PDA

View Full Version : Abdulla QODIRIYga bag'ishlangan Websahifa


Asadbek
12-11-2006, 07:21 AM
Xalqimizning mutaffakir, ziyoli va millatparvar o'g'loni Abdulla Qodiriy haqida ko'p gapirilgan, ko'p yozilgan. Ammo, Ilmning zamonaviy ummoniga aylangan Internet sarhadlarida O'zbekning ilk romannavis yozuvchisi Qodiriy haqida ma'lumotlar juda kam...

Qodiriy.Edunet.Uz (http://www.qodiriy.edunet.uz) - ana shu bo'shliqni asta-sekin to'ldirib borishdagi sa'y-harakatlarning ilk natijalaridan biridir. Websahifa bir hafta muqaddam ishga tushirilgan.

http://www.qodiriy.edunet.uz/images/boshras.jpg

Websahifada Qodiriy hayoti, ijodi va adabiyotshunos olimlarning u haqdagi fikrlari, xotiralari bilan tanishishingiz mumkin. Abdulla Qodiriy hayotidan guvojlik beruvchi kamdan-kam suratlar ham websahifadan o'z o'rnini olgan.
Sahifa mehmonxonasida esa o'z mulohazalaringizni qoldirib, boshqalar bilan adib ijodi, hayoti haqida fikrlashishingiz mumkin.



PS: Websahifa muallifi - Forumimizning muhtarama ishtirokchilaridan biri bo'lmish Nigorabegim (http://forum.arbuz.com/member.php?u=14443) hisoblanadi.
ayol.edunet.uz (http://ayel.edunet.uz), zulfiya.edunet.uz (http://zulfiya.edunet.uz/), utkir.edunet.uz (http://utkir.edunet.uz) va ssayyid.edunet.uz (http://ssayyid.edunet.uz/) kabi websahifalar ham Nigorabegimning mehnati natijalariga kiradi.

Forumdoshimiz Nigorabegimga barcha ezgu ishlarida doimo rivoj tilab qolaman!

Brigadir
12-11-2006, 07:41 AM
Avvalobor saytga bosh qosh bo'lib yaratganlarga katta rahmat.

Abdulla Qodiriy haqiqatda ajoyib yozuvchi bo'lgan.
Iymonli diyonatli kishi bo'lgan ekan ham.Aytishlaricha u kishini qamab qanchadan qancha azob bersalar ham hammasiga chidab namozini kanda qilmagan iymoni mustahkam kishi bo'lgan ekan. Alloh marhamatiga olgan bo'lsin.
Hozir bizlar biror azob u yoqda tursin hamma sharoit bo'la turib tahoratga erinamiz.
man O'tgan kunlar romanini tahminan 10marta o'qib chiqqanman. O'shanda ohirida bir she'r bo'lardi. Kumushbibi qabr toshiga yozilgan o'shani shuncha urunsam ham to'liq eslolmayapman. Man hozir yozaman shu hserni bilganlar hatosini to'g'irlab berishsa minnatdor bo'lardim.

Ayo charh etding ortiq jabr bunyod
Dilim dog'liq tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayirding,
Yoqib jonim kulim ko'kka sovurding.

P.S. Shu kkinchi qatori qanaqaligini aniq eslolmayapman .:(
Bilganlar yozvorilar iltimos.

Brigadir
12-11-2006, 07:52 AM
Oh eladim:lol: :lol: :lol:
Ayo charh urding ortiq jabr bunyod
Ko'zim yoshliq dilimda qoldi faryoq.
Hayotim lolazoridan ayirding
Yoqib jonim kulim ko'kka sovurding.

Qanchalar go'zalsatrlar....