PDA

View Full Version : GULAGdan maktub oldigizmi?


Urganjiy
02-14-2001, 11:42 AM
YOZUVCHİ MAMADALİ MAHMUDNİNG SUD ZALİDAN DUNYO JAMOATCHİLİGİGA YOZGAN MAKTUBİ

Mamadali Maxmud (Evril TURON)
Toshkent-2000
Bu xatnı to’qson to’qqiz foiz yopiq holda, yuzlab qurollangan pogonlı, kaskalı kishilar qurshovida kechgan sud zalida yozdim. Uning bir nusxasini bir amallab umr yo’ldoshim Muqaddas Maxmudga berdim. Maqsadim: ko’plab nusxaga ko’chirilajak bu xatni Sizlarga etkazish... Menga qasddan qilingan to’hmat-bo’htonlaru jabr-zulmlarni shu qog’ozda aks ettirdim...
1999 yil 19 fevral kuni kech soat oltilarda qora niqob kiygan zo’ravonlar meni o’g’irlab ketishdi.
Voqea shunday yuz berdi: men ‘’Tiko’’da mahallamiz (Salar-1) do’koniga borgan edim. Umr yo’ldoshim Muqaddas Maxmud yonimda edi. Do’kondan chiqishim bilan qora niqob kiyganlar allanarsa bilan mening boshimga urishdi. Keyin meni sudrab, buklab mashinaga tiqishdi. Umr yo’ldoshimning chinqirig’i, vahalladoshlarimning qiy-chuvlari qulog’mga chalinib qoldi. Bu hodisia yashin tezligida kechdi. Oylar kecharoq bilsam, niqobdorlar ‘’Tiko’’mizni ham o’g’irlab ketishibdi. Meni o’g’irlashgan soatning o’zida bu zo’ravbonlikni butun mahalla, so’ng O’zbekiston, so’ng dunyo bildi...
Har kuni ‘’totalitar tuzim’’ deb yomonlayotganimiz – SSSR paytida ham menga bunday vahshiylik qilmagan.
Mustaqillik davrida milliy yozuvchini asossiz ravishda tahqirlash – zulmmi, adolatsizlikmi, buni o’zlaringiz baholarsizlar.
Mabodo 16 fevral voqeasida mening tariqcha ham aybim bo’lganda edi men o’z uyimda bo’lmas edim... Mening ham o’zimga yarasha aql-farosatim bor... Bu paytda men, olti-etti oydan beri, uydan eshikka chiqmay kitob yozayotgan edim.
Madomiki mendan gumon qilinsa, meni qonun yo’li bilan chaqirsa bo’lmasmidi? Qonunga qarshi kim borjapti?
Niqobdorlar menga qora niqobni ters kiydirishganda, men hushimga keldim. Ular meni urib, so’kib taglariga bosib olishdi. Tag’in hushimdan ketdim. Toshkentdan noma’lum tomonga taxminan 2-3 soatcha (keyin sezdim...) yo’l bo’silgach, meni zulmat ichida urib, tepib, sedrab, so’kib , tahqirlab noma’lum yerto’laga olib tushishdi. Niqobda hech narsani ko’rmadim. Sezdim. Faqat eshik yaqinida sanog’i yo’q vahshiy itlarning vahshiy vovullashlariyu erto’lada tars-turslarni, ayanchli ingrashlaru, dod-faryodlarni eshitdim.
Vujud-vujudni larzaga solib yurak-bag’rimni sil etuvchi bu chinqiriq, ingrash, yig’ilarga odam bolasi chiqay olmaydi.
Bu olis, ovloq, noma’lum yerto’lada har kuni shunday...
Meni qo’rquv bosdi, ‘’nom-nishonsiz o’ldirib yuborishadi’’ deb o’yladim. Men ingrab yubordim. Tag’in meni so’kib, tahqilab, urib tepishdi. Mening qo’llarimni orqamga qayirib, kishanlashdi. Men qimirlasam, kishan mening qo’llarimni battar qisardi.
Keyin qancha kun, qancha tun kechdi, men bilmadim, mening qo’llarimni kishandan echishmadi. Qishda taqir, zax erda, o’ttiz uchta ta tanga-tanga teshikdan sovuq izzilab kirayotgan beton zindonda bir yarim oycha bir o’zim yupun, ho’l va qonga belangan holda o’lim bilan olishib yotdim...

