PDA

View Full Version : Turkiston er turkning beshigi...


Han
11-23-2006, 07:43 AM
Туркистон хакида хам бир мумкинчилиги булса айтилип утса нур устига аъло нур. Бу гапимдан Узбекистон шахар ва кишлокларини камситиш улар бундай тасфирлашга арзимайди демокчи емасман албатта. Хуббул Ватан минал Иман. Бирок узимиз тугилип усган Туркистон хакида бошкалар фикрини урганмокдир. Унинг, яъни Туркистоннинг тарихи, халки, урф-одатлари, сабаб ва натижаларини биргаликта маъруза килсак. :?


Turkiston shahri tarixi haqida bu yerda doston qiladigan darjada ma'lumotga ega emasman... bizdan faqat suratlar bilan ikki enlik ta'riflar bo'ladi xolos... :)


marhamat
Turkiston shahrininin iftixori Ho'ja Ahmad Yassaviy kulliyasi...
http://img139.imageshack.us/img139/4651/dscn9865mw1.jpg


davom etadi... borgan ko'rganlar va eshitganlar bilganlarini yozsinlar...

Tabriz_Han
11-23-2006, 07:57 AM
Katta rahmat Han

Cimkent
11-25-2006, 07:38 AM
davomi qachon qo'yiladi?

Madalio'g'li
11-25-2006, 10:53 AM
Qoraxon va Yasaviy menga yoqdi... http://tabisite.com/gallerycis/kazakh/kazakhen.shtml

Han
11-26-2006, 02:16 AM
Turkiston shahar hokimiyati oldidagi Esimxon maydoni...
http://img174.imageshack.us/img174/9721/dscn9821dy3.jpg

Han
11-26-2006, 02:26 AM
Yassaviy maqbarasining haligi Esimxon maydoni tomonidan ko'rinishi...

maqbargacha bo'lgan keng maydonga chim bosilganiga qaramay, shu hech eplasha olmadi da.. qachon qarasang sarg';ayib turadi... ustiga ustak 1-2 yil avvalgi hokim kelishi bilan shahrdagi daraxtlarni yarim belidan butab chiqqani umuman shaharni ham cho'llashtirib yubordi...

aslida mustaqillikdan keyin hokimiyat va mavzoley xodimlari "o'zlariniki"dan chertib chertib tanladigan bo'lgan... bu "bog'bonlik mahorati" ham shundan bo'lsa kerak o'ylayman... umrida ko'kat ekib ko'rmagan odamdan bog'bon chiqarmidi? afsus ki aslida bu ishning unchalik uquvi ham yo'q. ozgina e'tibor va diqqat qilinsa bo'ladigan ish... haq qalay davlat ku...

http://img84.imageshack.us/img84/7784/dscn9823pn3.jpg

kitayoza
11-26-2006, 02:32 AM
Bu bizning ibrohim akahon al Qoqoniy A.Yassaviyning qaysi maqbarasining yonida ziyofat beradi o'zi? Shu taraflarni ham bir su'ratga tushib beringchi.
Bir ko'raylik. rahmat.

Han
11-26-2006, 02:36 AM
Esimxon maydonidan yana bitta ko'rinish... Turkiston-S. Peterburg ermitaji orasida sarson bo'lgan mashhur qirqquloqli qozonning maketi... hovuz o'rtasiga joylashtirilgan kechasi juda go'zal manzara kasb etadi...
originali kulliya ichida kiraverish zalida...

http://img224.imageshack.us/img224/2365/dscn9826cq5.jpg

Han
11-26-2006, 02:39 AM
Bu bizning ibrohim akahon al Qoqoniy A.Yassaviyning qaysi maqbarasining yonida ziyofat beradi o'zi? Shu taraflarni ham bir su'ratga tushib beringchi.
Bir ko'raylik. rahmat.

Yassaviyning yolg'iz bitta maqbarasi bor baldada... chet eldan kelib ziyofat beruvchilar ko'pincha maqbaraga eng yaqin joylashgan to'yxonalardan foydalanishadi. yoxud haligi maydonning to'rida gi ikki qavatli ko'k gumbazli Turkiston mehmonxonasining restoranida ham osh berganlarni eshitganman...

kitayoza
11-26-2006, 02:51 AM
Yassaviyning yolg'iz bitta maqbarasi bor baldada... chet eldan kelib ziyofat beruvchilar ko'pincha maqbaraga eng yaqin joylashgan to'yxonalardan foydalanishadi. yoxud haligi maydonning to'rida gi ikki qavatli ko'k gumbazli Turkiston mehmonxonasining restoranida ham osh berganlarni eshitganman...

Eshonbuva ja retorantlarda tuya so'yib elga osh tortmasa kerag-ov.
Yana Allah ego znaet...

