PDA

View Full Version : Узбекни Узбек Киладиган Нима?


bOzorgul
11-24-2006, 08:40 AM
Несколько Лет Тому Назад, Шагая По Центральной Многолюдной Улице Одной Из Европейских Столиц, я Случайно Направила Свой Взгляд На Стоящих В Недалеке От Меня Двух Молодых Людей. Ни Своей Одеждой, Ни Поведением Они Ничем Не Отличались От Толпы. Но, У Меня, Почему-то, Моментально Возникла Мысль О Том, что Это Самые Настоящие Узбеки. Я Была Права, Потому что, Подойдя Поближе, я Действительно Услышала Родную Речь. Так я Угадывала Несколько Раз.

Что Же Все-таки Выдает В Нас Узбеков? Узбекни Узбек Киладиган Нима Узи?

WebMonster
11-24-2006, 08:45 AM
Несколько Лет Тому Назад, Шагая По Центральной Многолюдной Улице Одной Из Европейских Стран, я Случайно Направила Свой Взгляд На Стоящих В Недалеке От Меня Двух Молодых Людей. Ни Своей Одеждой, Ни Поведением Они Ничем Не Отличались От Толпы. Но, У Меня, Почему-то, Моментально Возникла Мысль О Том, что Это Самые Настоящие Узбеки. Я Была Права, Потому что, Подойдя Поближе, я Действительно Услышала Родную Речь. Так я Угадывала Несколько Раз.

Что Же Все-таки Выдает В Нас Узбеков? Узбекни Узбек Киладиган Нима Узи?

Glaza! Uveren v etom...

Vector
11-24-2006, 09:19 AM
Man bir hillaga figet qilaman, shunchalik odamgarchiligi yoqligiga usha bir hil ozbeklaga(Ozbekistonliklaga togrirogi)...Airoportta turimiz ortolarim bilan, konechno ozbechada gaplashib, yonimizaga bir bola kevatti Ozbek girt, kiyinishidanam korinib turibti 'ozbek'...bizadan INGLIZCHALAB mayda pul 'change' sorab qosa bormi :shock: :shock: koroche shokman bolla bilan :lol: manam ok dedim berdim, biza oyladik bu ozbemasmikan deb shubha uygondi :?
keyin bilsam ozbekekan, opam bilan keyin samolyota gaplashib ketganekan...
Mana shunaqa bolladan chetlanib yurish kere, ozbekni korsa inglizchalab hariplaga ohshab gaplashadigan, boshqa ogaynilarimdan eshitgan edim korsa bolla inglizchalab gaplashib ketadiganlani, uje ula tipa civilniy bollade, chochlani uzun qib hezalelaga ohshab yuradigan 'derevnya' :twisted:

Asadbek
11-24-2006, 09:51 AM
Несколько Лет Тому Назад, Шагая По Центральной Многолюдной Улице Одной Из Европейских Стран, я Случайно Направила Свой Взгляд На Стоящих В Недалеке От Меня Двух Молодых Людей. Ни Своей Одеждой, Ни Поведением Они Ничем Не Отличались От Толпы. Но, У Меня, Почему-то, Моментально Возникла Мысль О Том, что Это Самые Настоящие Узбеки. Я Была Права, Потому что, Подойдя Поближе, я Действительно Услышала Родную Речь. Так я Угадывала Несколько Раз.

Что Же Все-таки Выдает В Нас Узбеков? Узбекни Узбек Киладиган Нима Узи?
O'zbekni O'zbek qiladigan eng asosiy narsa - O'ZBEK TILI, muhtarama millatdosh!!!


Odamgarchilik degan narsa esa butun Insoniyatga tegishli bo'lgan xislatlardan biri xolos...

Wolfman
11-24-2006, 10:01 AM
man ham doim o'zbeklarni adashmasdan ajrata olaman.

eng asosiysi tashqi ko'rishish - na 100% aziat na 100% yevropoid, qoramtir yo bug'doyrang teri, qora qosh...

kiyinish - ko'pincha o'zbeklarga xos ranglar (oq, qora yoki rang barang bo'lmagan kiyimlar),

qizlarimizni esa ko'pchiligi didsiz make-up idan (sorry!) bilaman (ko'p upa, qalin, qip-qizil bo'yalgan lablar...), sirg'a, tilla taqinchoqlar...

o'zini tutishidan. uyoq-buyoqqa qarayverishadi, mayda narsalarga ham e'tibor berishadi.

o'rislarni ham yaxshi ajrataman. man bir kuni bir qiz chet tilida aksentsiz murojaat qildi, keyin man unga javoban: "rus tilida gapiraver" desam, "o'risligimni qayerdan bilasiz?" dedi.

man aytdimki:
"faqat o'rislar qishda ham ko'p mini yupka kiyishadi, bir stakan atir sepib, basharasini tanib bo'lmaydigan darajada allambalolar bilan chaplab tashlashadi". :lol:

Wolf

kitayoza
11-24-2006, 10:08 AM
Man bir hillaga figet qilaman, shunchalik odamgarchiligi yoqligiga usha bir hil ozbeklaga(Ozbekistonliklaga togrirogi)...Airoportta turimiz ortolarim bilan, konechno ozbechada gaplashib, yonimizaga bir bola kevatti Ozbek girt, kiyinishidanam korinib turibti 'ozbek'...bizadan INGLIZCHALAB mayda pul 'change' sorab qosa bormi :shock: :shock: koroche shokman bolla bilan :lol: manam ok dedim berdim, biza oyladik bu ozbemasmikan deb shubha uygondi :?
keyin bilsam ozbekekan, opam bilan keyin samolyota gaplashib ketganekan...
Mana shunaqa bolladan chetlanib yurish kere, ozbekni korsa inglizchalab hariplaga ohshab gaplashadigan, boshqa ogaynilarimdan eshitgan edim korsa bolla inglizchalab gaplashib ketadiganlani, uje ula tipa civilniy bollade, chochlani uzun qib hezalelaga ohshab yuradigan 'derevnya' :twisted:
biz ozbeklarda huddi hayvonot olimdagi "instingt" bor. Bir birimizni ajrata oladigan hususoyat bor.
menda yana shunday holat borki, namozhon bilan benamozni 100% dan 90% ga adashtirmayman.
Ba'zi ba'zida yuzida nuri yoq muslimlar duch kelib qolmasa, a tak adashmayman.
Sizlarchi???;)

bOzorgul
11-24-2006, 10:14 AM
O'zbekni O'zbek qiladigan eng asosiy narsa - O'ZBEK TILI, muhtarama millatdosh!!!