Urganjiy
02-14-2001, 11:45 AM
Noma’lum erto’lada meni yuzida xoli bor yigit so’roq qildi. Uning yonida doim niqob kiygan bahaybat-bahaybat uch palach to’pponcha va dubinkalarda turdi. So’roqqa meni niqobdorlar niqobda, kishanda kameradan olib chiqar, so’ng shu zaylda – niqobda, kishanda sudrab chalajon holda olib kelar edi. ..
Yuzida xoli bor kimsa menga o’zini tanishtirmadi.
U meni istagan onda o’ldirishi, Axmadjon Odilovday qamoqqa chiritishi, uy-joyimni yoqishi, bola-chaqamni avtohalokatga yo’liqtirishi, ularga turli-tuman tazyiqlar qilishi, mening umr-yo’ldoshim bilan ikki qizim ham shu zindonda ekani, ko’z oldimda zo’rlashlari va o’ziga shunday huquq berilganligi haqida qayta-qayta ta’kidladi.
Bunday ishlarga oltin, pul ayamasligini aytdi. Yuzida xoli borning buyrug’i bilan, ayrim kechalarda balki uning buyrug’usiz niqobdor uch palach (niqobdorlarga nisbatan palach so’İzini yuzida xoli bor aytgan) meni ko’z ko’rib, quloq eshitmagan usullar bilan qiynadi. Dubinkalarda uraverib, tepaverib qonga beladi. Mening sog’ yerim qolmadi. Butun badanim qorayib, ko’karib, shishib ketdi. Qo’l-oyoqlarimni kuydirdi. İgnadan tirnoqlarim qorayib, qo’porilib ketdi. Orqamga qo’llarim kishanlangan holda meni soatlab osib qoydi. Menga allaqanday ukollar qildi. Allaqanday suyuqliklar ichirdi...
Men yuzlab marta hushimdan ketdim, meni yuzlab marta hushimga keltirdi.
Men hushimdan ketgan onlarimda, qishda, sovuqda mening boshimga sovuq suvlar quydi, burnimga allaqanday sasiq narsalarni tiqdi... men ho’l ust-boshim bilan muz zindonda yolg’iz o’zim tun-kunlarni chidab bo’lmas azobda o’tkazdim...
Mening har kunim, har tunim qo’llarim kishanlangan holda olis, ovloq, noma’lum erto’lada shnday qiynoq, azob bilan kechdi. Men bu qog’ozda menga berilgan mingdan bir azobni yozdim.
Men bunchalik yovuzliklni biron kitobda ham o’qimaganman, biron kinofilmda ham ko’rmaganman.
O’z o’limimga rozi bo’ldim. Tinimsiz xo’rlash, tahqirlash, qiynoqlardan o’lim engil. Faqat bir narsaga – bolalarimni ko’rmay o’layotganimga, o’ligimni ham ularga bermasligiga achindim.
Og’ir qiynoqlar so’ngida yuzida xoli bor kimsaning buyrug’i bilan qip-yolong’och qilib echintirishdi, so’ng o’lim stuliga o’tqazishdi. So’ng qaytadan mening qo’l-oyoqlarimga kishan solishdi va hamma yog’imni chandib bog’lashdi.
Men hayot bilan vidolashdim.
Bolalarim, nabiralarim ko’z oldimdan o’tdi. Bundan mening yurak-bag’rim ezilib qon bo’ldi. Og’ir, to’xtovsiz xo’rsiniklar tomog’imga tiqildi. Hayotdan nom-nishonsiz ketayotganimdan, jasadim kulga aylanajagidan, bundan bolalarim, nabiralarim, umr yo’ldoshim xabar topmasligidan xo’rligim keldi. O’zimga-o’zim achindim.
Menga o’lim qopi kiydirishdi.
Palachlar menga 5 marta o’lim qopi kiydirishdi.
Keyin yuzida xoli bor kimsa:
- Toshkentdan ‘’hozir o’ldirilmasin’’ degan buyruq oldik, dedi, menga – endi seni oylab qiynab o’ldiramiz yo aytganlarimni yozib berasan. Yana meni tunlar, kunlar qiynashda davom etishdi. Men yurolmay, o’tirolmay qoldim. Chala jon edim. Mening oyoq-qo’llarim jaralardan shishib, yiringlab ketdi. Tuflim oyog’imga sig’may qoldi. Dubinkalar zarbidan paypoqlarimning tit-piti chiqib ketdi. Meni tergovxonasiga jalangoyoq holda o’likday sudrab olib borar, tergovdan sudrab olib kelar, yuzimdan qora niqobni, orqamga qayirilgan qo’llarimdan kishanni echmas edi.
Xotinim bilan qizarimni o’rtaga qo’yishdi...

Urganjiy
02-14-2001, 11:46 AM
Bu olis, ovloq, noma’lum, qo’rqinchli erto’lada ayollarning oh-faryodlariga odam zoti chdolmas edi!
So’ngsiz qiynoqlardan so’ng ‘’istaganini yozib beraman, xotinim bilan qizlarimning or-nomuslarini saqlab qolaman, so’ng sudda haqiqatni aytaman’’, deb o’yladim. Va shunday qildim. Shunday qilishga majbur bo’ldim.
Majbur etishdi!...
Hatto ‘’16 fevralda hamma yerni men portlatdim’’, deb yozib berdim.
Shundan keyin men ko’chada yurgan har qanday begunoh odamga ham mislsiz, dahshatli qiynoqlar bilan undan shunday yozdirib olishlari mumkinligiga ishondim.
16 fevral voqeasini kim qilgan?
Kimlar?
Bu asl haqiqat vaqt kecharoq ochiladi. Albatta ochiladi...
Lekin bunda Muhammad Solihning qo’li yo’q. Shoir odam, o’z millatini o’zidan ham ortiq sevadigan odam bunday qilmaydi. Men Muhammad Solihni yetarli bilganimdan shunday deyishga jur’at etdim...
Yuzida xoli bor menga shunday dedi:
- Ko’p odamlarning hayotlarini saqlab qolishing uchun ham yozasan, hali televizorda ham chiqasan, keyin Muhammad Solihni o’ldirib kelasan...
Ayni shu gaplarni menga uch marta aytdi.
Men qanday odamlarning hayotlarini saqlab qolishim kerak edi? Bu menga qorong’u ham sirli edi.
Xoli bor kimsadan buni so’radim. U menga javob berish o’rniga o’limday sovuq tikildi. Shundan keyin men unga dedim:
- Men qotil emasman, yozuvchiman.
- Sen shaxshan prezidentning nazoratidasan... – dedi yuzida xoli bor kimsa, - senining har qadamning o’lchangan... İstagan paytda seni ‘’ol’’ deyishi mumkin... Yoz!...
Yuzida xoli bor mendan hamma narsanı prezident nomiga yozdirib oldi.
Unga bunday erk, cheksiz huquqni kim bergan, bilmadim.
Meni to’kib tashladi, men butunlay sog’ligimdan ayrildim.
Meni xalqaro xolis ekspertlar ekspertiza qilishlarini so’rayman. Mutlaqo maxfiy ravishda turli yo’l, usul, nayranglar bilan, yolg’on, tuhmat, bo’htonlar bilan o’ldirib yuborishlari, mening oilamga turli-tuman tazyiqlar qilishlari mumkin. Bu haqda aytishdi ham...
Meni va oilamni bular zulmidan himoja etishlaringizni so’rayman.
Men Muhammad Solih tog’’risida soxta narsalar yozishga majbur bo’lganimdan keyin, O’zbekiston respublikasi İchki İshlar Vaziri o’rinbosari Sayfulla Asadov, tergov Boshqarmasi boshlig’i Alisher Sharafiddinov, uning muovini A. Egamberdievlar bir necha marta kelib ketdilar. Ular menga o’zlarini tanishtirdilar va men bilan odamlarcha muomalada bo’ldilar. Men ularda prezidentga sadoqatni ko’rdim.

