Flamingo
12-02-2006, 09:13 PM
Sevgi..sening shirin tilingdan
Kim upmagan, kim tishlamagan...
Adashmasam taxminan shu satrlar bilan boshlanadi Usmon Nosir ijodiga mansub monolog..
Iltimos , kimda shoir ijodidan namunalar ( she'rlar, monolog) bor bulsa yuqotgan narsamni topganday bular edim.
Afsuski yillar mobaynida hammasi esimdan chiqgan.:uups:
Tashakkur.:)
Shokirbek
12-02-2006, 10:02 PM
USMON NOSIR IJODIDAN NAMUNALAR
* * *
Yurganmisiz birga oy bilan
Oqshom payti ko'm-ko'k o'rmonda?
Maysalarga shabnam qo'nganda,
Shunday yaxshi tinch bo'lar ekan.
Shitir-shitir o'ynar shabboda,
Barglar musiqasi bir shirin...
Havo go'yo tiniq,sof boda -
Ko'ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo'lib qoldim bu kecha,
Sil o'pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha
Dilginamni rosa sayratdim.
* * *
Dengiz oyna kabi yaltirar,
To'lqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.
O'tiraman - ko'nglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga bo'lib titraydi.
Qanday yaxshi, kechqurun yolg'iz
Yursang, ko'ngil asti to'ymasa,
Oy go'yoki parishonhol qiz,
Sochlarini yozib o'ynasa...
YURAK
Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar, ajab,gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Sen, ey sen - o'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To'lib qayna, toshib o'yna,
Tirikman, kuyla boringni!
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!
1933
MONOLOG
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o'pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko'ksudan,
Kim qalbida qonlar to'kmagan?
Seni yaxshi bilaman, go'zal
Petrarkani o'qiganim bor,
Buyuk Rimning Samfosi azal
Xayolimni oshiqday tortar.
Bilamanki, Tasso bechora
Rohat ko'rmay o'tgan bir umr.
Ey,makkora qiz, Leonora,
Nomi qora bilan yozilgur!..
Balki, guldan yaralgan pari,
Tosh ko'ngilli Biatrichi -
'Gadosan!' deb qochmasa nari
Dante baxtli bo'lardi pichi?!
Balki Hamlet oydin tunlarda
Ofeliyani erkalatardi,
Balki uzun sochini silab
Azongacha ertak aytardi.
Agar xiyonatni bilmasa,
Ezmasa fojia yuragin!
Yo'q,yo'q,shoir! Gar shunday bo'lsa
Shekspirning yo'qdi keragi!
Dezdemona, gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?
Bilaman - Otello, bilaman...
Otello haqlimi?.. Shoir jim!..
Jim!.. Ufqdan botar quyoshni
Shart kesilgan boshga o'xshatdim.
Parcha-parcha kuygan shafaqlar
Tirqiragan qonni eslatdi!
Qanday qo'rqinch! Qanday qabohat!
Mumkin emas hech qiynalmasdan!
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas,qarshi turmasdan!
Mumkin emas, ey oily janob,
Necha yurakni aylab xarob,
Shohona toj kiygan muhabbat,
Mumkin emas! Qanday qabohat,
Ki, odamning o'zinginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda havr -
Bu qarshilik! Yon! Gina emas.
Bu qarshilik! Ko'ring tarixni -
Parvonadek qanoti kuygan.
Bu qarshilik! Ko'ring tarixni -
Umr tepasida musht tuygan...
Qiynalaman vijdon bilan man -
Mumkin emas qarshi turmasdan
.........................................
O'z zimmamga katta ish oldim;
Ehtimolki,tamom qilmasdan -
Umrim tugar.Ammo bo'lmaydi
(Ko'nglim o'rniga hech tushmaydi!)
Senga qarshi bosh ko'tarmasdan,
Asrlarni yig'largan sevgi!
1933
BOG'IM
O, u qanday fusnkor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog'im:
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog'im!
She'rlarim yangrab qolur -
Bir umrga o'lmayman!
Hayotimning davomi -
Kelajagimga homiy,
O'rnimga bog'bon bo'lur -
Bir umrga o'lmayman!
O, u qanday davomdor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
1935
'NAXSHON' DOSTONIDAN PARCHA
Bog'larga namozgar
Salqini tushdi,
Gullar nam bargini qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Tog'lardan pastda,
Loladek qip-qizil
O't shafaq o'chdi.
Ko'z tutdim -
Ko'zlarim nigoron bo'ldi,
Ay, Dilbar,
Simbarim, yuzlari qirmiz,
Kiprigi ko'ksiga
Soya slogan qiz,
Ko'z tutdim,
Yuragim to'la qon bo'ldi.
Shabada bolariday
Gulzor uzra sho'x,
Oy fanorini
Yoqdi qiz oqshom...
Yasha!
Sen kelding,
Sevgilim, Naxshon,
Suv qizi, syvsarim,
Kipriklari o'q.
Sen kelding,
Ko'nglimga suv kabi oqding.
Sen kelding,
Ruhimda yashash boshlandi,
Sevinchdan ko'zlarim
Behol yoshlandi.
Sen kelding,
She'rimga chechaklar taqding.
Sen kelding,
Va'daga vafodor malak,
Oppoq qo'lingnimi
Siypalab o'pay?
Qora sochingnimi
Siypalab o'pay?
Va'da etayinmi
Senga deb falak?
Arzirdi falakni
Etsam hadya,
Afsus...
Fazo menga hali qul emas,
Mayli... borimni
Aylay armug'on,
Garchi u
Ajoyib,asl gul emas -
Naxshon, ey yoshligim,
Sevgilim, ma, ol:
Ishqimning eng oily
Tuhfasi she'rim.
O'qi!
Lablaringdan to'yib emgani,
She'rimga bekindi
Ataylab mehrim.
1934
Flamingo
12-04-2006, 02:41 AM
Kup raxmat Shokirbek aka. Usmon Nosir she'rlarini miriqib uqirdim bir paytlar.
"Nil va Rim" dostonichi. Qayta qayta uqib hech charchamasdim.
Itimos, forumdoshlar, kimda shoir haqida ma'lumotlar bor bulsa baham kuringlar. Judayam minnatdor bulardim.
Nigorabegim
12-11-2006, 08:17 AM
Usmon Nosirning fojiali tugagan hayoti haqida Naim Karimovig "Usmon Nosirning so'nggi kunlari" kitobida batafsil yozilgan.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.