, yangi alifbo noto'g'ri tuzilga.
Menga desa eski va yangi alifbo isomorfik (http://en.wikipedia.org/wiki/Isomorphic)bo'lishi lozim, ya'ni, ihtiyoriy tekstni eski alifbodan to'g'ridan-to'g'ri yangi alifboga o'tkazish va orqaga to'g'ridan-to'gri eskiga o'tkazish mumkin bo'lishi kerak.
Hozir esa "øàð" so'zi "shar" deb yoziladi, va ushbu "shar" so'zi eski alifboga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazilsa "ñҳàð" bo'lib qoladi.
Alifbo quyidagicha rasmdaka bo'lishi lozim.
Delf.
Mahmud
11-02-2006, 12:06 PM
Mahmud tssss!!! Muhlis ko'rsa jahli chiqadi ;)http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=21641&page=2 :burning:
Muhlisni gapi ham to'g'ri, lekin ba'zi misollarni ko'rgandan so'ng "ö" harfi o'rniga ma'lum harf, harf birikmasi yoki harf belgidan foydalanish kerak bo'lyapti.
Donbegi
11-02-2006, 07:41 PM
IKKINCHI DARS
O'zbek tilidan ingliz yoki boshqa chet tillarga ko'pchilik rus tili orqali chiqishga odatlanib qolgan. Bu juda ham salbiy holat. Tushunaman, buning o'ziga yarasha sabablari bor albatta. Lekin, bir narsa aniqki, O'zbekcha talaffuz juda ham ko'p tillarga mos keladi. Masalan, agar Siz ingliz tiliga rus tili orqali chiqsangiz talaffuzingiz yaxshi bo'lmaydi, ya'ni aksent paydo bo'ladi. Maslahatim - chet tillariga O'zbek tilidan to'g'ridan-to'g'ri chiqish kerak, ham so'zlashuvda, ham yozuvda.
Quyida ayrim toponomik obyektlarning O'zbekcha va inglizcha nomlari berilgan. O'zingiz bir e'tibor qiling-a.
Shaharlar:
Toshkent - Tashkent yoki Toshkent
Samarqand - Samarqand
Buxoro - Bukhoro
Farg'ona - Farghona
Andijon - Andijon
Namangan - Namangan
Qo'qon - Qoqon
Xeva - Kheva
Qarshi - Qarshi
Ohangaron - Ohangaron
Yangiyo'l - Yangiyol
Ko'cha va maydon nomlari:
Mustaqillik maydoni - Mustaqillik Maydoni
Amir Temur hiyoboni - Amir Temur Hiyoboni
Ulug'bek bog'i - Ulughbek boghi
Moyqo'rg'on - Moyqorghon (the USA Embassy)
Shayxontohur - Shaykhontohur
Chet tillaridan O'zbek tiliga ham tog'ridan-to'g'ri "kirib kelish" kerak.
Masalan,
Holland - Hollandiya, Gollandiya emas.
Copenhagen - Kopenhagen, Kopengagen emas.
Haiti - Haiti, Gaiti emas
va xokazo.
Donbegi
11-02-2006, 07:42 PM

Yangiyo'l - Yangiyol, Yangiyul emas.
Ko'cha va maydon nomlari:
Mustaqillik maydoni - Mustaqillik Maydoni
Amir Temur hiyoboni - Amir Temur Hiyoboni
Ulug'bek bog'i - Ulughbek boghi
Moyqo'rg'on - Moyqorghon (the USA Embassy)
Shayxontohur - Shaykhontohur
Havo yo'llari - Havo Yollari, Havo yullari emas.
Chet tillaridan O'zbek tiliga ham tog'ridan-to'g'ri "kirib kelish" kerak.
Masalan,
Holland - Hollandiya, Gollandiya emas.
Copenhagen - Kopenhagen, Kopengagen emas.
Haiti - Haiti, Gaiti emas
va xokazo.
Shokirbek
11-03-2006, 01:04 AM
IKKINCHI DARS
Amir Temur hiyoboni - Amir Temur Hiyoboni
"Hiyobon" so'zining to'g'risi "xiyobon" bo'lishi kerak emasmi, forschada "x" (خ) bilan ifodalanadi, "h" ("هـ" yoki "ح") bilan emas.
ÝÌÀÈ ßÝ2U
11-03-2006, 05:08 AM
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=32558
O'zbek Turkchasi ham Ozarbayjon Turkchasi alifbosi bilan yozilishi mumkinmi? Nima deysizlar?
"Hiyobon" so'zining to'g'risi "xiyobon" bo'lishi kerak emasmi, forschada "x" (خ) bilan ifodalanadi, "h" ("هـ" yoki "ح") bilan emas.
Shu bir fikr: "x" bilan "h" xarflarning deyarli farqi yoq. Qachon qaramasanginz odam adashib ketadi yozilishida, chunki aytilishi deyarli bir hil. Shuning uchun ushbu dovushni ifodalash uchun faqat bitta xarf kerak deb o'ylayman.
Delf.
Donbegi
11-03-2006, 11:53 AM
Shu bir fikr: "x" bilan "h" xarflarning deyarli farqi yoq. Qachon qaramasanginz odam adashib ketadi yozilishida, chunki aytilishi deyarli bir hil. Shuning uchun ushbu dovushni ifodalash uchun faqat bitta xarf kerak deb o'ylayman.
Delf.
Delf,
to'g'ri, H h va X x harflarini bir biridan farqlash oson bo'lmasligi mumkin, lekin ularni birlashtirish, menimcha, noto'g'ri. Harakat qilsa, ularni juda osonlik bilan farqlasa bo'ladi. Yanglishmasam, H h harfi turkiy tillar orasida faqat O'zbek tilida bor. U bizning tilimizga fors-tojik tilidan kirib kelgan. Tilimizda mazkur harf ishtirokidagi so'zlar juda ko'p ekanini inobatga olsak, uning ahamiyatini tushunib yetamiz.
Masalan: har tomon (turli, barcha, hamma degan ma'noda), xar tomon (eshak, donkey ma'nosida)
Shokirbek,
To'g'ri ta'kidladingiz, "hiyobon" so'zini "xiyobon" deb yozish kerak edi. Hato ketibdi.
p.s. Odatda, H h va X x harflarini Samarqand, Buxoro va janubiy viloyatlarda osonlik bilan farqlashadi.
eng oxirgi varianti mana shu bo'ldimi? yoki yana o'zgarishlar kiritilyaptimi?
attang bir nasl ulg'ayib bo'ldiyam. 15 yil avval qilinadigan ish ediya.
al Beri
11-29-2006, 02:55 AM
Hozir esa "øàð" so'zi "shar" deb yoziladi, va ushbu "shar" so'zi eski alifboga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazilsa "ñҳàð" bo'lib qoladi.
Türk tilindä «şar» tägil, «yomırı» bola. Şar'nı orıslarga qaldırası.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.