Urganjiy
02-14-2001, 11:48 AM
Lekin men hali noma’lum yerto’lada edim...
Hali mening hayotim qil ustida edi...
Shu sababli xoli bor mendan nimani yozdirib olgan bo’lsa, ularga ham shuni yozib berdim.
Nima yozgan bo’lsam, hammasining tagiga soxta qo’l qo’ydim...
Bu olis, noma’lum, o’lim hidi anqigan yerto’laga vrachlar ham bir-necha marta kelib ketishdi. Meni davolashdi. Hatto endi niqobdorlar ham sog’ayishimga qarashdi.
Chunki, meni televideniyega chiqarishlari kerak edi...
To’xmat tekst... Soxta chiquv...
Ba’zan, niqobdorlardan biri (uni taniyman, ko’rsam uchovini ham taniyman) mast holda men yotgan zindonga kirar, mendan dollar talab etar... meni urar, tepar, so’kar edi. Tunda bu mudhish hol kechar edi...
Bu noma’lum, qo’rqincvhli erto’ladan niqobdorlar menga niqob kiydirib, meni mashinaga yuztuban bosib, besh-olti marta İİVga olib borishdi. Endi xoli bor kimsa ko’zdan butunlay o’chgan (men uni sud mahali avgust oyida İİV yerto’lasida tasodifan ko’rib qoldim...), endi men bilan S. Asadov, A. Sharafiddinov, A. Egamberdievlar shug’ullanishar edi.
Dubinkalar zarbidan jangi shim-kastyumim, ko’ylak, maykalarim titilib, yirtilib ketgan edi. Shu sababli S. Asadov menga ichki kiyim, qora ko’ylak, galstug olib berdi. Shu kiyimda meni İİV binosida televizorga olishdi... Tekstni o’zlari yozib berishdi.
Men uch kecha-kunduz İİV binosida qolib shu yolg’on, Muhammad Solihga tuhmat tekstni niqobdorlar zulmida yod oldim. Majburan yod oldim.
Yod oldirishdi...
Bu muhim ekan! Juda muhim ekan!...
‘’Shaxsan prezidentning o’zi ko’radi... Endi sening hayoting shunga bog’liq... Balki erta-indin uyingga ham borib qolarsan...’’ deyishdi...
Hali men uzoq va noma’lum yerto’lada edim.
Hali mening hayotim qil ustida edi...
İİV binosida meni to’rt marta televizorga olishdi.
Televidenie xodimlari meni niqobda olib kirishdi. Niqobdorlarni ham.
Bir marta emas, bir necha marta...
Nima uchun meni İİVda to’rt marta televizorga olishganining sababini aytishdi... ‘’Prezidentga yoqmajapti... Soxta...’’ deb aytajapti deyishdi...
Faqat to’rtinchi yozuv to’g’risida indashmadi.
Tag’in meni uzoq, noma’lum zindonga olib ketishdi. Tag’in tun va kunlarim g’ariblik va azob-uqbatda kechardi.
Qoq tunda bir niqobdor mast holda menga:
- Agar jana bir hafta o’lmay tursang, keyin uzoq jashaysan, - dedi.
Bir hafta kechdi. Men hali tirik edim. Tunda o’sha niqobdor temir eshikni sharaqlatib ochib, men yotgan kameraga kirdi. U mast edi. So’nggi damlarda menga zulm qilishdan o’zini ancha tiygan edi u. Ba’zan hatto uning yuzida ko’zida menga nisbatan achinish alomatlari ham borday tuyulardi. Balki, men janglishayotgandirman. Har holda menga shunday tuyulardi... U mening elkamga og’ir qo’llarini qo’yib dedi:
- Starik, agar jana 15 kun o’lmay tursang 50 yil jashaysan... – dedi.
Men bu qog’ozda uning so’zlarini aynan keltirdim.
Bu gaplar...
Bu sirli gaplar...
ularga ham ko’nikib qolgan edim... ‘’Tangri buyurani bo’ladi’’ deb o’yladim.
19 fevraldan aprel oyining qaysi bir kunigacha meni noma’lum zindonda saqlashdi. Keyin kutilmaganda niqobdorlar meni urib, tepib, İİV yerto’lasiga olib bprib tashlashdi. Shunda qo’limdan kishanni, yuzimdan niqobni olishdi.
Aprel oyida, ya’ni meni o’g’irlab ketishgandan bir yarim oy o’tgandan keyin shahar prokuraturasi qamoqqa olishga sanktsija berdi.
Bir-jarim oydan keyin.
‘’Ustuvor qonun’’ hurmatimi, bu?
Endi men shu gaplarni aytishni o’z burchim deb bilaman.
Jadidlardan keyin men o’z elimning milliy yozuvchisiman. Bunga mening kitoblarim guvoh. Hamma asarlarimni men Turkistonning milliy ozodligi, İstiqloli uchun yozganman.
Millatim, vatanim ozodligi – menining hayotim.
Lekin biz, bizlar orzu qilgan, kurashgan, yetiltirgan Milliy Ozodlikka – mustaqillikka erishganimizdan so’ng men ne uchundir ta’qibdaman, tazyiqdaman, qamoqdan.
Buning tub sababi nimada?
Bu ikkiyuzlamachi g’arazgo’y ‘’do’st’’larning ishlarimi?
1991-1994 yillarda men O’zbekiston Respublikasi Camg’armasi Boshqaruvining raisi edim. Bu tashkilotni yo’qdan yuqoriga olib chiqqanimizni el biladi...
Hali tarix bu haqda yozadi...
1994 yil 3 mart kuni tongda qurollangan bir qancha kishi menimg uyimga qoradori, to’pponcha, ishxonamga ham qoradori qo’yib, meni İİV yerto’lasiga tiqishdi.
Agar mening gunohim bo’lsa, meni avval Vazirlar Mahkamasiga chaqirishi, Mahkama meningng kamchilik-xatolarimni yuzimga aytishi, meni ishdan chetlatishi mumkin edi. Nari borsa shunday qilishi mumkin edi... kichikmi, kattami, har holda men respublika tashkilotining boshlig’i edim. Mening hurmatim bo’lmasa, respublika tashkilotining hurmati bordir.
Tizimlar tengligi yurtni yuksaltiradi, tengsizligi parokandalikka olib keladi, deb aytguvchilar balki janglisharlar. Bilmadim, tuhmatdan, qasddan qamash – totalitar tuzimning ishi edi. Biz demokratik yo’ldan borajapmiz dejapmiz. Ammo meni qasddan, tuhmatdan qamashdi... Buni dunyo biladi.
Men İİV yerto’lasida 5 oy 18 kun tuhmatdan azob-uqubatda yotdim.
Yerto’lada tutqunni 10-15 kundan ortiq saqlash qonunan mumkin emas.
Lekin...

