View Full Version : Aslida qanday bo'lishi kerak...
just_in
11-03-2006, 01:11 PM
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar,
E'tibor qildim , forumda toyga bag'ishlangan bir qator mavzular mavjud, lekin bu mavzu ulardan ancha farqli menimcha.Ya'ni, hammamizga ma'lumki hozirgi kunda to'y marosimlarini dabdabali qilib o'tkazish juda ommaviylashib ketgan.Boylar qilganidan o'rttirib qilsa, o'rta hol va kambag'allar qarzga botib bo'lsa ham toy harajatlarini qoplashyapti. Yo'gon cho'ziladi, ingichka uziladi.
Mening savolim esa quyidagicha, aslida (islomiy va insoniy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda) to'y marosimlari qanday o'tkazilishi kerak. Bu borada ma'lumotlarga ega bo'lmaganligim uchun sizlarga murojaat qilyapman. Ygitlardan , ya'ni kuyovdan mahr puli lozimligini bilaman:
С браком связаны такие явления, как:
Первое: необходимость калыма.
Калым (выкуп), необходим для выплачивания невесте в связи с заключением брачного договора. Его размер может быть определен точно. Если же размер калыма не оговорен, то есть при заключении брачного договора не указано на необходимость выплаты калыма, то муж, тем не менее, должен уплатить жене хотя бы символический калым. Таков обычай.
Калым может быть в виде денег, то есть иметь вещественную форму, но может быть в виде какого-либо полезного действия. Так, Пророк, да благословит его Аллах и приветствует, выдал одну женщину замуж с условием, что муж поможет ей выучить наизусть какую-то часть Корана.
Шариат предписывает, чтобы калым был небольшого размера. Чем он меньше, тем лучше, если руководствоваться указаниями Пророка, да благословит его Аллах и приветствует, и стремиться получить благословение. Чем более брак благословенен, тем он легче. Муслим сообщает в "Ас-Сахихе" о том, что некий человек сказал Пророку, да благословит его Аллах и приветствует:
"Я женился на женщине". Ему был задан вопрос: "Сколько ты заплатил в качестве выкупа?" - Четыре оккийи (то есть, сто шестьдесят дирхемов), - ответил тот. Пророк, да благословит его Аллах и приветствует сказал: "Четыре оккийи! Как будто вы чеканите серебряные монеты из этой горы. Нам нечего тебе дать. Может быть мы пошлем тебя куда-нибудь, где ты преуспеешь".
Lekin qiz tarafdan nima berilishi kerak? Yani hozirgi kundagi qizlarni uzatish uchun butun uyni jihozlashlari lozim. Aslidachi qanday bo'lishi kerak? Qizdan nimalar talab qilinsa islom nuqtai nazaridan to'g'ri boladi?
Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat!
Inspiredmind
11-03-2006, 11:40 PM

salom
yaxshi tema ochibsiz just in honim,, kancha kalim pulini olishni hohlardiz:D boshka kizlarga ham tegishli tortinmasdan aytaveringlar,, hozirdan pul..$ saving kilib tyramizdaaaa:D ,
kizlar tomondan bilaman, yani kelin tomondan, shu narsalar keladi,,
kuyov bolani yaxshilab dressed kilish kerak boshidan to calvin klein shoesgacha, hamma faslga moslab, winter, summer,etcc, lol,:D
then... all furnute kelin tomondan keladi, to digital telephone's furnute,,:D
va all bedroom's things like podushki, ko'rpalar, etcc uymshokkinaa bo'lish kerak then mazzaaaa kilib uxleydi kuyovv bolaa, :D
va all, kitchen's narsalar ham kelin tomondan keladii, ,like, piyolaa, tarelki, chinni, kuyov bolaga special piyola bo'lish kerak, just in honim,:D
mana sizga butun spisokni berdim..lol.:D according to modern weddings, rightt kizlarr ?? to'g'ri denglarr, :D
qiziq
Qalin moli joiz emas deb keladi ko'pgina manbalarda... siz bergan ruscha iqtibosda mehr kalimasini KALIM deb tarjima qilishgani judayam g'alati...
nikohda erkak tarafidan Mehri muajjal va mehri mu'ajjil berilardi shariy hukm bo'yicha. Qiz yo yigit tomondan qilinadigan boshqa ashqol dashqollar hadiya hukmida bo'ladi... ya'ni mahalliy odatlarga qarab o'zgaradi...
nikohning sharti emas shariat nazdida.
to'y qilishdan maqsad
1- xalqqa ovoza qilish nikohni
2-xalqqa ziyofat berish
mana shu ikkalasi amalga oshirilsa bo'ldi. lekin uni ham shariatga mos ravishda qilish kerak... garchi hozir ko'pchilik quloq solmaydi...
just_in
11-04-2006, 06:11 AM
salom
yaxshi tema ochibsiz just in honim,, kancha kalim pulini olishni hohlardiz:D boshka kizlarga ham tegishli tortinmasdan aytaveringlar,, hozirdan pul..$ saving kilib tyramizdaaaa:D ,
kizlar tomondan bilaman, yani kelin tomondan, shu narsalar keladi,,
kuyov bolani yaxshilab dressed kilish kerak boshidan to calvin klein shoesgacha, hamma faslga moslab, winter, summer,etcc, lol,:D
then... all furnute kelin tomondan keladi, to digital telephone's furnute,,:D
va all bedroom's things like podushki, ko'rpalar, etcc uymshokkinaa bo'lish kerak then mazzaaaa kilib uxleydi kuyovv bolaa, :D
va all, kitchen's narsalar ham kelin tomondan keladii, ,like, piyolaa, tarelki, chinni, kuyov bolaga special piyola bo'lish kerak, just in honim,:D
mana sizga butun spisokni berdim..lol.:D according to modern weddings, rightt kizlarr ?? to'g'ri denglarr, :D
Avvalam bor qalin pulini kuvoy og'rinmasdan, imkoniyatiga qarab beradi, bunda ma'lum bir summa bolmasa kerak. Ikkinchidam Mr.Donishmand, fikrlaringiz uchun katta rahmat, ammo aynan shu narsalar islom dinida farz yoki sunnat tarzida berilamagan manimcha,Wallohu'alam.Bu hammasi dunyoviy-ku :(
Yana quyidagi manbaa ham bor:
50- боб. Kуръон эвазига (маxр бермай) уйлантириб kўймоk xаkида
Саxл ибн Саъд ас-Соъидий ривоят қиладилар: «Мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларидаги бир қавм орасида эрдим. Шунда, бир аёл ўрнидан туриб: «Ё Расулаллоҳ!» — деб мурожаат қилди-да, ўзини ул зотга ҳадя қилганлигини айтди. Ул зот индамадилар. Кейин, у яна ўрнидан туриб: «Ё Расулаллоҳ!» —деб мурожаат қилди-да, ўзини ул зотга ҳадя қилганлигини айтди. Ул зот яна индамадилар. У яна ўрнидан туриб: «Ё Расулаллоҳ!» —деб мурожаат қилди-да, ўзини ул зотга ҳадя қилганлигини айтди. Шунда бир киши ўрнидан туриб: «Ё Расулаллоҳ, мени унга уйлантириб қўя қолингиз!» —деди. Ул зот: «Маxрига берарлик бирор нарсанг борми?» — дедилар. У: «Йўқ»,— деди. Ул зот: «Бор, лоақал битта темир узук бўлса ҳам, топиб кел!» — дедилар. У бориб қидириб келди-да: «Ҳеч нарса йўқ, ҳатто темир узук ҳам тополмадим»,— деди. Ул зот: «Қуръондан бирор нарса биласанми?»—дедилар. У: «Мен Қуръондан фалон ва фалон сураларни биламан»,— деди. Ул зот: «Бор, кетавер, биз сени Қуръондан билган нарсаларинг эвазига бу хотинга уйлантирдик!» — дедилар».
51- боб. Маҳрнинг на ҳажми ва на вазни муҳим эрмас! Масалан, темир узук
Саҳл ибн Саъд ривоят қиладилар: «Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам уйланаётган бир кишига: «Лоақал битта темир узук бўлса ҳам!» — деб айтдилар».
2:216
11-04-2006, 01:17 PM
uch so'm pul, bir kalla qand va bitta mulla diyisharmidi...
just_in
11-04-2006, 10:35 PM
Qiz tarafdan nimalar berilishi kerak? Aslida kerakmi? O'zi shundog'am ota-oan uchun tengsiz bo'lgan farzandini boshqa bir oilaga tortiq qilayotgan bolsa-yu, yana uni oldiga tonnalab narsalar qo'shib qo'yish majburiy mi?Men Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.w.) ning qizlrini uzatayotganlarida 2 ta yostiq, ko'za berganliklarini eshitgandim, lekin qanchalik sahihligini bilmayman bu ma'lumotni.Mana shuni yoritishda yordam bersangiz, forumda ilmli userlar ko'p:) Rahmat!
Angel_Lady
11-05-2006, 10:49 AM

Bugun manga savol berishdi. "Kuyovga kiyiladigan choponi kim qiladi dib" man etim qiz taraf shekili didim. Keyin u bola a kelinsalomdagi kiyimi kim qiladi didi. Nu buniyam kelin sarpasi bilan de didim. U bola bosa" man uylanvoman keyingi haftada. bugun kelin koynek tanladik kelin bilan. Salonda Chopon va salomga koynak ham berishar ekan prokatga" didi. "Shu hammasiga man tolashim keremi didi?
