PDA

View Full Version : Îëòèí Ìåäàëü ¸õóä Ìàòíøóíîñëèê ...


Han
11-18-2006, 04:05 AM
http://www.hurriyat.uz/manaviyat/alisher_navoiyningoltin_medali.mgr

HURRIYAT 08 Noyabr 2006 00:03

http://www.hurriyat.uz//images/navoiy.jpg
ALISHER NAVOIYNING...OLTIN MEDALI

Bunday misollarni, ya’ni jiddiy nuqsonli baytlarni “Xamsa”ning har bir dostonining ilgarigi nashrlaridan o‘nlab emas, yuzlab ko‘rsatishimiz mumkin. Bu holat O‘zbekistonimizda matnshunoslik ahvolining g‘aribligi, matnshunoslik tanqidining yo‘q darajada ozligi bilan izohlanadi. Nuqson bundagina emas, balki olimlarimizning matn tanqidi — sahihlik uchun kurashni ilm baxti deb emas, balki shaxsiy adovat deb tushunishlaridadir. Ko‘pchilik olimlarimizning e’tiqod tushunchalari: “Mumtoz asarlarda minglab xato ketsa... menga nima? Buni aytsam falonchilar ranjiydilar, so‘ng guruhlashib mening ildizimni quritadilar-a. Hay-hay! Yopiqliq qozon yopiqligicha qolaversin!” tarzidadir.
http://www.hurriyat.uz/images/Qo`lyozma-kitoblar.jpg
Jahon ommaviy axborot vositalari dunyo mamlakatlari madaniy hayotiga doir yangiliklarida Moskva shahrida shu yil 10-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “Kitob san’ati” uchinchi xalqaro tanlovi natijalarini keng yoritdilar. O‘zbekiston Respublikasi uchun eng katta yutuq shunda bo‘ldiki, talabchan hakamlar hay’ati G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Boqiy satrlar” turkumida nashr etilgan Hazrat Alisher Navoiy “Xamsa”sining besh kitobiga birinchi o‘rinni berib oltin medalga loyiq topdilar. Muxbirimiz ushbu nashr uchun “Xamsa” dostonlarini arab yozuvidan lotin yozuvida nashrga tayyorlagan matnshunos Vahob Rahmonov bilan shu voqea xususida suhbat qildi ....


davomi linkda, matnshunoslik ham oddiy xobbiga yotmas ekan...

Shokirbek
11-18-2006, 05:08 AM
Juda miriqib o'qib chiqdim maqolani. Darhaqiqat, bu ishning nechog'li mashaqqatli ekanini, o'tkir zakovat, chuqur bilim talab qilishini mumtoz adabiyotni arab harfida o'qib ko'rgan, ba'zi ibora, so'zlarning lafziyu mag'zini chaqolmay burni va peshonasi terlagan odam teranroq anglaydi.

Hozirgi ba'zi noshirlar haqida aytgan mana bu
Chunki chumoliga ozor bermaydigan Alisher Navoiy shunchaki kotiblarga nisbatan shunchalik qattiqqo‘l bo‘lsalar:
G‘alat bitir kotib bobida qalam surmagu
Qorasining g‘alatin yuziga kelturmak
Falon kotib ar xatni mundoq yozar,
Bu mansabdin ani qo‘pormoq kerak.
Yuzin nomasidek qora aylabon,
Qalamdek boshin dag‘i yormoq kerak.
Qoradin qorag‘a beribon uloq,
Qalamravdin ani chiqormoq kerak.
Bir kitobni buzgan kotibga bunchalik jazoni loyiq ko‘rsalar... O‘n, yuz minglab nusxaga asos matn tayyorlovchi — ya’ni tanqidiy matndan asarni nashrga tayyorlovchi olimga nisbatan (agar u minglab xatolarga kitoblarda yo‘l qo‘ysa) qanaqa jazolar ko‘rgan bo‘lur edilar? so'zlari ayni haqiqat bo'libdi..

Muhtaram o'quvchi navoiyshunos olimning ushbu so'zlaridagi
Biroq bir odam — hamisha o‘z yolg‘izligi va ojizligini “Xamsa”day muhtasham qasrday ulug‘ kitob oldida ochiq sezadi. Biroq ishni bo‘yinga olgan olim Haqdan va Hazrat Navoiyning o‘zlaridan imdod tilab ishga kirishadi. "Haqdan va Hazrat Navoiyning o‘zlaridan imdod tilab ishga kirishadi", degan jumlani "Haqdan imdod tilab va Hazrat Navoiyning o‘zlaridan ilhom olib ishga kirishadi" degan ma'noda tushunishlarini istar edim. Zero, Navoiy asarlarini sharhlovchi olim Yaratganga bir ojiz bandani imdodda teng qilmasligi aniq..

Shokirbek
11-27-2006, 08:46 AM
Yuqoridagi maqolaga filologiya fanlari doktori Nusratulla Jumaxo'ja raddiya yozibdi...
Maxsus muharrir (http://www.hurriyat.uz/manaviyat/maxsus_muharrir.mgr) deb nomlapti maqolasini..

Rostini aytsam, bu maqola unchalik yoqmadi, ikki adabiyotshunos olimning bir-birlarini kov-kov qilishlari kishini ranjitdi..

Undan ko'ra, o'sha qilgan xatolarni bir qog'ozga tushirib, yoniga sahihlarini qo'yib, odob bilan topshirilsa yaxshi bo'ladi.
Bunga imkon bo'lmasa, ta'na-malomatlarsiz, oddiy qilib maqola yozilsa qanday yaxshi..

Han
11-28-2006, 06:53 AM
matnshunoslik qadar og'ir va zavqli ishni ko'rmadim haligacha...
bu xoh dunyoviy ilmlarda bo'lsin xohlasa diniy ilmlarda...

mag'zi va xati yechilmaganida kechalarni zindonga aylantiradigan ushbu mashg'uliyat hazzi darcha ochib bitta "mo'ralaganida" insonni shunchalik baxtiyor hiss ettiradi ki ta'rifi mushkil...

ba'zan o'ylab qo'yaman bu til eski bo'lsa ham bizning ona tilimiz va muammo maydonda...

xo'sh bu din mavzusida Qur'on hadisning matn "tilidan" xabarsiz kimsalarning "tarjimalariga" hech qanday rahbarsiz "osilishi"ga jasorat qaydan kelmoqda? o'zi to'qigan narsasiga sahih deyishidagi "irfon"i qaysi hazinadan?
noqis aqliga yoqmagan mo'tabar biron ahborni "uydurma"likda ayblashda qaysi "aqli salim"i suyanchiq bo'layotir deb....

juda mushkil... juda mushkil...

Yoxud Xudo saqlasin Din buloqlari klassik adabiyot tilidek "jimjimador" emasmi? adabiy, badiy, balog'at va yana nomini eshitmagan yuksak adabiy san'atlardan yo'qsinmi?
har duch kelgan kimsaga bevosita foydalana oladigandek odiiy, ko'rksiz, majozsiz qurruq matnlarmi?

xudo saqlasin... yo'l bo'lsin deganda mana shularni nazarda tutib aytaman da nuqul noto'g'ri tushunilaman... nimaymish <san bizni Qur'ondan uzoqlashtirmoqchisan> ....
qaysidir bir kishi atgan ekan:
"Meni faqat sen tushunding. Lekin sen ham noto'g'ri tushunding" :)

PS: Bu mavzuga Hat san'atidan ham go'zal namunalar qo'yilsa yaxshi bo'larkan... menda yo'q afsus. shunchaki o'yimga keldi...

Madalio'g'li
11-28-2006, 09:47 AM
PS: Bu mavzuga Hat san'atidan ham go'zal namunalar qo'yilsa yaxshi bo'larkan... menda yo'q afsus. shunchaki o'yimga keldi...

Hadisi sharif va Navoiy she'ri...

15803

Manba: http://www.artislamic.com/cc-t.html

Eserin İçeriği: Hadis-i Şerif ve Şiir
Manası: "Allah, insanlara acımayana merhamet etmez."
Okunuşu: "Men lâ yerhamunnâse lâ yerhamuhullah."
Hattat: Hamid Aytaç
Hat Yazı Stili: Celi Talik ve Talik
Açıklama: Bu çalışmada İslâm inancının insana verdiği değeri gösteren bir hadis görüyorsunuz. Alt kısımda bu hadis ile ilgili Ali Şir Nevai'ye ait şu dizeleri de Osmanlıca olarak görüyorsunuz: "Tenridin rahm eğer tama' kılsan, Evvel olmak gerek sen ilge rahim, Her kim uluska rahm itmez, Ana rahm eylemez Rahîm ü Kerîm."

Shokirbek
11-28-2006, 02:50 PM
Alohida ochganimiz maqulroq ko'rinib, bu yerga (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=548323#post548323) ba'zi namunalar qo'ydim.