PDA

View Full Version : Mehmon kutish sirlari


Nilufarxon
11-09-2006, 02:25 AM
Assalomu-alaykum aziz forumdoshlar.


Meni qiziqtirayotgan narsa, yaqin kunlarda men uyimda mehmondorchilik o'tkazmoqchiman.

Lekin men har doimgiday bir xil tarzda mehmon kutishni istamayapman. Ya'ni birinchi bo'lib suyuq ovqat, keyin salat, somsa, zakuska, xolodets, quyuq ovqat va hokazolar...;)

Hullas nimadan keyin nima kirishini esa hamma yodlab olgan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Menga esa shu bir xillik yoqmayapti.:rolleyes:

Mana ko'pchiligingiz chet davlatlarda yuribsiz, agar malol kelmasa menga va forumdoshlarga o'sha siz yashayotgan joydagi mehmon kutish va dasturxonga qo'yiladigan taomlar haqida gaplashsak. :D

P.s: Iloji bo'lsa antiqa taomlar va pishiriqlar retseptlarini ham kutib qolamiz........

Shokirbek
11-09-2006, 04:14 AM
Hammasini birdan qo'ying, mehmonlar tanlab-tanlab yeyishadi, bu yerda arablar shunday qiladilar.. :)

P.S. Siz aytgan masalliqlarni tasavvur etib mehmonlar orasida men ham bo'lgim kelib ketdi.. :D

PainKiller
11-09-2006, 04:25 AM
Shvedskiy stol kilish fikriga kanaka karaysiz?:)
Likopchalarni, kosalarni terib koyasiz yonboshga. Ozlariga yokkan narsadan tanlab tanlab olishadi:)

SAMARKANDI!
11-09-2006, 04:56 AM
Hammasini birdan qo'ying, mehmonlar tanlab-tanlab yeyishadi, bu yerda arablar shunday qiladilar.. :)

P.S. Siz aytgan masalliqlarni tasavvur etib mehmonlar orasida men ham bo'lgim kelib ketdi.. :D

yeah thats right:) shundoq opkelib hamma yogni tokip tashlashadi bita kooooooooooooooooooooooooooooota tovoqa. kasha malsha bopketadi, no rosa toyimli:lol:

u mehmonlar faqat ovqat yeyishga kelishyapdilarmi??

Aldrina
11-09-2006, 05:12 AM
Турк аёллари "гап"да стол устига хамма нарсани куйиб (ширинлик, ичимлик ва б-ларни ) тарелкалари билан куйиб тайерлаб куйишади.... ким нима истаса шуни истъемол килади, лекин стол устида утирмайдилар... :) бир бирлари билан гаплашиб тарелкалари билан у ёкка, бу ёкка юраверадилар гап сотиб... билмадиму уларни аёллари гап сотишни жудаяяяям яхши курар экан :)

Shokirbek
11-09-2006, 05:17 AM
yeah thats right:) shundoq opkelib hamma yogni tokip tashlashadi bita kooooooooooooooooooooooooooooota tovoqa. kasha malsha bopketadi, no rosa toyimli:lol:

u mehmonlar faqat ovqat yeyishga kelishyapdilarmi??

Siz o'sha kasha-mashani ko'rgan ekansizda faqat, rost, shundaylari juda ko'p.

Lekin har-xil ovqatdan bir shingildan qo'yishadiganlari ham ko'p, xususiy ziyofatlarda men aytgandek bo'ladi ko'pincha.

PK, o'shani shvedskiy stol deydilarmi? Arablarda shunday qiladiganlar ko'p..

Asosiysi - barcha ovqatni bir vaqtda keltirishadi, shunisi yaxshi, boshqa bizdagi odatlarni bilmagan ba'zilar menga qiziq hikoyalarni qilishgan bu haqda..
Bittasini aytib o'tishning zarari yo'q bo'lsa kerak..
Bir necha kishi u yoqqa borganda bizdagilar mehmon qilishibdi.. Avval turli xil quruq meva, qand-qurs, asal, ajoyib qaymoq, qatiqlar, ajoyib nonlarni qo'yishibdi choy bilan..
Ochqab borgan birodarlar nonni qaymoqqa, asalga bulab yeyishipti rosa..
Ketidan chiroyli chinni lagan (tovoq)larda yaxna go'sht, uning ketidan monti, somsalar tortilib, oxirida dimlama bilan osh keltirishgan ekan, avval non bilan qaymoqqa to'yib qolgan kishilarga rosa qipti.. :)