Inspiredmind
11-06-2006, 12:02 AM

avatarizga o'hshagan avatar topib bering menga ham Angel lady honimm,:D XXL sotib olibsiz shekilliiiiiiii, tushib ketyabdikuuuuuuuuuuu,, sizga i think, M kerak,,lol,:D
Neznakomka
11-06-2006, 01:14 AM
salom
yaxshi tema ochibsiz just in honim,, kancha kalim pulini olishni hohlardiz:D boshka kizlarga ham tegishli tortinmasdan aytaveringlar,, hozirdan pul..$ saving kilib tyramizdaaaa:D ,
kizlar tomondan bilaman, yani kelin tomondan, shu narsalar keladi,,
kuyov bolani yaxshilab dressed kilish kerak boshidan to calvin klein shoesgacha, hamma faslga moslab, winter, summer,etcc, lol,:D
then... all furnute kelin tomondan keladi, to digital telephone's furnute,,:D
va all bedroom's things like podushki, ko'rpalar, etcc uymshokkinaa bo'lish kerak then mazzaaaa kilib uxleydi kuyovv bolaa, :D
va all, kitchen's narsalar ham kelin tomondan keladii, ,like, piyolaa, tarelki, chinni, kuyov bolaga special piyola bo'lish kerak, just in honim,:D
mana sizga butun spisokni berdim..lol.:D according to modern weddings, rightt kizlarr ?? to'g'ri denglarr, :D
If i'm not mistaken Donishmad akamizni toyiga kuyov tarafidan tolko bir narsa beriladi : kuyov to est jenih :D
Inspiredmind
11-06-2006, 06:59 AM
If i'm not mistaken Donishmad akamizni toyiga kuyov tarafidan tolko bir narsa beriladi : kuyov to est jenih :D
LOL:D , nimaga unday deb oylaysizz,,, Neznakomka honim,, hozir kelin tomonda shynday narsalar berilyabdikuuuu,,:D
just_in
11-06-2006, 07:01 AM
Iltimos masalaga sal jiddiy yondashsangiz, bo'lmasam hamma yoq OFF-TOP bo'p ketibdiku:( , o'rinli va asosli fikrlaringizni kutib qolaman.
Oldindan katta rahmat!
just_in
11-06-2006, 07:05 AM
LOL:D , nimaga unday deb oylaysizz,,, Neznakomka honim,, hozir kelin tomonda shynday narsalar berilyabdikuuuu,,:D
Kechirasiz, lekin yuqoridagi savol HOZIR qanday o'tkazilyapti emas, balki ASLIDA QANDAY BO'LISHI KERAK, hozir qanday ekanligini hammamiz ham yaxshi bilamiz, qancha qilsa shuncha "yaxshi".
P.S. Angel_LAdy ning shapkasiga kelsak M ni topib bo'ldi, Alhamdulillah!
Shokirbek
11-06-2006, 07:19 AM
Aslida, uylanadigan kishi oila qurishga qudrati yetgan (turar joyi, kiyim-kechagi, qozon-o'chog'i va h.k.) kishi bo'lmog'i kerak. Bu degani shariat bo'yicha oila nafaqasi er ustida bo'ladi..
Boz ustiga nikoh vaqtida kelinga mahr berishi kerak, bu haqdagi tafsilotlar yuqorida keltirilibdi, odamlarga e'lon qilib, to'y-ziyofat qilib berish ham er (er tomon) bo'ynida bo'ladi..
Shariat bo'yicha ayol ustiga hech narsa yuklanmaydi, na kuyov libos, na ko'rpa-to'shak va na boshqa narsa. Faqat muayyan joydagi ba'zi urf-odatlarda kelin tomon biror narsa qiladigan bo'lsa, agar o'sha odatga xilof ish qilmaylik desalar, o'zlari xohlab, ixtiyoriy ravishda ba'zi narsalarni (mas. kuyov sarpo, yoki ko'rpa-to'shak, yoki uy jihozi - shifoner va h.) qilsalar, zarari yo'q.. Lekin bu shariat tomonidan qo'yilgan narsa bo'lmay, odamlar odat qilib olgan narsalardir, wallohu a'lam..
Abdug'ofur
11-06-2006, 09:14 AM
Qiz tarafdan nimalar berilishi kerak? Aslida kerakmi? O'zi shundog'am ota-oan uchun tengsiz bo'lgan farzandini boshqa bir oilaga tortiq qilayotgan bolsa-yu, yana uni oldiga tonnalab narsalar qo'shib qo'yish majburiy mi?Men Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.w.) ning qizlrini uzatayotganlarida 2 ta yostiq, ko'za berganliklarini eshitgandim, lekin qanchalik sahihligini bilmayman bu ma'lumotni.Mana shuni yoritishda yordam bersangiz, forumda ilmli userlar ko'p:) Rahmat!
Shariat bo'yicha, to'y marosimidada qilinishi shart bo'lgan narsalar, yuqorida ta'kidlanganidek, mahr berish va marosimni elga ovoza qilishdir. Bularning har biri kuyov zimmasida bo'ladi. Mahrni kelin istagan miqdorida talab qilish huquqiga ega. Lekin hadislarda vorid bo'lishicha, eng yaxshi nikoh mahri kam nikohdir.
Qiz tomondan bugun Toshkent tomonlarda qilinayotgan ko'p ortiqcha sarf harajatlar urf-odatlar, ya'ni dinda asli bo'lmagan marosimlardir. Bu marosimlar ham hududdan hududga o'zgaradi. Menimcha, kelinga eng og'ir tushadigani Toshkentda bo'lsa kerak.
Bu masalada kelin va kuyov tomon kelishib, to'yni ixcham holda o'tkazishlari mumkin. Zero, isrofdan saqlanish kerak. Chunki isrof haromdir. Odamlarga qarab emas, Allohning amriga qarab yashasak, bunday dabdabalardan voz kechishimizga to'g'ri keladi.
Meni yana bir mavzu ko'p e'tiborimni tortadi, bu uylanishga qodirlik, aniqrog'i moddiy qodirlik masalasi. Uylanishlikning shar'iy shartlaridan biri yigitning oilani boqishga qodir bo'lishidir. Xo'sh, shu qodirlikning darajasi bugungi kunimizda qanday belgilanadi? Qanday odam bugun oilasini boqishga qodir hisoblanadi va u uylanishi mumkin. Bu, menimcha, juda jiddiy masala. Chunki Rosululloh janoblari biz yigitlarni imkoniyatimiz bo'lsa darhol uylanishga qattiq targ'ib etganlar. Bu targ'ibning nima uchunligini sizu biz yaxshi tushunamiz. Shuning uchun bugungi yoshlarimizning oilamni boqolmayman, bir oz pul ishlashim kerak, deb turmushni paysalga solishlarini qaznday tushunmoq kerak?! Agar sahobalarning qanday holatda uylanganliklarini o'rgansak, biz hozir shohona hayot kechirayotganimizni anglaymiz.
Quyidagi linkda shu mavzuda mulohazalar bildirilgan. Siz ham o'z fikringizni bildirsangiz, mamnun bo'lardim.
http://www.uzislam.com/component/option,com_smf/Itemid,28/topic,2081.0
Shokirbek
11-06-2006, 09:29 AM
Men Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.w.) ning qizlrini uzatayotganlarida 2 ta yostiq, ko'za berganliklarini eshitgandim, lekin qanchalik sahihligini bilmayman bu ma'lumotni.Mana shuni yoritishda yordam bersangiz, forumda ilmli userlar ko'p:) Rahmat!
Siz aytgan hadisni bilmayman, lekin imom Ibn Hibbon "sahih"ida (15/393) Anas ibn Molikdan ushbu voqeani rivoyat qiladi:
"Abu Bakr (r.a.) payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ro'paralariga kelib o'tirib shunda dedilar:
- Ey Rosululloh, mening Islomdagi ishlarim, avvalgilardan bo'lib musulmon bo'lganim va h.k.lar o'zizga ayon.. Shu..
- (Xo'sh), buni aytishdan maqsadingiz? dedilar Rosululloh sollallohu alayhi va sallam.
- Qizingiz Fotimaga meni uylab qo'yasizmi devdim...
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam sukutga ketdilar..
Abu Bakr (r.a.) Umar (r.a.) oldiga keldilarda:
- O'ldim, uyim kuydi! dedilar..
- Nima gap? Tinchlikmi? So'radilar Umar..
- Fotimani Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan so'ragan edim, sukutga ketib, ters qaradilar..
- Joyingizdan jilmay turing, men ham siz so'ragan narsani u zotdan so'rab kelaychi..
Umar (r.a.) Rosululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga borib, xuddi u kishidek Fotimani o'zlariga so'radilar, Payg'ambar tag'in sukutga ketdilar..
Shunda Abu Bakr oldilariga qaytib: Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bu haqda Alloh buyrug'ini kutayotgan bo'lmasinlar tag'in, Aliga borib, biz aytgan narsani siz ham so'rab ko'ring deylikchi.., dedilar Umar..
Ali (r.a.) aytadilar: Men bir xurmo ko'chatiga ishlov berish bilan mashg'ul ekanman, ikkovlari kelishib: Biz oldingizga amakingiz o'g'illari (Rosululloh sollallohu alayhi va sallam) huzurlaridan kelyapmiz... deb bo'lgan voqeani aytishdi..
Men ham egnimdagi ridoni sudragancha Rosululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga yugurdim.. Ro'paralarida tiz cho'kib ular aytgan so'zni takrorladim..
- Nega aytayabsan buni? dedilar..
