PDA

View Full Version : Orif TO'XTASH ijodidan ajoyib she'rlar !!!


Asadbek
11-17-2006, 03:51 AM
Orif To'xtash 1976 yil Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug'ilgan.
Hozirda O'zbekiston telekanalida ishlaydi, qator kitoblari chop qilingan.

========================


Ko’zlaringiz...

Qaddi shamshod, qalbi biram shod,
Mulki chiroy ichida bekam.
Mag’rurligim aylagan barbod –
Ko’zlaringiz chiroyli ekan.

Jilolanib bu chilvir sochlar –
Shamolni ham mast qila boshlar,
Undan nari ketolmas qoshlar –
Ko’zlaringiz chiroyli ekan.

Bu qayrilma kipriklar, e voh,
Muhabbatdan boshlaydi segoh,
Boqsang, uzib bo’lmaydi nigoh,
Ko’zlaringiz chiroyli ekan.

Noz bu – ummon, karashma – hadsiz,
Urushganmidik, yarashmayapsiz?!
Ta’riflar ham ortiqcha gap - so’z,
Ko’zlaringiz chiroyli ekan.

Hasadi bor dunyoning Sizda,
Posbon bo’lay men yoningizda,
Va ayniqsa kulganingizda –
Ko’zlaringiz chiroyli ekan.

Kelgan emish uylanar paytim,
Endi siz ham ko’ngilga qayting,
“Menikisiz” desam, Siz ayting:
- So’zlaringiz chiroyli ekan!

9.07.2006

Asadbek
11-17-2006, 03:52 AM
Q I S M A T

Sevgi nima asli, dedilar,
Bu go’zallik fasli, dedilar.
Bir-biriga intiq dillarning
Hech tuganmas vasli dedilar.

Dard dedilar, qarog’lar namli,
Mard dedilar vafo qilganni.
Sevmaganlar sevib qolganni -
Telbami yo mastmi dedilar.

Ko’zlar emas, ko’zda yosh yig’lar,
Sog’inchini etib fosh, yig’lar,
Yulduz terib yurgan oshiqlar,
Osmon shuncha pastmi, dedilar.

Bu dardning bir darmoni - visol,
Bo’lmasin hech armoni - visol.
Sevgi borki, bu olam go’zal,
U go’zallik rasmi, dedilar.

Shukur dedim,
Sevar!
Sevaman!
Bosh egishim kerak nega man.
Mag’rur so’zim tinglagan hamon,
- Yig’isifat sasmi? - dedilar.

…Quloq tutsam kinoyasiga,
Baxtim etmish nihoyasiga.
- O’tmang yorning himoyasiga,
Bu o’zganing xasmi, - dedilar.


Orif To'xtash, 2.04.2006

Asadbek
11-17-2006, 03:53 AM
ROZI BO’L

Jonim, meni alda sevdim, deb alda,
Dunyoga siz uchun keldim, deb alda.
Bir ilinjim qoldi, hech bo’lmaganda –
Ishonib yashayin aldoqlaringga.

Bu yolg’on dunyoning yolg’oni shirin,
Joningni bir malak olg’oni shirin,
Tomchining qo’ynida ummon yashirin,
Dil qonimni tomiz tirnoqlaringga.

Ishq bu iztirobning ko’zidur mahzun,
Oshiqlar ko’ngliga tashiydi afsun,
Titranib toqatlar o’qisin tahsin,
Yo’limni tutashtir qiynoqlaringga.

Kokiling, ko’zlaring, qomating, ilking,
To boshdin oyog’ing bu mening mulkim,
Bilsang, dunyolarni berishim mumkin –
Sening bir jilmayib qo’ymoqlaringga.

Bu dunyo ko’hnadir, bu dunyo keksa,
Dardi quvonch bo’lgay chidasa, cheksa,
Armonim yo’q edi, lablarim tegsa –
Barmoqlarim tekkan barmoqlaringga.

Hozircha bularning barchasi hayol,
Hali javobini topmagan savol.
Bitta o’tinchim bor, kelmasa malol –
Rozi bo’l, tushimga kirmoqlaringga!

31.01.2000


JONIM

Ko’zlarimda ko’zingning,
Aksi bor ekan, jonim.
Bilmam, bizda kimlaning
Qasdi bor ekan, jonim!

O’zingsan tanho sanam,
Ammo qilarkan alam,
Ishq yo’lining ham baland –
Pasti bor ekan, jonim!

Nega ko’zing yoshlandi?
Ko’ngling nedan g’shlandi?
Do’st egnida dushmanning –
Dasti bor ekan, jonim!

Biz oq qorni bilardik,
Gul bahorni bilardik,
Yozdan keyin g’uborlok –
Fasli bor ekan, jonim!

Kuzda qolgan kuzakmiz,
Bir-birovdan uzoqmiz.
Bu hayotning bezaksiz –
Rasmi bor ekan, jonim!

Ko’zlarinda ko’zimning,
Aksi bor ekan, jonim.
... Taqdirimizning abad –
Bahsi bor ekan, jonim!


Orif To'xtash, 15.09.2005

Asadbek
11-17-2006, 03:55 AM
SEVISH KERAK

"...Harom bo’lsin muhabbatsiz o’tgan kunim..."
Muhammad Yusuf


Kunlar o’tar shoshib-shoshib,
Tashvishlari boshdan oshib.
Kech angladim, eh, men noshud –
Sevib yashash kerak ekan!

