PDA

View Full Version : Bir sutkada nechchi soat uhlaysiz?

oltiariq
12-04-2006, 11:09 AM
Kup uhlashdan yomon ish bulmasa kerak, odamlar umrini urtacha hisobda 35%ni uhlab utkazib yuborar ekan. uyquchilikni qanday engib buladi?

XXL
12-04-2006, 11:19 AM
Togrisin aytsam, shu danniy momentga nisbatan 23 soat uhlamapman uje :)

moshinada uhlab qole dedim oziyam :? i buyoqqa kelib, uyqu qochib ketti

mlin chto proishodit :lol:

DIDO
12-04-2006, 11:23 AM
Kup uhlashdan yomon ish bulmasa kerak, odamlar umrini urtacha hisobda 35%ni uhlab utkazib yuborar ekan. uyquchilikni qanday engib buladi?
Men hech qachon to'yib uxlamaganman, ee bir zamon chaqaloqligimda bo'masa. :)
Eng yaxshi ko'rgan ham eng yomon ko'rgan narsam ham uyqu,
Engish uchun hamma amalni qilsangiz ham vaqt o'tishi bilan uni ta'siri ketadi(mas: kofe, sovuq suv, allambalo dori yoxud boshqa narsalar) lekin ertaga shuni qimasam bo'miydi, degan katta bir kuch kerakda , ana shunda bir joylarda osiladigan narsa topilsa suyanibmi, yoki stolda kitobni ustiga bosh qo'yibmi uxlab qolmaysiz.

PHOENIX
12-04-2006, 11:50 AM
Daa.... business days - 3-4 soat, weekends - 13-14 soat. :D

SmIlIk
12-04-2006, 12:00 PM
Manga mos keladigan vote point yo'q ekan :)

Ba'zan 4 soat... Ba'zan 12, ba'zan 7...Ba'zan kunduzi...

Alesser
12-04-2006, 12:14 PM
vaqti kesa 5-6 soat, vaqti kegandi Juma va Yakshanba 12-14 soat uhlimiz... ertalabda kup uhlash yahshimas, lekin tushlik paytda 2-3soat uhlash ham mazza va ham foyda deb uyliman:)...

Unique
12-04-2006, 01:12 PM
bugun 6 soat uhliman

UzLand
12-04-2006, 01:44 PM
bugun 6 soat uhliman

Бугун 9 соат ухлайман. Эртага дам! Лекин уртача 6 соат.

UzLand
12-04-2006, 01:46 PM
Obychno hotya by 6-7 chasov a tak esli na rabotu to i po 3 chasa byvaet :(

Это не нормально. Человек от недосыпания быстро стареет. Думаю, в среднем люди часа 2-3 на фигню тратят, особенно когда самодисциплины нет.

Frida
12-04-2006, 02:10 PM
Это не нормально. Человек от недосыпания быстро стареет. Думаю, в среднем люди часа 2-3 на фигню тратят, особенно когда самодисциплины нет.

точно, сидиш на форуме а время летит...

Arhimed
12-04-2006, 02:13 PM
7-8 soat

22-00 dan 6-00 gacha. Asosiy uyqu 22-00 dan 3 gacha uyog'ini uyquligi qo'midi.

erkak#1
12-04-2006, 02:15 PM
Biz erkakchasiga uxliymiz! :lool:
Qanday uxlashnimas, vaqtni aytayabman! :lool:
Sila yomon ma'noda tushundiylami? :lool:
Fikriylayam yomonde o'zi silani! :lool:

Average = 8.0 :lool:

oltiariq
12-04-2006, 02:21 PM
Biz erkakchasiga uxliymiz! :lool:
Qanday uxlashnimas, vaqtni aytayabman! :lool:
Sila yomon ma'noda tushundiylami? :lool:
Fikriylayam yomonde o'zi silani! :lool:

Average = 8.0 :lool:

savolni uziz berib, uziz javob berib qo'ydizku! :lool:

erkakchasini siz aytgandaqa tushungan bulsak, ayollarchasiga qana deb o'ylashimiz keragidi? :lol:

UzLand
12-04-2006, 02:25 PM
7-8 soat

22-00 dan 6-00 gacha. Asosiy uyqu 22-00 dan 3 gacha uyog'ini uyquligi qo'midi.

Узи 22-00 дан 24-00 гача 2 соат уйкуда 4 соатга юради дейишадику.

Arhimed
12-04-2006, 02:29 PM
Узи 22-00 дан 24-00 гача 2 соат уйкуда 4 соатга юради дейишадику.

Bomdodga turish foydali......

kingdom
12-04-2006, 03:36 PM
urtacha 6-8soat!bazan har kuni maximum 4soat uyqu buladi haftada bir kun 12soat ham bulib turadi onda sonda;)

Vector
12-04-2006, 03:49 PM
haftada bir kun 9-10 soat uhliman toyvalib...atak normal 6-7 soat
shu kam uhlasam qaytangi 'fresh' yuraman, hayronman...

Wolfman
12-04-2006, 04:17 PM
faslga bog'liq, qishda uzunroq: 5-6 soat. yozda kam, o'rtacha 4-4,5 soatlar bo'lsa kerak.

uyqu vaqtini tanlamayman, mana hozir 18 dan 22 gacha uxlab turib, o'tiribman dam olib.

Wolf

W.I.Z.A.R.D
12-04-2006, 05:35 PM
Возможно,но много спать тоже вредно...

c точки зрение медицины рекомендуется спать 8 часов :)

erkak#1
12-04-2006, 05:38 PM
savolni uziz berib, uziz javob berib qo'ydizku! :lool:

erkakchasini siz aytgandaqa tushungan bulsak, ayollarchasiga qana deb o'ylashimiz keragidi? :lol:

Bunaqa gaplar qilaversangiz qizilidan berishadi! :lool: :lool: :lool:

UzLand
12-04-2006, 05:40 PM
Возможно,но много спать тоже вредно...

...можно привыкнуть:)

Masanori
12-04-2006, 05:43 PM
hmmm har doim har hil, bazida ikki kunda ikki soatgina uhlagan kunlarim ham buladi, a tak minimum 6 soatla uhliman.

JoJ
12-04-2006, 05:44 PM
...можно привыкнуть:)

u mena est odna znakomaya, ona bolshe chetireh chasov ne spit ;)
ya dumal chto ona tak dolgo nemojet, net vot uje bolshe goda tak...

erkak#1
12-04-2006, 05:46 PM
u mena est odna znakomaya, ona bolshe chetireh chasov ne spit ;)
ya dumal chto ona tak dolgo nemojet, net vot uje bolshe goda tak...

Qizlarni o'zi kam uxlashga o'rganishlari kerak! :lool:

O'rganolishmasa unda, turmushga chiqishganidan keyin kim uy ishlarini erta sahardan turib qiladi? :lool:

Aldrina
12-04-2006, 06:00 PM
6-8 Соат... Баъзан 4 Соат Хам Булади... Баъзан Кайфият ёмонлигида 12 Соат Хам Булади...

erkak#1
12-04-2006, 06:01 PM
6-8 Соат... Баъзан 4 Соат Хам Булади... Баъзан Кайфият ёмонлигида 12 Соат Хам Булади...

Odatda kayfiyat bo'lmasa odamni uyqisi kelmasdi... sizda teskarisi ekande... :lool:

Ha-ya uzr... siz xashoratxo'r o'simliksizku... o'simlikxo'r xashorot emas... :lool: :lool: :lool:

Hafa bo'gan o'ris! :lool:

Pythagor
12-04-2006, 10:39 PM
5-6 soat uyqu bizda,

saturn
12-04-2006, 10:45 PM
yakshanba - kamida 12 soat (agar ishim tiqilinch bo'masa).....
boshqa kunlari - nastroeniyaga qarab ... bor bo'lsa - 6-7 soat, bo'masa - uyqu bilanham urushaman...

Tokugawa
12-04-2006, 10:57 PM
On average 4 hours at maximum.
After parties - from 15 to 20 hours.

NanOnaN
12-05-2006, 12:13 AM
6-7 soat odatda, lekin shu kunlada uyquni mazasi yoq
dam olish kunlari 10-12soat maza qilip uhliman

zanjir
12-05-2006, 04:51 AM
man 3-7 soat boganda ichiga kirardim:)

Gareeb
12-05-2006, 05:39 AM
O'rtacha 6-7 soat , oshsa oshadiki kamaymaydi:)

Iceman
12-05-2006, 08:41 AM
man monday, tuesday thursday kunlari 6 soat uhliman.
jumada kopincha uhlamiman.
yakshanbada kun boyi uhliman... maza shu yakshanba kunlari.

Samarkand
12-05-2006, 09:19 AM
Men juda yaxshi uxlayman.
Hohlagan paytimda turaman. Qisqasi menga budilnik umuman kerak emas.

Ba'zan tashvishlar bilan 3-4 soat uxlashga to'g'ri keladi. Hafta oxirida bir kun to'yib uxlasam yana hammasi joyida.

Yomon tarafi uyqum qattiqroq, uncha-muncha tovush meni uyg'ota olmaydi. Uydagilarim ham o'rganib qolishgan meni turtib uyg'otishga.

Kishi to'g'ri yotsa (yotgan joyi, tekisligi, juda qalin, yupqa bo'lmagan, toza joy va havo, yetarli yorug'lik), tinch bo'lsa, kam vaqt bo'lsa ham yaxshi dam olib uxlashi mumkin.

Iloji boricha tezroq uxlagani yotish kerak va azonda uyg'onish kerak deb aytardilar bir o'qituvchimiz.... :)

Yaxshi dam olgan kishida miya faoliyati ham a'lo bo'ladi. :)

StU
12-05-2006, 09:27 AM
not less than 7 hours, otherwise don't feel well :) .

JoJ
12-05-2006, 09:38 AM
not less than 7 hours, otherwise don't feel well :) .

me surely not more than 8-9 hours, otherwise im sleepy whole day :D

Fifi
12-05-2006, 12:17 PM
Dunyoda eng eng eng yomon ko'rgan narsam uyqu bilan to'yib, ko'p ovqatlanish.

Sutkasiga bir mahal ovqatlanib, kam uxlayman. :-) Talabalik davrimda 2 soat uxlar edim. :-) Ba'zida o'zimni majburlab uxlataman. :-) :-) :-) :-) :-)

Arhimed
12-05-2006, 02:45 PM
Dunyoda eng eng eng yomon ko'rgan narsam uyqu bilan to'yib, ko'p ovqatlanish.

Sutkasiga bir mahal ovqatlanib, kam uxlayman. :-) Talabalik davrimda 2 soat uxlar edim. :-) Ba'zida o'zimni majburlab uxlataman. :-) :-) :-) :-) :-)

Robot bo'p ketingeeee

Iceman
12-05-2006, 02:59 PM
Dunyoda eng eng eng yomon ko'rgan narsam uyqu bilan to'yib, ko'p ovqatlanish.

Sutkasiga bir mahal ovqatlanib, kam uxlayman. :-) Talabalik davrimda 2 soat uxlar edim. :-) Ba'zida o'zimni majburlab uxlataman. :-) :-) :-) :-) :-)

aka bu qanaqasiga uhlamasdan yurasiz a?
man vaqtida uhlab yurmasam hech ishlarim yurishmasdan qoladide

qoyilee

Silence
12-06-2006, 12:20 AM
Около 5-6 часов В Будни, Но И То Это Неполные часы Так Как Приходится Вставать К Ребенку От 1 До 4 Раз За Ночь. А Кто То Надо Мной Подшутил И Сказал, что К Тому Моменту, Когда Ребенку Исполнится Годик Она Будет Спать Без Просыпу До Утра.
В Выходные часов 7 С Теми Же Оговорками.
Но Все Же Это Просто Рай По Сравнению С Тем, Сколько часов Удавалось Поспать Года Полтора Назад :)

А Вообще я что То читала О Том, что Женщине, Если Она Хочет Нормально Выглядеть Нужно Спать Не Менее 10 часов В Сутки. У Меня Все Тело Болит, Если я Проведу В Постели Столько часов...

Han
12-06-2006, 02:54 AM
harxil bo'ladi... ishga va tashvishga qarab...
studentligimda max. 5 soat edi. eh qanday barakatli yillar edi.. hozir esa ko'pincha 6 soat...
choshgoh paytida uxlash (qaylula) tungi uyqi vaqtini qisqartiradi... lekin har gal ham mavridi kelavermaydi...
bomdoddan keyin karohat vaqt5ini o'tkazib borib 30 min uxlash yuzni go'zallashtiradi...
kechasi sahar vaqti asnosida uyg'onib, 30 minutcha tahajjud bilan mashg'ul bo'lish ham yuzni go'zallashtiradi...

Royal
12-06-2006, 03:08 AM
1-2 soat yahshi tiniqip uhlasam eng yahshisi osha...
yomon uyquda 8 soat yotgandan korasi..

Fifi
12-07-2006, 04:26 AM
aka bu qanaqasiga uhlamasdan yurasiz a?
man vaqtida uhlab yurmasam hech ishlarim yurishmasdan qoladide

qoyilee

Buni yo'li bor. Ya'ni tibbiyot yo'li. Inson tanasida qanchalik temir moddasi ko'p bo'lsa, shuncha u uyqudan yiroqda bo'ladi. Temir moddasi ko'p bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilib turishni tavsiya qilaman.

Teskarisi, ko'p uyquchilikdan insonni ishi yurishmasa kerak. :-) Har bir narsaga inson chiniqish bilan erishadi. Uxlayman degan paytda bir yugurib keling, yoki jismoniy mehnat qiling, uyquni o'zi qochadi. :-)

Fifi
12-07-2006, 10:26 AM
harxil bo'ladi... ishga va tashvishga qarab...
studentligimda max. 5 soat edi. eh qanday barakatli yillar edi.. hozir esa ko'pincha 6 soat...
choshgoh paytida uxlash (qaylula) tungi uyqi vaqtini qisqartiradi... lekin har gal ham mavridi kelavermaydi...
bomdoddan keyin karohat vaqt5ini o'tkazib borib 30 min uxlash yuzni go'zallashtiradi...
kechasi sahar vaqti asnosida uyg'onib, 30 minutcha tahajjud bilan mashg'ul bo'lish ham yuzni go'zallashtiradi...

Haq gap. Tahajjud bilan mashg'ul bo'lganda yuz tiniqlashib, aft-angor o'zgaradi.

Gareeb
12-08-2006, 08:41 AM
Dunyoda eng eng eng yomon ko'rgan narsam uyqu bilan to'yib, ko'p ovqatlanish.

Sutkasiga bir mahal ovqatlanib, kam uxlayman. :-) Talabalik davrimda 2 soat uxlar edim. :-) Ba'zida o'zimni majburlab uxlataman. :-) :-) :-) :-) :-)

ha meni bir o'rtog'im bo'lardi ikki sutkada 4-5 soat uxlardi, jinni bo'lishiga oz qolgan.

Huzur
12-08-2006, 11:42 AM
Gareeb :)

islom olimlari Fifi aytganidek juda kam uxlashgan. masalan imomi a'zam hazratlarining xufton namozi chiqishida so'ralgan bir savolga javob berish uchun bomdodgacha bir oyoqlari masjid tashqarisida ikkinchisi ichkarida turgan xolda suhbat etganlari mashhur. ko'pincha bir-ikki sutkada bir ovqatlanishgani rivoyat qilinadi.
demak diniy qayg'usiz kam uxlash jinni bo'lishga olib borarkanda :)
men ham o'rtacha 5 soat uxlayman. ba'zan bir haftalab bir sutkada 2-3 soat uxlagan paytlarim ham bo'ladi.

Fifi
12-08-2006, 01:34 PM
ha meni bir o'rtog'im bo'lardi ikki sutkada 4-5 soat uxlardi, jinni bo'lishiga oz qolgan.

Bu bilan nima demoqchisiz?:cool:

Lorelei
12-08-2006, 01:48 PM
6-7 soat. Kam uxlagan kunlarim, juda yomon charchoq his etib, ishga qulim bormaydi.

Unique
12-08-2006, 03:52 PM
3 soatdan keyin turib, choy ichib, o'qishga ketishim kere,:sleepy:

zanjir
12-09-2006, 01:11 AM
3 soatdan keyin turib, choy ichib, o'qishga ketishim kere,:sleepy:

hali uhlamagansizu? qachon uhlisiz?
manimcha siz 2-5 degan joyiga click qilishiz kere ekan:)

zanjir
12-09-2006, 01:13 AM
odam bir hafta kam uhlasa uje redbull ham foyda bermiy qoyadi. man oz hayotiy tajribamdan kelib chiqib aytayabman. eng bomaganda uchinchi kun koproq uhlash kerak.

XXL
12-09-2006, 01:42 AM
soat 09.30 ertalab, kechadan beri uhlamadim, i vsyo izza ....... ne budu

dalshe govoryt... :P

Legend
12-09-2006, 03:39 AM
Shu ohirgi 2 hafta, 4 soatdan ham uhlamayamman shakili....

Iceman
12-09-2006, 04:14 AM
olmada temir moddasi ko'p a? to'htamasdan olma yesam yordam berarkanda-a?
kecha ishdagila bilan ichgani bordik, 4 da uyga kegandim, 9 da ishga keldim :( zo'rg'a o'tirimman. customerla bilan gaplashganda uhlab qoli deyapman!

shu uyqu degan narsadan bazida vaqtimmi qizg'anaman! chunki qiladigan ishla shunaqa ko'p!

yaqinda uyga ketaman, uhlab uhlab kelaman!

Flamingo
12-09-2006, 04:31 AM
Mana soat ertalab 6 uyqu yuq.:(
Shu talabalik davri zur edi. Tuyib tuyib uxlardim.:uups: "Kim turmasa pechen'e qomaydi" yoki "Kim turmasa bulochka qomaydi" deb uyg'otardila dadam...:uups:
Endi uyqu yuq. Charchoqdanmi bilmadim yoki u'y xayol kupligidanmi uyqu yuq.:rolleyes:

NuR_BeK
12-25-2006, 07:40 AM
shuni o'qib qolganimda, balkim bu maqola ushbu threadda boshqalarni ham qiziqtirar deb o'yladim.
- - - - - - - - - - -
Qancha vaqt uxlash kerak?
Bu savolga aniq javobni fan haligacha aniqlay olgan emas. Barcha uchun birdek qo‘llash mumkin bo‘lgan qoidaning o‘zi yo‘qqa o‘xshaydi. Ammo ana shu mavzudagi tadqiqotlar olimlar uchun ham, boshqalar uchun ham qiziqarli bo‘lib tuyulishi, tabiiy. Yaponiyadagi Nagoi universiteti olimlarining fikricha, uyqu inson salomatligi va umriboqiyligini ta’minlashda juda katta ahamiyatga egadir.

Tadqiqotchilar Yaponiyaning 45 ta tumanidan 110 ming kishini jalb qilgan holda ish olib borishdi. Ular olingan natijalarni qaytadan sinchkovlik bilan o‘rganishga kirishdilar: uyquning kasalliklar yoxud o‘lim bilan bog‘liqlik jihatlari nimada? Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, sutka mobaynida olti soatdan yetti yarim soatgacha uxlaydiganlar eng sog‘lom kishilar ekan. O‘lim hodisasi bunday kishilarda juda kam uchraydi. Surunkali ravishda uyqusizlik dardiga yo‘liqqanlar jiddiy xavf-xatarga uchrashlari aniq. Kimki 4—5 soatdan kam uxlasa, o‘z umrining 1,6 marta qisqarishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotlar zamirida azaliy qonuniyat borligini inkor eta olmaymiz: to‘laqonli dam ololmagan kishining tanasi darmonsizlanishi tabiiy. Tadqiqotning yana bir jihati hayratomuz. Bu ko‘pchilikning to‘yib-to‘yib va ko‘proq uxlash kerak, degan fikriga tamoman ziddir. Muttasil ravishda sutkasiga 9—10 soatlab uxlash, bu umrni 1,7—1,9 barobar kamaytirishga olib keladi. Uyquni yaxshi ko‘ruvchilar o‘rtasidagi o‘limning yuqoriligi sabablarini tushuntirish oson. Shuni nazardan qochirmaslik kerakki, uzoq uxlovchilarning aksariyati sog‘ligida jiddiy muammosi bo‘lgan kishilardir.

Ko‘pchilik olimlarning taxminiga qaraganda, uyquning davomiyligi unchalik muhim emas. Uyquning qayerda, qanday holatda, demak, sifati sog‘likka, jumladan, kishining «ichki biologik soati»ga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har bir kishi o‘zining nasliy jihatdan shakllangan uyqusi va tetiklik ritmiga ham ega. (Bu hammaga tanish bo‘lgan holat — «so‘fito‘rg‘ay (tongda uyg‘onuvchi) va «boyo‘g‘li» (kech turuvchi)ning uyqusini eslatadi). Ana shu ritmning buzilishi oqibatida tez-tez yurak-qon tomirlari, asab, endokrin, umumiy ma’noda desinxronoz deb aytish mumkin bo‘lgan kasalliklar kelib chiqadi. Bu kasalliklarning eng murakkab holatlarida maxsus xronbiologiya fani shug‘ullanadi. Shuni bilish muhimki, desinxronoz sog‘lik uchun xavfli bo‘lib, u organizmning quvvatini keskin tushirib yuboradi, surunkali kasalliklarga duchor etadi.

Xulosa aniq bo‘ldi: siz uchun odat tusiga kirgan sog‘lom turmush tarzidan hech qachon chekinmang, uyqudagi joyingiz o‘zgarmagani ma’qul, shunda siz xotirjamgina charchog‘ingizni chiqarasiz. Sizning qancha vaqt uxlashingizni esa organizmingizdagi ehtiyoj hal qiladi. Tanangizdagi «men» sizga hamisha uyqu bobida ham signal berib turadi. Har qalay me’yorida uxlagan yaxshi.

“Ma’rifat” gazetasidan olindi.
(http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=618&Itemid=1)

Iqbol
12-25-2006, 11:12 AM
24'ni tugashi ham qiyin bo'p ketti, ungacha uyqu yo'q :)

NozChik
12-25-2006, 12:55 PM
Xmasga 24 soatlab uhlavoldim lekin:D :uups: Mazza:cool:

erkak#1
12-25-2006, 01:51 PM
2-3 soatdan 5 soatgacha uxliydigan bo'b qobmiz...
Hudo biladi nima bo'ldi, uyquyam yo'q, ishtahayam yo'q! :lool:

Dil
12-25-2006, 02:00 PM
Umuman keyingi vaqtlarda uyqu 4-3 soatlarga qisqarib ketgan edi.Buning ustiga ,5-6 kun ilgari uyimga kirgan og'rini uz kuzim bilan kurganimdan beri uhlolmaydigan bulib qoldi odam.Joyni uzgartirsam ham buni nafi bulmayapti, bugun atigi 40 min uholadimmmi yoqmi...
Sog'lom turmush tarzi uchun kamida 7-8 soat tiniqib uhlash zarur aslida..

lobar
12-25-2006, 08:06 PM

Dahshat :shock: bunaqa ahvolda manam aniq uhlomiydigan kasallikka uchrab qolishim aniq !

2kun uyquni tayini bo'madi, qizimmi istmasi 40ga ko'tarilib ketganda, kichikkina joni bilan ihrab uhlashini ko'rib manga uyqu kelarmidi...

zula
01-02-2007, 03:50 AM
Aslida har kuni chamasi 8 soat uhlayman, lekin bu men uchun juda ham ozkiiiii, ertalab turayotganda yana biiiir soat uhlab olsam edi deb o'ylayman, ammo ishga kech qolish mumkin :?

XXL
01-02-2007, 03:52 AM
Aslida har kuni chamasi 8 soat uhlayman, lekin bu men uchun juda ham ozkiiiii, ertalab turayotganda yana biiiir soat uhlab olsam edi deb o'ylayman, ammo ishga kech qolish mumkin :?
ponyaaatno, togda zasypayte na chas ranshe i vsyo budet ok ob :P

zula
01-02-2007, 10:48 PM
ponyaaatno, togda zasypayte na chas ranshe i vsyo budet ok ob :P

Spasibo konechno za sovet, no hot na chas hot na 3 chasa ranshe vse ravno utrom neohoto vstavat. :(

oltiariq
01-02-2007, 10:55 PM
Spasibo konechno za sovet, no hot na chas hot na 3 chasa ranshe vse ravno utrom neohoto vstavat. :(

ммда... тяжелый случай. по больше на свежом воздухе надо гулять...

dauphin
01-03-2007, 12:32 PM
hoz 12 soatli uyqudan zo'rg'a uyg'ondim. shunaqa qiyin bo'ldi bu ko'zlarni ochish.

FlowerShopUz
01-03-2007, 01:27 PM
6-7 on average. yet deviations can be as large as +- 6 hours.

Mirzabek
01-05-2007, 05:06 AM
uyda xotin bor uyku yooo :lool:

crescent
01-05-2007, 06:38 AM
Talabalik paytlarim 3 yil kuniga 1-2 soatdan uxlardim, hatto bir necha kunlab 20 min, 30 minlik uyqu bilan yurganman. Lekin shunda ham "bodringdek" edim (kak ogurchik!) ;) 3-kurs oxiriga kelib ishga joylashib uxlash soatlarim 3-4 soatgacha oshdi. Keyin vrach 4 xil uspokoitel'niy yozib bergandi, ularni ichib uje oyoqda turib uxlab qoladigan bo'lgandim:shock: Avtobusda "mazangiz bo'lmaypatimi" deb menga joy berishardi :lol: Darslarni-ku aytmasam ham bo'ladi... gavdasi kattaroq kursdoshim o'tirgandan orqasidagi partaga o'tardim-u har dars uxlardim :lol: Hozir esa uyqum normada desam bo'laveradi. Shunda ham 6 soatdan ko'p uxlasam kun bo'yi esnayverganimdan og'zim yopilmaydi:?

btw, eng shirin uyqu qachon bo'lishini bilasizlarmi? Transportda! :D Avtobusmi, tubemi, trainmi ustasiga baribir! Ayniqsa yo'lda traffic jam bo'lsa va hech qayoqqa shoshilmayotgan bo'lsam, va albatta transportda o'tirishimga joy bo'lsa... mazza! :lol:

Unique
01-05-2007, 06:06 PM
mani bugun 15 soatdan keyin turgizishdi, bo'masam uhlavurardim :sleeping:

inter
01-05-2007, 06:36 PM
Talabalik paytlarim 3 yil kuniga 1-2 soatdan uxlardim, hatto bir necha kunlab 20 min, 30 minlik uyqu bilan yurganman. Lekin shunda ham "bodringdek" edim (kak ogurchik!) ;) 3-kurs oxiriga kelib ishga joylashib uxlash soatlarim 3-4 soatgacha oshdi. Keyin vrach 4 xil uspokoitel'niy yozib bergandi, ularni ichib uje oyoqda turib uxlab qoladigan bo'lgandim:shock: Avtobusda "mazangiz bo'lmaypatimi" deb menga joy berishardi :lol: Darslarni-ku aytmasam ham bo'ladi... gavdasi kattaroq kursdoshim o'tirgandan orqasidagi partaga o'tardim-u har dars uxlardim :lol: Hozir esa uyqum normada desam bo'laveradi. Shunda ham 6 soatdan ko'p uxlasam kun bo'yi esnayverganimdan og'zim yopilmaydi:?

btw, eng shirin uyqu qachon bo'lishini bilasizlarmi? Transportda! :D Avtobusmi, tubemi, trainmi ustasiga baribir! Ayniqsa yo'lda traffic jam bo'lsa va hech qayoqqa shoshilmayotgan bo'lsam, va albatta transportda o'tirishimga joy bo'lsa... mazza! :lol:

:))))))))))
avtobusda uhlab qosez he4nima bas, agar metroda uhlab qosez bo'mishdeb yonizga birov kimidi!!! mazza qilib uhluras!!! :)