Odamgarchilik degan narsa esa butun Insoniyatga tegishli bo'lgan xislatlardan biri xolos...

Okaginam, uzr agar rus tilida yozganim sizga qaysi bir yoni bilan tegib ketgan bo'lsa. O'zbeklar faqat O'ZBEK tilida yozsin degan reglamentni ko'rmay qopman :rolleyes:

Shokirbek
11-24-2006, 10:22 AM
O'zbekni o'zbek qiladigan narsa albatta tili bilan birga o'zbek bilan uyg'unlashib ketgan uning haqiqiy musulmoncha odobidir, o'sha odobining natijasi o'laroq tiliga juda e'tibor bergan bo'ladi. Umuman, tilga e'tibor bilan yuksak o'zbek (musulmon) axloqlari hamohangdek tuyuladi menga..

P.S.

menda yana shunday holat borki, namozhon bilan benamozni 100% dan 90% ga adashtirmayman.
Ba'zi ba'zida yuzida nuri yoq muslimlar duch kelib qolmasa, a tak adashmayman.
Sizlarchi???;)

Rasmizni forum Gallerysiga bir qo'ying, bunday noyob xislat egasini bir ko'raylik.. :)

lobar
11-24-2006, 10:40 AM
man ham doim o'zbeklarni adashmasdan ajrata olaman.

eng asosiysi tashqi ko'rishish - na 100% aziat na 100% yevropoid, qoramtir yo bug'doyrang teri, qora qosh...

Wolf
anaqaaa, biza mongoloid turiga kiramiz shekilli .....

chet ellikla esa o'zbeklani mexican dib o'ylashadi odatda.

saturn
11-24-2006, 10:43 AM
uxti.. ..manda ham bo'lgan shunga o'xshash voqea.. yaqinda..

xullas, quyosh vazifasini bajarib, o'z o'rnini oyga bo'shatgan vaqtda, mani magazinga borgim keldi (to'g'rirog'i - muz qaymoq egani..). Ko'chada ancha qorong'u tushgan (soat kechki 9 lar atrofida).
Ko'cha keng, o'zim bilan o'zim ovora, xoz muzqaymoq eyishdan mast bo'lib ketvomman..
uzoqdan kimdur kevotti.. kursdoshimga o'xshatdim. Bunaqa paytda tabiiy xol - labaratoriyaga kevotgan bo'sala kere. Salom berishni mo'ljallab, va shu orada qanaqa muz qaymoq olishimni muljallab kevomman.. Ko'chada boshqa hech kim yo'q - bunaqa payt hamma uyda bo'ladi-da.
kursdoshim yaqinlashib qoldila.. 5 metrcha masofa qolganda man -
"Assalom alaykum" dedim.
va shu zahotiyoq xayron bo'lib qoldim. Man o'ylagan odam emas ekan!
Xijolat....
Aniq koreys! Uje kallamda qanaqa qilib bu odamga xozirgina aygan gapim salom ekanligini tushuntirish haqidagi fikr aylana boshladi.
Agar qarshimda turgan inson "Wo Alaykum Assalom" demaganlarida, "I'm sorry" deb endi og'iz jjuftlamoqchi edim....
Lekin, aynan mana shu jumla mani battar ajablantirdi... "Kim bo'ldi bu inson? nahotki o'zbek? Nahotki mani tushungan bo'lsa?"

he-he.... qoil. nimadirdi - intuisiya baribir ham bor ekan... bo'lmasa hali biron marta ham bunaqa holatga tushmagan edim.

p.s. u inson bilan 'net orqali tanish ekanmiza, mani darrov tanisala-ya "ha, saturn, yaxshimisiz" deb... :)
ana kere bo'sa...
p.p.s. usha kuni muzqaymoq juda ko'p edim (qanchaligini yozishga uyalaman..... :lool: )

Vector
11-24-2006, 10:45 AM
man ham doim o'zbeklarni adashmasdan ajrata olaman.

qizlarimizni esa ko'pchiligi didsiz make-up idan (sorry!) bilaman (ko'p upa, qalin, qip-qizil bo'yalgan lablar...), sirg'a, tilla taqinchoqlar...

o'zini tutishidan. uyoq-buyoqqa qarayverishadi, mayda narsalarga ham e'tibor berishadi.

o'rislarni ham yaxshi ajrataman. man bir kuni bir qiz chet tilida aksentsiz murojaat qildi, keyin man unga javoban: "rus tilida gapiraver" desam, "o'risligimni qayerdan bilasiz?" dedi.

man aytdimki:
"faqat o'rislar qishda ham ko'p mini yupka kiyishadi, bir stakan atir sepib, basharasini tanib bo'lmaydigan darajada allambalolar bilan chaplab tashlashadi". :lol:

Wolf

:lol: :lol: haqqattan...lekin tan berish kere bizani qizla stilniy kiyinib qoyishadi.

Shokirbek
11-24-2006, 10:57 AM
Menda ham bo'lgan bir voqea.