"Hammasini bir vaqtda keltirishganda tanlab-tanlab yegan bo'lardik, he attang" deydi.. :D

infolife
11-09-2006, 05:53 AM
Турк аёллари "гап"да стол устига хамма нарсани куйиб (ширинлик, ичимлик ва б-ларни ) тарелкалари билан куйиб тайерлаб куйишади.... ким нима истаса шуни истъемол килади, лекин стол устида утирмайдилар... :) бир бирлари билан гаплашиб тарелкалари билан у ёкка, бу ёкка юраверадилар гап сотиб... билмадиму уларни аёллари гап сотишни жудаяяяям яхши курар экан :)

Bu faqat Tirkiyadamas. Butun dunyoda rivojlanib shunaqa bop ketgan hozir
Ukda buni BUFFET deydi, hamma tarelkasiga sovolib yeb yuradi, tugasa yana sobkeladi. Bu tikka turib yeyish sunnatga muvofiq emas, soglikkayam yomon tasir qiladi. Korichak tikka turib yeyishdan keb chiqadi.

O'zbekona yerga tuzalgan dasturhonda qo'lda osh yeyishni sogindim:(

ps:gap sotish turk ayollarigamas, ayol zotiga hos. O'zbek ayollari turk ayollaridan hech qolishmasa kere menimcha:)

infolife
11-09-2006, 06:18 AM
yeah thats right:) shundoq opkelib hamma yogni tokip tashlashadi bita kooooooooooooooooooooooooooooota tovoqa. kasha malsha bopketadi, no rosa toyimli:lol:

u mehmonlar faqat ovqat yeyishga kelishyapdilarmi??

tuzagan dasurhoni hecham kasha-malashamasda. Ularni ovqatlanishi kasha malasha:shock: :shock: :shock:
5 qo'lini solib hali undan hali bundan stolni birpasta keyin kashasi chiqadi
Arablani kofesiyam juda tami bir ajoyib, rangi hunuk.

Typical English Dinnerni aytsam:
Inglizlarni starteri zerikarli, balo-battar sabzavotlani shundo kichkina tarelkachasiga qop qoyadi, hammaga alohida alohida. Bread n Butter odatda. kichkina asal, jam, butter har bir odamga tarelkani yonida keladi. keyin soup keladi, mushroom soup, yoki tomato soup-souplari juda mazali oma. keyin main meal keladi: typical bosa roast beef with oven baked potato boiled carrots yonida ko'kat mo'katlari bilan. Siz unaqa yemiyman desez biror vegetarian ovqat beradi. Orqasidan cake va choy yoki kofe beriladi.biscuitlar bilan

Kamdan kam stolni tuzab qoygan boladi. Mehmonga chaqiratta urtog/im yoki tanishlar, boraman, stol qup quruq, hech vaqo yoq. Keyin bitta bitta opkiradi. Har bir ovqat obkirishdan oldin stolni yigishtirib tozalab qoyadi darrov.bahonada yigishtirish ham oson. Nu o'zbeklarga bu umuman togri kemiydi. Kirganizda dasturhon chiroylikkina tuzalib tursa, mayiz qand qurslar, varenyalar issiq nonlar bilan oh oh oh. Issiqqina mastavani suzvoras orqasidan manti oshlar-haqiqiy mehmondorchilik.

inDecision
11-09-2006, 07:16 AM
Assalomu-alaykum aziz forumdoshlar.


Meni qiziqtirayotgan narsa, yaqin kunlarda men uyimda mehmondorchilik o'tkazmoqchiman.

Lekin men har doimgiday bir xil tarzda mehmon kutishni istamayapman. Ya'ni birinchi bo'lib suyuq ovqat, keyin salat, somsa, zakuska, xolodets, quyuq ovqat va hokazolar...;)

Hullas nimadan keyin nima kirishini esa hamma yodlab olgan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Menga esa shu bir xillik yoqmayapti.:rolleyes:

Mana ko'pchiligingiz chet davlatlarda yuribsiz, agar malol kelmasa menga va forumdoshlarga o'sha siz yashayotgan joydagi mehmon kutish va dasturxonga qo'yiladigan taomlar haqida gaplashsak. :D

P.s: Iloji bo'lsa antiqa taomlar va pishiriqlar retseptlarini ham kutib qolamiz........


