PDA

View Full Version : Iymonsiz qo'yma!


AbdurRahman
12-15-2006, 03:04 AM
Atrofim gavjum odam,
Asta kelib bo’g’ar dambadam.
Shaytoniy yo’llarga boshlaydi har dam,
Iymonim shivirlar-“BO’LGIN SEN BARDAM”

Bo’ldi bas. Tinch qo’ying meni ey sizlar,
Bunchalar yovuzsiz, qabih orsizlar.
Shaytonning makridan hozir ko’rsizlar,
Bu holingiz uchun ming bor essizlar.

Iymonim sen meni aslo tark etma,
Nafsim sen bunchalar tug’yonga ketma.
Vijdonim hech qachon toshdayin qotma,
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.

Hayotim, vujudim, borlig’im tilka.
Rukuda, sajdada bo’laman senga.
Horsamda, tolsamda ayturman yana…
Allohim sen meni iymonsiz qo’yma.

AbdurRahman
12-15-2006, 03:05 AM
http://uzmuslim.com/viewtopic.php?p=1188#1188

Malika
12-17-2006, 11:56 PM
AAWB
Yaxshi bir maqola uqib qoldim, qaysi threadda yozishni bilmay,shu yerda yozdim:

Oxirat Havo Yo'llari:
Parvoz joyi: Dunyo
Qo'nish joyi: Oxirat
Uchish soati: Doimiy
Yo'lovchining ismi: Inson
Jinsi: Tuproq
Manzili: Dunyo
Chiptalar faqat borish uchun
Birgaolib ketishi mumkin bulgan narsalar: 5 metr oq mato,solih amal,foydali ilm. Yo'lovchilar bulardan boshqa narsa olib keta olmaydilar,yoqimli safar qilishni istaganlarga Qur'oni Karim va hadisi sharifdagi ko'rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi. Safar davomida kun tartibiga quyiladigan masalalar: Umringni nimaga sarflading, yoshligingni qanday utkazding,mol-dunyoni qaysi yo'l bilan topib, qayerga xarjlading va Alloh uchun nima qilding?
Eslatma: Taqvo kamari bilan belini mahkam bog\laganlar uchun safar bexatar bulishi kafolatlanadi!