PDA

View Full Version : Buxoriyning qabri


AbdurRahman
01-05-2007, 02:14 PM
Necha yillar muqaddam yashab o’tgan Buhoriy,
Koplab sahih hadisga bo’lgan edi u roviy.
Buhoroda tug’ilib, nom olgan “Imom Buhoriy,
Erta yodlab Furqonni, ham bo’lgandi u qoriy.
Zamon otdi ul zot rihlat qildi baqoga,
Ey, Voh johil vatandoshlar sajda qilmish qabriga.
Biri kelib farzand so’rar, sog’liq so’rar taniga,
Yana biri qo’y so’yadi qasam ichib qoniga.
Odamlar oqib kelar shirk urchigan makonga,
Shoshilishar masjidgamas Buhoriyning qabriga.
Har tarafdan bidat qilar tavba qilmay Allohga,
Sanab o’tsam dosh berolmam tushib telba holiga.
To’htanglar ey odamlar, so’zimga quloq tutib,
Namoz vaqti bo’lganda ketmanglar yuzni burib.
Egamning g’azabiga duchor bo’lmasdan turib,
Baloning boshlanishi orolning suvi qurib.
Yana sizga qandayin balo ofatlar kerak?
Tavhid yo’lin tanlash uchun bular bizga bir darak.
BAS! Buhoriyning qabrini qo’yinglar o’z holiga,
Shod qilay deb ruhin, qo’ymanglar azoblarga.
Qo’rqaman Allohimning g’azabi azobidan,
Duo qilib so’rayman halqimga nusratidan.

Black
01-05-2007, 11:45 PM
Abu Hazyaj r.a. dan rivoyat qilinadi. U kishiga Ali r.a.: " Senga Ralulilloh :saws: menga buyurgan ishni buyuraymi?! Qabristonga borginda, bitta ham qabr qoldirmay tekisla, bitta ham mabud ham qoldirmay buzib tahsla" deganlar. (So'zlari 100% to'g'ri bo'lmasligi mumkin, lekin ma'nosi shunaqa).
Imom Muslim, Termiziy, Nasaiy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.
Boshqa rivoyatlarda Rasulilloh :saws: ning Ali r.a. ga qabrlarni tekislashga buyruq berganliklari aytilgan.

Buhoriyni qabrini ham tekislab tashlash kerak. Naqshbandiynikini ham, boshqa Avliyolarnikini ham, chunki Rasulilloh :saws: shunga buyurganlar.

Han
01-06-2007, 12:04 AM
qurilgan maqabra vafot etgan mayyit uchun emas, balki johil xalqning beadablik qilmasligi uchundir. Ya'niustiga borib ot o'yin qilmasin deb ayrim mozorlar ustiga maqbara qurish ruhsat etilgan.

maqbara dushmanligi vahhobiylik aqidasiga tegishlidir.
Shuncha asrlar davomida kelgan eng kuchli xalifalar, amirlar, qozilar, shayxulislomlar qabrlarga tegmaganligining sababini axtarib ko'rish kerak...

ular bugungi isqirt va nodon vahhobiylardek savodsiz va toshbag'ir emasdi har qalay...
Iymonda, taqvoda, ilmda, fahm-farosatu hidoyatda bugungi musulmonman degan olomondan millionlarcha daraja baland bo'lganliklari bois hur, ozod, sharafli va o'z davlatlarida yashash ne'matiga erishsihsgan...


ular buzmagan bo'lsa, albatta bunaqa buyruq yo'qligidandir...
Fiqh kitoblarida faqatgina boshqa birining mulkidagi yerga qurilgan va baytulmol qaramog'idagi umumiy qabristonlardagi maqbaralar boshqa mozorlarga o'rin qoldirmagani uchun buzilioshi mumkinligi aytilgan...

albatta bu Sunniy faqihlari tomonidan vahhobiy va salafiylarga emas ahli sunnat musulmonlarga qarata aytilgan.
vahhobiylik musulmonlarni dunyoviy tomondan oyoqosti qilgani yetmnaganidek har yili millionlagansof va ba'zan go'rso'xta muslumonlarni iymonini buzib zindiq qilmoqda. Imomi Buxoriydek islom ulug'ining hattoki maqbarasiga dushmanlik ham iymonim bor degan kimsa uchun na qadar xavfli...

Black
01-06-2007, 01:36 AM
qurilgan maqabra vafot etgan mayyit uchun emas, balki johil xalqning beadablik qilmasligi uchundir. Ya'niustiga borib ot o'yin qilmasin deb ayrim mozorlar ustiga maqbara qurish ruhsat etilgan.

Shuncha asrlar davomida kelgan eng kuchli xalifalar, amirlar, qozilar, shayxulislomlar qabrlarga tegmaganligining sababini axtarib ko'rish kerak...

ular bugungi isqirt va nodon vahhobiylardek savodsiz va toshbag'ir emasdi har qalay...
Iymonda, taqvoda, ilmda, fahm-farosatu hidoyatda bugungi musulmonman degan olomondan millionlarcha daraja baland bo'lganliklari bois hur, ozod, sharafli va o'z davlatlarida yashash ne'matiga erishsihsgan...


ular buzmagan bo'lsa, albatta bunaqa buyruq yo'qligidandir...
Fiqh kitoblarida faqatgina boshqa birining mulkidagi yerga qurilgan va baytulmol qaramog'idagi umumiy qabristonlardagi maqbaralar boshqa mozorlarga o'rin qoldirmagani uchun buzilioshi mumkinligi aytilgan...

albatta bu Sunniy faqihlari tomonidan vahhobiy va salafiylarga emas ahli sunnat musulmonlarga qarata aytilgan.
vahhobiylik musulmonlarni dunyoviy tomondan oyoqosti qilgani yetmnaganidek har yili millionlagansof va ba'zan go'rso'xta muslumonlarni iymonini buzib zindiq qilmoqda. Imomi Buxoriydek islom ulug'ining hattoki maqbarasiga dushmanlik ham iymonim bor degan kimsa uchun na qadar xavfli...