Hich nimani o'zgartirmen...shundog'am yaxshiyu bitta bittadan obkirish...ovqatlarni turlarini uzgartirseiz busa kere,i.e somsa kutib utirgan mehmonlarga boshqa narsa olib kirin.....:D

Samimiy
11-09-2006, 07:39 AM
Bu yerda asosan ikki usul tortishilyapti:
1. mehmonning oldiga taomlarning hammasini birdan quyish
2. navbat bilan, bitta-bittalab olib kirish

Bu ikkala usulning ham ustunliklari, ham kamchiliklari bulishiga qaramay, men 2-sining tarafdoriman. Bu ustunlik va kamchiliklar nima degan savol tugiladi. Menimcha quyidagicha:

1-usulning ustunligi shuki, hamma taom "shvedskiy stol" qilib quyilsa, mehmon menuda nima bor-u, nima yuqligini darrov kuradi. Ham uziga yoqqan-yoqqan taomlaridan tanlab-tanlab yeyveradi, yoqmaganini yemaydi. Ikkinchidan, mezbon uchun ham juda qulay, har safar kirib-chiqavermaydi. Kamchiligi ham aslida shu - mezbon hamma taomlar-u ichimliklarni bitta stolga yigib tashlasa, u mezbonning kuzida ishdan qochayotganday, yoki oson yulni tanlaganday kurinishi mumkin. Yani mezbon "menga keragicha izzat-ikrom kursatmadi" deb uylashi mumkin. Ayniqsa bizning uzbek odatida bulmagani uchun bazi ona-xotinlar shunday deb gina qilishi mumkin. Yana bir kamchiligi- hamma taomni birdan stolga quyish uchun idish-tovoq kuproq ketadi, ularni keyin yuvish qushimcha ish. Masalan bitta ovqat shurva bulsa, uni qozoni bilan stolga quyib bulmaydi, boshqa idishga quyish kerak, unday idish bulishi mumkin, bulmasligi mumkin. Shunday tomonlari ham bor.

2-usulning ham kamchiliklari bor. Masalan, har bir taomni alohida olib kirish- bu qushimcha ish. Lekin bu - mehmon kutish odobining shartlaridan biri. Mehmon chaqirgandan keyin uning hurmat-izzatini qilish kerak. Mehmon kutishning gashti ham shunda emasmi? Undan tashqari yuqorida boshqalar aytgandek, mehmon oldingi ovqatlardan tuyib qolib, oxirida joy qolmasligi mumkin :) Buning yuli esa ikkita. Birinchidan, boshidan ovqatlarni juda kup qilib yubormaslik kerak. Necha tur ovqat qilishni esa mehmonning "nozik"ligiga va qancha vaqt utirishiga qarab qaror qilsa buladi. Masalan oyda bir keladigan mehmonga 2-3 xil (suyuq-quyuq-shirinlik) ovqat qilsa buladi. Qirq yilda bir keladigan yoki uzoq joydan kelib, uzoq utiradigan mehmonga esa suyugudan ham, quyugidan ham bir necha xil ovqat qilsa buladi. Ikkinchidan, ovqatga boshlashdan oldin, mehmonlarga menuda nima borligini aytib quyish kerakki, hamma shunga qarab plan qiladi :)

Lekin 2-usulning ustunligi shundaki, u mehmonga hurmatni kursatadi, ham mehmon kutish odobiga tugri keladi. Ayniqsa bizning Uzbekistonda. Shuning uchun men shu 2-usul tarafdoriman.

Aldrina
11-09-2006, 07:56 AM
Bu faqat Tirkiyadamas. Butun dunyoda rivojlanib shunaqa bop ketgan hozir
Ukda buni BUFFET deydi, hamma tarelkasiga sovolib yeb yuradi, tugasa yana sobkeladi. Bu tikka turib yeyish sunnatga muvofiq emas, soglikkayam yomon tasir qiladi. Korichak tikka turib yeyishdan keb chiqadi.

