PDA

View Full Version : Zulm tushunchasi

Ibn Kutub
01-09-2007, 03:09 AM
Zulm har doim mavjud bo'lip kelgan bo'lsada, hozirgi kunimizdagi zulm tarixda ko'rilmagan darajalarga yetdi. Bu holatda zulmning mohiyatini tushunip yetish balki davrimizni yaxshiroq tushunishga yordam berar.
Zulm nima? U qanday shakllarda bo'lishi mumkin? Oqibati qanday bo'lgan va bo'ladi? Siz uchun zulm nimani anglatadi?

Ibn Kutub
01-09-2007, 03:15 AM
Masalan Amerika davlati bir tarafdan WOT darajasida dunyo bozorida dehqonchlik mahsulotlarining erkin harakatlanishi ta'minlanishi kerak degan siyosatni ilgari sursa, lekin o'z uyidagi dehqonlarga sun'iy ravishda ko'p miqdorda moddiy va administrativ yordam va subvensiyalar ajratip tursa bu uchinchi dunyo dehqonlari uchun zulm sanaladimi?
O'zbekistonda bir tarafdan sog'lom avlod siyosati ilgari surilsada lekin ayollarning mehnat sharoitlarini yaxshilash yo'lida tamoyilli choralar ko'rilmasa bu qanday tushuniladi?
Rossiyada Sibir va boshqa hududlarda yer osti boyliklarini qazip chiqarilayotganda tabiatni asrap avaylash uchun hech qanday ehtiyotkorlik choralari ko'rilmasa, va buning oqibatida sodir bo'lgan zararlar keyinchalik chegaralarni oship o'tip qo'shni davlatlarga zarar bersa, bu qanday zulm hisoblanadi?
Insonning eng nozik va xassos his tuyg'ulari hozirgi kunimizda turli film-muzikalar ta'siri ostida o'zi bilmagan holda ezilip lat yeyishi zulmmi?

ville
01-09-2007, 03:21 AM
Zulm har doim mavjud bo'lip kelgan bo'lsada, hozirgi kunimizdagi zulm tarixda ko'rilmagan darajalarga yetdi. Bu holatda zulmning mohiyatini tushunip yetish balki davrimizni yaxshiroq tushunishga yordam berar.
Zulm nima? U qanday shakllarda bo'lishi mumkin? Oqibati qanday bo'lgan va bo'ladi? Siz uchun zulm nimani anglatadi?

Gapingizga qo'shilmayman. Zulm ko'payib ketmadi, balki bizning zulmni his qilish qobiliyatimiz kuchayib ketdi. Yaxshi tushuntira olmagan bo'lsam, obrazli qilib shunday deyish mumkin: poyabzal kichkina bo'lib qolmadi, balki oyog'imiz o'sdi.
Tarixni yaxshilab kuzatsangiz zulmning borgan sari kamayib ketishini ko'rasiz. O'rta Asrlarda olomon bir insonning boshi kesilishini tomosha qilib hayqirgan bo'lsa, hozir shunday bosh chopilishini ko'rsatishning o'zi zulm hisoblanmoqda.
O'lim jazolari bekor qilinmoqda. Agar biror bir hukumat namoyishga chiqqanlarga qarshi qattiq choralar ko'rilsa, darrov matbuotda qoralanadi, boshqa mamlakat rahbarlari o'z noroziliklarini bildirishadi. O'tmishda bunday emas edi.

Ibn Kutub
01-09-2007, 08:11 PM

Balki insonning his qilishi kuchaygandir, zotan hozirgi tehnik uskunalar yordamida bir nuqtada sodir bo'lgan baxtsiz hodisa tasvirlarini butun dunyo ko'rip ta'sirlanishi mumkin. Lekin siz aytgandaqa zulm kamaygan bo'lsa, unda yigirmanchi asrdagi urushlarda yuzlap million odamning ommaviy qirilishi, yoki hozirgi kunda Iroq yoki boshqa nuqtalardagi zulmlarning hech kim jiddiy etiroz bildirmagan holida davom etishiga qanday qaraysiz?
Yoki siz aytgandaqa olomon rahmdillashgan bo'lsa, kino madaniyatida yoki borgan sari juda ommaboplaship ketayotgan komputer o'yinlarida o'ldirishning juda ham keng tarqalgani haqida nima deysiz? Va odamlar bu sahnalarni ko'rip zawqlanishi haqida nima deysiz?
Sizning O'rta Asrlarni zikr qilganingiz faqat sizning dinsizligingizdan kelip chiqqan dep o'ylayman. Bu yerda ham demoqchisizki oldin diniy hukmlar ustuvor bo'lganda podshohlar hohlagan zulmini qilgan, diniy qurilmalar chekingan sari esa zulmning ehtimoli kamayip boryapti. Lekin, men bu fikringizni juda subjektiv toptim, va voqelik ham sizning gapingizni tasdiqlamaydi.
Gapingizda bir oz jon bo'lsa u ham O'rta asrdagi zulm bilan hozirgi zulmning shakl va darajada, sifat va miqdorda o'zgarishidir. Lekin bu o'zgarish ijobiy emas balki juda salbiy tarafga bo'lmoqda va to'xtovsiz.

