View Full Version : Diniy Iboralar Lug'ati... (terminlar)
"Diniy Iboralar lug'ati" mavzusining o'zi aytib turganday bismilloh bilan boshlaylik...
Inshalloh ko'pgina ta'bir va iboralarning bizga qorog'u jihatlarini o'rganishimizga vasila bo'lur...
*******-
Lug'atimizni qulligimizdan boshlaylik...
Abd...
1- Banda, qul...
Allohu taolo Qur'oni Karimda maolan: "Har turli nuqsonliklarda munazzah bo'lgan o'sha Alloh, abdi (Payg'ambar alayhissalom)ni masjidukl haromdan o'sha atrofini tabarruk qilganimiz Masjidul Aqsoga eltdi" (Isro surasi, 1)
"Ko'klarda va yerda bo'lgan barcha jonzot istisnosiz o'sha g'amxo'r Rahmonga mutlaqo abd bo'lib keladilar" (Maryam surasi, 93)
"Hech bir abd, meni ahlidan, molidan va jami insonlardan ziyoda sevmaguncha, komil iymonga erisha olmas." (Hadisi sharif - Muslim)
2- Malay, qul
"Boshingiz uzra sizlarga Allohu taoloning kitobi bilan hukm qilivchi biron abd (qul) ham hokim qilinsa, unga itoat qiling!" (Hadisi sharif - Muslim)
Darvesh
09-05-2007, 04:37 AM
1. "i'la-yı kelimetullah"ning ma'nosi nima? Bazibir matnlarda Jihod bilan teng bo'lib kelayapti.
2. "Allah'ın sana verdikleri ile ahiret yurdunun peşinde ol, dünyadan da nasibini unutma! Allah'ın sana ihsanda bulunduğu gibi sen de ihsanda bulun; yeryüzünde fesad peşinde olma. Şüphesiz ki Allah bozguncuları sevmez." (Kasas, 28/77)
Shu erda ihsan qanday ma'noda kelayapti?
3. "Boshingiz uzra sizlarga Allohu taoloning kitobi bilan hukm qilivchi biron abd (qul) ham hokim qilinsa, unga itoat qiling!" (Hadisi sharif - Muslim)
Allohu taoloning kitobi bilan hukm qilmasa, bunday hukmdorga itoat qilishdan voz kechishga haqqimiz bor mi? :)
4. Murakabe
Murakabe gözetlemek anlamına gelen Arapça'daki "rakabe" kökünden türetilmiş bir sufi pratiğidir. Dikkatle izlemek, ilgilenmek, gözleri açık tutmak anlamlarını da taşır. Metaforik açıdan kişinin manevi kalbine dikkatini yöneltmesi ve yaratıcısından gelecek sezgiyi beklemesini ifade eder.
Shuning ham o'zbekcha analogini topib bersangiz...
Oldindan Raxmat,
Madalio'g'li
09-05-2007, 08:54 AM
To'liq bo'la olmasa ham javobga jur'at etaman. :)
1. "i'la-yı kelimetullah"ning ma'nosi nima? Bazibir matnlarda Jihod bilan teng bo'lib kelayapti.
Alloh kalomini barcha insonlarga yetkazish da'vosi, Allohning nomini ko'tarish... Mazlumlar haqi uchun mol va jonni fido qila olish... Hokimul haramayn emas, Xodimul Haramayn bo'lish...
2. "Allah'ın sana verdikleri ile ahiret yurdunun peşinde ol, dünyadan da nasibini unutma! Allah'ın sana ihsanda bulunduğu gibi sen de ihsanda bulun; yeryüzünde fesad peşinde olma. Şüphesiz ki Allah bozguncuları sevmez." (Kasas, 28/77)
Shu erda ihsan qanday ma'noda kelayapti?
O'zbekcha imlosi "ehson" bo'lsa kerak. Yaxshilik; hadya, sovg'a degani. Va Allohni ko'rur kabi ibodat va harakat qilish.
Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo'lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil! Yerda buzg'unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg'unchilarni suymas", - dedilar.
http://quran.ziyo.uz/sura%2028/sura%2028.htm
http://www.haznevi.net/icerikoku.aspx?KID=759&BID=16
http://www.kuran.gen.tr/?x=i_main
3. "Boshingiz uzra sizlarga Allohu taoloning kitobi bilan hukm qilivchi biron abd (qul) ham hokim qilinsa, unga itoat qiling!" (Hadisi sharif - Muslim)
Allohu taoloning kitobi bilan hukm qilmasa, bunday hukmdorga itoat qilishdan voz kechishga haqqimiz bor mi? :)
Itaot qilmaganlig'ingizi bilmasa bor. :D
4. Murakabe
Murakabe gözetlemek anlamına gelen Arapça'daki "rakabe" kökünden türetilmiş bir sufi pratiğidir. Dikkatle izlemek, ilgilenmek, gözleri açık tutmak anlamlarını da taşır. Metaforik açıdan kişinin manevi kalbine dikkatini yöneltmesi ve yaratıcısından gelecek sezgiyi beklemesini ifade eder.
Shuning ham o'zbekcha analogini topib bersangiz...
O'zbek tilida bor so'z: muroqaba (contemplation, meditation - http://uzbek.firespeaker.org/) O’zo’zini nazorat ; tafakkurga g’arq bo’lish...
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.