O'zbekona yerga tuzalgan dasturhonda qo'lda osh yeyishni sogindim:(

ps:gap sotish turk ayollarigamas, ayol zotiga hos. O'zbek ayollari turk ayollaridan hech qolishmasa kere menimcha:)

узбек аёлларини гапида булмаганман :)

Samarkand
11-09-2006, 08:50 AM
Nilufarxon,

chaqiryothgan mehmonlaringizdan so'rab ko'ring, tablari nimaga ekanligini.

Ovqatdan keyin nemislarga o'xshab Nachtish (muzqaymoqmi, kompotmi, shirinlikmi, tortmi) ni unutmang.

:)

SAMARKANDI!
11-09-2006, 01:51 PM
Siz o'sha kasha-mashani ko'rgan ekansizda faqat, rost, shundaylari juda ko'p.

Lekin har-xil ovqatdan bir shingildan qo'yishadiganlari ham ko'p, xususiy ziyofatlarda men aytgandek bo'ladi ko'pincha.

PK, o'shani shvedskiy stol deydilarmi? Arablarda shunday qiladiganlar ko'p..

Asosiysi - barcha ovqatni bir vaqtda keltirishadi, shunisi yaxshi, boshqa bizdagi odatlarni bilmagan ba'zilar menga qiziq hikoyalarni qilishgan bu haqda..
Bittasini aytib o'tishning zarari yo'q bo'lsa kerak..
Bir necha kishi u yoqqa borganda bizdagilar mehmon qilishibdi.. Avval turli xil quruq meva, qand-qurs, asal, ajoyib qaymoq, qatiqlar, ajoyib nonlarni qo'yishibdi choy bilan..
Ochqab borgan birodarlar nonni qaymoqqa, asalga bulab yeyishipti rosa..
Ketidan chiroyli chinni lagan (tovoq)larda yaxna go'sht, uning ketidan monti, somsalar tortilib, oxirida dimlama bilan osh keltirishgan ekan, avval non bilan qaymoqqa to'yib qolgan kishilarga rosa qipti.. :)

"Hammasini bir vaqtda keltirishganda tanlab-tanlab yegan bo'lardik, he attang" deydi.. :D


Man kasha malasha deb yomon manoda etmadim, etmoqchi bogan gapim ular aytganizde hamma narsani olib kelib qoyishadi, man US da arab dostlarim bilan ziyofatchilik qilganda shunaqa bolardi faqat. man oylardim bula faqat US bolishganiligi uchun shunaqa qilishyapdi shekilli. Lekin Makkada ham bizi mehmon qilishganda huddi shu holatni kordim. Hamma yoq bor, aralashib ketgan demoqchi edim. buni hech yomon yeri yoq.

Lekin: bir hil holatlarni ham kordim Makkani beduinlari shekilli aniq bilmadim ovqat yeyishini korib hursand bolmadim, kochada bir misrlik dostim bilan ketyatudik yolni ortasiga dasturhon yozvolishib huddi shunde narsalarni tokib tashashibdi. 1 2 marta kordim bu holatni. Bu yahshimas. odam kop yuradigan yolda unaqa qilish.

PainKiller
11-09-2006, 06:07 PM
soglikkayam yomon tasir qiladi. Korichak tikka turib yeyishdan keb chiqadi.

:)

wrong statement.

PainKiller
11-09-2006, 06:17 PM
why is it wrong?:)
because there is no medical evidence to say that eating standing up causes appendicitis.:)

Aldrina
11-09-2006, 07:35 PM
because there is no medical evidence to say that eating standing up causes appendicitis.:)

are you a medician???:)

Camellia
11-09-2006, 07:44 PM
The message you have entered is too short. Please lengthen your message to at least 10 characters.

zanjir
11-09-2006, 07:55 PM
eng onsoni kim kevokkaniga qarab restorandan ovqat zakaz qilish kere boldi vassalom!

Qizil-Gul
11-09-2006, 09:50 PM
Eng muhimi shirinlikni ohiriga qoldirib , ovqatlar tugagandan keyin boshqa honaga "food tray", kichkina hontahtaga o'hshash stollarda choy va shirlik bilan hamsuhbat bo'lamiz mehmonlarimiz bilan. (erkak va ayollarni har hil honlarda kutishga harkat qilaman, ayollar ve erkaklar o'z oralarida samimiyroq his qilsinlar degan maqsadda).

manimcha eng muhimi ko'p narsa tayyorliman deb o'zizi ko'p urintirmen, ko'p harjat,charchash kabi narsalar keyinchalik mehmon kutish zavqizni kamaytirib qo'yishi mumkin.