- Fotimaga uylab qo'ysangiz...
- Biron narsang bormi?
- Otim va tuyam bor..
- Oting o'zingga kerak, tuyangni sotib kel..
Darhol tuyani 480 dirhamga sotib keldimda, pulni etaklariga qo'ydim..
Undan bir hovuch olib:
- Ey Bilol, Mana bunga atir-upa topib kelgin, dedilar.
So'ngra ayollarga qizlarini tayyorlashni buyurdilar.. Qizlariga iplar bilan bog'langan (yamalgan) karavot hamda teridan bo'lgan, ichiga xurmo poxoli solingan yostiq qildilar.. Aliga qarab, qizim kelsa men kelguncha gapirmay turib tur, dedilar..
Ali aytadilar: Qizlari Ummi Ayman bilan keldilar va uy chetiga o'tirdilar, men esa boshqa bir burchagida turdim..
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam kelib:
- Ukam shu yerdami? dedilar..
- Ukangiz? Qizizni berdizku.., dedilar Ummi Ayman savol ohangida..
- Ha, dedilarda ichkariga kirib, qizlariga: suv opkel, dedilar..
Fotima uyda turgan bir yog'och kosani olib, suv keltirdilar. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam suvni olib, og'izlariga suv olib yana qayta kosaga qaytardilarda, qizlariga:
- kel bu yoqqa, dedilar.. Qizlari kelgach, ko'kraklariga, boshlariga suv sochdilar va:
- Ey Parvardigor! Men buni va zuryodini Rajiym Shaytondan panoh berishingni, saqlashingni so'rayman! dedilar.
Keyin qizlarining yelkalariga ham shunday suv sochdilarda, yuqoridagi duoni qildilar..
So'ngra:
- Yana suv bormi? dedilar.
Men nima qilmoqchi ekanliklarini tushunib, yugurib o'sha kosada suv keltirdim..
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam menga ham xuddi qizlariga qilgandek suv sepib, keyin o'sha duoni qildilar..
Keyin:
- Allohning nomi birla, barakoti ila ahlingga kiraver, dedilar..
Bu ulug' hadisdan kerakli foydalar chiqarib olishni ziyrak forum ishtirokchilariga qoldiramiz..
Inspiredmind
11-06-2006, 10:19 AM
Kechirasiz, lekin yuqoridagi savol HOZIR qanday o'tkazilyapti emas, balki ASLIDA QANDAY BO'LISHI KERAK, hozir qanday ekanligini hammamiz ham yaxshi bilamiz, qancha qilsa shuncha "yaxshi".
P.S. Angel_LAdy ning shapkasiga kelsak M ni topib bo'ldi, Alhamdulillah!
LOL<:D . angry bo'lmang just _in honim, salpal hazillashib tyraylikkkkkk, A_LADY honim M sizeni topgan bo'lsa o'shani wear kilmaydimii undaa,,:D
Angel_Lady
11-07-2006, 10:39 AM
avatarizga o'hshagan avatar topib bering menga ham Angel lady honimm,:D XXL sotib olibsiz shekilliiiiiiii, tushib ketyabdikuuuuuuuuuuu,, sizga i think, M kerak,,lol,:D
oberarsiz boshqasini. yo hech bomasa almashtirib. qaren qiynalib kettim!!!
Inspiredmind
11-07-2006, 11:49 AM
oberarsiz boshqasini. yo hech bomasa almashtirib. qaren qiynalib kettim!!!
hop boladi , buy kilib beraman, sizeni ayting unda A_lady honim,:D
Akademik
11-07-2006, 03:23 PM
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar,
E'tibor qildim , forumda toyga bag'ishlangan bir qator mavzular mavjud, lekin bu mavzu ulardan ancha farqli menimcha.Ya'ni, hammamizga ma'lumki hozirgi kunda to'y marosimlarini dabdabali qilib o'tkazish juda ommaviylashib ketgan.Boylar qilganidan o'rttirib qilsa, o'rta hol va kambag'allar qarzga botib bo'lsa ham toy harajatlarini qoplashyapti. Yo'gon cho'ziladi, ingichka uziladi.
Mening savolim esa quyidagicha, aslida (islomiy va insoniy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda) to'y marosimlari qanday o'tkazilishi kerak. Bu borada ma'lumotlarga ega bo'lmaganligim uchun sizlarga murojaat qilyapman. Ygitlardan , ya'ni kuyovdan mahr puli lozimligini bilaman:
С браком связаны такие явления, как:
Первое: необходимость калыма.
Калым (выкуп), необходим для выплачивания невесте в связи с заключением брачного договора. Его размер может быть определен точно. Если же размер калыма не оговорен, то есть при заключении брачного договора не указано на необходимость выплаты калыма, то муж, тем не менее, должен уплатить жене хотя бы символический калым. Таков обычай.
Калым может быть в виде денег, то есть иметь вещественную форму, но может быть в виде какого-либо полезного действия. Так, Пророк, да благословит его Аллах и приветствует, выдал одну женщину замуж с условием, что муж поможет ей выучить наизусть какую-то часть Корана.
Шариат предписывает, чтобы калым был небольшого размера. Чем он меньше, тем лучше, если руководствоваться указаниями Пророка, да благословит его Аллах и приветствует, и стремиться получить благословение. Чем более брак благословенен, тем он легче. Муслим сообщает в "Ас-Сахихе" о том, что некий человек сказал Пророку, да благословит его Аллах и приветствует:
"Я женился на женщине". Ему был задан вопрос: "Сколько ты заплатил в качестве выкупа?" - Четыре оккийи (то есть, сто шестьдесят дирхемов), - ответил тот. Пророк, да благословит его Аллах и приветствует сказал: "Четыре оккийи! Как будто вы чеканите серебряные монеты из этой горы. Нам нечего тебе дать. Может быть мы пошлем тебя куда-нибудь, где ты преуспеешь".
Lekin qiz tarafdan nima berilishi kerak? Yani hozirgi kundagi qizlarni uzatish uchun butun uyni jihozlashlari lozim. Aslidachi qanday bo'lishi kerak? Qizdan nimalar talab qilinsa islom nuqtai nazaridan to'g'ri boladi?
Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat!
Ha bizda haligacha eskilik siqitlari hukim surmoqda. Qani endi Ota-Onalar pularni bemani sariflashmasdan shu pullarni O'gil-Qiz sog'ligiga sariflashsa yahshi bo'lari.Malumotlarga ko'ra 90% ortiq qizlarimiz (animia, Koni kam) ekan shu pullarni o'sha qizlarni yahshi yeb ichkizib sog'lom ayol qilsak bo'lmaydimi hayronman
UZBEK
11-09-2006, 10:14 PM

Voy nimalar devossiz,agar ota-onalar siz aytganday pullarini sarflashsa mahalla-kuy,qarindoshlar oldida nima degan gap bo'ladi.:beat: Ahir biz uzbeklarda bor yo'g'ini qilib,yog' o'zini bor qilib ko'rsatish azaliy odat tarziga aylanganu:subhan: :beat: Bu esa kimga foyda yu kimga zarar:uups: :frndshp:
zanjir
11-10-2006, 02:10 AM
muhtaram Uzbek hamda Akademik nick egalari,
o'zbek millati urf odatlariyu qadriyatlarini ming tanqid qilmang ularni oziga hos yaxshi tomonlari mavjud. ahir bu "Kim o'zar" oyiniku desangiz adashasiz chunki yuqaorida siz keltirgan "faktlar" har bitta davlatta yoki har bitta millatda mavjud. Siz tanqid qilganingiz bilan O'zbek millatini ming orzu qilib qilgan to'yi hech qachon Ovrupo yoki O'rislanikiga ohshab qolmaydi. man bitta o'zbek sifatida bu bilan gururlanaman.
siz hech qachon birovni urf odatini ozbeknikiga yoki ozbeknikini birovnikiga aralashtirolmaysiz. boshqanikini korib ozbeknikini yomon desez adashasiz chunki boshqada oziga yarashayomon tomonlari yoq emas.
Gareeb
11-10-2006, 03:37 AM

ko'rko'rona millatchilik yoki an'anacjilik ham to'gri emas.Qaysi millat bo'lishidan qat'i nazar Islomga zid amal qilarkan uni ikkilanmay qoralashimiz mumkin.
Xalqimiz to'y-marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka berilishini hammamiz bilamiz.
just_in
11-10-2006, 09:46 AM
Assalamu alaykum, Zanjir va forum a’zolari!
Shu savolni berdim, o’zim ham fikrimni bildirib o’tsam, har kimning o’z fikrlash doirasi har hil deganlaridek….