Hajning oxirgi kuni Jamarotga tosh otgali borib, ibodatni bajargandan keyin endi tiqilinchdan chiqib ketmoqchi (hajdagi tumonat odamni tasavvur qiling) bo'lib turuvdim, bir yigit kelib inglizchalab: mobilizdan birovga telefon qilib olsam bo'ladimi? deb so'radi, inglizchani juda yaxshi gapirar ekan (keyin bilsam Amerikada yashar ekan u yigit), u menga nomerni aytib turdi, men terdim, bir mahal qarasam, telefonda qasirlatib :) o'zbekcha gapiryapti, keyin tanishib oldik..
(Lekin ko'rinishini o'zbekka o'xshatmagan edim)..



p.p.s. usha kuni muzqaymoq juda ko'p edim (qanchaligini yozishga uyalaman..... :lool: )

Ichingiz lovillab ketgan bo'lsa kerak, muzqaymoqti rosa yediratta odamdi ichi qizib ketsa..

Arhimed
11-24-2006, 11:01 AM
Man bir sapar Pekinda bozorda bir uzbek yigiti oyisi bilan yuragnida uzqodan tanidim. Yonimdagilar ham ana u lar uzbek bosa kerak a dedi. Bomasa yonimdagi sheriklar uzbek kimligi bilan bor yog'i 1 oy oldin tanishgan edi......

Wolfman
11-24-2006, 11:07 AM
hamma o'zbeklar mongoloid emas, tojik-fors yoki o'rislar (yevropoid irqi)ning asoratlari ustun bo'lganlari ham bor. ishonmasangiz galleryga kiring :D



Wolf


anaqaaa, biza mongoloid turiga kiramiz shekilli .....

chet ellikla esa o'zbeklani mexican dib o'ylashadi odatda.

Frida
11-24-2006, 11:26 AM
To'g'ri, yuqorida aytilgan gaplarga qo'shilaman. O'zbekni O'zbek qiladigan bu uning ona-tilisidir.

Off: O'zbek qizlarni rosa gapiribsizlarku? :) hammasi ham unday emas. to'g'ri uchrab turadi, "devushka" bo'lib kiyinadiganlari. O'zbek yigitlarini tanish ham qiyin emas, masalan qora shim, oq ko'ylakdan ;). Yoki masalan kampusga endi kelgan o'zbek yigitlar yoki umuman markaziy osiyoliklarni poyabzalidan bilib olish umuman qiyin emas. yozning jazirama issig'ida, hamma o'lib qolay deb yurgan vaqtda ham qora "dressy" tufli kiyvolishadi jinsi shim bilan. ;) xafa bo'lgan o'ris, lekin.

Fifi
11-24-2006, 11:27 AM
[QUOTE=Wolfman;545156]man ham doim o'zbeklarni adashmasdan ajrata olaman.

eng asosiysi tashqi ko'rishish - na 100% aziat na 100% yevropoid, qoramtir yo bug'doyrang teri, qora qosh...




Wolfman aka,

O'zbeklarni oppog'i yo'qmi?! :-)

Fifi
11-24-2006, 11:29 AM
Bundan bir necha yil oldin, bekatda turgan o'zbekka borib, qachon O'zbekistondan keldingiz?,-deb so'rasam. Ko'zlari katta-katta bo'lib: "Qaerdan bilasiz o'zbekligimni ?"-deydi. :-) Xuddi bir tanish qiyinday. :-)

erkak#1
11-24-2006, 11:37 AM
O'zbeklani xarakteri boshqacha... o'zidan tarqatadigan energiyasi boshqacha...

Bir paytlar rahmatlik buvim aytib bergandilar, II-jahon urushidayam o'zbeklarni otryadini urushga yuborishsa, otmaylar uyoqda o'zimiznikilar deb baqirishgan ekan... ma'lum bo'lishicha, nemislarda Turkiston armiyasi bo'lgan ekan...

bOzorgul
11-24-2006, 11:47 AM
Chet ellarda anchadan beri yashab, yurish-turishi va kiyinishi o'sha tarafdagilarga tortib ketgan hamyurtlarimiz talaygina. O'zbekcha gapirmasayam, bir qarashdanoq o'zbek/o'zbekistonlik ekanligini istarasidan, ko'z-qarashidan bilib olsa bo'ladi.

Wolfman
11-24-2006, 11:49 AM
albatta oppog'i bor lekin. lekin "oppoq" bilan "oppoq"ni farqi bor. bizlarni oqlar skandinaviyaning yo xitoyni "oq"larida ancha farq qiladi, ijobiy ma'noda albatta.



Wolf





Wolfman aka,

O'zbeklarni oppog'i yo'qmi?! :-)

Fifi
11-24-2006, 11:56 AM
albatta oppog'i bor lekin. lekin "oppoq" bilan "oppoq"ni farqi bor. bizlarni oqlar skandinaviyaning yo xitoyni "oq"larida ancha farq qiladi, ijobiy ma'noda albatta.



Wolf

"Bizlarda oppog'i bormi?"- deb so'radim, farqini so'raganim yo'q, Wolfman. :-)

Xuddi bir skandinaviyani odamlarini ichida yurganday gapirasiz, tavba. :-)

Arhimed
11-24-2006, 12:43 PM
[QUOTE=Wolfman;545156]man ham doim o'zbeklarni adashmasdan ajrata olaman.

eng asosiysi tashqi ko'rishish - na 100% aziat na 100% yevropoid, qoramtir yo bug'doyrang teri, qora qosh...




Wolfman aka,

O'zbeklarni oppog'i yo'qmi?! :-)


Menimcha kopchilik latinoslarga ham ohshab ketadi, ammo biznikilarni baribir nimasidir ajralib turadi.....

Frida
11-24-2006, 08:13 PM
voy-vo, rosa rasistcha bo'lib ketibdiyu bu thread :D. Biz unaqamiz biz bunaqamiz, hammadan zo'rmiza!!! rangizmiz ham oppoqina :D.