Odammi bir kuni undo bir kuni mundo deb doimo ortiqcha harajat qilmasdan uyimda bor mahsulotimdan qilolganimcha qilaman, kamida haftada bir kun mehmon keladi, hamma doim hursand bo'lib ketadi.

lyalyapo
11-10-2006, 03:30 AM
Turklada shu odat bor ekan, hamma narsani baravariga op kirish. Boshida bitta ovqat kirsa usha bilan to'yg'azvolishadi srazu qorinni, sho'rva bulsa non bilan bosib bosib yeb qorinligi to'yadi. Hujaynimlani urtolari shunaqa hammasini srazu op kirila deb utirishadi, manga lekin umuman yoqmaydi, g'alatide, sho'rvaniyam manti honimniyam bir paytda berish.Revolyuciya qilib uzim bilganday qo'yvuraman, keyin ula choyni ovqatdan keyin berishadi, shunisi uje manga noqulay, yog'liqqina ovqatla hech ketmiydide sovuq suv bilan. Hozir lekin bitta ovqat qiladigan bup qoganman unaqa tez kep turadigan mehmonlaga, a kottaroq mehmon kutilsa, biza uzbekmiza u nas svoi pravila deb uzimizdaka kutvuraman, ketma ket ovqatlani yuvorib.
Yuqorida aytib utilganday rostanam idish tovoq muammosi bulishi mumkin, chet elda u servantlaga op quyilgan zapaska idish tovoq bumiydida uydagidaka. Keyin plitaga hamma narsa baravariga sig'masligi mumkin, ketma ket quyasiz shunda olovga, bitta manti qasqonimni quysam plitaga boshqa narsa sig'maydiyam.
Lekin ortiqcha isrofgarchilik qilmaslikka harakat qilaman, lishniy narsa quymimanam stolga. Erke ayol alohida utirganiga, erkelani stoliga hujaynim javob beradila, uzlari qariydila nima kereyu nima keremas. Uzimniyam uncha qiynamiman, holimga qarab qilaman qiladigan narsamni, uzbekistondaka o'lib tirilib uncha narsa buncha narsa qilish kere degan narsaladan umuman yiroqlashib ketkanmiz :). Kamroq keladigan mehmonlaga alhamdulillah hujaynim doim yordam beradi, birgalashib qilamiz hamma narsani.
Typical English dinnerga hech bormadim lekin 1 yildan beri, infolife etkanlariday, bir ulani manti o'rniga english dinner bilan kutvosammikan endi :P. Opa nima des?

Nilufarxon
11-12-2006, 11:53 PM
Katta rahmat maslahatlaringiz uchun aziz forumdoshlar.

Hammangiznini mehmon kutishlaringiz o'zgacha ekan.

Menimcha ko'pchilikka men o'ylashimcha o'zimizning o'zbekcha mehmon kutishimiz yoqibdi.
Biz ko'p qavatli uyda yashaymiz, shu sababli ham shvedskiy stol qilishga iloj yoq. Negaki xonalarning eni ham bo'yi ham tor. Shvedskiy stol uchun stol atrofida odamlar aylanib yurishi uchun joy bo'lishi kerak ekan. Bizda esa bunga iloj yoq.:rolleyes: :rolleyes:


Shvedskiy stolning yana bir menga yoqmagan tarafi - hamma taomlarni stolga bir vaqtda olib kelingani uchun, birini yeb bo'lguningizga qadar qolgan ovqatlar sovub qoladi. Ayniqsa hozir qish kunlarida. Biz o'zbeklar esa yog'liq ovqatlarni yaxshi ko'rib iste'mol qilamiz.

Lekin o'zbekcha kutishning ham menga yoqmagan tarafi bor. U ham bo'lsa: Mehmon kelguniga qadar stolni to'latib qo'yish.