Bilsangiz agar, o’sha siz faxlanadigan urf-odatlarga men tish-tirnog’im bilan qarshiman. Biz qilayotgan ishlarimizni millatimiz, urf-odatlarimizga qarab emas, dinimizga qarab baholashimiz kerak manimcha. Bu odat deganlari salbiy tarafga o’zgargandan, o’zgarib ketyapti, biz esa indamay “faxrlanib” turishimiz yaxshimas shekilli. Urf-odatlarmizga kelasak, negadur bitta xalq orasida , bitta respublikada yashaymizu, lekin odatlar viloyatlarda turlicha,ya’ni tubdan farq qiladi. Toshkentdagi urfodatlar ancha dabdabaga mukkasidan ketgan. Agar habaringiz bo’lsa, (Toshkent) qiz uztish uchun kamida $3-4000 pul kerak, bu hamma harajatlarni o’rta me’yorda o’tkazib turgan holatda. Qaniydi hamma ham qo’lida bor pulini o’ynab-kulib farzandiga sarflab to’y-tomosha qilib elga dasturxon yozsa edi……lekin bu unday emas.Chunki bunday marosimlarni o’tkazish uchun katta qarz ko’tariladi, mol-mulk sotiladi. Shavla ketsa ketsinu, obro ketmasin tarzida ish yuritiladi. Nega shunday? Kimga kerak u 1 so’m 50 tiyinlik obro, hammasi odammlardan qo’rqish natijasida yuzaga kelmayaptimi, xalq orasida gap-so’z bo’lishdan qo’rqish…..o’ta ketgan axmoqlik menimcha.Bilasimi odamlarning og’ziga elak tutib bo’lmaydi, bor bo’lsa ham gapiradi (hasad qilib), yo’q bo’lsa ham gapiradi (achinib), lekin hech biri hech qachon oldingizga kelib muammoingizni hal qilib berolmaydi, xalqning kuchi faqatgina og’ziga yetadi (nima qilamiz endi o’zbekchilik). Sizga bir sodda misol keltirsam:
Bir qo’shnimiz yakkayu-yagona qizini unashtirdi, kuvoy bilan kelinga alohida 3 honali bo’m-bo’sh kvartira olib berishibdi quda taraf. Ana endi qo’shnimizni holatini ko’ring…3 honali kvartirani to’ldirishning o’zi bo’larkanmi, mayli deb, ancha pul sarflab keragidan ortiq qilib uyni bezatdi, qilsam qizimgaku dedi. Lekin oradan ozgina vaqt o’tgandan so’ng u uyga kuyovning ota-onasi, singlisi ko’chib kiribdi. Adolatdanmi bu axir????
Yana bir misol kelin taraf ham , kuyov taraf ham islomiy oila. Mol yoyar paytida esa qaynonasiga bo’lajak kelinining sarposi yoqmapti, shuning uchun to’yni toxtatdi,bu nimasi axir???O’sha siz aytayotgan urf-odatlarga mukkasidan ketish emasmi? Undan ko’ra ilmini ko’paytirishga , amallarini ziyoda qilishga mukkasidan ketsa bo’lmaydimi a? Nimaga shunaqa?
Ona o’z gulday farzandini boshqa bir uyga berib yuborsa hisobmas, lekin berayotgan latta-puttalari HISOBmi? Masalan, o’sha qiz oqilaligi, bokiraligi, mehnatkashligi, shirinso’z va hushmuomalaligi uning ko’rkam sarposi emasmi ?
Undan tashqari shaxsan o’zimdan kelib chiqib aytadigan bo’lsam, doimoy bir fikr yuradi hayolimda: “Nimaga endi men singillarim, ota-onamni nasibalarini yeg’ishtirib ketib, rohatlanib yurishinm kerakmi? O’sha par yostiq, italianskiy mebellar qanchalik zahmat evaziga keladiku axir!” Alhamdulillah oilamizning qurbi yetadi bunday narsalarga, lekin men hohlamayman! Chinakam taqvodor insonlar kamayib ketayotganiga ishoraku bu, odamlar molparast bo’lib ketyapti, hamma narsani pul tarozidida o’lchash, odamgarchilikning yoqolishi, johillikning belgilaridan menimcha.
O’zgartirib bo’lmaydi deb qo’l qovushtirib o’tirilsa, albatta o’zgartirib bo’lmaydi… har bir narsa uchun harakat qilish kerak. Kattalar-kattalar deymizu, lekin o’sha kattalarning xatolari KO’P, ana o’sha xatolarni bilib turib davom ettirish kerak emas, balki nuqta qo’yish kerak. Asliyatga qaytish kerak. O’zligimizni anglab yetishimiz kerak! Biz o’zbek, rus yoki qozoq emas, baki MUSULMON ekanligimizni eslamishimiz kerak manimcha(chunki din millat tanlamaydi, xatto o’sha millati rus bo’lgan musulmon ham islomiy to’y o’tkazsa kerak axir Wallohu’alam). Gaplarimni hulosa qilib aytganda yaxshilab o’ylab ko’rish payti kelaganiga anchaaaaaaaa bo’ladi, lekin hammamiz ko’zlarimizni chirt yumib olib “odatimiz shu” deb qutulib qo’ya qolamiz. Bu esa muammoga yechim bo’la olmaydi. Tasavvur qiling shu postlardan hulosa qilib asliyatga 2 ta odam qaytdi deylik (kamida, InsaAllah shunday bo’ladi ham), bularning har biri 7 tadan mahallaga namuna bo’ladi, bulardan ibrat oluvchilar soni ortsa ajabmas InsaAlah!
Hammangizga sog’lik tilab,
Just_in
P.S. uzr juda ko’p vaqtingizni olgan bo’lsam!
Shokirbek
11-10-2006, 09:59 AM
Siz buni yozib insonlardan olqish olishni kutmagan bo'lsangizda, yuqorida yozganlaringizga tasanno aytish majburiyatidaman..
Musulmon opa-singillarimiz ichida sizdek fikr yuritadiganlar ko'paysin ilohim..
Faqat Toshkenda qiz tomon butun uyni jihozlab berishi kerak-a? Boshqa viloyatlarda unday emas. Poytaxtda o'zi hamma narsa boshqacha. :-)
Abu Hurayra
11-10-2006, 10:38 AM
Shokirbek, va Boshqa brodarlarimiz aytganiday agar Islom nazari bilan qaraydigan bo'lsak Qiz taraf unaqa moddiy narsalar bilan kiyov tarafni ta'minlash majburiyatiga ega emas. Erkak kishiga ayol Mahr bermaydiku???
Bu asossiz ma'lum bir hududda vujudga kelgan urf odat.
Lekin bizda Isrofgarchilik, Riyokorlik, Boshqalarga ko'z ko'z qilish "Obro'yini saqlab qilish yoki ortirish" kabi Islomdan yiroq tushunchalar haliham bor...
Aksariyat aholi odamlarni gapi uchun shunaqa ishlarni qiladi. O'zi zo'rg'a topsada yig'ib yig'ib bir kunda kulga sovuradi. Bizni odamlar ham G'iybat borasida juda ham oldinda. Ayniqsa Ayollar bir boshqa tanishini tuyi yoki kelin kiyovni uyini ko'rganda turli xil g'iybatlarni qilib, kamchiliklar qidirib,ba'zida ustidan kulib yurishadi...
Just in aytganlaridek, tuydan kein tuychilar qarzini to'lash bilan ovora...
Chet elda bir tuyni misol keltiraman. Bir brodar(Arab), Nemis ayolga oylangandi. Nemis ayol Islomni qabul qilgandi. Nikoh o'qildi, Mahr berildi, Uyida 8 talarcha boshqa brodarlar taklifga binoan keldik, Taom tortiq qilindi, samimiy suhbat qildik...tuy tugadi...
Halq haqiqiy Islomni tushunib hayotiga tadbiq qilib yashasa bunaqa Isrofgarchiliklar, dabdabalar o'z o'zidan yoqalib ketadi. Aks holda chumoliday ishlab topgani tuydan tuygacha, marakadan marakagacha zo'rg'a yetib hayoti xarajati, qiyinchilik bilan utib biri ikki bo'lmaydi. Endi deyishingiz mumkin ba'zilarda muammo yo'q pul borasida deb. Lekin Ular ham Isrofgarchilik qilgani uchun bir kun emas bir kun jazosini bu dunyoda ko'radi, bu dunyoda tavba qilmay ketsa, u dunyoda jazo haq...
Alloh isrof qiluvchilarni yahshi ko'rmaydi...
:salam:
Angel_Lady
11-10-2006, 11:31 AM
O'zbela gap sozdan qorqadi. O'zim hoz shuni guvohi bolib turiman, yoshi kotta odamla bunaqa qimasa gap soz bo'lib ketamiz dib otirishibti.
Angel_Lady
11-10-2006, 11:36 AM
Kechirasiz, lekin yuqoridagi savol HOZIR qanday o'tkazilyapti emas, balki ASLIDA QANDAY BO'LISHI KERAK, hozir qanday ekanligini hammamiz ham yaxshi bilamiz, qancha qilsa shuncha "yaxshi".
P.S. Angel_LAdy ning shapkasiga kelsak M ni topib bo'ldi, Alhamdulillah!
Iye qizi, nimani nazarda tutiz M diganda? yoki kimi?
Angel_Lady
11-10-2006, 11:37 AM
hop boladi , buy kilib beraman, sizeni ayting unda A_lady honim,:D
Ana justin honim etilaku sizga M dib. atak shu ozi shundog'am yarashib turibti!
Abu Hurayra
11-10-2006, 02:41 PM
O'zbela gap sozdan qorqadi. O'zim hoz shuni guvohi bolib turiman, yoshi kotta odamla bunaqa qimasa gap soz bo'lib ketamiz dib otirishibti.
Inson fitrati (The nature of Man) turli xil ehtiyojlarini qondirishga muhtoj.
Agar Inson bu ehtoyojlarini uni yaratgan zot Alloh tomonidan ko'rsatilgan yo'lga asoslanib ularni qondirmsa zalolat botqog'iga botadi, qiyomatda (tavba qilib ketmasa) ahvoli juda og'ir bo'ladi. Bunday ehtoyojlarga 1-2 misol keltirsam...