Urganjiy
02-14-2001, 11:50 AM
So’ng meni jana 9 oy zindonda saqlashdi.
Qama-qama bilan odamni, jamijatni tuzatib bo’ladimi? Bu el birligini buzishga olib kelmaydimi? Bu uzun kechmishdan ma’lum emasmi?...
Qoradori!...
To’pponcha!...
Bu qadar jo’n (primitiv), bu qadar achinarli bu!
Yozuvchini shundoq narsalar bilan qamash – fojea!...
Bu bir mening fojeammi?...
Bu tuhmatga kim ishonadi? Hatto yovvoyi ham ishonmaydi. Nima men bangimanmi yo qotilmanmi?!
Qoradori...
To’pponcha...
Kasallik... Buyuk kasallik... Tuhmat, qasd kasalligi!...
Tergovda bir marta ham mendan ’’qoradorini qayerdan olding, to’pponchani qaerdan olding?’’ deb so’rashmadi. Hatto nomiga ham so’rashmadi.
‘’ERK’’ gazetasini qayerdan olding deb so’rashdi, azob berishdi.
U paytda men (ishdaligimda) ‘’ERK’’ gazetasini uyimga kim tashlab ketganini bilmas edim. Shuncha gazetani o’z hohishim bilan prezident devoniga va İİVga topshirgan edim. Bu haqda osha zamonda yurtdagi tegishli yerlarga o’nlab xatlar yozganman... Ammo hech biriga javob olmaganman...
Jaxshilikka jomonlik bo’ldi. Meni 4 yilga ozodlikdan mahrum etishdi.
‘’Zakaz...’’ deyishdi. Prezidentning nomini aytishdi... Balki prezidentga tuhmat qilishgandir? Bu yog’i menga qorong’u.
Endi, zamonlar kecharoq ‘’ERK’’ gazetasini uyimga KGB odami Axtam Roziqov qo’yib ketgani aniq bo’ldi. Buni men hozirgi tergovda ham, hozirgi sudda ham aytdim. Ular eshitishni ham istashmadi. Meni qasddan, tuhmatdan qamashganiga kim, kimlar javob berishadi?
Axtam Roziqov Samarqand shahar, Titov ko’chasi 1-uyda jashaydi. Adolat bo’lsa meni Axtam bilan yuzlashtirishlarini va chin (haqiqat) qaror topishini istardim.
Meni qasddan, tuhmatdan qamashganini balki prezident bilmas? Quyidagilar uning nomidan ish ko’rgandirlar?
Chunki men qamoqda 2 yil, 5 oy, 6 kun o’tirganimdan keyin prezident menga Ozodlik berdi: afv...
Aslida men ‘’ERK’’ga ham, ‘’Birlik’’ga ham a’zo emasman. ‘’ERK’’, ‘’Birlik’’ gazetalariga bir chiziq narsa ham yozmaganman. Ularning hech biridan namoyish, mitinglarida qatnashmaganman, tegishli idora... buni chuqur tekshirish o’rniga menga tuhmat qilajapti. Buni ‘’ERK’’, ‘’Birlik’’ a’zolaridan so’rashsa ham bo’ladi. Ahmad A’zamga o’xshashlardan so’rashsa ham bo’ladi.
Men Muhammad Solihni turk dunyosining milliyotchi, yirik shoiri, keng bilim egasi, to’g’riso’z odam deb bilaman. Abdurayim Polatovga ham hurmatim bor. Har kimga mening o’z fikrim bor. Bu to’g’rimi, noto’g’rimi, mening fikrim. Nisbiy fikrim.
El, yurt dili boshqa, tili boshqa, manfaat pardalariga chirmangan kimsalardan cho’chisa bo’ladi.
Dil, til birligi – elimiz kelajagi... Men prezidentni kimga, qayerda yomonlabman? Men prezidentni qaysi gazetada qoralab yozibman? Men prezidentni hech yerda, hech bir gazetada yomonlamaganman, yozmaganman. Gapim yolg’on bo’lsa, menga tuhmat qilmay, dalil-isbotlar keltiring. Har bir odam kabi mening ham prezident to’g’risida o’z fikrim bor. Bu mening shaxsiy fikrim, nisbiy fikrim. Buning nimasi yomon? Fikr bildirish hech bir zamon ta’qiqlanganmi?
Men hech yerda, hech qachon Muhammad Solih bilan prezşdentni qurshab olish to’g’risida gaplashmaganman. Menimcha bu biron ishga ilinish ilinjida bo’lgan Alisher Begibayevning uydurmasi. Agar shu gaplarim yolg’on bo’lsa: qani aniq dalil-isbotlar? Uydurma bu.
Men yonimga odam to’plagan bo’lsam, qani o’sha odamlar? Hech bo’lmasa, bittasi qani? Uning ismini ayting.
Men to’plangan odamlarga yuz dollardan beribmishman. Qani bunga dalil-isbotlar? Hech bo’lmasa bitta isbot bormi? Qolaversa, men bu pulni qayerdan olaman?
Men 19998 yilda Yusuf bilan Turkijada bozorda uchrashgan emishman. Bunga asos bormi? Men umrimda faqat bir marta Turkijaga borganman. 1992 yilda. U zamonda Muhammad Solih Toshkentda edi, menimcha prezident bilan uning orasi tuzik (normal) edi. Men chet elga iznsiz qanday boraman? Tuhmat ham evi bilan.
Tergovda, sudda menga qoyilgan ayblarning bittasining ham isboti yo’q. Bo’lishi ham mumkin emas. Chunki buning hammasi tuhmat!
To’g’ri, 1998 yil 2 marta men Kiyevga, Muhammad Solihning oldiga borganman. Xo’sh, buning nimasi yomon? Men boshqa yozuvchilar ham uning oldiga borib kelishajapti-ku... Borgan odam fitna uyushtiraveradimi? Uyushtirsa, bunga aniq isbot qani? Yo’q. Bo’lishi ham mumkin emas. Chunki fitna to’g’risida mutlaqo gap bo’lmagan. Ortiqcha huquq berilgan tizim nima desa, tuhmat qilsa ham to’g’ri bo’laversa - oxiri nima bo’lishini bilmadim. Oldin ham shu tizim meni tuhmat bilan qamagan edi. Jana tuhmat bilan qamadi. İshni halol yo’l bilan ochish kerak. İshni tuhmat bilan, xo’rlash bilan, qiynoq bilan, mislsiz jabr-zulm bilan ochadimi? Mislsiz qiynoq-har qanday tuhmatni gunohsizning bo’yniga qo’jadi. Bu yovuz usulning umri qisqa.
Alisher Begabaev!
12 yilga kesilgan odam ozgina o’tirmay qamoqdan chiqdi. Buning sababi nimada yoki qayerda?...
Muhammad Solihning qarz gapini – taklifini Alisherga aytdim, xolos. U: ‘’akani oldiga birga borib kelaylik’’ deb turib oldi. Alisher bilan Muhammad Solihning oldiga ikkinchi marta bordim. O’z nafsi balosi yo’lida birovga tuhmat, jabr qilish bilan baxtga erishib bo’lmaydi.

Urganjiy
02-14-2001, 11:51 AM
Oxir oqibat o’zi qazigan chuqurga o’zi qulaydi. Bu o’zbekning asrlar davomida sinalgan maqoli.
Alisherning bir balosi borki, uni tergovga ham, sudga ham chaqirishmadi...
O’sha kezda Alisher Begabaev Toshkentda edi.
Shahar sudi binosida va Toshturma oldida uni formada mening oila a’zolarim bilan do’stlarim ko’rganlar. Alisher bu pulga mashina olishini, u bilan tirikchilik qilishini, shunga Sirg’ali bozoriga chiqishini, bunda mening ham ko’magim zarur bo’lishini aytdi. Men rozi bo’ldim.
Alisher Begabaev o’z nomiga ‘’Neksia’’ oldi. O’z nomiga...
U sotuvchiga pulni o’z qo’li bilan sanab berdi.
Bu yerda mening aybim bormi? Yo’q.
Agar Muhammad Solih bu pulni menga qarzga berganda edi, men uni Alisher Begabaevga berarmidim? Yo’q.
Men Alisher Begabaev o’z nomiga olgan ‘’Neksia’’ ruliga bir marta ham o’tirmadim. Shundan keyin u qorasini ham ko’rsatmaydigan bo’lib qoldi. Meni o’g’irlashlaridan bir kun oldin – 18 fevral kuni kechasi soat 11-12 larda u mening uyimga keldi. Shaxsan Muhammad Solihning o’zi bir oy oldin unga qo’ng’iroq qilib, ‘’Neksia’’ni undan olganini aytdi.
Agar Muhammad Solih Alisher bilan qandaydir maxfiy bir ish qilganda, bir oy oldin undan ‘’Neksia’’ni olarmiidi?
Tergovchi İlhomjon Turg’unov menda ayb yo’qligini ich-ichidan bilardi. Lekin ko’rsatma bo’yicha ish tutishga majbur... edi. Men buni shaxsan uning o’ziga aytdim. ‘’Shuni sezibsiz, shunga ham rahmat. İlopj qancha?...’’ dedi u. Endi İlhomjon bu gapni tan oladimi, yo’qmi, buni Tangri biladi.
Moddalarni ham talay marta almashtirdi...
Soxta ‘’sherik’’lar ham topdi...
Spektakl...
Sud... Qora niqob kijganlar meni o’g’irlab ketishganidan tortib, hamma gapni sudga aytdim. Biroq u mening biror gapimni inobatga olmadi. ‘’Yolg’on!’’ dedi.
Meni 14 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Spektakl tugadi.
Bu ketishda Oliy Sudda ham spektakl o’zgarmaydi.
Men faqat Sizlardan adolat kutaman.
Chuqur hurmat bilan,
tutqun yozuvchi Evril Turon (Mmamadali Maxmudov) / imzo /
Yopiq sud zali
18 avgust 1999 y.

Afrosiyob xotirasi

Oltin tusli daryoning so’l qirg’og’ida
O’sar edi mevasi bol asl og’ochlar.
Yot yurtlardan kelgan yotlar ilmog’ida...
Chatishdi bu mevasi ol asl og’ochlar...

Zanglar bosgan chang asrlar silsilasida
Yo’qotdilar o’z o’zligi o’z totini.
Qumlar yutgan chang zamonlar zilzilasida
Unutdilar o’z kechmishi, o’z otini.

Endi esa chatishmagan o’z aslini
Sovuq yoqdan kelib qolgan kelgindi der.
Kun botgandan kunilaydi bir-birini...
Bu ketishda ne bo’ladi?...
Ezilar Yer!..

26 oktjabr 2000 yil, xastaxona

mustafa
02-14-2001, 11:56 AM
Mne ochen jal vas uvajaemiy Urganjiy. K sojaleniyu protiv takoi bolshoi i silnoi organizatsiy nichego ne sdelaesh. Demokratia stroitsya godami, a ne sluchaemi.

Mustafa

alish
02-15-2001, 11:00 AM
Urganjiy, uziz ezib uziz ukib utiribsizmi?

kalish
02-15-2001, 11:32 AM
Uqiganlar bor, afsus tushunganlar kam
Offence intended


Kalish

Demokratiya
02-16-2001, 04:03 PM
I am totally impressed.....
ajoyib ertak....
blin, erinmasdan oqib chiqibman a........:)
a tak omadilarni bersin.....:)

Ahtam Usmon
02-18-2001, 04:53 PM
Assalomu alaykum!
ushbu postingni eurasia.org.ru ga umidchilar nomidan kimdir quygan ekan,nahotki hammalaringizning fikringiz shunday?!
bu ertak emas haqiqat,uyat emasmi?!

Lyubitel'_Rodini, 16 февраля 2001, 23:08 DEL
u menuya vopros: Chto za dolboyob etot Safar Bekjon? Kto on? Po yego slovam yemu let 40 - 50. Chego on vikruchivayetsya!
Safar Bekjon, a eto dlya Vas! Ne dast vam nikto vlast v Uzbekistane!!!
Mi Vam yeyo ne dadim! Mi - eto molodiye uzbekistantsi, kotoriye uchatsya v peredovih universitetah mira! Kuda vi lezite so svoim sovkovskim mirovozreniyem!

Safar-aka, neujeli Vas malo sistema pomuchila!? Ved' skol'ko v tyur'mah sideli!

Uzbekistan - gosudarstvo na perehodnom etape (kotoriy budet dlitsya yeshyo kak min. 10 let), v ochen' slozhnom geopoliticheskom polojeniye, a takje s otnositel'no isporchennim i razvrashshyonnim chelovecheskim matertialom (v normal'nom smisle etogo slova). Nu chto je vi hotite ot Karimova! Aka-jon (ili, Bobo-jon), ne mojet takogo bit', chtobi gosudarstvo v polojenii Uzbekistana lyubilo takih lyudey kak Vi, a takje Vashi predlojeniya i mirovozreniye. Vi tam ne nujni! Vot vi obvinyayete perevodchikov tam, chto mol oni rabotayut na SNB i t.d. A Vi - PREDATEL' - v chyu pol'zu zhe rabotayete rasshativaya gosudarstvennost' v Uzbekistane? (ugadayte s tryoh popitok:). Takje ne govorite chto u nas mozgi promite i poetomu mi vse Karimvtsi (kak oktyabryata). Poverte, obrazovaniya u menya na ochen' mnogo i luchshe chem u vas. V to je vryemya ya chital i vse trudi Karimova, vashi trudi (yesli eto mojno tak nazvat:), i mnogoye drugoye. Nu gniliyo vi, gniliyo, i VON iz Uzbekistana. Pravil'no vas strelyayut, sajayut i igolki v yaytsa vtikayut.

