PDA

View Full Version : Xat yozsam, har satri bitta ayriliq...


Nargiz
11-28-2006, 04:33 PM
Abdulla Qo'shboq ijodidan.

XATLAR YOZAMAN
("KELINCHAKKA MAKTUBLAR" turkumidan)

Ne deyin ayriliq dastidan
Bormi-ey qismatda bir qaror.
Muhabbat dorlari ostida
Faryodlar yozaman senga, yor.

Xunu xun lahzalar qasdidan
Bilmayman: ishq qachon qutqarar.
Ko'zlarning qaqragan faslida
Ummonlar yozaman senga, yor.

Tog' bo'lsak shu sevgi ko'tarar,
Tosh bo'lsak shu sevgi sababkor.
Yana ko'p tog' ossin - ko'ko'par,
Vulqonlar yozaman senga, yor.

Kun kuyar qalbimning cho'g'ida,
Oy mening qo'ynimda bir alyor.
Yulduzli osmonlar yo'g'ida
Osmonlar yozaman senga, yor.

Insonga umid bir aqida,
Ko'ksimda kelajak - ertak bor.
Sanoqsiz baxtlarim haqida
Yolg'onlar yozaman senga, yor.

DUNYOGA SALOM QIL
("KELINCHAKKA MAKTUBLAR" turkumidan)

Bo'yningda oq ro'mol hilpirab
Oq tongda dunyoga salom qil.
Tiz cho'kmish koo'zlari pirpirab -
Olamni qaytadan olam qil.

Sarg'aymas yo'llarga tikilib
Vatanning og'riqli yerlari
Imonga salom qil egilib:
Bitta mard qolsa ham yetarli.

Hijron ham umrimning bezagi,
Armon ham har nedan suyukdir.
Salom qil,
Muhabbat azobi
Buyukdir baribir buyukdir.


Kelinchakka

Kelinchak bo'libsan,
Tonglaring kulsin,
Qo'yning to'lib toshsin farzand baxtiga.
O'g'loning men kabi oh urib qolsin
Vafo qilmaganda gullar ahdiga.

Kelinchak bo'libsan
Bir armon, bir sir
Bag'rimni nimtalab tilayotganda.
Ma'yus qarab turmoq bunchalar og'ir
quvonchi butunlar kulayotganda.

Gullar ochilmoqda sen uchun qiyg'os,
Erga egilmoqda mening boshlarim.
Sening egningdadir oq parday libos,
Mening yelkamdadir dunyo toshlari.

Dunyo quloq berar ,
Do'stlar shovqini
Va bahtning mislsiz qo'shiqlariga.
Yor-Yorlar aytaman endi, sevgimni
Uzatib ayriliq eshiklariga.

Dildagi
Ishq degan ulug' oyatda
Dunyom mavjud edi murg'ak bokira.
Endi ne qoladi menga hayotda,
Qolsa- hayol qolar,
Qolar zotira.

Bugun gul uzatar titragan qolim,
Nafasim kuaydi o'tli tilakdan.
Kelinchak bo'libsan,
Kesilsin tilim
Baxtlar so'ramasa senga falakdan.


SENGA BAXSH ETAYIN

Ko'nayin har neki qismat zayliga
Toglarim qulasin, bog'larim so'lsin.
Daryo ko'zimniki bo'lsin, mayliga,
Hamma yomon nomlar meniki bo'lsin.
Senga baxsh etayin hurlikni.

Mayli, ayrilayin she'ru bayotdan,
Tanglayda bir toshga aylansin tilim.
Mayli, gul ko'rmayin endi hayotda,
Ilonlar bo'ynini silasin qo'lim,
Senga baxsh etayin hurlikni.

Aldovga chirmashgan vafo yo'llari,
Muhabbat yo'llari chigaldan chigal.
Hayratdan yoqamda qoldi qo'llarim,
Jahonda bir hurni ko'rmadim tugal,
Senga baxsh etayin hurlikni.


Tazarry'

Nechun bezovtasan, nechun holing tang,
Yarim yumilganday oymomong -ko'zing.
Qalbim dog'laridan qoraygan bo'lsang,
Osmon!
Gunohimni kechirgin o'zing.

Na yo'llar charog'on , na umr fayzli,
Senday g'animning ham g'amini yeyman.
Cheksiz bo'lgan bo'lsang,bo'lsang gar men tufayli,
Qayg'u!
Gunohimni kechirgin, deyman.

Menga o'hshashliging menga ham yoqar,
O'lsam ham birgina yaqinim bo'lgin.
Tuproq bo'lgan bo'lsang meni deb agar,
Tuproq!
Gunohimni kechiraqolgin.

Xat yozsang,
Har satri bitta ayriliq,
Kulbangdan adashib ketdiku yo'lim.
Hayotga qul bo'ldim sendan ayrilib,
O'sha gunohimni kechirgin, o'lim.

DIDO
11-30-2006, 12:47 PM
Gar xat yozsam har satrida jovdirar ko'zlar
Nogah seni qiynamasmi, so'zlarim meni.
Har satrida yozaimu deb titraydi qo'llar
Nahot senla tutash bo'lsa, yo'llarim meni?

Gar xat yozsam har satrida tig'lanar yurak
Nechun yana senga Men xat yozishim kerak
Ishqim bo'lak har satrida, g'amlarim bo'lak
Gumonimcha, sen ham meni sevishing kerak.

30,11,06
00:46

lost
11-30-2006, 02:04 PM
Abdulla Qo'shboq ijodidan.
Tazarry'

Nechun bezovtasan, nechun holing tang,
Yarim yumilganday oymomong -ko'zing.
Qalbim dog'laridan qoraygan bo'lsang,
Osmon!
Gunohimni kechirgin o'zing.

Na yo'llar charog'on , na umr fayzli,
Senday g'animning ham g'amini yeyman.
Cheksiz bo'lgan bo'lsang,bo'lsang gar men tufayli,
Qayg'u!
Gunohimni kechirgin, deyman.

Menga o'hshashliging menga ham yoqar,
O'lsam ham birgina yaqinim bo'lgin.
Tuproq bo'lgan bo'lsang meni deb agar,
Tuproq!
Gunohimni kechiraqolgin.

Xat yozsang,
Har satri bitta ayriliq,
Kulbangdan adashib ketdiku yo'lim.
Hayotga qul bo'ldim sendan ayrilib,
O'sha gunohimni kechirgin, o'lim.

Kechirim so'radim tuproqdan, soydan,
Osmondan, havodan, buddan, malakdan.
Ko'zlarim yopilmish, shirk nomli loydan
Alloh,
Rahmon zotsan o'zing kechirgin...

Mas'ud
12-06-2006, 02:49 AM
Мен Сизга изҳорим этмайман ошкор,
Юрак-юрагимдан кулмайман ортиқ.
Дунё юзин кўрмас беҳисоб ашъор.
Қучоқ гуллар бошқа қилмайман тортиқ.

Тушларим бугундан сизники эмас,
Тўлин ой кечалар келтирмас илҳом.
Кўзингиз сеҳрига қилмайман ҳавас,
Самимий сўзингиз этолмайди ром.

Маҳлиё бўлмайман ҳуснингизга ҳам,
Майли Сиз дунёда якка-ягона.
Дардингизга ҳатто қўймайман малҳам
Шу кундан бизлармиз буткул бегона.

Сабабин айтмайман...сўраманг асло,
Хиссиз кўнглингизги қийнаб нетаман?
Оллоҳим билгувчи бу сирни танҳо,
Ўзим-ла қабрга олиб кетаман...

Noyabr...2006 yil

erkak#1
12-13-2006, 08:14 PM
Uch qatorli maktubingiz kuta kuta bo'ldim xor
Shirin so'zlaringiz sog'inib yana yana intizor!
Qildim butun dunyo aro voy-u dod,
Sizni chaqirib ey malikai-Turandod!

Mas'ud
12-27-2006, 02:18 AM
Xat yozsam, har satri bitta ayriliq,
Kuylasam ohangi mungli bir sado.
Ekkan gullarim ham gulzorda so'liq,
Bukun dunyoga ham aytgum alvido.

Tunda oy eslatar maxzun ko'zlaring,
Tikilib tushunar unsiz dardlarim.
Eslatar shamollar shodon so'zlaring,
U shodlik yo'q endi...Ko'nglim ham yarim.

Sen boshqa kelmaysan...Visol ham gumon,
She'r, g'azal, izhorlar barchasi bekor.
Bu yorug' olam ham aslida yolg'on,
Yolg'onga ishonish emaskan darkor.

Mana, yillar faqat tushunar holim,
Sen ham chorasizsan bir ne demoqqa.
Balki taqdir menga ekanmi zolim,
Bosh olib ketyapman juda yiroqqa.

U erda asar yo'q g'iybat, mish-mishdan,
Unda muhabbatning rangi soxtamas.
Illat qidirmaydi birov hech ishdan
Samimiy his bilan olasan nafas.

U mening olamim... barcha undagi -
Yaqinlar, do'stlarim - ko'nglim rishtasi
Uning to'ri senga, chunki yagona
Sen qalbim erkasi ham farishtasi.

...JaruleUZB