Siz aytgan gaplaringizga o'zingiz ishonasizmi? Dalil asosalringiz qani? Men bitta sahih hadis keltirdim va quyida mazhabboshi imomlarni fikrlarini beraman bu boradi.

maqbara dushmanligi vahhobiylik aqidasiga tegishlidir.
Maqbaraga qarshilik Rasulilloh :saws: ga tegishlidir. U qabr ustiga maqbara qurganlarni ahvoli voy bo'ladi degan, shu hadis esingizda bormi? Yoki eslatib qo'yaymi?

Sizn iesli hushli odam deb bilardim. Endi ko'rsam sizning qiziqtiradigan yagona muammo "vahhobiy"larni yomonotliq qilish. Na bir dalilli gapingiz bor, faqat tuhmat va ig'vo gaplar.

Endi Qabr, Maqbara masalasiga kelsak.
Mujtahid ulamolardan Imom Shofeiy, Imom Molik va Imom Ahmad "qabr yer bilan bir tekis bo'lishi kerak, past ham emas, baland ham emas, chunki Rasulilloh :saws: ning qabrlari shunaqa bo'lgan" deyishadi.
Imom Abu Hanifa esa "Qabr huddi tuyani o'rkachiga o'hshab yerdan bir qarich chiqib turadi, chunki Rasulilloh :saws: qabrlari shunaqa bo'lgan" degan.

Bu yerda ulamolar Rasulilloh :saws: ning qabrlari haqida ikki hil fikr bildirmoqdalar, chunki birinchi tilga olingan 3 ta ulamo bir sahih hadisga asoslangan bo'lishsa, imom Abu Hanifa boshqa bir sahih hadisga asoslanganlar. Biz bilamizki, 4 ta mujtahidning yo'li ham to'g'riligiga ulamolar ittifoq qilishgan.
Bu gaplarni Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Hadis va Hayot" kitobining "Namoz" juzida keltiradilar. (Hozir aniq qaysi betdaligi esimda yo'q, agar juda ham zarur bo'lsa qidirib topishga harakat qilaman Inshalloh).

Mana shularga asoslanib Shayh MSMY boshqa bir fatwolarida "Agar qabrlarni bir qarichdan baland ko'tarishga ruhsat yo'q ekan, qabr ustiga maqbara qurishga qayerdan ruhsat bo'lsin?!" deganlar.

Sizda maqbara qurishga ruhsat bor degan fatwo bormi? Yoki hammasi o'zingizni sui zaningizmi "qadimgilar maqbara qurishgan va/yoki maqbarani buzishmagan, demak maqbara qursa bo'laveradi" degan?

Qadimgi halifa (o'zi qaysi halifa davridan boshlab maqbaralar qurila boshlangan?), qozi va amirlarning qilgan yoki qilmagan ishlari shariat uchun dalil-hujjat bo'la olmaydi.

Sahih hadis keltirildi, 4 ta mujtahidning fikrlari keltirildi, yana nima kerak?

Bundan tashqari kallangizdan "vahhobiy"larni tirnog'i tagidan kir qidirish degan pachoq fikrni chiqarib tashlasangiz faqat va faqat o'zingizga foyda bo'lardi. Bundanam tashqari Islom dushmanlining "vahhobiylar" degan qo'shig'ini kuylashdan to'htasangiz faqat va faqat o'zingizga yahshi bo'lardi. Islom dushmanlariga shunchalik yordam berganingiz ham yetar, o'zingizga ham yordam bering endi.

Hech qanday dalillarga asoslanmagan, musulmonlarni qoralashdan nariga o'tolmaydigan pachoq fikrlaringiz uchun rahmat, lekin mani bunaqa pachiq fikrlar qoniqtirmaydi. Dalillaringiz bo'lsa marhamat, gaplashamiz, hatoim bo'lsa balki to'g'irlarmiz.

Maqbara qurish mumkinmi yoki yo'qmi bilmoqchi bo'lsangiz, www.forum.islom.uz da Shayh Hazratlaridan so'rashingiz mumkin, o'sha yerda hali yuqorida aytib o'tgan javoblari ham turgan bo'lishi kerak.

Chiroyli qilib yozilgan dalilsiz pachoq fikrlaringiz uchun (rasmiy bo'lsa ham) rahmat.

Salomat bo'ling.

Han
01-06-2007, 06:26 AM
bu ma'lumotlarning maqbara qurilishiyu buzilishiga aloqasi yo'qligini fiqh o'qiganlar bilishadi...Imomi Shofiiy hazratlari ijtihodda mushkil ahvolga tushganimda Imomi A'zamning maqbaralarini ziyorat qilib duo qilardim degandilar...

huquqsiz Maqbara buzish vahhobiy aqidasidan...
muborak uylarini vayron qilgani yetmagandek Payg'ambarimizga tuhmat ham qilinmasin... Payg'ambarimizni o'zlari bino ichiga dafn qilinganlar... Xulofai Roshidin dan ikkitasi Bino ichiga dafn qilingan.. bu ham maqbara...
Vahhobiylar bu joylarni buzishga urinsalar ham musulmonlarning hujumidan qo'rqib tislanib turishibdi... Xudodan qo;rqishmaydiyu xalqdan chochishadi bunaqa zindiqlar... chunki imon buzuq....
Islomiyat vayron qilsih, buzish ag'darish dini emas...

oxiratda ma'lum bo'lar haq-nohaq... men nuqta qo'ydim...