S glubokim uvajeniyem i pochitaniyem.

Novoye pokoleniye Uzbekistan

p.s. Zahodite k nam v gosti na http://forum.umid.uz

Date: Feb 18, 2001 on 16:40

Qotmadrom
02-19-2001, 07:48 AM
Hmmmm voy vooooooooooo........Mr Ganjaviy ...
Huddi Apandi ertak etib bergandey buldi.. Keyingi gal sal Putyoviyrogidan yozin bratan chuta bunisi yoqmadi manga ....bekorga naqt 1 soat voqtim ketti uqib chiqish uchun ...axir 1 soat 6-40$ ku
ehhhhh maylin ishga kech qovotman HAYR !!!:-)

student
02-21-2001, 08:42 AM
Urganjiy Urganchni nerinnansiz?:)

Ahtam Usmon
02-22-2001, 07:09 PM
Urganchdanmas Urganjiy,Horazmdin ammo boshqa eridan!

student
02-23-2001, 06:41 AM
Unaqamasde unda Horazmiy deb qo'yish kerak edi "Nicknameni "

Urganjiy
02-23-2001, 10:40 AM
Dostim, Urganjiylar kechaa paydo bolmadi. Istagan paytda hamillion kabi ozgartirib tursam. Urganjiylar Buhorada, Qoqonda askarbishilik qilishgan. Hozir ham u erlarda urganjiylar qishloqlari va mahallari bor. Qisqasi bu odamlar Turkistonnig hamma eriga yoyilib ketishgan. Men Turkistollik Urganjiylardanman. Hafa bolmag mahallachilik orislar ekkan nifoqdir va u dondan men emaganman.
Etiborigiz uchun rahmat,
Safar Bekjon.

Urganjiy
02-28-2001, 12:20 PM
Нет.

Я ни разу не сидел за рулем машины «Нексия», которую купил Алишер Бегабаев на свое имя. После этого он исчез вообше с моих глаз.

За один день до похищения меня – 18 февраля, около 23 – 24 часов ночи он пришел ко мне домой.

Сказал, что месяц тому назад, лично Мухаммад Солих сам позвонил ему и отобрал машину «Нексия» у него.

Если Мухаммад Солих делал какие то темные дела с Алишером, то разве он отобрал бы машину «Нексия» у него?

Следователь Илхомжон Тургунов внутренно осознавал, что я невиновен. Однако он был вынужден действовать по приказу. Эти свои наблюдения я ему сказал прямо в лицо. « Спасибо за то, что поняли это. Что же делать, когда таковы положение дел?» сказал он. Теперь сможет ли признаться в этом Иномжон – этого знает только один Бог.

Они меняли статьи обвинения против меня по несколько раз.

Нашли даже фальшивых «подельников»...

Спектакль...

Суд...

Начиная похищения меня людьми в масках –всё я рассказал на суде.

Однако он (суд) не признал ни одно мое слово. Сказал «Ложь!». И лишил меня свободы на 14 лет.

Спектакль закончился.

Если все будет продолжаться так же, то и в Верховным Суде не будет меняться этот спектакль.

Я жду от Вас только справедливости.

С глубоким уважением

писатель-узник Еврил Турон (Мамадали Махмудов) \подпись\

18 августа 1999г.

Urganjiy
02-28-2001, 12:35 PM
Мухаммада Солиха я считаю одним из крyпных национальных писателей Tюркского мира, обладающим широкими знаниями и честным человеком. Я уважаю и Абдурахима Пулатова. У меня есть личное мнение о разных людях. Правильно или нет, но это - мое мнение. Мое относительное мнение.

Народ, страна должна остерегаться людей, у которых на языке одно а на деле другое. Единсто души и языка – это будущее народа...

Где и кому я сказал что-нибудь плохое о Президенте?

Где и в какой газете я очернил Президента?

Я ни где, ни в одной газете не очернял, вообще ничего о нем не писал.

Если я говорю неправду то пожалуйста докажите обратное, представьте доказательства.

Как и любой человек, я имею собственное мнение о Президенте. Это мое личное мнение, относительное мнение. Что в этом плохого? Разве когда либо было запрещено выразить свое мнение?

Я никогда, нигде не разговаривал с Мухаммадом Солихом о том, чтобы окружить Президента.

Это все по моему выдумки Алишера Бегибаева, который этими способами пытается завоевать доверие у Президента и получить какую-либо работу наверху.

Если все эти мои слова являются ложью, то где же Ваши доказательства? Все это выдумки.

Если я собирал народ вокруг себя, то где они? В крайнем случае покажите хоть одного. Назовите его имени, оказывается я давал этим людям по сто долларов. Где Ваши доказательства? Есть ли у Вас хоть одно доказательство? Вообще откуда я смог достать таких денег?

Оказывается в 1998 г. на базаре в Турции я встречался с Юсуфом(Наверное имеется в виду член «Эрк»а Юсуф Рузимурадов, который арестован и осужден одновременно с М.Махмудовым. Х.Х.). Имеются ли основания утверждать это? Я в своей жизни только один раз ездил в Турцию. В 1992 г. В то время Мухаммад Солих был в Ташкенте. По моему его отношение с Президентом в то время было хорошое(нормальное). Как я мог выехать за границу без разрешения? Хоть клеветать надо в разумных пределах.

Нет ни одного доказательство тех обвинений, которые выдвинуты против меня во время следствия и в суде. Да и не может быть какого либо доказательства. Потому что все это ложь, клевета.

Да, я ездил в Киев, к Мухаммаду Солиху 2 марта 1998г. Ну и что же в этом плохого? Ведь другие писатели тоже ездят к нему... Каждый посещающий Солиха организовывает бунт что ли? Если «Да», то где же доказательства? Нет этого. И не может быть. Потому, что о бунте не было и речи. Если все будет считаться правильным и делаться так, как говорят те, которые облачены правом больше положенного, если даже они оклевещат кого то, то не могу сказать чем всё это может окончиться.