Han
11-26-2006, 02:58 AM
endi Kulliyaga orqa tomonidan birga ravona bo'laylik... yo'lak bo'ylab ketyapmiz... siz ko'rib turgan yarim metrlik devor aslida eski yassi qal'asining tashqi buzilgan devorlari o'rnining yo'qolmasligi uchun qurilgan emish... kichkinaligimda bu joylarda tepliklar va chuqurliklar borligini elas elas eslayman... o'sha past balandliklar shahar xarobalari emish bugun chollarning aytishi bo'yicha...
http://img141.imageshack.us/img141/9550/dscn9825xp2.jpg

yana oqsoqollarning hikoyasiga suyanadigan bo'lsak Chor rus askarlari qal'ani ishg'ol qilishganida shahr hududlarida me'moriysi mana shu maqbaraga uyg'un bo'lgan katta kichik 17 dona masjid, madrasa, honaqoh va saroy bo'lgan emish... eng yirigi Yassaviy kulliyasi bo'lganidan yopirilgan dushman hujumi va to'plaridan faqat mana shu kulliyagina yarim oyoqta qolishga muvaffaq bo'lgan ekan... buning ashyoviy dalili sifatida birinchi rasmda uzoqdan bir qatli bo'lib bir cheti ko'rinib turgan Turkiston tarixiy muzeyi binosida Kulliyaning 1930 va 1960 larda tushirilgan suratlaridan anglamoq mumkin... ko'rib chochib ketasiz mana shu hashamatli binoning tepasidan deyarli 2.5-3 metrigacha yo'q u rasmlarda... hammasi keyin boshqatdan tiklangan...
http://img86.imageshack.us/img86/9062/dscn9819pw1.jpg

Gani
11-26-2006, 05:50 AM
kelganda indamasdan, habarsiz ketaverish bormi?
rahmat, Alloh rozi bo'lsin, bizni esga olibsiz. Tariflarni kengroq - uzunroq qiling mumkinchiligi bo'lsa. sizning ko'zingiz bilanam qarap ko'raylik shaharga. :)

Han
11-28-2006, 07:22 AM
kelganda indamasdan, habarsiz ketaverish bormi?
rahmat, Alloh rozi bo'lsin, bizni esga olibsiz. Tariflarni kengroq - uzunroq qiling mumkinchiligi bo'lsa. sizning ko'zingiz bilanam qarap ko'raylik shaharga. :)

:) uzr..
omin...
ta'riflash uchun bir ma'lumotga ega bo'lish kerakku axir...
hayolimdan o'tgan narsalarni bilmoqchi bo'lsangiz boshqa gap... inshalloh..

boshqa hech kim bormaganmi? ular ham xotirotlarini yozishsin...;)

Huzur
12-06-2006, 01:56 PM
suratlar uchun rahmat , lekin Gani aytganidek ko'proq izohlab yozsangiz yana ham chiroyliroq bo'lardi. yo'limiz tushsa biir ziyorat qilish niyatimiz bor.
aytgancha nimaga "er turkning beshigi"?

Iceman
12-06-2006, 02:56 PM
er mi yoi yermi?
:)
suratlaga lekin umuman gap yoqda!

Han
12-07-2006, 01:09 AM
aytgancha nimaga "er turkning beshigi"?

er mi yo yermi?

:) qozoq jadid shoiri Magjan Jumaboyevning she'ridan iqtibos edi:

Turkiston - ikki dunyo eshigi,
Turkiston - er turkning beshigi...

deb boshlanardi...

Han
12-07-2006, 02:17 AM
maqbaraga yaqinlashyapmiz:

http://img147.imageshack.us/img147/7759/dscn9828cj8.jpg

sharq tomoni
http://img147.imageshack.us/img147/2349/dscn9830zf3.jpg

shimol tomonidan kulliya ichida mozor bo'limi qubbasi:
http://img147.imageshack.us/img147/6674/dscn9832ob0.jpg
http://img141.imageshack.us/img141/434/dscn9836ks4.jpg

g'arb tomonidan bir ko'rinish
http://img247.imageshack.us/img247/7272/dscn9840pi2.jpg

Han
12-07-2006, 02:27 AM
kulliyaning oldidan umumiy ko'rinishi:

http://img169.imageshack.us/img169/7411/dscn9844kv2.jpg

http://img137.imageshack.us/img137/5952/dscn9845fq1.jpg

kulliya oldidagi bitta qubbali alohida bino Mirzo Ulug'bekning qizi Robia Sulton Begim maqbarasidir...

http://img137.imageshack.us/img137/8530/dscn9849md3.jpg

hamma joyda bo'lganidek yangi turmush qurayotgan yoshlarning oila bo'lib ilk qadam tashlab turmush totuvligi tilaydigan maskanlari...

