PDA

View Full Version : "Ko'cha" qoidalari

erkak#1
12-06-2006, 09:06 PM
Toshkent... Kechki soat o'n birlar atrofida. Besh oltiga yaqin bollar podyezd oldida kulishib gaplashib turishardi. Ularni orasida bir qorachadan kelgan bola o'tirardi. O'sha bola ularni ichida eng gapga ustarog'i edi shekilli, bir gap gapirsa hamma bollar xaxolab kulishardi.
Bir necha daqiqa o'tgach ularni oldiga to'rt yigit keldi. Ularni ko'rinishi savlatli, qora kiyingan, nigohlari o'tkir, oyoqlarida uchi chiqqan tufli, englarida qora yengil kurtka edi. Qora kiyingan yigitlardan biri:
- Boho digan bolani tanimiyslami? Mashu podyezdda turadi diyishudi...?
- Manman Boho, nimedi? - deb oldinga chiqdi, qorachadan kelgan bola, ovozini bo'g'iqroq qilib.
Qora kiyingan yigit esa, uni ko'zdan kechirib, keyin ko'zlariga qarab:
- Beshinchi etajda turadigan Boho sanmisan?
- Xa! Man divommanu! - dedi Boho, kekkayib.
- Ukam chetroga chiqiylu, sanda gap bor...
- Mani o'rtolarimdan bekitadigan gapim yo', gapirvur sho'tta!
Qora kiyingan yigitni yuzida o'zgarish paydo bo'lib, Bohoni ko'ziga g'azab bilan qarab:
- Chummadin shekilli?
Boho uni ko'ziga qarab turib, sekin joyidan qo'zg'alishni boshladi. Qora kiyingan yigitlar va Boho qorong'u to'yxona tomon borishardi. Oldinda Boho qo'rqibroq bo'lib, ishonchsizroq qadam tashlab borardi. To'yxona ichiga kirishgach, birinchi bo'lib gapni boshlagan qora kiyimdagi yigit Bohoni bo'ynidan tortib o'ziga qaratib, gapni boshladi:
- San Nafisa digan qiz bilan yurganmidin?
- Qanaqa Nafisa? - dedi Boho ko'zlari kattalashib
- Jar-aruda turadi!
- Yo' bilmiman unaqa qizzi!
- O' san manga qara - g'azab bilan bo'ynidan ushlab, - san mani yolg'onchiga chiqarvossanmi?
- Yyyyo'... tanimiyman - deb yigitni panjasidan qutulish maqsadida tanasini olib qochmoqchi bo'la boshladi.
- To'ri tur, o' tipirchilamiy! - deb Bohoni yelkasidan turtdi va ko'ziga qarab turib:
- San manga qara! San bilan erkechasiga gaplashvomman! Taniysanmi yo'mi?
- Yo' tanimiyman divommanu!
- O' tvar'! Nafissi o'zi etvottiyu, Boho digan bola, shunaqa shunaqa joyda turadi dib! U sani taniydide, san uni tanimiysanmi?
- Hhhhh...ha... taniyman... - dedi Boho dovdirab.
- O' s***a, nime unda tanimiyman divossan? ...

(Dialog o'zgartirishlarsiz, original holda keltirilgan)

================================================== =========================

Yolg'on so'zlashing ko'plab odamlarga yaxshilik keltrisa, u yolg'oning savob bo'lgay...

Kimda kim seni bo'yningga ayb qo'ymoqchi bo'lsa, gapini haq ekanligini isbot qilib berishini talab qil...

Ota-onang, qarindoshing nomiga kimdandur haqorat eshitsang, yoki qiz bola qarindoshingga kimdur tajovuz qilsa... sen doimo haqsan... faqat aqlingni ishlatsang bo'ldi...

Erkak kishimisan, gapingda tur! Lafz degan narsani unutma!

Biror bir ish qilmoqchi bo'lsang, asossiz qilma!

Yuqorida aytilganlarga doimo amal qil!

Chet eldamisan, o'zbekligingni unutma!

Pora olma, so'raganga sadaqa ber...

Ota-onang nomiga dog' tushurma!

Seni o'zgalardan ortiqcha joying yo'qmi, demak kam joying ham yo'q!

Doimo gapingni o'ylab gapir! Gapdan ilindingmi, tamom... sen mag'lubsan!

Hech qachon boshingni egma! Qaddingni tik tut!

Ko'chadamisan - ko'cha tilida gapir, uydamisan - uy tilida...

Obro'ingni havoga sochma!

Qiz bola uchun dunyoni boshingga ko'tarma... o'ylab ish tut, niyatingga yetarsan!

Boyni boylik bilan, gapdonni gap bilan yutasan...

Har bir jamiyatni o'z qoidasi bor, buni unutma... O'z qoidangni o'rnatmoqchi bo'lsang, avval shunday bo'lishga erish!

Bilmasdan turib gapirma, bilmaganlar gapirmaydi... Ko'rmaganni ko'rgani qursin...

Sendan kattami, hurmatini joyiga qo'y... seni dilingni og'ritdimi, u sendan katta, demak u haq... Ota-onang haqida qo'pol gap qildimi, 3-bandga qayt...

Orqadan turib gapirma, orqangdan ehtiyot bo'l...

Hoziringni o'ylama... kecha bilan ertani hal qil... Yashashni o'z va o'zgalarni hayotidan o'rgan

Hech qachon insonlikdan pasga qadam tashlama... hayvonlardan uzoqroq yur!

erkak#1
12-06-2006, 09:15 PM
O'zgalar ustidan hukm chiqarma, Hakam emassan!

Gadoga sadaqa ber, pul so'raganga emas

O'zligingni bil, o'zgalarni ketidan yugurma!

Orqa oldingga qarab qadam bos, chuqurlar bo'lishi mumkun...

O'ng tomondan chapga yurish mumkun, lekin chap tomonda ham o'ngga yo'l shu qadar oson bo'ladi deb o'ylama!

Hurmat talab qilma, seni hurmat qilishsin!

Kekkayma, o'pka nafas olish uchun berilgan...

Moshinam bor deb tez haydama, piyodalarga ehtiyot bo'l!

saturn
12-06-2006, 09:16 PM
....