И ранее вот этот режим арестовал и посадил меня в тюрьму на основании клеветы и лжи. Он снова на основании клеветы и лжи заключил меня в тюрьму. Дело надо раскрывать честным путем. Разве дело (преступление,Х.Х.) раскрывают методом пыток, издевательств и бесконечным насилием? Путем бесконечных пыток можно добиться признания невинных любого преступления. Жизнь такого зловещего метода коротка.

Алишер Бегабаев!

Человек, осужденный на 12 лет очень скоро вышел на свободу.

В чем или где кроется причина такого быстрого освобождения?

Я ему передал только предложение-просьбу Мухаммада Солиха. Он настаивал:»Давайте вдвоем съездим к ака(брату, т.е. к Солиху,Х.Х.)». Вместе с Алишером Бегабаевым второй раз поехал к Мухаммаду Солиху.

Человек, который ради удовлетворения своего ненасытного аппетита использует клевету, ложь и насилие против кого либо, никогда не добьется счастья.

В конце концов он упадет в ту яму, которую он копал для кого-то. Это опробованная тысячи лет пословица узбекского народа. Что то темное связано наверное с этим Алишером, и поэтому его не вызвали ни на следствие ни на суд. В то время он был в Ташкенте и можно было его найти, если это было нужно.

Члены моей семьи и мои друзья видели его в форме возле здания Ташкентской тюрьмы и в здании Ташкентского суда.

Алишер сказал, что на эти деньги (возможно представленные как одно из доказательств и выданные якобы Солихом М.Махмудову) он решил купить машину, вести свое домашнее хозяйство, вести дела на Сергелийском рынке и говорил, что нуждается в помощи в этих делах. Я согласился. Алишер Бегабаев купил машину «Нексия» на свое имя. На свое...

Он рассчитал и своими руками отдал деньги продавцу.

Есть ли здесь моя вина? Нет.

Если Мухаммад Солих дал бы эти деньги мне как долг, я разве отдал бы их Алишеру Бегабаеву?

Urganjiy
02-28-2001, 12:37 PM
Меня охватил ужас, «убъют и следа не оставят», подумал я. Стон вырвался из моих уст. Они снова избили, пинали, унизили и обругали меня. Они закрутили мои руки за спину и надели наручники. Если я шевелился, наручники ещё сильнее сжимали мои руки .

Сколько дней и ночей прошло –незнаю, наручники не снимались c моих рук. Зимой,на сыром полу бетонной камеры, под струяшимся через 33 дыры холодным ветрoм я, измазанный кровъю и мокpый, одинокий, боролся полтора ммесяца со смертью.

На этом неизвестном подвале меня допрашивал парень с родинкой на лице.

Рядом с ним всегда стояли три громадных палача с масками на лицах, с пистолетами на боку и дубинками в руках. На допрос меня вытаскивали люди в масках, предварительно надев мне маску и наручники. Они в том же виде, но уже полуживого, волокли меня обратно в камеру после пыток. Человек с родинкой мне не представился, не наэвал своего имени.

Он много раз утверждал , что он в любой момент может убить меня, сгноить в тюрьме, сжечь мой дом, устроить смертельную автомобильную катастрофу моeй семьe, преследовать их, сказал что моя жена и двое дочерей также находятся в этом подвале и что они могут изнасиловать их перед моими глазами и что ему дано такое право.

Он говорил, что на такие дела тратятся деньги и золото без ограничения. По приказу человека с родинкой на лице а иногда ночъю, наверное и без его приказа, три палача в масках(слово «палач» в отношении людей в масках употреблял сам этот человек с родинкой на лице) пытали меня, пиная ногами и избивая дубинками. О таких пытках я никогда не слышал и не читал. Мое тело было всё в крови и разбухло. Оно стало темно-зеленым. Они прижигали мои ноги и руки.Мои ногти стали черными из-за проколов и стали откалываться. Они много раз подвещивали меня зa руки в наручниках сзади. Они делали мне какие-то уколы. Заставляли мне пить какие-то жидкости...

Я сотни раз терял сознание, они сотни раз приводили меня в сознание.

Когда я терял сознание, они поливали холодную воду на мою голову в зимнее время, в мой нос заталкивали какие-то вонючие веши...Я в мокрой одеждe на холодной камере проводил дни и ночи в страшных, нетерпимых мучениях...

Мой каждый день, каждaя ночь проходили так – в страшных мучениях в том далеком и неизвестном подвале.

Я написал чacть из тсячи пыток,

Пытки до такой степени изощрённые, о таких я не читал ни в одной книге, не видел ни в одном фильме. Я был согласен на смерть. Смерть легче, чем эти бесконечные мучения, пытки. Я жалел только о том, что умираю, не видя своих детей, внуков, что даже мое тело не отдадут им.

В конце этих пыток и мучений, по приказу человека с родинкой на лице, раздели меня догола и посадили на стул смерти. Потом снова надели цепи на мои руки и ноги и меня привязали крепким канатом. Я попрощался с жизнью, вспомнив детей, внуков. Мое сердце защемило, облилось кровью от этих мыслей. Тяжелые бесконечные стоны застряли в моем горле.

Моя душа заболела от мысли, что вот так бесследно исчезаю я из этой жизни, что скоро мое тело превратится в кучу золы, что ничего об этом не узнают моя супруга, дети и внуки. Я жалел самого себя. На меня надели мешок смерти, они 5 раз надевали на меня мешок смерти.

Потом человек с родинкой на лице сказал:

«Мы из Ташкента получили приказ о том, чтобы не убить тебя сейчас. Теперь мы будем убивать тебя через пытки или же ты напишшь мне то, что я тебе скажу».

Они продолжили пытать меня снова,ночами и днями.

Я не мог ни сесть, ни ходить, стал полумертвым. Мои ноги и руки разбухли и прогноились от ран. Мои ноги не могли влезть в туфли, носки порвались на клочки от ударов дубинок. Они волокли меня - мое полуживое тело, с голыми ногами в комнату допроса, не снимая с меня ни маски с лица, ни наручников с закрученных назад рук.

Мою жену и дочерей поставили на середину камеры...

Было невозможно слушать и вытерпить крики и стоны женщин в этом отдаленном, неизвестном миру страшном подвале!

После бесконечных пыток я подумал: «напишу и подпишу всё, что они хотят, сохраню честь жены и дочерей, а потом на суде скажу всё правду». Так и сделал. Я был вынужден так поступить. Заставили!...