Ibn Kutub
01-09-2007, 08:15 PM
Meni bu sahifani ochishimdan maqsad, bazan bir zamon yoki yerni yaxshi tushunich uchun o'sha davr va yerda eng ommabop bo'lgan, yoki o'shalarning shakllanishida juda muhim ro'l o'ynagan tushuncha yoki shaxslar orqali yana ham yaxshiroq tasavvurga ega bo'lip analiz qilishimiz osonlashishi mumkin. Hozirgi zamonda eng ko'p tarqalgan holatlardan biri bu menimcha zulm dep o'ylayman. Shuning uchun shu haqida boshqalarning fikrini bilmoqchi edim.

ville
01-09-2007, 11:43 PM
Balki insonning his qilishi kuchaygandir, zotan hozirgi tehnik uskunalar yordamida bir nuqtada sodir bo'lgan baxtsiz hodisa tasvirlarini butun dunyo ko'rip ta'sirlanishi mumkin. Lekin siz aytgandaqa zulm kamaygan bo'lsa, unda yigirmanchi asrdagi urushlarda yuzlap million odamning ommaviy qirilishi, yoki hozirgi kunda Iroq yoki boshqa nuqtalardagi zulmlarning hech kim jiddiy etiroz bildirmagan holida davom etishiga qanday qaraysiz?
Yoki siz aytgandaqa olomon rahmdillashgan bo'lsa, kino madaniyatida yoki borgan sari juda ommaboplaship ketayotgan komputer o'yinlarida o'ldirishning juda ham keng tarqalgani haqida nima deysiz? Va odamlar bu sahnalarni ko'rip zawqlanishi haqida nima deysiz?
Sizning O'rta Asrlarni zikr qilganingiz faqat sizning dinsizligingizdan kelip chiqqan dep o'ylayman. Bu yerda ham demoqchisizki oldin diniy hukmlar ustuvor bo'lganda podshohlar hohlagan zulmini qilgan, diniy qurilmalar chekingan sari esa zulmning ehtimoli kamayip boryapti. Lekin, men bu fikringizni juda subjektiv toptim, va voqelik ham sizning gapingizni tasdiqlamaydi.
Gapingizda bir oz jon bo'lsa u ham O'rta asrdagi zulm bilan hozirgi zulmning shakl va darajada, sifat va miqdorda o'zgarishidir. Lekin bu o'zgarish ijobiy emas balki juda salbiy tarafga bo'lmoqda va to'xtovsiz.

Yo'q, dinni aralashtirish kerak emas. Bu yerda morality masalasi ko'rilmoqda. Yigirmanchi asrdagi urushlarda ko'p odam qirilishiga sabab o'ldiruvchi texnikaning misli ko'rilmagan darajaga chiqqanidir. Agar bugungi qurollarni qadimgi odamlarga bersak edi, hech kim qolmasdi (darvoqe, ba'zi qoloq qabilalar qo'llariga ovro'paliklardan kelib tushgan ilg'or qurollar tufayli qirilib ketishgan). Kompyuter va videoo'yinlardagi, kinofilmlardagi shafqatsizliklar ham borgan sari taqiq ostiga olinmoqda.
Bu mavzudagi hamma savollaringizga javoblar bu yerda (http://truemoral.ru/moral_pr.html) batafsil yozilgan.

ville
01-10-2007, 12:00 AM
Shu gaplarizni o'ziz boshqatdan o'qip chiqing...

Qaysi gaplarni? Biror nojo'ya narsa yozibmanmi?

ville
01-10-2007, 12:55 AM
nojo'ya yeri yo'q, faqat kolonizatorlarni nutqiga o'xshap ketdi menga gaplariz. ayniqsa bombalar haqidagilari :)

Siz avval men bergan ishorat(link)ni o'qing, o'ruschani tushunsangiz, keyin javob yozasiz.