Black
01-06-2007, 07:11 AM
Heh, siz fiqh o'qibsizu, Shayh MSMY fiqh o'qimabdilarmi?! Yilning eng yahshi latifasi bo'ldiyu bu. MSMY fiqhdan habarlari bo'lmay qoldimi endi?! Siz o'zingiz nima haqida gapirayotganingizni uncha yahshi tushunmasangiz kerak. Shunga har hil latifalarni, to'qima ertaklarni aytib yurasiz.
Ha, ha nuqta qo'ying. O'zingizga shunisi foydaliroq. Bo'lmasa yuqoridagiga o'hshash latifalardan yana ko'proq paydo bo'p qolishi mumkin.

Yana bitta gap, nahotki odamzod binoni ichiga dafn qilinish bilan qabrni ustiga bino qilishni farqiga bormasa?
Mayli salomat bo'ling. O'zingizni oldirib qo'ymang, ikki gapingizni biri "vahhobiy" bo'p qopti. Asablardan bo'lsa kerak.

Muhsin
01-06-2007, 09:47 AM
Subhanalloh, subhanalloh! Bular Allohni bir degan, Muhammad (s.a.v) ni Rasul degan, Qur'onni Dastur bilgan musulmonlarmi?! Allohdan qo'rqinglar birodarlar! Chiroyli uslubda munozara qilinglar. Alloh hammamizni rushdu - hidoyatga boshlasin.

Royal
01-06-2007, 10:11 AM
chunki imon buzuq....
Mashu joyini sharhlap bera olasizmi dostim ?
bahslashganda saaal maaza bemza sozlarni ishlatishni va bilip bilmasdan birortasini tepasidan hukm chiqarvorishga shoshmaslikni odat qilila iltimos....
oxiratda ma'lum bo'lar haq-nohaq...
mana bu togri gap lekin...

Akhee-Abdullah
01-10-2007, 09:23 AM
Necha yillar muqaddam yashab o’tgan Buhoriy,
Koplab sahih hadisga bo’lgan edi u roviy.
Buhoroda tug’ilib, nom olgan “Imom Buhoriy,
Erta yodlab Furqonni, ham bo’lgandi u qoriy.
Zamon otdi ul zot rihlat qildi baqoga,
Ey, Voh johil vatandoshlar sajda qilmish qabriga.
Biri kelib farzand so’rar, sog’liq so’rar taniga,
Yana biri qo’y so’yadi qasam ichib qoniga.
Odamlar oqib kelar shirk urchigan makonga,
Shoshilishar masjidgamas Buhoriyning qabriga.
Har tarafdan bidat qilar tavba qilmay Allohga,
Sanab o’tsam dosh berolmam tushib telba holiga.
To’htanglar ey odamlar, so’zimga quloq tutib,
Namoz vaqti bo’lganda ketmanglar yuzni burib.
Egamning g’azabiga duchor bo’lmasdan turib,
Baloning boshlanishi orolning suvi qurib.
Yana sizga qandayin balo ofatlar kerak?
Tavhid yo’lin tanlash uchun bular bizga bir darak.
BAS! Buhoriyning qabrini qo’yinglar o’z holiga,
Shod qilay deb ruhin, qo’ymanglar azoblarga.
Qo’rqaman Allohimning g’azabi azobidan,
Duo qilib so’rayman halqimga nusratidan.


Allohu akbar!!

Muhammad
01-11-2007, 10:34 AM
Maqbaralar qurish shirkka olib boradi. O'zimizda bunga misol juda ko'p. Maqbara ichiga kirib namoz ham o'qishadi, bu ham yetmagandek yon atrofdagi daraxtlarga latta/ro'molcha o'rab niyat ham bildirib ketishadi.

Yaqinda hajga borib kelgan birodarlardan eshittim. U yerda shahidlar ko'milgan qabriston bor ekan. Lekin hamma qabrlar bir hil. Oisha RA, Hamza RA va boshqa buyuk sahobalar o'sha yerda dafn etilganlar, lekin qabrlarda hech ham farq yo'q. Rasululloh SAW hadislariga amal qilib va shirkni hidi kelib qolmasligi uchun shunday qilishgan ekan.(Alloh rozi bo'lsin bu hayrli ishlari uchun)

Buxoriyga yoki boshqa ulamolarga eslanishi uchun deb maqbara qurishning hojati yo'q. Shundoq ham ularning qoldirib ketgan meroslaridan ularga savob borib turadi. Agar odamlar ularni "ziyorat" qilishda davom etarkanlar shirkka botib, albatta u maqbaralarni buzib tashlagan yaxshi.

Warrior
01-11-2007, 09:43 PM
Birodarlar, sizlarcha ilmim bo'lmasa ham bir ogiz gapirishga ijozat bersangiz. Avvalambor masala talashganda unchalik qattiq bo'lib, bir-biringizdan achchiqlanmang.
Qolaversa ikki tarafning gapida ham jon bor, lekin maqbarani buzilishi katta ihtilofga olib keladi. Musulmonlarni, hattoki shu yerda ko'rib turganimizdek ilm toliblarini ham ikkiga bo'ladi. Shu sababli maqbaralarga tegmasdan, tushuntirish ishlari olib borilishi kerakmikin...

Birodarlar, iltimos birlashing, bir biringizga adovatdan uzoda bo'ling.

real_life
01-12-2007, 06:02 AM
ÁÓÕÎÐÈÉ ÌÀҚÁÀÐÀÑÈ ҚÎØÈÄÀ

Ñàìàðқàíäãà áîðäèì, қ¢éèá áèð èõëîñ
Ñàôàð àçîáèãà қèëèá ìèíã òîқàò.
Ìåíèíã áèð íèÿòèì áîð ýäè õîëîñ,
Áóõîðèé áîáîìíè қèëìîқ çè¸ðàò.

Áîðäèì-ó, ҳàéðàòíèíã қîëäèì îñòèäà,
Áó қàáð áèð ïàéòëàð ýäè-êó ғàðèá
Áóãóí ìóҳàääèñíèíã қàáðè óñòèäà
Êèìäèð ôàðçàíä ñ¢ðàð óíãà ¸ëâîðèá...

Ñàë íàðè þðàìàí, áîøқà áèð îäàì
Қàáðãà ê¢ç ñóðòàð õå÷ õàì ҳàäèêñèç.
Áóõîðèé àíèқ áó ҳîëíè ê¢ðãàí äàì
Óíè ìóøðèê äåÿ àòàðäè, øàêñèç.

Áèðîç íàðèðîқäà ÷¢ìèá ҳà¸ëãà
Áèð à¸ë қàáðíè àéëàðäè òàâîô.
Áóõîðèé êèì ¢çè, äåãàí ñàâîëãà
Áóëàð áåðîëàðìè áèðîð áèð æàâîá?

Àëàì қèëäè ìåíãà, àëàìêè æóäà,
⸠òîçà ñóâäàí ÷èққàíäåê ÷èðêëàð.
Ýíäè Áóõîðèéíè òîïãàíèìèçäà
Óíèíã қàáðè óçðà àâæèäà øèðêëàð.

Óçîқ ìîçèéëàðãà ñàôàð қèëèáëàð,
Íèìàäèð ê¢çèìãà ê¢ðèíãàí á¢ëäè.
Áóãóí øó èøëàðíè қèë¸òãàí àâîì
Áóõîðèéíè þðòäàí қóâғèíëàð қèëäè.

Áóõîðèéíè ñîòãàí øóëàðìàñìè, äåá
Ìóøðèê қàâìãà áèð òàøëàäèì íàçàð.
Қàáðíè çè¸ðàò қèëèøãà êåëèá,
Òàøðèôäàí èëê áîðà қèëãàíäèì ҳàçàð...

¨ ðàááèé, áó íå ҳîë, äåäèì-ó, қàéòäèì,
Ê¢íãëèì ê¢òàðîëìàé қîëäè áó ҳèñíè.
Óéãà êåëäèì-ó, ñ¢íã қ¢ëèìãà îëäèì
Áóõîðèé ðèâîÿò қèëãàí ҳàäèñíè.

Áóõîðèé ҳàқèқèé àâëè¸ ýêàí,
Ó çîò ïàéғàìáàðäàí á¢ëìèøëàð âîèç:
Çè¸ðàòíè àãàð қàñä қèëìîқ á¢ëñàíã,
Ôàқàò ó÷òà æîéãà áîðìîғèíã æîèç.

Ìóқàääàñ Ìàêêàþ, Ìàäèíà ҳàìäà
Қóääóñäàãè ìàñæèä - çè¸ðàò қèëñàíã.
Áîøқà áèðîí ìàñêàí, áèðîí áèð ¢ëêà
Қàñä қèëèá ñàôàðãà àðçèìàñ, áèëñàíã",

Ìàíà øó ҳàäèñíè ¢қèá ìèíã äèққàò
Èçëàäèì ¢çèìíèíã ҳîëèìãà ÷îðà.
Ҳàòòî Áóõîðèéíèíã қàáðèí çè¸ðàò
Қèëìîқ ëîçèì ýêàí, ҳàäèñãà ê¢ðà.

Áàñ, ýíäè ҳàð èøíè ҳàäèñãà ñîëèá,
Ҳàäèñ àñîñèäà ҳà¸ò қóðàìèç.
Àëëîҳ ðîçè á¢ëñèí èìîì Áóõîðèé,
Ñèçíè Àëëîҳ ó÷óí ÿõøè ê¢ðàìèç.

Õàéðóëëîҳ Ҳàìèäîâ

Shokirbek
01-12-2007, 06:48 AM
ÁÓÕÎÐÈÉ ÌÀҚÁÀÐÀÑÈ ҚÎØÈÄÀ

Ñàìàðқàíäãà áîðäèì, қ¢éèá áèð èõëîñ
Ñàôàð àçîáèãà қèëèá ìèíã òîқàò.
Ìåíèíã áèð íèÿòèì áîð ýäè õîëîñ,
Áóõîðèé áîáîìíè қèëìîқ çè¸ðàò.

Áîðäèì-ó, ҳàéðàòíèíã қîëäèì îñòèäà,
Áó қàáð áèð ïàéòëàð ýäè-êó ғàðèá
Áóãóí ìóҳàääèñíèíã қàáðè óñòèäà
Êèìäèð ôàðçàíä ñ¢ðàð óíãà ¸ëâîðèá...

Ñàë íàðè þðàìàí, áîøқà áèð îäàì
Қàáðãà ê¢ç ñóðòàð õå÷ õàì ҳàäèêñèç.
Áóõîðèé àíèқ áó ҳîëíè ê¢ðãàí äàì
Óíè ìóøðèê äåÿ àòàðäè, øàêñèç.

Áèðîç íàðèðîқäà ÷¢ìèá ҳà¸ëãà
Áèð à¸ë қàáðíè àéëàðäè òàâîô.
Áóõîðèé êèì ¢çè, äåãàí ñàâîëãà
Áóëàð áåðîëàðìè áèðîð áèð æàâîá?

Àëàì қèëäè ìåíãà, àëàìêè æóäà,
⸠òîçà ñóâäàí ÷èққàíäåê ÷èðêëàð.
Ýíäè Áóõîðèéíè òîïãàíèìèçäà
Óíèíã қàáðè óçðà àâæèäà øèðêëàð.

Óçîқ ìîçèéëàðãà ñàôàð қèëèáëàð,
Íèìàäèð ê¢çèìãà ê¢ðèíãàí á¢ëäè.
Áóãóí øó èøëàðíè қèë¸òãàí àâîì
Áóõîðèéíè þðòäàí қóâғèíëàð қèëäè.

Áóõîðèéíè ñîòãàí øóëàðìàñìè, äåá
Ìóøðèê қàâìãà áèð òàøëàäèì íàçàð.
Қàáðíè çè¸ðàò қèëèøãà êåëèá,
Òàøðèôäàí èëê áîðà қèëãàíäèì ҳàçàð...

¨ ðàááèé, áó íå ҳîë, äåäèì-ó, қàéòäèì,
Ê¢íãëèì ê¢òàðîëìàé қîëäè áó ҳèñíè.
Óéãà êåëäèì-ó, ñ¢íã қ¢ëèìãà îëäèì
Áóõîðèé ðèâîÿò қèëãàí ҳàäèñíè.

Áóõîðèé ҳàқèқèé àâëè¸ ýêàí,
Ó çîò ïàéғàìáàðäàí á¢ëìèøëàð âîèç:
Çè¸ðàòíè àãàð қàñä қèëìîқ á¢ëñàíã,
Ôàқàò ó÷òà æîéãà áîðìîғèíã æîèç.

Ìóқàääàñ Ìàêêàþ, Ìàäèíà ҳàìäà
Қóääóñäàãè ìàñæèä - çè¸ðàò қèëñàíã.
Áîøқà áèðîí ìàñêàí, áèðîí áèð ¢ëêà
Қàñä қèëèá ñàôàðãà àðçèìàñ, áèëñàíã",

Ìàíà øó ҳàäèñíè ¢қèá ìèíã äèққàò
Èçëàäèì ¢çèìíèíã ҳîëèìãà ÷îðà.
Ҳàòòî Áóõîðèéíèíã қàáðèí çè¸ðàò
Қèëìîқ ëîçèì ýêàí, ҳàäèñãà ê¢ðà.

Áàñ, ýíäè ҳàð èøíè ҳàäèñãà ñîëèá,
Ҳàäèñ àñîñèäà ҳà¸ò қóðàìèç.
Àëëîҳ ðîçè á¢ëñèí èìîì Áóõîðèé,
Ñèçíè Àëëîҳ ó÷óí ÿõøè ê¢ðàìèç.

Õàéðóëëîҳ Ҳàìèäîâ

To'g'ri, payg'ambarimiz (s.a.v) maqbaralani masjidga aylanitib yuborishdan, namoz o'qiydigan joylar qilib yuborishdan qattiq qaytarganlar. Hatto o'lim talvasasida yotgan vaqtlarida ham, jon berish sakarotlarida ham bu narsaning benihoya yomon ekanligini uqtirganlar. Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: "Rosululloh (s.a.v) o'lim oldidan kasal bo'lgan vaqtlarida "Yahud va nasorolarga Ollohning la'nati bo'lsinki, ular o'z payg'ambarlari qabrlarini masjid qilib (namozgoh qilib) oldilar" dedilar". Keyin Oysha onamiz "Odamlar atrofini namozgoh qilib olishlaridan qo'rqilmaganida u zotning qabrlari baland qilib qo'yilgan bo'lar edi, Lekin (shunday bo'lsada) masjid qilib yuborishlaridan qo'rqaman", deydilar (Sahihi Muslim, 1265-hadis).

Buku, qabr atrofini namozgoh qilib yuborishdan qaytariq ekan, qabrga kelib odamlarning sig'inishi esa yuz chandon yomon, balki ming chandonda yomondir. Bu manfur amaldan barcha mazhab ulamolari qattiq qaytarishgan, jumladan bizning mazhab ham. Zotan, Islom o'zi shirkdan pok bo'lish, barcha ishlarda Ollohga sig'inib uning amriga taslim bo'lmoq, demakdir, bu haqda hech kim tortishmasa kerak.

Biroq ba'zi johillar ushbu yomon ishlarni qilayotgan vaqtda ularga xolis nasihatlar qilmoq, bu ishlardan yumshoqlik bilan qaytarmoq zarur. Ularni birdaniga "sen mushriksan", yuqorida aytishganidek "Ìóøðèê қàâì" deb atash ham shar'an, ham aqlan noto'g'ridir. Shar'an noto'g'riligi shundaki, ularga yaxshilab tushuntirib, qilmishlari juda manfur ekanligi ulamolar tomonidan ochiq - oydin aytilmay, atroflicha anglatilmay turib "mushriksan" deb aytib bo'lmaydi aslo. Aqlan to'g'ri emasligi shundaki, biror qavmni hidoyatga chorlayotgan vaqtda yumshoq til, xushmuomalalik bilan da'vat etilmas ekan, harakat teskari natija beradi, urinish bekorga ketadi. Xalqimiz bejiz "Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi, yomon gap bilan musulmon dinidan chiqadi" demaydilar.

Abu-Hafiza
01-12-2007, 07:09 AM
Bitta savol, ilm olish maqsadida, lekin iltimos notugri tushunmanglar, bu faqatgina ilm olish uchun

640 yilida Amr bin Os halifa Umar (ra) tarafidan Misrga yuborilganida va Misr musulmonlar tarafidan fath qilinganida nima uchun Fir'avn mozorlari bo'lmish va kunimizda eng mashxur turist ziyoratgohi bulmish piramidalarni buzdirmagan?

Javobingiz uchun rahmat.

real_life
01-12-2007, 08:37 AM
Biroq ba'zi johillar ushbu yomon ishlarni qilayotgan vaqtda ularga xolis nasihatlar qilmoq, bu ishlardan yumshoqlik bilan qaytarmoq zarur. Ularni birdaniga "sen mushriksan", yuqorida aytishganidek "Ìóøðèê қàâì" deb atash ham shar'an, ham aqlan noto'g'ridir. Shar'an noto'g'riligi shundaki, ularga yaxshilab tushuntirib, qilmishlari juda manfur ekanligi ulamolar tomonidan ochiq - oydin aytilmay, atroflicha anglatilmay turib "mushriksan" deb aytib bo'lmaydi aslo. Aqlan to'g'ri emasligi shundaki, biror qavmni hidoyatga chorlayotgan vaqtda yumshoq til, xushmuomalalik bilan da'vat etilmas ekan, harakat teskari natija beradi, urinish bekorga ketadi. Xalqimiz bejiz "Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi, yomon gap bilan musulmon dinidan chiqadi" demaydilar.


Assalamu alaykum
gapingiz to'g'ri hech kimga nasihat qilmasdan turib hukm chiqarilmaydi, avval ishining notog'riligi tushuntiriladi, she'rda ham muallif akamiz shu ishni qilayotganlarga borib senlar mushriksanlar dedim degan ma'noni topmadim. shu ahvolning oqibati haqida umumiy qilib uchinchi shahsda gapirilayapti nazarimda.
wassalamu alaykum

AbdurRahman
01-12-2007, 11:21 AM
As salaamu alaikum,

Alloh rozi bo'lsin birodar Shokirbek.

AbuMuslim
01-12-2007, 02:35 PM
Qabrlarga sig‘inish

Islom ta’qiqlagan narsalardan biri ham payg‘ambarimiz va solih kishilarning qabrlariga sig‘inishdir. Shuning uchun ham qabrlarga sig‘inishga olib boradigan ba’zi ishlar ta’qiqlangan.

Qabrlarni masjid qilib olish

Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: "Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom vafotlaridan besh kun avval shunday degan edilar: "Diqqatli bo‘ling, sizdan avvalgilar payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olishardi. Ehtiyot bo‘ling, qabrlarni masjid qilib olmang. Sizga bunday qilishni man’ qilaman".
Hazrati Oysha va Ibni Abbosdan shunday rivoyat qilinadi: " Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom so‘ng kunlarda yuziga bir latta bosar edi. Bu joniga tekkach shunday dedilar: "Yahudiylar va nasroniylarga la’nat bo‘lsin. Ular payg‘ambarlarining qabrlarida ibodat qilishar edilar".

Qabrlarga qarab namoz o‘qish

Bir hadisda shunday deyiladi: " Qabrlarning ustiga o‘tirmang. Ularga qarab namoz o‘qimang". (Muslim) Ya’ni, ularni qibla o‘rnida ko‘rmang.
Qabrlar ustiga chiroq va sham yoqish Hadis: "Qabrlarni ziyorat qilganlarga, ularning ustiga masjid qurganlarga va sham yoqqanlarga Allohning la’nati bo‘lsin".
Qabrlar ustiga gumbaz qurish va ularni ohaklash Muslim Jabbor raziyallohu anhudan shunday rivoyat qiladi: "Payg‘ambarimizsallallohu alayhi vassalom qabrlarni ohaklashni, ularning ustiga o‘tirishni va bino qurishni ta’qiqlaganlar".

Qabrlar ustiga yozuv yozish

Jobir raziyallohu anhudan hadis: "Payg‘ambar sallallohu alayhi vassalom qabrlar ustiga yozuv yozish va ularning ohaklanishini ta’qiqlagan". (Abu Dovud, Tirmiziy)

Qabrlarni yuksaltirish

Hazrati Alidan shunday rivoyat qilinadi: "Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom qabrini o‘z balandligidan yuksaltirishni man’ qilganlar" Dovud, Tirmiziy)
Abu Dovud Sunanida rivoyat qilishicha: Qabr tuprog‘ining ustiga tosh, g‘isht va boshqa narsa qo‘yish man’ qilinadi. Bundan tashqari o‘tmishdagilar qabrning ustiga g‘isht qo‘yishni yomon odat, deb bilganlar.

Qabrlarni bayram o‘tkazadigan yer qilib olish

Abu Dovud Abu Hurayradan marfu’ o‘laroq rivoyat qiladi: Payg‘ambarimz sallallohu alayhi vassalom; "Uylaringizni qabrga, qabrlaringizni esa bayram yerlariga aylantirmang. Menga salot va salom o‘qing. Qayerda bo‘lsangiz ham salom-salotingiz menga yetib keladi". (Abu Dovud, Tirmizip)
Abu Ya’lo Ali bin Husayndan shunday rivoyat qiladi: " Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom qabri yonida bir odam ko‘rindi. Bu odam u yerda duo qilardi. Unga bunday qilish man’ qilindi. Sizga otamdan, otamga bobomdan, bobomga Rasulullohdan qolgan xabarni aytaymi: "Qabrimni bayram yeriga, uylaringizni esa qabrlarga aylantirmang. Qayerda bo‘lsangiz ham salomingiz menga yetib keladi". "Qabrni bayram yeriga aylantirmang", so‘zining ma’nosi, qabr atrofida to‘planib o‘tirmanglar, deganidir.
Rasululloh sallallohu alayhi vassalomning qabrlari yer yuzidagi qabrlarning eng fazilatlisidir. U o‘z qabrini bayram yeriga aylantirishni man’ qilar ekan, boshqalarning qabrini ham man’ qilishi mantiqlidir. Rasulullohga salom va salovot aytish yetarlidir. Inson qayerda bo‘lmasin aytgan salovotu salomlari unga ulashadi.

Ehtiyot bo‘lishning xikmati

Islomning qabrlarga ta’zim qilishni man’ qilishining hikmati, Nuh qavmi kabi bugun ham, ba’zilarning katta-kichik shirkka ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Hozir ham solih kishilarning qabrlari haddan tashqari ulug‘lanib, ularga haykallar o‘rnatilgandir. Shu sababdan ham payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom shunday degan:" Ey Allohim! Qabrimni ibodat etiladigan bir but holiga keltirma. Payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilgan qavmga nisbatan Allohning g‘azabi ortadi". (Malik)
Diniga qattiq bog‘langan musulmonlarni bugungi kunda ranjitayotgan narsa Rasululloh sallallohu alayhi vassalom ogohlantirgan xususlarning jamiyatda ko‘zga tashlanayotganidir. Bugun ham solih kishilarning qabrlari yuksaltirilib, bezatilib, bayram yeriga aylantirilgandir. Ularga nazr-niyoz bag‘ishlab, ta’zim qilmoqdalar. Muqaddas Ka’ba kabi atrofida aylanib, hajari Asvat kabi ularni tavof qilishmoqda. Qabr-larning devorlari kengaytirilib, ularning tuproqlarini insonlar yuzlariga surmoqdalar. Qurquv bilan ulardan madad kutmoqdalar. Qarzlaridan qutulish, qiyinchiliklarning bartaraf etilishi uchun ulardan yordam istalmoqda. Bu esa oshkora shirkdir. Yog‘och, tosh va shunga o‘xshash narsalardan xayr kutmoq
Bu payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom qarshi kurashgan shirk turlaridan biridir. Insonlar ularni tavof qilib, ziyorat hilganlar, ularda sir va barokot borligiga ishonganlar. Arablarning buyuk buti Lot qoyadan, Uzza yog‘ochdan, Manot nomli but esa toshdan edi. Rasululloh sallallohu alayhi vassalom shunga o‘xshash narsalarga sig‘inishdan ogohlantirgan edilar.
Imom Tirmiziy Abu Vohid al-Laysining shunday deganini rivoyat qiladi: " Rasululloh sallallohu alayhi vassalom bilan Hunayn g‘azotiga ketdik. Musulmonlikni yaqinda qabul qilgan edik. Mushriklar to‘planib, qurollarini bir daraxtga osib qo‘yadigan yer bor edi. Bu yerga ular Zoti Anvot, deb nom bergan edilar. U yerdan o‘tar ekan: "Ey Allohning Rasuli! Bizga ham xuddi shunday Zoti Anvot qurib ber, dedik. Allohning rasuli sallallohu alayhi vassalom shunday javob berdi: "Allohu akbar! Bu sunnatullohdir. Nafsim qo‘lida bo‘lgan Allohga qasam ichamanki, hozir siz menga Bani Isroil Musoga aytgai so‘zlarni aytdingiz: "Bizga ularning tangrilari kabi bir tangri qilib ber. Shubhasiz, ularning yo‘lidan ketamiz". (Tirmiziy)
Bundan ko‘rinadiki, sahobalar bu daraxtni xayrli deya, unga qurollarini osishni istagan edilar. Payg‘ambarimizning ogohlantirishi esa, ularni shirkdan qaytarish uchun edi.
Ajablantiradigan narsa shuki, bugun musulmonlarning ko‘pi Alloh rasulining yo‘lidan toyib, avval o‘tganlarning yo‘lini tutganlar. Butlar va haykallardan xayr kutmoqdalar. Ularga tavof qilib, duo qilmoqdalar. Mushriklar butlarni sevganidek, ularni sevmoqdalar. Bugun musulmonlar yashayotgan tuproqlarda payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom ogohlantirgan Zoti Anvotlar bordir.
Musulmonlarga, xususan ularning olimlari va rahbarlariga bu masalada yuklatilgan vazifa bunday xurofotlarga chek qo‘yishdir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalom hazrati Aliga baland qabrlarni yiqitishni, yer bilan teng qilishni amr qilganidek, musulmonlar bugun o‘zlari sig‘inayotgan yog‘och, qabr, tosh va ustunlarni xuddi shunday yo‘q qilishlari kerak.
Sahihi Muslimda Abul Hayyaj al-Asadiydan shunday rivoyat qiladi: "Menga hazrati Aliraziyallohu anhu shunday dedi: "Seni Allohning rasuli sallallohu alayhi vassalom meni buyurgan ishga, butun butlarni va baland qabrlarni yiqitishga yuboraymi?"
Imom Abu Bakr al-Tartusiy shunday deydi: "Hazrati Umarga sahobalar ba’zi musulmonlarning Rasulullohga oid daraxt tagiga borib namoz o‘qishayotganlarini aytishdi. Hazrati Umar musulmonlarning fitnaga uchishlaridan qo‘rqib, o‘sha daraxtni kesishga buyruq berdi".
Hazrati Umarning Kur’onda zikr etilgan va Rasulullohga oidligiaytilgandaraxt haqidagi hukmi shunday bo‘lgach, fitna ortiradigan, balo va musibatni ko‘paytiradigan butlar haqidagi hukm qanday bo‘lar edi?
Imom Tartusiy shunday deydi: "Alloh sizni rahmatidan ayirmasin. Qayerda insonlar ta’zim qilayotgan, shifo va yaxshshshk kutayotgan eski-tuski bog‘langan daraxtlarni ko‘rsangiz, ular Zoti Anvotdir, ularni kesing".
Mubarrir bin Suvayd shunday hikoya qiladi: "Makkaga -ketayotib Umar bin Hattob bilan bomdod namozini o‘qidik. Insonlarning atrofga tarqalayotganini ko‘rib, ularning qayoqqa ketayotganini so‘radi. Unga: Ey mo‘minlarning amiri! Shu atrofda Allohning rasuli namoz qilgan bir masjid bor. Odamlar u yerda ham namoz qilib kelish uchun ketdilar, deb javob berishdi. Shunda hazrati Umar: Sizdan avval o‘tgan qavmlarni ham shunga o‘xshash narsalar halok qilgan edi. Ular ham o‘z paygambarlari borgan joylarni cherkov va havralarga (yahudiylar ibodat qiladigan joy) aylantirgan edi. Kim namoz vaqtida bu masjidga yetib kelsa, unda namoz qilsin. Namoz vaqti kelmagan bo‘lsa, yo‘lida davom etsin, unda namoz qilaman, deb kutmasin", dedi.
Bu hazrati Umarning fiqhi bo‘lib, uning Islom aqidasiga ko‘rsatgan xurmati va turli xil xurofotlardan qo‘rqqanligining belgisidir.

Tavhid haqiqati

Black
01-12-2007, 10:17 PM
Rahmat Abu Muslim batafsil ma'lumot uchun, Alloh rozi bo'lsin, ko'p bilmagan narsalarimizni bilib oldik.

Abu-Hafiza
01-13-2007, 05:00 AM
savolim javobsiz qolaverar ekande :) Ha mayli

Abdug'ofur
01-14-2007, 01:18 AM
Abu Muslim, bu maqolaning manbasi va muallifi kim?

Ziyoli
01-15-2007, 01:05 PM
To'g'ri, payg'ambarimiz (s.a.v) maqbaralani masjidga aylanitib yuborishdan, namoz o'qiydigan joylar qilib yuborishdan qattiq qaytarganlar. Hatto o'lim talvasasida yotgan vaqtlarida ham, jon berish sakarotlarida ham bu narsaning benihoya yomon ekanligini uqtirganlar. Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: "Rosululloh (s.a.v) o'lim oldidan kasal bo'lgan vaqtlarida "Yahud va nasorolarga Ollohning la'nati bo'lsinki, ular o'z payg'ambarlari qabrlarini masjid qilib (namozgoh qilib) oldilar" dedilar". Keyin Oysha onamiz "Odamlar atrofini namozgoh qilib olishlaridan qo'rqilmaganida u zotning qabrlari baland qilib qo'yilgan bo'lar edi, Lekin (shunday bo'lsada) masjid qilib yuborishlaridan qo'rqaman", deydilar (Sahihi Muslim, 1265-hadis).



Yuqorida ajratib ko'rsatilgan joyga diqqatni qaratinglar-a, Oysha onamiz "Odamlar atrofini namozgoh qilib olishlaridan qo'rqilmaganida u zotning qabrlari baland qilib qo'yilgan bo'lar edi", deyaptilar. Bundan maqbaralar qurishdn qaytarilishining asl sababi - "Odamlar atrofini namozgoh qilib olishlaridan qo'rqilsh" ekanligi kelib chiqmayaptimi? Bo'lmasa Oysha onamiz "u zotning qabrlari baland qilib qo'yilgan bo'lar edi", dermidilar? Shunga nima deysizlar?

Black
01-16-2007, 10:20 PM
Bitta savol, ilm olish maqsadida, lekin iltimos notugri tushunmanglar, bu faqatgina ilm olish uchun

640 yilida Amr bin Os halifa Umar (ra) tarafidan Misrga yuborilganida va Misr musulmonlar tarafidan fath qilinganida nima uchun Fir'avn mozorlari bo'lmish va kunimizda eng mashxur turist ziyoratgohi bulmish piramidalarni buzdirmagan?

Javobingiz uchun rahmat.

Sizni bu savolingizga 2 marta javob yozmoqchi bo'ldim, lekin taqdir ekan ikkala safar ham nimadir bo'lib javobimni tugata olmadim, taqdirni ishi qiziq ekan, ming uringsang ham yozilmagan bo'lsa bo'lmas ekan bir ish.

Savolga kelsak, bu savolga javobni hech kim bermaganligining sababi, fikrimcha, forumchilardan hech kim bu masalaga oldin hech ham duch kelmagan bo'lsa kerak. Shu jumladan men ham bu masala haqida hech qanday ma'lumotga duch kelmaganman shu vaqtgacha.
Faqatgina wild guess, ya'ni tahmin qilishimiz mumkin. Lekin diniy bilimlarda va dinga aloqador masalada wild guess qilish noto'g'ri ish, bundan qaytarilgan, aniq bilgan odam gapirishi kerak, bilmagan odam jim bo'lishi kerak. Fikrimcha shuning uchun ham qadrli forumchilardan hech kim javob berishga harakat qilmadi.
Lekin men bu savolni o'qigandan keyin miyamga kelgan fikrlar (wild guesslar) bilan o'rtoqlashmoqchiman.
1. Sahobalar Piramidalar ichida Fir'avnlar murdalari borligini bilishmagan, ya'ni ularni ulkan maqbaralar ekanligini bilishmagan bo'lishi mumkin.
2. Men tarihni unchalik yahshi bilmayman. Lekin bilishimcha Piramidalar Kohiradan ancha uzoqda joylashgan. Balki sahobalar (Amr ibn Oss boshchiligida) Misrni zabt etganda bu zabt etilgan hududlarga piramidalar joylashgan hududlar kirmagan bo'lishi mumkin, wallohu 'alam.
3. Balki kimdir ularni buzishga urunib ham ko'rgandir, agar kimdir uringan bo'lsa ham o'sha vaqtda bu ishni uddasidan chiqa olmasligi aniq edi. Hattoki hozirgi zamonda ham piramidalarni buzib tashlash uchun annnnnchaaa harakat qilish kerak. Sahobalar davrida buni qilishga fizicheskiy hech qanaqa imkoniyat bo'lmagan.

Yana bir narsani esdan chiqarmaslik kerak. Turistik ziyorat bilan diniy ziyoratni farqi bor. Bilishimcha hozirgi zamonda piramidalarni hech kim diniy ziiyorat qilmasa kerak. Wallohu 'alam.

Uzr, hammasi dalilsiz tahmin bo'lib ketdi.