Agar shu qoidalar off-topchining qodalari bo'lsa, :) man ham off-topchi bo'laman! :D

Iceman
12-06-2006, 09:24 PM
aka, bu ancha emotional bo'lib turibsizmi a?
qodilarga umuman gap yo'q bor-ku!

to'la qo'shilaman! bulani Fleymdan ko'chirish kerak boshqa joyga!

O'zgalar ustidan hukm chiqarma, Hakam emassan!

Gadoga sadaqa ber, pul so'raganga emas

O'zligingni bil, o'zgalarni ketidan yugurma!

Orqa oldingga qarab qadam bos, chuqurlar bo'lishi mumkun...

O'ng tomondan chapga yurish mumkun, lekin chap tomonda ham o'ngga yo'l bor deb o'ylama!

Hurmat talab qilma, seni hurmat qilishsin!

Kekkayma, o'pka nafas olish uchun berilgan...

Moshinam bor deb tez haydama, piyodalarga ehtiyot bo'l!

mana shu judayam yoqdi menga!

erkak#1
12-06-2006, 09:25 PM
Doim birga bir chiq, yuzma-yuz tur! (c) Shoxrux

Do'stim bor dema, avval sinab ko'r!

Doim achitib gapirgan insonni do'stim deyaverma, maqol boshqa hayot boshqa...

Qorami, oqmi u baribir odam... shuningdek sen ham...

Ko'zingni kattaroq och, dunyo juda ham keng!

Odamni ham har hili bo'lgani kabi, fikrlar ham har hil bo'ladi... besh qo'l baravar emas!

Bir ishni bitirdingmi, tugadi deb hursand bo'lma, tugaganligiga ishonch hosil qil...

Jamoat joyidamisan, og'zingga kelganini qaytarmay gapirma... bu yer katta xolangni uyi emas...

Hammadan zo'rman deb baqirma, sendan zo'ri ham topiladi!

Bir joyni egalladingmi, o'sha yerga yopishib olma... doim harakatda bo'l!

erkak#1
12-06-2006, 09:32 PM
Bir ishga aralashdingmi, yoshing hisobga o'tmaydi...

Doim aql bilan ish tut.., yutkazmaysan!

Hayot savollardan iborat, savol beraverma... javob izla!

Ojizalarni haqorat qilib, hayotini buzma... bir kun kelib sen ham ojizaga duch kelasan!

Pul hech narsani hal qilmaydi...

Muomalangni to'g'rila...

Aytilgan so'z - otilgan o'q

Gaping qolmadimi, musht ko'tarma... sen mag'lubsan!

"Mahalla ko'y bor..." dema, miyangni ishlat!

Bilmasdan turib aql o'rgatma, maslahat qil... adashtirasan!

erkak#1
12-07-2006, 06:09 PM
Bir ishni boshladingmi, oxirigacha olib bor!

Boshingga kulfat tushganida, sabrli bo'l... o'ylab ish tut...

Doimo aql bilan ish tut!

Biror narsaga erishdingmi, uni himoya qilishni ham unutma!

So'zingdan qaytma!

Mag'lublikdan uzoqroq bo'l, g'oliblik sari intil!

Hurmat topdingmi, o'zgalarni ham hurmat qil!

Soddaliging - mag'lubliging!

Pressing - eng yaxshi strategiya!

Qo'rquv seni ko'p narsangdan ayrishini unutma!

Bo'yi balandning ustunligi bo'yi balandligida bo'lsa, bo'yi pastning ustunligi bo'yi pastligidadir!

Hazil tegi zil...

Yugurtirma ham, yugurma ham...

Сам отвечай за свою безопасность!

Hamma joyga burningni suqaverma...

Hayotdan to'yib nafas olishni o'rgan!

O'z yeringda o'zing hojayinsan... o'zgani yerida sen ojizsan!

O'z yeringda mag'lub bo'ldingmi, bahona izlama... to'kilayotgan bo'lasan...

Shawn
12-07-2006, 06:21 PM
I can't believe it there are no :lool:
2 post juda kuchli yozilgan. Avtor kim?

erkak#1
12-07-2006, 06:23 PM
I can't believe it there are no :lool:
2 post juda kuchli yozilgan. Avtor kim?

Bu thread off-top uchun emas, o'shanchun ":lool:" yo'q... ;)
Avtor kamina... hayot tajribalari...

inDecision
12-07-2006, 06:26 PM
yomon qivoribsizu....qancha vaqt ketti buni hammasini eslab "qog'ozga" tushirishga

Shawn
12-07-2006, 06:27 PM
Nima pensiyaga chiqdizmi, hayot tajribalarni kitob qilish uchun.

inDecision
12-07-2006, 06:31 PM
bu birinchi hikoya faqat 11 punktga asosmi diman....

erkak#1
12-07-2006, 07:05 PM
O'zingni kotta tutma!

Gapingda asos bo'masa gapirma!

Har bir narsani o'z chegarasi bor!

O'z yo'lingni o'zing to'sma!

Pul odamni ko'r qiladi...

Ko'r odamni maqsadi bo'lmaydi...

Hayotda maqsadsiz yashama!

Xato qilish har bir odamga hos!

Kuching ham, kuchsizliging ham bir narsada!

Bir marta xato qildingmi, qaytib takrorlama!

Royal
12-07-2006, 08:05 PM
heh

Hozir UZBda LAVZdan PUL kuchli...

Oooo inson LAVZ degan narsa bor, na bunaqa qilasan , erkakmisiz ? desa ...

- Yo!

deydi...

Dodlavoradi odam....pul dip oziniyam odamdan chiqarvoradi....

VatanparvaR
12-07-2006, 08:19 PM
...
Har bir narsani o'z chegarasi bor!
O'z yo'lingni o'zing to'sma!
...

erkak#1, shu o'zizdan chiqarib yozmayotganiz bilinib qoldi, bo'masa off-top qilishni ham chegarasi bo'lardi :lol:

SAMARKANDI!
12-07-2006, 08:58 PM
Yahshi gaplarni yozibsiz erkak1:) hammasiga amal qilasimi endi uziz? Lekin bunaqa narsalarni oyledigan odam hech bomaganda yarimini amalda qiladi:)

Hursandman

Iceman
12-07-2006, 09:07 PM
ba'zi odamlar juda ham aqlli bo'lib ketibdi... uni qo'yib turing ba'zilari aqlli bo'lib ketganlarni yutaman deb harakat qilyapti...:rolleyes: :x

erkak, gaplani to'g'ri yozgansizu, lekin qaydandir olinganga o'hshayaptimi a? o'zingizni ijodingiz bo'lsa tan berdim, aka!:P

erkak#1
12-07-2006, 10:12 PM
heh

Hozir UZBda LAVZdan PUL kuchli...

Oooo inson LAVZ degan narsa bor, na bunaqa qilasan , erkakmisiz ? desa ...

- Yo!

deydi...

Dodlavoradi odam....pul dip oziniyam odamdan chiqarvoradi....

Bu Thread "Ko'cha qoidalari" diyilgan, O'zbekistonda yashash qoidalari emas...
Agar bitta erkak kishida lavz degan narsani ko'rmadingizmi - u odam erkak kishi emasligi o'shandan ma'lum!
Agar sizga lavzsizlik qildimi, demak siz u odamga hohlagan ishingizni qilishingiz mumkun...

erkak#1, shu o'zizdan chiqarib yozmayotganiz bilinib qoldi, bo'masa off-top qilishni ham chegarasi bo'lardi :lol:

Kakov privet takov otvet... ;)

Yahshi gaplarni yozibsiz erkak1:) hammasiga amal qilasimi endi uziz? Lekin bunaqa narsalarni oyledigan odam hech bomaganda yarimini amalda qiladi:)

Hursandman

Amal qilmasam yozmagan bo'lardim...

ba'zi odamlar juda ham aqlli bo'lib ketibdi... uni qo'yib turing ba'zilari aqlli bo'lib ketganlarni yutaman deb harakat qilyapti...:rolleyes: :x

erkak, gaplani to'g'ri yozgansizu, lekin qaydandir olinganga o'hshayaptimi a? o'zingizni ijodingiz bo'lsa tan berdim, aka!:P
nachunahir, yana bir bor aytaman bu "Ko'cha qoidalari"... Ko'cha qoidalari hech qayerda hech kim tomonidan yozilmaydi!
Bu threadni ochilishini esa o'z tarixi bor...

VatanparvaR, SAMARKANDI, nachunahir... threadni to'liq o'qish ham kerak: ;)
1) Bu thread off-top uchun emas, o'shanchun ":lool:" yo'q... ;)
2) Avtor kamina... hayot tajribalari...

Yana bir bor etaman, bu thread off-top uchun emas...

Royal
12-07-2006, 10:39 PM
erkak 1

yozvur, bulani gapiga quloq soma, hammasini ichi qora...

Shokirbek
12-07-2006, 10:50 PM
erkak 1

yozvur, bulani gapiga quloq soma, hammasini ichi qora...

Heh, Royal aka, hazilni ham olasizda lekin.

Erkakbekning esa qobiliyatliligidan, o'sha offtoplari ortida noziktab' (aytganday, nozikta'b deb yozish noto'g'ri, hamma kitoblarda kelsa ham :) ), o'tkir bir yigit turganidan "bir kunmas-bir kun hazil qog'oziga o'rab aytilgan ko'pgina offtoplar jiddiy shaklda namoyon bo'lar" deb o'ylar edim... :) :cool:

Yozganlaringiz juda ma'qul, uka.

Amiri Turkiston
12-07-2006, 10:55 PM
Mavlono Erkak o'ziz misiz? :-)

Prince
12-07-2006, 11:04 PM
1.XAR DOIM , XAR JOYDA , XAR VAQTDA - GAPIRGAN GAPINGA JAVOB BER!!!
2. QISQA VA LO`NDA GAPIR! CHAYNALMA!
3. DO`STLARINGNI - ISHONCHINI YOQOTMA

Mana ko`cha qoidalaridan 3 ta yangisi qoshib qoying!

Shokirbek
12-07-2006, 11:15 PM
Hoziringni o'ylama... kecha bilan ertani hal qil... Yashashni o'z va o'zgalarni hayotidan o'rgan

Donishmandlardan biri aytgan ekan: ""Kechang" o'tdi, ketdi, "ertang" noma'lum, g'oyib narsa. Sen uchun faqat (yashab turgan) "hoziring" bor. Shuning uchun o'tgan narsalar uchun oh chekib, kelajak narsalar haqida vahima qilib o'tirma, hoziringni bil, amal qil".

Prince
12-07-2006, 11:17 PM
4. NIKOGDA NE BROSAI DRUZEY radi DEVUSHEK!!!!!!

Asadbek
12-08-2006, 02:00 AM
Agar shu qoidalar off-topchining qodalari bo'lsa, :) man ham off-topchi bo'laman! :DYo'g'eee, aslo unaqa qila ko'rmang!
erkak#1 yuqorida sanab o'tgan ba'zi qoidalariga o'zi rioya qilmaydi... :)

Masalan: "Kattalarni hurmatini qil. Sendan kattami - demak haq" mazmunidagi qoidasi bor ekan :)
3-4 kun oldin Akasidan Warning olib, baqir-chaqir qilib yurgandi dumalab :lool:

Lekin qoidalaridagi aksariyat gaplari ma'qul, o'rinli.

Prince, Forumni qoidasi bor: "Faqat katta harflarda matn yozish mumkin emas!" degan, amal qiling :)

Doctor
12-08-2006, 04:19 AM
4. NIKOGDA NE BROSAI DRUZEY radi DEVUSHEK!!!!!!

хозирги замонда мана бу макол жуда оптимал булиб колди
"Вчера искал правду, сегодня ищу работу"

Amiri Turkiston
12-08-2006, 04:56 AM
lekin anu Bohoning do'stlariga qoyil qomadim
churka ekan hammasi

do'stini 4 ta bangi kelib olib ketsayu ular anitta ulpat degan nomi bor emish

shpingalet didi bunaqalarni :-)

lobar
12-08-2006, 11:27 AM
O'sha Bohoni nimaga yozdiz o'zi Erkakjon? Davomi nima bo'gan keyin ,qiziqtirib qo'ydizu odammi :). Sizam serial boshladizmi, unda tez tez yozib turingde Boho haqidayam.

Fifi
12-08-2006, 01:40 PM
Shu erkak bolacha menga bekorga yoqib qolmagan ekan. :-)

erkak#1
12-08-2006, 02:18 PM
Prince, 4-qoidangizga sal o'zgartirish kiritsangiz, ya'ni, "Nikogda ne brosay druzey", desangiz yetar edi... :)

Asadbek, "O'zgalar ustidan hukm chiqarma, hakam emassan" degan qoida bor... ;)
Undan tashqari administrator bo'la turib off-top qilayabsiz... ;)

Amiri Turkiston, o'sha do'stlarini o'rnida bo'lganingizda siz aralasharmidingiz gap nima haqida ketvotti, kim o'zi bu odamla, nimaga Bohoni oldiga kelishganligini bilmasdan turib? :)
Aralashganingizda ham haq bo'larmidingiz yoki yo'qmi? :)
Bir ishga aralashishdan avval, u ishni sababini aniqla... yana bitta qoida ;)

Lobar opa, Boho bori yo'g'i intro edi temaga... :)
Davomi esa, Boho qilgan ishiga yarasha javob olgan... ;)

P.S.: Off-top qilmasligingizni 3-marta... va oxirgi martta so'rayman... davomiga esa Asadbek aka, ishonamanki, o'zingiz warninglardan berib qolarsiz... :mrgreen:

Prince
12-08-2006, 03:25 PM
Prince, 4-qoidangizga sal o'zgartirish kiritsangiz, ya'ni, "Nikogda ne brosay druzey", desangiz yetar edi... :)

Bo`lmaydida korganmiz , dostlarimizni , kocha yurgan qizlar bilan gaplashib yuramizda.... yonimizga kelib "DOST BOSEN SHU QIZGA GAPIRMA MANGA BERGIN ILTIMOS" deydi..... Xop deysiz.... , 1-2 xaftadan keyin Qizga qarab
"Kim Bek-mi? ODAMMASU u" --> Ne horosho govorit ploxoe o druzey! pritom devkam! :twisted: :rolleyes:

erkak#1
12-08-2006, 03:39 PM

E'tibor bergan bo'sez hech qaysi qoidani to'liq yozganim yo'q, qolgan qismini o'ziyla chiqazvoliyla dib...
Agar "Nekogda ne brosay druzey" deb yozib qo'yganizda, har qanday holatda ham, do'stingni unutma degan ma'no chiqqan bo'lardi...
Buni ichiga "qiz bola uchun" ham degan ma'no kirib ketadi.
Lekin odatda ko'cha ishlariga qizlarni aloqasi yo'q edi... ;)

PHOENIX
12-08-2006, 03:45 PM
P.S.: Off-top qilmasligingizni 3-marta... va oxirgi martta so'rayman... davomiga esa Asadbek aka, ishonamanki, o'zingiz warninglardan berib qolarsiz... :mrgreen:

Mavzudan chetlashish hali kuzatilganicha yo'q. Agar bunday holat vujudga kelsa, "ishanavring", chorasi ko'riladi. ;)

erkak#1
12-08-2006, 04:39 PM
Mavzudan chetlashish hali kuzatilganicha yo'q. Agar bunday holat vujudga kelsa, "ishanavring", chorasi ko'riladi. ;)

Off-top bo'lmayapti deng... unda hozir Literatura i Isskusstvo bo'limiga borib, kim qanday she'r yozgan bo'lsa borib she'riz zo'r ekan deb post qoldirib chiqsam, yoki "Muzika i Kino" bo'limiga borib kim qanday ashula qo'ygan bo'lsa zo'r ashula ekan deb post qoldirib kelsam unda u narsa ham mavzudan chetlashish bo'lmaydimi? ;)

PHOENIX
12-08-2006, 05:18 PM

Отмечу, что вот теперь ты у меня оффтопишь.

Ладно, отвечу на вопрос: да, это будет расцениваться как офф-топик, потому что те боарды предназначены освещать другие темы и по-другому. Здесь же флейм, и тут позволяется обсуждать темы как твоей душе угодно, но в рамках темы, а также не нарушая правила форума и данного боарда.

erkak#1
12-08-2006, 08:26 PM

2-marta...

Agar man hozi qoidalar haqida gapirvotganimda off-top qivotgan bo'sam, u holda qoidaga amal qilish haqida gapirish, Forum qoidalari bilan bu threaddagi qoidalarni bog'lash va eng oxirgisi, "shu qoidalarni kim yozgani va shu qoidalarga amal qiladimi yo'qmi" ma'nosidagi gaplar off-top hisoblanmas ekanmi?

Qanday qilib bu threadda off-top bo'layotganini etsam sizga:
1-dan bu threadda faqat qoidalar yozilishi kerak!
2-dan Flood eto ne po pravilam Foruma... a vse Komplimenti bili Flood'ami...

Endi sizga savol, erkak#1ni gapini e'tiborga olmaslik kerakmi? U har doim noxaqmi? Bu holat aynan sizni moderatorligingizda 2-marta kuzatilyapti...

P.S.: Mani Off-top qilishimga kim majbur qilayotgan ekan...? 3-marta sizga PM yozdim... uchalasi ham mutoiba bilan rad etildi... Bu narsa esa Forumning 9-qoidasini buzmayotganligimni ko'rsatadi

Prince
12-08-2006, 09:05 PM
Kochadi qiz uchun!!! Ortolariz bilan urishish , olishish arzimaydi!! Demoqchiman halos...

E'tibor bergan bo'sez hech qaysi qoidani to'liq yozganim yo'q, qolgan qismini o'ziyla chiqazvoliyla dib...
Agar "Nekogda ne brosay druzey" deb yozib qo'yganizda, har qanday holatda ham, do'stingni unutma degan ma'no chiqqan bo'lardi...
Buni ichiga "qiz bola uchun" ham degan ma'no kirib ketadi.
Lekin odatda ko'cha ishlariga qizlarni aloqasi yo'q edi... ;)

Amiri Turkiston
12-08-2006, 09:10 PM
Amiri Turkiston, o'sha do'stlarini o'rnida bo'lganingizda siz aralasharmidingiz gap nima haqida ketvotti, kim o'zi bu odamla, nimaga Bohoni oldiga kelishganligini bilmasdan turib? :)
Aralashganingizda ham haq bo'larmidingiz yoki yo'qmi? :)
Bir ishga aralashishdan avval, u ishni sababini aniqla... yana bitta qoida ;)
:

shu qoidaga yana bitta qoida

DO'St tutundingmi - chidab ohirgacha do'st bul
do'stingni qilib qo'ygan hatosiga javob berayotgan vaqtda uni tashlab - u no haq edi deb turma ... k*tga o'hshab

u no haq bulsa ham uning yonini ol!!! ;)

Prince
12-08-2006, 09:12 PM
Ami_Turkiston - yasheng otam!!!
Sherakam etganlariday - DOST BOLSANG YONIMDA TUR!!!!!!

bacha
12-08-2006, 09:44 PM
Qoidalarda doimiy haqiqat, kuchada bir narsaga urgandim degan usmirning "mantiqi" bilan aralashtirilgan. Shoxruxni kamroq eshitish kerak, yoshizga tug'ri kelmiydi.

Unumli kucha qoidalaridan, bu ham faqat Uzbekistonga taalluqli:

Ishing yahshi ketdimi, qamoqqa "pojertvovanie" qil. Bir kun usha erga tashrif buyurganingda bu sanga yordam berishi mumkun.

Bundan ham yahshisi, qamoqqa tushish kabi hafga hich qachon yol qoyma. :)

Aql ham urgatma(uzimga taaluqli)!

elDoraDo
12-09-2006, 01:04 AM
thanks - hikoyaning tabbiy chiqqanligi uchun.
Qolganini toliq oqimadim, ammo shuncha qoida yoishi bilan erkak taasurot qoldirdi.
Ko'cha qoidalari... qoidalarni muvofiqlashtirvolishni unutma.

zanjir
12-09-2006, 01:38 AM
eng onsoni
:red: da tohta;
:shy: da yur;
:) da ikkilanmasdan tohtiyvur, harakat qilib ishkal chiqazma:)

erkak#1
12-28-2006, 06:24 PM
Agar bugun shox bo'lsang, doim tayyor tur! Ertaga gado bo'lib qolishing mumkun...

Pul - har doim ham birinchi o'rinda deb bilma. Nafs yomon narsa...

Hech qachon egilma, egilgan tepiladi...

Bandasan, Hudo bo'lishga urinma!

hangug
12-28-2006, 09:22 PM
Agar bugun shox bo'lsang, doim tayyor tur! Ertaga gado bo'lib qolishing mumkun...

Pul - har doim ham birinchi o'rinda deb bilma. Nafs yomon narsa...

Hech qachon egilma, egilgan tepiladi...

Bandasan, Hudo bo'lishga urinma!

Mana yana bittasi: Agar moder bulsang, doim tayyor tur! Ertaga offtopchi ham bulolmasliging mumkin...:twisted:

erkak#1
12-28-2006, 09:27 PM
Mana yana bittasi: Agar moder bulsang, doim tayyor tur! Ertaga offtopchi ham bulolmasliging mumkin...:twisted:

Ko'cha kotta xolayni ayvoni emas...

:lool:

VatanparvaR
12-28-2006, 11:59 PM
anu yuqoridagi dialogni davomi qani ?
bahoni nima qilshdi, nafissichi ?

erkak#1
06-24-2007, 10:31 AM
Yoningda bir qiz bilan ketayotganingda, ro'parangdan bir necha yigitlar chiqib qizga gap otib va bu senga yoqmasa... avval shu qizda haqqing bor yoki yo'qligini o'yla.

Shuni bilginki, kerak payti ko'chadagi foxishada ham haqqing bo'lishi mumkun.

erkak#1
06-24-2007, 10:46 AM
Ko'p ham gapiraverma, bir kuni o'zingni gaping o'zingga tosh bo'lib qaytishi mumkun. Ko'p gap eshshakka yuk...

fiona-user
06-24-2007, 12:15 PM
[quote=erkak#1;554905]Toshkent... Kechki soat o'n birlar atrofida. Besh oltiga yaqin bollar podyezd oldida kulishib gaplashib turishardi. Ularni orasida bir qorachadan kelgan bola o'tirardi. O'sha bola ularni ichida eng gapga ustarog'i edi shekilli, bir gap gapirsa hamma bollar xaxolab kulishardi.
Bir necha daqiqa o'tgach ularni oldiga to'rt yigit keldi. Ularni ko'rinishi savlatli, qora kiyingan, nigohlari o'tkir, oyoqlarida uchi chiqqan tufli, englarida qora yengil kurtka edi. Qora kiyingan yigitlardan biri:
- Boho digan bolani tanimiyslami? Mashu podyezdda turadi diyishudi...?
- Manman Boho, nimedi? - deb oldinga chiqdi, qorachadan kelgan bola, ovozini bo'g'iqroq qilib.
Qora kiyingan yigit esa, uni ko'zdan kechirib, keyin ko'zlariga qarab:
- Beshinchi etajda turadigan Boho sanmisan?
- Xa! Man divommanu! - dedi Boho, kekkayib.
- Ukam chetroga chiqiylu, sanda gap bor...
- Mani o'rtolarimdan bekitadigan gapim yo', gapirvur sho'tta!
Qora kiyingan yigitni yuzida o'zgarish paydo bo'lib, Bohoni ko'ziga g'azab bilan qarab:
- Chummadin shekilli?
Boho uni ko'ziga qarab turib, sekin joyidan qo'zg'alishni boshladi. Qora kiyingan yigitlar va Boho qorong'u to'yxona tomon borishardi. Oldinda Boho qo'rqibroq bo'lib, ishonchsizroq qadam tashlab borardi. To'yxona ichiga kirishgach, birinchi bo'lib gapni boshlagan qora kiyimdagi yigit Bohoni bo'ynidan tortib o'ziga qaratib, gapni boshladi:
- San Nafisa digan qiz bilan yurganmidin?
- Qanaqa Nafisa? - dedi Boho ko'zlari kattalashib
- Jar-aruda turadi!
- Yo' bilmiman unaqa qizzi!
- O' san manga qara - g'azab bilan bo'ynidan ushlab, - san mani yolg'onchiga chiqarvossanmi?
- Yyyyo'... tanimiyman - deb yigitni panjasidan qutulish maqsadida tanasini olib qochmoqchi bo'la boshladi.
- To'ri tur, o' tipirchilamiy! - deb Bohoni yelkasidan turtdi va ko'ziga qarab turib:
- San manga qara! San bilan erkechasiga gaplashvomman! Taniysanmi yo'mi?
- Yo' tanimiyman divommanu!
- O' tvar'! Nafissi o'zi etvottiyu, Boho digan bola, shunaqa shunaqa joyda turadi dib! U sani taniydide, san uni tanimiysanmi?
- Hhhhh...ha... taniyman... - dedi Boho dovdirab.
- O' s***a, nime unda tanimiyman divossan? ...

(Dialog o'zgartirishlarsiz, original holda keltirilgan)

================================================== =========================

Yolg'on so'zlashing ko'plab odamlarga yaxshilik keltrisa, u yolg'oning savob bo'lgay...

Kimda kim seni bo'yningga ayb qo'ymoqchi bo'lsa, gapini haq ekanligini isbot qilib berishini talab qil...

Ota-onang, qarindoshing nomiga kimdandur haqorat eshitsang, yoki qiz bola qarindoshingga kimdur tajovuz qilsa... sen doimo haqsan... faqat aqlingni ishlatsang bo'ldi...

Erkak kishimisan, gapingda tur! Lafz degan narsani unutma!

Biror bir ish qilmoqchi bo'lsang, asossiz qilma!

Yuqorida aytilganlarga doimo amal qil!

Chet eldamisan, o'zbekligingni unutma!

Pora olma, so'raganga sadaqa ber...

Ota-onang nomiga dog' tushurma!

Seni o'zgalardan ortiqcha joying yo'qmi, demak kam joying ham yo'q!

Doimo gapingni o'ylab gapir! Gapdan ilindingmi, tamom... sen mag'lubsan!

Hech qachon boshingni egma! Qaddingni tik tut!

Ko'chadamisan - ko'cha tilida gapir, uydamisan - uy tilida...

Obro'ingni havoga sochma!

Qiz bola uchun dunyoni boshingga ko'tarma... o'ylab ish tut, niyatingga yetarsan!

Boyni boylik bilan, gapdonni gap bilan yutasan...

Har bir jamiyatni o'z qoidasi bor, buni unutma... O'z qoidangni o'rnatmoqchi bo'lsang, avval shunday bo'lishga erish!

Bilmasdan turib gapirma, bilmaganlar gapirmaydi... Ko'rmaganni ko'rgani qursin...

faylasuf bo'p kete.............
maqola yozdinme a?

Ma'ruf
06-24-2007, 12:18 PM
Yoningda bir qiz bilan ketayotganingda, ro'parangdan bir necha yigitlar chiqib qizga gap otib va bu senga yoqmasa... avval shu qizda haqqing bor yoki yo'qligini o'yla.

Shuni bilginki, kerak payti ko'chadagi foxishada ham haqqing bo'lishi mumkun.

Haqqing bor yo yo'q diganini,qanaqa tushunish kerey?:rolleyes:

erkak#1
06-24-2007, 02:37 PM
Haqqing bor yo yo'q diganini,qanaqa tushunish kerey?:rolleyes:

Tasavvur qiling ko'chada o'z sevgan qizingiz bilan ketayapsiz.
Yo'lingizdan ikki-uch yigit chiqib,
- Ou yaxshi qiz... muncha asalsiz? - deb gap ota boshlashdi.
Shunda sizni g'azabingiz qo'zg'ab, ularga, huddi "o' ko'zingga qarab gapir..." degandek qilib, javob qaytarasiz. Shunday qilganingizda albatta gapingizga yarasha javob olasiz. Shu holatni davomi qanday kechishiga bir misol:
Gap otgan bollarni javobi:
- Iye, san h**li aralashvossanmi? Yo bu qiz sanga kimdur bo'ladimi?
Siz:
- Ha, bo'ladi!
- Kim bo'larkan?
- Qizim bo'ladi! (Sevgan qizim ma'nosida)
- Ha-ha-ha... san bu qiz bilan unashtirilganmisan?
- Yo'!
- Ha-ha-ha-ha-ha.. hali za kusok ketvossanmi?

Shunday qilib... tamomsiz.. :D

Haqqingiz sizga qandaydir rishta orqali aloqasi bo'lgan odamdagina bo'ladi. U qiz bilan sevgi rishtasi borku deganingiz ustingizdan kulishga olib keladi. :D
Agar shunday desangiz, u holda qayerdan bilasiz, balki u qiz bilan turmush qurmassiz? :)
Shu sabab bu yerda sevgan qizingizda hech qanday haqqingiz bo'lmaydi. :)
Azgina kallani ishlatsangiz... bu holdan ham chiqib ketasiz. :D

Ma'ruf
06-24-2007, 03:15 PM

Endi tushundim:)Bizdaqa omi odamlarg mashnaqa qilib Qirg'izcha tushintirmasez...bo'medi.

Bilmadimu,Lekin bola bironta qiz bilan birga ketayotkan bo'sa, yahshi ko'rgan qizimi yo boshqami,u qizga gap otishti o'zi ''ne po ponyatiyam''ku,to'g'rimi?

erkak#1
06-24-2007, 03:40 PM

Nu da... Ponyatkasi yo' bo'gandan keyin nima diysiz endi... :D

erkak#1
01-31-2008, 09:58 PM
Mavzu yo'q bo'lib ketmasin degan maqsadda yana bir ikki qoidalarni yozib qoldirsam :)

Kere bo'sa derzkiy(qo'pol) bo'ganing yaxshi, yolg'on kulgu bilan ishsheyib turgandan ko'ra.

Do'stiyni hich qachon og'ir ahvolda qoldirma, do'st degan noming bor.

P.S.: Mavzu ortiqcha postlardan tozalab tashlansa yaxshi bo'lardi... Administraciyadan iltimos qilib qolamiz :-)

corsair
02-01-2008, 03:18 PM
toshkent ko'chalarini changini tepib qo'yganmisiz deyaman...:-D

1. lyuboy bo'riga bo'ribosar topiladi!

Exclusive
02-01-2008, 03:25 PM
Bek, anu birinchi dialog true story midi?

- jar aru??

- Boho??? :shock:

Dr_Didro
02-01-2008, 05:32 PM
Erke gapiga otvechat' qiladi, xotin esa faqat richat'!

Dr_Didro
02-01-2008, 05:39 PM
Razborka qilmoqchi bo'lgan ukamga nasixatlar ruknidan, XojiQo'toz Toshkandiy kitobidan parchalar:

Qizinga yo'lda gap otishdimi, ular ko'pchilikmi? Duxini boy berma! Bitta fakt shuki qizindan tonsen ham tonmasen ham yeb ketasan :) Muximi qanaqa qilib yeb ketishingda. Erkak bo'libmi, xoshim bo'libmi!

Bu qiz sanga kim bo'ladi deb nayezd qilishdimi, oladiganim deb javob ber, mard bo'l. Agar qizga dokazat' qil deyishsa, egilib tufligini artib qo'ysin. Shunda razborka ham tugaydi!

Qo'lida pichoq bilan sanga o'qtalib ugroza bervottimi, qo'rqma... buni blef deydilar!

Srazu o'shalarni obshiy ramsga chaqir... dalshe bolshe gaplarni o'shatta qilasilar!

Hullas youtube-ga kirib, три махалли deb terib o'sha klipni ko'r navorochenniy gaplarni o'rganib ol!

P.S: O'zim post qilgan bo'lardimu o'sha klipni ayrim kurakda turmaydigan gaplar uchun warning olgim yo'q! :D

OligarX
02-02-2008, 12:54 AM
hech ko'rmagan ekanman bu temani :)

ko'pchiligi uje ne aktualno... "tineyjer"larga hos ko'pi....

- Ha-ha-ha-ha-ha.. hali za kusok ketvossanmi?

bu vaziatdan ham chiqib ketsa bo'ladi...

o'zi voobsheto xaligi so'zni betda bekor ishlatibsiz, ahir qizlar ham o'qiydi ...

agar qiz bola bilan ketayotganingizda sizga 3-4 bo'lib gapirdimi, po lyubomu uni sindirsa bo'ladu... u uje eb qo'ygan, unaqalarni kamida "lomat" qilish kerak...

NanOnaN
02-02-2008, 01:09 AM
Yashen domla:), jaa boshdan otqizgandaka qilip gapiripsiz. endi bir ikkita sovoolar boridi.

Anu puchoq ohtarip kevotgan blef qimyopkan bosachi:)? rostanam nervnniy bosachi, ukasi uchun yana 15 yil otirip chiqadigan:lol:

ramsga - bu nma digani?

Razborka qilmoqchi bo'lgan ukamga nasixatlar ruknidan, XojiQo'toz Toshkandiy kitobidan parchalar:

Qizinga yo'lda gap otishdimi, ular ko'pchilikmi? Duxini boy berma! Bitta fakt shuki qizindan tonsen ham tonmasen ham yeb ketasan :) Muximi qanaqa qilib yeb ketishingda. Erkak bo'libmi, xoshim bo'libmi!

Bu qiz sanga kim bo'ladi deb nayezd qilishdimi, oladiganim deb javob ber, mard bo'l. Agar qizga dokazat' qil deyishsa, egilib tufligini artib qo'ysin. Shunda razborka ham tugaydi!

Qo'lida pichoq bilan sanga o'qtalib ugroza bervottimi, qo'rqma... buni blef deydilar!

Srazu o'shalarni obshiy ramsga chaqir... dalshe bolse gaplarni o'shatta qilasilar!

Hullas youtube-ga kirib, три махалли deb terib o'sha klipni ko'r navorochenniy gaplarni o'rganib ol!

P.S: O'zim post qilgan bo'lardimu o'sha klipni ayrim kurakda turmaydigan gaplar uchun warning olgim yo'q! :D

NanOnaN
02-02-2008, 01:13 AM
hech ko'rmagan ekanman bu temani :)

ko'pchiligi uje ne aktualno... "tineyjer"larga hos ko'pi....

bu vaziatdan ham chiqib ketsa bo'ladi...

o'zi voobsheto xaligi so'zni betda bekor ishlatibsiz, ahir qizlar ham o'qiydi ...

agar qiz bola bilan ketayotganingizda sizga 3-4 bo'lib gapirdimi, po lyubomu uni sindirsa bo'ladu... u uje eb qo'ygan, unaqalarni kamida "lomat" qilish kerak...

Lomat qilish kere, tori, lekin qanaqilip ? shuni etmapsizku.

Shu eng neto situatsiya bosa kere qiz bilan ketvotganda 2-3 tasi gap qisa.
Dr. etganlaride dalshe bolshe qisa baribir ep ketadi:lol::lol:

erkak#1
02-02-2008, 01:56 AM

Bu tema ochilganda, ko'p narsadan xabarimiz yo'q edi, taqsir ;)

erkak#1
02-02-2008, 01:57 AM
Bek, anu birinchi dialog true story midi?

- jar aru??

- Boho??? :shock:

Aha, true story... :)

Has been made a lil bit of change though...

erkak#1
02-02-2008, 02:00 AM
Yashen domla:), jaa boshdan otqizgandaka qilip gapiripsiz. endi bir ikkita sovoolar boridi.

Anu puchoq ohtarip kevotgan blef qimyopkan bosachi:)? rostanam nervnniy bosachi, ukasi uchun yana 15 yil otirip chiqadigan:lol:

ramsga - bu nma digani?

Oka, maxat' qilish( :mrgreen: ) qo'lizdan kesa, i o'zizga ishonsez blefini teskari qilib bitta joyiga tiqib qo'yasiz :-D

NanOnaN
02-02-2008, 02:08 AM
mahat qilishni bilgan bilan, har kuni qilip yurmagandan kegin, kutilmaganda har balo bolishi mumkine. :)

'Dushmaningni hech qachon slabiy dep oylama, har doim maksimalniy napadeniyaga tayor tur'. iya ana on-topik bopti.

oshanichun sal somneniya bosa riskovat qilip otirsh sharmas dip oyliman bunaqa payitlada.

erkak#1
02-02-2008, 02:16 AM

Trenirovkani kamaytirmeng unda =)

Ko'chada aql bilan ish tutish birinchi o'rinda turgani bilan, govdaniyam baquvvat qilish kerak

Dr_Didro
02-02-2008, 07:06 AM
Yashen domla:), jaa boshdan otqizgandaka qilip gapiripsiz. endi bir ikkita sovoolar boridi.

Anu puchoq ohtarip kevotgan blef qimyopkan bosachi:)? rostanam nervnniy bosachi, ukasi uchun yana 15 yil otirip chiqadigan:lol:

ramsga - bu nma digani?

Siz ham yashen... savol berasizu, javob bermimizmi :)

Shu yoshligimiz Chig'atoy, Somon bozor, Allondagi ishkallarda o'tgani uchun ancha pishib qolganmiz :D

Rams - degani erkak janoblari tushintirgandey, mahalovka, ya'ni KATTA ISHKAL!

Anu pichog'i bor blef qilmayotgani bo'lsa, cho'ntagizdan o'zizni pichog'izni olib "orqasiga" tiqib oling, hamma cool down bo'ladi :lol:

Dr_Didro
02-02-2008, 07:23 AM
Lomat qilish kere, tori, lekin qanaqilip ? shuni etmapsizku.

Shu eng neto situatsiya bosa kere qiz bilan ketvotganda 2-3 tasi gap qisa.
Dr. etganlaride dalshe bolshe qisa baribir ep ketadi:lol::lol:

Lomat' qilishni yo'li bor... Masalan kottang kim deb etasiz?

Obezatelno kottasi bosiq, tinch sal o'zini tiyib turadigan bo'ladi yoki jirraki shramga to'la faqat oldinda turadigani bo'ladi.

Gapni birinchi bo'lib banda shoqollari boshlidi, ya'ni eng ko'p shang'illidigani.

Kottasini opredelit' qildizmi, bundoo qaren, kimni vozmojnistlari ko'proq agar o'shani sindira olsangiz butun bandasi sinadi :D...

Boshida kottasini chetga chaqirib tushintiring, bu qizga javobgarligim bor, uyiga eson omon olib borish uchun vada berganman, shundo tashab keli, qaytib kelaman, erkak gapi desangiz. Ishonishsa qo'yib yuborishadi, ishonmasa, etvommanu polyubomu yeb ketas :D no zato shunaqa qilganiz uchun qizingizga tegishmidi ;)

Vector
02-02-2008, 07:27 AM
eng yahshisi razbor pazbor qimasdan yerdagi lyuboy narsani olib oootvorish :lol: dehqonchasiga :lol:
kichkina pakana bolla shunaqa qilishadiku kuchi yetmasa yerdan bir ikki toshni olib 'qorqitishadi' :D

NanOnaN
02-02-2008, 09:18 AM
Kottasini topib gaplashish ma'qul gap boldi, tori chuntirsa chunishi kere , odam ku ahir.

Bunaqa paytlada bir qarich tiliz bosa bemalol chiqip ketasde

Lomat' qilishni yo'li bor... Masalan kottang kim deb etasiz?

Obezatelno kottasi bosiq, tinch sal o'zini tiyib turadigan bo'ladi yoki jirraki shramga to'la faqat oldinda turadigani bo'ladi.

Gapni birinchi bo'lib banda shoqollari boshlidi, ya'ni eng ko'p shang'illidigani.

Kottasini opredelit' qildizmi, bundoo qaren, kimni vozmojnistlari ko'proq agar o'shani sindira olsangiz butun bandasi sinadi :D...

Boshida kottasini chetga chaqirib tushintiring, bu qizga javobgarligim bor, uyiga eson omon olib borish uchun vada berganman, shundo tashab keli, qaytib kelaman, erkak gapi desangiz. Ishonishsa qo'yib yuborishadi, ishonmasa, etvommanu polyubomu yeb ketas :D no zato shunaqa qilganiz uchun qizingizga tegishmidi ;)

OligarX
02-02-2008, 12:59 PM
Lomat qilish kere, tori, lekin qanaqilip ? shuni etmapsizku.

Shu eng neto situatsiya bosa kere qiz bilan ketvotganda 2-3 tasi gap qisa.
Dr. etganlaride dalshe bolshe qisa baribir ep ketadi:lol::lol:

yaxshisi boshqa kunga strelka urish kere,,, o'shanda unaqa "xo'roz"larni lomat qilish osonroq... keyingi safarga dars bo'ladi...

sabab #1: unaqa 3-4 ta bo'lib yigiti bor qizga gapirganlar o'sha joyni o'zida birga bir GAPLASHMASLIK ehtimoli katta, ya'ni fizicheskiy hal qilishga harakat qilishadi (chunki ular ko'oda)

sabab #2: yigit o'ziga ishonmasligi mumkin, ya'ni "ko'chada katta bo'lmagan", unaqa u "parot" qilib qo'yadi...

lekin eng yaxshisi, ko'chaga aralashmaslik, chunki fizicheskiy travma olgandan keyin prav bo'p chiqganingiz hech kimga kerak emas... invalidniy kolyaskada o'zini prav deb yurganlarni bilaman....

P.S.
Deydilar it huradi o'tadi karvon
Mangu malomatda qotmasin boshing
Lekin alam qilar ekan bir umr giryon
Itlar orasidan o'tsa karvoning,,,

OligarX
02-10-2008, 08:23 AM
Shu bilan "ko'cha" qoidalari tugadimi? :)
umuman bu temani tag-pagi bilan o'chirib tashasa ham hafa emasman, lekin temani man ochmaganmande :))

"peac"u "peace" ... (Miru miru) ...