Hayotiga izlab mazmun,
Muhabbatni topdi Majnun,
Kulfatidan Layli mamnun,
Sevib yashash kerak ekan!

Umrkim – bir martalikdur,
Jon – bu hurkak andalibdur,
Sevmaganlar aldanibdur,
Sevib yashash kerak ekan.

Ishq nima?
Bilganim border,
Bag’rida kulganim border,
Lek hajrdek g’anim bordir,
Sevib yashash kerak ekan.

Sevgisiz, hissiz kunlarim –
Besamar, izsiz kunlarim,
Degayman, esiz kunlarim,
Sevib yashash kerak ekan.

23.06.2006


DILGA YAQIN DAMLAR

Bir zum to’xtamadi,
Gardun aylandi,
Har kunduz aylandi,
Har tun aylandi.
Qo’shilib quvonchim,
Dardim aylandi.
O’tmish pilik bo’lsa,
Fonusda qoldi,
Dilga yaqin damlar
Olisda qoldi.

Bolalik ketdi o’z
Shiddati bilan,
Yoshlikka duch keldim
Muddati bilan.
Sevgini sevdim bor
Sumbati bor.
Oxir sevganim bor –
Xolisda qoldi,
Dilga yaqin damlar
Olisda qoldi.

Bebosh yoshligim ham
Tark etdi – ketdi,
Meni ne bir suvga
G’arq etdi - ketdi.
Ul sanam qalbimni
Qalb etdi – ketdi,
Kunlarim or ila
Nomusda qoldi,
Dilga yaqin damlar
Olisda qoldi.

Bugun bahorlarim
Kuzimga o’xshar,
Anov oshiq yigit
O’zimga o’xshar,
O’qigan she’rlari
So’zimga o’xshar,
Hikmat – yoshlik sari
Borishda qoldi,
Dilga yaqin damlar
Olisda qoldi.


Orif To'xtash

Asadbek
11-17-2006, 03:58 AM
Otamga...

Ota, yuzingizga tushgan ajinning
Har biri mening har sho'xligimmidi?
Hayot o'ksitganda yoki malhamday
Yoningizda bir zum yo'qligimmidi?

Sizdan olisdaman, manzilim yiroq,
Ilm istab yurgan tolibman, ota.
Hatto sochingizning teng yarmi oppoq
Bo'lganin ham sezmay qolibman, ota

Bilaman, qishloqda yumushlar talay,
Boqqa qarash kerak, ro'zq'or ishlari...
Sizga yuklab quydim barini bugun,
Ko'kni ko'zlagancha ko'nglim qushlari.

Yo, hali yoshdirman, balki beuyman,
Bazan xayolimga kelmaydi qishloq.
Ota, siz hozirdan keksayib qo'ymang,
Qarang, do'stlaringiz sizdanda yoshroq...

Ota, bardam bo'ling, suyanganim siz,
Qolgan umrim xato, ayanch bo'lmasa.
Ne uchun dunyoga tuxfa etgansiz,
Erta -indin sizga tayanch bo'lmasam?!.


Orif To'xtash

Shokirbek
11-17-2006, 05:34 AM
Rahmate Asadbek, zo'r yozar ekan,
"Otamga" she'ri ko'p yig'latdi meni..
Yo'li ravon bo'lsin, bosmasin tikan,
Xusbaxt hayot ko'rsin, sog' bo'lsin tani...

Agar siz yigitni yaqin bilsangiz,
Qulog'iga birrov shivirlab qo'ying...:
"Xalq dardin ham kuylab ijod qilsangiz...
Yo'qsa, "haqgo'y shoir" atalmoq qiyin...".

AbdulAziz
11-30-2006, 08:45 PM
SARHISOB

So‘ngimni bilmadim.
Avvalim ayon —
Hanuz yodimdadir bolalik paytim.
Keyin o‘smirlikni kuzatdim shoyon,
Ko‘z ochib yumguncha ulg‘aydim.
Chorak asr yashab qo‘yganim hakdir,
Tayin hech narsaga ulgurmaganim.
Yana nelar va’da qilarkan taqdir?
Vaqtning hisobida har bir qadamim.
Kunlar shiddatidan uchoqlar ortda,
Tong otar, kun botar — yana oy sayri.
Yillar peshonamga qalamin tortar,
O, u bitiklarni o‘qib bo‘lsaydi!
Bir inson umrining mazmuni shulmi:
Tug‘ilmoq, shoshilib yashamoq, keyin...
Qachon erkalaymiz manov ko‘ngilni,
Uning so‘rog‘iga men nima deyin?
Qarang, u ko‘ksimni urgani-urgan,
Nola qilolmasdan tili yo‘q qushim.
Unga uqtirib ham bo‘lmaydi bir gap,
Desam, — fursatim yo‘q, sabr qil, tushun! —
Ammo anglaganday bo‘lar ba’zida,
Hatto hozir mana, shashti susaydi.
E’tibor qilolmam e’tiroziga,
Bilganim — u mendan nedir tusaydi.
... So‘ngimni bilmadim, bugunim bekor,
Besamar kechmoqda har lahza, paytim.
Yozganlarim esa shunchaki oshkor —
Yurak savolidan tug‘ilgan aytim!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=852&Itemid=49)