Menimcha, hech kimdan hech qayerimiz ko'p emas. Birgina farqimiz bu tilimiz, ba'zi tilshunoslarning fikricha, til insonning dunyoqarashini belgilab beruchi narsadir. masalan, eskimo tilida "qor" so'zini bildiruvchi 10 dan ko'p so'z ishlatiladi. O'zbek tilida esa balki, "odob" degan yoki boshqa bir madaniyatimizga to'g'ri kelgan so'zlar bordirki, ular bizning kundalik hayotimizni va dunyoqarashimizni belgilab beradi. Menimcha, tilimiz a madaniyatimiz uyg'unligi-boshqa millatlardan bizni ajratib turadi. Qolgan narsalar esa bu umuminsoniy sifatlar bo'lsa kerak.

SAMARKANDI!
11-24-2006, 09:27 PM
Man uzbekman qoravoyman, qaoravoylar mamlakatidanman, qoravoylar bilan oyneman, qoravoylar yahshi qoganlar yomon:) this makes uzbeks uzbek:lol:

i think nations should get rid of their names and should be called simply muslims (muslim nations)

zanjir
11-24-2006, 09:57 PM
To'g'ri, yuqorida aytilgan gaplarga qo'shilaman. O'zbekni O'zbek qiladigan bu uning ona-tilisidir.

Off: O'zbek qizlarni rosa gapiribsizlarku? :) hammasi ham unday emas. to'g'ri uchrab turadi, "devushka" bo'lib kiyinadiganlari. O'zbek yigitlarini tanish ham qiyin emas, masalan qora shim, oq ko'ylakdan ;). Yoki masalan kampusga endi kelgan o'zbek yigitlar yoki umuman markaziy osiyoliklarni poyabzalidan bilib olish umuman qiyin emas. yozning jazirama issig'ida, hamma o'lib qolay deb yurgan vaqtda ham qora "dressy" tufli kiyvolishadi jinsi shim bilan. ;) xafa bo'lgan o'ris, lekin.

manimcha dressy kiyimni kiya oladiganlar kam US da.
masalan Manhattenda yursez huddi bolla bizadaka kiyinishadi, moda yoki stil NY da lekin boshqa US shaharlarida tushinishmidi stilni. manga ishshanaverin.
bazi club larga stilniy kiyinmasez(dressy tufli) kirgizishmidi masalan SF da.
ON: ozbekni ozbek qiladigan narsa yana bitta narsa bu uyalmasdan tortinmasdan qayerda bolishidan qatiy nazar: 'assalomu aleykuuuum!"deya olishidir.

Han
11-24-2006, 11:40 PM
chet elda nafaqat o'zbekistonliklar umuman SNG ayniqsa O'rta Osiyoliklarni ko'p xollarda shaharda sport kiyimi va oyoqdagi slansisidan ajratish mumkin...

Wolfman
11-25-2006, 03:03 AM
chet ellik qizlar ayniqsa o'zbek yigitlarini juda zo'r deyishadi. jo'da ko'p marotaba buni guvohi bo'lganman. :D




Wolf


voy-vo, rosa rasistcha bo'lib ketibdiyu bu thread :D. Biz unaqamiz biz bunaqamiz, hammadan zo'rmiza!!! rangizmiz ham oppoqina :D.

Wolfman
11-25-2006, 04:47 AM
bitta mani o'zimnikimas bu xulosa. ko'chalarda o'zbek bollar bilan yursak ham bizlarga ijobiy ma'noda boshqacha ko'z bilar qarashadi. istarasi issiqligi, xushchaqchaqligi, qoshi ko'zi qora, terisi tiniq, kelishganligi ularni o'ziga tortsa kerak.

baribiz o'zbeklar boshqacha-da. lekin bu millatchilik qilishga bahona bo'lmasligi kerak. biz musulmon o'zbek sifatida o'zimizni ijobiy ma'noda ko'rsatishimiz kerak.



Wolf

Bitta o'zingizdan hulosa chiqarmangde. Masalan menga qarab, "hmmm bu ham o'zbekmi" deb qolishadi.:rolleyes:

Godunov
11-25-2006, 02:25 PM
Bir muncha muddat oldin tramvay kutib tursam bitta bola eskirib ketgan o'zbek do'ppisini kiyib kelayotgan ekan. Men unga borib o'zbekchalab gapirib yotibman, u esa o'zbek tilini bilmayman, men belorusman deydi :D

Darrov do'ppini qayerdan olganini so'radim, aytishicha ancha ilgari bitta o'zbek bola bilan ishlashgan ekan, unga shu do'ppi yoqib qolibdi, keyin haligi o'zbek do'ppisini bunga sotib ketibdi :D

Madalio'g'li
11-25-2006, 02:55 PM
Ha,
O'zbek menimcha "hurmat"i bilan o'zi bek, "bekzoda" bo'lishincha O'zbek...

Va ming afsuski dengiz ko'rmagan hamma Turklarday "Homid"chilik qila oladi. Bitta dengiz top va sur otini dengizga O'zbek...

Pilsner
11-25-2006, 08:49 PM
Ozbekning APPIRISTLIGI va shu bilan millatimdan fahrlanaman ozbek daje yevreyni ham aldaydi:-))

Gambrinus
11-25-2006, 09:01 PM
Mani fikrimcha bu urf- odatlari, yurish-turishi va harakteri

Gambrinus
11-25-2006, 09:38 PM
nu bu mavzuga kelgan fikrlarni oqib chiqdim togri hammani ozini fikri bor lekin ozbekcha gapirmagani yoki boshqacha kiyingani uchun u shahsni ozbekmas deb bolmaydi u shahsni ham huddi sizga ohshagan ozini estetikasiga ega shunga qarab ish tutadi man yuqorida yozilgan vector fikrini oqidim hafa bolmangu vector siz ozingiz bilmagan holda shu misol qilib otgan bolangizni ozingizga ohshashni aytib qoydingiz u sizdan englizcha soradi dedingiz shundaymi bu forum ozbeklarniki shuning uchun ruscha yoki boshqa tillarni aralashtirmasa ham bolardi hamma bu erdagilar ozbekchani yahshi tushunadi qaysi sozlarim ekan deb oylayabsizmi " figet, konechno , karochi shokman, harip degan sozlaringizni nazarda tutayabman vector manda sizga bitta savol bor harip deganda nimani tushunasiz umuman bu sozlarnini manosini bilasizmi ozi ? nu mani gaplarimdan hafa bolmang chetdan turib birovni ayblash oson narsa bizada eshitgan bolsangiz bitta maql bor oldin ozinga boq keyin nogora qoq deyishadi bu maqolni ozingiz ham bilsangiz kerak faqat unga amal qilish kerak holos

VatanparvaR
11-25-2006, 10:22 PM
o'zbekni o'zbekligini ko'rsatadigan narsa, o'zi kulsa ham yig'lab turadigan ko'zi, so'lg'in nigohlari bo'lsa kerak...