Даже написал, что «16 февраля все взрывы устроил я».

Теперь я верил, что они любого невинного человека с улицы могут заставить дать такие показания после страшных и немыслимых пыток и мучений.

Кто совершил действия 16го февраля? Кто они? Истинная правда об этих взрывах раскроется со временем.

Обязательно раскроется...

В этом нет руки Мухаммада Солиха. Он поэт, человек любящий свой народ, больше чем себя не может поступить так. Я осмеливаюсь так утверждать в связи с тем, что достаточно хорошо знаю этого человека...

Человек с родинкой на лице сказал мне:

- Ты напишешь всё ради сохранения жизни многих людей, будешь выступать по телевидению, а потом съездишь и убьешь Мухаммада Солиха...

Именно эти слова он сказал мне три раза.

Urganjiy
02-28-2001, 12:40 PM
Письмо Мамадали Махмудова, писателя, узника совести.
(Пeрeвод c yзбекского Хазраткулa Худойберди)



Это письмо я пишу в условиях 99%ной закрытости , в зале суда, окружении сотни вооруженных солдат с касками на голове. Я смог передать это письмо моей жене Мукаддас Махмуд.

Моя целъ – это довести до Вас это письмо. Я постарался рассказать здесь о всех клеветах и пытках, применённых против меня.

1999 г. около 6ти часов вечера группа ворруженных и замаскированных людей насильственно похитили меня при выходе из магазина около нашей махаллы(квартал) Салар-1. Рядом со мной была моя жена. Люди в масках чем-то ударили меня по голове, поволокли по асфальту и затолкали в машину. Я услышал как моя жена и жители из нашей махаллы кричали. Оказывается они похитили и нашу машину «Тико» тоже, которую я оставил около магазина. Всё это произошло с молниеносной быстротой. О моем похишении тот же час узнала вся махалля, после Узбекистан а далее и весь мир...

Даже во времена СССР, режим которого мы каждый день клеймим как «тоталитарный». против меня не было применено такое зверство.

Я думаю вы сами найдёте правильное определение унижению национального писателя во времена независимости – это насилие, несправедливость или что-то другое.

Если бы я был хоть капельку виновен во взрывах 16 февраля 1999г. то я бы не находился у себя дома. Я достаточнo разумен... В то время я находился дома и писал книгу не выходя из дома в течении последных 6-7ми месяцев. Если меня подозревали в чём-то, разве они не могли вызвать меня законным образом? Кто идёт против закона?



Когда люди в масках надели маску и нa меня я пришёл в себя. Они ругаясь, избивая давили меня сверху. Я снова потерял сознание...

Мы выехали из Ташкента и ехали примерно 2-3часа в неизвестном мне направлении. Когда прибыли, они пиная, ругая и унижая поволокли меня в какой-то подвал. Я ничего не смог видеть в маске. Чувствовал. Вблизи двери услышал лай бесчисленных собак , смешанный с ударами, воплями, криками и плачами людей. аючеловекy не хватит терпения слушать эти душераздираюшие вопли, которые разрывают ваше сердце...

В этом отдаленном, неизвестном подвале такое творится каждый день...

Меня охватил ужас, «убъют и следа не оставят», подумал я. Стон вырвался из моих уст. Они снова избили, пинали, унизили и обругали меня. Они закрутили мои руки за спину и надели наручники. Если я шевелился, наручники ещё сильнее сжимали мои руки .

Сколько дней и ночей прошло –незнаю, наручники не снимались c моих рук. Зимой,на сыром полу бетонной камеры, под струяшимся через 33 дыры холодным ветрoм я, измазанный кровъю и мокpый, одинокий, боролся полтора ммесяца со смертью.

На этом неизвестном подвале меня допрашивал парень с родинкой на лице.

Рядом с ним всегда стояли три громадных палача с масками на лицах, с пистолетами на боку и дубинками в руках. На допрос меня вытаскивали люди в масках, предварительно надев мне маску и наручники. Они в том же виде, но уже полуживого, волокли меня обратно в камеру после пыток. Человек с родинкой мне не представился, не наэвал своего имени.

Он много раз утверждал , что он в любой момент может убить меня, сгноить в тюрьме, сжечь мой дом, устроить смертельную автомобильную катастрофу моeй семьe, преследовать их, сказал что моя жена и двое дочерей также находятся в этом подвале и что они могут изнасиловать их перед моими глазами и что ему дано такое право.

Он говорил, что на такие дела тратятся деньги и золото без ограничения. По приказу человека с родинкой на лице а иногда ночъю, наверное и без его приказа, три палача в масках(слово «палач» в отношении людей в масках употреблял сам этот человек с родинкой на лице) пытали меня, пиная ногами и избивая дубинками. О таких пытках я никогда не слышал и не читал. Мое тело было всё в крови и разбухло. Оно стало темно-зеленым. Они прижигали мои ноги и руки.Мои ногти стали черными из-за проколов и стали откалываться. Они много раз подвещивали меня зa руки в наручниках сзади. Они делали мне какие-то уколы. Заставляли мне пить какие-то жидкости...

Я сотни раз терял сознание, они сотни раз приводили меня в сознание.

Когда я терял сознание, они поливали холодную воду на мою голову в зимнее время, в мой нос заталкивали какие-то вонючие веши...Я в мокрой одеждe на холодной камере проводил дни и ночи в страшных, нетерпимых мучениях...

Мой каждый день, каждaя ночь проходили так – в страшных мучениях в том далеком и неизвестном подвале.

Я написал чacть из тсячи пыток,

Пытки до такой степени изощрённые, о таких я не читал ни в одной книге, не видел ни в одном фильме. Я был согласен на смерть. Смерть легче, чем эти бесконечные мучения, пытки. Я жалел только о том, что умираю, не видя своих детей, внуков, что даже мое тело не отдадут им.

В конце этих пыток и мучений, по приказу человека с родинкой на лице, раздели меня догола и посадили на стул смерти. Потом снова надели цепи на мои руки и ноги и меня привязали крепким канатом. Я попрощался с жизнью, вспомнив детей, внуков. Мое сердце защемило, облилось кровью от этих мыслей. Тяжелые бесконечные стоны застряли в моем горле.

Моя душа заболела от мысли, что вот так бесследно исчезаю я из этой жизни, что скоро мое тело превратится в кучу золы, что ничего об этом не узнают моя супруга, дети и внуки. Я жалел самого себя. На меня надели мешок смерти, они 5 раз надевали на меня мешок смерти.