http://img88.imageshack.us/img88/7286/dscn9851xe3.jpg

Han
12-07-2006, 02:38 AM
har ziyoratgohning ayrilmas parchasi - mayda chuyda sovg'a-salom tijorati bilan shug'ullanuvchi rastalardan biri...

http://img92.imageshack.us/img92/2438/dscn9856kn3.jpg

maqbara yaqinida ikki yil avval qurilgan doirasimon "Uch Aris" (ma'nosi nimaligini aniq bilmayman) masjidi ichidan bir ko'rinish

http://img135.imageshack.us/img135/3308/dscn9860kj7.jpg

o'tgan yili borganimda qaysidir bir vaqt namozi uchun shosha pisha kirgandim. yanglishmasam, shom namozi edi. jamoat ham bor ekan. namozdan keyin baland ovozda xor bo'lib allaqaysi kalimalar aytildi. xayron bo''lgandim... keyin bilishimcha "qandaydir kuchlar" bizzot Ahmad Yassaviy hz.lari tomonidan nuqta qo'yilgan tariqatni tiklashmoqchi bo'lib ishsiz bir nechta yigitdan zikr halqasi qurdirilib faoliyatga tushirilibdi...

manbasini eslolmagan bir kitobda Ahmad Yassaviy hazratlari vasiyatlarida shogirdlarining Abdulxoliq G'ijduvoniyga tobe bo'lishlarini buyurganlari yozilgandi... mayli bu mavzuga o'tib ketmasdan avval jilovni tortib nuqta qo'ya turaylik ... nasib bo'lsa, mavridi kelganda yana qaytarmiz...

Han
12-07-2006, 02:51 AM
o'sha masjid oldida ZAGS sayli atalmish zamonaviy bir marosim aktyorlari :)

http://img293.imageshack.us/img293/5396/dscn9862ty0.jpg

Ko'chalardan ko'rinishlar:

http://img165.imageshack.us/img165/2240/dscn9866iv9.jpg

http://img171.imageshack.us/img171/3192/dscn9745nu3.jpg

http://img300.imageshack.us/img300/9940/dscn9746mt1.jpg

http://img296.imageshack.us/img296/5219/dscn9739pw5.jpg

http://img166.imageshack.us/img166/3194/dscn9741ge8.jpg

kelasi postda nasib bo'lsa Temiryo'l vokzali haqida suratlar bo'ladi...;)

Ma'ruf
12-24-2006, 10:56 PM
Suratlar uchun rahmatu...Lekin Rasmlarda butun ko'zi kotta odamlaru...Qazag'lar qani?Yo Turkiston O'zbek shahri diyishkani rostmi?

Madalio'g'li
12-26-2006, 08:34 AM
Suratlar uchun rahmatu...Lekin Rasmlarda butun ko'zi kotta odamlaru...Qazag'lar qani?Yo Turkiston O'zbek shahri diyishkani rostmi?

Turkiston, o'zi Turk shahri-ku :) ... Bitta burji Istambulda bittasi Agrada...

Han
02-04-2007, 05:41 AM
Bugun ertalab uzun muddatdan buyon Turkiston shahr hokimiyatida muhim vazifalar ifo etib kelayotgan Turkistonning eng ardoqli farzandlaridan Erkin Jo'rabekov aka dorul baqoga rixlat qildilar... inna lillahi va inna ilayhi rojiun... :(

Turkiston shahrida Sovyetlarning so'nggi yillarida ham muhim vazifa egallagan marhum shaharda ilk bor erkin holda ibodat qilinishiga, Qur'oni karim darslari uyushtirishga yo'l ochib bergandilar.
Ahmad Yassaviy kulliyasidan Leningrad ermitajiga olib ketilgan ancha tarixiy ekponatlarning bevosita olib kelishda va "Devoni Hikmat" kitobini 200 ming nushada chop etilishida shahar hokimi sifatida bosh qosh bo'lgandilar...

O'zbek Madaniyat markazi ochilishida va o'zbek xalqining nisbatan huquqlarining mudofaasida ulug' xizmatlari bo'lgandi...

olim va madaniyatli kishilar oshig'i bo'lgan marhumga Allohdan rahmat va payg'ambarimizdan shafoat tilagan holda oxiratda o'zlari mehr qo'ygan islom ulug'lari safida joy olishi uchun duochimiz...

sarbador
02-05-2007, 10:57 AM
Han, men yaqinda Qozoqiston va AQSh kinematograflari tarafidan olingan - "Kochevniki" degan kinoni tomosha qilgan edim. Ancha-muncha galivud yulduzlari ham yechilishgan ekan (Mark Dakaskos va hakozo).
Mana shu filmda adashmasam Turkiston shahri haqida ham gap ketadi. Mabodo, siz ham ko`rmadiyiz mi shu filmni?

afsharkizi
02-05-2007, 10:58 AM
cok güzel bir yer...

Han
02-05-2007, 09:39 PM
Han, men yaqinda Qozoqiston va AQSh kinematograflari tarafidan olingan - "Kochevniki" degan kinoni tomosha qilgan edim. Ancha-muncha galivud yulduzlari ham yechilishgan ekan (Mark Dakaskos va hakozo).
Mana shu filmda adashmasam Turkiston shahri haqida ham gap ketadi. Mabodo, siz ham ko`rmadiyiz mi shu filmni?

ko'rdim. filmdagi turkiston haqida gap ketadi.. O'sh davrdagi Abulhayr xonning j'ong'orlarga (mo'gullar) qarshi turkistonni mudofaasi haqida... lekin kino Turkistonda tushirilmagan.

EZOP
02-06-2007, 01:52 AM
tukiston ikki dunyo eshigidir,
turkiston er turklar beshigidir.
Mag'jon Jumaboy .
2006 - yil imtihon ona tilidan test tushuvdi.

Ma'ruf
04-10-2007, 07:27 AM
Turkistonliklarga savol...

U yerdagi O'zbeklarni yashash sharoitlari qanaqa?Til borasida,madaniyat,Din va hokazo.Qazag'lar O'zbeklarga munosabati qalay?

Mani bilishimcha O'zbekchani Turkiston shevasi ham bor to'g'rimi?

AlbanDra
04-12-2007, 04:51 AM
maqbaraga yaqinlashyapmiz:

http://img147.imageshack.us/img147/7759/dscn9828cj8.jpg

sharq tomoni
http://img147.imageshack.us/img147/2349/dscn9830zf3.jpg

shimol tomonidan kulliya ichida mozor bo'limi qubbasi:
http://img147.imageshack.us/img147/6674/dscn9832ob0.jpg
http://img141.imageshack.us/img141/434/dscn9836ks4.jpg

g'arb tomonidan bir ko'rinish
http://img247.imageshack.us/img247/7272/dscn9840pi2.jpgshunday bino qurdirgan Amir Temur bobomizga raxmat.Lekin qozoqni bir kanalida u kishini buzg'unchi bosqinchi deb tasvirlovdi:?

Han
04-18-2007, 10:28 AM
Turkistonliklarga savol...

U yerdagi O'zbeklarni yashash sharoitlari qanaqa?Til borasida,madaniyat,Din va hokazo.Qazag'lar O'zbeklarga munosabati qalay?

Mani bilishimcha O'zbekchani Turkiston shevasi ham bor to'g'rimi?

O'zbeklarning yashash sharoitlari ancha yaxshi... Ya'ni ko'pchilik o'ziga to'q, o'rta miyona hayot kechiradi...
o'zbek maktablari haliyam faoliyatda. dars va darsliklar lekin kirilda... bir paytlar O'zbekiston bilan hamohang edi... KZ ta'lim vazirligi lotin alifbosidagi dars va darsliklarni ta'qiqlagandi. darsliklar chimkentlik maktab muallimlari tomonidan KZ ta'lim satndart va yillik planga qarab yangidan yozilib olma otada chop qilindi. bu bilan o'zbekiston ta'siri doirasidan chiqarildi deyish mumkin...
umumiy qilib aytganda O'zing uchun o'l yetim maqolidagidek o'zbek mavjudiyatini muhofaza qilgisi kelsa unga hech kim xalaqit berayotgani yo'q... Lekin muammo o'zbekning o'zida, 1991 dan keyin baribir bizni o'zbeksan deb chetlashtirishadi degan bahona bilan aksar kishi farzandini yaxshi o'qishlarga bermay yurdi... 1997 lardan boshlan iqtisod o'nglanib, xalqni qorni to'ya boshlagach, haligi o'zbek-qozoq degan gaplar ham kamayganday bo'ldi...
lekin o'qimagan o'zbek endi tayyor kadrsiz qolishining asoratidan mag'lub bo'ldi...
Kz da o'zbek-qozoq deganga o'xshash qavmiyatchilik masalasi faqat Chimkent viloyatida bo'lsa kerak... boshqa viloyatlar nisbatan bu muammolarni oshgan...
Kzning eng qoloq mintaqasi Janubiy Qozog'iston... u ham bir hovuch o'zbekning vatani... turkistonliklar yaxshi kunlardan umidvorligiga ishonaman... lekin menimcha bitta eng yomon tomonimiz - harbir narsada qozoqlarni ayblashga harakat qilishimiz bo'lsa kerak...

Han
03-24-2008, 04:48 AM
mana turkistondan yana bir shingil...

yassaviy (http://www.world-heritage-tour.org/asia/central-asia/kazakhstan/khoja-ahmed-yasawi/northeast/sphere-flash.html)