Masalan:
* Kishini ozuqa olish ehtiyoji: buni Halol yo'l bilan, halol narsalar bilan qondirsa InshaAlloh najot topguvchilardan bo'ladi. Aks holda Harom yo'l bilan topib, harom qilingan ozuqalarni yesa hisob kitob kuni ahvoli voy bo'ladi.
* Kishining Jinsiy ehtiyoji: Buni inson HAROM yo'l orqali qondirsa bir kun emas bir kun bu dunyoda jazosini topadi, bu dunyoda topmasa (tavba qilmasdan ketsa) Ikkinchi dunyodagi jazo aniq!. Aks holda kishi o'ziga halol bo'lgan (masalan) ayoli bilan jinsiy munosabatda bo'lsa hatto unga savob ham yoziladi (Allohdan taqwo qilib, Haromga bormasdan, halol yo'l orqali buni qilganligi uchun)
* Xuddi shunday kishida Qo'rquv ga bo'lgan ehtiyoj. Manda bunaqa ehtiyoj yo'q demang, bu sizni tabiatingizda bor narsa. Agar kishi Qo'rquv ehtiyojini to'g'ri yo'lga ishlatmasa boshi tashvishu muammodan chiqmay, boshiga kulfatlar kelaveradi. Agar bunday kulfatlar bugun kelmasa ertaga keladi, ertaga ham kelmasa buning jazosi(tawba qilmay ketgan bulsa) Qiyomatda bo'lishi aniq
Qo'rquv ehtiyojini to'g'ri yo'li qayerda?
Qo'rquv faqat Allohdan bo'lishi kerak! (Allohga shak keltirib, Buyurganini qilmasa jahannamda abadiy qolishini uylab qo'rqishi kerak). Aks uning qalbini boshqa sifatdagi qo'rquv egallab oladi. Masalan u O'ziga o'xshagan odamlardan yoki ularning gapidan qo'rqadi.
Qalbida Allohdan qo'rquv bo'lmagandan keyin, musulmonchilik faqat tilda, yoki nikoh, 2 hayitu janoza bilan tugasa bu qalb qotib qorayib qoladi (Alloh asrasin).
Vaholangki Allohdan qo'rqishni o'rniga boshqa narsa/kimsalardan qo'rqib Allohga xush kelmaydigan amallar qilish Gunohlarning eng kattasiga oxir oqibat olib borishi mumkin.
Isrof ham hazilakam gunoh emas! Alloh quronda shunday deydi:
A'rof surasi, 31 chi oyat:
يَا بَنِي آدَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وكُلُواْ وَاشْرَبُواْ وَلاَ تُسْرِفُواْ إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ
7.31 . Эй Одам болалари, ҳар бир ибодат чоғида ўз зийнатингизни олинг. Еб-ичинг ва исроф қилманг. Чунки У зот исроф қилувчиларни севмас.
Riyo-Man manlik ni kichik shirk ekanligini barchamiz bilamiz....
Shunday ekan, Halol yo'l turib Haromni olmaylik, Allohdan qo'rqaylik, bu dunyo 3-4 kunda tugaydi, Abadiy hayotni uylaylik. Kishi Abadiy hayotning borligiga iymon keltirib bir tafakkur qilsa o'z o'zidan ko'ziga chiroyli bo'lib ko'ringan Shaytoniy amallarni tark etadi.
Allohni o'zi ilmiga amal qiladiganlardan qilsin, hidoyatga boshlasin, haqni bildirsin....
:salam:
Assalomu alaykum,
Mana bu misolingizni o'qib,
Bir qo’shnimiz yakkayu-yagona qizini unashtirdi, kuvoy bilan kelinga alohida 3 honali bo’m-bo’sh kvartira olib berishibdi quda taraf. Ana endi qo’shnimizni holatini ko’ring…3 honali kvartirani to’ldirishning o’zi bo’larkanmi, mayli deb, ancha pul sarflab keragidan ortiq qilib uyni bezatdi, qilsam qizimgaku dedi. Lekin oradan ozgina vaqt o’tgandan so’ng u uyga kuyovning ota-onasi, singlisi ko’chib kiribdi. Adolatdanmi bu axir????
Shunday xulosaga keldim:
Ha, bu adolatdan, zero biz adolatni bu dunyo uchun qanday bo'lishini anglashimiz qiyin, chunki bu dunyoda hamma narsa bir-biriga xizmat qilishini, butun olamda tabiat bilan inson uyg'unlikda yashashini keng anglay olmaganimiz uchun shunday yuzaki xulosalarga kelamiz.
Insonlar ham uyg'unlikda yashaydi. Bir-biriga xizmat qiladi. Ota-onasi qizi uchun qilgan bo'lsa, unga shukr qilsin. Insonni toki qo'li , oyog'i but ekan, farzandi uchun yelib-yugurishni katta BAXT deb hisoblasin. Albatta, qiyinchilik bor, u ham bo'lsa ozgina kuch sarflashdan iborat. O'sha kuchni va imkoniyatni bergan Ollohga shukr! Kuyovni ota-onasi qiz uchun begona emas, shu uchun ham adolatdan. Ular ham o'z hissalarini uy olib berish bilan qo'shishgan. Oilasi ravnaqi va tinchligi uchun, indamay rozi bo'lib, kuyovni ota-onasi bilan yashashni davom ettirish kerak, ular ham yaxshi ko'rgan insonining ota-onasi, begona emas endi ular. O'sha qizni ota-onasiga Xudodan boshqa yo'l bilan chiroyli bo'lib qaytadi.
Qiz tomonidan bezatilgan uy va unda birga yashash, bu-qiz tomoni uchun bir sinov, kuyov tomonidan kelib yashash, ular uchun Xudoning rahmati, siylovi.
Xudo bir tomonni sabr-toqatini sinasa, bir tomonni rahm bilan siylaydi va ana shu tarzda mol-mulkini chiroyli qilib taqsimlaydi. Bu dunyoda hamma narsa, mol-mulk Ollohniki. Biz qanchalik meniki deb, yelib-yugurib, ishlab topmaylik,ammo hammasini bari-bir O'zi istaganicha taqsimlaydi. Shu uchun bo'lsa kerak eskilardan qolgan naql bor: "Yugurganniki emas, buyurganniki",-degan.
Menda ham shaxsan shuday holat bo'lgan. Men ham bir vaqtlar uy-joy qildim, u uchun qancha mehnatim , kuchim ketdi, ammo rohatigacha yeta olmadim. Shu uy-joyim hozir men uchun 7 yot begonada, ammo bu uchun hech ham xafa emasman, chunki o'shani ishlab topganimda, menga kuch-quvvat, aql-idrok bergan Ollohga shukr,O'zini izni bilan shuncha ishni qilgan ekanman. O'zi xohlabdiki, shu ishlar amalga oshibdi. Taqsimlash O'zini qo'lida, chunki U barcha borliqning Egasi. Shu ham adolatdanmi deb o'ksinib, o'lib yotganim yo'q. Bu men uchun bir sinov. Sabr sinovi. Yana kuch-quvvat bersa, yana hammasi avvalgiday bo'lishiga aminman.
Qolaversa, birovni hojatini chiqarish savob. Savob ish bilan bir-birimizning qalbimiz Olloh bilan suyunsin.
Keyingi misolingiz:
-Undan tashqari shaxsan o’zimdan kelib chiqib aytadigan bo’lsam, doimoy bir fikr yuradi hayolimda: “Nimaga endi men singillarim, ota-onamni nasibalarini yeg’ishtirib ketib, rohatlanib yurishinm kerakmi? O’sha par yostiq, italianskiy mebellar qanchalik zahmat evaziga keladiku axir!” Alhamdulillah oilamizning qurbi yetadi bunday narsalarga, lekin men hohlamayman! Chinakam taqvodor insonlar kamayib ketayotganiga ishoraku bu, odamlar molparast bo’lib ketyapti, hamma narsani pul tarozidida o’lchash, odamgarchilikning yoqolishi, johillikning belgilaridan menimcha.
Xudoga shukr qilinglar qurbilaringiz yetar ekan. Yetmaganida edi, bu haqida aytish mumkin edi. O'shangacha gapirmaslik joiz. Xudo hech kimni toqatidan tashqari sinamaydi!
Birov-birovni nasibasini bu dunyoda yeb keta olmaydi. Bu uchun qayg' urmang! Ota-onani burchiga kiradigan narsalar bular. Uyni jihozlab berishda hech qanday isrofgarchilik yo'q, qaytamga but qilib beradi. Bungda yosh kelin-kuyovlar muhtoj. Ularga yordam berish joiz. Qo'lidan kelmasa ham ozgina harakat bilan qo'lidan keladi. "Singlim ",-deya ko'pxavotir olmang, uni ham rizqini Siz ko'rmaydigan joydan beradi. Ollohni mo'jizasi ko'p.
Ota-Onaga xizmat qilishni va vaqti kelganida farzandlar uchun xizmat qilishdek BAXTNI OLLOH hammamizga nasib aylasin! Buni mashaqqat deya to'g'ridan-to'g'ri tushunmaslik kerak. Bu- harakat. Harakatda esa yashamoq bor.
Assalomu alaykum wr, wb.
PainKiller
11-13-2006, 03:26 AM
Assalomu alaykum,
......uni mashaqqat deya to'g'ridan-to'g'ri tushunmaslik kerak. Bu- harakat. Harakatda esa yashamoq bor.
Assalomu alaykum wr, wb.
Fifi, Uzrku-ya lekin,
Quda tomon kilib bergan buyumlarni ishlatish, kilib bergan mebel-shmebellarda yotish, olib bergan televizorlarni korib, vijdoni piq etmasligi uchun odamda rosa ham jigildon katta bulishi kerak.
