View Full Version : Siz Radioni "yoqasizmi" yoki "qo'shasizmi"?
Asadbek
12-02-2006, 07:21 AM
Hurmatli Forumdoshlar,
bitta qiziq savolga duch keldim:
- Siz biror Radioeshittirishni tinglamoqchi bo'lsangiz, buning uchun Radioni "yoqasizmi" yoki "qo'shasizmi"? :)
Marhamat, POLLda o'zingizga tegishli javobni belgilab, bu yerda qisqacha fikringizni qoldirishingiz mumkin.
Oldindan rahmat!
Pythagor
12-02-2006, 08:05 AM
Biz yoqamiz. qo'shadiganlar ular shaxarda.
Aldrina
12-02-2006, 08:11 AM
Хм...шу Пайтгача ёкардим... Кушиши Канака Буларкин???
Zendro
12-02-2006, 08:48 AM
Radioni yoqamiz,menimcha barcha texnik uskunalar yoqiladi, qo'shamiz deganda elektr tarmog'iga ulanish nazarda tutilsa kerak,yana bilmadim........
Wolfman
12-02-2006, 09:09 AM
mani bilishimcha o'zbek tilida radio va boshqa elektr jihozlar tarmoqqa ulanishi mumkin, lekin foydalanish u yoqiladi. bizni shevada televizor "suqiladi" (yoqish) va "sug'uriladi" (o'chirish) :lol:
qo'shilgan bo'lgani bilan, yoqilmagan bo'lishi mumkin: mas. stand-by modus.
o'shani uchun adabiy tilidagi "yoqish"ni tavsiya qilaman.
Wolf
Hurmatli Forumdoshlar,
bitta qiziq savolga duch keldim:
- Siz biror Radioeshittirishni tinglamoqchi bo'lsangiz, buning uchun Radioni "yoqasizmi" yoki "qo'shasizmi"? :)
Marhamat, POLLda o'zingizga tegishli javobni belgilab, bu yerda qisqacha fikringizni qoldirishingiz mumkin.
Oldindan rahmat!
Shock
12-02-2006, 10:10 AM

Олдин "Радиони электр тармогига улайман (ибора сифатида "ёкаман")" демокчийдим. Аммо уйлаб карасам агар манбаа батарейка булса тармокка уланмайди. Шунинг учун радионинг электр манбаасини "кушар" эканман. Афсус, аллакачон поллда аксинча жавоб бериб булдим.
Одатлар ичида энг ёмонларидан бири шошилиш (айникса муз йулакда :))эканига яна бир хаётий мисол
saturn
12-02-2006, 10:29 AM
nimaga endi faqat yoqilarkan?
masalan (mooooboooooodo, radio eshitgim keb qosa), man WinAmp dagi list'ga eshitmoqchi bo'lgan radioning adresini qo'shaman (nuuu, tam url:portNumber). .... shu nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo'lsak - man radioni yoqmiman - balki qo'shaman. :))))))
p.s. ^&*(% ko'p o'qivordim shekil...
p.p.s. lekin hali "ovoz" berganim yo'q
Shokirbek
12-02-2006, 11:07 AM
Men radio yo televizorni tokka tiqib ishlatmoqchi bo'lsam: "o'g'lim, radioni (televizorni) qo'yib qo'y" deyman..
Bu variant pollda yo'q ekan, O'zbek tili izohli lug'atida esa (2-jild, 632-633-betlar) "qo'ymoq"ning 30ta (!) ma'nosi ichida 17-ma'nosida ayni shu narsa aytilgan.
