PDA

View Full Version : O'zbek she'riyatida fasllar tarannumi


Shokirbek
11-21-2006, 01:48 AM
Keyingi vaqtlarda (kunlar sovib, qish kelayotganidanmi :) ) ushbu Adabiyot bo'limimiz ham anchagina sovib qoldi.
Buning shu holga tushganiga atab ba'zi fozil do'stlarimiz hazilomuz tanqid tarzida ba'zi she'rlarni ham bitdilar...
Ushbu sovuqlikni o'rtadan ko'tarish niyatdia menga bir fikr keldi.
Ma'lumki, o'zimizning o'zbek shoirlarimiz ichida turli munosabatlar bilan turli fasllar haqida turli she'rlarni bitganlari anchagina topiladi, har holda men shunday deb o'ylayman.
Keling, ushbu thread (varaq deymizmi, sahifami)da shoirlarimiz yozib ketgan fasllar tarannumlaridandan keltiraylik. Oramizdan qalami o'tkir, she'r yozib yurgan do'stlarimiz o'z ijodlaridan ushbu mavzuda yozganlarini qo'ysalar ham bo'ladi.
(rus (yoki boshqa) tilida shu mavzuda yozilgan she'rlarni shu yerga qo'yishni istaysizlarmi?)

O'zim mashhur shoiramiz Zulfiyaning "Bahor keldi seni so'roqlab.." degan she'rini qo'yish bilan boshlab beraman:

BAHOR KELDI SENI SO’ROQLAB

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.

Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak, hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.

Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekildi nari.

Seni izlar ekan, bo’lib shabboda,
Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi.
Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini,
Yashil qirg’oqlarni qidirib chiqdi.

Topmay sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog'laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog'ning toshini.

So’ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga,
Hulkar va Omonning o'pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar yonog’imga
Sekin xabar berdi menga o'zidan.

Lekin yotog'imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo'ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so'ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo'shig'i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya», yakkash so'roqlab
Meni she'rga o'rab suqlanib boqqan?

O'rik gullariga to'nmaydi nega
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho'x na'shidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga.
U ham gaming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Shokirbek
11-21-2006, 02:02 AM
Ôàñëëàð Ýðòàãè

Ê¢ì-ê¢ê Áàҳîð Ñàëòàíàòèãà,
Ҳóæóì қèëäè ¨ç Ëàøêàðëàðè.

Òàáèàòíèíã Òîæ-ó Òàõòèíè,
Қ¢ëãà Îëèá, ¸íàð Ê¢çëè ¨ç,
Ñóðãóí қèëäè Ñîáèқ Ñóëòîííè,
Óçîқ-óçîқ ¢ëêàëàð Ñàðè.

Íå Øîҳëàðäàí қîëãàí Ñàëòàíàò,
Àéòèíã Êèìãà Âàôî қèëèáäè?
Ó÷ Îé ¢òèá, ¨ç Ìóëêèãà ҳàì,
Қàñèðғàëè Êóíëàð Êåëèáäè.

Àâëîäëàðè Ïîäèøîҳ ¢òãàí,
Ñàðèқ Ñî÷ëè, Ñàðèқáàäàí Êóç,
Õàçîí қèëìîқ Á¢ëèá Àìëîêíè,
¨íàðê¢çãà Êåëäè Þçìà-þç.

Қàéñè Áîòèð Áàñ Êåëàð Áóíãà?
Êóç Áàäæàҳë, Øàҳñóâîð Ýäè.
Èêêè ¸íäà Èêêè Ïàҳëàâîí:
Øàìîë ҳàìäà ¨ìғèð Áîð Ýäè.

…Êóç Øîҳ Á¢ëãà÷, Ñàðèқäàí Êèéèì,
Êèéèíòèðèá Þðòíèíã Áîðèãà.
Ìàìëàêàòíè Òîïøèðäè Ìóòëàқ,
¨ìғèð, Øàìîë Èõòè¸ðèãà.

Àëқàñîñ-ó Ìèíàë Ҳàқ Äåðëàð,
Ìàíãó Ýìàñ Êóç ҳóêìè Æóäà.
Қèø Êåëìîқäà қèëè÷èí қàéðàá,
Èçғèðèííèíã Èҳîòàñèäà.

Áàҳîäèð Қèø ÷èқàð-ó Òàõòãà,
Ó÷ Îé ¢òìàé Á¢øàòàð Íî÷îð.
Ãàï Øóíäàêè, Îëèñ Þðòëàðäàí,
Ëàøêàð Òîðòèá Êåëìîқäà Áàҳîð.

Øàìñóääèí Ҳàêèìçîäà.

Shokirbek
11-21-2006, 10:11 PM
O'RIK GULLAGANDA

Derazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi...

Novdalarni bezab g'unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg'ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo'lar takror,
Har bahor ham shunday o'tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli deyman va qilmayman g'ash,
Xayolimni gulga o'rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi, deya so'rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar...

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so'ylar roz,
Men yurganda bog'larga to'lar
Faqat baxtni kuylagan ovoz.

'Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanich ol,
Bunda tole' har narsadan mo'l,
To o'lguncha shu o'lkada qol.

Umrida hech gul ko'rmay, yig'lab
O'tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig'lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...'

Derazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi...

Hamid Olimjon. 1937

Han
11-22-2006, 01:56 AM
maktab adabiyotidan xotirda qolgani:

Har faslning o'z xislati bor
Har faslning o'z fazilati,
Kumush qishdan, zumrad bahordan
Qolishmaydi kuzning ziynati...

Uyg'un (midi?) :)

AFANDI
11-22-2006, 09:30 AM
O'RIK GULLAGANDA

Derazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi...

Novdalarni bezab g'unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg'ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo'lar takror,
Har bahor ham shunday o'tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli deyman va qilmayman g'ash,
Xayolimni gulga o'rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi, deya so'rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar...

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so'ylar roz,
Men yurganda bog'larga to'lar
Faqat baxtni kuylagan ovoz.

'Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanich ol,
Bunda tole' har narsadan mo'l,
To o'lguncha shu o'lkada qol.

Umrida hech gul ko'rmay, yig'lab
O'tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig'lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...'

Derazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi...

Hamid Olimjon. 1937

men bu sherni yodlagan edim maktabda esimda bor
hozir esa nimagadir yig'lagim kelyapti:uups: ,
rahmat sizga

Madalio'g'li
11-22-2006, 11:03 AM
Mana shu ham umrning so'ng fasli :) Oqibat xayr bo'lsin.


RİNDLERİN AKŞAMI

Dönülmez akşamın ufkundayız, vakit çok geç;
Bu son fasıldır ey ömrüm, nasıl geçersen geç.

Cihana bir daha gelmek hayal edilse bile,
Avunmak istemeyiz öyle bir teselliyle.

Geniş kanatları boşlukta simsiyah açılan
Ve arkasından güneş doğmıyan büyük kapıdan

Geçince başlıycak bitmeyen sükunlu gece.
Gruba karşı bu son bahçelerde, keyfince,

Ya şevk içinde harab ol, ya aşk içinde gönül.
Ya lale açmalıdır göğsümüzde yahut gül.

Yahya Kemal BEYATLI

Shawn
11-22-2006, 12:42 PM
H.Olimjonning fasllar to'g'risidagi she'i bo'lsa shuni ham quysangiz, 5-6 sinf adabiyot kitobida bo'lardi adashmasam, ancha uzun she'r edi. Keyin "O'rik gullaganda" ashulasi kimda bo'lsa linkini ham bersangizlar juda yaxshi bo'lardi.

Nargiz
11-22-2006, 02:12 PM
Abdulla Qo'shboq ijodidan. Shoirning ilk kitobi bo'lmish "Oshiq dunyo"dan olindi.

Kuz

Senga yoqmadimi bu ishchan o'lka,
Qayoqqa shoshilding,qayoqqa yetding.
Nedandir umidvor titragan qo'lga
Bir hovuch hazonni to'kdingda ketding.

Aqlsiz qiz kabi yugurding kulib,
Dunyoning neligin bilding-da, ketding.
Kimningdir boshiga shavqatmi qilib
Mezon popuklarin ilding-da, ketding.

Menga ham termulding qizg'onib, cho'chib,
Meni ham kimlarga baravar etding.
Balkim, qaytmaslikka qasamlar ichib,
Ortga qarab qarab, yig'labmi ketding.


31 may

Surating ruhimda uyg'onar yana
Seni eslamoq shart, demak, yashash shart
Meni sevganmiding yona va yona
Hayolchan qizmiding, ey, azizim mart?

Zo'r dard bor- vujudni og'ritib yotgan
Yurakka urilar homush bir shuvir
Bir og'iz so'zimga intiqib o'tgan
Bahtsiz ayolmiding, yig'loqi savr?

Shod edim ruhimni yursang to'ldirib,
Sezardim o'zimni zo'r parvozga shay.
Meni bu dunyoda yolg'iz qoldirib
Ketishga shaylangan yormiding, ey may?


Ta'na

Sindirib osmonning bardoshlarini,
Boshimdan malomat suvlarin to'kding.
Gullarni - muhabbat qardoshlarini
Yergamas,
Mudragan qalbimga ekding.

Yondirib qo'ydingku yonmas ko'zimni,
Avrading va shoir bo'ldirding bahor.
Ming yil yashar edim aldab o'zimni,
Sevdirding - demakkim, o'ldirding, bahor.


Sen hamon qaytmading...

Sen hamon qaytmading,
O'tib ketdi yil,
Umr faqat izga aylanmoqdami?
Armon yog'moqdami bu qish ezg'in, zil,
Yurak mangu muzga aylanmoqdami?

Yolg'onlar aytaman har kun ko'plarga,
Seni qaytar deyman, ketmagan, deyman.
Quyoshim chiqadi, deyman ko'klarga,
Hali bahorlarim o'tmagan deyman.

Hali yozlarim bor deyman, ishonib,
Kimgadir ko'p narsa va'da qilaman.
Kuzdan so'z ochaman ko'zim yoshlanib,
Kutaman, o'zimni ado qilaman.

Shuncha uzoq davom etarmi hech qish.
Zerikdim qorlarning uyulishidan.
Hamon ko'rinmaysan umrimning bo'm- bo'sh
Bekatdayin sovuq muyulishidan.



Bahor qaytgunicha


Mendan so'ramang-ey, darahtdan so'rang,
Oshiqdan - vuhjudi karahtdan so'rang,
Hijrondan - tuganmas ro'yhatdan so'rang,
Bahor qaytgunicha chidab bersam, bas.

Tili burrolarga tilimni bermam,
qo'shiqqa aylangan dilimni berman,
Shamolga sochgayman kulimni bermam,
Bahor qaytgunicha chidab bersam, bas.

Ko'rarman!
Har tog'ning sorlari kelar,
Bu qora qalblarning korlari kelar,
Shunda bahorning ham orlari kelar,
Bahor qaytgunicha chidab bersam, bas.

Yo'q.O'zim bahorni izlasam, ketsam,
Qishlarning qahrida muzlasam, ketsam,
Shunda ham yashashga bardoshim yetsa,
Bahorni topguncha chidab bersam, bas.

Shokirbek
11-22-2006, 08:40 PM
K U Z SHE'RLARI



Måzon kåchdi.
Qanday shoshib kåchdi bu måzon.
Hosil to'la aravasi loylarga botib
Sochi oqardi.

Måzon kåchdi.
Qanday ma'yus kåchdi bu måzon.
Oromni, uyquni unutib qaridi.
Yulduzlarga ulashib bårdi
Daraxt uchlarida qolgan noklarni.

Chinni kosalarga sharobni quyib,
Kåling, måzon bilan xayrlashaylik.

Qishda uni yaqin do'st kabi
Juda ko'p bor eslaymiz hali.

1979


* * *

Tungi bog'lar - sirli, qo'rqinchli,
Xususan kuz, xususan kåch kuz.
Qora tungi bo'lib qo'riqchi
Qotib turar daraxtlar unsiz.

Oyog'ingning ostida nogoh
'Chirs' etaru sinib tushar shox,
Biroq, ulkan qushdåk banagoh
Qalqib kåtar butun ulkan bog'.

Tungi bog'lar qora o'pqonday
Guvlar bo'ron kåzingan chog'lar.
Bog'ni chåtlab o'tadi tunda
Qo'rqa-pisa oydin so'qmoqlar.

1979
Xurshid Davron.

Nargiz
11-28-2006, 03:04 PM
***

Vido onlarining teranligi bor,
Yuragimga qadar botdi tovushim.
Ana, mangulikka jo'nadi bahor,
Xazon barglariga to'lib kavushi.

Kuz yoq. Garchi xazon o'tdi hayolchan,
Mezon dorlarini falakka osib.
Kuz yoq... Bahor bilan vidolashaman
Mavzun xolatini bag'rimga bosib.

O, ketsam bo'lardi shu xazon bilan,
Jonning zalvoridan qarang, aridim.
Qarimoq - qo'rqmaslik bo'lsa o'limdan
Ha, men ham qaridim, men ham qaridim...

Shokirbek
01-26-2007, 04:43 AM
Yana Xurshid Davrondan:

YOZ ERTAGI

Dalalarning qoq o'rtasida
Yeru osmon aro bir ertak -
Yulduzlarning mayin sasidan
Tebranadi oppoq belanchak.

Uxlab qolar horigan ota,
Uxlab qolar terimchi suluv,
Uxlab qolar chorbog' ortida
Ariqchada jildiragan suv.

Faqat qora ko'zlarin ochib,
Hayratlarga to'ldirib quchoq,
Onasiga o'xshatib oyni
Tamshanadi oyday chaqaloq

Va mehrdan iyib ko'ksini
Chaqaloqqa Oy tutar xushhol.
So'ng allalar aytib, o'ksinib,
Belanchakni tebratar shamol.

KUZ ERTAGI

Terimchi qizlar -
shoxlardagi qushlarday yengil,
qomatlari - xayol,
quyosh isi anqir chehralaridan.
Ular -
to'lib ketgan armonlar kabi
egatlarga sochilgan.
Orzulari mezonlar kabi
oppoq-oppoq uchib yurguvchi
oydin shamollarga osilgan.
Huvv... bo'g'ilib sayragan
qushdan ham uzoq,
Qishlog'imning cheksiz dalalarida,
oppoq shiyponlarda ko'ksini titroq,
iliq,moviy shamollar o'pib,
uxlab yotar terimchi qizlar
tushlarini quyoshga ko'mib...

KUZGI GULXANLAR

Ko'z o'ngimda bepoyon bog'lar,
Yaproqlarda tillarang g'ubor.
Yaqinlashib qolgandek tog'lar,
Havo shunday tiniq, beg'ubor.

Shitirlagan tungi yomg'ir ham,
Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dala-yu qir ham,
Bari, menga tanish, qadrdon.

Daraxtlarda lovillar gulxan,
Yuragimda uning tafti bor.
Bog'chalarda xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.

Meni tashlab ketmoqchi do'stni
To'xtatmoqchi bo'lganday,
bu on
Men jimgina qo'lim cho'zaman
Yonayotgan gulxanlar tomon.

* * *

KUZ

Yana tinmay shitirlar yomg'ir,
Yana dilda bir mung titraydi.
Yana qora tortdi dala-qir,
Yana olam birdan kichraydi.

Yurak sharob ichgisi kelar -
Sarmast bo'lib dildagi armon
Quvonch istab uchgisi kelar
Quyoshi yo'q osmonlar tomon...

2003

* * *

jasonnur
01-26-2007, 09:55 AM
Shivirlaydi oyog'imda yashab o'tgan xazonlar,
Ko'zlarimga igna yanglig' sanchilmoqda mezonlar.

Huvillagan qishloq uzra quyuq tuman cho'kmoqda,
Yiroqlarda nay ko'nglini so'nggi bora to'kmoqda.

Dala bo'm-bo'sh, ko'milgandek unga ko'hna savollar,
Faqatgina kezib yurar, izg'zib yurar shamollar.

Faqatgina ko'rinadir kuygan daraxt mung'ayib,
Qayda qoldi mangu bahor, qayga bo'lding sen g'oyib

Rauf Parfi

jasonnur
01-26-2007, 09:59 AM
Termilaman olis ufqqa,
Botgan kundan qolmishdir dog'lar.
Yomg'ir urar qorong'ulikka,
Sovuqqina shovullar bog'lar.

Yana keldim mahzun go'shaga,
Bunda bir nay yotibdi sinib.
Qo'y, sig'inma ortiq o'shanga,
Qo'y, sig'inma unga, sevgilim.

Men hech narsa so'rmasman, dilbar,
O'tmishingdan so'zlama zinhor.
Men ham bir bor sevganman, yetar...
Qarasang-chi, atrofda bahor...


Rauf Parfi

Maftuna
01-26-2007, 06:58 PM
Fasli navbahor o'ldi, ketibon zimistonlar,
Do'stlar g'animatdur, sayr eting gulistonlar.

Subhidam tushib shabnam, bo'ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog'di abri naysonlar.

Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o'zni,
Nargis ochibon ko'zni, intizori yoronlar.

Bir sahar edim uyg'oq: o't tutashdi olamga,
Tog'lar chekibon larza, titradi biyobonlar.

Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarvu gul uza doim tortar ohu afg'onlar.

Bulbul o'qig'och yig'lab subhidam xazon faslin,
G'uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.

Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan,
Kiydi ko'k qilib sunbul zulfini parishonlar.

Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog'imkim,
Ranju g'ussada dono, kechsa shod nodonlar.

(Zokirjon Furqat)

Shokirbek
02-19-2007, 09:30 AM
Bahor kelmish

Tomingizda shivir-shivir, shitir-shitir,
Bu –bahorning qadamlarin tovushidir.
So’ridagi puch yong’oqning po’choqlari
Qay qarg’aning qolib ketgan kovushidir.
Ranglar kirar endi g’amgin o’yingizga,
Tomingizdan bahor kelmish uyingizga.

Yomg’ir yuvgan yulduzlar ham qandoq go’zal,
Yoringizning ko’zlari ham andoq go’zal,
Qadrin biling bu damlarning, qaytib yana
Bundoq fasl topolmaysiz, bundoq go’zal.
Qarang, bahor kelmish oshiq ko’nglingizga,
Gul o’lchaydi qarab qaddu bo’yingizga.

Ey, sen mening shaharlik oq turnaginam,
Yarim kun ham sen yonimda turmading ham.
Qish o’rtasi nogoh bahor keldi desam,
Zulflaringning atri ekan keyin bilsam.
Men jon beray islaringiz, bo’yingizga,
Bahor bilan sening ifor to’yingizga.

Hijronlarga to’liq she’riy daftarimni
Sen, varaqlab, shamol, meni axtardingmi?
Bir boychechak, bir qalamqosh qaldirg’ochga
Almashdim men bor alam, bor dardlarimni.
She’rlarim-ay, armonlarim o’zingizga,
Bahor kelmish bugun ko’cha-kuyingizga.

Qanday o’g’il bo’ldim sizga, qanday jigar,
Mendan avval bahor sizdan olmish xabar.
Maysa bo’lib ko’karib ham, ota, yana
Menga taskin bermoqdasiz bu tong sahar.
Bahor kelmish mangu sukut ko’yingizga,
Har bir maysa o’xshar so’z-u o’yingizga.

Bahor kelmish, qutlug’ bo’lsin hammangizga!
Umr bersin bobongiz ham momongizga.
Bahor axir qancha shodlik, shukronalik
Kelturgusi xolangiz ham ammangizga.
Qancha sevinch gulday qiz-u o’g’lingizga,
Qancha qo’zi olib kelar qo’yingizga.

Ko’klardagi to’lin-to’lin oyday Vatan,
Osmon desam, toshqin-toshqin soyday Vatan.
Vatan desam, ko’z oldimga onam kelgan,
Onam desam, nigohimda paydo Vatan,
Bahor kelmish yana rizq-u ro’zingizga,
Dog’ tushmasin hargiz rang-u ro’yingizga.


Sirojiddin Sayyid. 1999

Nigorabegim
02-25-2007, 10:39 PM
Qish ketgisi kelmayapti shekilli, yana qor yog'ib berdi bugun....
Olcha guli bargiday,
O'ynab-o'ynab yog'ar qor.
Ajab, qorga qarayman,
Ko'nglimda yashnar bahor....
Zulfiya

Mas'ud
02-25-2007, 11:13 PM
Qish ketgisi kelmayapti shekilli, yana qor yog'ib berdi bugun....
Olcha guli bargiday,
O'ynab-o'ynab yog'ar qor.
Ajab, qorga qarayman,
Ko'nglimda yashnar bahor....
Zulfiya

Aha, nimasini aytasiz...Toshkent ko'chalari bugun yana oppoq qor bilan to'la...O'tgan hafta bo'lgan issiq kunlar o'rnini yana qorli kunlar egalladi...Lekin bunaqa toza havoning ham o'zgacha gashti bor...:)

...ßíà қèø…ÿíà қîð…ÿíà èçғèðèí,
Äàðàõòëàð ¢é ñóðãàí ìàþñ êåëèí÷àê.
Қó¸ø ҳàì ýðèíèá ñî÷àäè íóðèí,
⸠¸ðóғëèêíè қàðç áåðãàí ôàëàê.

…Ҳå÷ êèì òóøóíìàéäè қàëáèì òèëèíè,
Áàúçèäà ¢çèì ҳàì қîëàìàí ҳàéðîí.
Қ¢ëäàìàñ áåëãèëàø òàқäèð é¢ëèíè,
Áóãóí ãóëëàá òóðñà, ýðòàãà âàéðîí.

Ê¢íãëèì áóçèëãàí óé, õàðîáà ìèñîë.
Ҳå÷ êèì é¢ëàìàéäè… Ҳóâèëëàá қîëãàí…
Ãîҳè ¢ç-¢çèìãà áåðàìàí ñàâîë:
“Íèìàäèð ҳà¸òèì áó êóéãà ñîëãàí?”

Áèëìàì íèìà èñòàð áó ì¢úæàç þðàê,
Êèìãà ó ñàáðñèç òàëïèíàð òèíìàé.
¨ëғèçëèê õèññèäàí ¸êè áó äàðàê,
Óíóì é¢қ êóíèìäà, íèìà èø қèëìàé.

Áàëêè “ñîғèíèø”, äåá àòàøàð áóíè,
¨ð âàñëè øó êå÷à ҳà¸ëèì îëäè.
Ñîғèíèá, ýíòèêèá êóíèþ òóíè,
Òàíàì ҳàì þðàêêà àéëàíèá қîëäè.

...JaruleUZB...10/12/2006

Nigorabegim
03-06-2007, 03:53 AM
Bahorgi qor
Bodom
gullariga balolar yog'di,
Bolasin
vaboga oldirgan ona.
Kurtaklar
chirqirar, kurtaklar yondi,
Nihollar
kampirga aylandi, ana.

Nahotki,
oppoq qor, qahring qarodir,
Nahotki,
bir shahdga shunchalar qurbon.
Nahotki,
ilinjning ko'ngli yarodir,
Nahotki,
taqdirlar chalkashu uryon.

Bahor
Xo'rsinadi, ko'klam xijolat,
Bir lahza
Hayratim guvohi-chaqin.
Nahotki,
Shunchalar umr omonat,
Nahotki,
bunchalar xiyonat yaqin?!
Farida Afro'z

Frida
03-06-2007, 06:32 AM
O'rik gullaganda she'rini maktabimizda "she'riyat kechasi" uyushtirilganda aytgan edim, shu voqea esimga tushib ketdi. 3 sinf bolalari ichidan ikki uchtasini tanlab, shu she'rlarni yodladtirishgan. Bu kechaga bir shoir ham kelgan, aktiviy zalimiz to'lib ketgan edi. Men va sinfdoshim Zafar degan bola, eng yosh "she'rxon" bo'lib davrada turibmiz. Navoiydan boshlashgan -- katta sinfdagilar, biz esa endi 20 asr she'riyatimiz, bizga vaqt kelguncha shunday hayojonlanganmizki, esimizdan she'r u yoqda tursin, ismimiz ham chiqib ketgan. Men "O'rik gullaganda"ning yarmiga kelib to'xtab qolganman. Zafar esa "O'zbekiston" she'rining "Chappar urib gullagan bog'in, o'par edim Vatan tuprog'in" degan, qolgani esida yo'q, o'sha satrni yana 3 marta qaytarib keyin yig'lab yuborgan. :D Ba'zilar qotib kulishgan, o'qituvchilar, voy bolam uyalmagin, yig'laman deb qolishgan. O'rik gullgandani eshitsam, yoki o'qisam shu voqea esimda tushadi. :D

Nigorabegim
03-09-2007, 12:57 AM
Frida yuqorida yozgan esdaliklaringizni o'qib meni ham maktab davrim esimga tushib ketdi.
Har yili Navro'zi olam arfasida maktabimizda bu bayram nishonlanardi. Maktab sahnasida she'r yodlash topshirig'i menga berildi. 4-sinf... Birinchi marta sahnaga chiqishim.Uyda she'rni yaxshilab yodlaganman. Bu men uchun kattakon imtihon va o'zimga ishonishim uchun bir dars bo'lgan. O'sha she'r hanuz esimdan chiqmaydi:
Salom Navro'z bahorim,
Soylari sho'x oqarim.
Hoy-hoy go'zal jamoling,
Gurkiraydi kamoling.
Sarpo kiydi bog-dalam,
Qirda yoqut piyolam,
Oftob shu'lasi alvon,
Kamalak ko'kda narvon.
Har narsada ming jilo,
Boshlanar ko'klam kino,
Bahor o'zi namoyish,
Olamga ziyo yoyish.
Bu narsani ko'rar ko'z,
Gavhari bo'lsa o'ttiz,
Ta'rifin tizolmaydi,
Rassomdek chizolmaydi.
Qiziqib yozyapman bayt,
Navbahorim o'zing ayt-
Chiroying kunduzdanmi,
Go'zaling yulduzdanmi,
Oftobmi suygan onang,
Oymidir go'zal xolang?!
Bahorjon o'ylagandek,
Oliy ish ko'zlagandek,
- Degandek to'rt faslmiz,
To'rt og'ayni aslmiz.
Olam g'amin o'ylaymiz,
Odam g'amin o'ylaymiz...

Shokirbek
10-16-2007, 12:20 AM
Êóç


Øèâèð-øèâèð ¸ìғèð қóÿäè,
Á¢ғîòëàðäà қàëòèðàð қóøëàð.
Þðàê îғèð ҳèñíè òóÿäè,
Îëèñëàðãà ó÷àäè ҳóøëàð.

Øèâèð-øèâèð ¸ìғèð қóÿäè,
Åð ýçèëàð, þðàê ýçèëàð.
Øèôåðëàðíèíã ýòàêëàðèäà,
Қàòîð-қàòîð òîì÷è òèçèëàð.

Øèôåðëàðíèíã ýòàêëàðèäà,
Òèçèëãàíëàð – ìåíèíã êóíëàðèì.
Òîì÷èëàðäåê áåèç, áåñàìàð,
Óçèëãàíëàð – ìåíèíã êóíëàðèì.

Øèâèð-øèâèð ¸ìғèð қóÿäè.
Þðàê îғèð ҳèñíè òóÿäè.
1987 éèë

Shamsuddin Hakimov.

Mas'ud
10-16-2007, 12:22 AM
Êóç ¢éëàðè

Ìàþñ òåðìóëàìàí; êóçàê øàìîëëàð,
Õàçîíðåçãè áàðãíè àéëàð ÷èðïèðàê.
×àëêàøèá êåòàäè îðçó-õà¸ëëàð,
Âà áèðäàí éèғëàøíè áîøëàéäè ôàëàê.

Îëèñëàá áîðàäè қóøëàð æàðàíãè,
Қàëáèìäåê õèðàäèð îñìîííèíã ðàíãè,
Óìðèìíèíã áîøëàíäè ÿíà áèð òîíãè,
Ñóáҳèäàì íàôàñèí òóéìàéäè þðàê.

Қàéäàäèð ÷àëèíàð “×¢ë Èðîқ” êóéè,
Òåãðàìäà ÷àðõ óðàð êåëàæàê ¢éè,
Áàðãëàð ò¢êèëìîқäà ñàðғàéãàí êóéè,
Äàðäèíè àéòîëìàé æîíè ìèíã ҳàëàê.

Øóäðèíãäàí íàìëàíàð òîìëàðíèíã îñòè,
ßøèëíè ñàðèқëèê óììîíè áîñäè,
Ñèқèëèá êåòèáñàí, ñ¢éëàãèí ðîñòèí,
Қàéëàðäà á¢çëàäèíã, ìàëëàñî÷ ìàëàê?

...Ҳèñëàðèì ҳàçîí-ëà óéғóí: áåìàæîë,
Ñàìî қîâîқ óÿð, қó¸ø ҳàì áåҳîë...
É¢қîëèá áîðìîқäà ê¢êäàãè ҳèëîë,
Ìåҳðãà òàøíàäèð ó ҳàì ìåí êàáè...

Ìàþñ òåðìóëàìàí êóçàê øàìîëãà...


Ìàñúóä

Nigorabegim
11-30-2007, 03:03 AM
Qavs bog’lariga tun tushayotir

Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Yurakni bir sog’inch o’rtadi yomon.
Hech kimga bildirrmay,
uning yoniga
Borgim kelayapti,
Xudojon!

“Tush” deysan,
“Tush” emas,
Tushgin, deyaqol.
Jannat ko’klaridan tushib kelayin.
Umrining har daqiqasiga
Ishqimni, ko’nglimni qo’shib kelayin.

Yoki olib ketay Arshi a’lomga,
Yo qolayin uning qoshida omon.
Qayda qilsang, qilgin,
ne qilsang qilgin,
Meni undan mahrum etma, undan , Xudojon!

Men uning hammadan yashirgan siri,
Jon ichida jonibo’lgim kelyapti.
Lablarining qaynoq haroratidan
O’lgim,
o’lgim,
o’lgim kelyapti!..

Dunyo o’z karvonin tortib ketayotir,
men unin qoshiga yetaman qachon?
Menga farishtalik taxtini emas,
Bir Ayol baxtini bergin, Xudojon!

Bilmaysan,
Men uning qonida oqdim,
Yillarning eng Nurli xayoli bo’lib
Izn ber.
qolayin shu lahza haqqi,
Uning, faqat uning haloli bo’lib.
Dunyoning eng baxtli Ayoli bo’lib!

Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Dilni bir xavotir ezdi ko’p yomon.
Agar u tush bo’lsa
ming yildan beri
Kimga asrayapsan meni, Xudojon!

Kimga asraganding meni, Xudojon!

Zebo Mirzo

Nigorabegim
11-30-2007, 03:06 AM
Turnalar ovozi meni uyg’otdi,
Sarg’aygan bir ilinj o’rtabmi jonni.
Shamol qovurg’asin sindirib qo’ydi
Ustidan qah-qaha urgan xazonni.
Men uzoq uxladim, ko’zimda hamon
Quyoshsiz kechaning g’amgin uyqusi,
Qadim suvoriyday chopar to’rt tomon
Shamol yelkasida hayot qayg’usi…
Uyg’onib, men yo’lga tushaman sokin
Sudralib, sarg’aygan nurlar izidan,
Bemor dilni tashlab ketmoqchi edim,
Ammo o’tolmadim uning yuzidan.
Kuzak ohangiday kuy izlab mendan,
Bemor tomirlarim chertadi xudo.
Sillam qurib borar, tugamaydi yo’l,
Baxt bilan yashashga kechikdimmi yo?
Turnalar ovozi uyg’otdi meni…
Halima Ahmedova

Shoir
06-17-2008, 05:23 AM
BAHOR TILAKLARI

Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan,
Shoirlar bahorni kuylar azaldan?

Oshiqlar zangori kenglikka boqib,
Qo‘shiqlar aytadi bag‘rini yoqib.

Tabarruk chollarning chakkasida gul,
Momolar o‘yida bahordir nuqul.

Bir lahza yasharar qarri qo‘rg‘onlar,
Ajib dilbar bo‘lib qolar insonlar.

Ha, bahor misrasi menda ham talay,
Bu holning boisi bordir harqalay.

Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on,
Bag‘rida hozircha turfa hol pinhon.

Ranglar yashar unda balki pushti, oq,
Ajab, tikoni ham hozircha yumshoq.

Tong chog‘i shabboda ko‘taradi bosh,
Oh, nechog‘ latifu nechog‘lik yovvosh.

Asli qahratonning nabirasi u,
Nash’u namolari hozircha ezgu.

Inson fe’li qiziq, yashagay hurkib,
Shervachchani silab, sherdan-chi, qo‘rqib.

Bahor norasida go‘dakday shirin,
Qo‘ynida ezgulik armon yashirin.

Nashtar bo‘lmasidan g‘unchaning xori
Shirin tuyuladi uning diydori.

Bo‘ronga aylanmay shabboda - go‘dak
Ozurda dillarni yayratar beshak.

Odam bolasiga doim umid yor,
Shul sabab bahorga tilagi bisyor:

Olamga qabohat zahrin sochmasa,
Mas’um yuraklarda yara ochmasa.

Qoplamasa basdur yeru samoni
Mudhish qirg‘inlarning qora to‘zoni.
1983

Abdulla Oripov

Shoir
06-17-2008, 05:23 AM
* * *

Bahor kelayotir,
Toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shahr ichra yotmoqlik malol.

Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor - eng pokiza shabbodadir bu,
Bahor - eng toza bir shamoldir demak.

Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.

Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin...
1987

Abdulla Oripov

Shoir
06-17-2008, 05:25 AM
VAFO QILURMISAN, BAHORIM

Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi,
Boshlardan sinovli ish o‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish o‘tdi,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Lolaning lablari xandadir,
Dog‘i ham tubida - andadir.
Qxshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Intiqmiz do‘st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan - tor bilan,
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
1991

Abdulla Oripov

Shoir
06-17-2008, 05:28 AM
DO’RMONDA KUZ

Bog‘imda mushuklar qoldirgan edim,
Daydib ketibdilar bechoralarim.
Barglarin to‘kmoqda daraxtlar qadim,
U bilan to‘kilar ezgu dardlarim.

Senga salom deyman so‘ng bor, behijon
Endi yerga yotding, soyabonim barg.
Nechun o‘ksik qolding, chinor, jonajon
Bog‘larga nahotki keldi bodi marg.

Arg‘uvon gullardi bu yerda abad,
Bu yerda kuylardi azal bulbullar.
Qushlarim, siz bizni tark etmang minut
Tag‘in ochilingiz bizning ey, gullar.

Sira ko‘z tegmasin qizg‘in ulfatga,
Qishda ham yashnaylik samoviy oydek.
Sizni taklif etar she’riy suhbatga
Mirtemir, Shayxzoda, albatta, Oybek.
1988

Abdulla Oripov