Menga qolsa mehmon kelgunga qadar stolga faqat ishlatiladigan jihozlarni (masalan tarelka, qoshiq, vilkala va hokazolarni) olib kelib qo'yish kerakda, mehmon kelgach esa tayyorlab qo'ygan nima narsalarimiz bo'lsa issiq-issiq kirititish kerak.

Meni qiziqtirayotgan narsa masalan somsaning o'rniga boshqa narsa ham qo'ysa bo'ladiku? Yo'ki xuddi shunday palovning o'rniga antiqa taom tortsa bo'ladi.

Menga iloji boricha ana shu taomlar retseptini o'zgartirishga yordam bersangizlar. Chunki stolni mehmon kelishidan avval stolni to'latib qo'yish qon-qonimizga singib ketgan mani nazarimda.:lol:

saturn
11-13-2006, 12:10 AM
yana (o'zbekcha) mehmon kutishga oid..

Agar stolga issiq ovqat tortmoqchi bo'lsangiz, ovqat suzmoqchi bo'lgan idishini (kosa, lagan, likopcha and etc) oldin ozgina issiq suv solingan kattaroq idishga solib qo'ying, yoki ustidan qaynoq suv quyib yuboring. Ovqat stolga tortilgunga qadar issiq bo'lib turadi.

Vilka, qoshiq, pichoq, likop kabi qo'shimcha narsalar berilayotganida, ularda suv yuqi bo'lmasin.

yana, stol ustiga baland gullarni bezak sifatida qo'yish kerak emas.

kelinlardaqa qilib choy uzatisni aytmasa ham, o'rgatmasa ham bo'ladi :) ;)

O'zbegimning odatlaridan qo'ymasin! :)

saturn
11-13-2006, 12:17 AM
Meni qiziqtirayotgan narsa masalan somsaning o'rniga boshqa narsa ham qo'ysa bo'ladiku? Yo'ki xuddi shunday palovning o'rniga antiqa taom tortsa bo'ladi.

somsaning o'rniga ba'zan go'shtli belyashi tortsa ham bo'lsa kerak....(ba'zan) .. lekin, baribir ham somsa boshqacha-da... go'shtli, qovoqli, uchburchak, dumaloq, zakaz, qo'shaloq.... i t.d. i t.p.

Palovga keladigan bo'lsak, ba'zan uyda Mohora ni ketidan 2 ta yoki 3 tadan chiroylik Manti (atirgul manti eman, uyg'urcha tugilgan) qilardu... hali hech qaysi mehmon "nega oshni o'rniga manti qildila" demagan. o'rniga, "shu manti qilishni manga ham o'rgatin" deb ketishardi... :)

Prince
11-13-2006, 01:47 AM
Menimcha Mexmon kutishni asosan AYOL kishi BILISHI kerak; Et betga mexmonga yoki boshqa tijorat maslahatlari ishlari bilan mexmonga borib qolganda , ba`zi honadon qizlari , umuman STOL yasatishi MEXMON kutib olishi bilmaydi!!!!!
Bir joyga borganimdan keyin , 20-30 minut otirdik 1 CHOYNE CHOY keldi, CHOYAM SUVDAN FARQI YO QURU CHOY SOLINMAGAN , undan yana 10-20 minutdan keyin Qizi ADASINI yoniga kelib: "PAP VAM KARTOSHKU POJARIT?" (kartoshku MUJU budesh jarit ORGILI , digandim ichimda) disa boladimi....
OTASI UZI TUPPA TUZU ODAM!!!! HIJOLAT BOGANIDAN NIMA DEYISHINI BILMADI , manam sekin Odammi hijolat QIMI DIDIMDE , "Net Spasibo v sledushiy raz , menya uje jdut" deb sekin oyoni bervorgandim!!
P.SS U qiz yo SPONTOM MODNICA edi yoki uzicha OSMON edi , PULIN KOP BOSA , BOYVOCHA BOSEN nma qilasan oliptagarchili qilib? KUHARKA OP QOY UYGA!! BEMALOL YOTUR KEYIN MEXMON KUTISHIYAM USHANGA QOYIB BER!!

Sevinch
11-13-2006, 07:38 AM
O'zbekona yerga tuzalgan dasturhonda qo'lda osh yeyishni sogindim:(



menga qaren ifolifehon, a erga sharta dasturhonni yozvoliib yevomisiz menga uhshab sog'ingan paytlariz.Mazza qilasiz.