"Qo'shmoq" so'zining ma'nosini bunday berishipti:
I. 1. Qo'shuv amalini bajarmoq, jam qilmoq, jamlamoq.
2. Biror narsaga boshqa narsani aralashtirmoq yoki solmoq.
3. Bo'lak-bo'lak, alohida, mustaqil narsalardan bir butunlik hosil qilmoq.
4. Birini boshqasining yoniga, ustiga qo'ymoq, tirkamoq, tashlamoq.
5. Birga ishlash, birga harakat qilish yoki ko'maklashish uchun tayinlamoq, yoniga qo'ymoq, ixtiyoriga bermoq.
6. Bir qatorga qo'ymoq, teng, baravar deb bilmoq, hisoblamoq, tenglashtirmoq.
7. Sarpo qilmoq, sarpo, sep tariqasida bermoq.
8. Orttirmoq, ko'paytirmoq, oshirmoq.
9. Arava, izvosh, omoch va sh.k.ni tortish uchun tegishli abzal yordamida biriktirmoq.
10. Erkak kishi bilan ayolni uylamoq, bir yostiqqa bosh qo'ydirmoq.
II. Qo'shilib turgan, qo'shilgan; qo'shaloq narsa, qo'shimcha.
(2-jild, 643-644-betlar).
"Yoqmoq"ning esa ma'nolari quyidagicha ekan.
I. 1. Yondirib, o't, alanga hosil qilmoq, chaqmoq, yondirmoq.
2. Olov, o't vositasida qizdirmoq, isitmoq.
II. 1. Didga xohishga mos tushmoq; ma'qul bo'lmoq.
2. Mijozga to'g'ri kelmoq, marom kelmoq; davo bo'lmoq.
(O'zbek tili izohli lug'ati, 1-jild, 266-bet).
Demak, izohli lug'atni o'rtada hakam qiladigan bo'lsak, "qo'ymoq" so'zini ishlatishimizga to'g'ri keladi. :)
Shawn
12-02-2006, 02:17 PM
Shokirbek aytganidek man ham "televizorni qo'y", "radioni qo'y" degan iboralarni ko'proq ishlataman. Gohida "televizorni yoq" degan iborani ham ishlatishim mumkin, lekin "televizorni qo'sh" degan iborani hech eshitmaganman ekanman.
SmIlIk
12-02-2006, 02:34 PM
Biz uyda 'yoqarkanmiz' yoki 'burarkanmiz' :lol:
Radioni qulog'ini burimiz, yoki radioni yoqamiz. Televizorni yoqamiz :D
NozChik
12-02-2006, 02:43 PM
Yoqamiz. Qushish deganda asosan shevada ishlatiladi:D, Qushrabotliklar bor edi gruppamizda hamma narsani Qushardi:lol:
Flamingo
12-02-2006, 02:47 PM
Mani Oqdaryolik dugonam "tilviziringni ovozini qush" deydi.:D
Iqbol
12-02-2006, 03:40 PM
MEn ham odatda ertalap turip, radioni qo'yaman.
Frida
12-02-2006, 03:46 PM
Hurmatli Forumdoshlar,
bitta qiziq savolga duch keldim:
- Siz biror Radioeshittirishni tinglamoqchi bo'lsangiz, buning uchun Radioni "yoqasizmi" yoki "qo'shasizmi"? :)
Marhamat, POLLda o'zingizga tegishli javobni belgilab, bu yerda qisqacha fikringizni qoldirishingiz mumkin.
Oldindan rahmat!
Biz ham televizorni va radioni "qo'yamiz" :)
Internetdagi radioga esa "ulansak" kerak:) chunki har xolda internetga ulanamiz, shuning uchun ham internetdagi radioga ham ulansak kerak. Yana kim bilsin :)
Asadbek
12-02-2006, 04:06 PM
Men radio yo televizorni tokka tiqib ishlatmoqchi bo'lsam: "o'g'lim, radioni (televizorni) qo'yib qo'y" deyman..
To'g'ri, bu varianti ham juda ko'p qo'llaniladi.
Radioni yoki Televizorni qo'yaman, deguvchilar bemalol ikkinchi javobni belgilashlari mumkin :)
2. Biror narsaga boshqa narsani aralashtirmoq yoki solmoq.Radioapparatni elektr tokiga ulasangiz, Radioapparat Radioto'lqin bilan qo'shiladi (yoki ulanadi) va siz studiyadan radioto'lqinga aylantirilib uzatilayotgan Radioeshittirishni tinglashingiz mumkin bo'ladi.
Shunda, Radioni qo'shaman, desak, to'g'ri bo'lmaydimi?
3. Bo'lak-bo'lak, alohida, mustaqil narsalardan bir butunlik hosil qilmoq.Radioapparat (qulog'ini buragandan so'ng, masalan) va Radioto'lqinlarni bir-biriga ulash, qo'shish natijasida Radioeshittirishni tinglaysiz.
Shunda, Radioni qo'shaman, desak, to'g'ri bo'lmaydimi?
:)
Lekin, Radio yoki TVni qanaqa qilib yoqish mumkin? :rolleyes:
Frida
12-02-2006, 04:28 PM
Lekin, Radio yoki TVni qanaqa qilib yoqish mumkin? :rolleyes:
Bu elektr bilan bog'liq bo'lsa kerak. Chunki chiroqni o'chirib-yoqasiz, undan tashqari bu rus tilidan so'zma-so'z tarjima qilingan bo'lishi mumkin. Har xolda rus tilida ham televizorga ham elektr asboblariga ham - vklyuvchit' - vyklyuchit' ishlatiladi.
Radioga yana bir xil odamlar - qulog'ini burab qo'y degan so'zni ishlatishadi, adashmasam :)
inDecision
12-02-2006, 09:35 PM
Yoqamiz. Qushish deganda asosan shevada ishlatiladi:D, Qushrabotliklar bor edi gruppamizda hamma narsani Qushardi:lol:
Lol tugri Qo'shrabotta ko'p narsalani qushishadi...moshinni qo'sh, matasiklni qo'sh, telvizor, radioni ham qo'sh...
PainKiller
12-02-2006, 09:43 PM
Radioni yoqaman, Televizorni qo'yaman, yoqaman, ovozini balandlatib pasaytiraman.:lol:
Hech bir uskunani qoshmayman. Ovqatga ta'miga qarab tuz-murch solib yoki qoshib yuborishim mumkin. :D
PainKiller
12-02-2006, 09:44 PM
Lol tugri Qo'shrabotta ko'p narsalani qushishadi...moshinni qo'sh, matasiklni qo'sh, telvizor, radioni ham qo'sh...
Qoshmachilarey..:rolleyes: :lol: :rolleyes:
SAMARKANDI!
12-02-2006, 09:50 PM
Radioni qoshib ham boladimi??? hmm hech eshitmaganman bunaqa narsalarga qoshish ishlatilishini. Biz radioni qoy, yoki yoq diyadik:) (qoyni esa arabi yoki jaydori deb chaqirardik:))
inDecision
12-02-2006, 09:55 PM
Qoshmachilarey..:rolleyes: :lol: :rolleyes:
xmmm....unchalik yaxshi so'z emas shekilli?!:rolleyes:
VatanparvaR
12-02-2006, 10:58 PM
bizda radioni yoq deyiladi, TVni yok va hokozo. Va ohirida o'chiriladi.
Agar radioni qo'shsak, ohirida uzish kerak bo'lardi :D
VatanparvaR
12-02-2006, 11:00 PM
xmmm....unchalik yaxshi so'z emas shekilli?!:rolleyes:
siz boshqacha tushundiz shakilli. Siz Qo'shrobotliklar hamma narsani qo'shadi deganizga, Painkiller voy qo'shmachilariey deb hazillashdi :)
Samimiy
12-02-2006, 11:10 PM
Radio "yoqiladi", svarka qiladigan apparat "qo'shiladi" :)
Yani "qo'shiladigan" mashina (jihoz, vh.)larning kuplari xavfli bulgani uchun doimiy ravishda elektrga ulanib turmaydi. Bunday mashinalarda odatda bitta odam ish qiladi, ikkinchisi esa "qo'shib" turadi. Ishni qilayotgan odam tayyor bulganda "qani endi qo'shchi" deydi, narigisi "qo'shadi" :)
Samimiy
12-02-2006, 11:19 PM
Men radio yo televizorni tokka tiqib ishlatmoqchi bo'lsam: "o'g'lim, radioni (televizorni) qo'yib qo'y" deyman..
Bu variant pollda yo'q ekan, O'zbek tili izohli lug'atida esa (2-jild, 632-633-betlar) "qo'ymoq"ning 30ta (!) ma'nosi ichida 17-ma'nosida ayni shu narsa aytilgan.
"Qo'shmoq" so'zining ma'nosini bunday berishipti:
I. 1. Qo'shuv amalini bajarmoq, jam qilmoq, jamlamoq.
2. Biror narsaga boshqa narsani aralashtirmoq yoki solmoq.
3. Bo'lak-bo'lak, alohida, mustaqil narsalardan bir butunlik hosil qilmoq.
4. Birini boshqasining yoniga, ustiga qo'ymoq, tirkamoq, tashlamoq.
5. Birga ishlash, birga harakat qilish yoki ko'maklashish uchun tayinlamoq, yoniga qo'ymoq, ixtiyoriga bermoq.
6. Bir qatorga qo'ymoq, teng, baravar deb bilmoq, hisoblamoq, tenglashtirmoq.
7. Sarpo qilmoq, sarpo, sep tariqasida bermoq.
8. Orttirmoq, ko'paytirmoq, oshirmoq.
9. Arava, izvosh, omoch va sh.k.ni tortish uchun tegishli abzal yordamida biriktirmoq.
10. Erkak kishi bilan ayolni uylamoq, bir yostiqqa bosh qo'ydirmoq.
II. Qo'shilib turgan, qo'shilgan; qo'shaloq narsa, qo'shimcha.
(2-jild, 643-644-betlar).
"Yoqmoq"ning esa ma'nolari quyidagicha ekan.
I. 1. Yondirib, o't, alanga hosil qilmoq, chaqmoq, yondirmoq.
2. Olov, o't vositasida qizdirmoq, isitmoq.
II. 1. Didga xohishga mos tushmoq; ma'qul bo'lmoq.
2. Mijozga to'g'ri kelmoq, marom kelmoq; davo bo'lmoq.
(O'zbek tili izohli lug'ati, 1-jild, 266-bet).
Demak, izohli lug'atni o'rtada hakam qiladigan bo'lsak, "qo'ymoq" so'zini ishlatishimizga to'g'ri keladi. :)
Shu haqda 1-2 mulohazam bor.
Birinchi: siz aytgan izohli lugat ancha eskirib qolgan. Til esa doimiy rivojlanib boradigan, jonli narsa bulgani uchun lugatda berilgan izohlar hozirgi kunda yetarli bulmasligi mumkin. Masalan aynan shu "qo'ymoq" va "qo'shmoq" suzlarining hamma ma'nolari lugatda berilmagan.
Ikkinchi, kengroq masala - bu suzlarning manolari kundalik suzlashuvdan, xalq orasidan kelib chiqadimi, yoki lugatda berilgan izohdanmi? Yani lugatning muallifi lugatdagi suzlar va ularning manolarini xalq ishlatadigan, jonli tildan olishi kerakmi, yoki bulmasa bizning qanday suzlarni, qaysi manoda ishlatishimiz lugatdagi suzlar va ularning manolariga qarab belgilanishi kerakmi?
*Wraith*
12-03-2006, 01:44 AM
Уламок Деган Жойи Йукми??? Атак Ман Улайманда ;)
Huzur
12-07-2006, 01:40 PM
radio va televizorni qo'y deymiz oilacha. boshqacha variantlariga umuman diqqat qilmagan ekanman.
inDecision
12-07-2006, 01:45 PM
siz boshqacha tushundiz shakilli. Siz Qo'shrobotliklar hamma narsani qo'shadi deganizga, Painkiller voy qo'shmachilariey deb hazillashdi :)
Xazilligini chundimu, lekin baribir yaxshi so'z emasde....
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.