Bu narsa adolat emas, uris busez urischasigayam, Musulmon busez shariatga ham teskari narsa.
Quda tomonni yuzidagi terisi charm bup ketgan ekan-ov.

Agar shunday fikr yuritishni davom ettirsangizlar, ishonaveringlar, bu dunyodan doim tinmay nolib, o'tib ketasizlar. Bu o'zlaringizga qiyin bo'ladi, chunki shuni g'amida, dardi, sochalringiz oqarib, ichingiz g'amu-anduhga to'lib ketadi. Bema'za savollar uyqungizni harom qiladi.
Har kimni insofi o'ziga. Siz qurbingiz yetgunicha doim yaxshilik qiling va bundan charchamasdan yashang va hisob-kitobni Yaratganga havola qilib yashang. Shunda qalbingizda qanday o'zgarishlar bo'layotganini sezasiz.
Birovni bezbetligini muhokama qilish musulmon kishi uchun bekorga ketkazilgan vaqt deb hisoblayman.
PainKiller
11-13-2006, 03:46 AM

Fifi, Shariatdan va Musulmonchilikdan habaringiz bor ekan, yozgan postizi okib chikin. Bu narsalar hammasi Bidat va odamni ibodatdan pul topish uchun fikrini chalgitadi-Kizimmi tuyiga mebel kileli va blah blah. Shunday shariatga zid narsani oldini olib, musulmon kishi uchun nima yaxshi va nima yomon gapirishizga ensam kotyapti.
Bu adolattanmi? debsiz, biz Yok, Bu adolatammas, bu girt yuzni terisini charmlashuvi natijasida kelib chikkan amal dedim. Evoluciya bosa kerak, yuzdagi nozik teri, charmga aylanib ketarkan, beton bulib.
omon bulin.
Ha, balkim men karib, ezilib ketarman, shunaka narsalarga etibor beraverib. Lekin bir narsaga aminmanki, Kuda tomonni aldab "kiziz bilan uglimga" deb uy olib, uni jihozlatiib, jihozlatiiib, uzim kuchib kirvomiman, Kuda tarapdagilarni(kuda tarapp, kuda tarapp, ular odam, odamlarni deya kolay) odamlarni ichini siyoh kilib, siqib.
Uris bulsa urischa bulishi kerak tuy ulgur-Muzika, papam papam, shampan-tanca shmanca, poehali poka.
Uta takvodor bulsa, chiroli kilib sunnatga muvofik bulishi kerak. Yo u tarap bulmay yo bu tarap bulmay, MUSULMONCHILIK tugrisida va Islomiy atamalarni "shukr kilish kerak" "wr wb" deb gapirish esa yaxshi emas.
Fifi, Shariatdan va Musulmonchilikdan habaringiz bor ekan, yozgan postizi okib chikin. Bu narsalar hammasi Bidat va odamni ibodatdan pul topish uchun fikrini chalgitadi-Kizimmi tuyiga mebel kileli va blah blah. Shunday shariatga zid narsani oldini olib, musulmon kishi uchun nima yaxshi va nima yomon gapirishizga ensam kotyapti.
Bu adolattanmi? debsiz, biz Yok, Bu adolatammas, bu girt yuzni terisini charmlashuvi natijasida kelib chikkan amal dedik. Evoluciya bosa kerak, yuzdagi nozik teri, charmga aylanib ketarkan, beton bulib.
omon bulin.
Bo'pti ,men o'z tutmoqchi bo'lgan holatimni yozaman. Toki sog'-omon ekanman, toki halol topar ekanman,kuchim boricha, hammasini o'z joyi va o'rnida qilishga harakat qilib yashashni O'zidan so'rayman.
Qurbim bo'lsa ham bo'lmasa ham harakat qilib yashayman. Menga harakat qilib yashash yoqadi.
Farzandlarimga diniy va dunyoviy ilm berish bilan bir qatorda,albatta,o'la -o'lgunimcha but qilib berish bilan ham yashayman. Bu mening vazifam, burchim. So'ramasa ham qilib beraman. Bu har kimni shaxsiy tutgan yo'li. Meniki shunga yaqinroq. U narsalardan Quda tomon foydalansa ham roziman, demak, nasibasi ketibdi deb tushunaman. Hech ham bezbet deb xafa bo'lmayman.
Xudo menga bersin, men boshqalarga qilay. Shundan xursand bo'lib yashayman. Kerak bo'lsa o'sha Qudalarni o'ziga ham uy-joy qilib, mebeligacha olib beraman. O'zim boqishga ham tayyorman.
Dunyoni bunday ikir-chikirlari uchun boshimni qotirib, asablashib o'tirmayman. Bo'ladigan ishlarni qilaman. Foydani esa hammaga taqsimlash bilan ovoradek mazza ish bormi dunyoda?!
PainKiller
11-13-2006, 04:04 AM

Fifi, hafa bomen, mayli. Fikrizi tushundik:)
Hech kim hali harakat kilmang, yeb yoting degan gapni aytganicha yok. Harakat, Harakat.
Men ham ozimni gapirmaganimmi tushungan bulsangiz kerak? Men uchun bitta mebel hozir turgan ahvolimda na problema va na bosh ogrik. Tugrisi. Siz postizda "kanaka bolishi kerak"?, "Men uzim bilmeman" deganingiz uchun ham javob kaytardim. Yokmagan bolsa uzr surameman, chunki bu mening fikrim. Ham umuminsoniy va ham diniy tomondan olib aytgan gapim.

Men o'zim bilmayman degangapimni eslatib yuboring. Qaerda shunday yozibman.
"Ham insoniy ham diniy tomondan olib aytdim",-debsiz.
tushunmadim, diniy tomondan hali bizga nimani aytib berdingiz?
Fifi, Shariatdan va Musulmonchilikdan habaringiz bor ekan, yozgan postizi okib chikin. Bu narsalar hammasi Bidat va odamni ibodatdan pul topish uchun fikrini chalgitadi-Kizimmi tuyiga mebel kileli va blah blah. Shunday shariatga zid narsani oldini olib, musulmon kishi uchun nima yaxshi va nima yomon gapirishizga ensam kotyapti.
Siz oldin farzandli bo'ling, keyin ensa qotishidan gapiring.
Ibodatimga bu narsalarni tegishli joyi yo'q. Ibodatim va bu dunyodagi o'ziga yarasha tashvishlarim, bir uyg'unlikda ketadi. Buni hayot deb qo'yganlar.Asta sekin farzand katta bo'lishi bilan birga ikir-chikir muammolar girdobida qolishimiz tabiiy hol. Istasak-istamasak muammolar qurshovida yashaymiz.
Bu dunyoning arzimas ishlari hech ham ibodatimdan chalg'ita olmaydi, chunki men ularning asl mohiyatida ma'no yo'qligini chuqur anglaganman.
Musulmon odam ha deb ibodat bilan yashamaydi. Ibodatini o'z vaqtida ado etib, o'rnidan turib, yana dunoyviy ishlari bilan band bo'lishi kerak.
Mana bu yozgan gapingiz:
MUSULMONCHILIK tugrisida va Islomiy atamalarni "shukr kilish kerak" "wr wb" deb gapirish esa yaxshi emas.[/QUOTE]
"wr, wb",-deb yozishim sizga yoqmasa, o'zingizga qabul qilmang, ammo buni tub ma'nosini bilgan musulmon birodarlarimiz nima demoqchi ekanligimni bilishsa shuni o'zi menga yetadi.
Siz esa uni ma'nosini yaxshilab o'rganib olishingiz zarur. Shunda nima yaxshi va nima yomonligni yaxshiroq tushunasiz.
PainKiller
11-13-2006, 07:21 PM
Фифи, Сиз Билан Гап Талашмеман.
:?
Abu Hurayra
11-13-2006, 08:34 PM
:salam:
Brodarim Fifi:
Bu threadda Ushbu masalaga umumiy yondashilayapti.
Masalaga moddiy tarafni hisobga olib yondashsak:
Qiz tarafning buyniga yuklatilgan bu "majburiyat" Toshkentda odat holiga kelgan, boshqa Viloyatlarda adashmasam bunaqa odat yo'q.
Masalaga umumiy holda yondasharkanmiz butun aholini hisobga olishimiz kerak. Balkim bazi bir oilalarga bu narsani qilish moddiy tarafdan muammo emasdir, lekin aksariyat aholi buning uchun qancha ter to'kadi, Eng yomoni bu odat yildan yilga kim o'zarga aylanib ketayapti. Odamlar o'sha bozorda chiqqan yangi jixozlarni, yangi qimmat narsalani olayaptilar. Dugonasida qimmatbaho narsalarni ko'rib havas qilgan qiz yoki ona moddiy imkoniyatlari bunday qimmatbaho narsani olishga imkon bermagasligi uchun qalblari eziladi, ular bilan birga yana qanchadan qancha qalblar eziladi!? Ba'zi bir holatlarda Oilalarni buzilganini ham eshitganmiz. Masalan Hayotda bo'lgan voqea:
Qiz taraf uyni bezaganda Kiyov taraflar, ular olgan narsalarni kam ko'rib, Qiz bechorani hadeb kamsitganlar. Oxir oqibat oila uzoqqa bormay ajralgan.Qayerdagi asosi yo'q illat deb Oila buzilib, kelinni qalbi ezilib, o'rtada bola, Qizning Ota onasini yuzi yerda! Nima qilgan Imkoniyati bo'lmagan ota ona, ko'chaga chiqib o'zini sotsinmi?!!Bunaqa noxush voqealar to'lib yotibdi...
Masalaga Islom nuqtai nazardan yondashsak:
Yuqorida ko'pchilik buni Islomdan emas deb ta'kidlab o'tdi. Shu jumladan Painkiller bilan ham tortishib qoldizlar bu borada. Painkiller singlimiz bilan ko'p masalalarda fikrim boshqa bo'lsada Shu yerda u kishi Haq gapni aytdilar. Tan olish kerak. Islomda bunaqa Odatlar yo'q. Islom Oson din. Insonlarga qiyinchilik tug'dirishni xoxlamaydi, Islom Isrofgarchilikni ham qoralaydi, Agar bu ishni odat deb olib Odamlarni gapidan qo'rqib, hijolat bulinsa yuqorida bu borada aytib o'tgandik.
Lekin o'zingiz hohlasangiz urf odatligi uchun mas ko'ngildan kelinga biror bir narsa sovg'a qilmoqchi bo'lsangiz bu sizning ishingiz.
hurmat bilan...
__________________________________________________ ____________
PS:InshaAllah bu va shunga o'xshash turmushga aloqador masalalar buyicha Obidxon Qorining mav'izalarini upload qilamiz...
(aslida buning Islomdan emasligini tushunish uchun olim ham bulish shart emas, Qur'onga qarang, Hadisga qarang, Xulafoi Roshidiyn ning hayot tarzlariga qarang, O'zidan o'zi bu narsaning gunohkorlikka olib borishini sezib qolasiz)
:salam:
Men aytmoqchi bo'lgan gap,kimda-kimni qo'li u-bu narsaga uzun kelsa, iloji boricha hammasini qilsin,ammo qilib turib, minnat qilmasin va bezbet debxaqoratlar qilmasin. Mana bu musulmonchilikdan bo'ladi.
Abu Hurayra
11-14-2006, 11:26 AM

Bu urf odatni Musulmonchilikka umuman aloqasi yo'q. Agar musulmonchilikdan deyilsa bu dindagi Bid'at (http://www.islamnuri.com/jumanas/bid'at1.htm) bo'lib qoladi, Har bir Bid'at Zalolatdir, Zalolat Jahannamdadir.
Bid'at amalni qilib o'zini juda oliyjanob, tarbiyali qilib tutsa ham Baribir Bid'at qilgan hisoblanadi. Ya'ni bu isrofgarchilik, man manchilik, riyoga asoslangan Bid'at amalini Minnat, yuzsizlik bilan haqorat qilib-qilmasa ham baribir Bid'at amaliligicha qolaveradi. Ertaga har 1 sarflagan moddiy mablag'lari uchun javob beradi kishi.
Yuqorida shaxsiy fikrni ma'qullash uchun Shariatga to'g'ri kelmaydigan amalni hammasini qilsin deb turish ilmsizlik natijasidir. Endi bu bid'at amalini musulmonchikdan deyish gunohkorlikka olib boradi. Biror bir narsani Musulmonchilikdan deyish uchun unga Qur'onda, Hadisda, Sahobalar va Xulafoi roshidiyn dan hujjatlarga asoslanadi. Vaholangi HECH qaysi Islomiy manbaada bunga asos yo'q. (Buni Musulmonchilikdan deb bilguvchilar qani 1 dona bo'lsada hujjat keltiring)
Buni mulmonchilikdan deyish shunday bir mantiqsizlikki, xuddi faqat Toshkentliklardan boshqa Viloyatdagilar, Dunyoning boshqa Mamalakatdagi musulmonlar bu "musulmonchilik" ni qilmayatganday?
Bu odat Haqiqatdan ham Islomiy bo'lganida Payg'ambarimiz :saws: bizga tayinlab ketar edilar. Zero U kishi hayotlarida Islomni Komil bo'lgan edi. U kishidan keyin Musulmonchilikda(Islomda) bir yangi narsa ni uylab chiqish, u kishiga tuxmat qilingan bo'ladi (Ya'ni Islomni komil qilib ketmaganlar degan ma'noda)
PS: Allohim o'zi kibrini yengib haqni tan oladiganlardan qilsin, Kibr qilib haqni tan olmagan Shaytonning Jahannamdagi qo'shnisi bo'lib qolishdan o'zi saqlasin
PS2: Hujjatsiz, Bid'atligi, Shariatga zid ekanligi aniq bo'lgan narsani boshqalarning fikri o'z fikriga qarshi bo'lib qolganligi uchun g'arbliklardagi Debatlardagidek baland, quruq ovozlar chiqarmaylik. Biror bir masalada Islomdan deb davo qilishdan oldin Hujjat keltiraylik.
hurmat bilan...
:salam:
Manu man Mazlum,
Nimalar deyapsiz??????????????????????
Qilgangan yaxshiligini, ishini, mehnatini minnat qilmaslik, mehnatidan birovlar foydalansa "bezbet" deb xaqorat qilmaslik, chin musulmonni ishi dedim. Bu musulmonchilikdan bo'ladi dedim.
Iloji boricha, qurbi yetganicha mehnat qilsin,yaxhsilik qilsin deyishimga hujjat keltirishim shartmi ? Ko'rga hassaku bu narsalar.
lobar
11-14-2006, 01:08 PM
Aslida qanday bo'lishi kerak?
Aslidami, o'zi hohlaganicha bo'ladi baribir. Hech kimga manaqa qilishing kerak deb uqtirolmaysiz. O'zim haqman deb turaveradi hamma. O'ziligizcha qoling, bilganizzi qiling.
Abu Hurayra
11-14-2006, 06:33 PM
Aslida qanday bo'lishi kerak?
Aslidami, o'zi hohlaganicha bo'ladi baribir. Hech kimga manaqa qilishing kerak deb uqtirolmaysiz. O'zim haqman deb turaveradi hamma. O'ziligizcha qoling, bilganizzi qiling.
To'g'ri gapni gapni aytdiz,
Lekin biz bu yerda shunchaki haqiqatdan ham bunday illatlarni aslida qanday bo'lishini ham moddiy ham ma'naviy tomonini muhokama qilmoqchi bo'ldik. To'g'ri har kim nimani hohlasa shuni qiladi. Lekin Shaxsan o'zi qilgan narsani UMUMIY TARAFINIo'ylamasdan, Adolatli odat, hamma qilishi kerak vhk deyish Xudbinlikdan boshqa narsa emas. Hech kim qarindoshga yahshilik qilma demabdi, Lekin hammani aynan shu tuyda Kelin tarafning shunday qilishiga majbur qilib quyishi ASOSSIZ.
Shunday qilgan kishini ham biz hozir ayblamaymiz. Bu uning shaxsiy ishi. Lekin hamma uchun Umumiy gapirayatganda bu masalani hamma jihatlarini hisobga olish kerak (bu illat iqtisodiy jihatdan barcha aholiga qanday ta'sir qiladi, hamma ham qila oladimi, shu narsaga qilolmagan, imkoniyati yetmagan kishini holi nima bo'ladi?, biz o'zimizni musulmon deb da'vo qilsak bunga Islomiy manbaalarda hujjat bormi, Shariatga qarshi bo'lib qolmaydimi vhk...)
hurmat bilan ....
Tired_Tyro
11-14-2006, 08:02 PM
Aslida qanday bo'lishi kerak?
Aslidami, o'zi hohlaganicha bo'ladi baribir. Hech kimga manaqa qilishing kerak deb uqtirolmaysiz. O'zim haqman deb turaveradi hamma. O'ziligizcha qoling, bilganizzi qiling.
Siz balki haqdirsiz, lekin bilasizmi, agar odamga hamma ihtiyor berilsa, u nafsiga ergashib nimalarni qilmaydi, eng avvalo Alloh oldida hisoblashishimiz, keyin esa odamlarga ham e'tibor berishimiz lozim, pulim bor deb oddiy yashaydigan odamlarga to'yda pulni ko'z-ko'z qilishdan ne foyda, shunday to'y qilaylikki yetishmovchilik ham bo'lmasin, isrof ham! Keyin singlim, [QUOTE=lobar;538512]Aslida qanday bo'lishi kerak?
O'ziligizcha qoling, bilganizzi qiling.[/QUOTE
bu kabi gaplar behurmatlik bo'ladi, fikringizni chiroyli yetkazishga harakat qilsangiz yanada yaxshi bo'lardi, mani gapimdan jaxliz chiqmasin, shunchaki bu mavzuni yozgan odam ham bu gapingizni o'qib siz haqingizda yaxshi hulosa chiqarmasligi mumkin, hushhulqlilik qanday chiroyli!!! :)
lobar
11-14-2006, 09:05 PM
Siz balki haqdirsiz, lekin bilasizmi, agar odamga hamma ihtiyor berilsa, u nafsiga ergashib nimalarni qilmaydi, eng avvalo Alloh oldida hisoblashishimiz, keyin esa odamlarga ham e'tibor berishimiz lozim, pulim bor deb oddiy yashaydigan odamlarga to'yda pulni ko'z-ko'z qilishdan ne foyda, shunday to'y qilaylikki yetishmovchilik ham bo'lmasin, isrof ham! Keyin singlim, bu kabi gaplar behurmatlik bo'ladi, fikringizni chiroyli yetkazishga harakat qilsangiz yanada yaxshi bo'lardi, mani gapimdan jaxliz chiqmasin, shunchaki bu mavzuni yozgan odam ham bu gapingizni o'qib siz haqingizda yaxshi hulosa chiqarmasligi mumkin, hushhulqlilik qanday chiroyli!!! :)
Nima qib behurmatlik qildim, Charchagan Tyro :rolleyes:
Munaqa qil, yoki qilishing kerak dib aql o'rgatish odatim yo'q, shunchaki.. Ko'pchilik baribir odamla gapirsayam bilganidan qomiydiku ahir. Yoki kimnidir bilasizmi voy, falonchi bunaqa dedi, endi qilgan ishimni boshidan yana o'sha odam aytganidek qilaman, deganini? Agar o'sha yuqoriagi misolda keltirigan odamlarni hayotda yon atrofizdagilardan eshitsangiz yoqangizni tishlab, tovbbaa deysiz, o'zingizni boshinizga tushib qolsachi, nima ham qila olasiz ? Bolangizni ajratib olasizmi, munaqa qudaning menga keragi yo'q deb? Qaytaga bilaman, qiz bergan tomon doim past kelgan, mayli shu bilan tinchib ketsa, roziman, deya jim bo'p qolaveradi.