Eva
11-25-2006, 11:37 PM
Yuzidagi adashtirib bo'lmas ifodasi!!!

Godunov
11-26-2006, 01:04 AM
Pilsner, Gambrinus, pivoni hammasi shu yerdayu a, menga ham bitta nom topinglar :D

On: O'zbeklarda hali tuzukroq g'oya shakllangani yo'q menimcha. Biz umuminsoniy normalardan tashqari o'z millatimizni ulug'laydigan, boshqa millatlardan ajratib turadigan go'yani o'zimizda va yoshlarimizda shakllantirishimiz kerak. Oddiygina misol sifatida aytish mumkin: O'zbekistonni o'zida hali o'zbek tiliga hurmat yetarli darajada emas!!!

Godunov
11-26-2006, 01:16 AM
Uzbeklik intuiciyasi bilan emas, balki zohiriy ko'rinishga qarab hulosa qilishlik mana shunday hulosalarga olib boradi. Do'ppisining eskirganligiga diqqat qilibsizu, ammo kishining rang ro'yiga diqqat qilmabsiz. Sizga habash ham do'ppi kiysa, "ibi bu o'zimizning uzbekku" deb hulasa chiqaraverasiz. Birodar boshqa jihatlariga ham qarangde sal pal...:D

Habashni ajratolmay qolsam sizni chaqiraman :lool:

O'zbekistonda adashmasam 120 xildan ortiq millat va 25 millionga yaqin xalq yashaydi, shulardan hech bo'lmaganda taxminan 90% o'zbek tilini tushunadi, gapiradi(shunday bo'lishi kerak!) ha nima qilibdi hech bo'lmasa bittasi belorusga o'xshasa:D
Birodar botiniy, zohiriy deyvermasdan fikrlang, boshqa jihatlariga ham qarangde sal pal...:D

Shokirbek
11-26-2006, 04:04 AM
Qani uzbeklarni bir qarashdan biladigan bilag'onlar diqqatiga!!!
Nozchik ning galeriyaga qo'ygan fotodan foydalanamiz. Qani kim topadi? Avtor keyin aniq javobiga qarab kto na samom dele kto ligini bilib olamiz. I tak boshaldik:

http://forum.arbuz.com/gallery/data/500/medium/Image015.jpg

Bu fotoda nechta uzbek bor?;)

(faqat javobni ko'rib olib post qilish yaramaydi.)

O'zlariga ham bitta savol. Yuqorida kishining aftiga qarab namozxon namozxonmasligini bilaman devdiz. Shularning ichida nechtasi namozxon?

Han
11-26-2006, 04:33 AM
bu yerda bitta o'zbek borga o'xshaydi, o'tirgani...
umuman olganda o'rtadagi ikkita jaa qoramtir qizdan tashqari hammasiga o'xshaydigan o'zbek bor hayotda... qorachadan kelgan o'zbeklar ham anu yuqorida o'ngdan ikkinchi hind qizi tipida bo'lishadi... :)

Gani
11-26-2006, 05:58 AM
nimasi bilanmi?

-qisiq ko'zi, yoshlarda kiyimi yangi va modniy bo'sa shunga diqqat qaratmoqchi bo'lishi , o'rta yoshlarda musulmonga yarashadigan kiyimi kiyishi, qo'lida AYGEN degan xaltasi bilan bilib olishga bo'sa kerak. :)

Pilsner
11-26-2006, 06:52 AM
Hmmm.
Hali evreyni ko'ramabsizde. Yo ko'rgan bo'lsangiz aldangangizni ham sezmay qolibsiz.:lol:
Mana buni san'at desa bo'ladi. Biz uzbeklarniki hammasi na leco. Aldaydigan bo'lsa ham bildirib qoyaveradi. Chunki nesvoystvenno de bizga aldash...;)

Tugri aytasiz yevrey u aldaydi ko`pgina yevreylarni kordik, lekin men hazil mutoyiba qildim va bu yerda aldash nagliy betiga qarab aldash deganim, lekin siz ham togri aytdiz uzbek sotib qoyadi aldaotganini, lekin meni hamma tanishim meni uta afirist deyishadi chunki qachon aldam qachon rost gapirayotganimni bilismidi, daje yevrey tanishlar ham :-)
Sufizoda anyways rahmat, gapizga qoshilaman.;)

PainKiller
11-26-2006, 11:29 AM
-DNA-Genetic geneology;
-Religion and culture;
-Lifestyle.

I would simply keep DNA and Genetic geneology to refer to a person as "Uzbek", but some people tend to belive that a homosapiens with the same geneology as Hasanboy Eshonqulov if he does not speak Uzbek or does not practice Islam is not uzbek :)

zanjir
11-26-2006, 08:40 PM
Yuzidagi adashtirib bo'lmas ifodasi!!!

qoshilaman fikrizga!

zanjir
11-26-2006, 08:46 PM
Tugri aytasiz yevrey u aldaydi ko`pgina yevreylarni kordik, lekin men hazil mutoyiba qildim va bu yerda aldash nagliy betiga qarab aldash deganim, lekin siz ham togri aytdiz uzbek sotib qoyadi aldaotganini, lekin meni hamma tanishim meni uta afirist deyishadi chunki qachon aldam qachon rost gapirayotganimni bilismidi, daje yevrey tanishlar ham :-)
Sufizoda anyways rahmat, gapizga qoshilaman.;)

Ozbek hzoir 21 asrda tak shto yevreyelani aldedigan vaqt keldi, bosh kemela!
yevreyga aldasa boladi ozbek qarab turishi keremi?
man shahsan ozim doim aldashga harakat qilaman agar yevreyligini bilib qolsam! doppicha kiygan yevreylani ichini bilganim uchun nafaqat ozbek sifadtida balkim oddiy muslim sifatida ham nafratimni deplomatik bildirishga harakat qilaman....
oddiy yevreyela esa bizaga ohshagan inson man shahsiy tajribamdan kelib chiqayapman. doppicha kiygan ortodoxla esa Hudoni balosi!
ON: ozbekni eng oddiy ustunligi bu avtobusda ozidan kattaga joy berishga ozini majburlay olishi:)R.aimop urmen aka:)

Royal
11-26-2006, 10:04 PM
Узбекни Узбек Киладиган Нима? - Odamiyligi, Mehmondostligi..
Узбекни Yer Киладиган Нима? - Hasadchiligi !!

Prince
11-27-2006, 12:13 AM
Uzbekni uzbek qiladigan bu - bir birimizani koromasligimiza
2) Mexmonga borganda yomon korsa xam 1 piyola choy quyib , stolga NON qoyishi
3) Odamgarchilik bir biriga mexmondorligi
4) Ota onaga hurmat , oilaga hurmat
5) Hayo , Ibo....
6) Kop narsalar....

hangug
11-27-2006, 01:12 AM
Узбекни Узбек Киладиган Нима- Хеч Нима, Агар ёнига Узбекман Деб ёзиб Олмаса.

salamaturgenji
11-27-2006, 01:54 AM
Ozbeklar haqida bir askiya (Rivoyat) aytishadilar.
Ozbek bilan Shayton urishmoqchi bolipti.Oldin Uyning ichida Urshipti. shaytonning qolida
qomchi ozbekta kichkinagina tayoqcha. Ozbek Shaytonni rosa urgan. Shaytonning qomchisi uzin bolganligi uchin Kichgina tomda hech nima qilaolmapti.
İkkinchi raunt tashqarida bolipti. Ozbek shaytonga "Endi sen tayoqchani ol men qomchini olaman" debdi. Shayton ham rozi bolipti. Lekin yana ozbek qomchi bilan uzoqdan shaytonni rosa uribti.
Tugadi:D

Asian_girl
11-27-2006, 10:16 AM
Doppi...:)

Alesser
11-27-2006, 12:00 PM
O'zbekni O'zbek qiladigan juda kup narsalar uje aytib utilibdi.. azgina qushimcha, shu aytib utilgan narsalarni unitib quymaslik, o'zligini unitib quymaslik ham juda muhim deb uyliman:)...

Iceman
11-27-2006, 05:14 PM
o'zbek tili, menimcha, o'zbekni o'zbek qiladigan eng muhim omillardan biridir!
lekin o'zbekni basharasi lekin uni aniq o'zbek qiladi....

hamma joyda bilinib turadi demoqchiman-da!

bello
08-28-2007, 03:13 PM
anaqaaa, biza mongoloid turiga kiramiz shekilli .....

chet ellikla esa o'zbeklani mexican dib o'ylashadi odatda.

qaysi ozbeklarni nazarda tutyapsiz?? mirzacholda qovun ekib yurgan dehqon okalarizmi emasmi ish qilib? kaminani 10 davlatga borsam 10 hil millatga ohshatishdii lekin Mexicanga ohshatganini hech ehshtimadimm.... balkim sizning tajribangizda bolgandur

lost
08-28-2007, 03:17 PM
-Узбекни Узбек Киладиган Нима?
-Узбек :-D(2 та Узбек)

bello
08-28-2007, 03:23 PM
lekin darhaqiqat forumdoshlar

Chet ellarda ayniqsa erkaklar , shu bir birimizni korib qolsak nimadur boladiki haligi tanish odamday tezda yuzga tabbassum yuguradii, qisqasi aeroportda bir okamiz bilan tanishib qolgan edik, manimcha buni tushuntirish ozgina qiyinroq birodarlar,, bu manimcha vatan, tuproq, ona suti, mehr degan narsalarning siri bols kere..... yana kim qanaqa oylaydiii

corsair
08-28-2007, 03:26 PM
hamma o'lib qolay deb yurgan vaqtda ham qora "dressy" tufli kiyvolishadi jinsi shim bilan...

men uzimni yaqinda pereborotc qilib shorts kiyishni boshladim... o'ylab qarsam umrim bo'yi ko'ylak va galstuk toqqan ekanman...

bello
08-28-2007, 03:27 PM
Ozbeklar haqida bir askiya (Rivoyat) aytishadilar.
Ozbek bilan Shayton urishmoqchi bolipti.Oldin Uyning ichida Urshipti. shaytonning qolida
qomchi ozbekta kichkinagina tayoqcha. Ozbek Shaytonni rosa urgan. Shaytonning qomchisi uzin bolganligi uchin Kichgina tomda hech nima qilaolmapti.
İkkinchi raunt tashqarida bolipti. Ozbek shaytonga "Endi sen tayoqchani ol men qomchini olaman" debdi. Shayton ham rozi bolipti. Lekin yana ozbek qomchi bilan uzoqdan shaytonni rosa uribti.
Tugadi:D

aka birodar yana ozgina chozmasizdee:D:D

bitta shunga ohshagan latifa bor oziyam yarim soatdan kop , eshitgan bolsangiz " tennisniy sharik" nomi,,, kutasiz daa nima bolishini ohiri yoq shu hikoya keyin haligi latifa etgan odamni bogib qoygiz keladiiii

bello
08-28-2007, 03:30 PM
-Узбекни Узбек Киладиган Нима?

-Узбек :-D(2 та Узбек)


okasi kimmi yoki nima??

corsair
08-28-2007, 03:41 PM
aytgani uyaladi odam... :-D

Masud
08-28-2007, 03:57 PM
o'zini tutishidan. uyoq-buyoqqa qarayverishadi, mayda narsalarga ham e'tibor berishadi.

Wolf

Man shu o'zbeklarda Attention to detail(uzr, uzbek tilida aniq tarjimasini topa olmadim:D) ni juda qardlayman.

Keyin, odamlar,, betta ichki jahonni chiroyliligi muhimroq bo'lsa kerak. IMHO.

SAMARKANDI!
08-28-2007, 04:33 PM
Personally nothing more than this :)

24437

I could or try to be all other things by simply being a muslim.
Regarding the lebaling, I believe we are all turks not uzbeks.

Shahnoz
08-28-2007, 05:38 PM
Mani fikrimda, odamlarning gapirishi - gapdagi ohirgi so'zining ohirgi bo'ginini cho'zib, qayrilib gapirishadi:

Voy-eeEEYY!
Yo'geeEEY?!!

:D

Pssst! Corsairning signaturasidagi surat yoqvotti manga :)

Prince
08-28-2007, 08:09 PM
Uzbekni Uzbek qiladigan: Doppisi , Mexnatkashligi , Mexmondostligi + Qolidigi "cho`pi" ;)

lobar
08-28-2007, 08:18 PM
qaysi ozbeklarni nazarda tutyapsiz?? mirzacholda qovun ekib yurgan dehqon okalarizmi emasmi ish qilib? kaminani 10 davlatga borsam 10 hil millatga ohshatishdii lekin Mexicanga ohshatganini hech ehshtimadimm.... balkim sizning tajribangizda bolgandur

Uzbdayam o'zbekka o'hshatishmasa kereyde sizzi shunichun mexikangayam o'hshatib o'tirishmagan.


p.s. Grozniy hich qachon iltimos qimagan (signaturazdegi gappi etaman....)

W.I.Z.A.R.D
08-28-2007, 08:38 PM
Mani fikrimda, odamlarning gapirishi - gapdagi ohirgi so'zining ohirgi bo'ginini cho'zib, qayrilib gapirishadi:

Voy-eeEEYY!
Yo'geeEEY?!!

:D

Pssst! Corsairning signaturasidagi surat yoqvotti manga :)


Mani fikrimcha esa, inson Voy-eeEEYY! Yo'geeEEY?!! deb juda sovuq yoki juda issiq joyda turgan bulsa shunday deb uz suzlarini tallafuz etadi. :)
Siz aytib utgan narsa esa bu shunchaki grammatika ;)

lost
08-28-2007, 11:25 PM
okasi kimmi yoki nima??

katta bo'lsayiz tushunvolasiz, xavotir olmang.

rosefire
08-28-2007, 11:51 PM
o'zbekni o'zbekligini ko'rsatadigan narsa, o'zi kulsa ham yig'lab turadigan ko'zi, so'lg'in nigohlari bo'lsa kerak...
yoki aksincha kongli yiglab tursa ham kulib turadigan yuzi:D

ozgina qoshimcha:
-mehmonni kulib qarshilab, yugurib yelib, konglini olib, kulib kuzatishi
-ozi yemay bolajonlariga yedirib, ozi kiymay jigargoshalarini oq tarab oq kiyintirishi
-bagrikengligi va bolajonligi
-mahalladagi 7 honadon bolalariga ota-ona bola olishi, mahalladagi bolalarni nojoya harakatlarini korib qolsa, hech kimni ayamay sokib qolishlari
-umuman ochiq konggil, sof qalb egasi ekanligi
Umuman kop yahshi sifatlarni sanab otsa bolarkan:D

Madalio'g'li
08-29-2007, 12:58 AM
Uzbekni Uzbek qiladigan: Doppisi , Mexnatkashligi , Mexmondostligi + Qolidigi "cho`pi" ;)


+fotihasi...

Asadbek
08-29-2007, 01:38 AM
Uzbekni Uzbek qiladigan: Doppisi , Mexnatkashligi , Mexmondostligi + Qolidigi "cho`pi" ;)O'tkir Hoshimovning achchiq qilib aytilgan bir latifa gapi esimga tushib ketdi:

Fojiamiz

Armani:
- Sizga kim kerak, azizim? "Qorovul Petrosyan" deysizmi? vah-vah-vah! U qorovul emas, akademik! Donishmand odam! Yuring, uyini ko'rsataman. Yaqinda ikki qavatli uy soldi, azamat!

Gurji:
- Kimni so'rayapsiz, batano? "Etikdo'z Panjikidze?" O-o-o! U etikdo'z emas, akademik! Bunaqa donishmand yuz yilda bir tug'iladi! Yuring, dachasiga oborib qo'yaman. Uch qavatli dacha quryapti, azamat!

O'zbek:
- Nima? Kim deysiz! "Akademik Alijonip?" Hech qanaqa akademik emas u! Qorovulchalik savodi yo'q! Etikdo'zchalik ilmi yo'q! G'irt ahmoq odam. Poraxo'r! O'rikzorda dang'illama imorat solyapti. Shuncha pulni qayoqdan oladi? Umuman... men hech qanaqa Alijonip-palijonipni tanimayman!

...

ferghaner
08-29-2007, 07:23 AM
eng kotta fojealarimizdan biri uz ustimizdan uzimiz kula olmaymiz judayam seryoznimiz, yo tanqid kutara olmaymiz (man tugri manoda aytyapman, masalan KVNda kup millatlar uzlarini milliy kamchilik yo boshqa narsalarni ustidan kulishadi. masalan qozoqlar, lekin rossiyada qozoqlarni obro'si normalniy. o'zbeklar uzizmizi jaa sipo kursatishga urinamiz, lekin rezultat=0. rossiyada (va juda kup joyda) obroyimiz bir tiyin (man umumiy gapiryapman))

Karolina
08-29-2007, 07:37 AM
The joke about Alijonov Palijovon..is very funny! thanks for the post!!:D

bello
08-29-2007, 07:45 AM
eng kotta fojealarimizdan biri uz ustimizdan uzimiz kula olmaymiz judayam seryoznimiz, yo tanqid kutara olmaymiz (man tugri manoda aytyapman, masalan KVNda kup millatlar uzlarini milliy kamchilik yo boshqa narsalarni ustidan kulishadi. masalan qozoqlar, lekin rossiyada qozoqlarni obro'si normalniy. o'zbeklar uzizmizi jaa sipo kursatishga urinamiz, lekin rezultat=0. rossiyada (va juda kup joyda) obroyimiz bir tiyin (man umumiy gapiryapman))

gapiz notogri deya olmayman, lekin Moskvada orta osiyodan kelganlarning ichida faqat Qozoqlarni obroyi bor ....boshqa hamma 4 ta davlatni passportini olib jarima solish yoki otkazib qoyish bilan ovora mentlar..masalan Siriya va Saudiya ozbek yigitlarini obrosi juda yahhsi birodar.... bizani yuzimizga qarashib Buhkarii deb chaqirishar ediii.....

AFANDI
08-29-2007, 12:25 PM
Несколько Лет Тому Назад, Шагая По Центральной Многолюдной Улице Одной Из Европейских Столиц, я Случайно Направила Свой Взгляд На Стоящих В Недалеке От Меня Двух Молодых Людей. Ни Своей Одеждой, Ни Поведением Они Ничем Не Отличались От Толпы. Но, У Меня, Почему-то, Моментально Возникла Мысль О Том, что Это Самые Настоящие Узбеки. Я Была Права, Потому что, Подойдя Поближе, я Действительно Услышала Родную Речь. Так я Угадывала Несколько Раз.

Что Же Все-таки Выдает В Нас Узбеков? Узбекни Узбек Киладиган Нима Узи?


nickizga qaraganda uziz uzbek bulsayiz keragu kechirasin shunday chiroyl,i savol uchun ruscha yozish shartmidi?

menimcha uzbekning do'ppisi, tarihi, tili, hamma narsasi ..........

uzbek baribir uzbekda.........:D

corsair
08-29-2007, 06:44 PM
nickizga qaraganda uziz uzbek bulsayiz keragu kechirasin shunday chiroyl,i savol uchun ruscha yozish shartmidi?

menimcha uzbekning do'ppisi, tarihi, tili, hamma narsasi ..........

uzbek baribir uzbekda.........:D

nick - tahallus... :-D

Masud
08-29-2007, 08:16 PM
Несколько Лет Тому Назад, Шагая По Центральной Многолюдной Улице Одной Из Европейских Столиц, я Случайно Направила Свой Взгляд На Стоящих В Недалеке От Меня Двух Молодых Людей. Ни Своей Одеждой, Ни Поведением Они Ничем Не Отличались От Толпы. Но, У Меня, Почему-то, Моментально Возникла Мысль О Том, что Это Самые Настоящие Узбеки. Я Была Права, Потому что, Подойдя Поближе, я Действительно Услышала Родную Речь. Так я Угадывала Несколько Раз.

Что Же Все-таки Выдает В Нас Узбеков? Узбекни Узбек Киладиган Нима Узи?

Do'ppi (qora do'ppi)

bacha
08-29-2007, 08:42 PM
Although it is probably not for me to judge, but the ones I met here are very secretive, prejudiced. For example they want to know everything about you and tell nothing about themselves. Keep very short circle of friends, be close with them, and live in their small world. I must be wrong, and wish so, yet this is what I saw here. In Uzb. it is a different story.

Qizaloq
08-29-2007, 09:54 PM
Assalamu alaykum wr wb!

Soddaligi, kim nima desa laqqa tushib ketishi
Boshidagi do`ppisi
kotta qozondagi oshi
mehmondo`stligi
qizlarini nozi-yu,hayo-ibosi

dauphin
09-02-2007, 03:49 PM
O'zbek sevgi-muhabbat va hissiyotga to'la bo'ladi.

erkak#1
09-02-2007, 03:50 PM
O'zbek sevgi-muhabbat va hissiyotga to'la bo'ladi.

Hindlar va karislar bilan adashtirvordiz :lool:

Asadbek
09-02-2007, 04:01 PM
O'zbekni o'zbek qiladigan narsalardan yana biri:

- oila davrasida intim dars (***) ko'rishadi, lekin buni hech qaysi biri bilmaydi... Hind kinolari intim darsga to'la :)

dauphin
09-03-2007, 06:15 PM
Yana, bitta farqi Uzbek qizni kormasdan ham postlarini o'qib ham sevib qolishi mumkin. :lool: :lool:

erkak#1
09-03-2007, 07:54 PM
O'zbekni o'zbek qiladigan narsalardan yana biri:

- oila davrasida intim dars (***) ko'rishadi, lekin buni hech qaysi biri bilmaydi... Hind kinolari intim darsga to'la :)

Mana O'zbekni o'zbek qiladigan narsa! :lool:

Hammasini tortinmasdan ochiq oydin gapiradi :lool:

Royal
09-04-2007, 05:41 AM
qolidigi chopi

_uSu_
09-04-2007, 03:42 PM
Uzbekni uzbek qiladigan uzbek bulgan OTA (papa, father). :)


ps, hazilim bazi birlarga qupol bulsa, unda UZR! t.k. bez nikakih zadnih misley!

bello
09-05-2007, 06:06 AM
Assalamu alaykum wr wb!

Soddaligi, kim nima desa laqqa tushib ketishi
Boshidagi do`ppisi
kotta qozondagi oshi
mehmondo`stligi
qizlarini nozi-yu,hayo-ibosi

hozir bunday ozbeklar yoq desa ham boladi:D