Abu-Bakr
01-18-2007, 12:04 PM
Assalamu alaikum wa Rahmatullahi wa Barakatuh,
:bismillah
Alhamdulillah, was salatu was salaamu ‘ala Rasulillah. Wa ba’d:
Xozirgi kunda ba’zi tolibi ilmlar orasida olimlarni qoralaydigan, ularni g’iybat qiladigan va har hil ig’volar to’qib yuradigan birodarlar bor. Islom ummati birlasha olmay zaiflashib qolgan bir paytta ulamolarimiz ishlarini davom ettirish o’rniga ularni ketlaridan kamchiliklarini qidirib sha’niga yomon so’zlar aytish ovora bo’lib qolishgan. Birovlarning ko’zlaridagi zirapchani ko’rishadi-yu, o’zlarining ko’zlaridagi to’nkani ko’rishmaydi.
Olimlar payg’ambarlarning merosxo’rlaridir. Ularning ketidan g’iybat qilish katta musibat va gunohdir. Alloh Taolo ulamolarga til tekkizgan kishini o’zi o’lmasdan oldin qalbini o’ldiradi. Bundan avvalroq yurtimizning katta olimlaridan biri to’risidagi ochilgan threadda (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=35081) ba’zi birodarlar tomonidan yozilgan fikrlarni ko’rib hafa bo’ldim. Ular to’risida gapirishdan oldin hech bo’lmasa ular qilgan xayrli ishlardan 100dan birini bo’lsa ham qilib qo’yishsin. Haligacha ularning meroslaridan qanchadan-qancha kishilar hidoyat yo’lini topib bahra olishmoqda. Undan ko’ra haqlariga duolar qilaylik, Alloh o’zi u kishilardan rozi bo’lsin.
Alloh Taolo aytadi:
Ayting: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo’lurmi?!” (Zumar, 9)
Allohdan bandalari orasida ulamolargina qo’rqurlar. (Fotir, 28)
Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko’tarur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (Mujodala, 11)
Alloh taolo olimlarni vafot ettirish bilan ilmni ko’tarar ekan. Shundan so’ng odamlar o’zlariga johillarni peshvo qilib oladilar.(Alloh saqlasin)
Aziz birodar. Bu yerda (http://www.megaupload.com/?d=P4KBFI5T) berilgan olimlar haqidagi ma’ruzani yaxshilab tinglab oling, qayta-qayta tinglang, shoyad Alloh Subhanahu wa Ta’ala qalbimizda shu bilan qurbat xosil qilsa.
Allohdan o’zining hidoyatidan adashtirmaslikni va taqwa egalaridan qilishini so’rab qolamiz. :amin: