PDA

View Full Version : Yangi musulmon shia bo'lish arafasida-yordam kerak!


Abdug'ofur
01-04-2007, 07:03 AM
Assalomu alaykum.

Bir xristian tanishimiz yaqinda musulmon bo'ldi. Ammo yaqin do'stlari eronlik shialar bo'lgani uchun shia bo'lish arafasida. Allaqachon shialar kabi namoz o'qiyapti. Bir eronlik qizni sevadi, eng yaqin do'stlari shialar. Yana Eron madaniyat markazida fors tilini o'rganyapti. Shu yil yozda Eronga bormoqchi. Xullas, atrof-muhiti butunlay shialar bilan o'ralgan.

U bilan gaplashdik, qo'ldan kelgancha tushuntirdik. Ammo u o'zim o'rganmoqchiman, deyapti. Sunniylarning shialar haqidagi kitobini o'qimoqchi emas. Sunniylar obyektiv yozmasmish. U shialarning o'zlari yozgan kitobni o'qimoqchi, o'qiyapti ham.

Xullas, bundan tashvishdaman. Achinib ketyapman.

Men so'ramoqchi bo'lgan narsa:

Eronda, asosan, shialarning qaysi guruhi istiqomat qiladi? Uning aytishicha, ular (shialar) Hazrati Oisha (ra) ni yomonlashmas ekan.

Shialarning adashgan joylari haqida (eronlik shialar) ma'lumot kerak, ingliz tilida bo'lsa yanada yaxshi, o'ziga o'qitamiz.

Yana qanday maslahatlar berasiz, mantiqan, unga nimalarni aytish mumkin?

Black
01-04-2007, 07:15 AM
Mana bu yordam berarmikan?

Juda qattiq yozilgan, oldin o'zingiz o'qib chiqing, agar to'g'ri kelsa bering unga.

Black
01-04-2007, 07:17 AM
Mana bunisi ham qattiq yozilgan, buni ham o'qib ko'ring oldin.

Alloh ishingizda muvaffaqiyat ato etsin.

Abdug'ofur
01-04-2007, 07:25 AM
Inglizcha bo'lsinda. U ruscha bilmaydi, amerikalik.

Alesser
01-04-2007, 07:36 AM
Assalomu alaykum.

Bir xristian tanishimiz yaqinda musulmon bo'ldi. Ammo yaqin do'stlari eronlik shialar bo'lgani uchun shia bo'lish arafasida. Allaqachon shialar kabi namoz o'qiyapti. Bir eronlik qizni sevadi, eng yaqin do'stlari shialar. Yana Eron madaniyat markazida fors tilini o'rganyapti. Shu yil yozda Eronga bormoqchi. Xullas, atrof-muhiti butunlay shialar bilan o'ralgan.

U bilan gaplashdik, qo'ldan kelgancha tushuntirdik. Ammo u o'zim o'rganmoqchiman, deyapti. Sunniylarning shialar haqidagi kitobini o'qimoqchi emas. Sunniylar obyektiv yozmasmish. U shialarning o'zlari yozgan kitobni o'qimoqchi, o'qiyapti ham.

Xullas, bundan tashvishdaman. Achinib ketyapman.

Men so'ramoqchi bo'lgan narsa:

Eronda, asosan, shialarning qaysi guruhi istiqomat qiladi? Uning aytishicha, ular (shialar) Hazrati Oisha (ra) ni yomonlashmas ekan.

Shialarning adashgan joylari haqida (eronlik shialar) ma'lumot kerak, ingliz tilida bo'lsa yanada yaxshi, o'ziga o'qitamiz.

Yana qanday maslahatlar berasiz, mantiqan, unga nimalarni aytish mumkin?


ha achinarlik holat, Shialaram har xil bulishini men bilmagan ekanman, menimcha aksariyat Shialar Oisha onamizi (r.a.) yomonlashadi, va shuningdek bilishimcha Rusulullohning sallolhi alayhi wassallam ashobalari Umar Hattob (r.a.), Abu Bakr Siddiq (r.a.) va Usmon (r.a.)larni ham yomonlashadi... Rasulullohning sallolhi alayhi wassallam

"Mening ashoblarim haqida yomon suzlamang, mening ashoblarim haqida yomon suzlamang, zero jonim qulida bulgan Allohga qasamki agar birortangiz Uhud togichalik tillangiz bulsa ham va usha boyligingizni Alloh yulida ishlatsangiz ham savobi Ashoblarimning bir hovuch qilgan sadaqasiga ham hattoki yarmiga ham teng bulmaydi" (Bukhari, Muslim) deb marhamat qilganlar...

"Allohdan qurqingiz, mening Ashoblarim haqida yomon suzlamoqdan yoki ularga qarata yomon suzlar aytmoqdan Allohdan qurqingiz! Mendan sung ularni nishon qilib hujum qilmangiz! Kimda-kim ularni sevsa, ular Ashoblarimni mening hisobimga sevadilar, kimki ularni yomon kursa, mening hisobimga yomon kururlar. Kimda-kim ularga ziyon keltirsa, menga ziyon ketirgandir, kimki menga ziyon keltirsa u Allohga ziyon keltirgan bilan barobardir, Alloh ziyion keltirguvchilarni jazolaydi" (Ad-Tirmidi) deb ham marhamat qilganlar...

yuqoridagi hadislarni keltirib ham Shialarni notyugri yulda va adashgan ekanliklarini bildirish mumkin... shunki har bir Musulmon Rasulullohning (s.a.v.) Ashoblarini sevishi kerak, dunyo yaralgandan beri ularning iymon darajasiga yetadigan biror inson ulardan oldin ham keyin ham yaralmagan... uylashimcha u akamizga tushuntirishda albatta ehtiyotkor bulish kerak, shunki yangi Musulmon juda kup ma'lumotlar birdaniga beriladigan bulsa chalgib, adashib qolishi mumkin...

Demir Kağan
01-04-2007, 07:40 AM
www.turntoislam.com may help you. :)

infolife
01-04-2007, 07:43 AM
Mana bu yordam berarmikan?

Juda qattiq yozilgan, oldin o'zingiz o'qib chiqing, agar to'g'ri kelsa bering unga.

buni hecham tavsiya qimagan bolardim. Oqib ozi sunniylani ishi shialarni qoralash ekan devormasin. Menimcha ortamiyona, yumshoqroq yozilgan bir narsa kere. Yoki shuni oziz oqib chiqib, sal qogozga orab chuntiring.

Bizi universitetga bir shayh kelib talk qiganda shialarni rosa qattiq qoralabdi, togri gaplarni aytganu, yomon qattiq sokvorgan ekan. Bazi bir shia dugonalar boridi, becharala rosa yiglab chkishibdi. Uni gaplarini shialar tugul talkka borgan bazi sunni musulmonlar ham hazm qilomey qogan.

Black
01-04-2007, 08:00 AM
Gaplaringiz to'g'ri, men bergan maqolalar to'g'ri kelmaydi.

Lekin umumiy ma'lumot uchun bilib qo'ygan yahshi, ko'p ma'lumotlar berilgan.
Masalan, shialar o'z davolarini isboti sifatida Moida surasidagi (adashmasam) 5-oyatni keltirishadi. Ya'ni bu oyat umuman boshqa odam haqida tushurilgan bo'lsa ham, shialar shuni noto'g'ri tafsir qilib, mana bu oyat Ali r.a. haqida, uni boshqalardan ustun qilib qo'ygan Alloh deb botil davolarini qilishadi.
Shunga ohshash boshqa ma'lumotlar ham bor. Abdugafur o'zingiz o'qib chiqing, va kerakli ma'lumotlarni bilib oling. Ertaga ana shu do'stingiz kelib "sunniylar shunaqa, shunaqa ekan, bunaqa, bunaqa qilgan ekan" deb shialarning yolgonini ko'tarib kelsa, javobingiz tayyor bo'lsin.

Brigadir
01-04-2007, 08:16 AM
Shialar bilan sunniy musulmonlarning namozida nima farq bor?

Demir Kağan
01-04-2007, 08:20 AM
They have a stone. :lol:

Brigadir
01-04-2007, 10:02 AM
They have a stone. :lol:

stone? what a stone is it? what does it mean?
But I heard that Azari people prays not 5times a day but 3times:rolleyes:
What about in Turkey?

Abdug'ofur
01-04-2007, 11:03 AM
Shialar yer jinsidan bo'lgan narsaga bosh tegishi kerak deb sajda qilganda toshga bosh qo'yadilar.

Ular ikki namozni birga qo'shib o'qishadi.

Yana ular quruq oyoqqa ham mash tortishni joiz deb bilishadi. Vaholanki, oyoqni yuvish tahoratning farzlaridan bo'lib, oyog'ini yuvmagan odamning namozi qabul bo'lmaydi (sunniylarga ko'ra). Chunki, bizda quruq oyoqqa mash qilish mumkin emas.

SAMARKANDI!
01-04-2007, 11:25 AM
Talk to him about why Shias are minority in Muslim world, talk to him about some practices of Shiah people, such as cutting their skulls, show him some pics, videos, talk to him about Shiah practice of temporary marriage i.e. they make young girls marry men for one week, one month, one year ..etc, talk to him about Shiah practice that When young couples get married, bride (regarding strong shiah believers) spends her first night with Shiah Imam, Mullah to lose her virginity, it is considered honor. Talk to him about so many different devisions within Shiah muslims. And ask him if these things sound right. Then ask him what Sunni muslims have to say about these practices of Shiahs and why Sunnis disapprove them. Thats why they are minority.

p.s. I even know witnesses in Saudi Arabia who know Shiah mullahs bringing young girls to SA to make temporary marriages, it is honor for them. In Iraq right now, this practice is wide spread, even Shiah females are so against it but they can not do anything, cuz they need money, dowry (mahr payment) to live.:(

Abdug'ofur
01-05-2007, 09:21 AM
Muammo shuki, shialarning ham mazhabi ko'p. Eshitishimcha, ulardan biri sunniylarga ancha yaqin. Sunniy ulamolar ham mana shu guruhini adashgan, deyishdan ehtiyot bo'lisharakan. Men aynan bu bolaning qaysi mazhabiga qiziqib aralashib yurganini bilmayman. O'zi ham bilmaydi. U shia o'rtoqlari bergan kitob va gaplarga ko'ra ularga qiziqib yuribdi. Men o'zim bilgan shialardagi noto'g'ri qusurlarni aytdim, u bunaqa emas ekan, deb inkor qilyapti. :(

Shuning uchun so'radim: Eronda shialarning qaysi mazhabi keng tarqalgan?

Royal
01-05-2007, 09:33 AM
stone? what a stone is it? what does it mean?
But I heard that Azari people prays not 5times a day but 3times:rolleyes:
What about in Turkey?

Erondaigi Karbalo vodiysidan keltirilgan tosh bolagini olib yurishadi ozlari bilan,
bir qancha yil oldin SA hukumati shialar bilan Hajga shu toshlarini olip kelmasliklarini kelishishgan...

Sunnielarda namozda Paygambarimiz Muhammad (s.a.w)ga salovat etilsa , ularda Yo ALI dip etishadi...va Ali (r.a.) ni paygambar edi deyishadi.

Namoz paytida panjalarini qaysidir bir barmoqlarini bukip oqishadi dip eshittim..
samarqandliklar orasida ham kop shialardan. ular yana yahshiroq tushuntirishar.

Huzur
01-05-2007, 10:16 AM
bitta ma'lumot umuman shia aqoidi haqida imomi rabboniy hz. qalamlaridan

>>>> [url]http://books.hakikatkitabevi.com/cgi-bin/cgi.exe/bksnfo31/query=[jump!3A!27!2818!29!27]/doc/{@18121}?

wyxpat
01-05-2007, 10:23 AM
URL chiqmaptiku?

Huzur
01-05-2007, 10:33 AM
huquqimiz yo'q 100 ta postgacha.

Madalio'g'li
01-05-2007, 12:01 PM
Huzur bergani link (http://books.hakikatkitabevi.com/cgi-bin/cgi.exe/bksnfo31/query=%5Bjump!3A!27!2818!29!27%5D/doc/%7B@18121%7D?) :)

Abdug'ofur
01-06-2007, 12:19 AM
Kitob uchun katta rahmat, inshaalloh, o'qib chiqamiz.

bekani
01-06-2007, 05:33 AM
Manim bilishimcha shiilik demak Alilik demak, yani shiilar Hz Ali(r.a)ni hosha payg'ambarligiga ishonishadilar. unga Hz Alining payg'ambar emasligini va Hz.Alining payg'ambarimizni juda sevishini va shuning uchun butun umrini payg'ambarimizning yonida va payg'ambarimizning yo'lida ado etganligini isbotlab berishiz kere. hurmatlar....