Frida
11-14-2006, 06:37 PM
Anor guruhi esingizdami? Shu guruhni uncha ham xush ko'rmasamda guruh ajralib ketganidan keyin biroz vaqt davomida "yakkaxon" bo'lib o'z ijodini davom ettirgan Karen G'ofurjonovning qo'shiqlariga yozilgan she'rlarini juda ham yoqtirar edim. Umuman olganda qo'shiqqa she'r tanlashda ancha injiq san'atkor deb eshitgan edim, balki shuning uchun hamdir uning qo'shiqlari (sanoqli bo'lsada) har xil - "o'ldim qoldim" degan ashulalardan ancha ajralib turar edi. Hozir nimagadir esimga tushib qolib - youtube.com dan qidirsam, mana bu ashulasini topdim. Rostini aytganda shu ijrochi aytgan qo'shiqlarining ichida eng yoqtirgan kompzitsiyamdir. Menimcha, qo'shiqning yaxshi chiqqanida she'rning roli juda ham katta. Shu qo'shiq men universitetda o'qib yurgan vaqtlarimda chiqqan edi. Qo'shiqni eshitishimiz bilan gruppadagi bir necha qizlar Karenga oshiq bo'lib qolganmiz :D. Mana qo'shiqning lirikasi, agar shu she'rni yozgan shoirning ijodiga mansub bo'lgan she'rlaridan bilsangiz, marhamat, mana shu threadda qo'ldisangiz.
Duodir isming, tun kechalar labimda,
Olmos kabi ishqing yonar qalbimda,
Ilinmas uyqu, zor etib zor ko’zimga,
Bu dunyo qorong’u, sensiz o’zimga.
Ne hayot sensiz bun ne hayot.
Benajot dardlarim, benajot.
Men esa qalbim aytolmayman senga,
Sog’inchim orom bermaydi menga.
Hayronu-lolman, ko’zlarim kuylar faqat,
Jonim o’tga solgan tengsiz muhabbat.
Bildim dard kuchin, sensiz jannat ham sahro,
Hayoling bor uchun-yashayman tanho.
Ne hayot sensiz bun ne hayot.
Benajot dardlarim, benajot.
Men esa qalbim aytolmayman senga,
Sog’inchim orom bermaydi menga.
Bu qo'shiqni va O'zbekistonning ajoyib tarixiy yodgorliklaridan mana bu linkga kirib tinglab tomosha qilishingiz mumkin. :D
YouTube - Sensiz ne Hayot
Duodir isming, tun kechalar labimda,
Olmos kabi ishqing yonar qalbimda,
Ilinmas uyqu, zor etib zor ko’zimga,
Bu dunyo qorong’u, sensiz o’zimga.
Ne hayot sensiz bun ne hayot.
Benajot dardlarim, benajot.
Men esa qalbim aytolmayman senga,
Sog’inchim orom bermaydi menga.
Hayronu-lolman, ko’zlarim kuylar faqat,
Jonim o’tga solgan tengsiz muhabbat.
Bildim dard kuchin, sensiz jannat ham sahro,
Hayoling bor uchun-yashayman tanho.
Ne hayot sensiz bun ne hayot.
Benajot dardlarim, benajot.
Men esa qalbim aytolmayman senga,
Sog’inchim orom bermaydi menga.
Bu qo'shiqni va O'zbekistonning ajoyib tarixiy yodgorliklaridan mana bu linkga kirib tinglab tomosha qilishingiz mumkin. :D
YouTube - Sensiz ne Hayot