View Full Version : Bahtli Oila yoki Eru Xotin orasidagi munosabatlar
migrant
12-20-2006, 10:13 AM
Bahtli Oila yoki Eru Xotin orasidagi munosabatlar
Xurmatli forumchilar,
hamma yoki Oila qurib bulgan :cool: yoki bu masala xali oldimizda turibdi :D
Xush bahtli Oila qurish va totuv xayot kechirish uchun (tajribalilar) qanday malsahatlar berishingiz mumkin? Xayotning Moliyaviy tomoni albatta muhim, va Oila davomiyligi xar ikki yosh (tomonlarning) barobar masuliyati.
Xush, frontning ikki tomonidagi gaplar :D , farzandni tarbiyalashdagi qiyinchiliklar, Eru Xotinning bir biriga kundalik munosabatidagi distanziya, va kelinlik/kuyovlik majburiyatlari Oila totuvligini va davomiyligini tahdid ostida qoldirmaslik uchun qanaqa narsalarga etibor berish kerak?
Maftuna
12-20-2006, 05:16 PM
Man uchun oila qurish bir kecha-kunduzlik ish edi, lekin oila bo'lib yashay bilish bosqichma-bosqich boryapti. Turmush qurganimizga 3 yildan oshdi, hamon bir-birimizni o'rganish bilan bandmiz. Bu - yaxshi narsa. Har xil fikr, har xil tushunish bilan chiqsak-da, oxiri baribir bir qarorga kelamiz. Birlik degan narsani o'zimiz yaratamiz. Shunisi yoqadi manga.
Qolgani... Ehe, qayerdan boshlaydi odam. Bola boqishmi, uyga qarashmi, ota-ona xizmatimi? Keyinroq yozaman...
kingdom
12-20-2006, 05:49 PM
Men eng oxirgisga ovoz berdim!chunki hali oila qurganim yuq!:lol:
Royal
12-20-2006, 06:25 PM
Hech qandoq bir oila yoqki unda oziga yarasha jiqi-jiqqisi bomasa...
agar bomasa demak har ikki tamon yoki judayam bir birlarini tushunip ketganlar, yoki bir birlarini tushunmie hamma narsaga befarq qarashadigan bogan va qaysi birsi nima qilsa osha ish, kim hohlasa oshani qiladi. bundoq oila judayam zerikarlik oila va hudo saqlasin bundoq oila sochilip ketishi mumkin...
jiqqillap turgan oila demak unda har kuni oziga yarasha har hil muammolariyu va savollari boladi demak er-hotinni ortasida aloqa yani bir-birlariga hurmatlari bogani uchun bir bir-birlari bilan maslahatlari bor..bir-birlariga yoqmagan ishlari bosa oshani tepasidan jiqqilashib ozlarini maslahatlarini pishirishadi, bundoq oila har doim oziga yarasha qizigan va zerikmasdan hayot kecirishadi....
Shokirbek
12-20-2006, 11:54 PM
Ilgari ham shu ma'noda bir poll ochilgan edi bu yerda (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=32755&highlight=oilangizdan+mamnunmisiz)..
Glance
12-23-2006, 12:04 PM
Oila qurish to'g'risida gapni gapirishga gapiruramanku lekin boshimga tushganda balki boshqacha react qilarman dib ham o'ylab qolaman.
Savollarga javob bermadim, tabiiyki menga mos javob yoq..
Biz o'zbek oilalarida judayam qiyin bo'lgan "SYSTEM" bor. Hammada ham emas lekin aksariyat oilalarda. Hammani og'zidan har hil gapni eshitib, tog'risi qo'rqibam ketaman. Jaaa qiyinakanuu dip.
Akam uylangalla, 2 farzand otasila. Ulani oilasini ko'rib havasim keladi. Bir birligini juda yahshi tushinishadi, hurmat qilishadi. Opam ham turmush qurgalla, she is going to have a baby inshaaAllah, pochcham ham havas qilsa arzigulikla, ulayam bahtli, Alloh panohida asrasin ulani.
Endi o'zimga kelsak fikrim - oilada tinchlik, totuvlik, baht bo'lishi uchun boshidanoq qoidalani "set" qilish kere. Va keyin shu qoidalani hurmat qib yashash kere.. i yana bitta narsa, agar inson o'zi shu ro'parasidagi inson bilan yahsab, bahtli bolishiga ko'zi yetsa, shu odam unga haqiqatdan ham kerakligini his qilsa turmush qurgani maqul, shunda balki ajralishlar kamayardi. Wa albatta har narsadan ustun islom qoidalari, agar ularga to'liq amal qilinsa mojorolar ham deyarli bo'lmaydi.
__________________________________________________ ___________
DON'T MARRY A PERSON YOU CAN LIVE WITH,
MARRY SOME ONE YOU CANNOT LIVE WITHOUT
off-top bo'p qomadimi gaplarim, agar shunaqa bo'sa uzr :)
Odildustov
01-13-2007, 04:01 AM
nima bulgandayam sevgan qizingni olgin ekan. hayotimda hech qanday kamchiligim yuq. hotinim tomonidan ham hech qanday ikkilanishim yuq. manga kunikib, sevib, oilamga kirishib ketgan. lekin uzimni yahshi kurgan qizimni oraliq tushunmovchilikla (uning sababi bilan) tufayli achiq ustida hozirgi hotinimga nonsindirdi yuborganman. ishlar processga kirib ketganidan keyin 1-qizimni gunohi yuqligini bilganman. lekin kech bulgani uchun hamma narsani yulida davom ettirdim ota onam hurmati va hotinimni nomusi uchun. lekin baribir kungilni bir qismida chug bulib qolganki, haligacha uni olmaganim uchun afsus ichimda qoladi.
Quchqoraka
01-13-2007, 05:18 AM
HA yahshi thread tashlashibdi lekin manga halicha bor deyman bu mavzuda gaplshishga ,nimaga desanglar, man hali Qumrini topganm yuk ,tugrisini aytsam bitta Qumri bilan gaplshib turibman lekin uni hech tushuna olmayapman ,balkim manda kungli yukdir.
Eeeeeeeeee Qumrilar.................
Mirzabek
01-15-2007, 03:34 AM
Olloh hammamizga tinchlik va totuvlik bersin...Omiiiin
Sirena
01-15-2007, 05:34 AM
Hech qandoq bir oila yoqki unda oziga yarasha jiqi-jiqqisi bomasa...
agar bomasa demak har ikki tamon yoki judayam bir birlarini tushunip ketganlar, yoki bir birlarini tushunmie hamma narsaga befarq qarashadigan bogan va qaysi birsi nima qilsa osha ish, kim hohlasa oshani qiladi. bundoq oila judayam zerikarlik oila va hudo saqlasin bundoq oila sochilip ketishi mumkin...
jiqqillap turgan oila demak unda har kuni oziga yarasha har hil muammolariyu va savollari boladi demak er-hotinni ortasida aloqa yani bir-birlariga hurmatlari bogani uchun bir bir-birlari bilan maslahatlari bor..bir-birlariga yoqmagan ishlari bosa oshani tepasidan jiqqilashib ozlarini maslahatlarini pishirishadi, bundoq oila har doim oziga yarasha qizigan va zerikmasdan hayot kecirishadi....
Qo'shilaman.
Va javoblardan eng ohirgisidan tashqari hammasini tanlagan bo'lardim
MUHLIS
01-15-2007, 06:51 AM
Ko'p qatorimiz....ortiq joyimiz ham, kam yerimiz ham yo'q, ortig'iga da'vo ham qilmaymiz....
UzLand
01-15-2007, 09:31 AM
Турмуш курмокчи булсангиз, эрта ешда куринг, акс холда кейин вакт утгач, аклли булиб колгач, фалсафага куп бериладиган булиб колгач, умуман турмуш куришни истамай коласиз. Темирни кизигида босинг:)
forex
01-15-2007, 09:34 AM
Турмуш курмокчи булсангиз, эрта ешда куринг, акс холда кейин вакт утгач, аклли булиб колгач, фалсафага куп бериладиган булиб колгач, умуман турмуш куришни истамай коласиз. Темирни кизигида босинг:)
Very true,very true..
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.