Fikrimni esa istaganimcha yetkazganman, ko'p gap nimagadir yuk deyilardiyu ;)
yoki just_in, ayting fikrimdan siz ham yomon hulosa chiqargan bo'lsangiz, o'chirib tashash problema emas men uchun. hafayam bo'miyman, yozganim behurmatlik darajasini ko'rsatayotganini aytishsa ham, shunchaki... bu ham meni shaxsiy fikrim edida :)
Aytgancha, ilk yozgan gaplariz hayoldan ko'tarilibdi, o'zingiz bilasizmi puli ko'p odam baribir har tomonlama o'zini ko'z ko'z qilgisi kelaveradi. Hoy to'hta, deganizga qaramaydi, chunki uni qo'lida puli ko'p Volya mani qo'limda deb o'ylaydi undaylar, Qachonkiiii boshi bir kun tupik devorga taq etib urilmaguncha. Ungacha esa befoyda pul topib aql topmaganlarga gap uqtirish.
Endi ham chiroylik yetkaza olmadimmi, fikrlarim behurmatlik bo'lib chiqdimi?
yana chunmagan bo'lsangiz, yanada kengroq chuntiraveraman :)
just_in
11-16-2006, 04:43 AM
Assalamu alaykum aziz forumdoshlar,
Bergan juda chiroyli javoblaringiz uchun katta rahmat, Alloh rozi bo'lsin.Orada noshukurlik qilma kabi javoblar ham bo'libdi, bunisiga ham rahmat.Eng asosiysi men o'zimga kerakli javoblarni (dalillarni)oldim, shunisi eng asosiysi edi man uchun. Har kimning ihtiyori o'zida, men bu postim bilan kimgadur ish uqtirmoqchi emasdim, aslo, hayolimga ham kelmagandi, javob izladim topdim rahmat.
Lobar opa sizdan umuman hafagarchilik jo'q:D , sizga ham LAHMAT!!!!
Yana fikrlaringiz bo'lsa, ur more than welcome to go on...thx a lot
Wa assalamu alaykum!!!
Nexochuxa
11-17-2006, 06:32 PM
Hech kim qarindoshga yahshilik qilma demabdi, Lekin hammani aynan shu tuyda Kelin tarafning shunday qilishiga majbur qilib quyishi ASOSSIZ.
Shunday qilgan kishini ham biz hozir ayblamaymiz. Bu uning shaxsiy ishi. Lekin hamma uchun Umumiy gapirayatganda bu masalani hamma jihatlarini hisobga olish kerak (bu illat iqtisodiy jihatdan barcha aholiga qanday ta'sir qiladi, hamma ham qila oladimi, shu narsaga qilolmagan, imkoniyati yetmagan kishini holi nima bo'ladi?, biz o'zimizni musulmon deb da'vo qilsak bunga Islomiy manbaalarda hujjat bormi, Shariatga qarshi bo'lib qolmaydimi vhk...)
hurmat bilan ....
Fikrlarizga qo'shlaman,Painkillernikiga ham... biz o'zbeklada kelin tomonga, kelinni o'ziga juda past nazar bilan qarash qon qonimizga singib kelgan. xatto kelin keldi -qul keldi degan maqol ham bor...:( Yozda uyga borganimga bir qaynonani kelini va navarasi haqidagi fikrini eshtip qoldim:mani kelinim sog'ligi bilan ishim yo'q, asosiysi o'g'limmi o'g'li sog' omon bo'sa bo'ldi.....bu nimasi kelin odammasmi? o'sha qizni ham onasi xuddi o'sha qaynona o'g'lini qiynalip kotta qigandey qiynalip katta qiganku axir, nimaga kelin qiynalishi k/k, nimaga oilada xatto o'z farzandidan keyingi o'rinda/ qadrda turishi lozim?
Just in bonu savolizga javobim aslida haqiqiy Islomiy to'y bo'lishi k/k! Kishilar bir biriga islomiy ahloq qoidalari asosida munosabat qilishi k/k deb hisobliman!
Tired_Tyro
11-17-2006, 08:28 PM
Nima qib behurmatlik qildim, Charchagan Tyro :rolleyes:
Munaqa qil, yoki qilishing kerak dib aql o'rgatish odatim yo'q, shunchaki.. Ko'pchilik baribir odamla gapirsayam bilganidan qomiydiku ahir. Yoki kimnidir bilasizmi voy, falonchi bunaqa dedi, endi qilgan ishimni boshidan yana o'sha odam aytganidek qilaman, deganini? Agar o'sha yuqoriagi misolda keltirigan odamlarni hayotda yon atrofizdagilardan eshitsangiz yoqangizni tishlab, tovbbaa deysiz, o'zingizni boshinizga tushib qolsachi, nima ham qila olasiz ? Bolangizni ajratib olasizmi, munaqa qudaning menga keragi yo'q deb? Qaytaga bilaman, qiz bergan tomon doim past kelgan, mayli shu bilan tinchib ketsa, roziman, deya jim bo'p qolaveradi.
Fikrimni esa istaganimcha yetkazganman, ko'p gap nimagadir yuk deyilardiyu ;)
yoki just_in, ayting fikrimdan siz ham yomon hulosa chiqargan bo'lsangiz, o'chirib tashash problema emas men uchun. hafayam bo'miyman, yozganim behurmatlik darajasini ko'rsatayotganini aytishsa ham, shunchaki... bu ham meni shaxsiy fikrim edida :)
Aytgancha, ilk yozgan gaplariz hayoldan ko'tarilibdi, o'zingiz bilasizmi puli ko'p odam baribir har tomonlama o'zini ko'z ko'z qilgisi kelaveradi. Hoy to'hta, deganizga qaramaydi, chunki uni qo'lida puli ko'p Volya mani qo'limda deb o'ylaydi undaylar, Qachonkiiii boshi bir kun tupik devorga taq etib urilmaguncha. Ungacha esa befoyda pul topib aql topmaganlarga gap uqtirish.
Endi ham chiroylik yetkaza olmadimmi, fikrlarim behurmatlik bo'lib chiqdimi?
yana chunmagan bo'lsangiz, yanada kengroq chuntiraveraman :)
Odamlarga yaxshilik istasang, qilning tagidan qiyiq ahtaradilar deyishgan ekan ...
laluluya
11-17-2006, 09:17 PM
hurmatli jast in honim yozganlarizzi o'qib juda ta'sirlandiim.
Bir qo’shnimiz yakkayu-yagona qizini unashtirdi, kuvoy bilan kelinga alohida 3 honali bo’m-bo’sh kvartira olib berishibdi quda taraf. Ana endi qo’shnimizni holatini ko’ring…3 honali kvartirani to’ldirishning o’zi bo’larkanmi, mayli deb, ancha pul sarflab keragidan ortiq qilib uyni bezatdi, qilsam qizimgaku dedi. Lekin oradan ozgina vaqt o’tgandan so’ng u uyga kuyovning ota-onasi, singlisi ko’chib kiribdi. Adolatdanmi bu axir????
shu adolattanmi debsiz,albatta yo'q.nima uchun kelin taraf qilib bergan shart-sharoitga kuyov taraf bezlarcha yuzinda ko'zin bormi demay ega chiqib olsa.(balki man noto'g'ri gapirayotgandurman,bunichun oldindan sildanam yaratgan egamdanham uzr so'rayman).ahir shuncha narsani yig'ib terhuncha kelinni ota-onasi yemay-ichmay,kiymay,necha yillab misqollab teradi,qizim birovdan kam bo'masin ko'ngli o'ksimasin deb hamma narsasini qiladi.buyam etmaganday qudaposhshalag nimadur kam.to'ymaslaga.agar o'zligini qizliga shunaqa sharoitga tushib qosin,bilishadi nima qilishshi.
to'g'ri mol-dunyo kimdan qolib ketmidi,bizadanam qop ketti ota-onamiz qigan narsala toshkentda.lekin hammaga insof bersin.mol-dunyo deb insoniylikki esdan chiqarish keremas.inson ,kelin qigan sarpa-surpasi,mebeli bilan o'lchanmiduku? nimaga bunchali odamlani ko'zi och bo'masa.o'zimizayam ertaga qaynota-qaynona bo'lamiz.ishqilib olloh o'zi asrasin shunaqa sharoitga tushib qolishdan,inshaalloh.
uzr agar noto'g'ri gapirib qo'ygan bo'lsam.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.