PDA

View Full Version : Nexia Istagan Shifokor


Bekorchi.Com
11-05-2006, 09:11 PM
Hayot qiziq ekan , hayotda xar hil insonni uchratsa bo`ladi. Quyidagi keltirilgan kichik "hikoyamiz" xam hayotda bolgan voqeadur. O'qing va Fikr mulohaza qiling
( Ismlar ozgartirilib keltirilgan)
Xatolar bolsa oldindan uzr soraymiz!

NEXIA ISTAGAN SHIFOKOR
Akmal shoshganicha bosh shifokor eshigini ochib shoshilganicha xonaga kirdida yangasiqa qarab: “Uyda o`tirib turing degandimku, Sabina opa, nega uziz moshinani haydab keldingiz?” dedi.

Sabina: “Kechirasiz, sizni ishizdan qoldirman degan edim” deya javob berdi.

Hasan Tohirovich: “Iye xali moshina xam haydaysizmi?” deb kulimsirab qarab qoydi va “Qani kalitini koraylikchi nima moshina ekan?” deb Sabinaga qaradi.Hasan Tohirovich: “Ohho Nexia ekanda, yangi moshinaga uhshaydi deb” kulib qoydi

Sabina “Hasan aka, Sulton akamning axvollari qanaqa?”

Hasan Tohirovich: “Axvoli togrisini etsam juda xam og`ir , lekin man Sultonni oyoqqa turgizaman, soyinchisiga esa mana shu NEXIA maniki boladi” deb , kalitni xalati chontagiga solib qoydi.

Muallif,

Bekorchi.Com
11-06-2006, 02:58 AM
Sabina shu on bor umidini , erining salomatlashib , tuzalib ketishini faqat Hasan aka bilan korar va Hasan akaning xar bir sozi unga ishonch bahsh etardi. Bir oz oyga tolgandan so`ng Sabina dedi “Mayli Hasan aka nima desangiz shuni beraman faqat Sulton akamni tuzatib bersangiz boldi biz xammasiga rozimiz” dedi

Akaml xam shifokor va yangasi orasidagi suhbatni jim kuzatib turar va bir nimalar degisi keldi ammo yangasi konglisini og`ritmaslik uchun jim turaverdi.

Hasan T-vich: “Xa mayli men endi boray, siz kelin uyga borib dam olib oling , uzizni oldirib qoygan korinasiz unchalik xam siqilmang, Xudo hohlasa xammasi yaxshi boladi , Siz ukam manbu dorilarni olib keling” deya Akmalga 1 parcha qogozni uzatdi.

Akmal yangasi bilan honadan chiqayotib , yangasiga siz tashqarida kutib turing men hozir dedida eshikni yopti va Hasan Tohirovichga qarab: “Akamni axvollari qanday?” deb soradi

Hasan Tohirovich: “Og`ir dedimku , juda og`ir qaytadan oyoqqa turib ketishiga kamida 6 oy kerak , shunda xam 100% tuzalib ketadi deya olmayman, agar xammasi yaxshi bolgan taqdirda xam “invalid” boliib qoladi”

Akmal bosiqlik bilan: “Sulton akam chala jon bo`lib yotsa-ku siz rafiqalaridan moshina kalitini sorab , “suyunchisini” olsangiz” dedi

Doktor: “eeehhh Ukam bu bozor iqtisodiyoti Sulton akezzi bunaqa moshinasidan nechtasini olib berishga qurbi etadi, keyin biz kambag`ldan pul olmaymiz davolamayiz xam istasangiz shu , istamasangiz ana boshqa shifoxonaga borib korsating”

Akmal bir nimalar degisi keldi ammo, kulimsirab doktorga qaradida “Xa , mayli ok anima desangiz rozimiz, Nexia bolsa nexiada. Hasan aka mana manbu mening kartochkam, ofis addresim telefon raqamlarim bilan kerak bolib qolsam bemalol telefon qilishingiz mumkin” deb kartochkani doktorga uzatdi.

“Xa, hasan aka bu yangam moshinasi bir oz eskirdi kalitni bersez biz uyga etvosak, sizga esa engi NEXIAni okamlar tuzalishlari bilan olib kelib beramiz” dedi.

Hasan Tohirovich kulimsiragan holda chontagidagi kalitni Akmal-ga uzatdida “Yigit Kishi bir gapiradi-a?” deya Akmalga qaradi. Akmal xam “Albatta Hasan aka” deb kalitni olib , honadan chiqib eshikni yopa turib “Iflos” dedi.

Shifohonadan chiqib Akmal moshinasi kalitini haydovchisiga berib , haydovchisiga “Sulton akamnikiga oborib qoyasan” deb buyurdi. Uzi esa Yangasi bilan moshinasiga otirib uyqa qarab yol olishdi. Sabina moshina xaqida yoki boshqa xaqida oylashni istamas , hush hayoli faqat erining salomatligi , uning tuzalib ketishligi xaqida edi. Akmal yangasini uyga keltirib qoygach. O’zining ishlari bilan mashgul boldi. Ammo kun boyi doktorning gap sozlari , uning xatti xarakatlari ko’z oldidan ketmadi.

Ertasi kuni ertalab yangasi bilan yana kasalxonaga yo`l olishdi. Akmal kasalhona bosh shifokori Hasan Tohirovich eshigini taqillatdi. Shifikor kimdur bilan band , ammo Akmalning korishi bilan u bilan suhbatdagi bolgan 3 shifokorga tezda javob berib yuborib. Akmal bilan Sabinani xonaga taklif qildi. Hasan Tohirovich bugun hotirjam emas edi. Nimadan gap boshlashini bilmay, uzidan 20 yoshlar yoshroq bolgan Akmalga qarab “Akmal aka yaxshimisiz?” “Kelin siz yaxshimisiz?” dedi va Sulton uzini yaxshi his qilayotganini Olloh nasib etsa tezda tuzalib ketishligini bildirdi. Sabina hursandchiligini bilish qiyin emas edi va shifokorga qarab “Maylimi Sulton akamlarni yonlariga kirsam?” dedi. Hasan Tohirovich xam “Xa , albatta hozir bir yordamchi beraman sizga yordamlashib yuborishadi , va bugundan boshlab Sultoning yonida 1 yordamchi turadi , sizga xam ancha engil boladi xar kun 3-4 mahallab kelmaysiz” dedi.

(Davomi bor…….)

Savol:

1) Akmal kim edi? U uzatgan kartochkada nima yozilgan edi?

2)Hasan Tohirovich nima uchun o`z muomalasini bunchalar ozgartirdi?

(Davomi Bekorchi.Com da tez kunlarda qoyiladi Hudo Hohlasa)
Muallif ,

UZBEK
11-07-2006, 07:24 AM
Hikoyani o'qib juda hayron qoldim,hozirgi kundalik etishmovchilik natijasida odamlar o'z burchini ham esdan chiqarishayapti...:( :? :x
Endi savol javoblariga kelsak,bu shundoqqina ayon bo'lib turibdi,1).Akmal doktorni qilayotgan muomilasidan jahli chiqdi,manimcha u kattaroq joyda ishlasa kerak,u bergan kartochkada uning ish joyi,lavozimi ko'rsatilgan bo'lsa ajabmas...Hikoya qilinayotgan oila uziga to'q oilga o'hshaydi,ahir hamma ham nexiani sovg'a qilib yubormas...:rolleyes:
2).H.T-ch Bu oila nozik ekanligini ularga noto'g'ri muomala qilganligini Akmal bergan kartochkadagi ma'lumotlardan keyin tushunib etadi.Va bu hatosini o'z vaqtida tuzatish harakatida muomalsini keskin o'zgartirgan bo'lsa k-k.
Yoki bu oila har qanday oddiy pora so'raydidigan oila emasligini biladi,TAGIN KIM BILSIN???:uups: