PDA

View Full Version : Jamiyatda tabaqalashuv...

Han
01-06-2007, 06:47 AM
oxirgi paytda jamiyatimizda tabaqalashuv sezyapsizmi?
sezsangiz qanaqa Tabaqalar vujudga kelyapti? sabablari - foydasi - zarari haqida ham gapirsangiz...

Royal
01-06-2007, 10:47 AM
oxirgi paytda jamiyatimizda tabaqalashuv sezyapsizmi?
sezsangiz qanaqa Tabaqalar vujudga kelyapti? sabablari - foydasi - zarari haqida ham gapirsangiz...

oz fikriz !?

Nafees
01-06-2007, 03:12 PM
tabaqalar hammaga ma'lum bo'lsa kerak. qatlamlar haqida yozishni ma'qul topdim:
ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, tadbirkorlar va yangi o'zbeklar. fikrim to'g'ri deb nastaivat qimiman :). lekin bir narsani aniq bilaman, bizda aristokratiya yo'q. boylar madaniyatsiz, millat manfaati uchun qayg'urmidi(ya'ni shunchaki yangi o'zbeklar qatlami bu) millat manfaati uchun biron ish qilaman deganlar esa kambag'al(ziyolilar).

NuR_BeK
01-06-2007, 03:37 PM

Nafees xonim, haqiqatda bo'ladigan fikr bildirdingiz. Bizdagi ziyolilar/kambag'allar xalq manfaati uchun qo'lidan kelganini qilmoqda.
yangi o'zbek, kambag'al, kim bo'lishidan qat'iy nazar, hamma o'zini aravisini o'zi toryapdi. Bitta narsaga yuragim achigani, mardikor bozordagi ayollar...
Tabaqalashuv shunchaga boradi deb kim o'ylabdi deysiz...:(

Nafees
01-06-2007, 04:15 PM
Bitta narsaga yuragim achigani, mardikor bozordagi ayollar...
Tabaqalashuv shunchaga boradi deb kim o'ylabdi deysiz...:(

yollanma xizmatning yomon joyi yo'q deb o'ylayman. mardikor ayollar, desa hammaning ko'z oldiga huquqlari poymol etilgan, qulday ishlab pulini ololmagan ayol keladi, negadir.

lekin ularni yollagan odam ham ko'p narsalardan sug'urta qilinmagan:
1) Yollanma xizmatchi ishni biladimi?
2) sog'-salomatmi. sog'ligi shu ishni qilishga to'g'ri keladimi, mijozning uyida unga biron narsa bo'lmaydimi? yoki yuqumli kasallik bilan og'rimaydimi?
3) ahloq masalasi.

ko'rib turganingizday, mijozning huquqlari ham kam poymol qilinmaydi, mijoz uchun ham bu hizmatdan foydalanish o'ta taxlikali bo'lishi mumkin.

o'zingizni mijoz deb tasavvur qilsangiz, bundan boshqa ehtimolli muammolar ham chiqishi mumkin. faqat bu xizmat turini mehnat birjalari yoki hususiy tartibda agentstvolar tartibga solib, talab va andozalarga moslab olishlari kerak. bu allaqachon ro'y berishi kerak edi aslida, bilmayman nega yo'lga qo'yilmayapti. hozirchalik rentabelli ish bo'lmaganligi uchun tadbirkorlar qo'l urmayotgan bo'lishi mumkin. lekin hukumatchi? "mardikor bozori"dan mardikorlarni quvib yurish yoki ishsizlikning real darajasini inkor qilgandan ko'ra mehnat birjalarining ish tizimini yangilashsa bo'larmidi...

zanjir
01-11-2007, 11:52 AM

yollanma hizmatni tashkil qiladigan agentliklar bolishi kere kocada turish shart emas. ayniqsa ayollarni qadri yuqori bolgan mamlakat bolgani uchun ozb sal shu tomonga qarab egilishi kerak.
sharoit shuni taqozo qilayotganiga aminman lekin man osha agentlikni tashkil qilgan bolardim.
mijoz deb jya etibsiz lekin osha mijoz sug' urtaga zor emas, lekin ijaralanmush ayol oshanga muhtoj. u huquqli bolishi kerak buni esa osha agentlik taminlab berishi kerak.

anticipator
01-12-2007, 04:08 AM
Nafeesнинг гапига кушиламан...

Хамма "мардикор"лар деса хизмат турининг энг паст мавкеини тушунади. Лекин амалда бундай эмас. Бунинг учун алохида агентликлар ташкил килинса ва хар бир ишчини узининг билимига караб хар хил сохага йуналтирилса максадга мувофик булар эди.

Табакалар:

ОЛий тоифадаги одамлар (булар: купинча бошка миллатга мансуб кишилар. Уларнинг шахар марказидан бахайбат уйи, бир нечта машиналари ва узининг бизнеси бор. Улар киммат ресторанларда овкатланади, факат Бутиклардан кийим харид килади...)

Ишбилармон-янги узбеклар(булар: асосан махаллий узбеклар. Улар узларининг бизнесини энди-энди йулга куймокда. Лекин узига тук ва бозорлардан хохлаган нарсасини сотиб ололийди.)

Зиёлилар(булар: аник бир ойлик даромадга кун кечиради. Хамиша бошкалар хакида уйлайди ва купинча оилаларидаги пулга мухтожлик сезади.)

Дехконлар(булар: кун тартибидаги барча ишлар дала билан боглик. Бутун йил факат битта куч сарфланади у хам булса мавсум сунгидаги хосилга)

Менимча бу хам Узбекистондаги ахолини аник бир табакаси хисобланмайди. Табакалар, табакаларчага булиниб кетади.....

Madalio'g'li
01-12-2007, 04:31 AM
"Al-faqru faxri." deganlar tabaqasi ham bormi O'zbekistonda?

Odildustov
01-14-2007, 02:39 AM
tabaqalanish bu bozor iqtisodiyotining ajralmas salbiy 5ta unsuridan bir. yani bu bozor iqtisodiyotini qanchalik kuchaytirsangiz shuncha tabaqalashuv ortadi degani. tabaqalashuv deganda ham man faqat boy va kambagallani nazarda tutdim. bir hil turdadi bir hil fabkikadan chiqqan kostyumlani ikkita magazinda kurib bir ikkinchisan 10 marta qimmat bula turib ba'zi kishila usha qimmatidan savdo qilishini kurseyz ajablanmaysiz.

Arhimed
01-14-2007, 02:52 PM
tabaqalashuv juda kuchaymoqda hozir, huddi mexico qiyos