Uyga mehmon kelganda odatda uzbekcha dasturhon bezaymiz.Boshqa millat mehmon,dustlarimiz ham uzbekcha milliy ovqatlarimizni yahshi kurishadi shuning uchun uzimizni milliy ovqatlar bilan Passion aytib utgandek mehmon kuzatamiz."Mehmon otang'dan ulug'".
lekin choyni biz ham ohirida quyarkanmiz dessert bilan choy ichgani.

Sevinch
11-13-2006, 07:48 AM
[QUOTE=Nilufarxon;537521]

Meni qiziqtirayotgan narsa masalan somsaning o'rniga boshqa narsa ham qo'ysa bo'ladiku? Yo'ki xuddi shunday palovning o'rniga antiqa taom tortsa bo'ladi. Menga iloji boricha ana shu taomlar retseptini o'zgartirishga yordam bersangizlar.

Albatta Nilufarhon,somsani qilishga vaqtingiz kamroq bulsa uyda kechagi ovqatlardan ortib qolgan farsh bulsa piyoz,ziravor aralashtirib pelmen qovurdoq qilsangiz ham buladi.U ham juda mazzali narsa.

SAMARKANDI!
11-13-2006, 07:55 AM
The best and easiest way, mehmon keganda hamma narsani opchiqib tokip tashash kere oldiga, hohlagalancha yeb, ichib, ishib, uhlab qolsin.

infolife
11-13-2006, 07:56 AM
menga qaren ifolifehon, a erga sharta dasturhonni yozvoliib yevomisiz menga uhshab sog'ingan paytlariz.Mazza qilasiz.

Uyga mehmon kelganda odatda uzbekcha dasturhon bezaymiz.Boshqa millat mehmon,dustlarimiz ham uzbekcha milliy ovqatlarimizni yahshi kurishadi shuning uchun uzimizni milliy ovqatlar bilan Passion aytib utgandek mehmon kuzatamiz."Mehmon otang'dan ulug'".
lekin choyni biz ham ohirida quyarkanmiz dessert bilan choy ichgani.

toriydi uyimiz.living roomda dasturhon sob yerga joy qiladigan joyni ozi yoq edi. yana kochdik, biram kop space endi siz aytganday yerga bemalol dasturhon sob otiradigan boldik.

2-3ta korpacha kotarib mehmonga kelingda, o'zbekcha joy qilib kutvolaman.
menda blanketlar boru orqez botib ketadida:)

menga olivyedan boshqa salatlarni recepti bosa pm qivorselar bolarkan

Iqbol
11-13-2006, 09:49 AM
Uzbekcha mehmon kutishni bitta narsasi yokmidi, uyam busa eguliklarni palapartish ravishda dasturhonga tortilishi. Avvalombor, kupincha mehmonkar ujinga chakiriladi. Shunichun issik ovqat va birinchiyam buishi mumkin. Shunichun birinchi bulib engli yelpi salatlar keltirilsa huddi restoranga uhshab, oshqzonga razminka buladi. :))) ceaser salad ayniksa juda zur ketadi bunaka paytda. Endi salatga keganda biz uzbeklarda problem joq!:D
kegin birinchi, undan kegin main meal tortilsa va ohirida dessertlar tortilsa yahhsi buladi. Shirinlikni vashe boshidan kuyish takiklanishi lozim. :)) Lekin dasturhonda meva-cheva va holodniy zakuska(ichuvchilar uchun) oldindan kuyilib tursayam zarar kimidi.

Ammo mani kupro kiziktirgan narsa, bizda mehmon kutishdan kura mehmonlar uzini qande tutishi kuprok dolzarb muammodir.:lol: Ichvolib hamma narsani agdar tuntar kilish, dasturhon atrofida sigaret chekib utirish, ayollar busayam bakirib suzlashish yo bumasam tez-tez tashkarga chikib kelish va oddiy ovqat eyish sanatini bilmaslik va shunga uhshash narsalarn yahshilash kerak deb uyliman.Lekin bizni Uzbekchlikda Mehmon otangdan ulug degan gap bor. Shuichun hech nima deyolmemiz. Ammo har kim uzi bilishi kerak bugan narsalar deb uyliman.
:)
:rolleyes: :rolleyes: :rolleyes: