PDA

View Full Version : Gollandiya elchixonasiga yo'lni ko'rsatinglar ;)


MalikaN
11-24-2006, 03:07 AM
Salomatmisilar do'stlar?! Iltimos Gollandiyaga yo'l olayotgan O'zbek qizga yo'llanmalar yo'llanglar. Inobatga oling: taklifnoma orqali, ilk bor, bir yil muddatga chetga chiqishim. Qolaversa man uchun yuguradigan kishi yo'q, o'zing uchun o'l .... ;( Bilmoqchi bo'lganlarim hujjatlar masalasi (OVIRdan keyingi bosqich), hujjatlarni nomi, Janob Elchiga qanday murojaat qilish.....Xullas barcha ikir-chikirlar. Kerakli toshni og'iri yo'q deganlariday...
Barchaga raxmat. Kunlaring xayrli o'tsin! Ishlarga omad!

Luganos
11-24-2006, 04:18 AM
Bizda Gollandiyani elchihonasiyam bormi :lol:

Pythagor
11-24-2006, 04:47 AM
Fransuzlani elchixonasidan borib suraladi qanaqa muammo bo'lsa, ilgari visaniyam ushattan berishgan Gollandiyaga.

Arhimed
11-24-2006, 10:57 AM
3 oydan ortiqqa bolsa moskvadagi Gollandiya elchihonasidan olasiz vizani.

MalikaN
11-24-2006, 11:03 PM
Bizda Gollandiyani elchihonasiyam bormi :lol:
Voyey, hali elchixonasiyam yo'qmi? Unda Mirzo Ulugbekskiy rayon, ul.Nasirovada joylashgan pochyotniy Konsul nima ish qiladi?

Arhimed
11-24-2006, 11:10 PM
Voyey, hali elchixonasiyam yo'qmi? Unda Mirzo Ulugbekskiy rayon, ul.Nasirovada joylashgan pochyotniy Konsul nima ish qiladi?

Diplomatik va savdo masalarda qatnashadi.........

MalikaN
12-03-2006, 10:24 PM
Salom! Ayrim ma'lumotlarni yig'ib, mana bugun qaytib keldim forumga. Avvalambor menga o'z maslahatlari bilan ozmi-ko'pmi yordam bergan forumchilarga raxmat! Chet elga chiqishni rejalshtirgan yurtdoshlarimiz uchun ayrim foydali ma'lumotlarni yubormoqchiman. Bular o'ta jo'n va oddiy maslahat va yo'llanmalar bo'lsada, ularsiz ishingiz bitmaydi. Qisqasi, "начинаем с нуля"!
Chet elga otlangan o'zbekistonlik sayyohlar uchun ESLATMA
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari konstitusiyaga binoan shaxsiy va ijtimoiy ishlar, sayyohlik, ta'lim olish, ishlash, davolanish, xizmat safarlari yuzasidan hamda doimiy yashash uchun chel ellarga chiqish huquqiga egalar. Fuqarolar chet el safarini rasmiylashtirish uchun tegishli tartibda to'ldirilgan anketa-arizasi hamda pasporti bilan yashash joyi bo'yicha ichki ishlar organiga murojaat qiladilar.
Ichki ishlar organi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining anketa-arizasini 15 kunlik muddat davomida ko'rib chiqadi hamda passportiga ikki yil mobaynida chet elga chiqishga ruxsat beruvchi stiker qo'yib beradi. Ushbu muddat davomida fuqarolar ichki ishlar organiga qo'shimcha ravishda murojaat etmagan holda chet elga chegaralanmagan miqdorda chiqib kelishlari mumkin.
Anketa-arizalar 18 yoshga to'lgan fuqarolar tomonidan topshiriladi. 18 yoshga to'lmagan bolalar uchun esa ularning qonuniy e'tirof etilgan vakillari ariza topshiradilar. Fuqarolar chet davlat vizasini olish uchun ushbu davlatning O'zbekiston Respublikasida akkreditasiya qilingan konsullik vakolatxonasi yoki elchixonasiga murojaat etadi. Agar O'zbekistonda tegishli davlat vakolatxonasi bo'lmasa, uning O'zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlarini ko'rsatish vazifasi yuklatilgan boshqa mamlakatlardagi vakolatxonalariga murojaat etiladi.
Viza olish uchun murojaat etayotganda taklifnoma, ba'zi hollarda tibbiy sug'urta, mamlakatda safar davomida istiqomat qilish va uni tark etish uchun yetarli mablag' borligi xususida guvohnoma, shuningdek boshqa hujjatlarni ko'rsatish talab etiladi.
Viza olish uchun kerakli bo'lgan hujjatlar ro'yxati, safar shartlari va mamlakatda istiqomat qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni tegishli davlat diplomatik va konsullik vakolatxonasidan olish mumkin. Aviakompaniyalar odatda safar qilinayotgan mamlakat vizasi bo'lgan taqdirda chipta sotadilar.
Aeroportda bojxona deklarasiyasi to'ldiriladi. Ushbu hujjat o'z matni jihatidan boshqa mamlakatlarda amalda bo'lgan deklarasiyalardan umuman farq qilmaydi.
Shu bilan birga fuqarolar faqatgina 2000 AQSh dollarini bank ma'lumotnomasisiz olib chiqib ketishga ruxsat etilishini yodda tutmoqlari lozim.
Chipta masalasida esa, sotib olingan chipta (ekonomklass) ichiga bir odamga 25 kg yuk - 5 kg qo'l va 20 kg boshqa yuklar tannarxi kiritilgan. "O'zbekiston Havo Yo'llari" MAK yuk tashish tartib-qoidalari xususida bevosita Toshkent aeroportida joylashgan kompaniya ma'muriyatidan ma'lumot olish mumkin. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari chet mamlakatda bo'lgan paytlarida yuzaga keladigan turli masalalar yuzasidan maslahatlar olish uchun mamlakatimizning mezbon davlatdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat etishlari mumkin.
Aytish joizki, chet elga uzoq muddatli xizmat safari hamda doimiy yashash joyiga kelgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (pasport bilan birga) bir oylik muddat ichida ro'yxatdan o'tish uchun mamlakatimiz elchixonasi yoki Bosh konsulxonasiga murojaat etishlari shart. Ushbu konsullik amaliyoti chet mamlakatlarda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini ko'zlagan holda amalga oshiriladi.
Tibbiy sug'urta
Xizmat safari bilan chet mamlakatlarga otlanayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ko'pchilik xorijiy davlatlar talablariga asosan "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasida tibbiy sug'urtani rasmiylashtirishlari shart (telefonlar: 136-05-33, 199-52-52). Ba'zi hollarda safarga otlanganlar tibbiy ko'rikdan o'tadilar yoki safar rjalashtirilgan mamlakat talablaridan kelib chiqqan holda emlanadilar.
O'zbekiston Respublikasiga qisqa muddatga tashrif buyurishni ixtiyor etgan chet el fuqarolariga qandaydir maxsus tibbiy talablar yo'q.
Ammo O'zbekistonda uch oy muddatdan ortiq davr mobaynida qolish istagi bilan kelayotgan chet el fuqarolari OITSga chalinmaganliklari xususidagi tibbiy sertifikatga ega bo'lishlari darkor. Bundan ko'proq muddatga kelayotgan chet el fuqarolari qabul qilingan profilaktika emlashlarini o'z ichiga olgan tibbiy varaqalariga ega bo'lishlari shart.
O'qib ko'ringlar, ehtimol kimgadir kerak bo'lib qolar.

MalikaN
12-03-2006, 10:36 PM
Keyingi yo'llanma. Faqatgina Gollandiyaga otlangan kishilarga mo'ljallangan. :) Haqiqatda ham so'rab-surishtirdim. Gollandiya elchixonasi bizda yo'q, :(. Gollandiyaga aloqadorlardan quyidagilar bor:
1. Почётный консул Нидерландов, г.Ташкент, Мирзо улугбекский район, ул.Насырова,77.тел:8371-1206141, факс:8371-1206367
2.Timen Antony Kouvenaar (maslahatchi), Yusuf Xos Hojib ko'chasi, 40 uy. tel:1521119(20,21,23). Faks:1206606.
Ehtimol telefon raqamlar o'zgargandir, man shaxsan ikki-uch joydan tekshirib ko'rdim. Aynan mos keldi, yana bilmadim...